Shahrisabz shahridagi me’morchilik yodgorliklar


Shahrisabz shahridagi me’morchilik yodgorliklar Reja: 1. Oqsaroy binosidagi yozuvlar 2. Dor ut-Tilovat majmuasining shakllanishi 3. Shamsiddin Kulol maqbarasi 4. Gumbazi Sayyidon 5. Ko'k Gumbaz masjidi
Oqsaroy yodgorligi XIV-XV asrlarga oid yodgorliklar orasida eng yirik obidalardan biri sanalib, uning bizga qadar ikki pilani (ustuni) yetib kelgan. Binoning qurilishi Amir Temurning Xorazmga qilgan to'rtinchi yurishi davriga to'g'ri keladi O'sha davr tarixchisi Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Xorazm poytaxti Urganch Amir Temur tomonidan bosib olingach, "Temur ishga yaroqli barcha ndamlami Xorazmdan Movarounnahrga ko'chirib, Kesh 2 ' shahriga joylashtiriah haqida fannon bcrdi va bu yerda xorazmlik ustalar baland saroy bunyod etdilarkl, hozirgi kunda u Oqsaroy nomi bilan ataladi". Bundan kelib chiqadiki Xorazmdan ustalaming ko'chirilishi 1379-yilning oxiri^a to'g'ri kelishini hisobga olsak, Oqsaroyning qurilishi 1380-yilning o'rtalainla boshlangan. Bu sana Sharafiddin Ali Yazdiy qalamiga mansub "Zafarnoina" asarining Oqsaroy qurilishiga bag'ishlangan maxsus bo'limi-"Kesh xisorinl v| Oqsaroyni qurilishi to'g'risida hikoya"da ham o'z aksini topgan. "Sichen' 9 yillili tarix yeiti yuz sakson birda (1380-yil mart) ul shaharga qal'a soldurdi". Yozma manbalarda ikki peshtoq devori boshqa-boshqa me'morlar tomonidan qurilganligi qwayd etiiadi. Tadqiqotchilarning fikricha, haqiqatdan ham sharqiy minoradagi g'isht terish uslubi g'arbiy minoiadagidan keskin farq qiladi. Yodgorlikning qurilishi borasida bir qancha afsona va rivoyatlar mavjud bo'lib, ularning birida aytilishicha Sohibqiron Amir Temur Keshda mahobatli saroy barpo etishni rejalashtirgach, bosh me'momi chaqirib unga o'z fikrini bayon etadi. Shunda bosh me'mor o'zini xazinaga eltishlarini so'raydi va Temurning ko'zi oldida loyga oltin aralashtirib, bir nechta g'isht yasaydi. Me'mor bunday gishtlardan bino poydevori bunyod etilishini aytadi. Me'mor Temurning hatti-harakatlarini va aytgan gaplarini xotirjam eshitganini ko'rib g'ishtlarni xazinachiga qaytaradi. Temur esa me'mordan qilgan ishiga izoh berishini so'raydi. Bunga javoban me'mor sohibqironning ulkan va go'zal in.orat barpo etish istagi qanchalar kuchli ekanligini ko'rish va bunday ko'rkam imorat barpo etish juda katta harajatlai talab etsa ham sohibqiron bu harajatlarga rozi ekanligiga ishonch hosil qilish, shundan keyingina qurilish ishlarini boshlamoqchi bo'lganini aytgan ekan.
