SHAXS SOTSIAL MUNOSABATLAR MAXSULI SIFATIDA.
SHAXS SOTSIAL MUNOSABATLAR MAXSULI SIFATIDA. Reja: 1 - mashg’ulot 1. Sotsologiyada shaxs tushunchasi 2. SHaxs shakllanish asoslari 3. SHaxs shakllanishi omillari: biologik irsiy, jismoniy muhit, madaniy, guruhiy tajriba, shaxsiy tajriba. 4. SHaxs sotsializatsiyasi . 2- mashg’ulot 1. I jtimoiy "men" ning shakllanishi. 2. Ijtimoiylashuv davrlari 3. I jtimoiylashuv institutlari va agentlari. 4. D esotsializatsiya va resotsializatsiya.
1. Har qanday ijtimoiy tizimning bo’laklari odamlar hisoblanadi. Odamlarning jamiyatga kiritilishi turli birliklar orqali amalga oshiriladi, qaysini har bir aniq shaxs sotsial guruhlar, sotsial institutlar, sotsial tashkilotlar jamiyatda qabul qilingan qoida va qadriyatlar tizimini, ya`ni madaniyat orqali gavdalanadi. SHunga muofiq inson ko’p sotsial tizimlarga tortilgan bo’lib, ularning har biri unga tizimni shakillantiruvchi ta`sir ko’rsatadi. SHunday qilib odam faqat sotsial tizimning bo’lagi bo’libgina qolmay, uning o’zi ham murkkab tuzilma bo’lgan tizimni aks ettiradi. Sotsiologiya shaxsni barcha hilma-hilligi majmuida emas, ya`ni tabiat mahsuli sifatida emas,balki ijtimoiy munosabatlar yig’indisi, ya`ni jamiyat mahsuli sifatida qarab chiqadi. SHaxs soitsial o’zaro ta`sir va munosabatlarining birlamchi omili bo’lib hisoblanadi. SHaxsning o’zi nima? Bu savolga javob berish uchun, avvalo, “inson”, “individ”, “shaxs” tushunchalarini bir-biridan farqlab olish kerak. “Inson” tushunchasi, umumiy, hamma uchun xos bo’lgan sifat va qobiliyatini izohlash uchun qo’llaniladi. Bu tushuncha dunyoda mavjud bo’lgan tarixan o’ziga xos shunday rivojlanayotgan birlikki, insoniyatni anglatib u boshqa hamma moddiy tizimlarda farq o’ziga xos ijtimoiy faoliyat usullari bilan farq qiladi. Sotsial o’zaro ta`sir va munosabatlarning birlamchi agenti bo’lib shaxs h isoblanadi. SHaxsning kim ekanligini bilish uchun “inson”, “individ”, “shaxs” tushunchalarining chegaralarini aniqlab olish kerak bo’ladi. “ Inson ” tushunchasi hamma kishilarga xos bo’lgan umumiy sifat va qobiliyatlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu tushuncha dunyoda inson zoti deb atalmish shunday o’ziga xos tarixiy jamoa mavjudligini anglatadi. Bu insoniyat qolgan hamma moddiy sistemalardan o’ziga xos hayotiy faoliyat usuli bilan farq qiladi. Insoniyat o’ziga xos moddiy reallik sifatida mavjud bo’ladi. Ammo insoniyat bu kabi yashay olmaydi. Konkret odamlar yashaydi va harakat qioadi. Insoniyatning konkret vakillarining bo’lishi individ tushunchasi orqali ifodalanadi. Individ - bu insoniyatning hamma sotsial va psixologik xususiyatlari: aqd, idrok, ehtiyojlar va
