logo

Termiz shahridagi me'moriy yodgorliklar

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

266.0439453125 KB
Termiz shahridagi  me'moriy yodgorliklar
                                 Reja:
1. Iso at-Termiziy ziyoratgohi
2.Hakim at-Termiziy ziyoratgohi
3.Sulton Saodat majmuasi va Kokildor xonaqohi tarixi Viloyatdagi   359   tarixiy   yodgorliklardan   294   tasi   arxeologiya,   26   tasi
meʼmoriy,   39   tasi   monumental   sanʼati   yodgorliklaridir.   Termiz
shahrining   2500-yillik   yubileyi   munosabati   bilan   2001—02   yillarda
viloyatdagi   bir   kancha   tarixiy   obidalar   va   arxeologik   yodgorliklarda
taʼmirlash   ishlari   olib   borildi.   Surxondaryo   viloyatidagi   yodgorliklar
oʻzining   qadimiyligi   bilan   mashhur.   Xuroson   meʼmorlik   anʼanalarida
qurilgan mashhur Jarqoʻrgʻon minorasi (1108—09 yillar), Sulton Saodat
majmuasi (10-asr, 15—17 asrlar), Denovdagi Chagʻoniyon davlati qalʼasi
qoldiqlari   (15-asr),   Hakim   atTermiziy   majmuoti   (11   —   15-asrlar),   Eski
Termizdagi   Zurmala   minorasi   krldikdari   (2-asr),   Termiz   atrofidagi
Kokildor xonaqohi (16-asr) va boshqa shular jumlasidan.
Termiziy  A bu  Iso , Imom Termiziy (toʻliq nomi Muhammad ibn Iso ibn
Savra   ibn   Muso   ibn   Zaxdok   Sullamiy   Bugʻiy   Termiziy)   (824,   Termiz   —
892,   Bugʻ   qishlogʻi,   hozirgi   Sherobod   tumani)   —   buyuk   muhaddis.
Sullamiy   deb   nisbat   berilishiga   sabab   bobolaridan   biri   sullam   degan
arab qabilasiga doʻst tutingan, Bugʻiy deyilishiga sabab oʻsha vaqtdagi
But   nomli   qishloqda   vafot   etib,   shu   yerga   dafn   qilingan.   Umrining
oxirida   koʻzi   ojiz   boʻlib   qolgani   uchun   adDarir   taxallusi   bilan   ham
atalgan.   Termiziyning   yoshlik   yillari   Termiz   shahrida   oʻtgan,   dastlabki
maʼlumotni   ham   shu   yerda   olgan.   Bolaligidan   oʻta   ziyrakligi,
xotirasining  kuchliligi,   noyob  qobiliyati   bilan   oʻz   tengqurlaridan   ajralib
turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish
bilan   oʻrgangan,   bu   boradagi   bilimlarini   yanada   oshirish   uchun
koʻpgina   Sharq   mamlakatlariga   borgan.   Uzoq   yillar   Iroq,   Isfahon,
Xuroson,   Makka   va   Madinada   yashagan.   Uzoq   davom   etgan   safarlari chogʻida qiroat ilmi, bayon, fikd, tarix, ayniqsa, oʻzi yoshlikdan qiziqqan
hadis   ilmi   boʻyicha   oʻsha   davrning   yirik   olimlarndan   taʼlim   oladi.
Mashhur   muhaddislardan   Imom   Buxoriy,   Imom   Muslim,   Imom   Abu
Dovud,   Qutayba   ibn   Sayd,   Ishoq   ibn   Muso,   Maxmud   ibn   Gʻaylon   va
boshqa uning ustozlari edi. 
Termiziy   Imom   Buxoriy   bilan   uchrashganida   (bu   uchrashuv
Nishopurda   boʻlgan   va   ikki   alloma   5   yil   birgalikda   yashashgan)
hadisning   matninigina   emas,   uning   hikmati   va   falsafasini   tushunib
yetganini   eʼtirof   etadi.   Oʻz   navbatida   Imom   Buxoriy   oʻz   shogirdini
maqtab,   kamtarinlik   bilan:   "Sen   mendan   bahra   topganingdan   koʻra
men   sendan   koʻproq   bahra   topdim",   degan.   Bu   Termiziyga   berilgan
juda katta baho edi. 
