logo

Sotsiologiya strukturasi . Sotsiologiya fanlar tizimida

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

31.421875 KB
Sotsiologiya strukturasi  . Sotsiologiya fanlar tizimida
Reja: 
1. Struktura tushunchasi va uning ahamiyati
2. Fundamentalsotsiologiya
3.Sotsiologiya ning  aniq fanlar bilan munosabati
4.Sotsiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar 1.  Struktura bu fandagi asosiy elementlar ularning joylashishi, munosabati va
tartibidir.   Struktura   bevosita   fanning   rivojlanish   darajasi   va   uning   elementlariga
bog’liqdir.   Fanning   rivojlanib   borishi   davrida   uning   elementlari   bir   tizimga
to’planib,   bu   sistema   orqali   esa   bilimlarni   tashkil   qilish   vositaligi   ta`minlanadi.
Buning   natijasida   esa   nazariy,   metodologik,   metodik   va   boshqa   elementlar
o’rganilayotgan voqelikni (reallikni) yaxlit ko’rinishda aks ettiradilar. Fan bir tizim
sifatida,   qachonki   umumiy   asoslar,   kategoriya   va   tushunchalarni   ishlab
chiqgandagina bilishning har xil darajalari va shakllari orasida mantiqiy bog’lanish
bo’lsagina   yuzaga   kelishi   mumkin.   Bu   holatda   fanning   turli   xil   rivojlanish
yo’nalishlari   bilimning   shakllangan   tizimi   bilan   muvofiqlashadi.   Agarda
sotsiologiya haqida gapiradigan bo’lsak, u hali etuk birlashgan ilmiy tizim sifatida
shakllangani   yo’q.   Hali   yosh   va   rivojlanayotgan   fan   sifatida   sotsiologiya   har   xil
ilmiy tizimlarning to’plami sifatida ko’zga  tashlanayapti.
Sotsiologiyaning   strukturasini   har   xil   tahlil   qilish   mumkin.   Ayniqsa   bu
strukturani   aniqlash   nazariy   sotsiologiya,   empirik   tadqiqotni   ajratib   olishlik   bilan
ko’pincha yuzaga keladi.
Lekin   bu   sotsiologiyaning   komponentlarini   ajratib   olish   umumiyroq
ma`noga   ega,   natijada   esa   fanning   murakkab   va   har   xil   ko’rinishga   ega   bo’lgan
strukturasining   mazmuni   kashf   etilmaydi.   SHuning   uchun   to’laroq   va   har
tomonlama   xususiyatga   ega   bo’lish   bilangina   sotsiologiyaning   strukturasini
ko’rsatib   berish   lozim .   Sotsiologiya   strukturasida   fundamental   va   amaliy
yo’nalishlarni,   nazariy   va   empirik   tadqiqotlarni,   maxsus   va   tarmoq   sohalarni
ajratib   ko’rsatish   darkor.   Ular   bir-birlari   bilan   juda   murakkab   o’zaro   dialektik
aloqadordirlar.   Ayrim   xollarda   bir-birlariga   qo’shilib   ketadilar,   boshqa   holatlarda
esa   bir-birlarini   inkor   qiladilar.   Tadqiqotimiz   ilmiy,   teran   bo’lishligi   uchun
sotsiologiya   strukturasini   bu   elementlarini   alohida   tahlil   qilib   chiqishga   harakat
qilamiz.   Lekin,   hozircha   sotsiologiya   quyidagi   elementlardan   iborat   bo’lgan   o’z
struturasiga ega:
1. Fundamental sotsiologiya
2. Amaliy sotsiologiya 3. Naariy sotsiologiya
4. Empirik sotsiologiya
5. Sotsiologiyadagi maxsus va tarmoq yo’nalishlari
2.   Fundamental   sotsiologiya   boshqa   elementlardan   hal   qilayotgan
muammolarning   ko’lami,   ahamiyati   va   mazmuni   bilan   ajralib   turadi.   U   shunday
muammolarni   tahlil   qiladiki,   ular   kecha   bor,   bugun   mavjud   va   ertaga   albatta
bo’lishi muqarrardir. 
