logo

Tovarlar oqimi modeli

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

252.5 KB
Tovarlar oqimi modeli
 Reja:
1. Tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun baholarning ahamiyati va 
vazifasi.
2. Baholarni belgilash va qo’llash to’g’risidagi qonun hujjatlari
3. Baho intizomiga rioya qilish yuzasidan tekshirish olib boruvchi davlat
boshqaruv idoralari
  1. Tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun baholarning ahamiyati va vazifasi.
Bozor   munosabatlari   shakllanib   borishida   xo’jalik   yurituvchi
subyektlarning   mustaqilligini   ta’minlash   eng   dolzarb   masalalardan   biri   bo’lib
hisoblanadi.   Shuning   uchun   ham   O’zbekiston   Respublikasi   mustaqillikka
erishganidan   keyingi   yillarda   qabul   qilgan   qonunlarining   aksariyati   aynan   shu
muammoni   hal   qilishga   qaratildi   va   natijada   turli   mulk   shakllariga   asoslangan
korxonalar   tovar   ishlab   chiqarishda,   ishlarni   bajarishda,   xizmatlar   ko’rsatishda
xo’jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonining ko’pgina yo’nalishlarini mustaqil
amalga oshirish imkoniyatga ega bo’la boshladi.
Xo’jalik   yurituvchi   subyektlar   turli   mulk   shakllari   asosida   huquqiy
munosabatga kirishib, alohida bir qoidalarga emas, balki, ya’ni o’zga shaxslarning
huquq va qonuniy manfaatlarini buzmaslik va "O’z mol-mulkiga nisbatan qonunga
zid   bo’lmagan   har   qanday   xatti-harakatlarni   qilishga   haqlidir.   U   mulkdan   qonun
bilan taqiqlanmagan har qanday xo’jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda
foydalanishi   mumkin",   degan   umumiy   qoidaga   amal   qilishining   o’zi   kifoyadek
ko’rinadi.
Ammo   xo’jalik   yurituvchi   subyektlarning   bu   faoliyatini   amalga
oshirishining   davlat   tamonidan   tartibga   solinishi   davr   taqozosidir.   Bozor
munosabatlarini   shakllantirishda   iqtisodiy   islohotlar   amalga   oshirilishining   asosiy
tamoyillaridan   biri   bu   "davlatning   bosh   islohotchiligi"dir.   Xo’jalik   yurituvchi
subyektlarining   xo’jalik   faoliyatini   amalga   oshirishda   ishlab
chiqaruvchilarninggina   manfaatlari   yotmasdan,   balki   davlat   va   jamiyat,
iste’molchilar   manfaatlari   ham   yotadi.   Shuning   uchun   ham   ana   shu   turli
manfatlarni   muvofiqlashtirish   talab   etiladi,   ya’ni   bir   tomondan,   tadbirkorning
faoliyatini   erkinlashtirish   bilan   birga   ikkinchi   tomondan,   tabiiy   atrof-muhitni
himoya   qilish,   sanitariya,   standartlashtirish   qoidalarining   amal   qilishiga,   narx-
navo,   intizomga   rioya   qilinishiga,   soliqlarning   o’z   vaqtida   to’lanishiga,   sof
raqobatlashuvni   tashkil   etishga   qaratilgan   huquqiy   normalar   ishlashini   ta’minlash
vazifasi turadi. Yuqoridagilardan   kelib   chiqib,   xo’jalik   yurituvchi   subyektlar   faoliyatini
huquqiy   jihatdan   tartibga   solinishi   ko’p   jihatdan   turli   subyektlar   manfaatlarining
mushtarakligidan kelib chiqadi.
Shu   naqtai   nazardan   olib   qaraganimizda   tovarlar,   ishlar,   xizmatlarga
baholarning   o’rnatilishi   va   qo’llanilishi   ham   davlat   tomonidan   tartibga   solib
borilmog’i lozim.
«Baho»   iqtisodiy   kategoriya   sifatida   sotuvchi   va   xaridorning   kelishuviga
muvofiq xaridorga berilgan tovar (ish yoki xizmat) uchun to’lashga rozi bo’lingan
pul yoki boshqa mulkiy ekvivalentdir.
