logo

OB-HAVO VA IQLIM.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.9169921875 KB
OB-HAVO VA  IQLIM .
Reja:
1. Ob-havo va uning elementlari
2. Iqlim va iqlim hosil qiluvchi omillar
3. Iqlimning tebranishi va o‘zgarishi 1.  Ob-havo va uning elementlari
Barcha   atmosfera   jarayonlari   va   ularning   hosilalari,   ya’ni   meteorologik
elementlar birgalikda ob-havo bilan iqlimni vujudga keltiradi.
Atmosfera   jarayonlarining   ma’lum   bir   joydagi   va   muayyan   vaqtdagi
holati   ob-havo   deyiladi.   Ob-havo   meteorologik   elementlarning   birgalikda
olingan   miqdorlari   bilan   belgilanadi;   meteorolog‘ik   elementlarga   atmosfera
bosimi, havo va tuproq harorati,  havo  va  tuproq  namligi, shamol, bulutlilik,
ko‘rinish   uzoqligi,   yog‘inlar   miqdori   va   turi,   tuman,   qor   bo‘roni,
momaqaldiroq va boshqalar kiradi.
Ob-havo kamdan-kam va qisqa vaqt davomida barqaror turadi, u odatda
tez-tez   o‘zgaradi,   shuning   uchun   meteorologik   elemvntlar   ham   tez-tez   -
sutkasiga sakkiz marotaba yoki muttasil o‘lchab boriladi.
Biror   joydagi   ob-havoning   uzoq   vaqt   davomida   ma’lum   tartibda
almashinib  turishi  shu   joyning  iqlimi  deyiladi.  Ob-havodan  farq  qilib,  iqlim
uzoq vaqt davomida olib borilgan kuzatish natijasidir: ko‘pincha 35 yoki 100
yil hisobga olinadi. Iqlim - atmosferaning xususiyatidir. Quyosh radiatsiyasi,
havo va atmosfera namligi uning moddiy ifodasi hisoblanadi. 
Iqlimlar   yana   dengiz   iqlimi,   kontinental   iqlim   va   oraliq   iqlimlarga
bo‘linadi.   Dengiz   iqlimli   o‘lkalarda   yog‘in   ko‘p   yotadi,   yil   bo‘yi   bir   tekis
taqsimlanadi,   yozda   harorat   pastroq,   qishda   esa   iliqroq   bo‘ladi.   Masalan,
G‘arbiy   Yevropaning   o‘rta   kengliklari,   Buyuk   Britaniya   orollari   iqlimi
dengiz   iqlimi.   Yevrosiyoning   markaziy   qismlari,   O‘rta   Osiyo   iqlimi
kontinental   iqlim.   Yoz   va   qish   oylari   havo   harorati   farqi   katta,   yog‘in   kam,
O‘rta Yevropa iqlimi oraliq iqlimdir.
Iqlim   makroiqlim   va   mikroiqlim   deb   ham   bo‘linadi.   Mikroiqlim
mahalliy omillar – relef, yer yuzasi holati, suv havzasi, inson ta’sirida tarkib
topadi va asosan havo harorati, yog‘in miqdorida farq qiladi. Tog‘li   o‘lkalarda   iqlim   balandlik   va   orografik   tuzilish   ta’sirida   ham
o‘zgaradi.  Har  100   m  ko‘tarilganda   harorat   0,60   dan  1,0  gacha  pasayadi 1
.
Yonbag‘irlarning   qaysi   tomonga   (shamollarga,   quyosh   nuriga   nisbatan)
qaraganiga   qarab   yog‘in   miqdori   ham   o‘zgaradi.   Masalan,   yog‘in   miqdori
G‘arbiy   Tyanshan   tog‘larida   har   yuz   metr   ko‘tarilganda   40   mm   gacha
ko‘payadi.
