SOMONIYLAR DAVLATINING O‘RTA OSIYO
MAVZU: SOMONIYLAR DAVLATINING O‘RTA OSIYO TARIXIDA TUTGAN O‘RNI BITIRUV MALAKAVIY ISHI TOSHKENT - 2013
MUNDARIJA KIRISh ................................................................................................................... 3-7 I.BOB. Somoniylar davlatining tashkil topishi va siyosiy hayoti ...................... 8-36 I. 1. Somoniylar davlati tarixiga oid manbalar tahlili va tarixshunosligi ........................................................................................................................ 8-18 I. 2. Mavorounnahr va Xurosonda Somoniylar hokimiyatining o‘rnatilishi va siyosiy hayoti ........................................................................................... 19-27 I. 3. Somoniylar davlatining inqirozi sabablari ................................................ 28-36 II. BOB. Somoniylar davlatining boshqaruv tizimi va madaniy hayoti ............................................................................................................ 37-78 II. 1. Somoniylar davlatining markazlashtirish siyosati va boshqaruv tizimi ........................................................................................................................ 37-44 II. 2. Somoniylar davlatining xo‘jalik hayoti va ishlab chiqarish munosabatlari ...................................................................................................... 45-54 II. 3. Somoniylar davlatida madaniy hayot va din ............................................ 55-78 Xulosa ................................................................................................................... 79-83 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati .................................................................... 84-87 Ilovalar
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Har bir xalqning davlatchilik va madaniyati tarixini o‘rganish nafaqat ilmiy yoki nazariy, balki chuqur ma'naviy-ruhiy ahamiyatga ega bo‘lib, har birimizda o‘zimiz tug‘ilgan va yashayotgan ona zamin bilan mustahkam aloqadorlik hissini rivojlantiradi. Mustaqillik yillarida xalqimizning o‘z o‘tmishiga qiziqishi kuchaydi. O‘zligimizni anglash, tariximizni o‘rganish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Chunki, xalqimizning madaniy-ma'rifiy an'analari va merosini o‘rganishda, milliy g‘oyaning shakllanishida tarix fanining ahamiyati beqiyosdir. Qadimgi va boy tariximizni o‘rganish, uni keng ommaga yetkazish har bir tarixchi oldida turgan dolzarb vazifadir. O‘zbekiston tarixini xolisona va haqqoniy o‘rganish masalasi Prezident I.A.Karimovning asarlarida alohida tahlilini topib, o‘zbek xalqi davlatchiligi tarixidagi boy an'analarni tadqiq etish dolzarb muammo tarzida maxsus ta'kidlandi 1 . Prezident belgilab bergan muhim vazifalar va tarixchi olimlar oldiga qo‘yilgan masalalar shundan iboratki, asl manbalarga tayangan holda Vatan tarixiga yangicha yondoshib, qadimgi davrdan to bizning zamonimizgacha bo‘lgan tarixiy jarayonlarni va voqyealarni o‘rganishimiz zarur. Tarixchilarimiz zimmasiga o‘lkamiz tarixini xolisona va haqqoniy yoritish, unga adolat nuqtai nazaridan yondoshish va baho berish kabi ulkan vazifalar qo‘yildi. O‘zbekistonning qadimgi tarixi va madaniyati, qadimgi madaniy aloqalar mavzulariga katta e'tibor berilayotganligi ahamiyatga molikdir. Zero, O‘zbekiston tarixidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlarni aks ettiruvchi yozma manbalar va hujjatlami yangi asoslarda tahlil etib umumlashtirish muhimdir. O’zbekiaston Respublikas Prezidenti ta'kidlaganlaridek “Mustaqillik yillari o‘z o‘tmishimizni, o‘z madaniyatimizni 1 KapHMOB H.A. TapnxHH xoTHpacH3 Ke^a^aK ny^, -T.: fflap^, 1998. -46.; KapaHr: Xa^K; cy3H. -1998. 28nM^b.
