logo

TEXNOLOGIYA TA’LIMIGA ASOSLANGAN DARSDAN TASHQARI MASHG’ULOTLAR

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

79.7021484375 KB
  MAVZU :  TEXNOLOGIYA   TA’LIMIGA ASOSLANGAN DARSDAN
TASHQARI  MASHG’ULOTLAR
1.   Texnologiya   ta’limiga   asoslangan   darsdan   tashqari   mashg‘ulotlar.
Umumiy   o‘rta   ta’lim   muassasalarida   darsdan   tashqari   mashg‘ulotlarning   barcha
shakllarini shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin. RЕJА:
Texnologiya   ta’limiga  asoslangan  darsdan  tashqari 
mashg‘ulotlar.  
O‘quvchilar bilan individual ishlar olib borish .
O‘quvchilarni  maktabdan  tashqari  ishlarga  jalb  qilishning 
gruppaviy formasi.
Аdаbiyotlаr.
1.  N.Muslimov,  Sh.Sharipov,  M.Qodirov.  “Texnik  ijodkorlik  va  dizayn”.-T.: 
2010y
2.  L.E.Bobomurodova.  «Texnik  ijodkorlik  va  dizayn»  fanidan  amaliy 
mashg‘ulotlarni bajarish. – Samarqand.: 2019 y
3.  L.E.Bobomurodova.  «Texnik  ijodkorlik  va  dizayn»  fanidan  laboratoriya 
mashg‘ulotlarini bajarish. – Samarqand.: 2019 y   Birinchi   guruhga   to‘garaklar   kiradi.   To‘garak   darsdan   tashqari
mashg‘ulotlarni   tashkil   qilishning   keng   tarqalgan   va   chuqur   tadqiq   etilgan   shakli
hisoblanib,   ixtisoslashuvidan   qat’iy   nazar   ularning   ko‘plab   umumiy   tomonlari
mavjud. SHuning uchun turli tipdagi to‘garaklarning rahbarlari boshqa ixtisosdagi
to‘garaklar   ishidagi   kasbga   yo‘naltirishga   oid   ilg‘or   tajribalarini   chuqur   o‘rganib,
eng yaxshi tomonlarini o‘z ishida qo‘llashlari yuqori natijalarga erishish imkonini
beradi.  Albatta,  to‘garak  ishini  kasb  tanlashga   yo‘llash  asosida  olib  borish  o‘ziga
xos  xususiyatlarga  ega  bo‘lib,  uning metod  va shakllariga  ma’lum  darajada  ta’sir
ko‘rsatadi. 
M aktablarning   ish   tajribasida   turli–tuman   to‘garaklar   uchraydi.   O‘quv
predmetlari bilan bog‘liqlik nuqtai nazaridan to‘garaklarni uch guruhga:  predmetga
doir, predmetlararo va predmetdan tashqari  to‘garaklarga ajratish mumkin.             
Predmetga   doir   to‘garaklar   deb,   bevosita   mehnat   tarbiyasi   bilan   bog‘liq
bo‘lgan to‘garaklarga aytiladi. O‘z mazmuniga ko‘ra bu to‘garaklar mehnat darsida
o‘quvchilar   bajargan   ishning   davomi   bo‘lib,   bunda   o‘quvchilarning   faoliyati
yanada   murakkabroq,   kengroq   yo‘lga   qo‘yiladi.   Predmetga   doir   to‘garaklar
jumlasiga   duradgorlik,   chilangarlik,   tokarlik   to‘garaklari,   aralash   to‘garaklar
(yog‘ochga va metallga  ishlov berish to‘garaklari, qo‘lda va dastgohlarda amalga
oshiriladigan operatsiyalarni bajarishga oid to‘garaklar) kiradi. 
Predmetga   doir   to‘garaklar   darsdan   tashqari   mashg‘ulotlar   hozircha   kasbga
yo‘naltirish ishida tegishli o‘rinni egallaganicha yo‘q. Amalga oshirgan kuzatishlar
hamda   tajriba-sinov   ishlarimiz   natijasida   aniq   bo‘ldiki,   bu   turdagi   to‘garak
rahbarlari   odatda   fanlararo   aloqadorlik   hamda   egallangan   nazariy   bilimlarning
amaldagi   tatbiqi   doirasi   bilan   o‘quvchilarni   tanishtirishga   etarlicha   e’tibor
bermaydilar.   Natijada,   predmetga   doir   to‘garaklar   tashkil   qilingandan   so‘ng   bir
ikki   oy   o‘tgach   o‘z   ishini   to‘xtatadi,   chunki   o‘quvchilar   mashg‘ulotlarga   bo‘lgan
qiziqish   yo‘qoladi.   Bu   muammoni   hal   qilishning   eng   maqbul   echimiga   bizning
fikrimizga   ko‘ra   fanlarga   oid   har   bir   tushunchaning   amaliy   tatbiqiga   ko‘proq
e’tibor   qaratish,   ularni   amalda   namoyish   qilish,   mashg‘ulotlarda   amaliy
yo‘naltirilganlikni   oshirishga   e’tibor   qaratish   orqali   erishiladi.   Bu   vazifalar   hal etilganida   ijodiy   izlanishga   chanqoq,   o‘z   kuchlarini   sinab   ko‘rishni   istagan
o‘quvchilar o‘z imkoniyatlarini ishga solish uchun sharoit yaratiladi. 
