Sotsial institutlar- Jamiyat yaxlit tizimi sifatida Jamiyatning sotsial strukturalari ijtimoiy o`zgarishlar
Sotsial institutlar- Jamiyat yaxlit tizim i sifatida Jamiyatning sotsial strukturalari ijtimoiy o`zgarishlar Reja: 1. Sotsial munosabatlar. 2. Sotsial munosabatlarning turlari. 3. Begonalashuv va uning asosiy turlari. 4. Begonalashuv va tanazzull. 5. Milliy mafkura - ijtimoiy munosabatlarning muhim tarkibiy qismi
1. Sotsiologiya fani tizimida sotsial munosabatlar juda muhim o’rin kasb etadi. CHunki u orqali jamiyat a`zolari bir-birlari bilan ma`lum bir muomala va ijtimoiy hamkorlikka intiladilar. Sotsiologiyadagi bu maxsus soha o’zining o’ta dolzarbligi va muhimligi bilan boshqa muammo va masalalardan ajralib tursada, u hali mutaxassislar tomonidan to’liq ilmiy va sistemali ravishda o’rganilmagan hamda ilmiy adabiyotlarda etarli darajada yoritilmagan. Bu salbiy yo’lning asosiy sabablaridan birinchisi, avvalo sobiq Ittifoq falsafiy – sotsiologik adabiyotlarida bu masalaning bir yoqlama talqin qilinganligi bo’lsa, ikkinchisi esa ilg’or g’arb ijtimoiy adabiyotlarining, bu sohasi bo’yicha to’liq tadqiqot ma`lumotlarining bizda yo’qligidir. Sotsial munosabatlar tushunchasining o’zi hali sotsiologiya fanida aniq va bir ilimiy ta`rifi hozircha o’z ifodasini topgani yo’q. Avvalambor, shuni ta`kidlash zarurki, sotsial munosabatlar ko’pincha ijtimoiy munosabatlar tushunchasi bilan tenglashtiriladi yoki sotsial munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning bir xususiy ko’rinishi deb talqin qilinadi. Mavjud adabiyotlarni chuqurroq tahlil qilinadigan bo’lsa, shunday xulosaga kelish mumkinki, yuqorida ko’rsatilgan fikrlarda qimmatli asoslar borligini bilsa bo’ladi. Sotsial munosabatlar tushunchasi ko’pgina adabiyotlarda 2 xil darajada: keng va tor ma`noda talqin qilingan. Keng ma`noda tushunish – sotsial munosabatlarni butun bir ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan tenglashtirishdir va ular orasidagi farqlarga ko’p e`tibor bermaslik bilan bog’liqdir. Tor ma`noda sotsial munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning bir muhim elementi va turi deb interpretatsiya qilinadi. Sotsial munosabatlar keng ma`noda quyidagicha ta`rif bilan belgilangan. Sotsial munosabatlar bu tabiat hodisalaridan o’laroq bo’lib, unda ijtimoiy munosabatlarning butun bir tizimi mujassamlashgandir. O.Kont o’zining pozitivistik ta`limotida sotsial munosabatlar muammolarini xuddi biologik hodisalar metodi bilan o’rganish printsiplarini keng targ’ib qiladi. Pozitivistik-naturalistik yo’nalishning ashaddiy raqibi bo’lgan fenomenologik sotsiologiya sotsial hayot va sotsial munosabatlarni bunday usulda talqin qilganligi
uchun O. Kont va uning izdoshlarini keskin tanqid qiladi. Naturalizmning va jiddiy kamchilik va hatoliklarini bartaraf etish uchun fenomenologik sotsiologiya inson ongining faolligi bu muammolar echimining asosiy omilidir deb isbotlashga intiladi. Bu yo’nalish vakillarining fikricha faqatgina inson va uning tafakkuri tufayli sotsial voqelikni hamda sotsial munosabatlarni konstruktsiyalash (yaratish) mumkin bo’ladi. CHunki sotsial reallik va sotsial munosabatlar insonning interpretatsion faoliyati orqaligina vujudga keladi. Fenomenologik sotsiologiyaning taniqli vakillaridan biri D. Silverman yuqoridagi g’oyalarni asoslash uchun pozitivistik sotsiologiya nazariyasini tanqid qiladi. Albatta, bu ijtimoiy fikrlar vujudga kelgandan beri ancha vaqtlar o’tdi, yangi jug’rofiy-siyosiy maqomlar paydo bo’ldi. eng muhimi esa totalitar tuzum