logo

TOSHKENT ADABIY MAKTABI. FAZLULLOH ALMAIY VA KARIMBEK KAMIYLARNING ADABIY FAOLIYATI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.9609375 KB
TOSHKENT ADABIY  MAKTABI. FAZLULLOH ALMAIY VA
KARIMBEK KAMIYLARNING ADABIY FAOLIYATI 
HAQIDA   MA ’ LUMOT .
Reja:
1. Rossiya bosqini tufayli xonlik sifatida tugatilgan Turkiston xududlaridagi adabiy
jarayonda   yuzaga  kelgan   o‘zgarishlar.   Adabiy  jarayondagi   turli  yo‘nalishlar   va
ularning   vakillari   ijodiga   muxtasar   obzor.   Toshkent   adabiy   muhiti   vakillari   –
Almaiy, Karimbek Kamyilar adabiy merosi.
2. Almaiyning i jodiy merosi. Lirikasi. Tarjimalari (“Kalila va Dimna”).
3. Karimbek Kamiy hayoti va ijodining o'rganilishi. Shoirning hayot yo'li. 
4. Kamiyning ijodiy merosi.  Shoir lirikasida an'anaviy ruh va shakl. 
5. Sidqiy   Xondayliqiy   shoir,   xattot,   tarjimon.   Ijtimoiy-siyosiy   she'rlari.   Diniy-
axloqiy mavzudagi asarlari. Tarjimashunoslikda tutgan o'rni.  Dostonnavisligi.  
Yangi   ijtimoiy–siyosiy   va   madaniy   omillar   ta’sirida   adabiy   hayotda   jiddiy
o‘zgarishlar yuz berdi. Dunyoviy–realistik va romantik uslubdagi adabiyot–larning
parallel rivoji bilan birga ilg‘or ma’rifatparvarlik adabiyoti ham tez rivojlana boshladi. Bu
yo‘nalishdagi   adabiyot   namoyandalari   feodal   saroylari   muhitidagi   shoirlarga   nisbatan
hayotni,   undagi   ijobiy   va   salbiy   jarayonlarni   konkret,   to‘laroq   aks   ettirish   yo‘lidan
bordilar,   hatto   ikki   yoqlama   zulmni   qoralash,   uning   aybdorlarini   badnom   qilish
darajasiga ko‘tarildilar.
Sobiq   Turkiston   o‘lkasi,   Rossiya   tasarrufidagi   joylarda   uyushgan,
shakllangan   (Xiva,   Buxorodagidek)   adabiy   markazlar   yo‘q   edi.   Biroq   Qo‘qon,
Marg‘ilon,   Namangan,   Andijon,   Samarqand,   Toshkent,   Kattaqo‘rg‘on   kabi
yirikroq shaharlarda turli tarkibdagi, bir–biri bilan yaqindan ijodiy hamkorlik qilib
turuvchi   ijodkorlar   davralari   mavjud   edi.   Masalan,   Qo‘qonda–Muqimiy,   Furqat,
Nisbatiy,   Muhyi,   Zavqiy;   Toshkentda–Kamiy,   Xolis,   Hislat;   Samarqandda–
Saidahmad   Vasliy,   Spandiy;   Kattaqo‘rg‘onda–Miriy,   Noqis,   Mahdiy,   Ahqar
kabilar. Ularni biz «atrof–muhit shoirlari» deb atasak ham bo‘ladi. Ayniqsa shular
ichida   Qo‘qon   shoirlari   davrasida   hajviyotning   hujumkorlik   roli   oshdi.
Publitsistika   janri   paydo   bo‘ldi.   Lirik   she’riyatda   shoirlar   an’anaviy–romantik
obrazlarni tasvirlash bilan birga, o‘z davriga, zamonadagi insonlarga murojaat eta
boshladilar.   An’anaviy   lirik   obraz   orqali   ham   zamonadan   norozilik,   shaxsning
erkin   nafas   olishi   uchun   kurash   ohanglari   aks   ettira   boshlandi.   Ma’rifatparvalik
targ‘ibiga   bag‘ishlangan   asarlarning   mazmuni,   obrazlarini   ham   real   turmush
haqiqatlari   tashkil   etdi.   Furqat,   Kamiy   va   G‘urbatlarning   gimnaziya   haqidagi
g‘azal–qasidalarida,   Ahmad   Tabibiyning   «Ma’rifat»,   Avazning   «Maktab»,   «Til»
asarlarida shunday.