Predmetlararo to‘garaklar   ichida fizik-texnik to‘garaklar eng keng tarqalgan
mashg‘ulot   turi   hisoblanadi.   Bu   turdagi   to‘garaklarda   o‘quvchilarni   kasbga
yo‘naltirish   ishlarining   mazmuni   to‘garakning     nomidan   kelib   chiqadi.   Bunda
o‘quvchilar   fizika   kursida   o‘rganiladigan   muayyan   qonuniyatlarning   amaldagi
tatbiqi bilan tanishadilar, bu esa ularning turli kasb-korlikda qo‘llanilish asoslarini
ham bilib olishga imkon yaratadi. SHuningdek, o‘quvchilar model konstruksiyasi,
uning detallarini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqar ekanlar, texnologik bilim
va   o‘ quvlarni   o‘zlashtiradilar,   model   detallarini   yasaganda   esa   ularning   amaliy
ko‘nikmalari takomillashadi. 
Predmetdan tashqari to‘garaklar   hozirgi vaqtda darsdan tashqari mashg‘ulot
sifatida keng tarqalgan. O‘quvchilar faoliyatining mazmuniga ko‘ra bu to‘garaklar
turli   tuman   bo‘lishi   mumkin.   Mazkur   holda   gap   shunday   predmetdan   tashqari
to‘garaklar   haqidagina   boradiki,   ularning   ishlari   uchun   maktab   ustaxonalaridan
moddiy   baza   sifatida   foydalaniladi,   yoki   o‘quvchilar   faoliyati   mehnat   darslarida
olingan bilim va malakalarga tayanadi. 
Hozirgi   kunda   maktablar   va   maktabdan   tashqari   muassasalar   faoliyatida
o‘quvchilar  texnik ijodkorligi to‘garaklari ning  quyidagi tiplarni vujudga kelgan:
 Tayyorlov texnika to‘garaklari  (kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun).
Ularda   o‘quvchilar   jonli   va   oson   shaklda   texnika   elementlari   hamda   eng   oddiy
texnologik   jarayonlar   bilan   tanishadilar,   qog‘oz,   plastmassa,   metall   va   boshqa
materiallarga   ishlov   berish   bo‘yicha   olgan   boshlang‘ich   ko‘nikmalarini
rivojlantiradilar.   O‘quvchilar   texnik   o‘yinchoqlar,   mashina   va   mexanizmlarning
sodda   modellarini,   eng   oddiy   avtomatik   qurilmalar,   o‘quv   ko‘rsatmali
qo‘llanmalar, maktab hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari va hokazolarni tayyorlaydilar.
Bu tipdagi to‘garaklar faoliyatida yasalgan o‘yinchoqlar va modellar bilan o‘yinlar
hamda musobaqalar o‘tkazish muhim o‘rin tutadi. Tajriba-sinov ishlari natijalariga
ko‘ra   aytish   mumkinki,   tayyorlov   texnika   to‘garaklaridagi   mashg‘ulotlar keyinchalik     maktab   yoshidagi   o‘quvchilarni   kasbga   yo‘naltirish   ishida   barcha
shakldagi mashg‘ulotlar uchun propedevtik vazifani o‘taydi.
Fan-texnika      (    fizika,   fizika-texnika,   ximiya,   ximiya-texnologiya,   agroximiya,
astronomiya va boshqa)  to‘garaklar  o‘quvchilarning maktab o‘quv rejasi dagi turli
fanlar   bo‘yicha   olgan   bilimlarini   chuqurlashtirish   va   amaliy     ko‘nikmalarini
mustahkamlash,   ta’lim   kabinetlarini   jihozlash   uchun   asbob-uskunalar   yaratish   va
shu asosida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadlarida tashkil qilinadi.
Sport-texnika   to‘garaklari   maktablar   va   maktabdan   tashqari   muassasalarda
ishlaydi. Bular aviamodel, raketa-kosmik modellashtirish, avtomobil modelchilari,
kema   modelchilari,   kartingchilar,   temir   yo‘l   modelchiligi,   radioboshqarish,   suv-
motor va boshqa to‘garaklaridan iboratdir.
Mazkur   to‘garaklarda   o‘quvchilar   modellarni   va   ishlaydigan   texnikani
konstruksiyalash va tayyorlash bilan shug‘ullanadilar, keyin esa ana shu modellar
bilan   sportning   texnik   turlari   bo‘yicha   modelchi-sportchilarning   musobaqalarida
qatnashadilar.