Amaliy   sotsiologik   tadqiqotlar   faqatgina   sotsial   buyurtma   mavjud
bo’lganidagina o’tkaziladi. Agarda nazariy sotsiologiyani  rivojlanish markazi hali
ham   g’arbiy   Evropa   hisoblansa,   amaliy   tadqiqotlar   AQSHda   keng   rivojlangan.
Malakali   o’tkazilgan   amaliy   tadqiqot   unga   sarflangan   mablag’ni   bir   necha   bor
oqlashi mumkin, biroq past saviyada olib borilgani esa jiddiy ma`naviy va moddiy
zarar keltirishi aniqdir. 1
Nazariy   sotsiologiyaning   asosiy   maqsad   va   vazifasi-   bu   o’rganilayotgan
ob`ekt   yoki   muammoning   nazariy   tahlili   bilan   shug’ullanishdir.   Bunda   u   o’z
xulosalarini tekshirib chiqish uchun amaliyotga murojat qiladi. SHuning uchun bu
ikki   jarayonni   birini   biridan   ajratish   va   o’zaro   qarama-qarshi   qo’yishga   intilish
noto’g’ri yondoshuvdir. CHunki, bu ikki hodisa bir-birini o’zaro to’diradi.
Sotsiologiya   fanining   qisqa   muddatli   rivojlanish   tarixida   bir   necha   nazariy
yo’nalishlar ishlab chiqildi.  SHulardan taniqlilari quyidagilardir:
1. Pozitivizm
2. Psixologizm
3. Neopozitivizm
4. Fenomenologiya
5. Struktur-funktsionalizm
Ularning har biri o’z davrida umumqamrovli universial sotsiologik nazariya
bo’lishga   intildi.   Lekin   ilm-fanni   rivoji   bir   nazariyani   boshqasi   bilan   almashib
borishini taqazo etdi.
1
Sociology in modules  Richard T. SchaeferD E P A U L U N I V E R S I T Y  page7   Tabiiy fanlar ham sotsiologiyaning alohida fan maqomiga erishishida katta
rol   o’ynashdi.   Ma`lumki,   XIX   asrning   birinchi   choragidan   boshlab   tabiiy   fanlar
olimlari   ulkan   kashfiyotlar   qila   boshladilar.   Jumladan,   olimlar   kimyoviy
elementlarning   tuzilishi,   fizikaviy   qonunlar,   tirik   organizmlarning   rivojlanish
qonunlarini   kashf   etishdi.   Mazkur   kashfiyotlarning   barchasi   tabiiy   fanlarning
muhim   «asbob-uskanasi»   hisoblanmish   empirik   metodlar:   kuzatuv   va
eksperimentga   asoslangan   edi.   Ushbu   jarayonni   kuzatib   borayotgan   Kont   endi
tabiiy   fanlarning   mazkur   metodlarni   o’zlashtirgan   holda,   yangi   ijtimoiy   fan-
sotsiologiya ham pozitiv fan sifatida jamiyat hayotini konkret o’rganishi kerak deb
hisoblaydi.
O’z   fanlaridagi   ulkan   o’zgarishlardan   ruhlangan   tabiiy   fanlar   olimlari   endi
jamiyat   rivojining   asosiy   qonunlarini   kashf   etishga   kirishib   ketdilar.   Aynan   shu
harakatlar   tufayli   sotsiologiyada   «Bir   omil   pozitivistik-nuturalistik   maktablar»
shakllandilar.  Bularning ichida taniqlilari quyidagilar:
1. Geografik maktab.
1. Sotsial darvinizm.
2. Irqiy-antropologik maktab.
3. Mexanitsizm. 
4. Bioorganik maktab.
YUqoridagi   maktablar   uchun   umumiy   holat-bu   jamiyat   hayoti   rivojining
bosh tabiiy omilini kashf etish bo’lsa, xususiysi-ularning har biri ma`lum bir tabiiy
omilni alohida ajratib ko’rsatishga intildi.
