logo

TABIIY FANLARNING ASOSIY TARIXIY TIPLARI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

25.32421875 KB
TABIIY FANLARNING ASOSIY TARIXIY TIPLARI.
Reja:
1. Tabiiy fanlarning eng qadimgi davri.
2. Antik fan.
3. O’rta as rva Renessans davri fani. 1. Tabiiy fanlarning eng qadimgi davri.   Tabiat o’zining uzoq tarixiga ega.
Tibbiyot   haqidagi   bilimlar   qadim   zamonlardayoq   odamlarning   turli   xil
ehtiyojlarini qondirgan. 
Xususan,   bu   bilimlar   tevarak-atrofni   tushunish,   tabiyotdagi   sikllar   va
xodisalar bilan ijtimoiy hayot jarayonlarini bog’langanligini belgilash, fasllar
ketma-ketligi   va   tarixiy-madaniy,   urf-odatlar   o’rtasidagi   bog’lanishni   qayd
qilish va o’rnatish uchun xizmat qilgan. Tabiiyot haqidagi arxaik ya’ni (eng
qadimgi)   bilimlar   hali   mifologik   ong   qobig’idan   chiqmagan.   Shunday
bo’lsada,   u   davrda   inson   tabiiyot   jarayonlari   haqida   uncha   muncha   aniqlik
darajasidagi bilimlarga ega bo’lgan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, ibtidoiy jamoa davrida yaratilgan
tasvirlar va rivoyatlarda qadimgi kishilarnig astronomik, biologik, matematik
bilimlari   ifodalangan   bo’lib,   ular   tabiyatdagi   predmetlarning   o’ziga   xos
shaklda bo’lsa ham to’g’ri in’ikosini bergan.
Qadimgi   Bobil   podsholigida   huquq,   botanika,   tibbiyot,   minerologiya,
kimyoviy dori-darmonlar tayyorlash qoidalari berilgan qo’llanmalar tuzilgan.
Tarixshunoslar qadimgi Misrda ishlab chiqilgan tibbiyot bilimlarni «old
fan»   yoki   «ilk   fan»   deb   atashadi.   Ularning   (I.M.Diyakonov,
M.A.Korostovsev   va   boshqalar)   fikricha,   bunday   bilimlar   bo’lmaganda
tadqiqot   usullari,   tushunchalari   va   muammolariga   ega   bo’lgan   haqiqiy   fan
vujudga kelmas edi. 
Qadimgi sharq sivilizasiyalarida yaratilgan tabiiyot ilmi hissiy, empirik
shakl va darajadan yuqoriroq ko’tarilmadi, asosan, resepturali, ya’ni ma’lum
natijani, yechimni qadam baqadam, ketma-ket belgilangan amallarni bajarish
shaklidagi algoritmik xarakterga ega bo’lgan.
2.   Antik   fan.   Tabiiyot   bilimlarni   keyingi   taraqqiyoti   qadimgi   Yunon
sivilizasiyasining  rivojlanishi bilan  bog’langan.  Bu yerda, Sharqda amaliy  – resepturali harakterga ega bo’lgan tabiiyot ilmi nazariy bilim, fan darajasiga
ko’tarildi. Shu sivilizasiyada o’ziga xos intellektual inqilob sodir bo’ldi. 
Bu inqilobning belgilari, uni keltirib chiqargan omillar quyidagilardir:
1) Mifologiyadan logosga, nazariy tafakkurga o’tish; 
2) Old   yoki   ilk   fan   nazariy   tizim   xarakterga   ega   bo’lgan   fanga
aylanishi;
3) Tabiiyot   va   matematika   oid   tushunchalar   va   tamoyillar
asoslanadigan, ularning isboti beriladigan bo’ldi;
4) G’oyalar,   fikrlar   raqobati,   tafakkur   erkinligi   miqyosi   keng   bo’lishi
va x.k.
Shunday   qilib,   qadimgi   Yunonistonda   gnoseologik   asosi   bo’lgan
nazariy tafakkur vujudga keldi. 
Shakllanayotgan   nazariy   tafakkur,   bilim   quyidagi   xislatlarga   ega
bo’lgan:   
A)   intersubyektivlik.   Tushuncha   va   tamoyillarni   turli   subyektlar
uchun aynan ma’noga mazmunga ega bo’lishi; 
B)   tizimlilik .   Nazariy   bilimlarning   unsurlari   izchil   o’zaro   bog’langan
tizim shaklida butunlikni tashkil qiladi;
G)   nazariy   tafakkurning   mantiqiylik   va   muammoli   xislatining
kuchayishi.  Bu xislatlar o’z navbatida tabiatni rasionallik tamoyillari asosida
tushunish va tushuntirish imkoniyatini beradi. 
Nazariy tafakkur ikki shaklda – falsafa va maxsus tabiiy-ilmiy bilimlar
shaklida rivojlana boshlandi. 
Dastlabki   paytlarda   tabiiy   ilmiy   bilimlar   falsafa   tarkibida   rivojlangan.
Miloddan   oldin   V-IV   asrlarda   matematika,   mexanika,   fizika,   biologiya   va
boshqa   fanlar   mustaqil   taraqqiy   etgan.   Shu   davrda   falsafa   va   maxsus   fanlar
o’rtasida   farq   paydo   bo’la   boshlagan.   Tabiiy-ilmiy   bilimlar   boshqa   maqsad
va   yo’nalishga   ega   bo’la   boshlaydi.   «Antik   davr   uchun»,   -   deb   ta’kidlaydi B.P.Yudin,   -   tabiiyot   avvalambor   tabiiyot   qanday   bo’lsa,   shunday   tadqiqot
qilishdir».