Milliy   uyg‘onish   davri,   ayniqsa,   badiiy   adabiyotdagi   janrlar   taraqqiyotida,
uning   obrazlar   sistemasida   ko‘proq   namoyon   bo‘ldi .   Bu   davr   adabiyotining
Muqimiy,   Furqat   kabi   yetuk   namoyandalari   ijodida   satirik   yo‘nalishdagi,
ma’rifatparvarlik   mazmunidagi   she’riy–hikoya   (masnaviy–manzumalar),   she’riy
«Sayohatnoma» (Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Nodim, G‘urbat) hamda maktubot janrlari rivoj topdi; hajviyatning   turmushdagi   qoloqliklar   ustidan   keskin   hukm   chiqarishga
qaratilgan   namunalari,   shunindek   hazl–mutoibaga   boy,   turmush   haqiqatlari
ifodasidan iborat yumoristik asarlar turkumlari maydonga keldi, (Muqimiy, Zavqiy
va  b.)   maktublarda   ham   ijtimoiy–publitsistika   ruhi   kuchaydi.   Ulardan  ham   milliy
uyg‘onish   davri   ohanglari   o‘rin   oldi .   Qator   asarlarda–g‘azallarda,   muhammaslarda,
she’riy hikoyalarda mustamlaka zulmiga qarshi xalq noroziligi kayfiyatlari aniq ifodalana
boshlandi   Muqimiyning   «Tanobchilar»,   «Maskovchi   boy   ta’rifida»,   «Dar   shikoyati
Laxtin», «Dar hajvi Viktor»; Zavqiyning «Qaxatchilik», «Zamona», «Ajib zamona» kabi
asarlarida shunday. Adabiy jarayonda bir–biridan faqlanib turuvchi yo‘nalishlar paydo
bo‘ldi: 
1.   Xalqchil   romantik;   2.   Xalqchil   realistik;   3.   Ilg‘or   ma’rifatparvarlik;   4.   Diniy–
tasavvufiy (u ham xalqchil) yo‘nalishlarda davom etdi, shu yo‘nalishlarga mansub
shoirlar   adabiy   qiyofasini   ular   asarlarning   mavzulari,   timsollari,   shakliy–uslubiy
jihatlari, estetik prinsiplari bergiladi.
Qori   Fazlulloh   Almaiy   (1852–1891) .   Shoir,   olim   va   tarjimon   sifatida
madaniyatimiz   tarixida   muhim   iz   qoldirgan   Almaiy   Toshkentda   bo‘zchi   oilasida
dunyoga   kelib,   o‘smirlik   yillarida   Buxoro   madrasalarida   o‘qidi,   u   yerdagi   olimu
shoirlar bilan muloqotda bo‘lib «Bedilxonlik»da o‘z zukkoligini namoyishi ettirdi.
Biroq   egnida   bir   yaktak,   eski   salla   va   oyoq   yalang   Toshkentga   qaytdi:   «Xatmi
kutub–fotihadan   (bitirish   marosimi)   so‘ng   Abdushukur   madrasasida   mudarrislik
qila boshladi. Almaiy o‘z bola–chaqalarini xattotlik hunari bilan boqqan. Muqimiy
bilan   nihoyatda   yaqin   munosabatda   bo‘lgan.   Muqimiyning   Almaiyning   «Hayot»
radifli   falsafiy   g‘azaliga   tazmin   muhammas   bog‘laganligi   ham   ma’lum.   Almaiy
(ma’nosi–zukko, zehni o‘tkir) o‘z davrining iste’dodli, bilimli shoiri, olimi sifatida
hayotiy   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   g‘azallar,   muhammaslar,   qit’alar,   ruboiylar,
fardbaytlar, masnaviylar yaratgan. Uning arab tilida bitgan she’rlari ham bor.