Albatta,   jamiyat   va   tabiat   bir-biri   bilan   chambarchas   bog’liqlikdadir,   lekin
ularni aynanlashtirish ilmiylikdan birmuncha yiroqdir. SHuning uchun ularning har
birini muammosiga o’ziga hoslik bilan yondoshish talab qilinadi.
Bugungi   kunda   hech   bir   fanni   aniq   fan   bo’lmish   matematika   bilan   o’zaro
aloqassiz   tasavvur   qilib   bo’lmaydi.   Jumladan,   sotsiologiya   fani   ham   ushbu   fan
bilan   chambarchas   aloqadadir   va   o’zining   taraqqiyotini   u   bilan   hamkorliksiz
ta`minlay   olmaydi.   Zamonaviy   sotsiologiya   nazariyasiga   bir   qator   matematik
tushunchalar   asosli   tarzda   kirib   keldilarki,   ularning   ahamiyati   haqida   ko’p mulohaza qilish mumkin. Masalan, struktura, element, qism, funktsiya va ayniqsa
o’lchov tushunchalari sotsiologiya fanining muhim tadqiqot elementlariga aylanib
o’lgurishdi. 2
Empirik   sotsiologik   tadqiqotlarni   o’tkazish   va   olingan   natijalarni   tahlil
qilishda   o’lchov   protsedurasi   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Uning   yordamida   tanlov
jarayoni   amalga   oshiriladi.   Natijalar   esa   matematik   dasturlar   yordamida   qayta
ishlanib, tahlil etiladi. Lekin, sotsial jarayonlar tabiat hodisalariga nisbatan olganda
o’zgaruvchanlikka   ko’roq   moyildir.   SHuning   uchun   bu   ijtimoiy   jarayonlarni
matematik modellashtirish qanchalik muhim bo’lgani bilan, har doim ham kutilgan
natijani bermasligi mumkin. 
Statistika   ham   aniq   fan   sifatida   sotsiologiyaga   jamiyatdagi   ustuvor   sotsial
muammolarni   ajratib   olib,   tahlil   qilishga   ko’mak   beradi.   Statistik   metodlar   bizga
o’rganilayotgan ob`ektning asosiy va asosiy bo’lmagan tomonlarni aniqlashga ham
yordam   berishi   kerak.   Statistik   qonuniyatlarni   o’rgana   borib,   biz   individuallik,
yagonalik va sifatiy xoslikdan uzoqlashamiz. Bu hol esa tadqiqotlar natijalariga o’z
ta`sirini   o’tkazmay   qolmaydi.   SHu   bilan   birgalikda   statistik   ma`lumotlarsiz
sotsiolog o’z tadqiqotini sira ham boshlay olmaydi.
Masalan, talabalar hayotini o’rganish uchun jamiyatda qancha talaba borligi
statistik   ma`lumotlardan   olinib,   uning   asosida   saralash   jarayoni   o’tkaziladi   va
olingan   natijalar   barcha   talabalarga   nisbatan   qo’llaniladi.   SHuningdek,   iqtisodiy,
siyosiy, ma`naviy hayot muammolarini o’rganishda statistik materialla0r sotsiolog
uchun   suv   va   havodek   zarur   bo’ladi.   Lekin,   eng   muhim   bu   stitistik   ma`lumotlar
holis   va   ob`ektiv   bo’lishi   shart.   Aks   holda   biz   olib   borayotgan   tadqiqot   sohta
ma`lumotlarga   asoslanib   qolish   extimoli   mavjud   va   bu   esa   o’z   navbatida
tadqiqotimiz   natijalarini   ahamiyatsiz   tarzda,   g’ayri   ilmiy   mazmunda   borishiga
sababchi   bo’lishi   mumkin.   Agarda   statistik   ma`lumotlar   haqqoniylik   kasb   etib,
sotsiolog   uchun   muhim   tayanch   manbaa   rolini   o’ynasa,   o’z   navbatida   statistika
mutaxassisi   sotsiologik   tadqiqotlarni   o’zi   uchun   muhim   ma`lumot   sifatida   qabul
2
Sociology . The Essential chapter 7 qilishi   mumkin.   CHunki   bu   ma`lumotlarning   o’zi   ham   statistik   material   bo’lib
ulguradi.