1. Iqlim va iqlim hosil qiluvchi omillar
Meteorologik   elementlarning   (temperatura,   bosim,   havoning
absolyut   va   nisbiy   namligining)   Havodagi   bir   qancha   tabiiy   hodisalar
(jumladan,   yog‘inlar,   tuman,   bulut,   shamol,   momaqaldiroq   va   boshqalar)
bilan   birga   ro‘y   berishi   va   vaqt   davomida   fazoda   o‘zgarib   turishi   ob-havo
deyiladi.   Ma’lum   joyda   bir   necha   asr   davomida   ob-havoning   ko‘p   yillik
harakterli rejimi iqlim deyiladi.
Iqlim   ko‘pgina   tabiiy   omillarning   bir-birlariga   murakkab   ta’sir
etishi natijasida tarkib topadi. Bunda quyidagilar asosiy rol o‘ynaydi:
1)Quyoshdan keladigan nur energiyasi va uning sarf bo‘lishi. Bu-Er
sharidagi iqlim farzlarining asosiy sababidir: atmosferaning va uning tagidagi
er   yuzasinnng   issiqlik   holati,   barik   relef,   atmosfera   sirqo‘lyasiyasi   va
namning aylanma harakati Quyoshning nur energiyasiga bog‘liqdir;
2)atmosfera   sirqo‘lyasiyasi,   issiqlik   va   nam   atmosfera
sirqo‘lyasiyasi yordamida qaytadan taqsimlanadi;
3)Erda  namning   aylanma  harakati;   bug‘lanish,   bo‘lutlar,  tumanlar,
yog‘inlar namning aylanma harakatidir; namning aylanma harakatini amalda
atmosfera sirqo‘lyasiyasidan ajratib bo‘lmaydi.
Er sharida issiqlik natijasida vujudga keladigan atmosfera sirkulyasiyasi
va namning aylanma harakati o‘z navbatida; Er sharining issizlik sharoitiga,
binobarin,   shu   sharoit   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   hamma   narsaga   ta’sir   etadi.
1
Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany.  2002 .  255-bet. Bunda sabablar va natijalar bir-birlari bilan shu qadar chatishib ketganki, biz
uchala faktorni birgalikda murakkab narsa deb qarashimiz kerak.
3. Iqlimning tebranishi va o‘zgarishi
Iqlim   geografik   qobiqqa   kiruvchi   troposferaning   xossasidir.   Shunday
ekan ,   tabiiyki ,   iqlim   Yer   yuzining   butun   tabiati   bilan   birgalikda   o‘zgaradi .
Iqlim nisbatan uzoq yoki qisqa vaqt davomida, goh tobora soviy  borishi yoki
isiy borishi, goh quruqlashishi yoki sernam bo‘la borishk  mumkin. Natijada
uzoq vaqt davomida bir xil iqlim boshqa xil iqlim bilan almashadi. Muayyan
iqlim   turi   o‘zgarmasdan   qisqa   vaqt   davomida   isib   borayotgan   iqlimning
sovuqlashayotgan   iqlim   bilan,   sernam   iqlimning   quruq   iqlim   bilan   va
aksincha almashinib turishiga iqlimning tebranishi deyiladi.
Yer   yuzi   iqlimi   va   unga   bog‘liq   ravishda   har   bir   joy   iqlimi   davriy
ravishda   o‘zgarib,   tebranib   turadi.   Hozirgi   vaqtda   iqlimshunos   olimlarning
aniqlashicha,   iqlimda   11,   22   yillik,   33-35   yillik,   98-100   yillik,   1800-1900
yillik, 8,5 ming yillik, 40000-40700 yillik tebranishlar mavjud.
Hozirgi   vaqtda   Yer   shari   iqlimining   rivojlanishi   haqida   ham   so‘z
yuritishga   yetarli   asoslar   bor .   Tabiatdagi   har   qanday   rivojlanish   kabi ,   bu
rivojlanish   ham   oddiydan   murakkabga   tomon   boradi .   Geologik   eralardan
oldingi vaqtda litosfera va gidrosfera hali vujudga kelmagan bo‘lib, metandan
tarkib   topgan   atmosferaning   geologik   xossalari   keyingi   eralardagi
atmosferadan butunlay boshqacha bo‘lgan.
