logo

YER SHARI TABIAT ZONALARI.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

26.2236328125 KB
Y ER SHARI TABIAT ZONALARI.
Reja:
1.Zonallikning davriy qonuni va zonallikning umumsayyoraviy 
tuzilishi
2.Tabiat zonalarining qisqacha tavsifi 
3.Landshaftlarining balandlik tabaqalanishi. 1.Zonallikning davriy qonuni va zonallikning
umumsayyoraviy tuzilishi (modeli)
XX   asrning   o‘rtalarida   A.A.   Grigorev   va   M.L.Budiko   zonallik
ta’limotini yanada rivojlantrib geografik zonallikning davriy qonunini ishlab
chiqishdi.   Ular   tomonidan   issiqlik   va   namlik-ning   nisbatiga   qarab   bir   xil
tabiat   zonalarini   turli   iqlim   mintaqalarida   qonuniy   qaytarilishini   aniqlashdi,
Masalan,   o‘rmon   zonalari   ekvatorial,   subekvatorial,   tropik,   subtropik   va
mo’tadil   mintaqada   uchraydi.   Xuddi   shunday   qaytarilishlarni   boshqa   tabiat
zonalarida   uchratish   mumkin.   Masalan,   cho‘1,   chala   cho‘1   va   dashtlar   ham
turli   mintaqalarda   qaytariladi.   Tabiat   zonalarini   turli   mintaqalarda
takrorlanishi issiqlik va namlik nis-batini takrorlanishi bilan bog‘liq. Bunday
nisbat   issiqlik,   yog‘in,   bug‘lanish,   tuproq   namligi   va   boshqalarni   nisbatini
ifodalovchi   koyeffitsiyentlarda   aniq   ifodalanadi.   M.I.Budiko   geografik
zonallikning   davriy   qonunini   asoslash   maqsadida   qurg‘oqchilik-ning
radioatsion   indeksi   tushunchasini   kiritadi.   Mazkur   indeks   radioatsion
byudjetni   yoqqan   atmosfera   yog‘inlarini   bug‘latishga   sarflangan   issiqlik
miqdoriga nisbatidan iborat.
  Geografik   zonallikni   to‘la   tushunib   olish   uchun   hamma   joyi   bir   xil
bo‘lgan   gipotetik   materikda   zonalarni   joylanishini   ko‘rib   chiqish   muhim
ahamiyatga   ega.   Gipotetik   materikning   hajmi   yer   yuzasidagi   quruqlik
maydoning yarmiga, shakli esa quruqlikning kengliklar buylab joylashishiga
to‘g‘ri kelsin deb faraz qilinadi. Bundan tashqari gipotetik materikda tog‘lar
ham   yo‘q   deb  faraz  qilinadi.  Gipotetik  materikning   qiyofasi  shimoliy   yarim
sharda Shimoliy Amerika va Yevrosiyo bilan Shimoliy Afrika, janubiy yarim
sharda esa Janubiy Amerika, Janubiy Afrika va Avstraliyaga o‘xshab ketadi.
Gipotetik   materikda   tabiat   zonalarini   joylanishi   geografik   zonalarni   Yer
yuzasida tarqalishi aniq qiyofasini beradi. 2.Tabiat zonalarining qisqacha tavsifi
Har   bir   iqlim   mintaqasida   namlikni   va   issiqlikni   notekis   taqsimlanishi
natijasida   qator   tabiat   zonalari   vujudga   keladi.   Quyida   tabiat   zonalarining
tavsifi qisqacha bayoni beriladi.
Ekvatorial mintaqa tabiat zonalari. Mazkur mintaqa ekvatorning har ikki
tomonidagi   tor   hududni   o‘z   ichiga   oladi.   Shimoliy   yarimsharda   5—8°   va
janubiy   yarimsharda   4—11°   kenglikkacha   davom   etadi.   Mazkur   mintaqada
harorat doimo yuqori (+24+28°), yog‘inlar serob (1500-3000 mm), bioximik
va geomorfologik jarayonlar faol bo‘ladi. Ekvatorial mintaqada okean suvlari
harorati   ham   yuqori,   sho‘rligi   kam   va   chuqurdagi   suvlarning   kuchli
ko‘tarilma oqimlari mavjud.
Mazkur iqlim mintaqasi doirasida ikkita tabiat zonasi ajratiladi: a) nam
ekvatorial o‘rmonlar va b) bargini to‘kadigan doimiy yashil o‘rmonlar
— nam ekvatorial o‘rmonlarda iqlim doimiy nam va issiq, o‘rtacha oylik
harorat   +25°   dan   pastga   tushmaydi.   Yog‘in   miqdori   bug‘lanuvchanlikdan
ko‘p,   shuning   uchun   gidrografik   tarmog‘i   sersuv   va   zich,   botiqlarda   ko‘llar
ko‘p,   grunt   suvlari   chuchuk   va   yer   yuzasiga   yaqin   joylashgan.   Nurash
jarayoni   juda   tez   sodir   bo‘ladi.   Natijada   qalin   nurash   qobig‘i   hosil   bo‘ladi.
Namlikning mo‘lligi tufayli organik moddalarning parchalanishi tez kechadi,
shuning uchun tuproqlarda gumus miqdori kam qizil tuproqlar hosil bo‘lgan.