Tabiat   haqida   fikr   yurituvchi   faylasuflar   tabiatdagi   jarayonlarning
mohiyati   va   sababini   ilohiy   kuchlarda,   xudoda   ko’rishgan.   Platonning
fikricha,   olamni   yaratgan   xudo   narsalarga   harakat,   tartibot,   monandlik   ato
etgan. 
Aristotel   boshqacha   fikrda   bo’lgan.   Uning   ta’kidlashicha   tabiatdan
tashqarida turgan mohiyatni metafizika, ya’ni falsafa o’rganishi kerak. Fizika
fani tabiatdagi jarayonlarni tadqiq qilish lozim. 
Aytaylik,   olamni   harakatga   keltiruvchi   kuch   haqida   fizika   emas,   balki
metafizika   mulohaza   yurgizishi   kerak.   Birlamchi   harakatlantiruvchi   kuch
(pervodvigatel)   yoki,   boshqacha   qilib   aytganda,   xudo   olamga,   tabiatga
harakat   bag’ishlaydi.   Substansiya,   cheksizlik,   ruh,   shakl   kabi   mohiyatlarni
tabiiyot emas, balki falsafa, metafizika o’rganadi. 
Tabiatdagi predmetlarni, harakatni, o’zgarishlarni fizika tadqiq qiladi. 
Shu   bilan   birga   Arsitotelning   fizikasi   tom   ma’nodagi   tabiiy-ilmiy
bo’lmagan   tushunchalarga   tayanadi.   Xususan,   u   oy   osti   olam   (tabiat)   va   oy
usti   olam,   mukammal   harakat   (doira)   va   nomukammal   egrichiziqli   harakat
tushunchalarini ishlatadi. 
Ellinistik   davrda   matematika,   mexanika,   astronomiya,   geografiya
rivojlanadi. 
Falakiyotshunos   sosigen   olamning   gomomarkazli   (ya’ni   bir,
yagonamarkazli)   sferalar   ta’limotiga   jiddiy   e’tiroz   bildirdi.   Aristotel   ishlab
chiqqan bu ta’limotga ko’ra, olam gomomarkazli, sferalar (aylanma doiralar)
tizimi bo’lib, uning markazida Yer joylashgan. Falakiyotshunosning vazifasi
esa   sayyoralarni   bir   maromdagi   harakati   tamoyiliga   asoslanib   tizimni
shunday matematik tasvirini berish kerak-ki, unda planetalarni idrok qilishda krinadigan   harakat   o’z   aksini   topishi   lozim.   Aristotel   yaratgan   ta’limotdan
shunday uslubiy talab kelib chiqqan edi.
Sosigenning   e’tiroz   bildirib   aytishicha,   bunday   tasavvurga   zid
keladigan   kuzatishlar   natijasi   shuni   ko’rsatadiki,   ko’p   sayyoralarni   yerga
nisbatan masofalari o’zgarib turadi. Masalan, Venera va Marsning yorug’lik
darajasi   yaqinlashishi   yoki   uzoqlashishiga   qarab   o’zgarib   turadi.   Demak,
ularning xarakatlari sferasi bir maromdagi chiziqni tashkil qilmaydi. 
Falakiyotshunos olim yana bir e’tiroz keltiradi. Quyosh tutilganda Oyni
o’lchash   imkoniyati   paydo   bladi.   Ulchashlar   shuni   ko’rsatadiki,   oyning
diametri   ham   o’zgaruvchan   soni   beradi.   Agar   Oy   va   Quyosh   o’rtasidagi
masofa   o’zgarmasdan   bir   xil   bo’lganda,   bunday   natija   kuzatilmagan   bo’lar
edi. Lekin,  Sosigen kabi olimlarning  e’tirozlari koinotni  nomarkazli  sferalar
tizimi konsepsiyasidan voz kechishga olib kelmadi. 
E’tirozlar   h-isobga   olinganda   Yer   Olamning   markazi   emas,   Yerning
o’zi   o’z   o’qi   atrofida   va   katta   tizim   doirasida,   masalan,   Quyosh   atrofida
harakat qilmoqda degan fikrga kelish mumkin edi. 
Antik tabiiyotshunosligida boshqa ilg’or ilmiy fikrlar ham olg’a surildi.
Masalan,   pifagorchi   olim   Filolayning   fikricha,   olamning   markazida
Olov   –   Gestiya   joylashgan.   Quyosh   tiniq   shishadan   hosil   bo’lgan   –   shar
bo’lib,   Gestiyadan   nur   va   issiqlik   oladi.   Yer   Gestiya   astrofida   aylanadi.   Bu
tizimda   planetalarning   Markaziy   olovgacha   masofasi   bir   xil,   lekin   ularning
Yergacha bo’lgan masofasi (Yer markaziy olov atrofida aylangani bois) har
xil bo’lishi mumkin.
Boshqa   pifagorchi   olim   Ekfantning   g’oyasiga   ko’ra,   Yer   o’z   o’qi
atrofida   bir   sutka   davomida   aylanadi.   Bu   fikrni   Aristotelning   zamondoshi
Geraklid Pontiyskiy (miloddan oldin 288-315) ham bildirgan.