Almaiy   forsiy   tildagi   adabiyotning   mashhur   rindsifat   shoirlari   Jaloliddin
Rumiy,   Hofiz,   Abdurahmon   Jomiy,   Bedil   kabilarning   orifona   g‘azallari   asosida
original  beshlamalar  yaratib, ularning adolat, insof, mehru shafqat, vafo, sadoqat, to‘g‘rilik,   ishqda   poklik   kabi   umumbashariy   g‘oyalarini   rivojlantirgan,   badiatan
go‘zal baytlar yaratgan:
Bo‘yla demish dahrini donish fani,
Ekma yomonlig‘ni, o‘rarsan ani.
Sitamgar zulmidin yoqti olovni,
Uzin kuydirdiyu, yana birovni.
Gar topibsen ma’rifat nuri safosin ey o‘g‘il,
O‘zgani ham bahramand et, bo‘lmag‘il zinhor baxil.
Kimki ko‘cha ustig‘a qo‘yg‘ay tuzoq,
O‘zi solg‘ay ul tuzog‘ ichra oyog‘.
Do‘sting garchi ming erur kamdur,
Dushmaning bo‘lsa gar bir–u ko‘pdur.
Chiqmag‘il makkorlig‘ni tomig‘a,
Tushkaysen anda baloning domig‘a.
Ketti yoru orzusi qoldi ko‘nglumda nihon,
Sarv yanglig‘ qomatining shavqi bu dilda nihon.
Almaiy mashhur xind masali «Kalilai Dimna»–ni o‘zbek tiliga tarjima etdi. Bu
asar uch marta (1898, 1901, 1903 yillarda) chop etilgan. Qadimgi xind adabiyotida
«Panchtantra»   nomi   bilan   mashhur   bo‘lgan   bu   asar   eramizning   III–IV   asrlarida
noma’lum  avtor tomonidan tuzilgan rivoyat  va masallar  majmuasidir. Undagi  har
bir   fasl   qahramoni   voqea   davomida   bir   rivoyat   aytib   beradi   va   qissadan   hissa
tarzida   yakunlanadi.   U   didaktik   masallar   kitobidir   Almaiy   bu   asarni   1896   yilda
tarjima etgan.
Karimbek   Kamiy   –   milliy   uyg'onish   davrining   faol   ijodkorlaridan.   Shoir
ijodini o'rganishda asosiy manba– uning asarlari. Asarlarining shu davrda tuzilgan
bayozlarga   kiritilishi,   vaqtli   matbuotlarda   bot-bot   chop   etilishi   shoir   ijodini ommalashtirishning   birinchi   bosqichi   edi.   Demak,   shoir   ijodi     uning   hayotlik
chog'idayoq e'tiborga tushgan. 
Shoir   Karimbek   Kamiy o'z davrining e'tirof etilgan shoirlaridan biri sifatida
haqli suratda XX asrda tuzilgan majmua-bayozlardan o'rin olishi bilan bir qatorda,
bayozlarda ijodkor do'stlar  tomonidan u haqda yozilgan g'azallar ham  uchraydiki,
bu   ham   Kamiyning   shoirlik   darajasini   belgilab   beradi.   Inchunun,   1912   yili   G'.H.
Orifjonov   matbaasida   chop   etilgan     “Bayozi   mahbubu-l-mahbub”   kitobda   shoir
Omoniyning   “Dar   madhi   janobi   mavlono   Kamiy   Toshkandiy...”g'azali   berilgan
bo'lib,
Baldai ash'arni kezgan  hasti mavlono Kamiy,
Boisi taskin bo'lur  deb ishqa mavlono Kamiy -
deya   g'azal   “baldai     ash'arni»   (o'n   shaharni)   kezgan   Kamiyni   vasf   etish   bilan
boshlanadi. G'azal to'laligicha Karimbek  Kamiy madhiga bag'ishlanadi.
