logo

SIVILIZATSIYA TUSHUNCHASI TARIXIY JARAYONNING TAXLIL QILISHNING YANGICHA USULLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.9853515625 KB
MAVZU:   SIVILIZATSIYA   TUSHUNCHASI   TARIXIY   JARAYONNING
TAXLIL QILISHNING  YANGICHA USULLARI
REJA:
1 SIVILIZATSIYA TUSHUNCHASINING                                                     
FANGA KIRITLISHI
2 SIVILIZATSIYA HAQIDA NAZARIYALAR
3 LOKOL SIVILIZATSIYALAR Sivilizatsiya” tushunchasi: o‘tmish, hozir va kelajakning o‘zaro  aloqadorligi
evolyusiyasi   va   mohiyati     Tarixiy   jarayonni   sivilizatsiyasiz   tasavvur   etib
bo‘lmaydi. Tarix va  sivilizatsiya o‘zaro aloqador hodisalar. Ular bir - birini taqazo
etadi.   “Sivilizatsiya”     hozirgi   kunda   eng   ko‘p   qo‘llaniladigan   tushunchalardan
biriga aylangan. Bu so‘zni  tadqiqodchilar turli ma’nolarda qo‘llamoqdalar. Ushbu
tushuncha   evolyusiyasining     tarixiga   nazar   solsak,   bu   tushuncha   fransuz   tarixchi
olimi L.Fevrning aytishicha,  birinchi marta 1766 yilda Fransiya ma’rifatparvarlari
va   Angliya   ma’rifatparvarlari     tomonidan   1773   yillarda   qo‘llangan.   “Madaniyat”
tushunchasi   esa   ilk   marotaba     1774   yilda   ilmiy   muomalaga   kiritilgan.12
“Sivilizatsiya”   tushunchasining   o‘zagi     lotincha   “civis”   bo‘lib,   “shaharlik”,
“shaharlashish”   ma’nolarini   anglatadi.   Dastlab     bu   tushuncha   “silvaticus”,   ya’ni
“yovvoyi”,   “qo‘pol”   tushunchalariga   qarshi     qo‘yilgan.   YAngi   davrga   kelib
“sivilizatsiya”   “madaniyat”ning   sinonimi   sifatida     ham   qo‘llanila   boshlandi.
Hozirgi   davrda   ham   u   madaniy,   iqtisodiy   va   ma’naviy     taraqqiyotning   bosqichi
sifatida   tushuniladi.     Keyinroq   sivilizatsiyani   N.Danilevskiy   “madaniy   –   tarixiy
tur”,     O.SHpengler   “yuksak   madaniyat”,   Toynbi   tarixning   asosini   tashkil   etuvchi
“lokal    sivilizatsiya”,  P.Sorokin “madaniy  supertizim”, F. Brodel  esa  “madaniy –
tarixiy     zona”   sifatida   tasvirlaganlar.   Keltirilgan   tushunchalar   bilan   bir   qatorda
X1X   asrda     sivilizatsiyaga   butunlay   boshqa   ma’no   berila   boshlandi.   Jumladan,
Amerika     antropologi   L.Morgan   va   uning   ketidan   “Oila,   xususiy   mulk   va
davlatning kelib  chiqishi” asarining muallifi nemis marksist olimi F.Engels ushbu
tushunchani     insoniyat   tarixida   yovvoyilik   va   varvarlik   bosqichidan   insoniyat
haqiqiy   jamiyatining   bosqichiga   o‘tish   sifatida,   aniqrog‘i,   oila,   xususiy   mulk,
sinflar va  davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq tarzda tushungan edilar.  Dastlab
“sivilizatsiya”  va “madaniyat” tushunchalari  deyarli bir  xil  ma’noda   qo‘llanilgan
bo‘lsada, “Vaqt o‘tishi bilan bu ikki tushunchalar farqlana  boshlandi. Sivilizatsiya
tarkibiga   rivojlanish   holatida   bo‘lgan   bir   butun     mamlakatlar   va   xalqlarni   kirita
boshladilar.   1819   y.   “sivilizatsiya”   so‘zi   birinchi     marta   ko‘plik   ma’nosida
qo‘llanilib, xalqlarning sivilizatsiya taraqqiyotida turli  tumanlik tan olindi. F.Gizo
“Evropada   sivilizatsiya   tarixi”   (1828),   so‘ngra     “Fransiyada   sivilizatsiya   tarixi”ni (1830)   yozadi,   R.Bokl   “Angliyada     sivilizatsiya   tarixi”ni   (1857-1861)   nashr
etdi”.13   Demak,   X1X   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab   “sivilizatsiya”   va
“madaniyat”     tushunchalari   farqlana   boshlandi.   Dastlab   sivilizatsiya   yuksak
iqtisodiy,     madaniy   –   ma’naviy   taraqqiyotni,   ko‘p   jihatdan   diniy   taraqqiyotni
anglatgan     bo‘lsa   (masalan,   SHpenglerning   fikricha,   har   bir   sivilizatsiyaning
asosida   din     yotadi),   keyinroq   ma’naviy   taraqqiyot   ko‘proq   madaniyat   bilan
bog‘lana  boshlandi. Madaniyatning 
mohiyati endi yuksak sivilizatsiya hamda uning   qo‘lga kiritgan ulkan yutuqlarini
ifoda etuvchi ma’naviyat shakllari va darajasi  bilan bog‘lana boshlandi.  Ta’kidlab
o‘tish   o‘rinliki,   sobiq   SSSR   da   marksistik   mafkura   doirasida     sivilizatsiya   va
madaniyat   sohasida   qilingan   tadqiqotlarda   madaniyatning     moddiy   va   ma’naviy