O‘quvchilar   sport-texnika   to‘garaklarida   tegishli   texnika   tarmog‘ining   tarixi,
uning   xalq   xo‘jaligida   va   mamlakatimiz   mudofaasida   qo‘llanishi   bilan,
samolyotlar, avtomobillar, kemalar, radio apparatlari va boshqa texnikalar bo‘yicha
konstruktorlar   texnik tafakkurining xususiyatlari bilan tanishadilar. 
O‘quvchilar  bu  to‘garaklarda  ishlar   ekanlar,  materiallarga  ishlov  berishga   va
ularning   xossalariga   bevosita   aloqador   bo‘lmagan,   lekin   buyumlarni   tayyorlash
jarayoni   o‘quvchilar   texnik   mehnat   darslarida   egallagan   mehnat   operatsiyalariga
ko‘p   jihatdan   tayanadigan   ko‘plab   yangi   bilim   hamda   o‘quvlarni   o‘zlashtirib
olishadi.     To‘garaklarning   bu   guruhiga   o‘quvchilar   ular   uchun   yangi   bo‘lgan
mehnat faoliyati turlari bilan tanishtiradigan, ijtimoiy jihatdan foydali, ular uchun
qiziqarli to‘garaklarni ham kiritish mumkin. Masalan, keyingi yillarda zarb qilish,
muqovachilik, zargarlik to‘garaklari va boshqa to‘garaklar keng tarqaldi. 
Ishlab   chiqarish-texnika   to‘garaklari   maktablardagi   va   maktablararo
ustaxonalar   bazasida,   o‘quv-ishlab   chiqarish   va   sanoat   korxonalarida   bazasidagi
yosh   texniklar   markazlarida   va   boshqa   maktabdan   tashqari   muassasalarda   tashkil qilinadi.   Odatda   bunday   to‘garaklar   ro‘yxati   mahalliy   sharoitlarga   ko‘ra,   avvalo
o‘quvchi   to‘garakda   olgan   bilimlarini,   o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi
muassasalarida   o‘zlashtirgan   amaliy   malakalarini   keyinchalik   qay   darajada
takomillashtira   olishga   ko‘ra   belgilanadi.   Bunday   to‘garaklar   mahalliy
korxonalarda,   qishloq   xo‘jaligi   tarmoqlarida   keng   tarqalgan   biror   kasbga
qiziqadigan maktab yoshidagi o‘quvchilarni birlashtiradi.
Badiiy amaliy to‘garaklar  respublikamiz mustaqilli k ka erishgan yillarda keng
e’tibor   berib   kelinayotgan   milliy   qadriyatlarimiz   bilan   bog‘liq   halq
hunarmandchiligi   bilan   uzviy   bog‘liq   holatda   tashkil   etiladi.   Bu   turdagi
mashg‘ulotlar   amalda   qo‘llanadigan   asbob-uskuna,   jihoz   va   moslamalar,
mexanizatsiyalashtirilgan   va   elektrlashtirilgan   texnika   vositalari   bilan   ishlashning
amaliy   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarini   egallash   asosiy   maqsad   sifatida
belgilanadi.   Mashg‘ulotlar   mazmuni   quyidagi   vazifalarning   echimini   topishga
qaratiladi: 
- xalq   hunarmandchiligi   sohalaridagi   ishlab   chiqarish   mazmuniga   ega
vazifalarni   echish,   tajribalar   o‘tkazishi,   o‘lchov-tekshiruv,   asbob-uskunalaridan
to‘g‘ri foydalanishi; 
- bozor   iqtisodiyoti   qonuniyatlari,   talablari   asosida   sifatli,   xaridorgir,
iste’mol mollari va mehnat  mahsulotlarini  tayyorlashga  odatlanishi;  
- o‘zlari   tayyorlangan   mahsulotlarni,   o‘zlari   iste’molchiga   etkazishni
o‘rganishi.
Darsdan  tashqari  mashg‘ulotlarning ikkinchi   guruhi ga   ekskursiyalar,  fan
olimpiadalari,   ko‘rgazmalar,   o‘quvchilar   konferensiyalari,   kasbning   eng   yaxshi
ishchisini aniqlash uchun o‘tkaziladigan tanlovlar, ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan
bo‘ladigan uchrashuvlar kabi tadbirlar kiradi. Bu turdagi mashg‘ulotlarga mohiyati
va   afzalligini   belgilab   beruvchi   jihati   ko‘plab   o‘quvchilarni   jalb   qilish
imkoniyatining mavjudligi bo‘lib, shu sababli ular tadbirlarning ommaviy shakllari
deb   yuritiladi.   Amalga   oshirgan   tajriba-sinov   ishlarimiz   sanab   o‘tilgan   barcha
shakldagi   mashg‘ulotlarning   yuksak   darajada   samarali   ekanligi   tasdiqladi.   Ular o‘quvchilarning   hozirgi   zamon   ishlab   chiqarishi   asoslari   to‘g‘risidagi   tasavvurini
kengaytirish, ularni turli kasblar bilan tanishtirish imkonini beradi. 