Nihoyat   matematik   va   falakiyotshunos   Aristrax   Samosskiy   (m.oldin
310-230) birinchi bo’lib geosentrizm (quyosh markazi) g’oyasini olg’a surdi. Bu g’oyaga ko’ra, Yer harakatsiz yulduzlar sferasining markazida joylashgan
harakatsiz   Quyosh   atrofida   aylanadi.   Yer   nafaqat   o’z   o’qi   atrofida,   balki
Quyosh atrofida ham aylanadi. 
Lekin   bu   geliosentrik   qarash   yetarli   hisob,   tahlil   va   isbotlar   bilan
asoslanmagan   edi.   Shuning   uchun   bo’lsa   kerak,   Aristarx   Samosskiy   ishlab
chiqqan   ta’limotni   gomomarkazli   olam   g’oyasining   tarafdori   bo’lgan
faylasuflar qabul qilmadilar. 
Shu   bilan   birga   ular   yagona   markazli   olam   tizimi   tasviri   bilan
kuzatishdan   olingan   faktlar   o’rtasidagi   farqni,   nomuvofiqlikni   anglay
boshladilar.   Bu   gnoseologik   holatni   bartaraf   etish   yo’lini   stoik   –   faylasuf
Posidoniy (milod.oldin 135-50 y.) taklif qildi. Uning fikricha, astronomiya va
fizika turli gnoseologik maqsad va tadqiqot predmetiga ega. Falakiyotshunos
olim kuzatilayotgan hodisani tushunish va tushuntirish uchun turli vosita va
g’oyani   ishlatishi   mumkin.   Masalan,   yangi   saylanma   chiziqlar,   qo’shimcha
geometrik doiralar kiritish yo’li bilan, buni amalga oshirsa bo’ladi.     
3.O’rta asr Renessans davri fani. 3.1.Musulmon Sharqi Renessansi
to’lqinlari. Markaziy Osiyoda tabiiyotshunoslik ilmiy taraqqiyoti.
Insoniyat sivilizasiyasi taraqqiyoti tarixida «Renessans» (tiklanish) deb
atalgan   ijtimoiy   ma’naviy   xodisa   muhim   rol   o’ynagan.   Bunday   xodisaning
sodir   bo’lishini   bir   qator   iqtisodiy,   siyosiy   etnopsixologik   va   tarixiy
jarayonlar taqozo etadi. 
Renessans   xodisasining   asosiy   mazmuni   shundan   iboratki,   bir   vaqtlar
bron-bir sivilizasiyaning eng taraqqiy etgan bosqichida yaratilgan qadriyatlar
boshqa   tarixiy   davrda   passionar   silkinishni   boshidan   o’tkazayotgan   xalqlar
tomonidan   o’rganish,   taqlid   qilish   va   namuna   olish   shaklida   tiklanadi,
taraqqiyotda madaniy- ma’naviy vorislik namoyon bo’ladi.
Musulmon   sharqi   Renessansining   ijtimoiy-ma’naviy   zamini   keng
bo’lib,   uning   doirasiga   qadimgi   Yunoniston,   Turon,   Eron,   Hindiston   va boshqa   mintaqalarda   yaratilgan   qadriyatlar   kirgan.   Renessans   xodisasining
o’zi davriy (siklli) to’lqinsimon tarqalish shaklida yoyilib borgan. 
Musulmon   renessansining   birinchi   to’lqini   Arab   Xalifaligida   VIII-XII
asrlarda tarqalgan. Bu asrlarda Ovrupada, aytaylik, Yer billur alpoq yopilgan,
dengiz o’rab turgan va yalpoq obinonga o’xshagan dunyo, degan tasavvurlar
hukm   surgan   bir   paytda   musulmon   Sharqi   mamlakatlarida   hozirgacha   qadr-
qimmatini   yo’qotmagan   falsafiy   va   tabiiy-ilmiy   g’oyalar,   ta’limotlar
yaratilgan.
Fan   tarixchisi   Dj.Sartonninining   ko’rsatishicha,   VIII   asr   boshida
ummaviya   xalifalaridan   Xalid   bin   Muaviya   «Falsafa   toshi»   ni   qidirib
xalifalikdan   voz   kechgan   va   o’zining   qolgan   umrini   fanlarni,   xususan,
kimyoni   o’rganishga   bag’ishlagan.   Andalluslik   Ibn   Firnas   mexanika   fani
bilan   shug’ullangan,   shisha   ishlab   chiqaradigan   korxona   qurgan,   metranom
ixtiro qilgan va hatto uchish apparatini yasashga uringan.
Buyuk   olim   Muhammad   Xorazmiy   algebra   faniga   asos   soldi.   Olim
chiziqli   kvadrat   tenglamalarni,   maydon   sathini   o’lchashning   ixcha,   oqilova
usullarini   ishlab   chidi.   Geografiyaga   oid   «Kitobu   surat   il   aro»   asarida
Xorazmiy   ko’p   yillar   davomidagi   kuzatishlarni   umumlashtirgan   holda
yerning   aholi   yashaydigan   joylarini   ko’rsatuvchi   xaritalar   tuzib,   har   bir
shaharning o’rnashgan joyi koordinatalarini ko’rsatib berdi. 