Termiziy yoʻlda, safarda boʻlganda ham, yoki bir joyda muqim turganda
ham   ustozlaridan,   uchratgan   roviylardan   eshitgan   hadislarni   yozib
olar,   ularni   tartibli   ravishda   alohidaalohida   qayd   qilib   borardi.   868   yil
xorij   safaridan   oʻz   yurtiga   qaytgan   Termiziy   ilmiyijodiy   ish,   shogirdlar
tayyorlash  bilan  mashgʻul boʻldi  va  yirik  muhaddis olim,  imom  sifatida
shuhrat   qozondi.   Taqvodorlik,   islom   dini   va   oʻz   obroʻsiga   gard
yuqtirmaslikka   intilish,   dunyo   molmatosi   va   boylikka   beparvo   qarash,
oxiratning   gʻamini   yeyish   Termiziyning   hayoti   tarzi   edi.   Termiziyning
shogirdlari uning ishlarini davom ettirdi. Ular ichida Makhul ibn alFadl,
Muhammad   ibn   Mahmud   Anbar,   Hamod   ibn   Shokir,   Abd   ibn
Muhammad   Nasafiy,   Haysam   ibn   Kulayb   Shoshiy,   Ahmad   ibn   Yusuf
Nasafiy va boshqalarni koʻrsatish mumkin.  Termiziy   qalamiga   mansub   asarlarning   aksariyati   bizgacha   yetib
kelgan.   "Al-jomeʼ   as-sahih"   ("Ishonarli   toʻplam"),   "ashShamoil
annabaviya"   yoki   "AshShamoil   annabiy   sallolohu   alayhi   va   sallam"
("Paygʻambar   alayhissalomning   shakl   va   sifatlari"),   "alIlal   filhadis"
("Hadislardagi  illatlar"),   "Risola   filxilof valjadal"  ("Hadislardagi  ixtilof va
bahslar   haqida   risola"),   "atTaʼrix"   ("Tarix"),   "Kitob   uzzuhd"   ("Zohidlik
kitobi"), "Kitob ulasmo valkuno" ("Ismlar va kunyalar kitobi") va boshqa
Termiziyning   asarlari   ichvda   eng   mashhuri,   shubhasiz,   "Al-jomeʼ   as-
sahih"   boʻlib,   6   ta   ishonchli   hadislar   toʻplamidan   biridir.   Ushbu   asar
ilmiy   manbalarda   "Jomeʼ   at-Termiziy",   "Sahihi   Termiziy",   "Sunani
Termiziy"   nomi   bilan   ham   ataladi.   Termiziyning   muhim   asarlaridan
yana   biri   "ash-Shamoil   an-nabaviya"   Muhammad   (alayhi   sallom)ning
shaxsiy   hayoti,   u   zotning   suvrat   va   siyrati,   ajoyib   fazilatlari,   odatlariga
oid 408 hadisi sharifni oʻz ichiga qamragan manbadir. Bu kitob azaldan
islomshunos   olimlar,   tadqiqotchilarning   diqqatini   oʻziga   tortib   keladi.
Arab   tilida   bitilgan   ushbu   asarga   bir   qancha   sharhlar   ham   yozilgan.
Uning tili ravon, uslubi gʻoyatda oddiy. Asar fors va turk tillariga tarjima
qilingan.   "Ash-Shamoil   annabaviya"ning   1-qismida   keltirilgan   hadisi
shariflar   paygʻambarning   suvrat   (tashqi   qiyofasi)   iga,   2-qismida
keltirilgan   hadisi   shariflar   esa   ichki   dunyosiyu,   axloqiy   fazilatlarini
bayon   qilishga   bagʻishlangan.   Kitobning   16-asrga   oid   bir   qoʻlyozmasi
Toshkentda,   Oʻzbekiston   musulmonlari   idorasi   kutubxonasida
saqlanadi.   "Ash-Shamoil   an-nabaviya"   oʻzbek   tiliga   oʻgirilib   soʻnggi
yillarda   Toshkentda   bir   necha   bor   nashr   etildi.   1990-yil   Termiziy
tavalludining   1200-yilligi   yurtimizda   keng   nishonlandi.   Mustaqillik yillarida   Termiziyning   yodgorlik   majmuasi   2016   2017-yillari   qaytadan
taʼmirlanib, qutlugʻ ziyoratgohga aylantirildi. 
Termiziy   maqbarasi ,   Abu   Iso   Termiziy   maqbarasi   —   Surxondaryo
viloyati   Sherobod   tumanidagi   meʼmoriy   yodgorlik   ( 11 — 12-asrlar ).   Abu
Iso   Muhammad   Termiziy   qabri   ustiga   qurilgan .   Hozirgi   kunda
yodgorlik bir-biridan   ravoqlar   orqali oʻtuvchi 4   xona   (boʻlma)dan iborat
yaxlit   bino   koʻrinishida ,   xonalar   tarhi   4,3x4,5   m.   Shim.sharqiy   tarzi
ayvon   qurilishi   munosabati   bilan   keyinchalik   toʻsilgan.   3  xonali   boʻlma
murabba   tarhli,   ulardan   jan.dagisi   goʻrxona .   Unda   marmar   sagʻana
bor.   Sagʻana   3   pogʻonali ,   muqarnas   naqsh   va   yozuvlar   bilan
pardozlangan .   Goʻrxonadan   tor   uzun   yoʻlka   orqali   xonaqohga   oʻtiladi.
Xonaqoh   poli   goʻrxonaga   nisbatan   pastroq   boʻlib,   ular   oraligʻi   keng
ravoq   bilan   ajratilgan.   Xonaqoh   gumbaz   tomli ,   mehrobli .   Yonidagi   2
xonadan   shim.sharqiy   tarziga   chiqiladi.   Xonaqoh   oldidagi   3   ayvon
gumbazli,   qalqonsimon   bagʻalli ,   devorlariga   4   ravoq   ishlangan,   pishiq
gʻishtdan   hoshiyalar   terilgan.   Termiziy   maqbarasi   ganchkori   bezaklar
bilan   pardozlanib,   tashqi   devorlariga   6   gʻishtin   ravokli   namoyonlar
ishlangan.   Tobadonlariga   oq   ganchdan   panjaralar   oʻrnatilgan.