Daraxtlar baland, turi ko‘p, doimiy yashil. Daraxtlar qalin bo‘lganligi uchun
o‘rmon   tagi   ko‘lanka   bilan   qoplangan,   shuning   uchun   o‘t   va   butalar   kam
rivojlangan,   daraxtlarga   chirmashib   o‘sadigan   lianalar   va   daraxtlarda
yashaydigan   epifit   o‘simliklar   yaxshi   rivojlangan.   Hayvonot   olami   ham
xilma-xil.   Hayvonlarning   ko‘pi   daraxtlarda   yashaydi.   Mazkur   zona   Janubiy
Amerikada,   Afrikada,   Janubi-Sharqiy   Osiyoda   va   Okeaniya   orollarida
tarqalgan:
—   bargini   to‘kadigan   doimiy   yashil   o‘rmonlar   zonasi.   Tabiiy   sharoiti doimiy   yashil   nam   o‘rmonlar   zonasi   bilan   bir   xil   ammo   floristik   nuqtayi
nazardan   turlicha.   Qisqa   yomg‘irsiz   davrda   nam-garchilik   kamayadi,   ba’zi
daraxtlar   bargini   to‘kadi,   ba’zilari   barg   chiqaradi.   Natijada   o‘rmon   doimiy
yashil bo‘lib turaveradi. Daraxtlar bargi bir yildan o‘n besh yilgacha yashaydi
(mo’tadil   mintaqada   qarag‘ayning   barglari   ikki   yil,   elniki   o‘n   ikki   yil
yashaydi). Agar mo’tadil mintaqada daraxtlar bargini qishda qurib qolmaslik
uchun   to‘ksa   (chunki   daraxt   tomirlari   qishda   namni   torta   olmaydi),   tropik
o‘rmonlarda   esa   daraxtlar   kremniy   kislotasining   ortiqchasidan   xolos   bo‘lish
uchun   to‘kadi.   Kremniy   kislotasi   tuproqdan   o‘tib,   barglarda   to‘planadi   va
ularni qotib qolishiga sabab bo‘ladi.
Subekvatorial   mintaqa   tabiat   zonalari.   Ekvatoming   ikki   tomonida
shimoliy   va   janubiy   yarim   sharlarda   joylashgan.   Yoz   semam,   issiq,   qish
quruq   va   yog‘insiz.   Mazkur   mintaqada   ikkita   tabiat   zonasi   shakllangan:   a)
subekvatorial   musson   aralash   o‘rmonlar   zonasi;   b)   savanna   va   siyrak
o‘rmonlar zonasi.
1. Subekvatorial musson aralash o‘rmonlar zonasi. Janubiy va Markaziy
Amerikada,  Janubiy  Osiyoda   va   Shimoli  —   sharqiy   Avstraliyada   tarqalgan.
Ikkita fasl mavjud. Sernam va issiq yoz, qisqa yog‘insiz quruq qish ajratiladi
(2,5—4,5   oy).   Qizil   laterit   tuproqlari   tarqalgan.   Aralash   bargini   to‘kadigan
doimiy   yashil   o‘rmonlar   va   quruq   qish   faslida   tamoman   bargini   to‘kadigan
o‘rmonlardan iborat.
2.   Savanna   va   siyrak   o‘rmonlar   zonasi   Janubiy   Amerikada,   Afrikada,
Janubiy Osiyoda va Shimoliy Avstraliyada tarqalgan. O‘rtacha oylik harorat
+15°+32°.   Ekvator   yonidagi   sernam   yoz   tropik   yonidagi   quruq   fasl   bilan
almashinib   turadi.   Sernam   fasl   8—9   oy   davom   etadigan   joylarda   baland
o‘tloqli savannalar, 6 oy davom etadigan joylarda tipik savannalar va quruq
fasl   uzoq   davom   etadiganjoylarda   cho‘llashgan   savannalar   tarqalgan.
Savannalar bu tropik kengliklardagi o‘simliklar turi boiib, unda ’tloqlar bilan birga   siyrak   daraxtlar   ham   o‘sadi.   Asosan   boshoqli   o‘tlar   keng   tarqalgan.
Daraxtlari pakana, zontiksimon, ko‘p daraxtlar tanasida suv saqlaydi (baobab,
butulkasimon   daraxt).   Tropik   mintaqaning   tabiat   zonalari.   Shimoliy   va
janubiy yarim sharlarning 20—30° kengliklari oralig‘ida joylashgan. Yuqori
harorat  (o‘rtacha  oylik  harorat  +10°),  passat  shamollari  hukmronligi,  yog‘in
miqdorining   kamligi   (<200mm)   bilan   aj-ralib   turadi.   Mazkur   mintaqada
quyidagi   tabiat   zonalari   shakllangan:   nam   tropik   o‘rmonlar,   tropik   siyrak
o‘rmonlar,   quruq   o‘rmonlar   va   savannalar   zonasi,   tropik   chala   cho‘llar   va
cho‘llar zonasi.
— nam   tropik   o‘rmonlar   uchun   quyidagi   xususiyatlar   xos:   doimiy
issiq iqlim, o‘rtacha, oylik harorat +18° C ga pasayishi mumkin. Yong‘insiz
quruq   fasl   ham   ajratiladi,   ammo   u   davr   qisqa   vaqt   davom   etadi,   shunga
qaramasdan   mazkur   davrda   bug‘lanish   yog‘in   miqdoridan   ko‘p.   Tropik
o‘rmonlar   tog‘laming   semam   yonbag‘irlarida   keng   tarqalgan.   Grunt   suvlari
chuchuk   va   Yer   yuzasiga   yaqin   joylashgan.   Suv   ayirg‘ichlarida   tarqalgan
o‘rmonlardagi   daraxtlar   quruq   yog‘insiz   davrda   bargini   to‘kadi.   Bunday
o‘rmonlar   musson   o‘rmonlari   deb   ataladi.   Quruq   davrning   qisqaligi   tufayli
daryo   vodiylari   bo‘ylab   doimiy   yashil   o‘rmonlar   rivojlangan   (Hindiston
yarim   orolining   g‘arbiy   qismi,   Afrikaning   Gviana   qirg‘oqlari,   Braziliyaning
sharqiy   qirg‘oqlari,   Markaziy   Amerika   va   Madagaskar   orolining   sharqiy
qismi).