Baho talab va taklifning ta’siri asosida shakllanadi. Kelib chiqishi bo’yicha
baho   tovarni   ishlab   chiqarish   uchun   ijtimoiy   zarur   sarflangan   xarajatni   anglatib,
tovarning   qiymatiga   to’g’riroq   keladi.   Talab   va   taklifning   mavjudligi   yoki   uning
bo’lmasligidan   kelib   chiqib,   ishlab   chiqaruvchi,   talab   ko’proq   bo’lgan   tarmoqqa
kapitalni   o’tkazishga   ishlab   chiqarishni   rivojlantirishga   yoki   aksincha,   talab
bo’lmagan   tarmoqlarda   ishlab   chiqarishni   qisqartirishga,   bozorda   talab   umuman
bo’lmagan tovar (ishlar, xizmat)larning bahosini o’zgartirishga majbur bo’ladi. 
Bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   baholarning   shakllanishi   bozor   qonunlari
asosida amalga oshadi.
Ma’muriy   buyruqbozlik   davrida   iqtisodiyotimizda   talab   va   taklif   qonuni
bahoga   bilvosita   ta’sir   qilar   edi.   Talab   va   taklif   qonuni   faqat   iqtisodiyotni   davlat
tomonidan   boshqarishning   hisob   mexanizmi   orqaligina   o’ziga   yo’l   ochar   edi.   Bu
mexanizm bozor talablarini aks ettira olmas, baholarni bozordagi talab va taklifdan
kelib chiqqan holda emas, balki davlat tomonidan belgilangan reja topshiriqlariga
muvofiq  tarzda  ijtimoiy  vazifalardan,   mudofaa,  alohida   faoliyat  va  tarmoqlarning
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda davlat tomonidan qat’iy belgilar edi.
Albatta,   baholarning   davlat   tomonidan   qat’iy   belgilanishi   davlat
byudjetining   shakllantirilishi,   ijtimoiy   va   jamiyat   ahamiyatiga   molik   sohalarga
markazlashtirilgan   tartibda   mablag’larning   ajratilishi   masalalarini   samarali   hal
qilishga   imkoniyat   berar   edi.   Lekin   baholarni   shakllantirishning   bozor   uslubidan voz  kechilishi  iqtisodiy   qonunlarning  samarali   ishlashi  uchun   to’sqinlik  qilar   edi.
Ishlab   chiqarishda   iqtisodiy   manfaatdorlikning   bo’g’ilishiga,   talabgor   bo’lgan
tovarlarni   ishlab   chiqarishga   bo’lgan   qiziqishning   so’nishiga,   sifatsiz   tovarlar
ishlab chiqarishga, kapitalning samarali  ishlashiga erishishga bo’lgan harakatlarni
bo’g’ishga,   xullas   bozorni   o’z-o’zidan   harakatga   keltiruvchi   mexanizmlarning
qotib qolishiga olib kelgan edi.
Baholarning   direktiv   o’rnatilishi   ijtimoiy   zarur   harakatlarni   aniq
belgilamasdan, ularni ishlab chiqarishga jalb etishgina hisobga olinar edi.
Bunday yondashuv bilan ishlab chiqarish samaradorligini oshirmas, ilmiy-
texnika   taraqqiyotiga   bo’lgan   qiziqishni   oshirmas,   tovarlar   raqobatbardoshligini
ta’minlamas   edi.   Bu   esa   jamiyatda   xo’jasizlik,   boshboshdoqlik,   raqam   ketidan
quvish,   sifatsiz   mahsulot   ishlab   chiqarish,   oxir-oqibat   o’zi   yaratgan   mahsulotdan
o’zining   bosh   tortishiga   olib   keldi.   Bu   yo’l   jahon   bozoriga   chiqariladigan
tovarlarning   raqobatbardoshliligini   ham   ta’minlamas   edi.   Bozor   iqtisodiyotiga
o’tish   davri   baholarni   shakllantrishda   talab   va   taklif   qonuniyatlariga   asoslanish
zaruriyatini   keltirib   chiqardi.   Dastlabki   yillar   tajribasi   "Iqtisodiyotning
erkinlashtirilishi,   ayniqsa,   iste’mol   narxlari   va   tariflarining   "esankiratadigan"
tarzda   qo’yib  yuborilishi,  ishlab   chiqarishning   pasayib  ketishi,   to’lovlarni   amalga
oshirmaslik   bilan   bog’liq   tanglikning   keskinlashuvi,   pul   muomalasining   buzilishi
ko’pchilik   yangi   mustaqil   davlatlarda   iste’mol   narxlarining   keskin   o’sishiga,
jamg’armalarning   qadrsizlanishiga,   aholining   anchagina   qismi   turmush
darajasining   pasayishiga,   butunlay   yoki   qisman   ishsizlar   sonining   o’sishiga   olib
keldi"[1].