Ravokdari   gʻisht   qalinligida   hoshiyalangan.   Termiziy   maqbarasi   bosh
tarzini   kichik   koʻshksimon   gumbazli   qurilma   egallagan.   Yodgorlik
haqida ilk bor D. N. Logofet yoʻl   ocherklarida   tilga olgan. 1945-yil V. L.
Voronina   meʼmoriy   oʻlchamlarini   bajargan.   Amir   Temur   tavalludining
660   yilligi   munosabati   bilan   Termiziy   maqbarasida   taʼmirlash   ishlari
olib borildi. Sagʻanasi va ganchkori panjaralari qayta oʻrnatildi. 2017-yilda Abu Iso at-Termiziy ziyoratgohi tubdan qayta rekonstruksiya
qilinib,   butunlay   o‘zgacha   qiyofa   kasb   etdi.   Ziyoratgohga   tashrif
buyuruvchilar uchun barcha sharoit yaratilib, 420 o‘ringa mo‘ljallangan
va   milliy   me’morlik   an’analarini   o‘zida   mujassam   etgan   Jome’   masjidi,
zamonaviy kutubxona barpo etildi.
Termiziy   al-Hak im ,   Hakim   Termiziy   (toʻliq   ismi   Abu   Abdulloh
Muhammad   ibn   Ali   ibn   Hasan   ibn   Bashir   Hakim   Termiziy)   (taxminan
750/760   —   Termiz   —   taxminan   869)   —   mashhur   mutasavvif.
TERMIZIYning   tarjimai   holiga   oid   maʼlumotlar   oʻrta   asr   arab
mualliflaridan   Tojiddin   Subkiy,   Xatib   Bagʻdodiy,   Ibn   Hajar   Asqaloniy,
Abdurahmon   Sullamiy   va   boshqalarning   asarlarida,   shuningdek,
allomaning   oʻzi   yozgan   "Badʼu   shaʼni   Abu   Abdulloh"   ("Abu   Abdulloh
ishining   boshlanishi")   avtobiografik   risolasida   keltirilgan.   Shuningdek,
TERMIZIY qabri ustiga oʻrnatilgan sagʻana bitiklarida ham uning hayoti
haqida   baʼzi   maʼlumotlar   bor.   TERMIZIY   yoshlik   yillarida   oʻz   yurtida
tanikli   olimlardan   taʼlim   olgan.   Ilmini   takomillashtirish   maqsadida
Sharq   mamlakatlarining   koʻp   shaharlarida,   jumladan,   Balx,   Nishopur, Bagʻdod,   Makka   va   Madinada   boʻladi.   Oʻsha   davrning   yirik   allomalari
bilan ilmiy bahs va munozaralarda ishtirok etadi. 
TERMIZIY   qalamiga   mansub   asarlar   koʻp.   Misrlik   olim   shayx
Abdulfattoh Abdulloh Barakaning dalolat berishicha, TERMIZIY 400 dan
ortiq   asar   yozgan,   ulardan   60   ga   yaqini   bizgacha   yetib   kelgan.   Ular
orasida   eng   avvalo,   Muhammad   (sav)   hadislariga   bagʻishlangan
"Navodir alusul fi maʼrifat axbor Rasul" ("Rasululloh xabarlarini bilishda
nodir   usullar")   kitobini   aytish   kerak.   Ushbu   asarning   2   qoʻlyozma
nusxasi   Toshkentda   mavjud   boʻlib,   ulardan   biri   Oʻzbekiston
musulmonlar   idorasining   kutubxonasida,   ikkinchisi   Abu   Rayhon
Beruniy   nomidagi   Sharqshunoslik   intida   saqyaanadi.   Allomaning
keyingi yillarda nashr etilgan asarlaridan tasavvufga oid 2 kitobi: "Kitob
haqiqat   alodamiya"   ("Insoniyat   haqiqati   toʻgʻrisida   kitob")   va   "Adab
unnafs" ("Nafs odobi")ni koʻrsatish mumkin. 