Ilk   geologik   bosqichlarda,   chunonchi   arxeyda,   ya’ni   materik
platformalar endigina tashkil topa boshlagan va deyarli butun yer yuzi sayoz
okean   bilan   qoplangan   vaqtlarda   vulkanlar   otilishi   juda   shiddatli,   quyosh
radiatsiyasi   esa   hozirgidan   katta   bo‘lgan,   butun   yer   shari   iqlimi   issiq   va
sernam,   ya’ni   parnik   iqlimiga   o‘xshagan   bo‘lgan.   Yer   yuzining   hamma
joyida   issiqlik   va   nam   ortiqcha   bo‘lgan .   Atmosfera   sirkulyatsiyasi   faqat
vertikal konvektsiyadan iborat edi. Proterozoy erasida quruqlik maydoni kengaya borib, dastlabki “materik”
(orollar)   iqlimlari   tarkib   topgan,   shamollar   kuchaygan,   atmosfera
sirkulyatsiyasi   va   siklonlar   vujudga   kelgan,   dastlabki   muzliklar   paydo   bo‘la
boshlagan.
Paleozoy erasining kembriy davrida iqlim zonalari vujudga kelgan, silur
va   ordovik   davrlarida   esa   dastlabki   bosim   markazlari   paydo   bo‘lgan   hamda
iqlim   quruqlasha   borgan,   devon   davrida   iqlimning   quruqligi   yanada   ortgan,
toshko‘mir   davrida   yil   fasllari   vujudga   kelgan,   permda   iqlimning
kontinentalligi   birmuncha   kuchaygan,   troposfera   frontlari   tashkil   topgan,
atmosfera   tsirkulyatsiyasi   kuchayib,   deyarli   hozirgiga   o‘xshash   bo‘lgan.
Iqlim zonalari va rayonlari aniq ajralgan. Ikkinchi muzlanish boshlangan.
Mezozoy   erasi   davomida   iqlimning   zonalar   doirasidagi   va   mahalliy
tafovuti   tobora   orta   borgan,   sovuq   qutbiy   iqlimlar   hosil   bo‘lgan,
troposferaning ayrim qismlarga ajralishi va sirkulyatsiyasi kuchaygan.
Kaynozoy erasida ham iqlim birmuncha o‘zgargan - paleogendagi issiq
iqlim   pleystotsengacha   juda   sovib   ketgan,   bunda   butun   Yer   shari   iqlimi
haddan   tashqari   sovib,   muzliklar   orta   borgan,   materiklarning   o‘rtacha
geografik kenglikdagi qismlarida qoplama muzliklar paydo bo‘lgan.
Uchlamchi   va   to‘rtlamchi   davrlarda   Yer   iqlimi   beqaror   bo‘lgan .
Harorat  keng doirada tebrangan (ayrim paytda favqulotda ancha yuqori va
past bolgan). Bu esa  o‘z navbatida muzliklararo va muzlik davrlarini yuzaga
keltirgan.     So‘nggi   1,6   mln   yilda   17   ga   yaqin   muzlik   va   muzliklararo   davr
bo‘lgan.     Davrlar   muzliklarning   doimo   bosib   borishi   (o‘tish   davri   90   000
yilga   yaqin)   va     muzliklarning   keskin   qisqarishi   (o‘tish   davri   8000   yilga
yaqin) bilan harakterlangan.
Oxirgi   muzlik   davri   taxminan   bundan   18000-20000     yil   oldin   katta
maydonni   egallagan.   Bu   vaqtda   Skandinaviya,   Shimoliy   German pasttekisligi,   Buyuk   Britaniyaning   katta   qismi   (janubiy   qismi   mustasno)   va
Shimoliy Amerikaning 39° shimoliy kengliklarigacha muz qoplagan. 
Iqlimlarning   almashinish   sabablari   hozircha   yetarli   o‘rganilgan   emas.