Bu   mashg‘ulotlarning   kamchiligi   o‘quvchilarni   foydali   mehnatga,   bevosita
ijodiy faoliyatga jalb qila olmasligi bilan belgilanadi. SHuning uchun o‘quvchilar,
darsdan tashqari mashg‘ulotning mazkur shakli bilan birga boshqa to‘garak ishida
ham   qatnashsalar,   maqsadga   muvofiq   bo‘ladi.   Ko‘pchilik   vaziyatlarda   bu
tavsiyamiz   o‘z   tasdig‘ini   topmoqda,   jumladan,   tashkil   etiladigan   ko‘rgazmalarda
to‘garak a’zolari o‘z ishlarini namoyish qiladilar, ya’ni ikki tipdagi mashg‘ulotlarni
uyg‘unlashtiradilar. 
Ko‘rgazmaga   ko‘plab   ta’lim   muassasalarida   katta   ahamiyat   bilan   qaraladi,
o‘quvchilar   bunday   tadbirlarga   yil   davomida   tayyorgarlik   ko‘rib   boradilar.   Biz
tajriba-sinov   etib   belgila n gan   umumiy   o‘rta   ta’lim   maktablarida   o‘quvchilarning
o‘zi haqida biror esdalik qoldirishi hatto an’anaga aylangan. Bunday esdalik faqat
texnik   mehnatgagina   emas,   balki   qishloq   xo‘jaligiga   va   maishiy   xizmatga   oid
bo‘lishi   ham   mumkin.  Ko‘pincha,  yaxshi   ko‘rgazmalar  butun  maktabning  iftixori
bo‘ladi. 
Ishlab   chiqarish   ilg‘orlari   bilan   uchrashuvlar   yaxshi   samara   beradi.   Lekin
buning   uchun   tegishli   tashkiliy-tayyorgarlik   ishlarini   olib   borish   talab   etiladi.   Bu
ish tashabbuskorlar, ya’ni ana shu uchrashuvlarni uyushtiruvchilar  guruhini tashkil
etishdan   boshlanadi.   Tashabbuskorlar   guruhi   uchrashuvda   muhokama   etiladigan
savollar va masalalar doirasini belgilab beradi. SHundan keyin ana shu savollarga
javob bera oladigan mutaxassislar  tanlanadi. Uchrashuvning o‘quvchilarni kasbga
yo‘naltirish   ishiga   to‘laroq   javob   bera   olishi   uchun   ko‘riladligan   masalalarning
tegishli qirralariga ko‘proq e’tibor qaratiladi.
D arsdan   tashqari   mashg‘ulotlarning   uchinchi   guruhi ga   o‘quvchilarni n g
mehnat   birlashmalari   kiradi.   Mehnat   birlashmalari   nisbatan   ancha   ilgari   paydo
bo‘lganiga   qaramasdan,   keyingi   yillarda   ayniqsa   keng   qo‘llanila   boshlandi.
O‘quvchilarnig   mehnat   birlashmalari   ta’limni   unumli   mehnat   bilan   qo‘shib   olib
borishning  samarali  shakli  sifatida mehnatda tarbiyalash, kasb  tanlashga  yo‘llash, ishlab   chiqarish   asoslari   bilan   tanishtirish   va   mehnatga   ijodiy   munosabatni
shakllantirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Mehnat birlashmalarini tashkil etish, faqatgina, o‘quvchilarning moddiy, xom
ashyo   ta’minotini   mustahkamlabgina   qolmasdan,   balki,   milliy   qadriyatlarimizni
tiklash,   kasbiy   ta’lim-tarbiya   berish,   kasbga   yo‘naltirish,   tayyorlash,   tanlash,
moslashtirish kabi dolzarb muammolarni ijobiy hal etishda ham muhim omil bo‘lib
xizmat   qiladi.   SHunday   ekan,   har   bir   maktabda   bugungi   bozor   iqtisodiyoti
sharoitini   hisobga   olgan   holda,   o‘quvchilarning   talab,   ehtiyoj   va   qiziqishlarini
qondirish   uchun   mehnat   birlashmalarining   tashkil   etilishi   bozor   munosabatlari
sharoitining zaruriy ehtiyojidir.
Birlashmaga jalb etilgan o‘quvchilar o‘z mehnatlari natijalarini ko‘rib, chuqur
ruhiy qoniqish hosil qiladilar. Mehnat faoliyati ularda mustaqillik, mehnatsevarlik,
erkinlik,   ijodkorlik,   tadbirkorlik,   ishbilarmonlik,   tashkilotchilik   kabi   sifatlarni
shakllantiradi.   Mehnat   birlashmalari   o‘quvchilarda   intizomlilik,   do‘stlik,
birdamlik,   tejamkorlik,   mehnat   kishilariga   hurmat   ruhida   tarbiyalab,   ularni
kelgusidagi kasbiy faoliyatiga tayyorlaydi.