«Bayt   ul-xikma»   akademiyasida   Xorazmiy   o’zining   mashhur
astronomik   jadvallari   yoritilgan   «Zij»   ini   yozdi.   Bu   asar   37   bob   va   116
jadvaldan   iborat   mukammal   astronomik   asardir.   Xususan,   olim   Oy
tugunlarining   siljishi   masalasi   bilan   shug’ullanib,   uning   sutkalik   siljishining
kattaligi   3,20   yoy   minutiga   tengligini   ma’lum   qildi.   Hozirgi   ma’lumotlarga
ko’ra,   bu   kattalik   3,   18   yoy   minutiga   teng   bo’lib,   (xatolik   atigi   0,02   minut
atrofida),   xorazmiyning   kuzatishlari   va   hisoblari   juda   katta   aniqlikka   ega
bo’lganini ko’rsatadi.  Dj.Sarton o’zining «Fan tarixiga kirish» asarida (AQSh, Baltimor, 1927
yil).  IX  asrning   birinchi   yarmida   fan   taraqqiyotiga   nisbatan   Xorazmiy  davri
deb   ataydi.   Va   unga   «O’sha   davrning   eng   buyuk   matematigi   va   agar   o’sha
davrdagi   butun   vaziyatni   e’tiborga   olsak,   hamma   davrlarning   ham   buyuk
siymosidir» deb yuksak baho beradi. 
Qomusiy   olim   va   mutafakkir   Abu   Rayxon   Beruniy   150   dan   ortiq
asarlar   yozib   qoldirgan.   Tadqiqotchi   P.G.Bulgakov   tuzgan   ro’yxatga   ko’ra,
risolalar   quyidagicha   taqsimlanadi:   70-astronomiya,   20-matematika,   12-
matematik   geografika   va   geodeziya,   3-mineralogiya,   1-fizika,   1-
farmokologiya,   15-tarix   va   etngografiya,   4-falsafa,   18-adabiyotshunoslik,
tilshunoslik   va   bibliografiyadan   (kitobshunoslik)   hamda   boshqa   tillardan
tarjima qilingan risolalardan iborat bo’lgan. 
Beruniy fan falsafasi masalalari bilan ham shug’ullangan «Geodeziya»
asarida olim xayot uchun zarur bo’lgan ehtiyojlar ta’sirida fanlarning vujudga
kelgani va shu asosda sohalarga bo’linib ketganini ta’kidlab o’tadi. 
Beruniy   uchun   fanga   beg’araz,   ta’masiz   sodiqlik,   xormay-tolmay
haqiqatni izlash, o’rganilayotgan xodisaga obyektiv, tanqidiy yondashuv xos
bo’lgan.   Biron  bir  manbadan  foydalanar   ekan,  olim   o’sha   davrda  kam  amal
qilingan   qoidaga   binoan   har   doim   asar   va   uning   muallifini   ko’rsatgan.
Beruniyning   fikricha   ilmiy   faoliyatning   asosiy   tamoyili   tadqiqotchining
o’ziga   nisbatan   katta   talabchanligidir.   Olimni   o’zi   amal   qilgan   ilmiy   metod
nihoyatda  puxta  ishlab  chiqilgan  kuzatish,  eksperiment  o’tkazish  usullari  va
chuur nazariy tahlilni amalga oshirish birikmasini (sintezini) tashkil qiladi. U
o’zini   barcha   nazariy   mulohazalarini   mantiqan,   iloji   bo’lgan   paytda   esa
matematik isbot yo’li bilan asoslashga harakat qilgan.
«Kimki,   -   deydi   Beruniy,   -   izlanayotgan   narsani   mushohada,   hayol
qilish   emas,   balki   qonun   yordamida   topish   afzalligini   bilib   olsa,   u
chekinmasdan   dalil,   isbotlash   yo’lidan   boraveradi».   Shu   bois,   deb ta’kidlaydilar   matematik   olimlar   B.A.Rozenfenfeld   va   M.M.Rojenskaya,
ko’pchilik   O’rta   asr   risolalaridan   farqliroq   Beruniy   asarlarining   tuzilishi
hozirgi zamon ilmiy monografiyalar strukturasiga nihoyatda yaqin turadi.
Beruniy ijodi haqida qo’shimcha ma’lumot beradigan qimmatli manbaa
alloma va o’sha davr olimlari o’rtasidagi o’zaro xat yozishuv bo’lib, bizgacha
Ibn  Sino,  astronom  Sidnsizi  va  matematik  Abu-l Jukya  yozgan  xatlari  yetib
kelgan.
Alloma   o’z   davri   matematikasining   barcha   tarmoqlarida   faoliyat
ko’rsatib,   yangi   tushunchalar,   nazariyalar   va   masalalarni   yechish   usullarini
ishlab  chiqdi. Ibn  Sinoga yozgan  xatida  Beruniy tabiiyotshunoslikka  oid  bir
qator muammolar bilan barcha geometriyaning asosiy tushunchalari xususida
mulohaza   yuritadi.   Yevklid   ishlab   chiqqan   ta’limotdan   farq   qiladigan
g’oyalarni   aytib   o’tadi,   Pifagor   va   Yeron   teoremalarining   yangi   xil   isbotini
talqin qilib boradi. Uning fikricha, geometriya astronomiyaning jumboqlar va
tahminlar   jabhasidan   haqiqat   zaminiga   olib   chiqadi.   Astronomiya   sohasini
Beruniy o’zining asosiy mutaxassisligi deb hisoblagan. Olim aniq kuzatishlar
va matematik qayta ishlash yordamida Quyosh, yer va Oy harakati ularning
orbitalari o’lchamlarini belgilab berdi. 