turlari   e’tirof   etilgan   bo‘lsada,   unga   asosan   tarixiy     materializm   nuqtai   nazaridan
yondashildi,   ya’ni   har   qanday   sivilizatsiya   va     madaniyat   taraqqiyoti   va   umuman
jamiyatning   madaniy   taraqqiyoti   eng   avvalo,     iqtisodiyot   va   moddiylik   bilan
bog‘landi.   SHu   sababli   ham   bu   davrda     ma’naviyat   sohasi   va   uni   tahlil   etishga
etarli   e’tibor   berilmadi.   Bu   sohada   ayrim     ilmiy   asarlarni   hisobga   olmaganda,
chuqur   ilmiy-falsafiy   tadqiqotlar   olib     borilmadi.   Bularning   oqibatida   barcha
sohalarda   bo‘lgani   kabi   sivilizatsiya   va   madaniyat   sohalarini   tadqiq   etishda   ham
faqat materialistik yondashuv qaror  topdi.  “Madaniyat”tushunchasi o‘zining ko‘p
jihatliligi   va   keng   qamrovliligi     bilan   xususiyatlanadi.   Madaniyat   sohasida
tadqiqotlar   olib   borgan   YA.Uayt,     K.Klakxon,   A.Kreber   kabi   chet   el   mualliflari
madaniyat   hodisasini   jamiyat     a’zolarining   birgalikda   yashashining   mazmuni,
jamiyatni   esa   ana   shu   mazmunni     qamrab   oluvchi   bir   butun   tizim   sifatida
tushunadilar. Qayd etilgan tushunchalar bilan bir qatorda so‘nggi paytlarda “dunyo
sivilizatsiyasi”  degan  tushuncha ham  keng qo‘llanilmoqda. Bu    tushuncha avvalo
dunyoning   umumiy   tarixi   bilan   bog‘liq   holda   qo‘llaniladi.     Dunyo   sivilizatsiyasi dunyo   tarixining   ma’lum   bir   bosqichini   ifoda   etadi   va   bu     tarixiy   bosqichda
insoniyat   o‘zining   ma’lum   extiyojlari,   manfaatlari   va     intilishlari   bilan
xarakterlanadi.   Bundan   tashqari   bunday   sivilizatsiya   o‘zining     iqtisodiy,   ijtimoiy,
siyosiy, huquqiy, ilmiy jihatlariga, moddiy ishlab  chiqarishning bosqichiga, ishlab
chiqarish usuli, ishlab chiqarish kuchlari,   iqtisodiy va ma’naviy munosabatlariga
ega   bo‘lib,   bu   davr   bir   necha   asrlarni     o‘z   ichiga   olishi   mumkin.   Dunyo
sivilizatsiyasi   haqida   gap   ketganda   ushbu     sivilizatsiyaga   o‘z   xissasini
qo‘shayotgan   bir   necha   sivilizatsiyalar   va     madaniyatlarning   yig‘indisi   nazarda
tutiladi.   Hozirgi   davrda   sivilizatsiyalar   va   madaniyatlar   o‘rtasidagi   o‘zaro
munosabatlarning   rivojlanishi,   kengayib   borishi   va   ularning   turli   shakllarda
namoyon bo‘lishi  bu hodisani  yanada dolzarb mavzuga aylantirdi. Bir    tomondan
SHarq   sivilizatsiyasi   va   ikkinchi   tomondan   G‘arb   sivilizatsiyasi     dunyoda   o‘z
ta’sirini kuchaytirish maqsadida tinmay turli yo‘llar bilan harakat   qilmoqda. SHu
sababli   ham   sivilizatsiyalarning   dinamikasi,   ijtimoiy   taraqqiyot,     jamiyatning
evolyusion   taraqqiyoti   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   tadqiqotlar   ham     sivilizatsiya
hodisasini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni 
yanada   oshirdi   Sivilizatsiyaga   berilgan   ta’riflarning   ayrimlariga   e’tiborimizni
qaratsak,     bu   ta’riflarda   sivilizatsiya   asosan   uni   tashkil   etuvchi   turli   elementlarni
birlashtiruvchi   bir   butunlik   ekanligi   nazarda   tutiladi.   Bir   qator
mualliflarningta’riflariga ko‘ra, ushbu butunlik o‘z navbatida tizimlilik xususiyati
bilan ham   tavsiflanadi. Masalan, sivilizatsiya axloq, san’at, din, til, fan, madaniy
an’analarning   birligi   evaziga   ma’lum   bir   butunlikka   erishgan   jamiyat   sifatida
ta’riflanadi.     Rus   olimi   YU.YAkovets   Sivilizatsiyalar   tarixi   asarida   sivilizatsiya
masalasiga atroflicha to‘xtab, uni ikki xil ma’noda: dunyo sivilizatsiyalari  va lokal
sivilizatsiyalar   ma’nosida   tasavvur   etadi.   Muallif   dunyo     sivilizatsiyasini
quyidagicha   ta’riflaydi:   “Dunyo   sivilizatsiyasi   insonning     ma’lum   ehtiyojlar, qobiliyatlar,   bilim,   ko‘nikmalar   va   manfaatlar   darajasi     va   ishlab   chiqarishning
texnologik   va   iqtisodiy   usuli,   siyosiy   va   ijtimoiy     munosabatlar   qurilmasi,
ma’naviy ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi   bilan tavsiflanadigan insoniyat
tarixining bosqichi; gap asosan o‘ta uzoq  davrga (ko‘pasrlik) mo‘ljallangan tarixiy