xolisona bilib olish davridir. Bu jahon hamjamiyati, tarix oldidagi vazifamizni anglab olish davridir” 2 . Xalqimiz tarixini o‘rganish va uni targ‘ib etishda, o‘zbek davlatchiligi tarixida, uning madaniy rivojlanishida hukmdor sulolalar boshqaruvi, ularning ayrim vakillari alohida o‘rin tutadi. O‘zbek xalqi davlatchiligi taraqqiyotida Somoniylar sulolasining hukmronligi katta ahamiyat kasb etadi. Odatda sulolalar biron-bir o‘zlariga mansub yirik namoyanda faoliyati orqali mashhurlikka erishadilar (masalan, eftaliylar, anushteginiylar, temuriylar). Somoniylar ham shunday, ular aslida Somon qishlog‘i oqsoqoli Somonxudotning avlodlaridir. Arablarga qarshi olib borilgan tinimsiz kurashlar natijasida IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Markaziy Osiyoda mustaqil davlatlar tashkil topdi. Bunday davlatlarning eng kattasi Somoniylar davlati edi. U Movarounnahr va Xurosondan Ray va Kavzingacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan. Chunonchi, Ismoil ibn Ahmad (892- 907) davrida mazkur sulolaning ko‘zga ko‘ringan namoyandalari, Somoniylar markaziy davlat apparatini mustahkamlashdan manfaatdor bo‘lgan feodal zodagonlar, din peshvolari, barcha badavlat dehqon tabaqalarining qo‘llab-quvvatlashlari bilan xorijiylarning yetakchilaridan Amir Husaynni ag‘darib tashlashga, Buxoroning Barnod va Romiton tumanlarida boshlangan dehqonlar harakatini bostirishga hamda qarshi boyonlarni davlat ishlaridan chetlashtirib tashlashga muvaffaq bo‘ldilar. 893 yili qadimiy Usrushonaning mahalliy hokimiyatini ag‘darib tashladilar hamda iqtisodiy va siyosiy jihatdan ahamiyatga molik bo‘lgan bu hududni o‘z tasarruflariga olishga muvaffaq bo‘ldilar. Turk-qorluqlarning Sirdaryo bo‘yidagi yerlarga qilib turgan bosqinini to‘xtatib, Tarozni bosib oldilar (893) hamda u yerdagi aholini musulmon diniga kirgizdilar. Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida ham Somoniylar davlati (IX-X asrlar) katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu davr ilm- 2 KapHMOB H.A. Herndon Ba MatraBHaT. -T.: Y36eKHcroH, 1994, -24-6.
fan va ma'rifatning rivojlangan davri bo‘ldi hamda Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ismoil Buxoriy, Imom at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband kabi ulug‘ mutafakkir olimlar va allomalar yetishib chiqishida muhim bosqich bo‘ldi. Mavzuning o‘rganilganilish darajasi. (bu masala birinchi bobda - mavzuning tarixshunosligi qismida batafsil yoritilgan) Somoniylar davriga oid manbalar ichida Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far Narshaxiyning (899-959) “Buxoro tarixi” (944), Abu Rayhon Beruniyning (973 -1048) “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar yoki “Osor ul-boqiya” (1000), Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy - Nizomulmulkning (1018-1092) “Siyosatnoma” yoki “Siyar ul- muluk” (1091), asarlari o‘sha davrning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixini o‘rganishda alhida o‘rin tutadi 3 . Shuningdek, Abul-Fazl Bayhaqiyning “Tarixi Ma'sudiy” (1030-1041), Abu Jafar Muhammad at- Tabariyning “Tarixi Tabariy”, Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”, Mahmud Qashg‘ariyning “Devonu lug‘at at- turk” kabi asarlarida ham o‘sha davrning tarixi bayon qilinadi 4 . Somoniylar davlati tarixiga oid batafsil ma'lumotlar tarixchi olimlar N.N.Negmatov, G.A.Hidoyatovning asarlarida batafsil yoritilgan 5 . Shuningdek, N.Ya.Bichurin (Otets Iakinf), V.V.Bartold, A.Yu.Yakubovskiy, S.A.Agadjanov, B.Axmedov, K.Shoniyozov kabi olimlarning asarlarida ham somoniylar davriga oid ma'lumotlar berilgan 6 . 3 Абу Бакр Мухаммад ибн Жаъфар Наршахий. Бухоро тарихи. -Т.: Камалак, 1995, -126 б.; Абу Райхон Беруний. Кддимги халклардан долган ёдгорликлар (Осор ул-бокия). Танланган асарлар. 1-жилд. Т.: Фан, 1968, -345 б.; Абу Али Х,асан ибн Али Тусий - Низомулмулк. Сиёсатнома (Сияр ул-мулук). Т., Янги аср авлоди, 2010,- 239 б. Абу-л-Фазл Байхаки. История Маъсуда (1030-1041). /Пер. с перс. А.К.Андерса. -Т.: 1962; Абу Джафар Мухаммад ат-Табарий. История ат-Табарий. Т. Фан 1987; Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шахри. Т.: 1993; Абулкосим Фирдавсий. Шохнома. Уч жилдлик. Т.: Fафур Fулом нашриёти, 1984; Махмуд Кдшгарий. Девону лугатит турк. Т.3.-Тошкент, 1963; 5 Негматов Н. Н. Государство Саманидов. Душанбе, Дониш, 1977, с. 277; Хидаятов Г.А. Крушение Саманидов. Т., 2003, с. 130. 6 Бичурин Н.Я. Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в древние времена. 1,2,3 тт. Материалы по истории Туркмении и туркмен. Т.1.-Москва, 1939; Бартольд В.В. Арабские завоевания и Туркестан при Саманидах. Соч. Т. 2. Ч.1.-М., 1963; Якубовский А.Ю. Махмуд Газнави.-Л., 1934;