Bunga   fazodagi   omillar   ham,   Yerdagi   omillar   ham   ta’sir   etishi   (turtki
berishi) mumkin. Bu ikki xil omilning rolini bir-biridan ajratish qiyin: chunki
Yer   fazoviy   jism   bo‘lib,   uning   hayoti   faqat   quyosh   aktivligiga   emas,   balki
Quyosh sistemasining Galaktikadagi harakatiga ham juda bog‘liqdir.
Hozirgi   vaqtda   quyosh   radiatsiyasi   biosfera   paydo   bo‘lgandan   beri
keskin o‘zgarmaganligi aniqlangan. Lekin bu umumiy o‘zgarmaslik zaminida
quyosh   doimiyligining   yuqorida   qayd   qilingan   11,   22   va   35   yillik
almashinishi   ham   yotadi.   Ba’zi   olimlar   Quyosh   sistemasi   o‘zining
Galaktikadagi   harakat   yo‘lida   Galaktikaning   goh   shaffof   qismlarini   kesib
o‘tadi,   goh   tumanliklarga   to‘g‘ri   keladi   va   natijada   bu   tumanliklar   quyosh
radiatsiyasining   ko‘pgina   qismini   tutib   qoladi,   deb   taxmin   qiladilar.   Ular
muzlik   davrlariga   ham  shuni   sabab   qilib   ko‘rsatadilar.   Quyosh   nurlarining
Yer yuzasiga tushish miqdori Yer va Quyosh aloqalariga ham bog‘liq.
Atmosferaning   issiqlik   rejimida   Yer   astronomik   holatining   o‘zgarishi
ham   katta   rol   o‘ynaydi.   Hozirgi   vaqtda   Yer   o‘qining   ekliptika   tekisligiga
qiyaligi   o‘rta   hisobda   23°26   bo‘lib,   u   21°39   dan   24°36   gacha   o‘zgarib
turadi.   Bu   qiyalik   har   40000-40700   yilda   almashinib   turadi.   Yer   o‘qining
qiyalik   burchagi   o‘zgarsa,   tropiklar   va   qutbiy   doiralarning   o‘rni   ham,
binobarin,   termik   mintaqalarning   kengligi   (yeni)   ham   o‘zgaradi:   qiyalik
burchagi   qancha   kichik   bo‘lsa,   mo’tadil   mintaqalar   shuncha   keng   bo‘lib,
issiq   va   sovuq   mintaqalar   torayadi.   Bir   xil   geografik   kenglikdagi   joylar,
chunonchi   hozirgi   subarktika,   goh   Arktika   mintaqasiga,   goh   mo‘tadil
mintaqaga to‘g‘ri kelib qoladi.
So‘nggi   yillarda   karbonat   angidrid,   metan,   azot   oksidi,   oltingugurt
oksidi kabi gaz chiqindilarining tashlanishi, albedo, issiqlik energiyasi ishlab chiqarilishi   sug‘orish   tizimlarining   kengayishi   suv   bug‘lari   ajralib   chiqishi
otib,   bularning   barchasi   atmisferada   toplanib,   Yer   yuzasidan   chiqayotgan
issiqlikni   issiqxona   oynasi   kabi   qaytaradi.   Bu   o‘z   navbatida   iqlimining
global  o‘zgarishiga va “issiqxona samarasi” ga olib keldi. 
Iqlim   o‘zgarishining   hukumatlararo   ekspert   guruhi   hisoboti   (1990y.)
bo‘yisha,     XXI   asrning   boshlarida   harorat   0,3°C   ga   oshishi   aytilgan.   1996
yilgi   hisoboti   bo‘yisha,   2100   yilda   harorat   2,0°C     (2-3,5°C   gacha)   oshadi
deyilgan. 