Yog‘in   miqdoriga   qarab   va   quruq   yog‘insiz   faslning   davom   etishiga
qarab   tropik   nam   o‘rmonlar,   bargini   to‘kadigan   quruq   tropik   o‘rmonlar,
doimiy   yashil   tropik   o‘rmonlar   (kserofit   dag‘al   bargli   daraxtlardan   iborat)
ajratiladi.   Hayvonot   dunyosi   ekvatorial   o‘rmonlar   hayvonlaridan   farq
qilmaydi. Qizil tuproqlar tarqalgan;
- tropik siyrak va quruq o‘rmonlar va savannalar zonasi janubiy (Gran-
Chako) va Markaziy Amerikaning sharqiy qismlarida, Afrikada (Kalahari) va Avstraliyada keng tarqalgan. Iqlimi quruq (o‘rtacha oylik harorat +12°+30°),
yillik   yog‘in   miqdori   200   mm.dan   1000—1200   mm.gacha.   Yog‘inlarning
75%   yozda   yog‘adi.   Qish   quruq,   bu   paytda   daraxtlar   yoppasiga   bargini
to‘kadi,   o‘tlar   qurib   qoladi,   kserofit   butalar   va   sukkulentlar   keng   tarqalgan.
Ancha   quruq   hududlarda   siyrak   o‘rmonlar   va   cho‘llashgan   savannalar,
sernamroq hududlarda quruq o‘rmonlar va savannalar tarqalgan. Jigarrang —
qizil,   qizilqo‘ng‘ir   va   bo‘z-jigarrang   tuproqlar   tarqalgan.   Tropik   siyrak
o‘rmonlar   bir-biridan   ancha   uzoqda   joylashgan   va   quruq   faslda   bargini
to‘kadigan   daraxtlardan   iborat.   Daraxtlarning   pastki   yarusida   tikonli
o‘simliklar   keng   tarqalgan.   Siyrak   o‘rmonlarda   savannalardan   farq   qilib
boshoqli o‘tlar uchramaydi yoki juda kam;
— tropik chala cho‘llar zonasiga Afrika, Osiyo, Avstraliya, Shimoliy
va   Janubiy   Amerikaning   ichki   kontinental   va   g‘arbiy   okean   bo‘yi   qismlari
kiradi. Iqlimi quruq va issiq (o‘rtacha oylik harorat +32°C), yog‘inlar yozda
yog‘adi   (100—200   mm),   yuza   oqim   miqdori   kam,   yupqa   qizil   qo‘ng‘ir
tuproqlar tarqalgan.  Ko‘p yillik boshoqli va butasimon o‘simliklardan iborat;
— tropik cho‘llar zonasi materiklarning ichki va g‘arbiy okean bo‘yi
qismlarida   tarqalgan.   Afrikada   (Sahroi   Kabir,   Namib),   Osiyoda   (Arabiston
yarim   orolining   30°   sh.k.   janubiy   qismlari),   Avstraliyada   (Kattaqum,
Viktoriya   cho‘li)   keng   tarqalgan.   Shimoliy   va   Janubiy   Amerikada
materiklarning g‘arbiy qismlarida tarqalgan. Iqlim issiq, juda quruq va keskin
kontinental, oqim umuman yo‘q, o‘simligi kserofit va juda siyrak, hayvonot
olami   kambag‘al.   g‘arbiy   okean   bo‘yi   ,qirg‘oqlarida   (Namib   va   Atakama
cho‘li) nisbiy namlik juda yuqori, tumanlar ko‘proq, harorat nisbatan past.
Subtropik mintaqa tabiat zonalari shimoliy va janubiy yarimsharlarning
30—40°   kengliklarning   oralig‘ida   joylashgan   qishda   mo’tadil,   yozda   tropik
havo   massalari   hukmron.   o‘simliklar   ve-getatsiyasi   yil   bo‘yi   davom   etadi.
Fasliy   o‘zgarishlar   yaqqol   namoyon   bo‘lgan.   Subtropik   mintaqada   quyidagi tabiat   zonalari   ajratiladi:   Subtropik   musson   o‘rmonlari,   subtropik   doimiy
yashil   o‘rmonlar   va   butalar,   subtropik   o‘rmon-dasht;   subtropik   chala   cho‘l;
subtropik cho‘llar.
Subtropik doimiy yashil o‘rmonlar va butalar (o‘rta dengiz bo‘yi) zonasi
Yevrosiyoning   subtropik   hududlarida,   Shiraoliy   Afrikada   (o‘rta   dengiz
bo‘yi),   janubi-g‘arbiy   Afrikada,   Shimoliy   Amerikada   (Kaliforniya),   Janubiy
Amerikada   (o‘rta   Chili),   Ja-nubiy   va   janubi-g‘arbiy   Avstraliyada   tarqalgan.
o‘rta   dengiz   iqlimi   hukmron,   yozi   issiq,   qishi   yumshoq,   fasllar   yaqqol
ifodalangan.   Jigarrang   va   qo‘ng‘ir   tuproqlar   ustida   kserofit   doimiy   yashil
dag‘al o‘rmonlar va butalar keng tarqalgan.
Aralash   musson   o   ’rmonlar   zonasi   Osiyo   (Sharqiy   Xitoy,   Yapon
orollari), Shimoliy Amerika (qirg‘oq tekisliklarining sharqiy qismi, Markaziy
tekisliklarning janubi, Appalachi tog‘ oldi), Janubiy Amerika (Braliziyaning
janubi-sharqi),   Afrika   va   Avstraliyaning   (janubi-sharqi)   subtropik
mintaqalarining   sharqiy   qismlari   kiradi.   Musson   iqlim   hukmron   bo‘lgan
joylarda (o‘rtacha oylik harorat +2° dan +27°C), yog‘in yozda yog‘adi (800
—1200 mm), qizil va sariq tuproqlar tarqalgan. Doimiy yashil mezofil keng
va ignabargli o‘rmonlar keng tarqalgan.
o‘rmon-dasht   zonasi   materiklarning   sharqiy   qismlarida   rivojlangan:
Shimoliy   Amerikaning   markaziy   va   Meksika   bo‘yi   tekisliklarining   g‘arbiy
qismlari,   janubiy   Amerikada   Braziliya   yassi   tog‘ligining   janubida,   sharqiy
Pampada,   ikki   daryo   oralig‘ida,   Afrikaning   janubi-sharqida,   Sharqiy
Avstraliya togiarining g‘arbiy tog‘ oldi qismi. Iqlimi mo’tadil quruq, baland
o‘tloqli   o‘simliklardan   iborat,   siyrak   daraxtlar   va   butalar   ham   rivojlangan.