barham topib, yangi davlatlar vujudga keldi, yangi jamiyatda bir partiyaviylik hukmronligi emirildi va mustaqil suveren davlatlar barpo bo’ldilar. endi esa jamiyatdagi jarayonlarni, jumladan sotsial munosabatlar muammolarini keng plyuralistik printsip orqali tadqiq qilish davri keldi. Bu tamoyil orqali, sotsial munosabatlarning muammo va vazifalarini turlicha tahlil qilish imkoniyati tug’ildi. Ushbu ijobiy imkoniyatlarning hosili sifatida respublikamizda sotsial munosabat muammolari jahon ilmiy tafakkurining har-xil yo’nalish natijalari asosida tadqiq qilinayotganligini ajratib ko’rsatish mumkin. Xulosa qilib aytganda, sotsial munosabatlar muammosini yangi, yuqori ilmiy darajada tadqiq qilish imkoniyatlari vujudga keldi. endi bu muammoni konkret sotsiologik tadqiqot bilan o’rganish joizdir. CHunki sotsiologiya nafaqat bu muammonigina emas, balki butun ijtimoiy hayot jarayonlarni keng qamrovda kompleks harakterda va amaliy natijalar asosida chuqur tadqiqot qiladi. 2 . Sotsial birdamlik tushunchasi sotsial munosabatlar tizimida muhim o’rin tutadi. CHunki birdamlik - bu ko’pgina ma`naviy omillarning majmuasidan tashkil topgan sotsiologik kategoriya bo’lib, u ijtimoiy hayotda faoliyat ko’satayotgan insonlarning ijtimoiy taraqqiyot masalalarini hal qilishlaridagi hamkorligining ko’rinishidir. Avvalom bor shuni ta`kidlab o’tishimiz joizki, sotsiologiya faniga bu termin sotsial jipslashuvni bildiradigan tushuncha sifatida birinchi bo’lib O.Kont
tomonidan kiritilgan edi. Bu muammoga ko’gina mutafakkilar o’zlarining keng etiborlarini qaratganlar. Ayniqsa e.Dyurkgeym, G.Spenserlar bu muammoni chuqur tahlil qilganlar, lekin ular o’z tadqiqotlarini turli xil yo’nalishlarda olib borganlar. e.Dyurkgeymning fikricha, sotsial birdamlik, bu axloqiy printsip va oliy universal qadriyat bo’lib, u jamiyatning har bir a`zosi tomonidan tan olinadi. E.Dyurkgeymning ta`kidlashicha,industralizatsiya tufayli jamiyatning ko’rinishi ham o’zgardi va bu kishilarda uning imkoniyatlariga nisbatan ishonchsizlikni paydo qildi. e.Dyurkgeymning fikricha, jamiyat hayoti uchun eng muhimi bu –sotsial birdamlikdir. O’zining klassik asar bo’lmish – “O’z joniga qasd qilish”da shuni aniqladiki, bu salbiy hodisaning asosiy sababi bo’lib sotsial birdamlik tuyg’ularini kamayishi xizmat qiladi. Katolitsizmdan farqli o’laroq, protestant mazhabida individualizmga aktsent qaratish anomiyani rivojlanishiga jiddiy turtki berdi. SHuning uchun bu mashabda o’z joniga qasd qilish ko’payib ketdi. O’zining boshqa bir asari – “Ijtimoiy mehnatning taqsimoti”da u shunday holatni ta`kidlaydi: industrial’gacha bo’lgan jamiyatda sotsial birdamlik jamiyatning mexanik xissiyotlari, ayniqsa diniy mansublik va uning tuyg’ulari asosida ta`minlangan. Bunday jamiyatda kishilar universal bo’lishi, barcha kerakli nasalarni o’zlari yaratishgan:oziq-ovqat etishrish, mehnat qo’llari va kiyim-kechak ishlab chiqarish kabilarni. SHuning uchun ular jamoaviylikka mansub bo’lishgan va o’z tuyg’ulari bilan o’zaro bahamlashishgan. Sanoatlashgan jamiyatda u ijtimoiylashuvning muqarrarligini xis qiladi. endi kishilar tor sohalarga ixtisoslasha boradilar. Bu ixtisosliklar dinga ham ta`sir ko’rsata boshlaydi. Sanoatlashish asosida rivojlangan jamiyatlarda din endi kichik jihatlarda namoyon bo’la boshlaydi va kichik bo’laklarga:uy, oila, ish kabilarga ajralib ketadi. E.Dyurkgeym fikricha, industrial jamiyatdagi sotsial birdamlikka ikkita omil salbiy ta`sir ko’rsatadi:mexanik birdamlik va xizmat joyida o’rtoqlik ruxini topish harakatlari.