sikl   haqida   ketmoqda”.14   Ko‘rinib   turibdiki,   keltirilgan   ta’rif   insoniyat
taraqqiyotining aniq bir  bosqichida jamiyat va shaxsni tavsiflashi mumkin bo‘lgan
xususiyatlarni   o‘z     ichiga   olgan.   Bundan   tashqari   ta’rifda   jamiyat   ijtimoiy
hayotining deyarli    barcha  sohalari:  iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy - ma’naviy, ilmiy
sohalarining     taraqqiyot   darajasi   jamiyatning   ehtiyojlari   va   manfaatlari   bilan
bog‘liqlikda     ifoda   etiladi.   Albatta,   sivilizatsiyaga   rivojlanish   nuqtai   nazaridan
qaraydigan  bo‘lsak, ushbu ta’rifda barcha sohalarning rivojlanish darajasi hisobga
olingan   va   masalaga   kompleks   yondashilgan.   “Lokal   sivilizatsiyalar     taqdirlari
umumiy bo‘lgan, umumtarixiy progress  sur’atini  ba’zan uning   epitsentrida turib,
ba’zan undan yiroqlashib in’ikos etuvchi va unga ta’sir  etuvchi alohida mamlakat,
mamlakatlar   guruhi   va   etnoslarning   madaniytarixiy,   etnik,   diniy,   iqtisodiy   –
geografik   xususiyatlarini   ifoda   etadi”.15   Bizningcha,   ushbu   ta’rif   asosan   lokal
sivilizatsiyalarni   nazarda   tutgan     bo‘lsada,   bu   erda   so‘z   “umumiy   tarixga   ega
bo‘lgan” etnoslar va  “mamlakatlar guruhi” haqida boryapti.“Lokal” so‘zining o‘zi
alohida,   yakka,   ajralib   qolgan   ma’nosini   beradi.     Bu   tushunchani   bizningcha,
alohida   tahlil   etilayotgan   madaniyatga   nisbatan     qo‘llash   o‘rinli   bo‘ladi.   CHunki
lokal   sivilizatsiyaning   o‘zi   garchi   u   lokal,     ya’ni   alohida   bo‘lsada,   bir   necha
mamlakat yoki millatni o‘z ichiga olishi  mumkin. Demak, bu tushunchani ma’lum
sabablarga   ko‘ra,   (masalan,     tabiiy   yoki   ijtimoiy)   taraqqiyotdan   ajralib   qolgan
yakka mamlakat yoki  millatga nisbatan qo‘llash to‘g‘riroq bo‘ladi. Lokal 
sivilizatsiyalar nazariyasi  tarixning bosqichma-bosqich nazariyasiga qarshi bo‘lib,
unga   ko‘ra     insoniyat   tarixi   barcha   xalqlar   uchun   yagona   jarayon   sifatida   emas, balki     lokal   sivilizatsiyalarning   kelib   chiqishi,   rivojlanishi   va   emirilishi   sifatida
namoyon bo‘ladi.   Sivilizatsiya o‘ta keng tushuncha, bunday sifatda u turli-tuman
madaniyatlarni   o‘z   ichiga   olishi,   uning   chegaralarini   tashkil   etuvchi   (shartli
ma’noda,   chunki   makon   jihatidan   sivilizatsiyaning   aniq   chegarasini     belgilash
qiyin)   ulkan   hududlar   va   xalqlarni   birlashtiruvchi   tizimdir.   Bu     ma’noda   ushbu
tushunchaning o‘zi ham nazariy jihatdan ko‘plab millatlar va  xalqlarni bir tizimga
birlashtiradi.     YAkka   holda   olingan   birorta   mamlakat   yoki   millat   tarixiga   va
madaniyatiga     nisbatan   sivilizatsiya   tushunchasini   qo‘llash   qiyin.   CHunki   tarixiy
davrning     ma’lum   bir   bosqichida   mamlakat   yoki   millat   mavjud   sivilizatsiyaga
tegishli     bo‘lishi,   yoki   unga   yaqin   turishi,   yoki   o‘zi   alohida   sivilizatsiya   sifatida
namoyon   bo‘lishi   mumkin.   Kuzatishlar   shuni   ko‘rsatadiki,   masalan,   “Evropa
sivilizatsiyasi”, “musulmon sivilizatsiyasi” ga birlashgan millatlar dinidan  tashqari
deyarli   barcha   boshqa   sohalarda   bir-biridan   farq   qiladilar.   Uning     ustiga
“sivilizatsiya”   ko‘proq   jamiyatning   taraqqiyotini   anglatadi.   Bu   holda     turli
sivilizatsiya tarixlari davomida har xil davrlarni – jamiyatning gullab – yashnagan
yoki turg‘unlikka uchragan davrlarni kuzatish mumkinligi  e’tiborga olinishi kerak.
Bunga   Evropa   mamlakatlarining   yoki   islom   dini     tarqalgan   mamlakatlarning
uyg‘onish   davrigacha   bo‘lgan   holati   va   undankeyingi   turg‘unlik   davrlarini   misol
qilib   ko‘rsatish   mumkin.   Sivilizatsiya     makon   va   zamon   chegaralarining
ulkanligini   ham   nazarda   tutish   lozim.     Har   qanday   sivilizatsiya   quyidagi
elementlarni o‘z ichiga oladi: 
1.Ijtimoiy ong 
2.Ijtimoiy-siyosiy munosabatlar 
3.Iqtisodiy ishlab chiqarish 
4.Ilmiy-texnologik ishlab chiqarish 
5.Inson, oila, xalq. 
Ijtimoiy ong o‘z navbatida axloq, din, san’at, fan, siyosat va huquqni  birlashtiradi.