Shuning   uchun   ham   davlat   va   xavfsizlik   jamiyat   oldida   baholarni   bozor
qonuniyatlariga   muvofiq   tashkil   etishdek   qiyin   vazifani   bajarish   bilan   birga
baholarning stixiyali shakllanishining oldini olishdek muhim vazifa turar edi.
Biz   "esankiratadigan"dan   qat’iyan   voz   kechdik   va   tashqaridan   bo’lgan
tazyiqqa   qaramay,   narxlarni   asta-sekin,   oldindan   ishlab   chiqilgan   tartib   asosida
erkinlashtirishga qaror qildik. Bunday   yondashuv   korxonalar   va   aholining   bozor   munosabatlari   hamda
erkin   narx   belgilash   sharoitlariga   larzaga   tushmasdan   moslashib   olish   imkonini
berdi[2].
            Yuridik kategoriya sifatida baho qator ahamiyatlarga ega.
Baho   fuqarolik   huquqiy   shartnomaning   muhim   shartlaridan   biri   bo’lib
hisoblangan.   FKning   418-moddasining   mazmunidan   shu   narsa   anglashiladiki,
shartnomadagi tovar bahoga oid shartlar, avvalgi qonun hujjatlarida bo’lgani kabi
asosiy   shartlar   sirasiga   kirmaydi.   Shartnoma   taraflar   kelishuvi   bilan   belgilangan
baho   bo’yicha   ijro   etiladi.   Ushbu   umumiy   qoidadan   istisnolar   shartnomalarning
ayrim   turlari   haqidagi   qonun-hujjatlarida   belgilab   beriladi[3].   Xususan,   «Xo’jalik
yurituvchi   subyektlar   faoliyatining   shartnomaviy-huquqiy   bazasi   to’g’risida»gi
Qonunga   muvofiq,   baho   xo’jalik   shartnomalarining   muhim   bandlaridan   biri
hisoblanadi.   Qonunning   10-moddasida   xo’jalik   shartnomalariga   nisbatan
qo’yiladigan   talablar   ko’rsatilgan   bo’lib,   unda   tovar   (ish,   xizmat)   ning   bahosi
o’zaro   kelishuvga   erishish   lozim   bo’lgan   muhim   shartlar   jumlasiga   kiritilgandir.
Xo’jalik   faoliyatini   amalga   oshirishda   hisob-kitob   qilish   tartibi   xo’jalik
shartnomasida   belgilanayotganda   tovarlar,   (ishlar,   xizmatlar)   haqini   qonun
xo’jjatlarida   belgilangandan   kam   bo’lmagan   miqdorda   oldindan   to’lab   qo’yish
albatta   nazarda   tutilgan   bo’lishi   lozim[4].   Mazkur   qoidaga   rioya   qilmaslik   baho
intizomining   buzilishi   hisoblanib,   bunday   holatlar   sanksiya   va   javobgarlik
choralari qo’llash uchun asos bo’ladi. 
Tomonlarning   kelishuviga   muvofiq   o’rnatilgan   baho   larda   hamda
belgilangan   baholarda   ham   qo’shilgan   qiymat   solig’i   va   aksiz   soliqlarining
shakllanishiga asos bo’ladi.
Baho,   shuningdek   savdo   ustamalari   va   boshqa   ustamalarning   belgilanishi
va qo’llanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni   qayd   etib   o’tmoq   lozimki,   hatto   erkin   baho   ham   o’z-o’zidan
belgilanmaydi.   Balki   ular   muayyan   qoidalarga   asoslangan   holda   vujudga   keladi. Bunda   narx-navoning   huquqiy   tartibga   solinishiga   e’tibor   berish   lozim.   Narx-
navoning   shakllanishi   ustamalar   qo’shilgan   qiymat   solig’i,   aksizlar   bilan   amalga
oshiriladi va ular barcha baholarga taalluqli.
  Bevosita   baholar   davlat   tomonidan   direktiv   belgilanishi   asosida   ayrim
tovarlarga   nisbatan   to’g’ridan-to’g’ri   belgilanadi.   Bahoni   to’g’ridan-to’g’ri
belgilash turli uslublarda bo’lishi mumkin.
 
2. Baholarni belgilash va qo’llash to’g’risidagi qonun hujjatlari
                       Baholarni belgilash va qo’llash to’g’risidagi qonun hujjatlari mohiyatini
tahlil   qilishda   bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   baholarni   belgilashda   davlatning
aralashuviga   faqat   alohida   istesnoli   holatlar   bo’yicha   yo’l   qo’yilishi   nuqtai
nazaridan kelib chiqqan holda yondashmog’imiz lozim.