Mehnat   birlashmalarida   qatnashuvchi   o‘quvchilar   shu   jamoaning   qiziqish   va
intilishlari   ruhida   tarbiyalanib,   aniq   bir   maqsadni   amalga   oshirish   uchun   harakat
qiladi,   uning   yutuq   va   kamchiliklarini   dildan   his   qiladilar.   Mehnat   topshiriqlarini
o‘z vaqtida sifatli bajarishga, ijodiy izlanib, yondashgan holda hamda xom  ashyo
materiallaridan   imkon   qadar   unumli   foydalanishga   javobgarlik   hissini   sezish
ruhida   tarbiyalanib   boriladi.   Birlashmada   tashkil   etiladigan   mehnat   jamoa
a’zolarining ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga, jamiyat va tabiat boyliklari ni  asrash
va   ko‘paytirishga   hamda   o‘quvchilarni   barkamol   shaxs   sifatida   tarbiyalashga
qaratilgan   bo‘lishi   talab   etiladi.   Birlashmada   kasbga   yo‘naltirish   mehnati   o‘quv,
xizmat ko‘rsatish, xom ashyo va mahsulotlarini tayyorlash mehnati asosida amalga
oshiriladi. 
2.   O‘quvchilar   bilan   individual   ishlar   olib   borish.   O‘quvchilarni
maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni har xil formalarda tashkil qilishning asosiy
vazifasi,   ularni   ijtimoiy   foydali   faoliyatda   faol   ishtirok   etishni,   shaxsiy qiziqishlarini,   moyilligi   va   imkoniyatlarini   to‘liq   ishga   solishdan   iboratdir.
Maktabdan   va   sinfdan   tashqari   ishlarga   pedagogik   rahbarlik   qilishdan   maqsad
o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash faqat maktabdagina emas balki ijtimoiy
tashkilotlar orqali texnik ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Maktabdan
va   sinfdan   tashqari   ishlarni   tashkil   qilishning   asosiy   maqsadi   umumiy   o‘rta
maktablarida   fanlardan   olgan   bilimlarini   texnik   masalalarni   echishga   to‘liq
safarbar   etishdir.   Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   ishlarni   tashkil   qilish   va   olib
borish   ta’lim   va   tarbiyaning   umumiy   prinsiplari   asosida   amalga   oshiriladi.
O‘quvchilarning mehnat va texnika turlari bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari
ishlarini quyidagi  3 ta guruhga  birlashtirish mumkin:
1.  O‘quvchilarning individual ishlari.
2.  O‘quvchilarning   qiziqishiga   qarab   to‘garaklar,   klublar,   ijodiy
birlashmalariga gruppaviy mashg‘ulotlar.
3.  Juda ko‘p sonli o‘quvchilar ishtirokidagi ommaviy tadbirlar
O‘quvchilarning   individual   ishlar   bilan   shug‘ullanishi   bu   ijodiy   jamoa da
ishloviga zamin yaratadigan ijodga qiziqishning boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi.
Bunda   o‘quvchilar   o‘zidan   katta   yoshdagi   o‘quvchilar,   o‘qituvchi   yoki   boshqa
mutaxassisning rahbarligida har xil texnika va texnologiyalarni modellashtirish va
loyihalashtirish   bilan   shug‘ullanishida   texnikaning   biror   turiga   qiziqadigan
o‘quvchilar   bir-biri   bilan   xabarlashib   guruhlarni   tashkil   qiladi,   natijada   texnik
to‘garaklar   paydo   bo‘ladi.   To‘garaklardan   etishib   chiqqan   o‘quvchilarni   ta’lim
yo‘nalishi   bo‘yicha   chuqur   shug‘ullanishga   rahbarlik   qilish   ham   individual   ish
turiga kiradi.
3.   O‘quvchilarni maktabdan tashqari  ishlarga jalb qilishning gruppaviy
formasi.   Guruh   shaklida   texnik   echimlarni   ishlab   chiqish   yuzasidan
uyushtiriladigan baxslar quyidagi vazifalarni hal qilish imkonini beradi:
1.  Bahs   qatnashchilari   muammoning   haqiqiy   holatini   to‘g‘ri   baholash,
muhim   holatlarni   ikkinchi   darajali   masalalardan   ajratish   hamda   muammoni   hal
etishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalarni to‘g‘ri belgilab oladilar. 2.  Guruh   a’zosi   bo‘lgan   boshqa   o‘quvchilar   fikrini   eshitish,   o‘z   fikr-
mulohazalarini ular bilan umumlashtirish va uyg‘unlashtirish.
3.  Hech   bir   sohadagi   alohida   mutaxassis   qaralayotgan   muammoni
atroflicha qamrab ololmasligi va aynan muammolarni hal qilishning jamoa shakli
samaradorligining amaliy tasdig‘ini topishi.
