logo

YER SHARI IQLIM MINTAQALARI VA TIPLARI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.9599609375 KB
YER SHARI IQLIM MINTAQALARI VA TIPLARI
Reja:
1.Iqlimning yer hsarida namoyon bolishi
2.Yer shari iqlim mintaqalari.
3.Balandlik iqlim mintaqalari 1.Iqlimning yer sharida namoyon bo`lishi.  Iyul va yanvar izotermalari
kartalarini   qarab   chiqqanimizda   Erda   issiklik   taqsimlanishining   umumiy
xususiyatlarini etarli darajada to‘liq tushunib olamiz, bu izotermalar eng issiq
oy bilan eng sovuq oyning issiklik sharoitini ko‘rsatib beradi.
Quyidagi xulosalarga kelamiz:
1)Har   ikkala   yarim   sharda   qishda   ham,   yozda   ham   temperatura
ekvatordan   qutblarga   tomon   borgan   sari   pasaya   boradi   (chunki   Quyosh
radiatsiyasi shu tomonga qarab kamaya boradi);
2)janubiy   yarim   sharda   izotermalar   yo‘nalishi   shimoliy   yarim
shardagichalik egri-bugri emas, chunki shimoliy yarim shardagiga qaraganda
janubiy yarim sharda juda katta territoriyalarni okeanlar egallab yotadi;
3)bir xil geografik kengliklardagi materiklar shu kengliklarda joylashgan
okeanga nisbatan yozda issiqroq, qishda esa sovuqpoq bo‘ladi. Bunga sabab
shuki, suvning issiqlik sig‘imi katta, quruqlikning issiqlik sig‘imi esa kichik,
shunga ko‘ra suv quruqlikka qaraganda sekin isib, sekin soviydi;
4)Atlantika   okeani   bilan   Tinch   okeanning   shimoliy   qismlarida,   janubiy
yarim sharda esa Janubiy Amerikaning, Afrikaning va Avstraliyaning g‘arbiy
qirg‘oqlarida izotermalar ozmi-ko‘pmi shimolga burilgan. Janubdai shimolga
boruvchi   dengiz   oqimlari—   shimoliy   yarim   sharda   iliq   oqimlar,   janu biy
yarim   sharda   esa   sovuq   oqimlar   o‘sha   joylarda   izotermalarning   shimolga
burilishiga   sabab   bo‘lgandir.   Janubga   tomon   oqib   keladigan   sovuq   oqimlar
ta’siri   natijasida   Pireneya   yarim   oroli   yaqinida   va   SHimoliy   Amerikaning
g‘arbiy qirg‘og‘i bo‘ylab izotermalar janubga buriladi;
5)quruqlikdagiga   nisbatan   okean   yuzasining   hamma   joyida   havo
temperaturasi kam o‘zgaradi;
6)qish temperaturasi bilan yoz temperaturasi eng kam farq qiladigan joy
tropik mintaqlar; tropik mintaqadan har ikkala qutbga tomon borgan sari bu
farq ortib boradi; 7)har   ikkala   yarim   sharda   ham   yozda   eng   issiq   temperatura   ekvatorda
emas, balki tropiklarda (cho‘llar oblastida) bo‘ladi, chunki bu vaqtda Quyosh
tropikda   va   tropik   yaqinida   qoq   tepada   (zenitda)   turadi.   Er   sharida   iyul
oyining   eng   yuqori   temperaturasi   (56,7°)   Ajal   Vodiysida   (Kaliforniya),
yanvar oyining eng past temperaturasi (—68°) Verxoyanskda qayd qilinganq.
Er sharida issiqlikning taqsimlanishiga geografik kenglik, quruqlik bilan
dengizning   joylashishi,   dengiz   va   havo   oqimlarining   ta’sir   etishi   ko‘rinib
turibdi. YAna joyning relefi va dengiz sathidan balandligi kabi bir-biri bilan
bog‘langan faktorlarni ham hisobga olish kerak, chunki balandga ko‘tarilgan
sari   temperatura   pasayadi,   relef   harakteri   esa   iliq   va   sovuq   havo
massalarining harakatini osonlashtiradi yoki qiyinlashtiradi.
Yil   fasllarining   almashib   turishi   to‘g‘risida   yuqorida   keltirilgan
ma’lumotlarning   o‘ziyoq   Er   sharidagi   issiqlik   mintaqalarini   umumiy   tarzda
aniqlashga   imkon   beradi.   Ikkala   tropik   orasidagi   mintaqada   Quyosh   nurlari
tush  paytida hamma vaqt katta burchak bilan tushadi, Quyosh  bir yilda ikki
marta   zenitda   turadi,   tun   bilan   kun   o‘rtasidagi   farq   katta   emas,   yiliga
keladigan issiqlik miqdori ko‘p va yil bo‘yi ancha bir me’yorda kelib turadi.