Shoirning   ismi   Karimbek,   otasining   ismi   Sharifbek,   Kamiy   esa   adabiy
taxallusidir.   Mulla   Karimbek   Kamiy   1865   yillarda   Toshkent   shahrida     Sebzor
dahasiga   qarashli   Chaqar   mahallasida   choponfurushlar   oilasida   dunyoga   keldi.
Uning   otasi   Sharifbek   aka   adabiyotga   ayricha   mehr   qo'ygan   kishi   edi.   Sharifbek
akaning   to'rt   o'g'li,   bir   qizi   bo'lib,   ular   Mahmudbek   xoji,   Ahmadbek,   Rahimbek,
Karimbek   va   Bibinisolardir.   Farzandlar   ichida   Karimbek   yoshligidan   zehni   tez
bo'lgani   sababli   ota-onasi   ham,   maktabdor   domlasi   ham   uning   bilim   olishiga
ayricha ahamiyat bera boshladilar. Ma'lumotlarga qaraganda, shoir Kamiy ibtidoiy
maktabni   o'sha   vaqtning   mashhur   maktabdori,   ham   xattoti   Mozorxon   mahallalik
Mansurxon   domlada   tamom   qilib,   «Beklarbegi»   madrasasiga   kelgan   hamda
Shomahmud   Oxundda   dars   o'qib,   «xatmi   kutub»   qilgan.   M.Toshqin     Kamiyning
haqiqatan-da   g'aribona   hayot   kechirganligini   yozar   ekan,   “rastalardan   o'tgan
chog'ida   do'koniga   chaqirib,   choy-non   qiluvchilar   bor   bo'lsa-da,   juda   oz   topilar,
ular ham masjid yoki mehmonxona solgan bo'lsalar, she'r bilan bino tarixi yozdirib
olish yoki so'zlarini ta'rif qildirib, bir she'r yozib berishni aytish uchun chaqirar va
ko'p pul va'da qilib, juda oz narsa to'laganligini» e'tirof etadi.  Shoir Karimbek Kamiy 1922 yil yoz faslida 57 yoshida o'zi tug'ilgan hovlisida
vafot etdi.                                                                                                     
Ko'rinadiki,   shoir   Kamiy   an'anaviy   shakllarni   takomillashtirish,   yangi
mazmunni   ifodalovchi   yangi   obraz   va   tasviriy   vositalar   yaratish   bilan   milliy
uyg'onish davri o'zbek adabiyotini boyitishga munosib hissa qo'shdi.
Sidqiy   Xondayliqiy   (taxallusi;   asl   ism-sharifi   Sirojiddin   Maxdum
Mirzohidoxund   o'g'li)   (1884   -   hozmrgi   Bo'stonliq   tumani   Xondayliq   qishlog'i   -
1934)    shoir,  xattot,  tarjimon.  Arab,   fors  tillarini  o'rgangan.   Xattotlikka   qiziqqan,
zamonasining   mashhur   qilqalami   Muhammad   Shohmurod   kotib   (1850-1922)ga
shogird   tushgan.   Sidqiy   tosh   yo'nib,   unga   ishlov   berish,   turli   bezaklar   tushirish,
suratlar   ishlash,   muhr   yasash   bilan   ham   shug'ullangan.   Ayni   paytda   she'r   mashq
qilgan.   Shoir   sifatida   shakllanishida   Kamiyning   xizmati   katta   bo'lgan.   U   boshliq
adabiy davralarda faol ishtirok etgan. 
Ilk   she'rlarini   «Shuhrat»,   «Shevan»   (nola,   fig'on)   taxalluslari   bilan   yozgan
(«Tuhfai   Shavkat»,   1913;   «Savg'oti   Shavkat»,   1914   —   to'plamlar).   Keyinroq
barcha   asarlarini   Sidqiy   taxallusi   bilan   chop   ettirgan.   Lirik   she'rlarida   mumtoz
adabiyotimizdagi hayotiy, insoniy muhabbat, odamiylik singari yaxshi an'analarni
davom ettirgan. 
Poetik merosining salmoqli qismini hajviyot va ijtimoiy she'rlar tashkil qiladi.