Global ishish quyidagi salbiy oqibatlarni olib kelishi mumkin:
- tog‘li hududlardagi muzliklarning erishiga;
- tundra va abadiy muzloqlar maydonining qisqarishiga;
- kuchli tropik siklonlarning tez-tez bo‘lishiga;
- okean sathi ko‘tarilishiga;
- qutbiy dengizlardagi muzliklarning qisqarishiga;
- shimoliy yarimshardagi boreal o‘rmonlarning qisqarishiga va b Adabiyotlar:
1. Abdunazarov   O`.Q.,   Mirakmalov   M.T.,   Sharipov   Sh.M.   Umumiy   tabiiy
geografiya. –Toshkent, Barkamol fayz media nashriyoti.  2018. 328 b.
2. Vahobov H. Umumiy Yer bilimi. Darslik. –T oshkent : Bilim, 2005.
3. Геренчук   К.И.,   Боков   В.А.   Черванов   И.Г.   Общее   землеведение.   -М.:
Высшая школа, 1984. -256 с.
4. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. -М.: Высшая школа, 1990.
5. Савцова Т.М. Общее землеведение. -М.: Академия, 2013.   
6. Шубаев Л.П. Умумий ер билими. –Тошкент: Ўқитувчи, 1975.
7. Goudie A. Physische Geograhfie. Germany,1997.   
8. World Regional Geography (This text was adapted by The Saylor Foundation   
under   a   Creative   Commons   Attribution-NonCommercial-ShareAlike   3.0
License   without   attribution   as   requested   by   the   work’s   original   creator   or
licensee).     www.sayior.org/books    .  
9. Nicholas   Clifford,Shaun   French   and   Gill   Valentine.   Key   Methods   in   
Geography. 2010.
10. Robert   E.   Gabler,   James   F.   Petersen,   L.   Michael   Trapasso.   Essentials   of
Physical   Geography.2007.   Thomson   Brooks/Cole,   a   part   of   The   Thomson
Corporation.Thomson,   the   Star   logo,   and   Brooks/Cole   are   trademarks   used
herein under license.

OB-HAVO VA IQLIM . Reja: 1. Ob-havo va uning elementlari 2. Iqlim va iqlim hosil qiluvchi omillar 3. Iqlimning tebranishi va o‘zgarishi

1. Ob-havo va uning elementlari Barcha atmosfera jarayonlari va ularning hosilalari, ya’ni meteorologik elementlar birgalikda ob-havo bilan iqlimni vujudga keltiradi. Atmosfera jarayonlarining ma’lum bir joydagi va muayyan vaqtdagi holati ob-havo deyiladi. Ob-havo meteorologik elementlarning birgalikda olingan miqdorlari bilan belgilanadi; meteorolog‘ik elementlarga atmosfera bosimi, havo va tuproq harorati, havo va tuproq namligi, shamol, bulutlilik, ko‘rinish uzoqligi, yog‘inlar miqdori va turi, tuman, qor bo‘roni, momaqaldiroq va boshqalar kiradi. Ob-havo kamdan-kam va qisqa vaqt davomida barqaror turadi, u odatda tez-tez o‘zgaradi, shuning uchun meteorologik elemvntlar ham tez-tez - sutkasiga sakkiz marotaba yoki muttasil o‘lchab boriladi. Biror joydagi ob-havoning uzoq vaqt davomida ma’lum tartibda almashinib turishi shu joyning iqlimi deyiladi. Ob-havodan farq qilib, iqlim uzoq vaqt davomida olib borilgan kuzatish natijasidir: ko‘pincha 35 yoki 100 yil hisobga olinadi. Iqlim - atmosferaning xususiyatidir. Quyosh radiatsiyasi, havo va atmosfera namligi uning moddiy ifodasi hisoblanadi. Iqlimlar yana dengiz iqlimi, kontinental iqlim va oraliq iqlimlarga bo‘linadi. Dengiz iqlimli o‘lkalarda yog‘in ko‘p yotadi, yil bo‘yi bir tekis taqsimlanadi, yozda harorat pastroq, qishda esa iliqroq bo‘ladi. Masalan, G‘arbiy Yevropaning o‘rta kengliklari, Buyuk Britaniya orollari iqlimi dengiz iqlimi. Yevrosiyoning markaziy qismlari, O‘rta Osiyo iqlimi kontinental iqlim. Yoz va qish oylari havo harorati farqi katta, yog‘in kam, O‘rta Yevropa iqlimi oraliq iqlimdir. Iqlim makroiqlim va mikroiqlim deb ham bo‘linadi. Mikroiqlim mahalliy omillar – relef, yer yuzasi holati, suv havzasi, inson ta’sirida tarkib topadi va asosan havo harorati, yog‘in miqdorida farq qiladi.

