Tahliliy o‘qish asoslari
Tahliliy o‘qish asoslari Reja: 1. Tahliliy o‘qish – amaliy ko‘nikmalar shakllanishining bosh omili. 2. Badiiy asardan parchaning fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlili. 3 . Badiiy asardan parchaning stilistik va badiiy tahlili.
Tahliliy o‘qishning amaliy ahamiyati shundaki, ona tili va adabiyot fanlarini bir-biridan ajratmagan holda o‘rganib, matn tahlili uchun fonetik, leksik, grammatik, stilistik vositalardan foydalanish bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan, badiiy, ilmiy va shu kabi matnlarni tilshunoslik, adabiyotshunoslik, lingvokulturologiya, lingvopragmatika, lingvopoetika nuqtayi nazaridan tahlil qilish metodikasi va algoritmini egallashdan iborat. Shuningdek, talabalar mashg‘ulotlar jarayonida aynan bir fikrni turli lisoniy vositalar yordamida ifodalab, matn mazmuni bo‘yicha qo‘yiladigan savollarga, birinchidan, axborot uzatuvchi lisoniy birliklar, ikkinchidan matnda muayyan kayfiyat hosil qiluvchi birliklar tahlili asosida javob beradilar. Dastlabki paytlarda tahlili y o‘qish ta’limi talabalarda adabiy talaffuz, chiroyli yozish (husnixat), ifodali o‘qish talabaning so‘z boyligini oshirish, nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, frazeologik, grammatik, stilistik bilimlarni mustahkamlash nazarda tu til adi. Tovushlar talaffuzida nutq o‘rinlari holat va harakati, o‘qitilayotgan matnda uchraydigan tanish va notanish lek s ik birliklarning ma’no nozikliklarini o‘rganish, matnni turlarga ajrata bilish va ularning har biriga xos xususiyatlarini to‘g‘ri idrok etish ko‘nikmalarini hosil qilishni talab qiladi. Ta’limning boshlang‘ich davrlarida asosiy e’tibor matnni til (fonetik, orfografik, orfoepik, leksik, frazeologik, grammatik) muallif uslubi nuqtai nazardan tahlil qilishga qaratiladi. Ta’limning keyingi bosqichlarda ayrim mualliflar va umuman o‘zbek adabiyoti uchun xos bo‘lgan ekspressiv – stilistik vositalarni tahlil qilish asnosida talabalarning filologik qarashlarni shakllantirish va boyitish talab etiladi. Ta’limning so‘nggi davrida (talabalar matnni lingvopo e tik , ya’ni tilshunoslik, adabiyotshunoslik va she’rshunoslik) egallagan bilimlar asosida matnni tahlil qilishga o‘rgatish , b unda matnning tasavvufiy talqiniga alohida e’tibor qarati l adi, natijada talabalar asar personajlariga berilgan muallif tavsifini tushuntirish, idrok etish va zavqlanishga, matnning “kayfiyatini” tuyishga, muallifning individu al vositalari , shu vositalarga erishish usullarini shar h lashga o‘rgatiladi.