Sotsiologiyani   boshqa   Sotsiologiya   va   ijtimoiy   ish   bilan   aloqasi   juda
murakkabdir.   CHunki   ularning   tadqiqot   ob`ekti   umumiydir,   ya`ni   jamiyat.   Lekin
ularning   har   biri   jamiyat   hayotining   alohida   bir   bo’lagini   tadqiq   qiladi.   Masalan,
iqtisod   jamiyatning   iqtisodiy   sohasini,   huquqshunoslik   jamiyat   hayotini
muvofiqlashtirib   turadigan   huquqiy   qonunlar   va   me`yorlarni   ishlab   chiqish   va
hayotga   tadbiq   etish,   siyosatshunoslik   esa   jamiyatda   kechayotgan   siyosiy
jarayonlarni,   dinshunos   din   va   jamiyat   munosabatlarini,   etika,   estetika   fanlari
jamiyatdagi   ma`naviy   muhitni   tahlil   qiladilar.   Sotsiologiya   esa   ulardan   farqi
o’laroq jamiyatni kompleks tarzda tadqiq qiladi. 3
Jumladan,   mehnat   munosabatlarini   iqtisod,   psixologiya,   huquq   va   boshqa
fanlar   tomonidan   o’rganilishi   o’ziga   xoslikni   talab   qiladi.   Iqtisod   mehnat
munosabatlari   tizimi,   ishlab   chiqarish   shakllari,   ayrbosh,   taqsimot   va   mehnat
unumdorligini   ta`minlaydigan   omillarni   tadqiq   qilish   masalalarini   muhim
hisoblasa,   huquq   esa   mehnat   asoslari,   mehnat   shartnomalari,   ularni   tuzish,
hodimlarni   ishga   shartnoma   asosda   qabul   qilish   yoki   ishdan   bo’shatish,   mexnat
intizomini buzilishiga qarshi turadigan huquqiy asoslarni ishlab chiqishni, psixolog
esa   mehnat   jamoasidagi   psixologik   klimat,   simpatiya   va   antipatiya,   jamoadagi
ziddiyatlarning ruhiy asosini  bosh mavzu deb e`tirof qiladi. Sotsiologiyani  esa bu
jarayonlar naqadar sotsial ahamiyatga ega ekanligi ko’proq qiziqtiradi.
Sotsiologiyaning   boshqa   ijtimoiy-gumanitar   fanlar   bilan   o’zaro   aloqosini
kengroq   tahlil   etar   ekanmiz,   psixologiyadagi   sotsial   psixologiya   yo’nalishi
sotsiologiyaga   ancha   yaqin   turishiga   amin   bo’lamiz.   CHunki,   XIX   asrning
oxirlarida   sotsiologiyaning   asosiy   metodologiyasi   bo’lib   kelgan   pozitivizm
nazariyasi   chuqur   inqirozga   uchrab,   uning   nufuzi   tobora   pasayib   boradi.   Bunga
sabab   pozitivizm   ijtimoiy   tarqqiyot   masalalarini   tadqiq   etishda   asosiy   e`tiborni
tabiiy omillarga qaratib kelgani va insonning sub`ektiv olamiga unchalik ahamiyat
bermaganidir.