Yulduzlar   ilmi   risolasida   Beruniy   antik,   Hind   va   Eron   avstrologlari
yaratgan   aqidalarni   tanqid   qiladi.   Astrologik   bashoratlarning   asossiz
ekanligini ko’rsatadi. Olim Yerning harakati haqidagi g’oyani rivojlantiradi.
Uning   fikricha,   Yerning   harakati   g’oyasini   qabul   qilish   astronomiyaga   putr
yetkazmaydi,   aksincha,   kuzatishlar   shundan   dalolat   beradiki,   barcha
astronomik xodisalar shu harakatga mos xolda amalga oshadi. 
Geografiya va geodeziya (yerni shakli va kattaligi haqidagi ilm sohasi)
fanlari   muammolarini   hal   qilishda   Beruniy   matematik   nazariya   va   usullarni
keng tadbiq qiladi. Olim 600 ta aholi yashaydigan joylardan iborat geografik
jadval   tuzadi,   Afrika   materigining   janub   tomonini   okean   suvlari   o’rashini asoslab   beradi,   Bering   bug’ozi   borligini,   katta   ishonch   bilan   tahmin   qiladi.
Beruniy   ishlab   chiqqan   dunyo   xaritasi   hozir   Londonda   Britaniya   muzeyida
saqlanmoqda. 
Geologiya   fani   sohasida   Beruniy,   hozir   ham   nazariy   as’hamiyatini
yo’qotmagan,   tog’larning   paydo   bo’lishi   haqidagi   ta’limotni   ishlab   chiqadi.
Bu   fan   bilan   bevosita   bog’langan   mineralogiya   ilmi   muammolarini   tadqiq
qilish   jarayonida   olim   birinchi   marta   va   katta   aniqlik   bilan   ko’p   metallar,
minerallar   va   suyuqliklarni   o’zi   yasagan   asbob   yordamida   solishtirma
og’irliklarni topadi. 
Kosmologiya   masalalari   xususida   Beruniy   Ibn   Sino   bilan   bahslashib
olamning   ko’pxilligi,   boshqacha   qilib   aytganda   ko’pxil   olamlar   mavjudligi
g’oyasini   olg’a   suradi.   Ibn   Sino   bu   fikrga   qo’shilmadi.   Beruniyning
ta’kidlashicha   koinotda   o’rab   turgan   olamdan   farq   qiluvchi   boshqa   olam
mavjud bo’lishi mumkin. Undagi narsa va moddalarning   xossalari   bizning
olamimizdagi     narsalar     xossasiga     o’xshaydi,   faqat   harakat   yo’nalishi
boshqacha   bo’ladi,   bir   olam   oraliqdagi   to’siq   tufayli   boshqasidan   ajralib
turadi. 
Beruniyning   keng   qamrovli   ijodidan   faqat   tabiiyotshunoslikka   oid
g’oyalar   va   nazariyalarini   ko’rib   chiqish   uning   buyuk   qomusiy   olim   va
mutafakkir   ekanligidan   dalolat   beradi.   Dj.Sarton   uning   ijodida   quyidagicha
baholaydi.   Beruniy   barcha   zamonlarning   eng   buyuk   olimi   bo’lib,   undagi
tanqidiy   ruh,   sabr-toqat,   haqiqatni   sevish   va   intellektual   dovyuraklikka
o’xshash xodisa o’rta asrda deyarli uchramaydi.
O’rta asrda yashab ijod etgan yirik olimlardan biri Abu Bakr ar-Roziy
(866-925) bo’lgan. U yoshligidan tabiiyotshunoslik ilmi, ayniqsa, kimyo fani
bilan   qiziqib   qoldi.   Hozir   uyida   kimyoviy   labarotoriya   ochgan.   Ko’p,
tajribalar   o’tkazgan.   Olim   azot   va   gugurt   kislotasini   kashf   etgan.   Yoshi   30
larga   yaqinlashganda   tibbiyot   ilmi   bilan   shug’ullana   boshlagan. Organizmdagi ruhiy va fiziologik jarayonlarning o’zaro aloqadorligini tadqiq
qilib yangi fanga – ruhiy tibbiyotga asos soldi.
O’z davrining buyuk qomusiy olimi, mutafakkiri Ibn Sino tabiiyot fani
va   uning   falsafiy   asoslari   xususida   chuqur   mulohazalar   yuritdi.   Bu
Aristotelning   umumiy   (falsafa)   va   maxsus   fanlar   o’rtasidagi   munosabat   va
aloqadorlik   haqidagi   g’oyasini   rivojlantirdi.   Ibn   Sinoning   fikricha   maxsus
fanning ko’pchilik qonunlari va tamoillari tadiot predmeti jihatidan yuqorida
turgan fan tomonidan tekshirildi. Lekin yuqorida turgan fan tamoyillari quyi
maxsus fan natijalari asosida tekshiriladi. 
Ilm   sohasida   Ibn   Sino   eksperimental   tadqiqot   va   determinizm
tamoyiliga asoslangan ilmiy rasionallik tarafdori bo’lgan. O’zining shoh asari
«Kitob   al-qonun   fittib»   da   Ibn   Sino   yozadi:   «Har   bir   xodisaning   mohiyati
uning sababini aniqlash yo’li bilan ochiladi». 