Ijtimoiy   ongning   ikki   xil   darajasi   mavjud:   ijtimoiy   psixologiya     va   mafkura. Ijtimoiy-siyosiy   munosabatlar   esa   jamiyatda   ijtimoiy   guruhlar     o‘rtasida   paydo
bo‘ladigan   siyosat   sohasidagi   aloqalar   va   hodisalarni   o‘z     ichiga   oladi.   Iqtisodiy
ishlab 
chiqarish moddiy narsalarni ishlab chiqarish   bilan bog‘liq bo‘lib, bu tizim ishlab
chiqarish   kuchlari   va   ishlab   chiqarish     munosabatlarini   birlashtiradi.   Ishlab
chiqarish   kuchlari   bu   eng   avvalo     insonlar,   ishlab   chiqarish   vositalari.   Ishlab
chiqarish   munosabatlari   esa     ma’lum   moddiy   boylikni   ishlab   chiqarish   davomida
paydo   bo‘ladigan     kishilar   o‘rtasidagi   munosabatlar   hamda   kishilarning   mehnat
qurollariga   bo‘lgan munosabatlari. Ilmiy – texnologik ishlab chiqarish esa har bir
davrda   ilmiy   va   texnologik   taraqqiyot   sohasidagi   yutuqlarni   anglatadi.
Sivilizatsiyaning   texnologik   jihati   Insoniyat   taraqiyotining   dastlabki     davrlarida
inson   va   hayvonlar   texnologik   kuchni   tashkil   etgan   bo‘lsalar,     asta-sekin   inson
taraqqiy   etgan   sari   inson   sun’iy   narsalarni   yarata   boshladi.     Mehnat   qurollari,
asbob-uskunalar, turli mashinalar, konveyerlar, robotlar va  h.k.lar yarata boshladi.
Ular   vaqt   o‘tib   borgan   sari   murakkablashib   bordi.     YAngi   texnologik   tizimlar
paydo   bo‘ldi.   Ular   asosida   esa   mehnat   taqsimoti     yanada   rivojlandi   va   kengaya
bordi. Texnologik va ilmiy inqiloblar amalga   oshdi.   Ijtimoiy-siyosiy tuzilma esa
turli   itjtimoiy   munosabatlarni:   jinslar,   bolalar     va   kattalar,   kattalar   va   qariyalar
o‘rtasidagi   munosabatlarni,   sinfiy,   diniysiyosiy,   huquqiy   munosabatlarni
birlashtiradi. Etnik va milliy munosabatlar  bir hududda yashovchi turli millatlar va
elatlar   o‘rtasidagi   munosabatlarni     anglatadi.   Davlat-huquq   munosabatlari
hokimiyatning   turli   shakllari   va   u     bilan   bog‘liq   bo‘lgan   turli   huquqiy   qonun
qoidalarga   asoslangan     munosabatlarni   ifoda   etadi.   Bundan   tashqari   bu   sohaga
yana   davlatning   ichki     munosabatlari   va   boshqa   davlatlar   bilan   aloqalari   ham
kiradi. Siyosiy  munosabatlar esa alohida ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini ifoda
etuvchi     partiyalar   o‘rtasidagi,   siyosiy   tuzilmalar   o‘rtasidagi   ichki   siyosiy munosabatlar va tashqi siyosiy munosabatlarni farqlash lozim. Albatta, har qanday
sivilizatsiya   inson   va   jamiyatning   ma’naviy   dunyosi     bilan   bog‘liq   bo‘lgan
jarayonlarni ham o‘z ichiga oladi. Ular bevosita axloq,   din, san’at, fan, ta’lim va
madaniyatga   aloqador   bo‘lgan   hodisalarni   o‘z     ichiga   oladi.   Har   qanday
sivilizatsiyaning asosida inson turadi. Insonlarni birlashtiruvchi  eng kichik jamiyat
–   oila   ham   sivilizatsiyada   markaziy   o‘rin   egallaydi.   Aynan   oilada   inson   ham
biologik, ham ijtimoiy jihatdan shakllanadi. Oila  ijtimoiy ishlab chiqarishning eng
kichik makoni hisoblanadi. Oilalar  birlashib jamiyatning yanada kattaroq ijtimoiy
guruhlarini tashkil etadi.   Har qanday tarix bu eng avvalo madaniyat, sivilizatsiya
va qadriyatlarning  o‘zaro munosabati va ta’siridan ajralmagan holda taraqqiy 
etadi.   Bu   jarayonda     ayrim   davlatlar   va   millatlarning   madaniyati   etakchi   rolni
ijrochisi   sifatida,     ayrimlari   esa   ishtirokchi   va   boshqalari   shunchaki   kuzatuvchi
bo‘lishi   mumkin.     Qaysi   millat   va   mamlakatlar   qanday   rolni   ijro   etishi   bir   qator
ob’ektiv va  sub’ektiv omillar bilan bog‘liq. Sivilizatsiyalarning o‘zaro munosabati
sifatida   namoyon   bo‘layotgan.   Sivilizatsiya   nazariyalariga   e’tibor   qaratsak:   Ibn
Xaldun nazariyasi. SHarq Uyg‘onish davriga kelib Ibn Sino,  Farobiy, Ibn Xaldun,
Ibn   Bodja   kabi   bir   qator   mutafakkirlar   yaratgan     ta’limotlarda   ham   globallashuv
jarayoni  masalalari qo‘yilganini  ta’kidlash   mumkin. Jumladan, Ibn Sinoning aql,
qalb va jismlarni keltirib chiqaruvchi ]yagonalik, Ibn Al-Arabiyning yagona dunyo
nazariyasi,   Ibn   Bodjaning     insoniyatning   umumiy   aql   bilan   birlashishi   natijasida
baxtga   erishishi     mumkinligini   e’tirof   etuvchi   ta’limotlarini   aytib   o‘tish   o‘rinli
bo‘ladi.   Bu     ta’limotlarda   aynan   globallashuvga   oid   fikrlar   yoki   tushunchalar
qo‘llanmagan   bo‘lsa-da,   mantiqiy   jihatdan   dunyo   tarixining   yagonaligi   va