TERMIZIY   asarlarining   aksariyati   qoʻlyozma   holda   jahonning   yirik
shaharlaridagi   qoʻlyozmalar   xazinalarida   saqlanadi.   Jumladan,   Parij
Milliy   kutubxonasida   quyidagi   asarlarining   qoʻlyozmalari   mavjud:
"Kitob  ussalot  va  maqosiduho"  ("Namoz va  uning maqsadlari"),  "Kitob
ulhajj   va   asrorihi"   ("Haj   va   uning   sirlari"),   "Kitob   ulihtiyotot"
("Ehtiyotkorlik yoʻllari"), "Kitob uljuma allozim maʼrifatiho" ("Bilish lozim
boʻlgan   jumlalar"),   "Kitob   ul   furuq   va   manʼ   uttaroduf"   ["Farqlar   va
taroduf   (ketma-ketlik)ni   man   qilish"],   "Kitob   haqiqat   ulodamiya"
("Insoniyat   haqiqati   toʻgʻrisida   kitob"),   "Kitob   urs   ulmuvahaddiyn"
("Yakka  xudoga  eʼtiqod  qilganlarning zavqi"),   "Kitob ulaʼzo   van  nafs  va
yusammo   kazolika   gʻavr   ulumur"   ("Aʼzolar   va   jon   yoki   ishlarning mohiyati   haqida   kitob"),   "Kitob   manozil   alibod   min   aliboda"
("Bandalarning   bandachilikdagi   manzillari   yohud   Alloxga
intiluvchilarning   manzillari   haqida   kitob".   Bu   kitob   2003-yil
"Movarounnahr"   nashriyotida   oʻzbek   tilida   chop   etildi),   "Kitob   ulaql
valhavo" ("Aql va havoyi nafs haqida kitob"), "Kitob ulamsol min alKitob
vas sunnat" ("Kurʼon va sunnatdagi masallar kitobi"), "Kitob almanohiy"
("Raddiyalar haqida   kitob").   Damashqdagi  AzZohiriya   kutubxonasida   2
kitob   va   5   risolasi   bor.   Iskandariya   (MAR)ning   Maktabat   alBaladiya
kutubxonasida   3   ta,   London   kutubxonasida   5   ta   asari   saklanadi.
TERMIZIYning   bizgacha   yetib   kelgan   muhim   asarlaridan   biri   "Xatm
ulavliyo"   (baʼzi   manbalarda   "Xatm   ulvaloyat")   boʻlib,   unda
TERMIZIYning   valiylik   haqidagi   qarashlari   keng   bayon   qilinadi.
Valiylikning  haqqoniyligi,   uning   nubuvvat   (paygʻambarlik)   bilan   bogʻliq
boʻlgan jihatlari asarning bosh mavzusi hisoblanadi. TERMIZIY fikricha,
aklzakovat oʻzlashtira oladigan eng oliy bilim — maʼrifat yoki hikmatdir,
bu   —   inson   kalbini   yorituvchi   "ilohiy   nur"dir.   Turfa   ilmlarni
oʻqiboʻrganish   jarayonida   uni   egallash   mumkin,   ammo   asl   maʼrifat
Allohning   oʻzi   yarlaqagan   zotlargagina   nasib   boʻladi.   TERMIZIY   sufiy
avliyolarni   ayni   shunday   zotlar   sirasiga   kiritadi.   "Xatm   ulavliyo"   baʼzi
faqih   va   hukmdorlarning   keskin   eʼtiroziga   ham   sabab   boʻlib,   oqibatda
TERMIZIY   ona   shahri   Termizdan   chiqib   ketib,   bir   qancha   muddat
Balxda   yashagan.   Uzok,   yillar   davomida   allomaning   yoʻqolib   ketgan
asarlari   sirasiga   xato   ravishda   kiritilgan   bu   asarni   Parij   i.   Termiziylar
markazi   islomiy   madaniyat   boʻlimining   aʼzosi   Usmon   Ismoil   Yahyo
1965-yil   Bayrutda   nashr   etdi.   Asar   muqaddima   va   29   fasldan   iborat boʻlib, unda koʻtarilgan masalalar murid va shayx oʻrtasidagi savoljavob
tarzida bayon qilinadi. Bu kitob tasavvuf ilmi tarixida valoyat (avliyolik)
masalasini 1marta mukammal bir nazariya va ajoyib makrlalar turkumi
shaklida   ifoda   kilgan   nodir   manba   sifatida   alohida   ahamiyatga   ega.   U
Termiz   va   Balx   atrofida   shakllangan   tasavvuf   ahli   uchun   maʼnaviy
vasiyatnoma   yoxud   taʼlim   dasturi   sifatida   xizmat   qilgan.   Ilmfanning
turli   sohalarida   mashhur   boʻlgani   uchun   TERMIZIYni   zamondoshlari
"alHakim" deb ulugʻlashgan. 
Termiziy  meʼmoriy  majmui , Hakim Termiziy maqbarasi —  Termizdagi
meʼmoriy   yodgorlik   ( 9 — 15-asrlar ).   Majmua   Abu   Abdulloh   Muhammad
Hakim   Termiziy   nomi   bilan   bogʻlangan.   Termiziy   meʼmoriy   majmuim.
asrlar   davomida   bir   necha   bor   qayta   qurilgan .   Masjid ,   maqbara ,
xonaqoh ,   qorixona   kabi   binolardan   iborat   boʻlgan.   Dastlab   xom
gʻishtdan   xonaqoh   (9-asr)   bunyod   etilib,   Hakim   Termiziy   shu   yerda
yashab   mudarrislik   qilgan.   Binodan   keng   hovlining   bir   qismi,   qalin
devor   toʻsiq   va   shim.sharqiy   burchagida   uncha   katta   boʻlmagan
yertoʻlasimon   hujra   saqlangan.   Vaqtlar   oʻtishi   bilan   qabr   ustiga,
xonaqohning   jan.   gʻarbiy   burchagida   xom   gʻishtdan   jan.ga   qaratib
maqbara   bunyod   etilgan   (9-asr).   Termiziy   maqbarasi   xalq   orasida
ulugʻlanib   avliyo   qabri,   muqaddas   ziyoratgoh   sifatida   eʼzozlangan.