Ijtimoiy-siyosiy   she'rlari   esa   davrning   muhim   voqyealariga   bag'ishlangan
(«Muhoraba», «Yashasun  yoshlar», «Toza hurriyat» va b.)Mardikorlik voqyealari
haqida   asarlar   yozgan   [«Rabo(t)chilar   namoyishi».   «Rabo(t)chilar   kelishi»,
1917].Sidqiyning   «Rusiya   inqilobi»   dostoni   (1917,   mart)   Rusiya   inqilobi
voqyealarini   keng   epik   planda   tasvir   etuvchi   dastlabki   asar.   Dostonning   hajmi
1502   misra.   Shundan   72   misrasi   fors-tojik   tilida,   qolgani   o'zbekchada   yozilgan.
Voqyealar   23   fev.   —   inqilobning   birinchi   kuni   tasviridan   boshlanadi,   so'ng
kunmakun   beriladi.   Sidqiy   Fevral   inqilobini   quchoq   ochib   qarshi   olsada,   uning
natijalaridan   qanoatlanmagan.   Doston   inqilobdan   keyingi   sharoitni   jiddiy   va
atroflicha tahlil etish, barchani birlikka, hamjihatlikka chorlash bilan yakun topgan.
Bu g'oya «Umidi ittifoq» (1918) tarji'bandida davom etadi.  Sidqiy   «Tazkirai   imomi   A'zam»,   «Sad   irshodi   mulla   Sidqiy   Xondayliqiy»
(«Mulla   Sidqiy   Xondayliqiyning   yuz   nasihati»),   «Mezoni   shariat»   (1915,   1917,
1992),   «Zarbulmasali   Sidqiy»,   «Holoti   Sidqiy»   kabi   nasriy   asarlar   ham   yozgan.
Ularning ko'pchiligi diniyaxloqiy mavzuda. «Hikoyai latifa», «Bahrom va malikai
Gulandom»,   «Ajoyib   ulmaxluqot»,   «O'g'ri   va   qozi»,   «Bo'ston»   (Sa'diy)   kabi
asarlarni   tarjima   qilgan.   Sidqiy   ko'chirgan   devon,   bayoz   va   risolalar,   yasagan
muhrlari nusxalari, toshlavhalar hamda chizgan To'ychi Hofiz va Tavallo suratlari
xususiy va davlat kutubxonalarida, shuningdek, 20 dan ortiq bosma va qo'lyozma
asarlari O'zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Savol va topshiriqlar :
1. “Kalila va Dimnai turkiy”ning xos xususiyatlari
2. Kamiy ijodida milliy uyg'onish mavzui.
3. Kamiyning adabiy davrasi.
4. Xondayliqiy ijodida ijtimoiy-siyosiy mavzu. Adabiyotlar:
Zaruriy adabiyotlar :
1. Qosimov   B.,   Yusupov   Sh.,   Dolimov   U.   va   b.   Milliy   uyg'onish   davri   o'zbek
adabiyoti. –T.: Ma'naviyat, 2004.
2. Almaiy.   Tanlangan   asarlar   (Nashrga   tayyorlovchi   va   so'zboshi   muallifi
S.Dolimov). T., 1965.
3. Jalolov A. Shoir Kamiy Toshkandiy. //O'zbek tili va adabiyoti, 1969. 
4. Hamidova M. Bayoznavis shoirlar. Adabiy meros. 3-kitob. T, 1973.
5. M.Zokirov. Mavlono Kamiy». //Toshkent oqshomi, 1990 yil 14 dekabr.
6. To'laboyev O. Karimbek Kamiy. //O'zbek tili va adabiyoti, 1993, 4-son.
7. To'laboyev O. «Suxanvarlik iqlimida shuhrati bordir». //To shkent   u niversiteti,
1994 yil 25 fevral.
8. Oltin   O.   «Der   Kamiy:   u yg'oning   emdi».   // O'zbekiston   adabiyoti   va   san'ati,
1994 yil 15 avgust, 31-32-son
9. K arimbek   Kamiy «Dilni  obod aylangiz». Tanlangan asarlar. T, «Ma'naviyat»,
1998 – 160 bet.