umumiyligi   ifoda     etilgan   va   globallashuv   bilan   bog‘liq   masalalar   ko‘tarilgan, deyish   mumkin.     SHarq   mutafakkirlarining   tarix   va   uning   qonuniyatlari,   ijtimoiy
falsafaga   oid qarashlari doirasida Ibn Xaldunning alohida o‘rni bor. V.V. Bartold
buni  quyidagicha e’tirof etgan: “Bu qonunlarni aniqlashda birinchi intilishlar arab
tarixchisi   Ibn   Xaldunga   tegishli,   u   X1U   asrdayoq,   bu   yo‘nalishda   Evropa
tillaridagi   birinchi   tajribalardan   ancha   ilgari   tarixiy   taraqqiyotning   qonunlarini
aniqlashni   maqsad   qilib   qo‘ygan   edi”16.   Ibn   Xaldunning   “Ijtimoiy   hayotning
tabiati   haqida   kitob”   asari   tarixiy   jarayon   va   jamiyat   taraqqiyotining   qonunlari
tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, u tarixga “Muqaddima” nomi bilan kirgan.   Aslida
“Muqaddima”   nomi   asarning   so‘nggi   bobiga   tegishlidir.   SHunday     bo‘lsada,   XV
asr   turk   poligistri   Xoji   Xalif   o‘zining   bibliografik   to‘plamida     ushbu   asarga
“Muqaddima” nomini qo‘ygan.17  Ibn Xaldun o‘z asarini yangi fan  sifatida talqin
etadi,   bu   fan   kishilarning   ijtimoiy   hayoti   va   kishilik   jamiyatini     o‘rganadi,   deb
biladi:   “Bu   fanning   markaziy   masalasi   tarixni   harakatlantiruvchi     kuchlari   va
umumiy   qonuniyatlaridir.   SHu   sababli   tarix   falsafaning   asoslaridan     biri   va   u
falsafiy   fanlar   qatoriga   qo‘shilishi   kerak   va   bunga   munosib”,   -   deb     yozadi.18
Sivilizatsiyalar   bir   -   biridan   takomillashganlik   darajasi   bilan   farqlanadi.19   Tarix
falsafasi   sohasida   katta   tadqiqotlarni   amalga   oshirgan   tarixshunos   faylasuf     olim
Ibn Xaldun esa sivilizatsiyani kishilarning ijtimoiy hayoti sifatidatushungan va uni
“umron”,   deb   atagan.   Uning   fikricha,   umron   kishilarning     birgalikdagi   ijtimoiy
faoliyatini   tashkil   etadi   va   ikki   turga   bo‘linadi:   “badaviy     hayoti”   va   “shahar
hayoti”. Birinchisi oddiy 
va darajasi past, boshqalar bilan  kam bog‘langan, ikkinchisi esa turli-tuman bo‘lib,
hayotning yuqori bosqichidir.   Quyi fazadan yuqoriga o‘tish, ya’ni shaharga borib
yashash   uchun   badaviylar     ma’lum   moddiy   boylik   yig‘adilar,   ular   shahardagi
qulaylik, boylikka o‘rgana borib, shaharcha tabiiy hayotga kirib boradilar va to‘la u
erga   ko‘chib   keladilar.     “Umron”   tushunchasi   adabiyotlarda   sivilizatsiya, madaniyat sifatida tarjima  qilingan. Umron, muallifning fikricha, narsa ham, natija
ham emas, u kishilar va   avlodlarning hayot faoliyati jarayoni. Tarix esa avlodlar
almashinuvi   hamda     sivilizatsiyalarning   yuksalishi   va   pasayishida   aks   etadigan
notekis   chiziqli     qonuniy   jarayon.   Sivilizatsiya   taraqqiyoti   kishilarning   moddiy
ishlab   chiqarish     sohasidagi   mahalliy,   o‘ziga   xos   mehnat   faoliyati   va   moddiy
boylik   yig‘ishlari     bilan   bog‘liq.   Bu   narsa   ularning   turmush   tarzini   ham
belgilaydi.20 Badaviylar   hayotini a)dehqonchilik yoki hunarmandchilik xo‘jaligi;
b)   hayot  va     madaniyatning past  ishlab  chiqarish  va  iste’mol  darajasi;  v)  ma’lum
muhit va   sharoitga bog‘lanib qolganlik; g)shaharga siyosiy va iqtisodiy qaramlik
belgilaydi.   SHahar   hayotini   esa   a)hunarmandchilik   yoki   savdo-sotiq   bilan
shug‘ullanish;   b)xo‘jalik,   iste’mol   va   madaniyatning   yuqori   darajasi;   v)
xavfsizlikning yuqori darajasi; g) iqtisodiy va siyosiy jihatdan badaviylar  hayotiga
bog‘liq   emaslik   belgilaydi.   Taraqqiyotni   aholi   sonining   o‘sishi,     shaharda   ishchi
kuchining   to‘planishi   va   mehnatning,   ya’ni   ishlab   chiqarishning     rivojlanishi
belgilaydi.   Ikkala   fazaning   ham   o‘ziga   xosligi   va   shart-sharoitlari     kishilarning
psixologik xususiyatlari, ko‘nikmalari va axloqiy qoidalarini  belgilaydi.SHpengler
va   Toynbi   nazariyasi.   Sivilizatsiya   sohasida   tadqiqotlar   olib     borgan   yirik
tadqiqotchi   olimlar   tarixning   sivilizatsiyalar   almashinuvi   asosida     rivojlanishi
nazariyasini   ilgari   surganlar.   O.SHpenglerning   “Evropaning   so‘nishi”,   (“Zakat
Evrop ы ”),   A.Dj.Toynbining   “Tarixni   anglash”,   “Postijenie     istorii”   N.
Danilevskiyning   “Rossiya   va   Evropa”,   P.A.   Sorokinning   “Hozirgi     zamon
sotsiologik   nazariyalari”   (“Sotsiologicheskie   teorii   sovremennosti”)   va
S.Xantingtonning   qayd   etib   o‘tilgan   “Sivilizatsiyalar   to‘qnashuvimi   ?”