Keyinchalik   maqbaraning   sharqiy   devoriga   tutashtirib   kichik   qorixona
va   oʻgʻli   alHakim   Abdulloh   maqbarasi   ( 10-asr ),   shim.da   uncha   katta
boʻlmagan   hovliga   qaragan   3   gumbazli ,   ravokli   yoʻlak   koʻrinishidagi namozgoh  masjidi ( 11  — 12-asrlar ) hamda bir qator  qoʻshimcha  xonalar
qoʻshilgan. 
Temuriylar hukmronligi   davrida (15-asr) xonaqoh baland asos (bal. 1,5
m)   ustiga   pishiq   gʻishtdan   qayta   qurildi .   Unga   tutash   boʻlgan   xonalar
taʼmirlandi .   Xonaqohning   shim.   va   jan.   tomonlariga   peshtoq   ishlandi.
Oddiy   va   aniq   qurilmali   xona   devorlari   ravoq   ustunlari   " romb "
koʻrinishidagi   poyustunga   tayangan.   Hakim   Termiziy   maqbarasi   9-
asrda   bunyod   etilgan   xonaqoh   hujralaridan   biri   boʻlgan.   Xonaqoh
hovlisining   gʻarbidagi   3   gumbazli   masjid   maqbaraga   tutash,   3   ravogʻi
hovliga   kdragan.   Masjidning   gʻarbiy   devor   markazida   keng   hoshiyali
mehrob   bor.   Undagi   boʻrtma   yozuv,   sopol   shakllar,   oraliq   zaminidagi
oʻyma   ganch   bezaklar  oʻziga xos. Masjid ustunlari gʻishtdan bezakli qilib
terilgan.   Masjiddan   ravoq   orqali   maqbaraga   oʻtiladi.   Maqbara   ichi
ganch   oʻymakorligida   gilam   nusxa   bezakda   serhasham   pardozlangan .
Gumbaz   osti   sharafasida   kufiy   xatida   Qurʼonning   36surasi   oʻyib
yozilgan.   Xonaqoh   ichi   ham   yulduzsimon   girih   naqshlar   bilan
pardozlangan.   Ravoklaridagi   tobadonlariga   panjaralar   oʻrnatilgan.
Maqbara   ichidagi   oq   marmar   sagʻana   temuriylar   davridagi   tosh
oʻymakorligi   sanʼatining  yuksak namunasidir. Sagʻana 3 pogʻonali, asosi
islimiy   naqsh   va   yozuvli   hoshiyalar   bilan,   oʻrta   qismidagi   3   mehrobiy
tokchaning   markaziy   (oʻrta)   qismi   muqarnas   kosachalar   bilan,   2   yoni
shamchiroq   tasviri   bilan   bezatilgan .   Sagʻanadagi   yozuvlarda   Termiziy
hayoti   va   faoliyati   tavsiflangan.   Kichik   maqbarada   ham   taʼmirlash
ishlari   olib   borilgan.   Abdullaxon   hukmronligi   davri   ( 16-asr )da   hazira
(hovli)   hududida   9   gumbazli   masjid   (eski   masjidni   oʻz   ichiga   olgan) qurilgan.   Oldida   yengil   ravoqustunli   ayvon   joylashgan.   19-asrda   9
gumbazli   masjid   oʻrnida   4   gumbazli   masjid   bunyod   etilgan.   Jan.dan
kiraverishda   yana   bir   maqbara   ( goʻrxona   va   ziyoratxonadan   iborat)
qurilib,   ravokli   boʻlmalar   orqali   Termiziy   maqbarasi   va   xonaqoh   bilan
oʻzaro bogʻlangan. Termiziy meʼmoriy majmuim.  1955 — 57  yillarda  ilmiy
oʻrganilib   14—   15-asrlardagi   koʻrinishi   qayta   tiklandi.   1980—   81-yil   va
2001—2002-yillarda   maqbara   va   xonaqoh   qayta   pardozlandi.
Majmuaning umumiy  tarhi  28,0x29,0 m, maqbara 5,10x4,70 m. 
Musulmonlar   uchun   muqaddas   bo‘lgan   Al   Hakim   at-Termiziy
maqbarasi   meʼmoriy   yodgorlik   bo‘lib,   qadimgi   Termiz   shahrining
chekkasida joylashgan. Maqbarada buyuk islom arbobi, turli falsafiy va
diniy   asarlar   muallifi,   darveshlar   jamoasining   yaratuvchisi   Abu
Abdulloh ibn Hasan ibn Bashir al-Hakimiy at-Termiziy maqbarada dafn
etilgan. U xalq orasida Termiz-ota deb ham nomlanadi. Afsonaga ko‘ra,
o‘n yoshida unga vahiy kelib, bir qariya unga bilim bergan. Vaqt o‘tishi
bilan   u   shuhrat   qozondi,   lekin   ota-onasining   uyida   kamtarona
yashashni davom ettirdi. Hakim at-Termiziy shahid sifatida vafot etdi – qarilik   chog‘ida   shaharga   bostirib   kirgan   dushmanlar   uni   boshidan
judo qildilar (IX asr oxiri).