TOSHKENT ADABIY MAKTABI. FAZLULLOH ALMAIY VA KARIMBEK KAMIYLARNING ADABIY FAOLIYATI HAQIDA MA ’ LUMOT . Reja: 1. Rossiya bosqini tufayli xonlik sifatida tugatilgan Turkiston xududlaridagi adabiy jarayonda yuzaga kelgan o‘zgarishlar. Adabiy jarayondagi turli yo‘nalishlar va ularning vakillari ijodiga muxtasar obzor. Toshkent adabiy muhiti vakillari – Almaiy, Karimbek Kamyilar adabiy merosi. 2. Almaiyning i jodiy merosi. Lirikasi. Tarjimalari (“Kalila va Dimna”). 3. Karimbek Kamiy hayoti va ijodining o'rganilishi. Shoirning hayot yo'li. 4. Kamiyning ijodiy merosi. Shoir lirikasida an'anaviy ruh va shakl. 5. Sidqiy Xondayliqiy shoir, xattot, tarjimon. Ijtimoiy-siyosiy she'rlari. Diniy- axloqiy mavzudagi asarlari. Tarjimashunoslikda tutgan o'rni. Dostonnavisligi.

Yangi ijtimoiy–siyosiy va madaniy omillar ta’sirida adabiy hayotda jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Dunyoviy–realistik va romantik uslubdagi adabiyot–larning parallel rivoji bilan birga ilg‘or ma’rifatparvarlik adabiyoti ham tez rivojlana boshladi. Bu yo‘nalishdagi adabiyot namoyandalari feodal saroylari muhitidagi shoirlarga nisbatan hayotni, undagi ijobiy va salbiy jarayonlarni konkret, to‘laroq aks ettirish yo‘lidan bordilar, hatto ikki yoqlama zulmni qoralash, uning aybdorlarini badnom qilish darajasiga ko‘tarildilar. Sobiq Turkiston o‘lkasi, Rossiya tasarrufidagi joylarda uyushgan, shakllangan (Xiva, Buxorodagidek) adabiy markazlar yo‘q edi. Biroq Qo‘qon, Marg‘ilon, Namangan, Andijon, Samarqand, Toshkent, Kattaqo‘rg‘on kabi yirikroq shaharlarda turli tarkibdagi, bir–biri bilan yaqindan ijodiy hamkorlik qilib turuvchi ijodkorlar davralari mavjud edi. Masalan, Qo‘qonda–Muqimiy, Furqat, Nisbatiy, Muhyi, Zavqiy; Toshkentda–Kamiy, Xolis, Hislat; Samarqandda– Saidahmad Vasliy, Spandiy; Kattaqo‘rg‘onda–Miriy, Noqis, Mahdiy, Ahqar kabilar. Ularni biz «atrof–muhit shoirlari» deb atasak ham bo‘ladi. Ayniqsa shular ichida Qo‘qon shoirlari davrasida hajviyotning hujumkorlik roli oshdi. Publitsistika janri paydo bo‘ldi. Lirik she’riyatda shoirlar an’anaviy–romantik obrazlarni tasvirlash bilan birga, o‘z davriga, zamonadagi insonlarga murojaat eta boshladilar. An’anaviy lirik obraz orqali ham zamonadan norozilik, shaxsning erkin nafas olishi uchun kurash ohanglari aks ettira boshlandi. Ma’rifatparvalik targ‘ibiga bag‘ishlangan asarlarning mazmuni, obrazlarini ham real turmush haqiqatlari tashkil etdi. Furqat, Kamiy va G‘urbatlarning gimnaziya haqidagi g‘azal–qasidalarida, Ahmad Tabibiyning «Ma’rifat», Avazning «Maktab», «Til» asarlarida shunday. Milliy uyg‘onish davri, ayniqsa, badiiy adabiyotdagi janrlar taraqqiyotida, uning obrazlar sistemasida ko‘proq namoyon bo‘ldi . Bu davr adabiyotining Muqimiy, Furqat kabi yetuk namoyandalari ijodida satirik yo‘nalishdagi, ma’rifatparvarlik mazmunidagi she’riy–hikoya (masnaviy–manzumalar), she’riy «Sayohatnoma» (Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Nodim, G‘urbat) hamda maktubot janrlari