Bu—issiq mintaqa.
Qutblar bilan qutb doiralari orasidagi oblastlarda kun bilan tun sutkadan
uzoq bo‘lishi mumkin. Uzoq davom etadigan qish kechalari nihoyatda sovuq
bo‘ladi   (chunki   issikliq   butunlay   kelmaydi),   uzoq   davom   etadigan   yoz
kunlarida   esa   Quyosh   gorizontdan   u   qadar   baland   ko‘tarilmaganligidan,
radiatsiyani   qor   va   muz   qaytarganligidan   hamda   qor   bilan   muzni   eritish
uchun issiqlik sarf bo‘lganligidan havo ko‘p ilimaydi. Bu — sovuq mintaqa. 
Tropiklar bilan qutb doiralari orasida o‘rtacha (mo‘‘tadil) mintaqalar bor.
Bu mintaqalarda Quyosh yozda baland ko‘tarilib, qishda tast turadi, shuning
uchun temperatura yil bo‘yi ancha keskin o‘zgarib turadi. Erning   turli   geografik   kengliklarda   issiqlik   olish   xususiyatlarigagina
asoslanib,   Erni   bunday   issiqlik   mintaqalariga   bo‘lish   mukammal   emas,
chunki   bunda   issiqlikni   qayta   taqsimlovchi   boshqa   faktorlar   e’tiborga
olinmaydi.   SHunga   ko‘ra,   issiqlik   mintaqalarining   chegaralari   qilib
astronomik   chiziqlarni   (tropiklar   va   qutb   doiralarini)   emas,   balki   ma’lum
izotermalarni   olish,   masalan,   yillik   temperaturalar   amplitudalari   (eng   sovuq
oy   bilan   eng   issiq   oyning   o‘rtacha   temperaturalari   o‘rtasidagi   farq)   kichik
bo‘lgan   mintaqa   uchun   yillik   izotermalarni,   temperaturalari   yil   bo‘yi   keskin
o‘zgarib   turadigan   mintaqalar   uchun   eng   issiq   oyning   izotermalarini   olish
ancha to‘g‘riroqdir.
SHy   prinsipni   e’tiborga   olib,   Er   sharini   quyidagi   ettita   issiqlik
mintaqasiga bo‘lish mumkin:
1)Har   ikkala   yarim   sharda   ham   +200   li   yillik   izoterma   bilan
chegaralanadigan   iliq   yoki   issiq   mintaqa;   bu   izoterma   30   shimoliy   va   30-
janubiy parallellar yaqinidan o‘tadi.
2-3)ikkita o‘rtacha mintaqa; bu mintaqalar har ikkala yarim sharda yillik
izoterma   bilan   eng   issiq   oyning   +100   li   izotermasi   orasida   joylashgan
(shimoliy yarim sharda eng issiq oy—iyul, janubiy yarim sharda eng issiq oy
— yanvar);
4—5) ikkita sovuq mintaqa; bu mintaqalar har ikkala yarim sharda ham
eng issiq oyning +10° va 0° li izotermalari orasidadir;
6—7) ikkita doimiy sovuq oblast, bu oblastlarda eng issiq oyning 
temperaturasi 0 dan past bo‘ladi. SHimoliy yarim sharda bunday oblastga 
Grenlandiyaning ichki qismi (qutb atroflari ham kirsa kerak); janubiy yarim 
sharda esa 60-paralleldan janubdagi hamma joylar kiradi. 
2.Yer   shari   iqlim   mintaqalari.   Yer   yuzasida   haroratning   notekis
taqsimlanishi   natijasida   iqlim   mintaqalari   vujudga   keladi.   Yer   yuzasida
asosiy va oraliq iqlim mintaqalari hosil boiadi. Asosiy iqlim mintaqalarida yil bo‘yi   bir   xil   havo   massalari   hukmron   bo‘ladi.   Oraliq   iqlim   mintaqalarida
havo   massalari   fasllar   bo‘yicha   o‘zgarib   turadi.   Geografik   qobiqda   13   ta
iqlim   mintaqasi   ajratiladi:   ekvatorial,   ikkita   subekvatorial,   ikkita   tropik,
ikkita   subtropik,   ikkita   mo‘tadil,   subarktika   va   subantarktika,   arktika   va
antarktika.