4.  Ko‘plab muammolarning echimlari bir nechta yo‘nalishda hal etilishi
mumkin bo‘lgan echimlarga ega ekanligini aniqlash.
O‘quvchilarning   darsdan   bo‘sh   paytlarida   texnikaning   birorta   yo‘nalishi
bo‘yicha texnik ijodkorligi bilan shug‘ullanishning asosiy formalaridan biri texnik
to‘garaklar   hisobalanadi.   Bunda   o‘quvchilar   o‘zlarining   qiziqishlariga   qarab
ixtiyoriy   ravishda   amaliy   faoliyat   bilan   shug‘ullanadilar.   Bunday   birlashmalarda
o‘quvchilar   texnikani   o‘rganishi,   texnik   ob’ektlarni   va   texnologiyani
takomillashtirish,   modellashtirish   loyihalashtirish   ratsionalizatorlik   faoliyati,
tajriba   o‘tkazish   ilmiy-texnik   qidiruvlar   olib   boradilar.   Texnik   to‘garaklar-bu
o‘quvchilarning texnik tafakkurini rivojlantirish yoki birorta faoliyatda faqat o‘zini
sinab   ko‘rish   bilan   chegaralanmay   balki,   jamoada   ishlashga,   ratsionalizatorlik   va
ixtirochilik faoliyatida ishtirok etishga tayyorlanadi. Har bir texnik tugaraklarning
muddati va vaqt ko‘rsatilishi zarur. To‘garaklar quyidagicha tiplarga ajraladi:
- tayyorlov texnik to‘garagi;
- fan (ilmiy-texnik) to‘garagi;
- sport-texnik to‘garagi;
- ishlab-chiqarish texnik tugaragi;
- badiiy-amaliy to‘garaklar.
4 .  Maktabdan tashqari ishlarning ommaviy formasi.   Har xil turdagi ijodiy
birlashmalari,   to‘garaklar   o‘quvchilarning   ma’lum   qisminigina   o‘z   ichiga   oladi.
Hamma   o‘quvchilarning   ijodiy   faoliyatdan   bo‘lgan   ijobiy   munosabatlarini
rivojlantirish   maqsadida   har   xil   ommaviy   ishlar   olib   boriladi.   Bunday   formadagi
ishlarni   tashkil   qilishdan   asosiy   maqsad   ijobiy   texnik   birlashmalarga   ko‘p
o‘quvchilarni jalb etishga zamin yaratadi. Ular quyidagi tartibdagi tadbirlar: - ilmiy texnik kechalar, ratsionalizatorlar, ixtirochilar va ishlab chiqarish xodimlari
bilan uchrashuv, musobaqalar (texnik, sport) olimpiadalar o‘tkazish. Ishchi kasbi 
mehnat mahorati bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish, yosh ratsionalizatorlar faoliyati va 
texnik konferensiyalar o‘tkazish. O‘quvchilar texnik ijodkorligi ko‘rgazmasini 
tashkil qilish, mehnat bayrami va boshqalar.

MAVZU : TEXNOLOGIYA TA’LIMIGA ASOSLANGAN DARSDAN TASHQARI MASHG’ULOTLAR 1. Texnologiya ta’limiga asoslangan darsdan tashqari mashg‘ulotlar. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida darsdan tashqari mashg‘ulotlarning barcha shakllarini shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin. RЕJА: Texnologiya ta’limiga asoslangan darsdan tashqari mashg‘ulotlar. O‘quvchilar bilan individual ishlar olib borish . O‘quvchilarni maktabdan tashqari ishlarga jalb qilishning gruppaviy formasi. Аdаbiyotlаr. 1. N.Muslimov, Sh.Sharipov, M.Qodirov. “Texnik ijodkorlik va dizayn”.-T.: 2010y 2. L.E.Bobomurodova. «Texnik ijodkorlik va dizayn» fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish. – Samarqand.: 2019 y 3. L.E.Bobomurodova. «Texnik ijodkorlik va dizayn» fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish. – Samarqand.: 2019 y

Birinchi guruhga to‘garaklar kiradi. To‘garak darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil qilishning keng tarqalgan va chuqur tadqiq etilgan shakli hisoblanib, ixtisoslashuvidan qat’iy nazar ularning ko‘plab umumiy tomonlari mavjud. SHuning uchun turli tipdagi to‘garaklarning rahbarlari boshqa ixtisosdagi to‘garaklar ishidagi kasbga yo‘naltirishga oid ilg‘or tajribalarini chuqur o‘rganib, eng yaxshi tomonlarini o‘z ishida qo‘llashlari yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Albatta, to‘garak ishini kasb tanlashga yo‘llash asosida olib borish o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, uning metod va shakllariga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. M aktablarning ish tajribasida turli–tuman to‘garaklar uchraydi. O‘quv predmetlari bilan bog‘liqlik nuqtai nazaridan to‘garaklarni uch guruhga: predmetga doir, predmetlararo va predmetdan tashqari to‘garaklarga ajratish mumkin. Predmetga doir to‘garaklar deb, bevosita