rivoj topdi; hajviyatning turmushdagi qoloqliklar ustidan keskin hukm chiqarishga qaratilgan namunalari, shunindek hazl–mutoibaga boy, turmush haqiqatlari ifodasidan iborat yumoristik asarlar turkumlari maydonga keldi, (Muqimiy, Zavqiy va b.) maktublarda ham ijtimoiy–publitsistika ruhi kuchaydi. Ulardan ham milliy uyg‘onish davri ohanglari o‘rin oldi . Qator asarlarda–g‘azallarda, muhammaslarda, she’riy hikoyalarda mustamlaka zulmiga qarshi xalq noroziligi kayfiyatlari aniq ifodalana boshlandi Muqimiyning «Tanobchilar», «Maskovchi boy ta’rifida», «Dar shikoyati Laxtin», «Dar hajvi Viktor»; Zavqiyning «Qaxatchilik», «Zamona», «Ajib zamona» kabi asarlarida shunday. Adabiy jarayonda bir–biridan faqlanib turuvchi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi: 1. Xalqchil romantik; 2. Xalqchil realistik; 3. Ilg‘or ma’rifatparvarlik; 4. Diniy– tasavvufiy (u ham xalqchil) yo‘nalishlarda davom etdi, shu yo‘nalishlarga mansub shoirlar adabiy qiyofasini ular asarlarning mavzulari, timsollari, shakliy–uslubiy jihatlari, estetik prinsiplari bergiladi. Qori Fazlulloh Almaiy (1852–1891) . Shoir, olim va tarjimon sifatida madaniyatimiz tarixida muhim iz qoldirgan Almaiy Toshkentda bo‘zchi oilasida dunyoga kelib, o‘smirlik yillarida Buxoro madrasalarida o‘qidi, u yerdagi olimu shoirlar bilan muloqotda bo‘lib «Bedilxonlik»da o‘z zukkoligini namoyishi ettirdi. Biroq egnida bir yaktak, eski salla va oyoq yalang Toshkentga qaytdi: «Xatmi kutub–fotihadan (bitirish marosimi) so‘ng Abdushukur madrasasida mudarrislik qila boshladi. Almaiy o‘z bola–chaqalarini xattotlik hunari bilan boqqan. Muqimiy bilan nihoyatda yaqin munosabatda bo‘lgan. Muqimiyning Almaiyning «Hayot» radifli falsafiy g‘azaliga tazmin muhammas bog‘laganligi ham ma’lum. Almaiy (ma’nosi–zukko, zehni o‘tkir) o‘z davrining iste’dodli, bilimli shoiri, olimi sifatida hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan g‘azallar, muhammaslar, qit’alar, ruboiylar, fardbaytlar, masnaviylar yaratgan. Uning arab tilida bitgan she’rlari ham bor. Almaiy forsiy tildagi adabiyotning mashhur rindsifat shoirlari Jaloliddin Rumiy, Hofiz, Abdurahmon Jomiy, Bedil kabilarning orifona g‘azallari asosida original beshlamalar yaratib, ularning adolat, insof, mehru shafqat, vafo, sadoqat,

to‘g‘rilik, ishqda poklik kabi umumbashariy g‘oyalarini rivojlantirgan, badiatan go‘zal baytlar yaratgan: Bo‘yla demish dahrini donish fani, Ekma yomonlig‘ni, o‘rarsan ani. Sitamgar zulmidin yoqti olovni, Uzin kuydirdiyu, yana birovni. Gar topibsen ma’rifat nuri safosin ey o‘g‘il, O‘zgani ham bahramand et, bo‘lmag‘il zinhor baxil. Kimki ko‘cha ustig‘a qo‘yg‘ay tuzoq, O‘zi solg‘ay ul tuzog‘ ichra oyog‘. Do‘sting garchi ming erur kamdur, Dushmaning bo‘lsa gar bir–u ko‘pdur. Chiqmag‘il makkorlig‘ni tomig‘a, Tushkaysen anda