Yekvatoril   iqlim   mintaqasi.   Ekvatordan   har   ikki   tomondagi   5-10°
kengliklarni o‘z ichiga oladi. Mazkur mintaqada yil davomida doimo harorat
va   namlik   yuqori   bo‘ladi.   Havo   harorati   24°Cdan   28°Cga   o‘zgaradi.Yiliga
1000-2000mm yog‘in yog‘adi. Ko‘pincha havo issiq hamda rutubatli bo‘lib,
tez-tez   momaqaldiroq   turib,   jala   quyadi   (Amazonka   havzasining   g‘arbiy
qismi, Kongo havzasi, Malayya to‘plam orollari).
Mazkur   iqlim   quyidagi   omillar   ta’sirida   tarkib   topadi:   a)   yil   bo‘yi
issiqlik   balansi   yuqori.   Bu   yerda   Quyosh   radioatsiyasining   60%   dan   75%
gacha   bo‘lgan   qismi,   ya’ni   yiliga   80-120   kkal/sm 2
  issiqlik   sarf   bo‘ladi;   b)
atmosferaning   10-12   kmli   qalin   qismida   havo   massalarining   issiqlik
konveksiyasi   uzluksiz   davom   etadi.   Issiqlikning   75%   i   bug‘lanishga
sarflanganligi   tufayli   harorat   uncha   baland   bo‘lmaydi.   Kechasi   havo   sovib,
bug‘hosil   bo‘lishiga   ketgan   yashirin   issiqlik   ajralib   chiqishi   tufayli   sutkalik
harorat   farqi   katta   emas.   Tuproqning   juda   sernamligi,   o‘simliklarning
qalinligi,  daryolarning  juda  ko‘pligi  ham  haroratning  bir  me’yorda  turishiga
yordam beradi. Havoning mutlaq namligi 30 g/sm 3
  gacha, nisbiy namlik 70-
90%   ga   boradi.   Bulutlik   ancha   katta,   to‘p-to‘p   va   to‘p-to‘p   momaqaldiroqli
bulutlar   ko‘pchilikni   tashkil   etadi.   Daryo   tarmoqlari   zich,   sersuv.   Okean   va
materik iqlimi bir xil.
Subekvatoril   iqlim   mintaqasi.   Havo   massalari   mavsumga   qarab
o‘zgaradi.   Yozda   ekvatorial   havo   massalari,   qishda   tropik   havo   massalari
kirib   keladi.   Yozda   ekvatorial   havo   massalari   kirib   kelgani   uchun   mo‘l
yomg‘ir   yog‘adi.   Qishda   esa   tropik   havo   massalari   kirib   keladi,   shuning uchun   qish   quruq   va   yog‘insiz   bo‘ladi,   harorati   yoznikidan   deyarli   farq
qilmaydi.   Materiklaming   ichki   qismlarida   1000-1500   mm,   mussonlarga
ro‘para tog‘ yonbag‘irlarida yillik yog‘in miqdori 5000-10000 mm.ga yetadi.
Yog‘inlar   asosan   yozda   yog‘adi.   Qish   quruq   bo‘lib   havo   ochiq   bo‘ladi.
Subekvatorial   iqlim   mintaqasi   ekvatorial   iqlim   mintaqasiga   nisbatan   katta
maydoni   egallab,   ekvatorial   iqlim   mintaqasini   har   tomondan   halqa   sifatida
o‘rab   turadi.   Ushbu   iqlim   mintaqasiga   Janubiy   Amerikada   Gviana   va
Braziliya tog‘liklari, Markaziy Afrikaning Kongo daryosi havzasidan shimol,
sharq   va   janubdagi   qismi,   Hindiston,   Hindixitoy   va   Shimoliy   Avstraliya
kiradi.
Tropik iqlim mintaqasi. Har ikkala yarim sharda joylashgan.   Havo   ko‘p
vaqt   ochiq   bo‘ladi .   Qish   iliq   bo‘lsa   ham ,   yozdan   ko‘ra   ancha   salqin   bo‘ladi .
Mazkur   iqlim   mintaqasi   doirasida   uch   xil   iqlim   turi   vujudga   kelgan:
materiklar markazidagi, materiklaming g‘arbiy chekkasi va sharqiy sohildagi
iqlim.
Materiklaming   markaziy   qismlarida   cho‘l   iqlimi   vujudga   kelgan  ( Sahroi
Kabir ,  Arabiston ,  Taar   cho‘li   va   Avstraliya ). Havo bulutsiz bo‘lganligidan bu
yerda Quyosh issiqligi ekvatordagiga qaraganda katta bo‘ladi, biroq qumning
nurni   qaytarishi   katta   bo‘lgani   uchun   radiatsiya   balansi   60   kkal/sm 2
dan
oshmaydi.   Cho‘llaming   yuzasi   quruq   bo‘lganidan   bug‘lanishga   kam   issiqlik
sarflanadi,   natijada   issiqlikning   70%   atmosferaga   o‘tadi.   Shu   sababli
cho‘llarda   yoz   jazirama   bo‘ladi ,   juda   katta   hududni   30°C li   izoterma   o‘rab
turadi .   Iyulning   o‘rtacha   harorati   36,3°C   (Barbera),   hatto   39°C   gacha   (Ajal
vodiysi)   yetadi.   Havoning   sutkalik   farqi   katta   (70°),   qum   yuzasida   80°   ga
yetadi.