3
Sociology in modules  Richard T. SchaeferD E P A U L U N I V E R S I T Y  page 8 XX   asrning   boshlarida   eksperimental   tadqiqotlarga   ega   bo’lgan   yangi
yo’nalish vujudga keladi va u sotsial psixologiya deb nomlana boshlaydi. endilikda
kishilarning   psixologiyasi:   ruhiy   kechinmalari   va   emotsional   olami   ham   ijtimoiy
taraqqiyotga   faol   ta`sir   ko’rsatishi   isbotlanib   boradi.   Bugungi   kunda   ham   mehnat
jamoasida,   mahallada,   qarindosh-urug’lar   orasida   va   albatta   oilada   psixologik
sog’lom   muhitning   mavjudligi   ijtimoiy   birdamlik   va   hamkorlikni   keskin
kuchaytiradi va bu ijobiy holat albatta jamiyat taraqqiyotiga sezilarli darajada ta`sir
ko’rsatadi. 
Sotsiologiyaning   etika,   estetika   singari   falsafiy   fanlar   va   adabiyot,   musiqa
kabi   sohalar   bilan   aloqasi   barqarordir.   CHunki   jamiyat   hayotida   ma`naviy   muhit
qanchalik go’zal va ma`noli bo’lsa, sotsiologni jiddiy o’ylantirib keladigan deviant
hulq-atvor   muammosi:   alokogolizm,   giyohvandlik,   fohishabozlik,   jinoyatchilik,
korruptsiya, suitsid kabi salbiy ijtimoiy illatlarning sodir bo’lishi keskin kamayadi. 
Demak,   jamiyatda   kechayotgan   ijtimoiy   jarayonlar:   iqtisodiy,   siyosiy,
ma`naviy, diniy, axloqiy va hakazolar sotsial ahamiyat kasb etsa, ularning barchasi
sotsiologiya   bilan   bevosita   bog’liq   bo’ladi.   Sotsiologiya   esa   ushbu   sohalardagi
dolzarb   muammolarni   o’zining   empirik-tajribaviy   usullari   yordamida   aniq   va
amaliy xususiyatda o’rganadi va ushbu muammolar echimiga mufvofiq keladigan
taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishga kirishadi.
SHu   bilan   birgalikda   boshqa   Sotsiologiya   va   ijtimoiy   ish   ham   keyingi
vaqtlar sotsiologiyaning mazkur «asbob-uskanasi» dan faol foydalanmoqdalar.
Xulosa qilib aytganda, sotsiologiya fani ijtimoiy hayot muammolarini tizimli
tarzda  tadqiq  qiladi  va  bunda  albatta boshqa  ijtimoiy-gumanitar   fanlarning  ilmiy-
tadqiqot natijalaridan faol foydalanadi. Aynan shu jarayon sotsiologiyadagi tarmoq
yo’nalishlarning shakllanishiga asos bo’lib xizmat qildi.
Bugungi   kunda   zamonaviy   sotsiologiya   tarkibida   bir   necha   o’nlab   bunday
yo’nalishlar   mavjud.   Ularning   orasida   hozirda   eng   rivojlanganlari   deb
quyidagilarni e`tirof etish mumkin:
1. Iqtisodiy sotsiologiya
2. Mehnat sotsiologiyasi 3. Siyosiy sotsiologiya
4. Madaniyat sotsiologiyasi
5. Sanoat sotsiologiyasi
6. Din sotsiologiyasi 
7. Oila  sotsiologiyasi
8. Jamoatchilik fikri
9. Fan  sotsiologiyasi
10. Ta`lim  sotsiologiyasi
11. Boshqaruv  sotsiologiyasi
12. Etnosotsiologiya
Albatta,   bu   ro’yxatni   yana   ham   kengaytirib   borish   mumkin.   CHunki,
sotsiologiya   faning   boshqa   fanlar   bilan   integratsiya   jarayoni   hozirda   borgan   sari
chuqurlashib   bormoqda   va   bu   hol   mazur   fanning   rivojiga   ijobiy   ta`sir   o’tkazishi
shubhasizdir. Adabiyotlar ro’yxati
1. Richard T.Shatfer. Sosiology in modules.New York.  2013
2. Margaret Andersen., Hovard F. Taylor.  Sosiology.New York.  2013
3. Diana   Kendall,  Sociology   in  Our   Times:   The   Essentials,   Tenth   Edition.  Cengage
Learning 2016.  USA.