baloning domig‘a. Ketti yoru orzusi qoldi ko‘nglumda nihon, Sarv yanglig‘ qomatining shavqi bu dilda nihon. Almaiy mashhur xind masali «Kalilai Dimna»–ni o‘zbek tiliga tarjima etdi. Bu asar uch marta (1898, 1901, 1903 yillarda) chop etilgan. Qadimgi xind adabiyotida «Panchtantra» nomi bilan mashhur bo‘lgan bu asar eramizning III–IV asrlarida noma’lum avtor tomonidan tuzilgan rivoyat va masallar majmuasidir. Undagi har bir fasl qahramoni voqea davomida bir rivoyat aytib beradi va qissadan hissa tarzida yakunlanadi. U didaktik masallar kitobidir Almaiy bu asarni 1896 yilda tarjima etgan. Karimbek Kamiy – milliy uyg'onish davrining faol ijodkorlaridan. Shoir ijodini o'rganishda asosiy manba– uning asarlari. Asarlarining shu davrda tuzilgan bayozlarga kiritilishi, vaqtli matbuotlarda bot-bot chop etilishi shoir ijodini

ommalashtirishning birinchi bosqichi edi. Demak, shoir ijodi uning hayotlik chog'idayoq e'tiborga tushgan. Shoir Karimbek Kamiy o'z davrining e'tirof etilgan shoirlaridan biri sifatida haqli suratda XX asrda tuzilgan majmua-bayozlardan o'rin olishi bilan bir qatorda, bayozlarda ijodkor do'stlar tomonidan u haqda yozilgan g'azallar ham uchraydiki, bu ham Kamiyning shoirlik darajasini belgilab beradi. Inchunun, 1912 yili G'.H. Orifjonov matbaasida chop etilgan “Bayozi mahbubu-l-mahbub” kitobda shoir Omoniyning “Dar madhi janobi mavlono Kamiy Toshkandiy...”g'azali berilgan bo'lib, Baldai ash'arni kezgan hasti mavlono Kamiy, Boisi taskin bo'lur deb ishqa mavlono Kamiy - deya g'azal “baldai ash'arni» (o'n shaharni) kezgan Kamiyni vasf etish bilan boshlanadi. G'azal to'laligicha Karimbek Kamiy madhiga bag'ishlanadi. Shoirning ismi Karimbek, otasining ismi Sharifbek, Kamiy esa adabiy taxallusidir. Mulla Karimbek Kamiy 1865 yillarda Toshkent shahrida Sebzor dahasiga qarashli Chaqar mahallasida choponfurushlar oilasida dunyoga keldi. Uning otasi Sharifbek aka adabiyotga ayricha mehr qo'ygan kishi edi. Sharifbek akaning to'rt o'g'li, bir qizi bo'lib, ular Mahmudbek xoji, Ahmadbek, Rahimbek, Karimbek va Bibinisolardir. Farzandlar ichida Karimbek yoshligidan zehni tez bo'lgani sababli ota-onasi ham, maktabdor domlasi ham uning bilim olishiga ayricha ahamiyat bera boshladilar. Ma'lumotlarga qaraganda, shoir Kamiy ibtidoiy maktabni o'sha vaqtning mashhur maktabdori, ham xattoti Mozorxon mahallalik Mansurxon domlada tamom qilib, «Beklarbegi» madrasasiga kelgan hamda Shomahmud Oxundda dars o'qib, «xatmi kutub» qilgan. M.Toshqin Kamiyning haqiqatan-da g'aribona hayot kechirganligini yozar ekan, “rastalardan o'tgan chog'ida do'koniga chaqirib, choy-non qiluvchilar bor bo'lsa-da, juda oz topilar, ular ham masjid yoki mehmonxona solgan bo'lsalar, she'r bilan bino tarixi yozdirib olish yoki so'zlarini ta'rif qildirib, bir she'r yozib berishni aytish uchun chaqirar va ko'p pul va'da qilib, juda oz narsa to'laganligini» e'tirof etadi.