Industrialgacha bo’lgan jamiyatda esa sotsial birdamlik mexanik xissiyotlar asosida, diniy mansublik negizida ta`minlanar edi. 1 O.Kont va G.Spenserlarning tadqiqotlarida sotsial birdamlikning asosini iqtisodiy mafaatlar tashkil qilish markaziy o’rinni egallaydi. G.Spenser o’zining birdamlik ta`limotida majburiy va ko’ngilli birdamlikni ajratib ko’rsatadi. Uning fikricha, kishilik jamiyati o’z rivojlanish yo’lida ikkita harbiy va sanoat davrlariga bo’linadi. Butun hayot bu erda intizomga asoslangan. Sanoat turidagi jamiyat esa osoyishta ijtimoiy hamkorlikning erkin shakllarini ifoda etadi. Muammoning xuddi ikkita jihatga ajratib tahlil qilinishni D.Dyurkgeymning ham ilmiy faoliyatida ko’rish mumkin. U o’z ta`limotini mexanik va organik birdamlikka ajratadi. Rivojlanmagan va eski jamiyatlarda hukumronlik qiladigan birdamlikni Dyurkgeym mexanik birdamlik deb ataydi. Mexanik birdamlik - bu «jamoa turidagi» birdamlik bo’lib, u bu jamoadagi individlarning o’xshashliklari bilan belgilanadi va ular tomonidan ijtimoiy vazifalar bir xil turda bajariladi. Jamiyatda ijtimoiy mehnatning taqsimlashishi tufayli individlar maxsus vazifalarini bajaradilar va bu hislatlar sababli jamiyat jonli organizmni eslatadi. SHu jamiyatda vujudga kelgan yangi turdagi birdamlikni Dyurkgeym organik birdamlik deb ataydi. Mehnatning taqsimlanishi individlarda o’zlariga xos qobiliyatlarning rivojlanishiga omil bo’ladi. endi har bir individlarning o’zi esa bir-birlariga bog’liq bo’ladilar va ular sotsial munosabatlarning yagona tizimi orqali birdamlik tuyg’ulariga erishadilar. Ko’pgina g’arb olimlari ijtimoiy mulkka asoslangan kooperatsiyaning ser mahsulligini inkor etib keladilar. Ularning fikricha, butun jamiyat bilan ishlab chiqarish vositalarini guruhlar mulki qilib berish kerak. Agar ishlab chiqarish vositalari ijtmoiy mulk xususiyatiga ega bo’lsa, «ma`muriyat» xalqdan ajralib qoladi va shu sabab tufayli byurokrat boshqaruvchilar tashkiloti vujudga kelishi mumkin. O’z-o’zidan tabiiyki, bu jarayonlar natijasida ishchilar o’z mehnatlaridan mafaatdorlikni his qilmaydilar. 1 Introduction to Sociology. Р.41