Subtropik  iqlim mintaqasi. Shimoliy  va  janubiy yarim  sharlarda  30° va
40°   kengliklar   oralig‘idagi   hududlarni   o‘z   ichiga   oladi.   Uning   chegaralari
qutbiy   frontining   shimoliy   va   janubiy   chegaralari   bilan   aniqlanadi.   Yozda qutbiy   front   shimolga,   o‘rta   kengliklarga   siljiganda   subtropik   mintaqaning
hamma   qismlarida   subtropik   antitsiklonning   issiq   va   quruq   tropik   havosi
hukmron   bo‘ladi.   Qishda   qutbiy   front   janubga   siljigan   paytda   mazkur
mintaqada   salqin   va   nam   mo‘tadil   havo   massalari   hukmron   bo‘ladi.   Eng
sovuq   oyning   harorati   musbat   bo‘ladi,   shuning   uchun   o‘simliklar
vegetatsiyasi yil bo‘yi davom etadi.
Subtropik   iqlim   mintaqasida   to‘rtta   iqlim   turi   ajratiladi:   materiklarning
ichki qismidagi arid, O‘rta dengiz, musson va okean iqlimlari.
Materiklarning ichki qismlaridagi subtropik arid iqlim uchun jazirama va
quruq   yoz   xos   (iyulning   o‘rtacha   harorati   30-32°C).   Haroratning   mutlaq
maksimumi   tropik   cho‘llarnikidan   farq   qilmaydi.   Ajal   vodiysida   (AQSH,
Kaliforniya shtati) harorat 56,7°C ga ko‘tarilgan. Yillik yog‘in miqdori 250-
100   mm.   Termizda   esa   bulutsiz   kunlar   207   kun   davom   etadi,   bulutli   kunlar
esa   37   kungina.     Shuning   uchun   bu   yerda   cho‘llar   va   chala   cho‘llar   keng
tarqalgan.
O‘rta dengiz iqlimi yozi issiq va quruq, qishi iliq va yomg‘irli. Mazkur
iqlim   turi   O‘rta   dengiz   sohillarida,   AQShning   Tinch   okean   sohillarida
(janubi-g‘arbida),   Avstraliyaning   janubi-g‘arbida,   Chilida,   Qrimning
janubida tarqalgan.
Subtropik   musson   iqlimi   Osiyo   va   Shimoliy   Amerikaning   sharqiy
qismlarida   tarkib   topadi.   Qutbiy   front   janubga   katta   masofada   kirib   boradi.
Shuning uchun subtropik kengliklar sovuq va quruq mo‘tadil havo massalari
bilan   ishg‘ol   qilinadi.   Qish   sovuq   va   quruq   bo‘ladi.   Yozda   esa   mazkur
hududlarga   okeandan   nam   tropik   havosi   kirib   keladi   va   kuchli   yomg‘ir
yog‘ishiga   sabab   bo‘ladi.   Pekinda   yillik   yog‘in   612   mm,   ammo   dekabrda   2
mm, iyulda 235 mm yog‘in yog‘adi. Subtropik   okean   iqlimi   yumshoq   va   nisbatan   namroq.   Yozda   havo
musaffo,   qishda   esa   yomg‘irli   va   shamolli   bo‘ladi.   Mazkur   iqlim
okeanlaming subtropik kengliklarida tarqalgan.
Mo‘tadil   mintaqa   har   ikkala   yarim   shaming   40   va   65°   kengliklari
oralig‘idagi   hududlarni   o‘z   ichiga   oladi.   Mazkur     iqlimning   eng   muhim
xususiyatlari   yil   davomida   mo‘tadil   havo   massalarining   va   g‘arbiy
shamollarning hukmronligi, siklonlar harakatining faolligi, iliq yoz va sovuq
qish,   qalin   qor   qoplami,   okeanlarda   esa   suzib   yuruvchi   muzlarning
ko‘pligidir. Haroratning o‘rtacha farqi shimolda 29°C, janubda 12°C.
Mo‘tadil   iqlim   doirasida   ham   to‘rtta   iqlim   turi   ajratiladi:materik
ichkarisidagi kontinental, materik sohillaridagi yumshoq (dengiz), musson va
okean iqlimlari.