Tog‘li o‘lkalarda iqlim balandlik va orografik tuzilish ta’sirida ham o‘zgaradi. Har 100 m ko‘tarilganda harorat 0,60 dan 1,0 gacha pasayadi 1 . Yonbag‘irlarning qaysi tomonga (shamollarga, quyosh nuriga nisbatan) qaraganiga qarab yog‘in miqdori ham o‘zgaradi. Masalan, yog‘in miqdori G‘arbiy Tyanshan tog‘larida har yuz metr ko‘tarilganda 40 mm gacha ko‘payadi. 1. Iqlim va iqlim hosil qiluvchi omillar Meteorologik elementlarning (temperatura, bosim, havoning absolyut va nisbiy namligining) Havodagi bir qancha tabiiy hodisalar (jumladan, yog‘inlar, tuman, bulut, shamol, momaqaldiroq va boshqalar) bilan birga ro‘y berishi va vaqt davomida fazoda o‘zgarib turishi ob-havo deyiladi. Ma’lum joyda bir necha asr davomida ob-havoning ko‘p yillik harakterli rejimi iqlim deyiladi. Iqlim ko‘pgina tabiiy omillarning bir-birlariga murakkab ta’sir etishi natijasida tarkib topadi. Bunda quyidagilar asosiy rol o‘ynaydi: 1)Quyoshdan keladigan nur energiyasi va uning sarf bo‘lishi. Bu-Er sharidagi iqlim farzlarining asosiy sababidir: atmosferaning va uning tagidagi er yuzasinnng issiqlik holati, barik relef, atmosfera sirqo‘lyasiyasi va namning aylanma harakati Quyoshning nur energiyasiga bog‘liqdir; 2)atmosfera sirqo‘lyasiyasi, issiqlik va nam atmosfera sirqo‘lyasiyasi yordamida qaytadan taqsimlanadi; 3)Erda namning aylanma harakati; bug‘lanish, bo‘lutlar, tumanlar, yog‘inlar namning aylanma harakatidir; namning aylanma harakatini amalda atmosfera sirqo‘lyasiyasidan ajratib bo‘lmaydi. Er sharida issiqlik natijasida vujudga keladigan atmosfera sirkulyasiyasi va namning aylanma harakati o‘z navbatida; Er sharining issizlik sharoitiga, binobarin, shu sharoit bilan bog‘liq bo‘lgan hamma narsaga ta’sir etadi. 1 Goudie A. Physische Geogra p hie. Germany. 2002 . 255-bet.