4. Joan   FerranteSociology:   A   Global   Perspective,   Ninth   Edition .   Cengage   Learning
201 5 .  USA.
5. Frolov S.S. Obshaya sotsiologiya.  // Uchebnik.Moskva.: «Prospekt».2012
6. Toshenko J.T. Sotsiologiya.  // Uchebnik.Moskva.: «YUNITI». 2012
Mustaqil ta`lim mavzulari
1. Platon ning ijtimoiy-siyosiy qarashlari
2. Aristotelningantikdunyofalsafiyfikrtaraqqiyotidatutgano’rni .
3. SHarq mutafakkirlarining ijtimoiy jarayonlar va ijtimoiy jamoalarga bergan bahosi.
4. Sotsiologiyani  mustaqil  fan sifatida Evropada vujudga kelishi.
5. Zamonaviy sotsiologiyaning predmeti va ob`ekti

Sotsiologiya strukturasi . Sotsiologiya fanlar tizimida Reja: 1. Struktura tushunchasi va uning ahamiyati 2. Fundamentalsotsiologiya 3.Sotsiologiya ning aniq fanlar bilan munosabati 4.Sotsiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar

1. Struktura bu fandagi asosiy elementlar ularning joylashishi, munosabati va tartibidir. Struktura bevosita fanning rivojlanish darajasi va uning elementlariga bog’liqdir. Fanning rivojlanib borishi davrida uning elementlari bir tizimga to’planib, bu sistema orqali esa bilimlarni tashkil qilish vositaligi ta`minlanadi. Buning natijasida esa nazariy, metodologik, metodik va boshqa elementlar o’rganilayotgan voqelikni (reallikni) yaxlit ko’rinishda aks ettiradilar. Fan bir tizim sifatida, qachonki umumiy asoslar, kategoriya va tushunchalarni ishlab chiqgandagina bilishning har xil darajalari va shakllari orasida mantiqiy bog’lanish bo’lsagina yuzaga kelishi mumkin. Bu holatda fanning turli xil rivojlanish yo’nalishlari bilimning shakllangan tizimi bilan muvofiqlashadi. Agarda sotsiologiya haqida gapiradigan bo’lsak, u hali etuk birlashgan ilmiy tizim sifatida shakllangani yo’q. Hali yosh va rivojlanayotgan fan sifatida sotsiologiya har xil ilmiy tizimlarning to’plami sifatida ko’zga tashlanayapti. Sotsiologiyaning strukturasini har xil tahlil qilish mumkin. Ayniqsa bu strukturani aniqlash nazariy sotsiologiya, empirik tadqiqotni ajratib olishlik bilan ko’pincha yuzaga keladi. Lekin bu sotsiologiyaning komponentlarini ajratib olish umumiyroq ma`noga ega, natijada esa fanning murakkab va har xil ko’rinishga ega bo’lgan strukturasining mazmuni kashf etilmaydi. SHuning uchun to’laroq va har tomonlama xususiyatga ega bo’lish bilangina sotsiologiyaning strukturasini ko’rsatib berish lozim . Sotsiologiya strukturasida fundamental va amaliy yo’nalishlarni, nazariy va empirik tadqiqotlarni, maxsus va tarmoq sohalarni ajratib ko’rsatish darkor. Ular bir-birlari bilan juda murakkab o’zaro dialektik aloqadordirlar. Ayrim xollarda bir-birlariga qo’shilib ketadilar, boshqa holatlarda esa bir-birlarini inkor qiladilar. Tadqiqotimiz ilmiy, teran bo’lishligi uchun sotsiologiya strukturasini bu elementlarini alohida tahlil qilib chiqishga harakat qilamiz. Lekin, hozircha sotsiologiya quyidagi elementlardan iborat bo’lgan o’z struturasiga ega: 1. Fundamental sotsiologiya 2. Amaliy sotsiologiya