(“Stolknovenie   sivilizatsiy?”),   “Biz   kimmiz?   Amerika  milliy  identifikatsiyasining
chaqiriqlari”   (“Kto   m ы   est?   V ы zov ы   amerikanskoy   natsionalnoy   identichnosti”)
asarlariga   murojaat   qilsak,   ular   jamiyat   taraqqiyotining   o‘zi   turli   xil
sivilizatsiyalarning   ketma-ket   almashinuvidan   iborat   ekanligini   ta’kidlab
o‘tganlar.22   Mazkur   asarlarda   tarixiy   jarayonga   sivilizatsiyalarning   almashinuvi
sifatida   yondashuvga   asos   solindi.   Ushbu   nazariyalarni   birlashtirgan   holda
tarixning sivilizatsiya nazariyalari, deb aytilsa  bo‘ladi.   Mazkur   nazariyalarni   ham     ikki   guruhga   ajratish   mumkin.   Birinchisi,
sivilizatsiyani   tarixiy   jarayonning     bosqichi   va   tarix   ularning   ketma-ketligidan
iborat,   deb   qarab   ko‘proq     umumiylikka   urg‘u   bersa,   ikkinchisi   tarixni   lokal
sivilizatsiyalar   tarixidan   iborat,     deb   hisoblaydi   hamda   individuallik   va   o‘ziga
xoslikka   urg‘u   beradi.   SHpengler   insoniyat   tarixini   bir–biridan   farq   qiluvchi   va
qaytarilmas     sivilizatsiyalarning   almashinuv   jarayonidan   iborat,   deb   tasvirlagan.
Har   bir     sivilizatsiyaning   asosida   ma’lum   bir   madaniyat   yotadi.   Madaniyat   tirik
organizm   kabi tug‘ilish, o‘sish (rivojlanish) va so‘nish bosqichlarini bosib o‘tadi.
Har   bir     madaniyat   o‘ziga   xos,   u   so‘nayotib   sivilizatsiyaga   aylanadi.   Bunday
madaniyat     (sivilizatsiya)   har   xil   bo‘lib,   ularning   har   biri   ming   yil   yashaydi.
SHpengler     tarixda   sivilizatsiyaning   quyidagi   shakllari   mavjud   bo‘lganini
ta’kidlaydi:   Misr,     Vavilon,   Hindiston,   Xitoy,   Gretsiya-Rim   (apollon),   arab,
Meksika va G‘arb  (Faust).SHpenglerdan so‘ng Toynbi esa insoniyat tarixini bir –
biriga   zanjirsimon     tarzda   almashtiruvchi   yigirma   bitta   sivilizatsiyalar   tarixiga
bo‘lgan holda   tasavvur etadi. Ular and, xitoy, minoy, shumer, mayya, hind, ellin,
g‘arb,     pravoslav   (Rossiya),   uzoq   sharqiy   (Koreya,   YAponiya),   eron,   arab,
induizm,     meksika,   yukatan   va   vavilon   sivilizatsiyalari.   “Taniqli   sivilizatsiyalar
soni   ko‘p     emas,   biz   21   ta   sivilizatsiyani   aniqladik,   lekin   ularni   chuqurroq   tahlil
etish  mustaqil sivilizatsiyalarning sonini yanada kamroq ekanligini ko‘rsatadi.”23
Bu  sivilizatsiyalar dini va hududiy belgilar bilan farqlanadi. Ulardan har birini o‘z
qadriyatlar   tizimi   mavjud   bo‘lib,   ularning   atrofida   sivilizatsiyalarning   hayoti
shakllanadi.   Sivilizatsiyalar   tug‘ilish,   rivojlanish,   sinish   va   emirilish   davrlarini
bosib   o‘tadi.   Bu   sivilizatsiyalardan   har   birining   oldida   chaqiriq   va   javob
muammosi   turadi.   Tabiiy   yoki   insoniy   muhit   sivilizatsiya   oldiga   o‘z   chaqirig‘ini
qo‘yadi.   Jamiyatning   kelgusi   hayoti   esa   sivilizatsiyaning   chaqiriqqa   javob   bera
olish qobiliyati bilan bog‘liq.   Barcha chaqiriqlar ikkiga bo‘linadi: tabiiy muhit va insoniy muhit  chaqiriqlari. Ularning quyidagi shakllari mavjud: qattiq iqlim, yangi
erlar, atrof  kishilik jamiyati tomonidan kutilmagan hujumlar, doimiy tashqi bosim
va     kamsitishlar.   Toynbi   ularning   asosiy   formulasini   ishlab   chiqadi:   “CHaqiriq
qanchalik   kuchli   bo‘lsa,   stimul   ham   shunchalik   kuchli   bo‘ladi”.   Toynbi   har   bir
sivilizatsiya   o‘ziga   xos   stilga   ega,   deb   hisoblaydi.   Bunday   stillar   turlicha   bo‘lib,
sivilizatsiyalar   estetik,   diniy,   texnikaviy   tendensiyalarni   ifoda   etishlari   mumkin.
Masalan G‘arb sivilizatsiyasi ko‘proq mashinaviy ishlab chiqarish, aniq  fanlarning
kashfiyotlaridan samarali va ijodiy foydalanishga yo‘nalganligi bilan  tavsiflanadi. 
“Biz   endi   bu   bizning   G‘arb   jamiyatining   bosh   liniyasi   ekanligini     his   qilibgina
qolmayapmiz, to‘la va aniq anglayapmiz. Biz G‘arb energiyasi  harakatlanayotgan
vaqt   yo‘nalishining   davomiyligini   ham   aniq   belgilay     olmasligimiz   mumkin.