Qora tuproqlar tarqalgan.
Subtropik   dasht   zonasi   materiklarning   ichki   qismlarida   tarqalgan.
Shimoliy   Amerikada   va   Osiyoning   g‘arbiy   qismida   katta   maydonini
egallaydi.   Iqlimi   nisbatan   quruq   (yog‘in   500—   600   mm,   bug‘lanishdan   3 marta   kam),   yozi   issiq,   boshoqli   o‘tlar   va   butalar   keng   tarqalgan.   Bo‘z-
jigarrang tuproqlar tarqalgan.
Subtropik   chala   cho‘llar   zonasi   ham   materiklarning   ichki   qismlarida
rivojlangan,   janubi-g‘arbiy   Osiyoda   va   shimoliy   Amerikada   (katta   havza
38°sh.k   dan   janubda)   keng   tarqalgan.   Bundan   tashqari   Janubiy   Amerikada
(Pampaning   janubi-g‘arbi,   Pampa   s’erralari),   Afrika   va   Avstraliyada   ham
uchraydi.   Iqlimi   quruq   (100—300   mm),   issiq   davr   uzoq   davom   etadi,   qishi
qisqa va mo’tadil sovuq, siyrak kserofit boshoqli o‘tlar va butalardan iborat,
bo‘z -jigarrang tuproqlar tarqalgan.
Subtropik   cho‘llar   zonasi   ham   materiklarning   ichki   qismlarida
rivojlangan   va   Osiyoda,   Shimoliy   va   Janubiy   Amerikada,   Avstraliya   va
Afrikada   tarqalgan.   Keskin   quruq   iqlimi   bilan   ajralib   turadi,   qish   salqin,
yog‘inlar   miqdori   yiliga   100   mmdan   kam.   Siyrak   kserofit   o‘simliklar
rivojlangan.
Mo’tadil   mintaqa   tabiat   zonalari   shimoliy   yarim   sharning   40°—65°
kengliklarida,   janubiy   yarim   sharning   42°—48°   kengliklari   oralig‘ida
tarqalgan.   Fasllar   yaqqol   namoyon   bo‘lgan.   Issiqlik   va   namlikning   fasliy
o‘zgarishi   bu   yerda   xilma-xil   landshaftlarni   shakllanishiga   olib   kelgan.
Mazkur   mintaqada   quyidagi   tabiat   zonalari   vujudga   kelgan:   tayga,   aralash
o‘rmonlar, keng bargli o‘rmonlar, o‘rmon-dasht, dasht, chala cho‘1 va cho‘1.
Tayga   yoki   igna   bargli   o   ’rmonlar   zonasi   Yevrosiyo   va   Shimoliy
Amerikada   keng   tarkalgan.   Iklimi   mo’tadil,   yozi   iliq,   qishiqorli,   yog‘in
miqdori   (300—600   mm)   bug‘lanishdan   ko‘p.   Asosan   igna   bargli   daraxtlar
keng   tarqalgan.   Tarkibi   bir   xil,   o‘rmon   ostida   o‘simlik   kam   yoki   umuman
yo‘q. o‘t va butalar ham bir xil. Tekislikda daraxtlar qarag‘ay, pista, kedr va
qora qarag‘aydan iborat. Sharqiy Sibirda esa tilog‘ochlar ko‘pchilikni tashkil
qiladi. Podzol tuproqlari tarqalgan.
Aralash   o‘rmonlar   zonasi   okean   bo‘ylarida   va   oraliq   mintaqalarida tarqalgan.   Qish   sovuq   va   qorli,   yozi   ilik,   yog‘inlar   (400—1000   mm)
bug‘lanishdan   bir   oz   ko‘proq.   o‘rmonlar   igna   va   keng   bargli   daraxtlardan
iborat. Chim-podzol tuproqlar tarqalgan. Quruqroq hududlarda igna bargli va
mayda   bargli   daraxtlar   ko‘pchilikni   tashkil   qiladi.   Janubiy   Amerikada,
Tasmaniya   va   Yangi   Zelandiya   orollarida   juda   qalin   nam   bargli   o‘rmonlar
keng  tarqalgan.  Ularning  ichida  doimiy yashil  bargli o‘rmonlar ko‘pchilikni
tashkil qiladi.
Keng bargli o ’rmonlar zonasi Yevrosiyo va Shimoliy Amerikada okean
buyi   hududlarida   aralash   o‘rmonlarning   janubiy   qismlarida   tarqalgan.   Qishi
iliqroq.   Yillik   yog‘in   miqdori   bug‘lanish   miqdoriga   teng.   Mo’tadil   dengiz
iqlimi   hukmron,   yoz   nisbatan   uzoq   davom   etadi,   daryolar   sersuv   va   zich.
Asosan   bargli   daraxtlardan   iborat.   Qo‘ng‘ir   o‘rmon   va   bo‘z   o‘rmon
tuproqlari tarqalgan. Janubiy Amerikda — Chilida uchraydi.
o‘rmon-dasht   zonasi   faqat   shimoliy   yarim   sharda   shakllangan.   Asosan
materiklarning   ichki   qismlarida   o‘rraon   va   dasht   zonalarining   oralig‘ida
tarqalgan.   Yevrosiyoda   o‘rta   Dunay   tekisliklaridan   Oltoygacha;   alohida-
alohida   holda   Janubiy   Sibirda,   Mo‘g‘ulistonda   va   Uzoq   sharqda   tarqalgan.