                       Avvalo, O’zbekiston Respublikasi  Konstitusiyasiga  muvofiq, «...Davlat
iste’molchilarning   huquqi   ustunligini   hisobga   olib,   iqtisodiy   faoliyat,   tadbirkorlik
va   mehnat   qilish   erkinligini,   barcha   mulk   shakllarining   teng   huquqliligini   va
huquqiy jihatdan bab-barovar muhofaza etilishini kafolatlaydi...
                       Mulkdor mulkiga o’z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni
tasarruf etadi".
            Bundan ko’rinib turibdiki, respublikamiz fuqarolari teng huquqlilik asosida
erkin tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari, o’z mulklariga o’z xohishlaricha
egalik qilish, undan foydalanish, tasarruf qilish huquqlariga egadirlar.
                        Korxona   o’z   mahsulotlarini,   ishlarni,   xizmatlarni,   ishlab   chiqarish
chiqitlarini   mustaqil   yoki   shartnoma   asosida   belgilanadigan   narxlar   va   tariflarda
sotishga haqlidir.
                        Bu   esa   bozor   iqtisodiyoti   sharoitida   xo’jalik   yurituvchi   subyektlarning
erkin xo’jalik faoliyati yuritishidan darak beradi.
            O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq xo’jalik yurituvchi
subyektlarning   tovarlar,   ishlar   va   xizmatlarni   bajarganlik   uchun   shartnomada
ko’zda   tutilgan   taraflarning   kelishuvi   asosida   haq   to’lanishi   belgilangan   (356-m,
418,   523-m,   636,   662,   715)   ya’ni   tadbirkor   fuqaro   o’zining   kontragentiga   tovar (ish,   xizmat)   uchun   xohlagan   narxini   belgilashi   mumkin,   agar   bu   tovar   (ish,
xizmat)   turi   uchun   narx-navoni   tartibga   solish   davlat   tomonidan   tartibga
solinadigan baholar doirasiga kirmasa.
                       Ayrim hollarda taraflar baho to’g’risidagi shartni nazarda tutmasligi ham
mumkin.   Bunday   holda   tovar   haqi   qiyoslanadigan   sharoitlarda   o’xshash   tovar
uchun odatda belgilanadigan baho bo’yicha to’lanishi kerak.
                        Bozor   munosabatlariga   o’tish   bilan   bog’liq   jarayonlarni   yanada
chuqurlashtirish,   tadbirkorlik  faoliyati   subyektlarining  erkin  harakat  qilishi  uchun
har   tomonlama   sharoit   yaratish   ularning   moddiy   manfaatdorligini   oshirish
maqsadida   qator   qonunlar,   Prezident   Farmonlari,   Vazirlar   Mahkamasining
qarorlari   qabul   qilindi.   Xususan,   "Tovar   bozorlarida   monopolistik   faoliyatni
cheklash va raqobat to’g’risida»gi[5], "Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining
shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida"gi[6] "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining
kafolatlari   to’g’risida"gi[7]   Qonunlar,   "Qishloq   xo’jaligi   sohasini   iqtisodiy
rag’batlantirish   va   erkinlik   berish   to’g’risida"gi   Prezident   Farmoni   shular
jumlasidandir.   Bu   qonun   hujjatlari   davlat   buyurtmalarining   qisqartirilishi,
shartnoma   munosabatlarini   shakllantirib,   narx-navoni   erkin   belgilash
imkoniyatlarini yaratib bermoqda.
                        Respublikamizning   bosqichma-bosqich   bozor   munosabatlariga   o’tish
hamda   narx-navoni   izchillik   bilan   erkinlashtirib   borishni   ko’zda   tutgan   holda
ayrim   turdagi   ishlab-chiqarish   texnik   tovarlarga   hamda   asosiy   iste’mol   tovarlari
hamda xizmatlarga nisbatan joriy etilishi mumkin bo’lgan baholarning eng yuqori
darajasini   davlat   tomonidan   belgilab   qo’yilishi   ko’zda   tutildi.   Chunki   bularga
nisbatan   to’g’ridan-to’g’ri   erkin   narxlarni   joriy   etilishi   axolini   ijtimoiy   jihatdan
og’ir   ahvolga   olib   kelib   qo’yishi,   respublika   iqtisodiyotiga   ham   salbiy   ta’sir
ko’rsatishi mumkin edi.