Oliy ta’limda mutaxassis tayyorlash bilan bog‘liq muammolarning yechimi bilan uzoq yillar davomida shug‘ullanib kelayotgan tilshunos olim – filologiya fanlari doktori, professor Ibodulla Mirzayev sohada sifatli mutaxassis tayyorlash istiqbollarini matn ustida ishlash – “Tahliliy o‘qish” mashg‘ulotlarida ko‘radi. Olim ko‘p yillik ilmiy kuzatuvlari, tajribalariga tayanib til va adabiyotni ajratib o‘qitish ilmga ham, jumladan, ta’limga ham kutilgan samarani bermasligini ta’kidlaydi. O‘z tadqiqotlarida uzluksiz ta’lim tizimida o‘tkazgan tajriba-sinov ishlari natijalariga tayanib, til va adabiyotni qo‘shib o‘qitish – shaxs tarbiyasi uchun ham, filolog tayyorlashda ham, maktab ta’limida ham samarali natijani beradi, deb hisoblaydi I.Mirzayev. Olim Rossiya (Sankt-Peterburg), Fransiya davlatlarida malaka oshirgan, Janubiy Koreya, Germaniya tajribalarini, shu jumladan o‘zbek mumtoz ta’limini chuqur o‘rgangan holda o‘qitishning mazkur milliy metodikasini ishlab chiqib, amaliyotda qo‘llab kelmoqda. Samarqand davlat universitetida uzoq yillar davomida “Matn tahlili”, “Tahliliy o‘qish” mashg‘ulotlari o‘qitib kelinadi. O‘zbekistonda lingvopoetikaga doir tadqiqotlarni boshlab bergan olim terminologiya, nutq madaniyati, o‘zbek tili o‘qitish metodikasi kabi muhim sohalarini rivojlantirishga ham yangicha yondashib, universitet miqyosida ko‘plab fanlarni yangidan tashkil qildi. I.Mirzayevning mazkur innovatsion yondashuvi 2020-yili Samarqand shahrida o‘tkazilgan Respublika ta’lim markazi, universitet va malaka oshirish institutlari ishtirokida “Filologik ta’limda innovatsion yondashuv” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani doirasida ommalashtirildi. Nufuzli anjumanda pedagogika fanlari doktorlari Qozoqboy Yo‘ldoshev, Qunduz Husanboyeva, Valijon Qodirov, filologiya fanlari doktorlari Jo‘liboy Eltazarov, Murodqosim Abdiyev, Dilbar O‘rinboyeva va boshqa tadqiqotchilar, amaliyotchi o‘qituvchlar ishtirok etib, mazkur o‘qitish metodikasining ta’lim uchun ahamiyatli ekanligini e’tirof etishdi. Jumladan, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarining umumta’lim maktablarida malakali o‘qituvchilar ishtirokida tashkil qilingan tajriba-sinov darslari muvaffaqiyatli bo‘lgani ta’kidlandi. Amaliyotchilar bildirgan ayrim
takliflar asosida o‘tgan bir yil davomida mazkur o‘qitish metodikasi takomillashtirildi. Tahliliy o‘qish fanining mohiyati shundayki, OTMlarning filologiya fakultetlarida talabalar bir mashg‘ulot davomida ham til, ham adabiyotni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Albatta, bu matn asosida amalga oshiriladi. Tahlil uchun duch kelgan matnni tanlab bo‘lmaydi. O‘zbek tafakkuri uchun juda zarur bo‘lgan, ma’rifiy, badiiy, tarixiy, shuningdek, ilmiy matnlar olinadi. Masalan, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida qo‘llangan notanish so‘zlar ustida ishlash mumkin. Jumladan, asarda “jonib” so‘zi qo‘llanilgan bo‘lib, u janub emas, aynan tomon ma’nosini bildirishi matn tahlilidan anglashiladi. Mashg‘ulot mana shunday turli sohalarni qamragan asarlar matni ustida ishlash bilan o‘tadi. Bunday mashg‘ulotni o‘tagan filologiya yo‘nalishi talabasi kelajakda iqtidorli tadqiqotchi ham, mohir o‘qituvchi ham bo‘la oladi. Tilda omonim bo‘lgan hodisalar adabiyotda – tajnis, antonimlar – tazod, aniqlovchilar – epitet, o‘zakdosh so‘zlar – ishtiqoq, uyadosh so‘zlar – tanosib deyilsa, ularni matnda ajratib bo‘lmaydi-ku, bu albatta, birga o‘rganishni