Obyektivlik   va   sababiyat   tamoyillariga   tayanib   tadqiqot   o’tkazish   Ibn
Sinoga   fanning   ko’p   sohalarida   kashfiyotlar   qilish   imkonini   berdi.   Odam
organizmi   tuzilishini   ifodalaganda   olim   qadimgi   rim   tabibi   Klavdiy
Galenning   (milodiy   131-201   y.)   fikrlariga   asoslanadi.   Lekin   o’zi   ko’p
yangiliklar   va   aniqliklar   kiritdi.   Masalan,   Galen   bilak   muskulini   faqat   bir
qorinli   muskul   deb   yozgan   edi.   Ibn   Sino   esa   uni   ikki   qorinli   ekanligini
ko’rsatib   bergan.   Ibn   Sino   nerv   sistemasining   anatomik   tuzilishi   haqida
tasavvurlarga   ham   aniqlik   kiritgan.   Masalan,   u   orqa   miya   bosh   miyaning
davomi ekanini ko’rsatib, unda sezuvchi, harakatlantiruvchi va aralash tolalar
borligini   krsatib   bergan.   Ibn   Sino   astronomiya   sohasida   ham   tadqiqot   olib
borgan.   Isfaxonda   o’zi   urgan   observatoriyada   olim   bir   necha   yil   davomida
Quyosh, Oy va yulduzlarni kuzatgan. Olimlar orasida birinchi bo’lib Quyosh
apogeyining harakatchan ekanligini ko’rsatgan. Ibn Sino o’zining astronomik
kuzatishlari   va   olib   borgan   tadqiqotlari   natijasini   «qisqartirilgan   almajistiy»
(«Talxiya-al-Madjistiy») deb nomlangan risolada bayon etgan.  Fan   tarixchilarining   ta’kidlashlaricha,   Ibn   Sino   O’rta   asr   Sharqda
birinchi   bo’lib   mexanika   fanining   predmeti,   mazmuni   va   vazifalarini
ko’rsatib   bergan,   bu   fanning   nazariy   asoslarini   ishlab   chiqdi.   O’zining
mexanika   ilmiga   oid   risolasida   Ibn   Sino   turli   mexanizmlar   tasnifini   bayon
etgan, shu tasnifning nazariy asosini tashkil qilgan tamoyillarni tahlil qilgan.
Ijtimoiy-ma’naviy   renessansning   ikkinchi   to’lqini   Turon   zaminida
XIX-XXI   asrlarda   bunyod   keldi   va   yuksaldi.   Bu   xodisani   yuzaga   keltirgan
sabab   temuriylar   davlatining  vujudga  kelishi  va   taraqqiy  etishi   bo’ldi.  Amir
Temur,   temuriylar   Abul   Qosim   Bobur,   Abu   Said,   Xusayn   Boyqaro,   Mirzo
Ulug’bek   hukmronlik   qilgan   davrlarda   Markaziy   Osiyoda   iqtisodiyot,
davlatchilik,   san’at,   madaniyat,   ma’naviyati   va   ma’rifat   har   tomonlama
rivojlandi. Bu jarayonning eng muhim va salohiyatli natijasi fanda Ulug’bek
maktabining   shakllanishi   bo’ldi.   Bu   maktabning   ko’zga   kringan   olimlari
Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi, Muyiniddin Al-Koshiy,
Nizomiddin   al-Birjandiy,   Mirim   Chalabiylar   edi.   Buyuk   ajdodimiz,   olim   va
mutafakkir,   davlat   arbobi   Muhammad   Tarag’ay   Ulug’bekning   ilmiy
faoliyatiga   falsafiy   baho   beradigan   bo’lsak,   unda   quyidagilarni   ko’o’rsatish
mumkin.   Ulug’bek   uzoq   yillar   mobaynida   saltanatni   boshqarish   bilan   ilm-
fanning   rivojiga   katta   e’tibor   berdi,   rasadxona   va   madrasalar   qurdirib,
xususan, astronomiya, matematika, tibbiyot, tarix, geografiya, falsafa ilmlari
sohasida   tadqiqotlarni   rag’batlantirdi.   Rasadxonada   amalga   oshirilgan   ko’p
yilgi kuzatishlarning yakuni sifatida o’z davri uchun eng mukammal bo’lgan
yulduzlar jadvalini – «Ziji jadidi Ko’ragoniy» ni yaratdi. Mirzo Ulug’bek bu
asarni qariyib 30 yil davomida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va astronomik
kuzatishlardan   so’ng   1444   yili   yozib   tugatgan.   Bu   asar   Yangi   davrda
Oksford, Parij, Amerika va Londonda tarjima qilinib, nashr etildi.
       «Ziji jadidi Ko’ragoniy» muqaddima, nazariy qism va to’rt bobdan
iborat:   1-bobda-   bir   qancha   xalqlar,   Yunon,   Eron,   Xitoy,   Markaziy   Osiyo xalqlari tomonidan qabul qilingan kalendarlar, 2-bobda-amaliy astronomiya,
3-bobda   –sayyoralar   harakati   va   4-bobda-ilmi   nujum   haqida   gap   boradi.
Asarda   astronomiya   fanining   yutuqlari   va   uzoq   yilgi   kuzatishlarni
umumlashtirish   asosida   yulduzlarning   joylashuvi,   harakati,   yil,   oy,   kecha,
kunduzning   tartibi   haqida   oldin   o’tgan   mashhur   astronomlar   –   Ptolomey,
Gipparx,   Sofi,   Tusiylarga   nisbatan   ancha   to’liq   mukammal   va   aniq
ma’lumotlar   beriladi.   Asarning   bosh   nazariy   qismida-   podsholiklar,
davlatlarning   o’tkinchi   ekanligi,   ilm   durdonalari,   haqiqatni   saqlanib   qolishi,
ilmli bo’lish inson uchun oliy fazilat ekanligi haqidagi fikr bayon etilgan. 