3. Naariy sotsiologiya 4. Empirik sotsiologiya 5. Sotsiologiyadagi maxsus va tarmoq yo’nalishlari 2. Fundamental sotsiologiya boshqa elementlardan hal qilayotgan muammolarning ko’lami, ahamiyati va mazmuni bilan ajralib turadi. U shunday muammolarni tahlil qiladiki, ular kecha bor, bugun mavjud va ertaga albatta bo’lishi muqarrardir. Amaliy sotsiologik tadqiqotlar faqatgina sotsial buyurtma mavjud bo’lganidagina o’tkaziladi. Agarda nazariy sotsiologiyani rivojlanish markazi hali ham g’arbiy Evropa hisoblansa, amaliy tadqiqotlar AQSHda keng rivojlangan. Malakali o’tkazilgan amaliy tadqiqot unga sarflangan mablag’ni bir necha bor oqlashi mumkin, biroq past saviyada olib borilgani esa jiddiy ma`naviy va moddiy zarar keltirishi aniqdir. 1 Nazariy sotsiologiyaning asosiy maqsad va vazifasi- bu o’rganilayotgan ob`ekt yoki muammoning nazariy tahlili bilan shug’ullanishdir. Bunda u o’z xulosalarini tekshirib chiqish uchun amaliyotga murojat qiladi. SHuning uchun bu ikki jarayonni birini biridan ajratish va o’zaro qarama-qarshi qo’yishga intilish noto’g’ri yondoshuvdir. CHunki, bu ikki hodisa bir-birini o’zaro to’diradi. Sotsiologiya fanining qisqa muddatli rivojlanish tarixida bir necha nazariy yo’nalishlar ishlab chiqildi. SHulardan taniqlilari quyidagilardir: 1. Pozitivizm 2. Psixologizm 3. Neopozitivizm 4. Fenomenologiya 5. Struktur-funktsionalizm Ularning har biri o’z davrida umumqamrovli universial sotsiologik nazariya bo’lishga intildi. Lekin ilm-fanni rivoji bir nazariyani boshqasi bilan almashib borishini taqazo etdi. 1 Sociology in modules Richard T. SchaeferD E P A U L U N I V E R S I T Y page7

Tabiiy fanlar ham sotsiologiyaning alohida fan maqomiga erishishida katta rol o’ynashdi. Ma`lumki, XIX asrning birinchi choragidan boshlab tabiiy fanlar olimlari ulkan kashfiyotlar qila boshladilar. Jumladan, olimlar kimyoviy elementlarning tuzilishi, fizikaviy qonunlar, tirik organizmlarning rivojlanish qonunlarini kashf etishdi. Mazkur kashfiyotlarning barchasi tabiiy fanlarning muhim «asbob-uskanasi» hisoblanmish empirik metodlar: kuzatuv va eksperimentga asoslangan edi. Ushbu jarayonni kuzatib borayotgan Kont endi tabiiy fanlarning mazkur metodlarni o’zlashtirgan holda, yangi ijtimoiy fan- sotsiologiya ham pozitiv fan sifatida jamiyat hayotini konkret o’rganishi kerak deb hisoblaydi. O’z fanlaridagi ulkan o’zgarishlardan ruhlangan tabiiy fanlar olimlari endi jamiyat rivojining asosiy qonunlarini kashf etishga kirishib ketdilar. Aynan shu harakatlar tufayli sotsiologiyada «Bir omil pozitivistik-nuturalistik maktablar» shakllandilar. Bularning ichida taniqlilari quyidagilar: 1. Geografik maktab. 1. Sotsial darvinizm. 2. Irqiy-antropologik maktab. 3. Mexanitsizm. 