Ba’zan bizga mashina asrini bir yarim yuz yillikdan

MAVZU: SIVILIZATSIYA TUSHUNCHASI TARIXIY JARAYONNING TAXLIL QILISHNING YANGICHA USULLARI REJA: 1 SIVILIZATSIYA TUSHUNCHASINING FANGA KIRITLISHI 2 SIVILIZATSIYA HAQIDA NAZARIYALAR 3 LOKOL SIVILIZATSIYALAR

Sivilizatsiya” tushunchasi: o‘tmish, hozir va kelajakning o‘zaro aloqadorligi evolyusiyasi va mohiyati Tarixiy jarayonni sivilizatsiyasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Tarix va sivilizatsiya o‘zaro aloqador hodisalar. Ular bir - birini taqazo etadi. “Sivilizatsiya” hozirgi kunda eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalardan biriga aylangan. Bu so‘zni tadqiqodchilar turli ma’nolarda qo‘llamoqdalar. Ushbu tushuncha evolyusiyasining tarixiga nazar solsak, bu tushuncha fransuz tarixchi olimi L.Fevrning aytishicha, birinchi marta 1766 yilda Fransiya ma’rifatparvarlari va Angliya ma’rifatparvarlari tomonidan 1773 yillarda qo‘llangan. “Madaniyat” tushunchasi esa ilk marotaba 1774 yilda ilmiy muomalaga kiritilgan.12 “Sivilizatsiya” tushunchasining o‘zagi lotincha “civis” bo‘lib, “shaharlik”, “shaharlashish” ma’nolarini anglatadi. Dastlab bu tushuncha “silvaticus”, ya’ni “yovvoyi”, “qo‘pol” tushunchalariga qarshi qo‘yilgan. YAngi davrga kelib “sivilizatsiya” “madaniyat”ning sinonimi sifatida ham qo‘llanila boshlandi. Hozirgi davrda ham u madaniy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotning bosqichi sifatida tushuniladi. Keyinroq sivilizatsiyani N.Danilevskiy “madaniy – tarixiy tur”, O.SHpengler “yuksak madaniyat”, Toynbi tarixning asosini tashkil etuvchi “lokal sivilizatsiya”, P.Sorokin “madaniy supertizim”, F. Brodel esa “madaniy – tarixiy zona” sifatida tasvirlaganlar. Keltirilgan tushunchalar bilan bir qatorda X1X asrda sivilizatsiyaga butunlay boshqa ma’no berila boshlandi. Jumladan, Amerika antropologi L.Morgan va uning ketidan “Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi” asarining muallifi nemis marksist olimi F.Engels ushbu tushunchani insoniyat tarixida yovvoyilik va varvarlik bosqichidan insoniyat haqiqiy jamiyatining bosqichiga o‘tish sifatida, aniqrog‘i, oila, xususiy mulk, sinflar va davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq tarzda tushungan edilar. Dastlab “sivilizatsiya” va “madaniyat” tushunchalari deyarli bir xil ma’noda qo‘llanilgan bo‘lsada, “Vaqt o‘tishi bilan bu ikki tushunchalar farqlana boshlandi. Sivilizatsiya tarkibiga rivojlanish holatida bo‘lgan bir butun mamlakatlar va xalqlarni kirita boshladilar. 1819 y. “sivilizatsiya” so‘zi birinchi marta ko‘plik ma’nosida qo‘llanilib, xalqlarning sivilizatsiya taraqqiyotida turli tumanlik tan olindi. F.Gizo “Evropada sivilizatsiya tarixi” (1828), so‘ngra “Fransiyada sivilizatsiya tarixi”ni

(1830) yozadi, R.Bokl “Angliyada sivilizatsiya tarixi”ni (1857-1861) nashr etdi”.13 Demak, X1X asrning ikkinchi yarmidan boshlab “sivilizatsiya” va “madaniyat” tushunchalari farqlana boshlandi. Dastlab sivilizatsiya yuksak iqtisodiy, madaniy – ma’naviy taraqqiyotni, ko‘p jihatdan diniy taraqqiyotni anglatgan bo‘lsa (masalan, SHpenglerning fikricha, har bir sivilizatsiyaning asosida din yotadi), keyinroq ma’naviy taraqqiyot ko‘proq madaniyat bilan bog‘lana boshlandi. Madaniyatning mohiyati endi yuksak sivilizatsiya hamda uning qo‘lga kiritgan ulkan yutuqlarini ifoda etuvchi ma’naviyat shakllari va darajasi bilan bog‘lana boshlandi. Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, sobiq SSSR da marksistik mafkura doirasida sivilizatsiya va madaniyat sohasida qilingan tadqiqotlarda madaniyatning moddiy va ma’naviy turlari e’tirof etilgan bo‘lsada, unga asosan tarixiy materializm nuqtai nazaridan yondashildi, ya’ni har qanday sivilizatsiya va madaniyat taraqqiyoti va umuman jamiyatning madaniy taraqqiyoti eng avvalo, iqtisodiyot va moddiylik bilan bog‘landi. SHu sababli ham bu davrda ma’naviyat sohasi va uni tahlil etishga etarli e’tibor berilmadi. Bu sohada ayrim ilmiy asarlarni hisobga olmaganda, chuqur ilmiy-falsafiy tadqiqotlar olib borilmadi. Bularning oqibatida barcha sohalarda bo‘lgani kabi sivilizatsiya va madaniyat sohalarini tadqiq etishda ham faqat materialistik yondashuv qaror topdi. “Madaniyat”tushunchasi o‘zining ko‘p jihatliligi va keng qamrovliligi bilan xususiyatlanadi. Madaniyat sohasida tadqiqotlar olib borgan YA.Uayt, K.Klakxon, A.Kreber kabi chet el mualliflari madaniyat hodisasini jamiyat a’zolarining birgalikda yashashining mazmuni, jamiyatni esa ana shu mazmunni qamrab oluvchi bir butun tizim sifatida tushunadilar. Qayd etilgan tushunchalar bilan bir qatorda so‘nggi paytlarda “dunyo sivilizatsiyasi” degan tushuncha ham keng qo‘llanilmoqda. Bu tushuncha avvalo dunyoning umumiy tarixi bilan bog‘liq holda qo‘llaniladi. Dunyo sivilizatsiyasi