Materik   ichkarisidagi   kontinental   iqlim   Yevrosiy   va   Shimoliy
Amerikada   keng   tarqalgan.   Yoz   iliq   (shimolda)   va   issiq(janubda).   Qish
sovuq,   qor   qoplami   qalin.   Sharqiy   Sibirda   yanvaming   o‘rtacha   harorati   -
40°C   ga   tushadi.   Yillik   harorat   farqi   60°   va   undan   yuqoriroq.   Atmosfera
yog‘inlarining   miqdori   ko‘p   emas.   Shimolda   yog‘inlar   bug‘lanishdan   ko‘p,
janubda   esa   bug‘lanish   yog‘in   miqdoridan   ortiq.   Yog‘inlar   yil   davomida
yog‘adi,   ammo   ularning   ancha   qismi   shimolda   qishda   yog‘sa,   janubda   esa
bahorga   to‘g‘ri   keladi.   Shuning   uchun   o‘rmonlar   janubda   cho‘l   bilan
almashinadi.
Materiklar   chekkalaridagi   yumshoq   (“dengiz”)   iqlim   Yevrosiyo   va
Shimoliy   Amerikaning   g‘arbiy   qirg‘oqlarida   tarkib   topgan.   Yil   davomida
okeandan   nam   g‘arbiy   shamollar   esib   turadi.   G‘arbiy   shamollar   qishda   iliq,
yozda salqin bo‘ladi, yanvarning o‘rtacha   harorati 0°C atrofida, doimiy qor
qoplami hosil bo‘lmaydi.   Yog‘in miqdori ko‘proq va yil davomida bir tekis
taqsimlangan. Bu yerda keng bargli o‘rmonlar yaxshi rivojlangan. Mo’tadil   musson   iqlimi.Yevrosiyoning   Tinch   okean   sohillarida
tarqalgan (shimoli-sharqiy Xitoy, Yaponiya, Rossiyaning Primore o‘lkasi va
Saxalin).   Yoz   seryog‘in ,   qish   sovuq ,   qor   qoplami   qalin .   Yog‘inlarning   85-
95%  i   yozga   to‘g‘ri   keladi .
Mo‘tadil   okean   iqlimi   sernam ,   bulutli ,   harorat   farqlari   kam ,   g‘arbiy
shamollar   hukmron .  Janubiy   yarim   sharda   g‘arbiy   shamollarning   tezligi   10-
15 m/sek.
Subarktika va Subantarktika iqlim mintaqalari.   Yil davomida muz bilan
qoplanib yotadi. Yog‘inlar kam, fasllar bo‘yicha haroratning farqi katta. Yozi
salqin, tuman bo‘lib turadi. Quyidagi iqlim turlari ajratiladi: a) qishi nisbatan
iliq   iqlim   (Bofort   dengizi   sohili,   Baffin   Yeri,   Severnaya   Zemlya,   Novaya
Zemlya, Shpitsbergen orollari, Taymir, Yamal yarimorollari);
b)   qishi   sovuq   iqlim   (Kanada   ko‘plab   orollari,   Novaya   Sibir   orollari,
Sharqiy Sibir va Laptevlar dengizi sohillari); d) qishi juda sovuq iqlim. Yoz
harorati 0° dan past iqlim (Grenlandiya, Antarktida). 
Qutblar   yaqinida   qutbiy   zona   iqlimi   yaqqol   namoyan   bo‘lgan.   Qutb
doirasida   qishda   qutb   kechasi   va   yozda   qutb   kuni   (quyosh   gorizontdan
ko‘tarilmaydi)   boladi   va   bu   bir   necha   haftadan   bir   necha   oygacha   davom
etadi.  Harorat juda past. Grunt doimiy muzloqlardan iborat. 
Jumladan,   er   yuzasining   quruqlik   yoki   suvdan   iborat   ekanligi   Havo
massalariga  kuchli  ta’sir  etib,  iqlimning  ikki  asosiy  tipi  —  dengiz  iqlimi  va
kontinental   iqlim   hosil   bo‘ladi.   Dengiz   iqlimi   yog‘inning   ko‘pligi,   havo
temperaturasining   yillik   hamda   sutkalik   amplitudasining   kichikligi   bilan,
kontinental   iqlim   esa   yog‘inning   kamligi,   havo   temperaturasining   yillik
hamda sutkalik amplitudasining kattaligi bilan farq qiladi.
3 . B a l a n d l i k   i q l i m   m i n t a q a l a r i .   Balandlik   iqlim   mintaqalari.   Troposferada   yuqoriga   ko‘tarilgan   sari
harorat pasayib boradi. Chunki atmosfera qatlamlari issiqlikni Yer yuzasidan
oladi.