boshqalarning konkret tashuvchisi, insoniyat urug’ining yagona vakilidir. Bu holatda individ tushunchasi “konkret kishi” ma`nosida ishlatiladi. SHaxs insonning nisbatan ijtimoiy-tarixiy va ontogenenitik rivojlanishining mahsuli, maxsus insoniy tuzilma. Insonning biologik tabiati uning sotsial dunyosining rivojlanish bazasidir. Insonning ongi ham, insonning ehtiyojlari ham ijtimoiy munosabatlar orqali yaratiladi, bu individning tug’ilganidan boshlanib va to o’limigacha davom etadi. Individning jamiyatga qo’shilishi turli sotsial jamoalar orqali amalga oshiriladi. Har bir alohida kishi sotsial guruhlar, sotsial muassasalar, sotsial institutlar, jamiyatda hukmron norma va qadriyatlar ya`ni madaniyatlar orqali shakllana boshlaydi. Buning natijasida individ ko’p miqdordagi turli darajadagi sotsial tizimlarga qo’shiladi, ularning har biri oila, do’stlar davrasi, ijtimoiy muassasalar, ishchilar guruhi, milliy jamoalar va hokazolar unga ta`sir o’tkazadi. SHunday qilib inson mazkur sistema strukturalarining qismiga, ularning elementlariga aylanadi. SHaxsning paydo bo’lishi, uning jamiyatdagi o’rni va mohiyati doimo sotsiologiya fanining muhim va baqs talab sohalaridan biri bo’lib keldi. Insonning mohiyatini dastlabki o’rgangan olimlar Xitoydagi Konfutsiy va uning izdoshari edi. eramizdan ilgari 298-238 yillarda yashagan olim Sen’-tszi shunday deb yozgan edi: «Tug’ma xususiyatlar - bu samoviy munosabatlar hosili bo’lib, ularga ta`lim yoki ularni odamning o’zi yaratishi vositasida erishib bo’lmaydi. Inson yovuz tabiatga ega. Insondagi ezgulik manfaatlar uchun orttirilgan fazilatdir. O’ozirgi inson tug’ilishidan boshlab foyda olishga intiladi. Bu shunga olib keladiki, kishilar o’zaro raqobatlashadilar va bir-birlariga yon bermaydilar. SHuning uchun ham tarbiya yo’li bilan inson tabiatini o’zgartirish, yaratilgan qoidalar asosida ta`lim berib, ularni adolatlilikka va mas`uliyatlilikka o’rgatish lozim.» Abu Nasr Forobiy «Falsafatu Aristutolis» («Arastu falsafasi») asarida qadimgi yunon olimining inson haqidagi fikrlarini quyidagicha sharhlagan edi: «Arastu insonda, qayvonlarda bo’lmagan boshqa imkoniyatlar, ruh va ruhiy
kuchlardan paydo bo’lolmaydigan sabab va asoslarni topadi. Inson tabiati va unda mavjud bo’lmish tabiiy kuchlarni tushuntirish borasida ular, faqat ruh faoliyati (harakatlari, ta`sirlari) ga qaraganda yuksakroq faoliyat (harakatlar) uchun moslashganlar, degan fikrga keladi...» Bu o’rinda Arastu, nega bunday bo’lishini o’rganishga majbur bo’ldi va inson nutq egasi ekanligini topdi, nutq esa aql bilan bog’liqdir.... Aqlning holati xuddi ruh va uning tabiiy holati kabi ekanligi, aql qismlarga yoki kuchlarga bo’linishi, inson mohiyat kasb etishiga vosita bo’luvchi faol (ta`sirchan) asos ekanligi xuddi tabiatda bo’lgani kabi u - aql o’z maqsadi (g’arazi) ning sabab va asosi ekanligi Arastuga ravshan bo’ladi.» Insonning muhim xususiyatlaridan biri - uning ijtimoiy mavjudot ekanligidir. Inson o’zining eqtiyojlarini qondirish maqsadlarida o’zi kabi insonlar bilan birlashishga intiladi. Insonning ijtimoiylashuvi sun`iy xarakter kasb etib, u shaxs sifatida boshqa insonlar o’rtasidagina shakllana oladi. Agar u insoniy munosabatlardan holi bo’lsa, o’zidagi yovuzlik yoki hayvoniy tabiatidan xalos bo’la olmaydi. Insondagi bu tabiiy xususiyatni Abu Nasr Forobiy quyidagicha ifodalaydi: «Har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi etuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi.... SHu sababli yashash