Ulug’bek   fanda   kuzatish   metodiga   va   ilmiy   asboblarning   roliga   katta
e’tibor   beradi.   Ilmiy   haqiqatni   aniqlashda   mantiqiy   usullar   bilan   birga,
matematik qoidalar asosida aniq tahlil qilish va hisoblash ahamiyatini alohida
ta’kidlaydi. 
Shunday qilib, O’rta asr musulmon Sharqi, jumladan, Markaziy Osiyo 
olimlari faoliyati jahon fani taraqqiyotini alohida, betakror bosqichi bo’ldi. 
Fand tarixiy va g’oyaviy vorislikni ta’minladi. Yangi nazariyalar tadqiqot 
usullari va vositalarini ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi ADABIYOTLAR
1. Бор Н.Атомная физика и человеческое познания. – М., 1961.
2. Томсон Д. Дух науки. – М., 1970.
3. Фейнмановские лекции по физике. – М., 1967.
4. Философские проблемы естествознания. – М., 1997.

TABIIY FANLARNING ASOSIY TARIXIY TIPLARI. Reja: 1. Tabiiy fanlarning eng qadimgi davri. 2. Antik fan. 3. O’rta as rva Renessans davri fani.

1. Tabiiy fanlarning eng qadimgi davri. Tabiat o’zining uzoq tarixiga ega. Tibbiyot haqidagi bilimlar qadim zamonlardayoq odamlarning turli xil ehtiyojlarini qondirgan. Xususan, bu bilimlar tevarak-atrofni tushunish, tabiyotdagi sikllar va xodisalar bilan ijtimoiy hayot jarayonlarini bog’langanligini belgilash, fasllar ketma-ketligi va tarixiy-madaniy, urf-odatlar o’rtasidagi bog’lanishni qayd qilish va o’rnatish uchun xizmat qilgan. Tabiiyot haqidagi arxaik ya’ni (eng qadimgi) bilimlar hali mifologik ong qobig’idan chiqmagan. Shunday bo’lsada, u davrda inson tabiiyot jarayonlari haqida uncha muncha aniqlik darajasidagi bilimlarga ega bo’lgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, ibtidoiy jamoa davrida yaratilgan tasvirlar va rivoyatlarda qadimgi kishilarnig astronomik, biologik, matematik bilimlari ifodalangan bo’lib, ular tabiyatdagi predmetlarning o’ziga xos shaklda bo’lsa ham to’g’ri in’ikosini bergan. Qadimgi Bobil podsholigida huquq, botanika, tibbiyot, minerologiya, kimyoviy dori-darmonlar tayyorlash qoidalari berilgan qo’llanmalar tuzilgan. Tarixshunoslar qadimgi Misrda ishlab chiqilgan tibbiyot bilimlarni «old fan» yoki «ilk fan» deb atashadi. Ularning (I.M.Diyakonov, M.A.Korostovsev va boshqalar) fikricha, bunday bilimlar bo’lmaganda tadqiqot usullari, tushunchalari va muammolariga ega bo’lgan haqiqiy fan vujudga kelmas edi. Qadimgi sharq sivilizasiyalarida yaratilgan tabiiyot ilmi hissiy, empirik shakl va darajadan yuqoriroq ko’tarilmadi, asosan, resepturali, ya’ni ma’lum natijani, yechimni qadam baqadam, ketma-ket belgilangan amallarni bajarish shaklidagi algoritmik xarakterga ega bo’lgan. 2. Antik fan. Tabiiyot bilimlarni keyingi taraqqiyoti qadimgi Yunon sivilizasiyasining rivojlanishi bilan bog’langan. Bu yerda, Sharqda amaliy –

resepturali harakterga ega bo’lgan tabiiyot ilmi nazariy bilim, fan darajasiga ko’tarildi. Shu sivilizasiyada o’ziga xos intellektual inqilob sodir bo’ldi. Bu inqilobning belgilari, uni keltirib chiqargan omillar quyidagilardir: 1) Mifologiyadan logosga, nazariy tafakkurga o’tish; 2) Old yoki ilk fan nazariy tizim xarakterga ega bo’lgan fanga aylanishi; 3) Tabiiyot va matematika oid tushunchalar va tamoyillar asoslanadigan, ularning isboti beriladigan bo’ldi; 4) G’oyalar, fikrlar raqobati, tafakkur erkinligi miqyosi keng bo’lishi va x.k. Shunday qilib, qadimgi Yunonistonda gnoseologik asosi bo’lgan nazariy tafakkur vujudga keldi. Shakllanayotgan nazariy tafakkur, bilim quyidagi xislatlarga ega bo’lgan: A) intersubyektivlik. Tushuncha va tamoyillarni turli subyektlar uchun aynan ma’noga mazmunga ega bo’lishi; B) tizimlilik . Nazariy bilimlarning unsurlari izchil o’zaro bog’langan tizim shaklida butunlikni tashkil qiladi; G) nazariy tafakkurning mantiqiylik va muammoli xislatining kuchayishi. Bu xislatlar o’z navbatida tabiatni rasionallik tamoyillari asosida tushunish va tushuntirish imkoniyatini beradi. Nazariy tafakkur ikki shaklda – falsafa va maxsus tabiiy-ilmiy bilimlar shaklida rivojlana boshlandi. Dastlabki paytlarda tabiiy ilmiy bilimlar falsafa tarkibida rivojlangan. Miloddan oldin V-IV asrlarda matematika, mexanika, fizika, biologiya va boshqa fanlar mustaqil taraqqiy etgan. Shu davrda falsafa va maxsus fanlar o’rtasida farq paydo bo’la boshlagan. Tabiiy-ilmiy bilimlar boshqa maqsad va yo’nalishga ega bo’la boshlaydi. «Antik davr uchun», - deb ta’kidlaydi