Yer  yuzasining  relefi  yetarli   darajada  baland   bo‘lgan  joylarda  yuqoriga
ko‘tarilgan   sari   harorat   pasaya   borishi   natijasidabalandlik   iqlim   mintaqalari
hosil bo‘ladi.
Iqlim   zonalariga   bo‘lishda   issiqlikning   gorizontal   taqsimlanishi   asos
qilib   olinadi;   issiqlikning   bunday   gorizontal   taqsimlanishi   dastlab   shunga
bog‘liqki,   Quyosh   nurlarining   er   yuzasiga   tushish   burchagi   ekvatordan
qutblarga   tomon   qonuniy   ravishda   kichraya   boradi.   Ammo   troposferada
yuqoriga ko‘tarilgan sari ham temperatura pasaya boradi, bunga sabab shuki,
atmosfera   qatlamlari   o‘zlarini   qizitadigan   bevosita   manbadan-er   yuzasidan
uzoqlasha boradi. SHu bilan birga yuqoriga ko‘tarilgan sari temperaturaning
pasayishi   (har   kilometrda   o‘rta   hisob   bilan   6°)   ekvatordan   qutblarga   tomon
temperaturaning   kamayishiga   nisbatan   juda   tez   ro‘y   beradi   (shimoliy   yarim
sharda har bir gradus kenglikda temperatura o‘rta hisob bilan 0,6° pasayadi).
Er yuzasidan 1 km balandga ko‘tarilganda temperatura qancha o‘zgarsa, Erda
meridian   bo‘ylab   1300   km   dan   ko‘proq   yurilganda   shuncha   o‘zgaradi.
Boshqacha   qilib   aytganda,   ekvator   bilan   qutb   orasida   ro‘y   beradigan   butun
temperatura o‘zgarishlarini ekvatorial oblastda joylashgan va balandligi 7—8
km   keladigan   tog‘   tizmasining   etagidan   qirrasigacha   ro‘y   beradigan
temperatura o‘zgarishlariga o‘xshatish mumkin.
SHunday   qilib,   er   yuzasining   relef   etarli   darajada   baland   bo‘lgan
joylarida   yuqoriga   ko‘tarilgan   sari   temperaturaning   tez   pasaya   borishi
vertikal iqlim mintaqalari hosil qiladi. Relefiing issiqlikka, havo harakatlariga
va   yog‘inlarga   ta’siri   tog‘li   o‘lkalarning   iqlimi   tevarak-atrofdagi   tekis
joylarning   iqlimidan   umuman   farq   qilibgina   qolmasdan,   balki   tog‘li
o‘lkalarning   iqlimi   kichikroq   territoriyada   ham   juda   xilma-xil   ekanligini tushunishga yordam beradi. Bir tizma tog‘ning bir xil balandlikdagi qarama-
qarshi   yon   bag‘irlari,   turli   ekspozitsiyadagi   tog‘   vodiylari,   yassi   tog‘
massivlari   va   xuddi   shunday   balandlikdagi   o‘tkir   cho‘qqilar-   bo‘larning
hammasi   turlicha   isiydi,   u   erlarda   namgarchilik,   havo   sirqo‘lyasiyasi
turlichadir.   Bundan   tashqari,   bir   yonbag‘irning   turlicha   balandlikdagi
qismlari   turlicha   yorug‘lik,   turlicha   nam   oladi,   turlicha   isiydi,   bu   hol
iqlimlarning vertikal differensiyalanishiga olib keladi. Adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук   К.И.,   Боков   В.А.   Черванов   И.Г.   Общее   землеведение.   -М.:
Высшая школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World Regional Geography (This text was adapted by The Saylor Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0
License   without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or
licensee).     www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   
Geography. 2010.
10. Robert   E.   Gabler,   James   F.   Petersen,   L.   Michael   Trapasso.   Essentials   of
Physical   Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson,   the   Star   logo,   and   Brooks/Cole   are   trademarks   used
herein under license.