uchun zarur bo’lgan, kishilarni bir-birlariga etkazib beruvchi va o’zaro yordamlashuvi orqaligina odam o’z tabiati bo’yicha intilgan etuklikka erishuvi mumkin. Bunday jamoa a`zolarning faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va etuklikka erishuv uchun zarur bo’lgan narsalarni etkazib beradi. SHuning uchun inson shaxslari ko’paydilar va erning aholi yashaydigan qismiga o’rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi». SHu bilan birga inson fikrlovchi mavjudotdir. U ko’rgan va eshitganlarini yodda saqlaydi, o’z xayoloti, tasavvurlash qobiliyati vositasida bilimlarni, ma`lumot va axborotlarni tahlil qiladi, umumlashtiradi, ularni transformatsiyalaydi, boshqalarga uzatadi, bilim va tajribalarni takomillashtiradi, o’z maqsadlari, orzulari va istaklarini tasavvurlay oladi. Insondagi bu xususiyatlarni Ibn Sino
shunday talqin etadi: «Inson umumiy qarashlarga nuqtai nazar bildirish va alohida narsalar to’g’risida fikrlash qobiliyatlariga egadir: u foydali yoki zararli ishni qilish va qilmaslik, go’zallik va xunuklikni farqlash, yaxshi va yomonni ajratish qobiliyatlariga ega. Ular qiyoslash va tafakkurlash vositasida shakllanadi.... SHunday qilib, inson ruhining birinchi kuchi aqliy mushohadaga taalluqli bo’lib, u aqliy tafakkur deb ataladi. Ikkinchi kuch esa tajribaga taalluqli bo’lib, u tajribaviy fikrlash, deb ataladi. Ular haqiqat yoki yolg’onni, shuningdek, xususiy narsalarga nisbatan yaxshi va yomonni aniqlash uchun xizmat qiladi. Hozirgi davr sotsiologiyasida «inson» deganda Erda yashayotgan mavjudot turlaridan biri tushuniladi. Inson alohida olingan tur (Homo sapiens) vakilini ifodolovchi umumiy tushunchadir. Inson, umuman inson zotining yig’iq obrazi sifatida bioijtimoiy mavjudot bo’lib, u bir vaqtning o’zida ham tabiatga, ham ijtimoiy hayotga mansubdir. Gegel’ ta`biri bilan aytganda, «insonning o’zida bevosita mavjudligi qandaydir tabiiydir, bu uning o’z tushunchasiga binoan tashqidir; faqat o’ziga tegishli tana va ruhini takomillashtirish vositasida, mohiyatan o’zini o’zi anglashi sababli ham u o’zini erkin tutadi, u o’ziga o’zi egalik qilishga kirishadi va ham o’ziga, ham boshhalarga nisbatan bo’lgan munosabatlarda o’ziga o’zi egalik qiladi. Bu o’ziga o’zi egalik qilishga kirishish, shuningdek, bu holatni voqelik deb bilish shuni ko’rsatadiki, inson o’z tushunchasiga binoan (imkoniyat, qobiliyat, moyillik), endi o’zini o’ziniki deb bilishi, o’zini xuddi predmetdek hisoblashi - oddiy o’zini o’zi anglashdan farq qilib, u haqiqatda narsa (buyum) shaklida namoyon bo’la olish qobiliyatiga erishadi» Individ esa inson zotining alohida olingan nusxasi, uning vakillaridan biridir. SHaxs esa u yoki bu inson sifatida namoyon bo’lib, u ma`lum va betakror individuallikka ega bo’ladi. Individning jamiyatga kirish jarayonlari uning ijtimoiylashuvini ta`minlaydi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishish natijasida uning jamiyatdagi qadriyatlar va me`yorlarni o’zlashtirib borishi uchun zamin yaratadi. Bu jihatdan u ijtimoiy ta`sir ob`ektidir. SHuningdek, individ ijtimoiylashuv