Shimoliy   Amerikada   Buyuk   tekisliklarning   shimoliy   qismida   va   Markaziy
tekisliklarning   g‘arbida   uchraydi.   Mo’tadil   quruq   iqlim   hukmron,   (yog‘in
miqdori 400—1000 mm), qishi sovuq, qor qalin yog‘adi, yozi iliq va sernam
(iyulning   o‘rtacha   harorati   +18   +25°).   o‘rmon   va   o‘t   o‘simliklari
uyg‘unlashib   ketgan,   bo‘z   o‘rmon   tuproqlari   tarqalgan,   ayrim   joylarda   qora
tuproqlar   ham   uchrab   turadi.   o‘rmonlari   asosan   keng   bargli   (Rossiyaning
Yevropa qismi), qayinli (g‘arbiy va o‘rta Sibir), bargli (Sharqiy Sibir).
Dasht   zonasi   Yevrosiyo   va   Shimoliy   Amerikaning   ichki   qismlarida
uchraydi.   Iqlimi   quruq,   yoz   issiq,   qishi   sovuq,   yog‘in   miqdori   450   mm.
(bug‘lanishdan 2—3 marotaba kam), ba’zida qurg‘oqchilik ham boiib turadi.
Daryolar oqimi keskin o‘zgarib turadi. o‘simliklari ko‘p yillik boshoqlardan va turli o‘tlardaniborat, qora tuproqlar keng tarqalgan. Quruqroq hududlarda
qora   —   kashtan   va   kashtan   tuproqlar   tarqalgan.   Dasht   bu   kserofit   va
mezokserofit o‘simlik qoplamidan iborat tabiat kompleksidir.
Chala cho ’llar zonasi Yevrosiyo (Kaspiy bo‘yi past tekisligining g‘arbi,
Qozog‘iston,   Markaziy   Osiyo)   va   Shimoliy   Amerika   (Katta   havza)
materiklarining   ichki   qismlarida   hamda   Ja-nubiy   Amerikaning
Patogoniyasida (41—52°j.k) tarqalgan. Iqlimi quruq, qishi sovuq, yozi issiq,
yog‘in miqdori yiliga 100 — 300 mm. o‘simlik qoplami siyrak (boshoqlilar,
yarim butalar, och kashtan va qo‘ng‘ir tuproqlar).
Cho`l     zonasi   faqat   shimoliy   yarim   sharda   Yevrosiyo   va   Shimoliy
Amerikada (Katta havza) rivojlangan. Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq,
yozi juda issiq, yog‘in miqdori kam (200 mm), bug‘lanishdan 7 — 30 marta
kam.   o‘simlik   qoplami   juda   siyrak,   ular   asosan   ko‘p   yillik   butachalar,
sho‘rxok qo‘ng‘ir tuproqlar, sho‘rxoklardan iborat. Cho‘llar uchun efemerlar,
efemeroidlar,   sukkulentlar   va   galofitlar  xos.  Hayvonlari   asosan   kechasi  faol
bo‘ladi, kunduzi uyquga ketadi.
Subarktika   va   Subantarktika   mintaqasi   tabat   zonalari.     Subarktika
mintaqasi   60°—65°sh.k.   bilan   67—73°sh.k.   oralig‘ida   joylashgan.   Iqlimi
sovuq, yanvarning o‘rtacha harorati — 5°C dan — 40°gacha, iyulniki +5°dan
-0° gacha. o‘simliklarning vegetatsiya davri 70—110 kun davom etadi, yillik
yog‘in   miqdori   (300—500   mm)   bug‘lanishdan   ko‘p.   Subarktika   mintaqasi
Tinch, Atlantika va Hind okeanlarining 58°—60° va 65—67° j.k. oralig‘idagi
hududlarni o‘z ichiga oladi. Iqlimi sovuq, kuchli shamollar va tumanlar xos.
Yog‘in miqdori yiliga 500 mm. Qishda okean suvlari suzib yuruvchi muzlar
bilan   yoppasiga   qoplanadi.   Mazkur   mintaqada   tundra,   o‘rmon   —   tundra   va
okean o‘tloqlari zonalari shakllangan.
Tundra   Yevrosiyoning   va   Shimoliy   Amerikaning   shimoliy   hududlarida
rivojlangan. Yoz salqin va qisqa, qish qattiq va uzoq davom etadi (7—9 oy). Yoppasiga   ko‘p   yillik   muzloqlar   tarqalgan,   yillik   yog‘in   miqdori   200—500
mm,   ba’zi   joylarda   750   mm.   Yer   usti   suvlari   serob.   o‘simliklardan   moh,
lishaynik, past bo‘yli ko‘p yillik o‘tlar va butalar tarqalgan. o‘tlardan osoka,
lyutik,   lolaqizg‘aldoq   va   boshoqlilar   ko‘proq.   Butalardan   moj-jevelnik,
bagulnik, vodyanika, tol, qayin, olxa ko‘p uchraydi.
o‘rmon-tundra   Yevrosiyo   va   Shimoliy   Amerikada   rivojlangan.
Subarktika iqlimi hukmron, iyulning o‘rtacha harorati
+ 10°C, +14°C, yanvarniki - 10 °C dan -40°C gacha, yog‘in miqdori 400
mm,   ko‘p   yillik   muzloqlar   ko‘p.   Yer   usti   suvlari   serob.   Suv   ayirg‘ichlarida
o‘rmonlar va tundralar almashinib turadi.
Okean   o‘tloqlari   zonasi   subanktarktika   mintaqasidagi   orollarda
tarqalgan.   Salqin   okean   iqlimi   hukmron,   yog‘inlar   mo‘1,   havo   harorati
farqlari kam. Boshoqlilar va o‘tloqlar tarqalgan.
Arktika   va   Antarktika   mintaqasi   tabiat   zonalari.   Arktika   mintaqasiga
arktikaning   katta   qismi   kiradi.   Iqlimi   qattiq,   yoz   qisqa,   qish   uzoq   davom
etadi. Antarktika mintaqasiga Antarktida kiradi. Muz bilan qoplangan mazkur
mintaqada muz cho‘llari zonasi rivojlangan.
Arktika   cho‘llari   zonasi   Arktika   orollarini   va   materik   qismini   va
Antarktidani   o‘z   ichiga   oladi.   Muz   bilan   qoplangan   shimolda   ko‘p   yillik
muzloqlar,   janubda   esa   qoplama   muzliklar   tarqalgan.   o‘simligi   mox,
lishaynik, hayvonlari oq ayiq, lemming, bo‘ri, janubda pingvinglar.