B.P.Yudin, - tabiiyot avvalambor tabiiyot qanday bo’lsa, shunday tadqiqot qilishdir». Tabiat haqida fikr yurituvchi faylasuflar tabiatdagi jarayonlarning mohiyati va sababini ilohiy kuchlarda, xudoda ko’rishgan. Platonning fikricha, olamni yaratgan xudo narsalarga harakat, tartibot, monandlik ato etgan. Aristotel boshqacha fikrda bo’lgan. Uning ta’kidlashicha tabiatdan tashqarida turgan mohiyatni metafizika, ya’ni falsafa o’rganishi kerak. Fizika fani tabiatdagi jarayonlarni tadqiq qilish lozim. Aytaylik, olamni harakatga keltiruvchi kuch haqida fizika emas, balki metafizika mulohaza yurgizishi kerak. Birlamchi harakatlantiruvchi kuch (pervodvigatel) yoki, boshqacha qilib aytganda, xudo olamga, tabiatga harakat bag’ishlaydi. Substansiya, cheksizlik, ruh, shakl kabi mohiyatlarni tabiiyot emas, balki falsafa, metafizika o’rganadi. Tabiatdagi predmetlarni, harakatni, o’zgarishlarni fizika tadqiq qiladi. Shu bilan birga Arsitotelning fizikasi tom ma’nodagi tabiiy-ilmiy bo’lmagan tushunchalarga tayanadi. Xususan, u oy osti olam (tabiat) va oy usti olam, mukammal harakat (doira) va nomukammal egrichiziqli harakat tushunchalarini ishlatadi. Ellinistik davrda matematika, mexanika, astronomiya, geografiya rivojlanadi. Falakiyotshunos sosigen olamning gomomarkazli (ya’ni bir, yagonamarkazli) sferalar ta’limotiga jiddiy e’tiroz bildirdi. Aristotel ishlab chiqqan bu ta’limotga ko’ra, olam gomomarkazli, sferalar (aylanma doiralar) tizimi bo’lib, uning markazida Yer joylashgan. Falakiyotshunosning vazifasi esa sayyoralarni bir maromdagi harakati tamoyiliga asoslanib tizimni shunday matematik tasvirini berish kerak-ki, unda planetalarni idrok qilishda

krinadigan harakat o’z aksini topishi lozim. Aristotel yaratgan ta’limotdan shunday uslubiy talab kelib chiqqan edi. Sosigenning e’tiroz bildirib aytishicha, bunday tasavvurga zid keladigan kuzatishlar natijasi shuni ko’rsatadiki, ko’p sayyoralarni yerga nisbatan masofalari o’zgarib turadi. Masalan, Venera va Marsning yorug’lik darajasi yaqinlashishi yoki uzoqlashishiga qarab o’zgarib turadi. Demak, ularning xarakatlari sferasi bir maromdagi chiziqni tashkil qilmaydi. Falakiyotshunos olim yana bir e’tiroz keltiradi. Quyosh tutilganda Oyni o’lchash imkoniyati paydo bladi. Ulchashlar shuni ko’rsatadiki, oyning diametri ham o’zgaruvchan soni beradi. Agar Oy va Quyosh o’rtasidagi masofa o’zgarmasdan bir xil bo’lganda, bunday natija kuzatilmagan bo’lar edi. Lekin, Sosigen kabi olimlarning e’tirozlari koinotni nomarkazli sferalar tizimi konsepsiyasidan voz kechishga olib kelmadi. E’tirozlar h-isobga olinganda Yer Olamning markazi emas, Yerning o’zi o’z o’qi atrofida va katta tizim doirasida, masalan, Quyosh atrofida harakat qilmoqda degan fikrga kelish mumkin edi. Antik tabiiyotshunosligida boshqa ilg’or ilmiy fikrlar ham olg’a surildi. Masalan, pifagorchi olim Filolayning fikricha, olamning markazida Olov – Gestiya joylashgan. Quyosh tiniq shishadan hosil bo’lgan – shar bo’lib, Gestiyadan nur va issiqlik oladi. Yer Gestiya astrofida aylanadi. Bu tizimda planetalarning Markaziy olovgacha masofasi bir xil, lekin ularning Yergacha bo’lgan masofasi (Yer markaziy olov atrofida aylangani bois) har xil bo’lishi mumkin. Boshqa pifagorchi olim Ekfantning g’oyasiga ko’ra, Yer o’z o’qi atrofida bir sutka davomida aylanadi. Bu fikrni Aristotelning zamondoshi Geraklid Pontiyskiy (miloddan oldin 288-315) ham bildirgan. Nihoyat matematik va falakiyotshunos Aristrax Samosskiy (m.oldin 310-230) birinchi bo’lib geosentrizm (quyosh markazi) g’oyasini olg’a surdi.