YER SHARI IQLIM MINTAQALARI VA TIPLARI Reja: 1.Iqlimning yer hsarida namoyon bolishi 2.Yer shari iqlim mintaqalari. 3.Balandlik iqlim mintaqalari

1.Iqlimning yer sharida namoyon bo`lishi. Iyul va yanvar izotermalari kartalarini qarab chiqqanimizda Erda issiklik taqsimlanishining umumiy xususiyatlarini etarli darajada to‘liq tushunib olamiz, bu izotermalar eng issiq oy bilan eng sovuq oyning issiklik sharoitini ko‘rsatib beradi. Quyidagi xulosalarga kelamiz: 1)Har ikkala yarim sharda qishda ham, yozda ham temperatura ekvatordan qutblarga tomon borgan sari pasaya boradi (chunki Quyosh radiatsiyasi shu tomonga qarab kamaya boradi); 2)janubiy yarim sharda izotermalar yo‘nalishi shimoliy yarim shardagichalik egri-bugri emas, chunki shimoliy yarim shardagiga qaraganda janubiy yarim sharda juda katta territoriyalarni okeanlar egallab yotadi; 3)bir xil geografik kengliklardagi materiklar shu kengliklarda joylashgan okeanga nisbatan yozda issiqroq, qishda esa sovuqpoq bo‘ladi. Bunga sabab shuki, suvning issiqlik sig‘imi katta, quruqlikning issiqlik sig‘imi esa kichik, shunga ko‘ra suv quruqlikka qaraganda sekin isib, sekin soviydi; 4)Atlantika okeani bilan Tinch okeanning shimoliy qismlarida, janubiy yarim sharda esa Janubiy Amerikaning, Afrikaning va Avstraliyaning g‘arbiy qirg‘oqlarida izotermalar ozmi-ko‘pmi shimolga burilgan. Janubdai shimolga boruvchi dengiz oqimlari— shimoliy yarim sharda iliq oqimlar, janu biy yarim sharda esa sovuq oqimlar o‘sha joylarda izotermalarning shimolga burilishiga sabab bo‘lgandir. Janubga tomon oqib keladigan sovuq oqimlar ta’siri natijasida Pireneya yarim oroli yaqinida va SHimoliy Amerikaning g‘arbiy qirg‘og‘i bo‘ylab izotermalar janubga buriladi; 5)quruqlikdagiga nisbatan okean yuzasining hamma joyida havo temperaturasi kam o‘zgaradi; 6)qish temperaturasi bilan yoz temperaturasi eng kam farq qiladigan joy tropik mintaqlar; tropik mintaqadan har ikkala qutbga tomon borgan sari bu farq ortib boradi;

7)har ikkala yarim sharda ham yozda eng issiq temperatura ekvatorda emas, balki tropiklarda (cho‘llar oblastida) bo‘ladi, chunki bu vaqtda Quyosh tropikda va tropik yaqinida qoq tepada (zenitda) turadi. Er sharida iyul oyining eng yuqori temperaturasi (56,7°) Ajal Vodiysida (Kaliforniya), yanvar oyining eng past temperaturasi (—68°) Verxoyanskda qayd qilinganq. Er sharida issiqlikning taqsimlanishiga geografik kenglik, quruqlik bilan dengizning joylashishi, dengiz va havo oqimlarining ta’sir etishi ko‘rinib turibdi. YAna joyning relefi va dengiz sathidan balandligi kabi bir-biri bilan bog‘langan faktorlarni ham hisobga olish kerak, chunki balandga ko‘tarilgan sari temperatura pasayadi, relef harakteri esa iliq va sovuq havo massalarining harakatini osonlashtiradi yoki qiyinlashtiradi. Yil fasllarining almashib turishi to‘g‘risida yuqorida keltirilgan ma’lumotlarning o‘ziyoq Er sharidagi issiqlik mintaqalarini umumiy tarzda aniqlashga imkon beradi. Ikkala tropik orasidagi mintaqada Quyosh nurlari tush paytida hamma vaqt katta burchak bilan tushadi, Quyosh bir yilda ikki marta zenitda turadi, tun bilan kun o‘rtasidagi farq katta emas, yiliga keladigan issiqlik miqdori ko‘p va yil bo‘yi ancha bir me’yorda kelib turadi. Bu—issiq mintaqa. Qutblar bilan qutb doiralari orasidagi oblastlarda kun bilan tun sutkadan uzoq bo‘lishi mumkin. Uzoq davom etadigan qish kechalari nihoyatda sovuq bo‘ladi (chunki issikliq butunlay kelmaydi), uzoq davom etadigan yoz kunlarida esa Quyosh gorizontdan u qadar baland ko‘tarilmaganligidan, radiatsiyani qor va muz qaytarganligidan hamda qor bilan muzni eritish uchun issiqlik sarf bo‘lganligidan havo ko‘p ilimaydi. Bu — sovuq mintaqa. Tropiklar bilan qutb doiralari orasida o‘rtacha (mo‘‘tadil) mintaqalar bor. Bu mintaqalarda Quyosh yozda baland ko‘tarilib, qishda tast turadi, shuning uchun temperatura yil bo‘yi ancha keskin o‘zgarib turadi.