3.   Landshaftlarining   balandlik   tabaqalanishi.   Tekislik
landshaftlarning   differensiatsiyalanishiga   gipsometrik   holatning   ta’siri
oldindan   kuzatilgan.   O‘tgan   asrning   boshlarida   G.N.Visoskiy   Rus   tekisligi
janubida joy balandligini oshishi quruq va iliq oqim zonasi bilan almashinishi
haqida   yozgan   edi.   Bizga   ma’lumki,   balandliklarga   pasttekisliklardagiga
nisbatan   yog‘inlar   ko‘proq   tushadi.   Masalan,   o‘rmon-dasht   zonasida
balandliklar pasttekisliklarga nisbatan o‘rmonlar bilan qalin qoplangan.  Havo harorati tekisliklarda ham tog‘lardagi singari balandlik ortgan sari
pasayib boradi. Balandlik bo‘yisha t0 gradiyenti hamma joyda bir xilda emas,
bu yil fasllariga qarab ham o‘zgarib turadi. 
Biz   bilamizki   tekisliklardagi   qirlarning   balandligiga   katta   bo‘lmasdan
bir  necha yuz metr  bo‘lishi mumkin. Harorat  esa  har  100 m da  0,5-0,6C  ga
pasayib boradi. Bunday pasayish balandlik mintaqalarini hosil bo‘lishi uchun
etarli   emas.   Ammo   kenglik   zonalar   chegaralarini   o‘zgarishiga   olib   keladi.
Balandliklarda   landshaft   zonalarining   chegaralari   janubga,   pasttekisliklarda
esa shimolga tomon siljiydi. Lanshaftlarning orogenik differensiatsiyalanishi
avvalo   geomorfologiya,   keyin   esa   tekislik   va   balandliklarning   iqlim   farqiga
bog‘liq.
Rus   tekisligining   janubida   o‘rmon-dasht   va   dasht   zonalarida   mumkin
bo‘lgan bug‘lanish yillik atmosfera yog‘inlarining miqdoridan katta. Shuning
uchun bu erda orogenik differensiatsiya yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu to‘g‘ri
differensiatsiyalanish deb ataladi. Rus tekisligining shimoliy qismida, namlik
balansi   me’yoriy   bo‘lganda,   tabiiy   drenajga   ega   bo‘lgan   balandliklarda
janubga   xos   bo‘lgan   landshaft   elementlari   uchraydi.   Shimolda
landshaftlarning   balandlik   differensiatsiyalanishi   qarama-qarshi
differensiatsiyaga ega bo‘ladi.
Shunday   qilib,   tekisliklarda   landshaft   differensiatsiyalanishining   ikki
yarusi   vujudga   keladi.   Ular   orasidagi   chegarani   aniq   miqdor   bilan   aniqlab
bo‘lmaydi.   Rus   tekisligida   ular   chegarasi   o‘rtasha   170-180   m   absalyut
balandlikgasha etadi.
Yaruslilik   umumiy   geografik   qonuniyat   bo‘lib   tekislik   landshaftlari
uchun   ham,   tog‘   landshaftlari   uchun   ham   xosdir.   Agar   balandlik   mintaqasi
rel’efning   faqat   iqlim   hosil   qilish   ahamiyati   bilan   bog‘liq   bo‘lsa,   yaruslilik
rel’efning   barsha   landshaft   hosil   qiluvchi   xususiyatlarini   o‘z   ichiga   oladi.
Yaruslilik   ko‘proq   tog‘larning   orogenik   tuzilishida   namoyon   bo‘lib,   turli yoshdagi   qatlamlar   zishligi   bo‘yisha   tog‘   tekisligi   tarkibi   ham   o‘zgarib
boradi.   Masalan,   tog‘larning   quyi   qismi   uchun   to‘rtlamchi   davr   yotqiziqlari
bilan   qoplangan.   Yuqoriga   orogan   sari   ular   paleogen,   mezozoy   va
paleozoyning   kristallashgan   qatlamlari   bilan   almashinib   boradi.   Tog‘larda
landshaft   yaruslari   balandlik   mintaqalaridan   farq   qilsa   ham,   ular   o‘rtasida
nisbatan   o‘xshashliklar   ham   mavjud.   Quyi   yaruslarga   odatda   tog‘lardagi
birinchi balandlik mintaqasi to‘g‘ri keladi. O‘rtasha tog‘lar yarusiga bir necha
balandlik mintaqalari to‘g‘ri kelishi ham mumkin.
Balandlik   mintaqalarining   tuzulishi   tog‘laming   qaysi   geografik
mintaqada va sektorda joylashganligiga bog‘liq. Oraliq sektorlarda balandlik
mintaqalarining   tuzulishida   gumid   va   arid   landshaftlar   qatnashadi.   Quruq
sektorlarda   cho‘1   va   chala   cho‘l   landshaftlari   keng   tarqalgan.   Ekvatorial
mintaqada   quyidagi   balandlik   mintaqalari   shakllangan:   Gileya   o‘rmonlari;
tog‘   gileya   o‘rmonlari;   qing‘ir-qiyshiq   o‘rmonlar;   paramos;   cho‘llar.   Okean
bo‘yi   sektorida   esa   quyidagi   tabiat   zonalari   shakllangan:   gileya   o‘rmonlari;
tog‘   gileya   o‘rmonlari;   aralash   o‘rmonlar;   tumanli   o‘rmonlar;   paramos
cho‘llar.