mehnat tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan to‘garaklarga aytiladi. O‘z mazmuniga ko‘ra bu to‘garaklar mehnat darsida o‘quvchilar bajargan ishning davomi bo‘lib, bunda o‘quvchilarning faoliyati yanada murakkabroq, kengroq yo‘lga qo‘yiladi. Predmetga doir to‘garaklar jumlasiga duradgorlik, chilangarlik, tokarlik to‘garaklari, aralash to‘garaklar (yog‘ochga va metallga ishlov berish to‘garaklari, qo‘lda va dastgohlarda amalga oshiriladigan operatsiyalarni bajarishga oid to‘garaklar) kiradi. Predmetga doir to‘garaklar darsdan tashqari mashg‘ulotlar hozircha kasbga yo‘naltirish ishida tegishli o‘rinni egallaganicha yo‘q. Amalga oshirgan kuzatishlar hamda tajriba-sinov ishlarimiz natijasida aniq bo‘ldiki, bu turdagi to‘garak rahbarlari odatda fanlararo aloqadorlik hamda egallangan nazariy bilimlarning amaldagi tatbiqi doirasi bilan o‘quvchilarni tanishtirishga etarlicha e’tibor bermaydilar. Natijada, predmetga doir to‘garaklar tashkil qilingandan so‘ng bir ikki oy o‘tgach o‘z ishini to‘xtatadi, chunki o‘quvchilar mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqish yo‘qoladi. Bu muammoni hal qilishning eng maqbul echimiga bizning fikrimizga ko‘ra fanlarga oid har bir tushunchaning amaliy tatbiqiga ko‘proq e’tibor qaratish, ularni amalda namoyish qilish, mashg‘ulotlarda amaliy yo‘naltirilganlikni oshirishga e’tibor qaratish orqali erishiladi. Bu vazifalar hal

etilganida ijodiy izlanishga chanqoq, o‘z kuchlarini sinab ko‘rishni istagan o‘quvchilar o‘z imkoniyatlarini ishga solish uchun sharoit yaratiladi. Predmetlararo to‘garaklar ichida fizik-texnik to‘garaklar eng keng tarqalgan mashg‘ulot turi hisoblanadi. Bu turdagi to‘garaklarda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarining mazmuni to‘garakning nomidan kelib chiqadi. Bunda o‘quvchilar fizika kursida o‘rganiladigan muayyan qonuniyatlarning amaldagi tatbiqi bilan tanishadilar, bu esa ularning turli kasb-korlikda qo‘llanilish asoslarini ham bilib olishga imkon yaratadi. SHuningdek, o‘quvchilar model konstruksiyasi, uning detallarini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqar ekanlar, texnologik bilim va o‘ quvlarni o‘zlashtiradilar, model detallarini yasaganda esa ularning amaliy ko‘nikmalari takomillashadi. Predmetdan tashqari to‘garaklar hozirgi vaqtda darsdan tashqari mashg‘ulot sifatida keng tarqalgan. O‘quvchilar faoliyatining mazmuniga ko‘ra bu to‘garaklar turli tuman bo‘lishi mumkin. Mazkur holda gap shunday predmetdan tashqari to‘garaklar haqidagina boradiki, ularning ishlari uchun maktab ustaxonalaridan moddiy baza sifatida foydalaniladi, yoki o‘quvchilar faoliyati mehnat darslarida olingan bilim va malakalarga tayanadi. Hozirgi kunda maktablar va maktabdan tashqari muassasalar faoliyatida o‘quvchilar texnik ijodkorligi to‘garaklari ning quyidagi tiplarni vujudga kelgan: Tayyorlov texnika to‘garaklari (kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun). Ularda o‘quvchilar jonli va oson shaklda texnika elementlari hamda eng oddiy texnologik jarayonlar bilan tanishadilar, qog‘oz, plastmassa, metall va boshqa materiallarga ishlov berish bo‘yicha olgan boshlang‘ich ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. O‘quvchilar texnik o‘yinchoqlar, mashina va mexanizmlarning sodda modellarini, eng oddiy avtomatik qurilmalar, o‘quv ko‘rsatmali qo‘llanmalar, maktab hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari va hokazolarni tayyorlaydilar. Bu tipdagi to‘garaklar faoliyatida yasalgan o‘yinchoqlar va modellar bilan o‘yinlar hamda musobaqalar o‘tkazish muhim o‘rin tutadi. Tajriba-sinov ishlari natijalariga ko‘ra aytish mumkinki, tayyorlov texnika to‘garaklaridagi mashg‘ulotlar