Erning turli geografik kengliklarda issiqlik olish xususiyatlarigagina asoslanib, Erni bunday issiqlik mintaqalariga bo‘lish mukammal emas, chunki bunda issiqlikni qayta taqsimlovchi boshqa faktorlar e’tiborga olinmaydi. SHunga ko‘ra, issiqlik mintaqalarining chegaralari qilib astronomik chiziqlarni (tropiklar va qutb doiralarini) emas, balki ma’lum izotermalarni olish, masalan, yillik temperaturalar amplitudalari (eng sovuq oy bilan eng issiq oyning o‘rtacha temperaturalari o‘rtasidagi farq) kichik bo‘lgan mintaqa uchun yillik izotermalarni, temperaturalari yil bo‘yi keskin o‘zgarib turadigan mintaqalar uchun eng issiq oyning izotermalarini olish ancha to‘g‘riroqdir. SHy prinsipni e’tiborga olib, Er sharini quyidagi ettita issiqlik mintaqasiga bo‘lish mumkin: 1)Har ikkala yarim sharda ham +200 li yillik izoterma bilan chegaralanadigan iliq yoki issiq mintaqa; bu izoterma 30 shimoliy va 30- janubiy parallellar yaqinidan o‘tadi. 2-3)ikkita o‘rtacha mintaqa; bu mintaqalar har ikkala yarim sharda yillik izoterma bilan eng issiq oyning +100 li izotermasi orasida joylashgan (shimoliy yarim sharda eng issiq oy—iyul, janubiy yarim sharda eng issiq oy — yanvar); 4—5) ikkita sovuq mintaqa; bu mintaqalar har ikkala yarim sharda ham eng issiq oyning +10° va 0° li izotermalari orasidadir; 6—7) ikkita doimiy sovuq oblast, bu oblastlarda eng issiq oyning temperaturasi 0 dan past bo‘ladi. SHimoliy yarim sharda bunday oblastga Grenlandiyaning ichki qismi (qutb atroflari ham kirsa kerak); janubiy yarim sharda esa 60-paralleldan janubdagi hamma joylar kiradi. 2.Yer shari iqlim mintaqalari. Yer yuzasida haroratning notekis taqsimlanishi natijasida iqlim mintaqalari vujudga keladi. Yer yuzasida asosiy va oraliq iqlim mintaqalari hosil boiadi. Asosiy iqlim mintaqalarida yil

bo‘yi bir xil havo massalari hukmron bo‘ladi. Oraliq iqlim mintaqalarida havo massalari fasllar bo‘yicha o‘zgarib turadi. Geografik qobiqda 13 ta iqlim mintaqasi ajratiladi: ekvatorial, ikkita subekvatorial, ikkita tropik, ikkita subtropik, ikkita mo‘tadil, subarktika va subantarktika, arktika va antarktika. Yekvatoril iqlim mintaqasi. Ekvatordan har ikki tomondagi 5-10° kengliklarni o‘z ichiga oladi. Mazkur mintaqada yil davomida doimo harorat va namlik yuqori bo‘ladi. Havo harorati 24°Cdan 28°Cga o‘zgaradi.Yiliga 1000-2000mm yog‘in yog‘adi. Ko‘pincha havo issiq hamda rutubatli bo‘lib, tez-tez momaqaldiroq turib, jala quyadi (Amazonka havzasining g‘arbiy qismi, Kongo havzasi, Malayya to‘plam orollari). Mazkur iqlim quyidagi omillar ta’sirida tarkib topadi: a) yil bo‘yi issiqlik balansi yuqori. Bu yerda Quyosh radioatsiyasining 60% dan 75% gacha bo‘lgan qismi, ya’ni yiliga 80-120 kkal/sm 2 issiqlik sarf bo‘ladi; b) atmosferaning 10-12 kmli qalin qismida havo massalarining issiqlik konveksiyasi uzluksiz davom etadi. Issiqlikning 75% i bug‘lanishga sarflanganligi tufayli harorat uncha baland bo‘lmaydi. Kechasi havo sovib, bug‘hosil bo‘lishiga ketgan yashirin issiqlik ajralib chiqishi tufayli sutkalik harorat farqi katta emas. Tuproqning juda sernamligi, o‘simliklarning qalinligi, daryolarning juda ko‘pligi ham haroratning bir me’yorda turishiga yordam beradi. Havoning mutlaq namligi 30 g/sm 3 gacha, nisbiy namlik 70- 90% ga boradi. Bulutlik ancha katta, to‘p-to‘p va to‘p-to‘p momaqaldiroqli bulutlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Daryo tarmoqlari zich, sersuv. Okean va materik iqlimi bir xil. Subekvatoril iqlim mintaqasi. Havo massalari mavsumga qarab o‘zgaradi. Yozda ekvatorial havo massalari, qishda tropik havo massalari kirib keladi. Yozda ekvatorial havo massalari kirib kelgani uchun mo‘l yomg‘ir yog‘adi. Qishda esa tropik havo massalari kirib keladi, shuning