Afsonaga   ko‘ra,   Chingizxon   ushbu   noyob   durdonadan   hayratda
qolgan, o‘z qo‘shiniga yodgorlikka zarar bermaslikni buyurgan, chunki
u bu binoni odamlar emas, balki xudolar yaratgan deb ishongan.
Maqbara   ustida   gumbaz   ko‘tarilgan,   bino   ichida   esa   juda   hashamatli
bezaklar   bor.   Marmardan   yasalgan   va   noyob   naqshlar   va   arab
yozuvlari bilan bezatilgan avliyoning qabr toshli diqqatni o‘ziga tortadi.
Ansamblning yonida sal keyinroq qurilgan jome masjidi joylashgan.
at-Termiziy   majmuasi   hududida   yana   bir   nechta   qiziqarli   diqqatga
sazovor joylar mavjud: Chillaxonalar – milodiy V-X asrlarga oid qadimiy
g‘or   inshootlari,   qadimgi   Tarmita   shaharchasining   xarobalari   (Eski
Termiz), Termiz shahri va Termiz shahar muzeyi.
Sult on   Saodat   majmui   —   Termizdagi   meʼmoriy   yodgorlik   ( 10 — 17-
asrlar ). Termizning   sharqida   joylashgan bu ziyoratgoh 7 asr davomida
shakllangan.   20   ga   yaqin   maqbarani   oʻz   ichiga   olgan.   Unda   Sayyidlar
sulolasining   maqbaralari   joylashgan.   Dastlab   shu   atrofdagi   yerlar
egasi,   paygʻambarimiz   avlodlaridan   boʻlmish   Hasan   al   Amir   ( 9-asr   2-
yarmida   vafot   etgan) va boshqa bir manbada   Amir Sayyid Ali Akbar    [1]
    [2]
   
[3] [4] [5]
  maqbarasi   bunyod   etilgan.   Xalq   orasida   S.Sm.   nomi   bilan
mashhur   boʻlgan   maqbaralar   10-asrda,   qolganlari,   asosan,   15 —17-
asrlarda   yonmayon   qurilib ,   uzun   hovlining   2   tomonini   egallagan.
Makbaralar   peshtoq   va   gumbazli   chorsi   xonalar   (9×9,05   m   va
10,15×10,25   m)   dan   iboraTermiziy   Hovlining   toʻridagi   peshtoq   va   ikki qanotidagi   gumbazli   maqbaralar   bir   xil   tarxda ,   jan.dagi   maqbara
zinalar   gʻisobiga   kichikroq   koʻrinadi.   Shim.gʻarbidagi   maqbaraning
qurilma va   bezaklari   oddiy   gʻisht   (27×27×5 sm) dan juftjuft qilib terilib,
mavjli   bezak   hosil   qilingan.   Ichki   xona   devorlariga   gʻishtdan   hoshiyali
boʻrtma   ravoqlar   ishlangan. Jan.gʻarbdagi maqbara  shim.gʻarbdagidan
bir   oz   kichik,   koʻrinishi   oddiy,   ganch   suvokli.   Mazkur   2   maqbara
orasidagi   peshtokli   supa   toʻriga   mehrob   joylashgan.   Sirkor   koshinlar
binoga   alohida   husn   bagʻishlagan.   15   —17-asrlarda   qurilgan
maqbaralarda oʻsha davrga xos yulduzsimon   girih  naqshlar,   ganchkori
bezaklar   keng   qoʻllanilgan.   Majmua   mustaqillikdan   keyin   taʼmirlanib ,
ziyoratgohga  aylantirilgan.
Kok ildor   xonaqohi   -   Termiz   (Namuna   qishlogʻi)dagi   meʼmoriy
yodgorlik.   Xalq   orasida   Aloulmulk   Xudovandzoda   (Termiz   hukmdori)
koʻshki,   "Azizon",   "Azlar   eshon",   "Kokildor"   (kokil   qirqish   udumi)   deb
nomlangan (13—16-asrlar). Kokildor xonaqohi toʻgʻri toʻrtburchak tarxli
(27,5x17   m),   5   xonadan   iboraTermiziy   Baland   va   chuqur   ravoqli
peshtoq   orqali   markaziy   xona   (7,5x7,5   m)   ga   kiriladi.   Markaziy
xonaning   gumbazi   8   qirrali   poygumbaz   ustiga   oʻrnatilgan,   2   yon
tomonidagi   xonalar   oʻzaro   oʻxshash,   teng   hajmda,   dalon   orqali
bogʻlangan   orqa   va   yon   eshiklari   boʻlgan.   Markaziy   xona   sahnida   bir
necha   qabr   saqlanib   qolgan.   Ichkaridagi   ravoq   va   namoyonlarga
ganchqori usulida pardoz berilgan. Gumbaz osti bagʻallari muqarnaslar
bilan bezatilgan. Termiz shahrining 2500-yilligi munosabati bilan atrofi
obodonlashtirilib, taʼmir ishlari amalga oshirildi.