Ikkinchi bir afsonada aytilishicha, Oqsaroy binosining asosiy qismi qurib bitkazilgach. Amir Temur bosh ustaga zudlik bilan binoni koshinlar bilan bezashi lii/iniligini aytib, uni shoshira boshlaydi. Sohibqiron bosh ustani shoshiravergach. nuiika/iy gumbazning devoriga odam bo'yi keladigan, lekin yerga tegmaydigan qilib Mnjir osib qo'yadi va o'zi qochib ketadi. Undan keyin esa oqtoshlar yotqizilgan hovli, boy bezatilgan tiplar bor. Hovli o'rtasida katta hovli bo'lib, hovlining eni uch yuz qadam, hovli orqali saroyning eng katta binosiga o'tiladi. Bu binoga kirishda ham juda katta va baland eshik bo'lib, u oltin, lojuvard va koshinlar bilan mohirona bezatilgan. Eshikning yuqorisiga esa sh'er va quyosh tasviri tushirilgan. Bu eshik orqali to'rtburchak shakldagi qabulxonaga kiriladi. Qabulxona devorlari ham oltin lojuvard va koshinlar bilan bezatilib, ustiga tilla suvi yugurtirilgan. Bu yerdan elchilarni yuqori qavatlarga olib chiqdilar. Bu yerda xonalar shunchalik ko'pki, ulami birdaniga tasvirlashning iloji yo'q. Bu yerdagi bezak ishlarining barchasi oltin, lojuvard va qimmatbaho toshlardan qilinganki, bunga hatto Parijning mohir ustalari ham qoyil qolishi mumkin." Oqsaroy haqida ma'lumot Zaxiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma"sida ham uchraydi. U Oqsaroyni quyidagicha tasvirlaydi: "Temurbek.-.Keshda ko'plab oliy imoratlar bino etdi. O'ziga devon o'lturur uchun bir ulug' peshtoq va yana o'ng yonida va so'l yonida tavochi beklar bilan devon beklari o'ltirib devon so'rar uchun ikki kichikroq peshtoq qilibdur. Yana sovrun eli (arzchilar) o'ltirur uchun har tomonida kichik-kichik toqchalar qilibtur, muncha oliy nishon olamda kam nishon berar. Deyirlarkim, Kisro toqidin bu biyikratur". (Toqi Kisro-VI asrga mansub Ktesifondagi saroy arkasi). Ushbu ma'lumotlardan xulosa chiqaradigan bo'lsak, Oqsaroy rejaviy tuzilishi, qurilishi va foydalanilishi nutqai nazaridan o'zaro bog'liq bo'lgan uch qismdan iborat bo'lgan. Kirishda ma'muriy boshqaruv qismi qabulxona va turarjoy xonalari bo'lgan saroy va bog' xiyoboni qismlaridir. Saroy o'sha davrdagi an'anaviy asosda, cho'zilgan to'g'ri burchakli tiplar (ayvonlar) bilan o'ralgan hovlida qad ko'targan.
Saroy hovlisining eni 120-125 metr, saqlanib qolgan mikrorelefiga qaraganda, 240250 metrni tashkil etgan. Arxeologik qazishmalar jarayonida ochilgan qurilish qoldiqlari ham yuqoridagi ma'lumotlarni to'ldiradi. Unga ko'ra Oqasaroyning qurilishi rejasi to'g'ri burchakli bo'lib, hovli oxirida qabul zali, hovli bo'ylab esa serhasham ayvonlar, xizmatkorlar uchun turarjoylar mavjud bo'lgan. Oqsaroy binosi hajm jihatidan nihoyatda ulkan bo'lib, uning mahobatidan hayratga tushgan Sharofiddin Ali Yazdiy "...gardun muhandisi muncha yoshi bilan olamni kezib hech bir yerda mundoq shahar va ko'shk ko'rmagan turur"-deb yozadi. Temuriylar davri tarixchisi Nizomiddin Shomiy ham Oqsaroy haqida so'z yuritar ekan, bino ravoqini yulduzga qadar bo'y cho'zishini va dunyoda unga teng keladigan biror-bir bino mavjud emasligini ta'kidlaydi. Tarixchi Hofiz Abro' esa inshootni ta'riflar ekan, Oqsaroy binosi bir necha farsax uzoqlikdan ko'rinib turganligini qayd etadi. Darhaqiqat, hozirda ham Shahrisabzdan 35 km. shimolda, dengiz sathidan 1678 metr yuqorida joylashgan Taxtiqoracha dovonidan Oqsaroy harobalarini yaqqol ko'rinishini hisobga olsak, bu borada muallil mubolag'a qilmay otganligiga amin bo'lamiz. Oqsaroy haqida saqlanib qolgan rivoyatlaming birida saroy tomi ustida hovu/ bunyod etilganligi qayd etiladi. Rivoyatga ko'ra hovuzda qo'rg'oshin quvurlar orqali Taxtiqoracha davonidan kelgan buloq suvlari favvora bo'lib chiqib turar ekan. Oqsaroy binosi manbalarda qayd qilinganidek, koshinlar, oltin suvi yuritilgan naqshlar va gullar bilan bezatilgan. Buni hozir ham bizgacha yetib kelgan kirish peshtoqining ikkita ulkan ustunida ko'rishimiz mumkin. Ikki ustun sirlangan mozaika va betakror o'yma naqshlar bilan bezatilgan. Bu yerdagi geometrik va tabiiy naqshlar o'z davrida yetti xil rangda tovlangan bo'lib, "haft rang" deb yuritilgan. Saroyni bezashda naqshinkor usullarda bitilgan diniy falsafiy yozuvlar bilan bir qatorda dunyoviy mazmunga ega yozuvlarga ham alohida e'tibor