4. Bioorganik maktab. YUqoridagi maktablar uchun umumiy holat-bu jamiyat hayoti rivojining bosh tabiiy omilini kashf etish bo’lsa, xususiysi-ularning har biri ma`lum bir tabiiy omilni alohida ajratib ko’rsatishga intildi. Albatta, jamiyat va tabiat bir-biri bilan chambarchas bog’liqlikdadir, lekin ularni aynanlashtirish ilmiylikdan birmuncha yiroqdir. SHuning uchun ularning har birini muammosiga o’ziga hoslik bilan yondoshish talab qilinadi. Bugungi kunda hech bir fanni aniq fan bo’lmish matematika bilan o’zaro aloqassiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Jumladan, sotsiologiya fani ham ushbu fan bilan chambarchas aloqadadir va o’zining taraqqiyotini u bilan hamkorliksiz ta`minlay olmaydi. Zamonaviy sotsiologiya nazariyasiga bir qator matematik tushunchalar asosli tarzda kirib keldilarki, ularning ahamiyati haqida ko’p

mulohaza qilish mumkin. Masalan, struktura, element, qism, funktsiya va ayniqsa o’lchov tushunchalari sotsiologiya fanining muhim tadqiqot elementlariga aylanib o’lgurishdi. 2 Empirik sotsiologik tadqiqotlarni o’tkazish va olingan natijalarni tahlil qilishda o’lchov protsedurasi katta ahamiyat kasb etadi. Uning yordamida tanlov jarayoni amalga oshiriladi. Natijalar esa matematik dasturlar yordamida qayta ishlanib, tahlil etiladi. Lekin, sotsial jarayonlar tabiat hodisalariga nisbatan olganda o’zgaruvchanlikka ko’roq moyildir. SHuning uchun bu ijtimoiy jarayonlarni matematik modellashtirish qanchalik muhim bo’lgani bilan, har doim ham kutilgan natijani bermasligi mumkin. Statistika ham aniq fan sifatida sotsiologiyaga jamiyatdagi ustuvor sotsial muammolarni ajratib olib, tahlil qilishga ko’mak beradi. Statistik metodlar bizga o’rganilayotgan ob`ektning asosiy va asosiy bo’lmagan tomonlarni aniqlashga ham yordam berishi kerak. Statistik qonuniyatlarni o’rgana borib, biz individuallik, yagonalik va sifatiy xoslikdan uzoqlashamiz. Bu hol esa tadqiqotlar natijalariga o’z ta`sirini o’tkazmay qolmaydi. SHu bilan birgalikda statistik ma`lumotlarsiz sotsiolog o’z tadqiqotini sira ham boshlay olmaydi. Masalan, talabalar hayotini o’rganish uchun jamiyatda qancha talaba borligi statistik ma`lumotlardan olinib, uning asosida saralash jarayoni o’tkaziladi va olingan natijalar barcha talabalarga nisbatan qo’llaniladi. SHuningdek, iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy hayot muammolarini o’rganishda statistik materialla0r sotsiolog uchun suv va havodek zarur bo’ladi. Lekin, eng muhim bu stitistik ma`lumotlar holis va ob`ektiv bo’lishi shart. Aks holda biz olib borayotgan tadqiqot sohta ma`lumotlarga asoslanib qolish extimoli mavjud va bu esa o’z navbatida tadqiqotimiz natijalarini ahamiyatsiz tarzda, g’ayri ilmiy mazmunda borishiga sababchi bo’lishi mumkin. Agarda statistik ma`lumotlar haqqoniylik kasb etib, sotsiolog uchun muhim tayanch manbaa rolini o’ynasa, o’z navbatida statistika mutaxassisi sotsiologik tadqiqotlarni o’zi uchun muhim ma`lumot sifatida qabul 2 Sociology . The Essential chapter 7