keyinchalik maktab yoshidagi o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishida barcha shakldagi mashg‘ulotlar uchun propedevtik vazifani o‘taydi. Fan-texnika ( fizika, fizika-texnika, ximiya, ximiya-texnologiya, agroximiya, astronomiya va boshqa) to‘garaklar o‘quvchilarning maktab o‘quv rejasi dagi turli fanlar bo‘yicha olgan bilimlarini chuqurlashtirish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, ta’lim kabinetlarini jihozlash uchun asbob-uskunalar yaratish va shu asosida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadlarida tashkil qilinadi. Sport-texnika to‘garaklari maktablar va maktabdan tashqari muassasalarda ishlaydi. Bular aviamodel, raketa-kosmik modellashtirish, avtomobil modelchilari, kema modelchilari, kartingchilar, temir yo‘l modelchiligi, radioboshqarish, suv- motor va boshqa to‘garaklaridan iboratdir. Mazkur to‘garaklarda o‘quvchilar modellarni va ishlaydigan texnikani konstruksiyalash va tayyorlash bilan shug‘ullanadilar, keyin esa ana shu modellar bilan sportning texnik turlari bo‘yicha modelchi-sportchilarning musobaqalarida qatnashadilar. O‘quvchilar sport-texnika to‘garaklarida tegishli texnika tarmog‘ining tarixi, uning xalq xo‘jaligida va mamlakatimiz mudofaasida qo‘llanishi bilan, samolyotlar, avtomobillar, kemalar, radio apparatlari va boshqa texnikalar bo‘yicha konstruktorlar texnik tafakkurining xususiyatlari bilan tanishadilar. O‘quvchilar bu to‘garaklarda ishlar ekanlar, materiallarga ishlov berishga va ularning xossalariga bevosita aloqador bo‘lmagan, lekin buyumlarni tayyorlash jarayoni o‘quvchilar texnik mehnat darslarida egallagan mehnat operatsiyalariga ko‘p jihatdan tayanadigan ko‘plab yangi bilim hamda o‘quvlarni o‘zlashtirib olishadi. To‘garaklarning bu guruhiga o‘quvchilar ular uchun yangi bo‘lgan mehnat faoliyati turlari bilan tanishtiradigan, ijtimoiy jihatdan foydali, ular uchun qiziqarli to‘garaklarni ham kiritish mumkin. Masalan, keyingi yillarda zarb qilish, muqovachilik, zargarlik to‘garaklari va boshqa to‘garaklar keng tarqaldi. Ishlab chiqarish-texnika to‘garaklari maktablardagi va maktablararo ustaxonalar bazasida, o‘quv-ishlab chiqarish va sanoat korxonalarida bazasidagi yosh texniklar markazlarida va boshqa maktabdan tashqari muassasalarda tashkil

qilinadi. Odatda bunday to‘garaklar ro‘yxati mahalliy sharoitlarga ko‘ra, avvalo o‘quvchi to‘garakda olgan bilimlarini, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘zlashtirgan amaliy malakalarini keyinchalik qay darajada takomillashtira olishga ko‘ra belgilanadi. Bunday to‘garaklar mahalliy korxonalarda, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida keng tarqalgan biror kasbga qiziqadigan maktab yoshidagi o‘quvchilarni birlashtiradi. Badiiy amaliy to‘garaklar respublikamiz mustaqilli k ka erishgan yillarda keng e’tibor berib kelinayotgan milliy qadriyatlarimiz bilan bog‘liq halq hunarmandchiligi bilan uzviy bog‘liq holatda tashkil etiladi. Bu turdagi mashg‘ulotlar amalda qo‘llanadigan asbob-uskuna, jihoz va moslamalar, mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan texnika vositalari bilan ishlashning amaliy bilim, ko‘nikma va malakalarini egallash asosiy maqsad sifatida belgilanadi. Mashg‘ulotlar mazmuni quyidagi vazifalarning echimini topishga qaratiladi: - xalq hunarmandchiligi sohalaridagi ishlab chiqarish mazmuniga ega vazifalarni echish, tajribalar o‘tkazishi, o‘lchov-tekshiruv, asbob-uskunalaridan to‘g‘ri foydalanishi; - bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari, talablari asosida sifatli, xaridorgir, iste’mol mollari va mehnat mahsulotlarini tayyorlashga odatlanishi; - o‘zlari tayyorlangan mahsulotlarni, o‘zlari iste’molchiga etkazishni o‘rganishi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarning ikkinchi guruhi ga ekskursiyalar, fan olimpiadalari, ko‘rgazmalar, o‘quvchilar konferensiyalari, kasbning eng yaxshi ishchisini aniqlash uchun o‘tkaziladigan tanlovlar, ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan bo‘ladigan uchrashuvlar kabi tadbirlar kiradi. Bu turdagi mashg‘ulotlarga mohiyati va afzalligini belgilab beruvchi jihati ko‘plab o‘quvchilarni jalb qilish imkoniyatining mavjudligi bo‘lib, shu sababli ular tadbirlarning ommaviy shakllari deb yuritiladi. Amalga oshirgan tajriba-sinov ishlarimiz sanab o‘tilgan barcha shakldagi mashg‘ulotlarning yuksak darajada samarali ekanligi tasdiqladi. Ular