Adabiyotlar:
1. Axmedov M.Q «O'rta Osiyo me'morchilik tarixi» T. 1995.  2.   Бердимуродов А Гури Амир макбараси  C -1996  .
3 .   Ғаффоров Ш.С., Юнусов М.А.,Саидов М.М.,Шарипов С.И. Ўзбекистон 
архитектура  ёдгорликлари тарихи.Самарқанд.2008.
4.   Бердимуродов А Гури Амир макбараси C-1996   й.  
1. Kattayev  К . Go'ri Amir maqbarasi. Meros gazetasi, 1992-yil fevral
2. Kattayev K. Nefrit toshi qayta tiklandi. Zarafshon gazetasi, maxsus son 1996-
yil 25-oktabr
3. Katteyev K. Go'ri Amir maqbarasi qabr toshlari. Samarqand gazetasi, 1992-
yil 5-son
4. Клавихо   Руи   Гонзалес.   Дневник   путишествие   в   Самарканд   по   двору
Тимура (1403-1406). М.,1970.
5. Маньковская   Л.   Ю.   Архитектурные   памятники   Кашкадарьи.   Т.,
«Узбекистан», 1979.
6. Маньковская   Л.   Ю.   Неизвестные   памятники   Х X —Х I Х   вв.   в
Кашкадарьинской   области.   «Строительство   и   архитектура
Узбекистана», 1969,№ П.

Termiz shahridagi me'moriy yodgorliklar Reja: 1. Iso at-Termiziy ziyoratgohi 2.Hakim at-Termiziy ziyoratgohi 3.Sulton Saodat majmuasi va Kokildor xonaqohi tarixi

Viloyatdagi 359 tarixiy yodgorliklardan 294 tasi arxeologiya, 26 tasi meʼmoriy, 39 tasi monumental sanʼati yodgorliklaridir. Termiz shahrining 2500-yillik yubileyi munosabati bilan 2001—02 yillarda viloyatdagi bir kancha tarixiy obidalar va arxeologik yodgorliklarda taʼmirlash ishlari olib borildi. Surxondaryo viloyatidagi yodgorliklar oʻzining qadimiyligi bilan mashhur. Xuroson meʼmorlik anʼanalarida qurilgan mashhur Jarqoʻrgʻon minorasi (1108—09 yillar), Sulton Saodat majmuasi (10-asr, 15—17 asrlar), Denovdagi Chagʻoniyon davlati qalʼasi qoldiqlari (15-asr), Hakim atTermiziy majmuoti (11 — 15-asrlar), Eski Termizdagi Zurmala minorasi krldikdari (2-asr), Termiz atrofidagi Kokildor xonaqohi (16-asr) va boshqa shular jumlasidan. Termiziy A bu Iso , Imom Termiziy (toʻliq nomi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bugʻiy Termiziy) (824, Termiz — 892, Bugʻ qishlogʻi, hozirgi Sherobod tumani) — buyuk muhaddis. Sullamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan biri sullam degan arab qabilasiga doʻst tutingan, Bugʻiy deyilishiga sabab oʻsha vaqtdagi But nomli qishloqda vafot etib, shu yerga dafn qilingan. Umrining oxirida koʻzi ojiz boʻlib qolgani uchun adDarir taxallusi bilan ham atalgan. Termiziyning yoshlik yillari Termiz shahrida oʻtgan, dastlabki maʼlumotni ham shu yerda olgan. Bolaligidan oʻta ziyrakligi, xotirasining kuchliligi, noyob qobiliyati bilan oʻz tengqurlaridan ajralib turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan oʻrgangan, bu boradagi bilimlarini yanada oshirish uchun koʻpgina Sharq mamlakatlariga borgan. Uzoq yillar Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari

chogʻida qiroat ilmi, bayon, fikd, tarix, ayniqsa, oʻzi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi boʻyicha oʻsha davrning yirik olimlarndan taʼlim oladi. Mashhur muhaddislardan Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Qutayba ibn Sayd, Ishoq ibn Muso, Maxmud ibn Gʻaylon va boshqa uning ustozlari edi. Termiziy Imom Buxoriy bilan uchrashganida (bu uchrashuv Nishopurda boʻlgan va ikki alloma 5 yil birgalikda yashashgan) hadisning matninigina emas, uning hikmati va falsafasini tushunib yetganini eʼtirof etadi. Oʻz navbatida Imom Buxoriy oʻz shogirdini maqtab, kamtarinlik bilan: "Sen mendan bahra topganingdan koʻra men sendan koʻproq bahra topdim", degan. Bu Termiziyga berilgan juda katta baho edi. Termiziy yoʻlda, safarda boʻlganda ham, yoki bir joyda muqim turganda ham ustozlaridan, uchratgan roviylardan eshitgan hadislarni yozib olar, ularni tartibli ravishda alohidaalohida qayd qilib borardi. 868 yil xorij safaridan oʻz yurtiga qaytgan Termiziy ilmiyijodiy ish, shogirdlar tayyorlash bilan mashgʻul boʻldi va yirik muhaddis olim, imom sifatida shuhrat qozondi. Taqvodorlik, islom dini va oʻz obroʻsiga gard yuqtirmaslikka intilish, dunyo molmatosi va boylikka beparvo qarash, oxiratning gʻamini yeyish Termiziyning hayoti tarzi edi. Termiziyning shogirdlari uning ishlarini davom ettirdi. Ular ichida Makhul ibn alFadl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Hamod ibn Shokir, Abd ibn Muhammad Nasafiy, Haysam ibn Kulayb Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf Nasafiy va boshqalarni koʻrsatish mumkin.

Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan. "Al-jomeʼ as-sahih" ("Ishonarli toʻplam"), "ashShamoil annabaviya" yoki "AshShamoil annabiy sallolohu alayhi va sallam" ("Paygʻambar alayhissalomning shakl va sifatlari"), "alIlal filhadis" ("Hadislardagi illatlar"), "Risola filxilof valjadal" ("Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola"), "atTaʼrix" ("Tarix"), "Kitob uzzuhd" ("Zohidlik kitobi"), "Kitob ulasmo valkuno" ("Ismlar va kunyalar kitobi") va boshqa Termiziyning asarlari ichvda eng mashhuri, shubhasiz, "Al-jomeʼ as- sahih" boʻlib, 6 ta ishonchli hadislar toʻplamidan biridir. Ushbu asar ilmiy manbalarda "Jomeʼ at-Termiziy", "Sahihi Termiziy", "Sunani Termiziy" nomi bilan ham ataladi. Termiziyning muhim asarlaridan yana biri "ash-Shamoil an-nabaviya" Muhammad (alayhi sallom)ning shaxsiy hayoti, u zotning suvrat va siyrati, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni oʻz ichiga qamragan manbadir. Bu kitob azaldan islomshunos olimlar, tadqiqotchilarning diqqatini oʻziga tortib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar ham yozilgan. Uning tili ravon, uslubi gʻoyatda oddiy. Asar fors va turk tillariga tarjima qilingan. "Ash-Shamoil annabaviya"ning 1-qismida keltirilgan hadisi shariflar paygʻambarning suvrat (tashqi qiyofasi) iga, 2-qismida keltirilgan hadisi shariflar esa ichki dunyosiyu, axloqiy fazilatlarini bayon qilishga bagʻishlangan. Kitobning 16-asrga oid bir qoʻlyozmasi Toshkentda, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi. "Ash-Shamoil an-nabaviya" oʻzbek tiliga oʻgirilib soʻnggi yillarda Toshkentda bir necha bor nashr etildi. 1990-yil Termiziy tavalludining 1200-yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Mustaqillik

yillarida Termiziyning yodgorlik majmuasi 2016 2017-yillari qaytadan taʼmirlanib, qutlugʻ ziyoratgohga aylantirildi. Termiziy maqbarasi , Abu Iso Termiziy maqbarasi — Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi meʼmoriy yodgorlik ( 11 — 12-asrlar ). Abu Iso Muhammad Termiziy qabri ustiga qurilgan . Hozirgi kunda yodgorlik bir-biridan ravoqlar orqali oʻtuvchi 4 xona (boʻlma)dan iborat yaxlit bino koʻrinishida , xonalar tarhi 4,3x4,5 m. Shim.sharqiy tarzi ayvon qurilishi munosabati bilan keyinchalik toʻsilgan. 3 xonali boʻlma murabba tarhli, ulardan jan.dagisi goʻrxona . Unda marmar sagʻana bor. Sagʻana 3 pogʻonali , muqarnas naqsh va yozuvlar bilan pardozlangan . Goʻrxonadan tor uzun yoʻlka orqali xonaqohga oʻtiladi. Xonaqoh poli goʻrxonaga nisbatan pastroq boʻlib, ular oraligʻi keng ravoq bilan ajratilgan. Xonaqoh gumbaz tomli , mehrobli . Yonidagi 2 xonadan shim.sharqiy tarziga chiqiladi. Xonaqoh oldidagi 3 ayvon gumbazli, qalqonsimon bagʻalli , devorlariga 4 ravoq ishlangan, pishiq gʻishtdan hoshiyalar terilgan. Termiziy maqbarasi ganchkori bezaklar bilan pardozlanib, tashqi devorlariga 6 gʻishtin ravokli namoyonlar ishlangan. Tobadonlariga oq ganchdan panjaralar oʻrnatilgan. Ravokdari gʻisht qalinligida hoshiyalangan. Termiziy maqbarasi bosh tarzini kichik koʻshksimon gumbazli qurilma egallagan. Yodgorlik haqida ilk bor D. N. Logofet yoʻl ocherklarida tilga olgan. 1945-yil V. L. Voronina meʼmoriy oʻlchamlarini bajargan. Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Termiziy maqbarasida taʼmirlash ishlari olib borildi. Sagʻanasi va ganchkori panjaralari qayta oʻrnatildi.