Tog‘larda   balandlik   mintaqa l ar   va   ularning   strukturaviy   tuzilishi
nihoyatda   xilma-xil.   Balandlik   zonall i kning   ra n g-barang   bo‘lishi   tog‘
tizimining   geografik   o‘rniga,   muayyan   landshaft   zonas i da   joylashishiga,
tevarak-atrofdagi   tabiiy   geografik   sharoitga   va   dengiz   sath i dan   baland li giga
bog‘liq.   Masalan,   Tya nsh an   tog‘   t i z i mining   shimoliy   yon   bag‘rida
V.M.CHupaxin   tog‘oldi   tekislik   cho‘l   (800-1100   m),   tog‘oldi   tekislik   chala
cho‘ l  (900-1300 m), tog‘oldi-o‘rtacha baland tog‘ o‘rmo n -o‘tlok-dasht (1300-
2900   m),   baland   tog‘   o‘tloq   va   o‘tloq-dasht   (2700-3700   m ) ,   glyasial-nival
(3500-3700   m   dan   yuq ori)   landshaft   mintaq a larini   ajratgan.   Tundra   zonasi
ke n gligida joylashgan  B irran ga t og‘idagi balandlik  mintaqalar arktik tundra va
arktik sahrodan tarkib topgan.  Adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук   К.И.,   Боков   В.А.   Черванов   И.Г.   Общее   землеведение.   -М.:
Высшая школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World Regional Geography (This text was adapted by The Saylor Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0
License   without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or
licensee).     www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   
Geography. 2010.
10. Robert   E.   Gabler,   James   F.   Petersen,   L.   Michael   Trapasso.   Essentials   of
Physical   Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson,   the   Star   logo,   and   Brooks/Cole   are   trademarks   used
herein under license.

Y ER SHARI TABIAT ZONALARI. Reja: 1.Zonallikning davriy qonuni va zonallikning umumsayyoraviy tuzilishi 2.Tabiat zonalarining qisqacha tavsifi 3.Landshaftlarining balandlik tabaqalanishi.

1.Zonallikning davriy qonuni va zonallikning umumsayyoraviy tuzilishi (modeli) XX asrning o‘rtalarida A.A. Grigorev va M.L.Budiko zonallik ta’limotini yanada rivojlantrib geografik zonallikning davriy qonunini ishlab chiqishdi. Ular tomonidan issiqlik va namlik-ning nisbatiga qarab bir xil tabiat zonalarini turli iqlim mintaqalarida qonuniy qaytarilishini aniqlashdi, Masalan, o‘rmon zonalari ekvatorial, subekvatorial, tropik, subtropik va mo’tadil mintaqada uchraydi. Xuddi shunday qaytarilishlarni boshqa tabiat zonalarida uchratish mumkin. Masalan, cho‘1, chala cho‘1 va dashtlar ham turli mintaqalarda qaytariladi. Tabiat zonalarini turli mintaqalarda takrorlanishi issiqlik va namlik nis-batini takrorlanishi bilan bog‘liq. Bunday nisbat issiqlik, yog‘in, bug‘lanish, tuproq namligi va boshqalarni nisbatini ifodalovchi koyeffitsiyentlarda aniq ifodalanadi. M.I.Budiko geografik zonallikning davriy qonunini asoslash maqsadida qurg‘oqchilik-ning radioatsion indeksi tushunchasini kiritadi. Mazkur indeks radioatsion byudjetni yoqqan atmosfera yog‘inlarini bug‘latishga sarflangan issiqlik miqdoriga nisbatidan iborat. Geografik zonallikni to‘la tushunib olish uchun hamma joyi bir xil bo‘lgan gipotetik materikda zonalarni joylanishini ko‘rib chiqish muhim ahamiyatga ega. Gipotetik materikning hajmi yer yuzasidagi quruqlik maydoning yarmiga, shakli esa quruqlikning kengliklar buylab joylashishiga to‘g‘ri kelsin deb faraz qilinadi. Bundan tashqari gipotetik materikda tog‘lar ham yo‘q deb faraz qilinadi. Gipotetik materikning qiyofasi shimoliy yarim sharda Shimoliy Amerika va Yevrosiyo bilan Shimoliy Afrika, janubiy yarim sharda esa Janubiy Amerika, Janubiy Afrika va Avstraliyaga o‘xshab ketadi. Gipotetik materikda tabiat zonalarini joylanishi geografik zonalarni Yer yuzasida tarqalishi aniq qiyofasini beradi.

2.Tabiat zonalarining qisqacha tavsifi Har bir iqlim mintaqasida namlikni va issiqlikni notekis taqsimlanishi natijasida qator tabiat zonalari vujudga keladi. Quyida tabiat zonalarining tavsifi qisqacha bayoni beriladi. Ekvatorial mintaqa tabiat zonalari. Mazkur mintaqa ekvatorning har ikki tomonidagi tor hududni o‘z ichiga oladi. Shimoliy yarimsharda 5—8° va janubiy yarimsharda 4—11° kenglikkacha davom etadi. Mazkur mintaqada harorat doimo yuqori (+24+28°), yog‘inlar serob (1500-3000 mm), bioximik va geomorfologik jarayonlar faol bo‘ladi. Ekvatorial mintaqada okean suvlari harorati ham yuqori, sho‘rligi kam va chuqurdagi suvlarning kuchli ko‘tarilma oqimlari mavjud. Mazkur iqlim mintaqasi doirasida ikkita tabiat zonasi ajratiladi: a) nam ekvatorial o‘rmonlar va b) bargini to‘kadigan doimiy yashil o‘rmonlar — nam ekvatorial o‘rmonlarda iqlim doimiy nam va issiq, o‘rtacha oylik harorat +25° dan pastga tushmaydi. Yog‘in miqdori bug‘lanuvchanlikdan ko‘p, shuning uchun