dunyo tarixining ma’lum bir bosqichini ifoda etadi va bu tarixiy bosqichda insoniyat o‘zining ma’lum extiyojlari, manfaatlari va intilishlari bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari bunday sivilizatsiya o‘zining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ilmiy jihatlariga, moddiy ishlab chiqarishning bosqichiga, ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqarish kuchlari, iqtisodiy va ma’naviy munosabatlariga ega bo‘lib, bu davr bir necha asrlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Dunyo sivilizatsiyasi haqida gap ketganda ushbu sivilizatsiyaga o‘z xissasini qo‘shayotgan bir necha sivilizatsiyalar va madaniyatlarning yig‘indisi nazarda tutiladi. Hozirgi davrda sivilizatsiyalar va madaniyatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning rivojlanishi, kengayib borishi va ularning turli shakllarda namoyon bo‘lishi bu hodisani yanada dolzarb mavzuga aylantirdi. Bir tomondan SHarq sivilizatsiyasi va ikkinchi tomondan G‘arb sivilizatsiyasi dunyoda o‘z ta’sirini kuchaytirish maqsadida tinmay turli yo‘llar bilan harakat qilmoqda. SHu sababli ham sivilizatsiyalarning dinamikasi, ijtimoiy taraqqiyot, jamiyatning evolyusion taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlar ham sivilizatsiya hodisasini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi Sivilizatsiyaga berilgan ta’riflarning ayrimlariga e’tiborimizni qaratsak, bu ta’riflarda sivilizatsiya asosan uni tashkil etuvchi turli elementlarni birlashtiruvchi bir butunlik ekanligi nazarda tutiladi. Bir qator mualliflarningta’riflariga ko‘ra, ushbu butunlik o‘z navbatida tizimlilik xususiyati bilan ham tavsiflanadi. Masalan, sivilizatsiya axloq, san’at, din, til, fan, madaniy an’analarning birligi evaziga ma’lum bir butunlikka erishgan jamiyat sifatida ta’riflanadi. Rus olimi YU.YAkovets Sivilizatsiyalar tarixi asarida sivilizatsiya masalasiga atroflicha to‘xtab, uni ikki xil ma’noda: dunyo sivilizatsiyalari va lokal sivilizatsiyalar ma’nosida tasavvur etadi. Muallif dunyo sivilizatsiyasini quyidagicha ta’riflaydi: “Dunyo sivilizatsiyasi insonning ma’lum ehtiyojlar,

qobiliyatlar, bilim, ko‘nikmalar va manfaatlar darajasi va ishlab chiqarishning texnologik va iqtisodiy usuli, siyosiy va ijtimoiy munosabatlar qurilmasi, ma’naviy ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi bilan tavsiflanadigan insoniyat tarixining bosqichi; gap asosan o‘ta uzoq davrga (ko‘pasrlik) mo‘ljallangan tarixiy sikl haqida ketmoqda”.14 Ko‘rinib turibdiki, keltirilgan ta’rif insoniyat taraqqiyotining aniq bir bosqichida jamiyat va shaxsni tavsiflashi mumkin bo‘lgan xususiyatlarni o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari ta’rifda jamiyat ijtimoiy hayotining deyarli barcha sohalari: iqtisodiy, siyosiy, madaniy - ma’naviy, ilmiy sohalarining taraqqiyot darajasi jamiyatning ehtiyojlari va manfaatlari bilan bog‘liqlikda ifoda etiladi. Albatta, sivilizatsiyaga rivojlanish nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, ushbu ta’rifda barcha sohalarning rivojlanish darajasi hisobga olingan va masalaga kompleks yondashilgan. “Lokal sivilizatsiyalar taqdirlari umumiy bo‘lgan, umumtarixiy progress sur’atini ba’zan uning epitsentrida turib, ba’zan undan yiroqlashib in’ikos etuvchi va unga ta’sir etuvchi alohida mamlakat, mamlakatlar guruhi va etnoslarning madaniytarixiy, etnik, diniy, iqtisodiy – geografik xususiyatlarini ifoda etadi”.15 Bizningcha, ushbu ta’rif asosan lokal sivilizatsiyalarni nazarda tutgan bo‘lsada, bu erda so‘z “umumiy tarixga ega bo‘lgan” etnoslar va “mamlakatlar guruhi” haqida boryapti.“Lokal” so‘zining o‘zi alohida, yakka, ajralib qolgan ma’nosini beradi. Bu tushunchani bizningcha, alohida tahlil etilayotgan madaniyatga nisbatan qo‘llash o‘rinli bo‘ladi. CHunki lokal sivilizatsiyaning o‘zi garchi u lokal, ya’ni alohida bo‘lsada, bir necha mamlakat yoki millatni o‘z ichiga olishi mumkin. Demak, bu tushunchani ma’lum sabablarga ko‘ra, (masalan, tabiiy yoki ijtimoiy) taraqqiyotdan ajralib qolgan yakka mamlakat yoki millatga nisbatan qo‘llash to‘g‘riroq bo‘ladi. Lokal sivilizatsiyalar nazariyasi tarixning bosqichma-bosqich nazariyasiga qarshi bo‘lib, unga ko‘ra insoniyat tarixi barcha xalqlar uchun yagona jarayon sifatida emas,