Bunda sabablar va natijalar bir-birlari bilan shu qadar chatishib ketganki, biz uchala faktorni birgalikda murakkab narsa deb qarashimiz kerak. 3. Iqlimning tebranishi va o‘zgarishi Iqlim geografik qobiqqa kiruvchi troposferaning xossasidir. Shunday ekan , tabiiyki , iqlim Yer yuzining butun tabiati bilan birgalikda o‘zgaradi . Iqlim nisbatan uzoq yoki qisqa vaqt davomida, goh tobora soviy borishi yoki isiy borishi, goh quruqlashishi yoki sernam bo‘la borishk mumkin. Natijada uzoq vaqt davomida bir xil iqlim boshqa xil iqlim bilan almashadi. Muayyan iqlim turi o‘zgarmasdan qisqa vaqt davomida isib borayotgan iqlimning sovuqlashayotgan iqlim bilan, sernam iqlimning quruq iqlim bilan va aksincha almashinib turishiga iqlimning tebranishi deyiladi. Yer yuzi iqlimi va unga bog‘liq ravishda har bir joy iqlimi davriy ravishda o‘zgarib, tebranib turadi. Hozirgi vaqtda iqlimshunos olimlarning aniqlashicha, iqlimda 11, 22 yillik, 33-35 yillik, 98-100 yillik, 1800-1900 yillik, 8,5 ming yillik, 40000-40700 yillik tebranishlar mavjud. Hozirgi vaqtda Yer shari iqlimining rivojlanishi haqida ham so‘z yuritishga yetarli asoslar bor . Tabiatdagi har qanday rivojlanish kabi , bu rivojlanish ham oddiydan murakkabga tomon boradi . Geologik eralardan oldingi vaqtda litosfera va gidrosfera hali vujudga kelmagan bo‘lib, metandan tarkib topgan atmosferaning geologik xossalari keyingi eralardagi atmosferadan butunlay boshqacha bo‘lgan. Ilk geologik bosqichlarda, chunonchi arxeyda, ya’ni materik platformalar endigina tashkil topa boshlagan va deyarli butun yer yuzi sayoz okean bilan qoplangan vaqtlarda vulkanlar otilishi juda shiddatli, quyosh radiatsiyasi esa hozirgidan katta bo‘lgan, butun yer shari iqlimi issiq va sernam, ya’ni parnik iqlimiga o‘xshagan bo‘lgan. Yer yuzining hamma joyida issiqlik va nam ortiqcha bo‘lgan . Atmosfera sirkulyatsiyasi faqat vertikal konvektsiyadan iborat edi.

Proterozoy erasida quruqlik maydoni kengaya borib, dastlabki “materik” (orollar) iqlimlari tarkib topgan, shamollar kuchaygan, atmosfera sirkulyatsiyasi va siklonlar vujudga kelgan, dastlabki muzliklar paydo bo‘la boshlagan. Paleozoy erasining kembriy davrida iqlim zonalari vujudga kelgan, silur va ordovik davrlarida esa dastlabki bosim markazlari paydo bo‘lgan hamda iqlim quruqlasha borgan, devon davrida iqlimning quruqligi yanada ortgan, toshko‘mir davrida yil fasllari vujudga kelgan, permda iqlimning kontinentalligi birmuncha kuchaygan, troposfera frontlari tashkil topgan, atmosfera tsirkulyatsiyasi kuchayib, deyarli hozirgiga o‘xshash bo‘lgan. Iqlim zonalari va rayonlari aniq ajralgan. Ikkinchi muzlanish boshlangan. Mezozoy erasi davomida iqlimning zonalar doirasidagi va mahalliy tafovuti tobora orta borgan, sovuq qutbiy iqlimlar hosil bo‘lgan, troposferaning ayrim qismlarga ajralishi va sirkulyatsiyasi kuchaygan. Kaynozoy erasida ham iqlim birmuncha o‘zgargan - paleogendagi issiq iqlim pleystotsengacha juda sovib ketgan, bunda butun Yer shari iqlimi haddan tashqari sovib, muzliklar orta borgan, materiklarning o‘rtacha geografik kenglikdagi qismlarida qoplama muzliklar paydo bo‘lgan. Uchlamchi va to‘rtlamchi davrlarda Yer iqlimi beqaror bo‘lgan . Harorat keng doirada tebrangan (ayrim paytda favqulotda ancha yuqori va past bolgan). Bu esa o‘z navbatida muzliklararo va muzlik davrlarini yuzaga keltirgan. So‘nggi 1,6 mln yilda 17 ga yaqin muzlik va muzliklararo davr bo‘lgan. Davrlar muzliklarning doimo bosib borishi (o‘tish davri 90 000 yilga yaqin) va muzliklarning keskin qisqarishi (o‘tish davri 8000 yilga yaqin) bilan harakterlangan. Oxirgi muzlik davri taxminan bundan 18000-20000 yil oldin katta maydonni egallagan. Bu vaqtda Skandinaviya, Shimoliy German