taqozo qiladi. Oliy ta’lim tizimida tayyorlanayotgan mutaxassis, har qanday matnni tahliliy o‘qiy olish malakasiga ega bo‘lishi kerak. Mazkur ko‘nikmani egallagan maktab o‘quvchilari kelgusida barcha kasblarga layoqatli bo‘ladi. Matnni tahliliy o‘qish barcha soha amaliyoti uchun birdek zarur, masalan, noshir, muharrir, jurnalist, ilmiy kotib, shuningdek, iqtisodchi, fizik, olim, yoki siyosatchi, tanqidchi, tergovchi, hatto zamonaviy kasblardan bo‘lgan dasturchi, bloger kabi mutaxassisliklarda ham samarali faoliyat ko‘rsata oladi. Ona tili ta’limida bunday yondashuv mavjud emas. Shuning uchun o‘quvchilarda, talabalarda matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasi to‘la rivojlanmay qolmoqda. O‘zbekiston xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan bir paytda “Tahliliy o‘qish” mashg‘ulotlarini ta’limning muayyan bosqichlariga (yuqori sinflar, oliy ta’lim, magistraturaning ayrim sohalariga) joriy qilish lozim. Zero, xalqaro PISA baholash dasturida ham matnni tahlil qilish ko‘nikmasiga katta e’tibor beriladi. Tasavvur hosil qilish uchun ayrim namunalar keltirish mumkin. Buni umumta’lim
maktablarining 5-sinflarida ham matnlarni soddalashtirgan holda qo‘llash mumkin. “Tahliliy o‘qish” mashg‘ulotlari quyidagi mazmunda olib boriladi: Mavzu: Matnni sharhlab o‘qish – filologik ta’limning asosi (filologiya fakultetlari 1-bosqich talabalari uchun) Yer – xazina, suv – gavhar. Fonetik tahlil: Xazina so‘zi 3 bo‘g‘indan iborat. 3 unli(a, i, a) va 3 undosh (x, z, n). A – til oldi, quyi keng, lablanmagan. I – til oldi, yuqori tor, lablanmagan. X – chuqur til orqa, sirg‘aluvchi, jarangsiz, shovqinli, sof. Z – til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli, shovqinli, sof. N – til oldi, portlovchi, jarangli, sonor (burun), sof. Qur’oni karimda suv talqini Olloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi: “Kofir bo‘lganlar osmonlar ham, yer ham (avvalda) yaxlit bo‘lganini, bas, Biz ularni yorib yuborganimizni va barcha tirik mavjudotni suvdan (paydo) qilganimizni ko‘rmadilarmi?! Endi ham imon keltirmaydilarmi?!” (“Anbiyo” surasi, 30-oyat). ”Biz shamollarni urchituvchilar etib yubordik. Bas, osmondan suv tushirib, u ila sizlarni serob qildik” (“Hijr” surasi, 22-oyat). Hadisi shariflarda suv talqini Sahoba Abu Said al-Xudriy (r.a.)dan rivoyat. U dedi: Rasululloh (s.a.v.)ga: “Ey, Rasululloh! Buzo‘a qudug‘idan tahorat olamizmi? U shunday quduqki, unga hayz lattalari (ayollar hayz ko‘rgan vaqtda ishlatadigan lattalar), itlarning go‘shtlari va sassiq narsalar tashlanadi”, deyildi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): “Suv pokiza–toza narsa, uni hech narsa najas qilmaydi!”, deb marhamat qildilar. (Termiziy, 1/66). Roviy: “Ochiq maydonlarda bo‘ladigan, yirtqich hayvonlar va chorpolar vaqti-vaqti bilan teginib ketaveradigan suvlar haqida Rasululloh (s.a.v.)dan so‘ralganini eshitganman”, degan. Shunda Rasululloh (s.a.v.): “Agar suv ikki “qulla” bo‘lsa, nopoklikni ko‘tarmaydi”, deb marhamat qildilar (Termiziy, 1/67). “Suv” so‘zi bilan bog‘liq maqollar: 1. Ariqni kimlar qazir, Suvini kimlar ichar. 2. Bir tomchi suv chumoliga daryo ko‘rinar. 3. Suv ko‘paysa, daryo toshar. 4. Suv – muzdan, ariq – seldan 5. Suvni bersang elga, Yasharsan ming yilga. 6. Jiyan-tog‘a el bo‘lmas, Yakka tomchi sel bo‘lmas. 7. Suvning oqishiga qara, Xalqning xohishiga qara. 8. Xalq – tosh, amaldor – suv. 9. Elga kirgil elingcha, Suvga kirgil belingcha 10. Yer – ona,