gidrografik tarmog‘i sersuv va zich, botiqlarda ko‘llar ko‘p, grunt suvlari chuchuk va yer yuzasiga yaqin joylashgan. Nurash jarayoni juda tez sodir bo‘ladi. Natijada qalin nurash qobig‘i hosil bo‘ladi. Namlikning mo‘lligi tufayli organik moddalarning parchalanishi tez kechadi, shuning uchun tuproqlarda gumus miqdori kam qizil tuproqlar hosil bo‘lgan. Daraxtlar baland, turi ko‘p, doimiy yashil. Daraxtlar qalin bo‘lganligi uchun o‘rmon tagi ko‘lanka bilan qoplangan, shuning uchun o‘t va butalar kam rivojlangan, daraxtlarga chirmashib o‘sadigan lianalar va daraxtlarda yashaydigan epifit o‘simliklar yaxshi rivojlangan. Hayvonot olami ham xilma-xil. Hayvonlarning ko‘pi daraxtlarda yashaydi. Mazkur zona Janubiy Amerikada, Afrikada, Janubi-Sharqiy Osiyoda va Okeaniya orollarida tarqalgan: — bargini to‘kadigan doimiy yashil o‘rmonlar zonasi. Tabiiy sharoiti

doimiy yashil nam o‘rmonlar zonasi bilan bir xil ammo floristik nuqtayi nazardan turlicha. Qisqa yomg‘irsiz davrda nam-garchilik kamayadi, ba’zi daraxtlar bargini to‘kadi, ba’zilari barg chiqaradi. Natijada o‘rmon doimiy yashil bo‘lib turaveradi. Daraxtlar bargi bir yildan o‘n besh yilgacha yashaydi (mo’tadil mintaqada qarag‘ayning barglari ikki yil, elniki o‘n ikki yil yashaydi). Agar mo’tadil mintaqada daraxtlar bargini qishda qurib qolmaslik uchun to‘ksa (chunki daraxt tomirlari qishda namni torta olmaydi), tropik o‘rmonlarda esa daraxtlar kremniy kislotasining ortiqchasidan xolos bo‘lish uchun to‘kadi. Kremniy kislotasi tuproqdan o‘tib, barglarda to‘planadi va ularni qotib qolishiga sabab bo‘ladi. Subekvatorial mintaqa tabiat zonalari. Ekvatoming ikki tomonida shimoliy va janubiy yarim sharlarda joylashgan. Yoz semam, issiq, qish quruq va yog‘insiz. Mazkur mintaqada ikkita tabiat zonasi shakllangan: a) subekvatorial musson aralash o‘rmonlar zonasi; b) savanna va siyrak o‘rmonlar zonasi. 1. Subekvatorial musson aralash o‘rmonlar zonasi. Janubiy va Markaziy Amerikada, Janubiy Osiyoda va Shimoli — sharqiy Avstraliyada tarqalgan. Ikkita fasl mavjud. Sernam va issiq yoz, qisqa yog‘insiz quruq qish ajratiladi (2,5—4,5 oy). Qizil laterit tuproqlari tarqalgan. Aralash bargini to‘kadigan doimiy yashil o‘rmonlar va quruq qish faslida tamoman bargini to‘kadigan o‘rmonlardan iborat. 2. Savanna va siyrak o‘rmonlar zonasi Janubiy Amerikada, Afrikada, Janubiy Osiyoda va Shimoliy Avstraliyada tarqalgan. O‘rtacha oylik harorat +15°+32°. Ekvator yonidagi sernam yoz tropik yonidagi quruq fasl bilan almashinib turadi. Sernam fasl 8—9 oy davom etadigan joylarda baland o‘tloqli savannalar, 6 oy davom etadigan joylarda tipik savannalar va quruq fasl uzoq davom etadiganjoylarda cho‘llashgan savannalar tarqalgan. Savannalar bu tropik kengliklardagi o‘simliklar turi boiib, unda ’tloqlar bilan

birga siyrak daraxtlar ham o‘sadi. Asosan boshoqli o‘tlar keng tarqalgan. Daraxtlari pakana, zontiksimon, ko‘p daraxtlar tanasida suv saqlaydi (baobab, butulkasimon daraxt). Tropik mintaqaning tabiat zonalari. Shimoliy va janubiy yarim sharlarning 20—30° kengliklari oralig‘ida joylashgan. Yuqori harorat (o‘rtacha oylik harorat +10°), passat shamollari hukmronligi, yog‘in miqdorining kamligi (<200mm) bilan aj-ralib turadi. Mazkur mintaqada quyidagi tabiat zonalari shakllangan: nam tropik o‘rmonlar, tropik siyrak o‘rmonlar, quruq o‘rmonlar va savannalar zonasi, tropik chala cho‘llar va cho‘llar zonasi. — nam tropik o‘rmonlar uchun quyidagi xususiyatlar xos: doimiy issiq iqlim, o‘rtacha, oylik harorat +18° C ga pasayishi mumkin. Yong‘insiz quruq fasl ham ajratiladi, ammo u davr qisqa vaqt davom etadi, shunga qaramasdan mazkur davrda bug‘lanish yog‘in miqdoridan ko‘p. Tropik o‘rmonlar tog‘laming semam yonbag‘irlarida keng tarqalgan. Grunt suvlari chuchuk va Yer yuzasiga yaqin joylashgan. Suv ayirg‘ichlarida tarqalgan o‘rmonlardagi daraxtlar quruq yog‘insiz davrda bargini to‘kadi. Bunday o‘rmonlar musson o‘rmonlari deb ataladi. Quruq davrning qisqaligi tufayli daryo vodiylari bo‘ylab doimiy yashil o‘rmonlar rivojlangan (Hindiston yarim orolining g‘arbiy qismi, Afrikaning Gviana qirg‘oqlari, Braziliyaning sharqiy qirg‘oqlari, Markaziy Amerika va Madagaskar orolining sharqiy qismi). Yog‘in miqdoriga qarab va quruq yog‘insiz faslning davom etishiga qarab tropik nam o‘rmonlar, bargini to‘kadigan quruq tropik o‘rmonlar, doimiy yashil tropik o‘rmonlar (kserofit dag‘al bargli daraxtlardan iborat) ajratiladi. Hayvonot dunyosi ekvatorial o‘rmonlar hayvonlaridan farq qilmaydi. Qizil tuproqlar tarqalgan; - tropik siyrak va quruq o‘rmonlar va savannalar zonasi janubiy (Gran- Chako) va Markaziy Amerikaning sharqiy qismlarida, Afrikada (Kalahari) va