                        Ana   shu   nuqtai   nazardan   «Tovar   bozorlarida   mnopolistik   faoliyatni
cheklash va raqobat to’g’risida"gi, "Tabiiy monopoliyalar to’g’risida"gi Qonunlar
qabul qilindi.                         Mazkur   Qonunlarga   muvofiq   tabiiy   monopoliya   subyektlari   doirasi
ularning   huquq   va   majburiyatlari,   shuningdek   ularning   faoliyatlari   ustidan   davlat
nazoratining   o’rnatilishi   bo’yicha   asosiy   qoidalar   belgilangan.   Qonunda   tabiiy
monopoliya   subyektlari   faoliyatida   narxlarni   tartibga   solinish   tartibi   belgilangan
bo’lib,   unga   muvofiq   tovarlarga   narxlar   (tarif)lar   belgilash   uchun   tabiiy
monopoliya subyektlari O’zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi  belgilagan
tartibga   muvofiq   vakolatli   organga   narxlarning   (tariflarning)   loyihalarini   hamda
ular bo’yicha hisob-kitoblarni taqdim etadilar.
                        Tabiiy   monopoliya   subyektlari   tovarlariga   taalluqli   narxlar   (tarif)lar
loyihalari   vakolatli   organ   tomonidan   iste’molchi   mahsuloti   narxlariga   ularning
ta’siri hisobga olingan holda bir hafta muddat ichida ko’rib chiqiladi.
                       Vakolatli organning narxlar (tariflar) bo’yicha qarori tabiiy monopoliya
subyektlari   tomonidan   o’n   besh   kun   avval   ommaviy   axborot   vositalarida   e’lon
qilinadi.
                        Shu   bilan   birga   tabiiy   monopoliya   subyektlari   faoliyatida
iste’molchilarning   huquqlarini   himoya   qilish   maqsadida   muayyan   cheklashliklar
ham   belgilangan.   Xususan,   tovarlar,   xizmatlar   va   ishlar   uchun   vakolatli   organ
belgilagan   miqdordan   ortiq   haq   olish,...   tabiiy   monopoliya   subyektlarining
tovarlari   iste’molchilarini   kamsitishiga   yoxud   iste’molchilardan   belgilangan
narxlar (tariflar)da hisobga olinmagan haq undirish hisobiga daromad olishga olib
keladigan boshqacha hatti-harakatlarni sodir etish man etiladi.
                       Baholarni belgilash  va qo’llash to’g’risidagi  qonunlar  ichida "Baholash
faoliyati to’g’risidagi" Qonun alohida ahamiyatga ega bo’lib, u baholash faoliyatini
amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarni tartibga soladi[8].
                       Bu Qonun avvalo baholash faoliyatiga tushuncha berib, baholovchining
baholash obyekti qiymatini aniqlashga qaratilgan faoliyati ekanligini e’tirof etiladi.
            Baholash faoliyati lisenziya asosidagina amalga oshiriladi.                   Qonun baholash obyekti doirasini, baholash obyekt qiymatining turlarini,
baholash   standartlari,   baholashni   o’tkazish   asoslari,   baho   lovchining   huquq   va
majburiyatlari, javobgarliklari, nizolarni hal etish tartibini qat’i belgilab qo’ygan.
                        Baholarni   belgilash   va   qo’llash   to’g’risidagi   qonun   hujjatlari   ichida
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   tomonidan   chiqarilgan   Farmonlar   alohida
ahamiyatga   ega   bo’lib,   ularga   misol   tariqasida   "O’zbekiston   Respublikasida
moliya   organlarini   boshqarish   tashkiliy   tuzilmasini   va   narx   belgilash   tizimini
takomillashtirish to’g’risida»; «Qishloq xo’jaligi sohasini iqtisodiy rag’batlantirish
va   erkinlik   berish   to’g’risida»gi   (1994   yil   22   avgust);   "Eksport   mahsuloti   ishlab
chiqirishni   rag’batlantirish   borasidagi   qo’shimcha   chora-tadbirlar   to’g’risida",
"Boshoqli   don   ekinlarining   xarid   narxlarini   oshirish   to’g’risida",   "Respublikada
dori- darmonlarni sotishni tartibga solish to’g’risida»gi Prezidentimiz Farmonlarini
keltirishimiz   mumkin.   Bu   Farmonlar,   avvalo,   qonunchiligimizni   to’ldirish   hamda
amalda   qo’llanilishi   mexanizmini   yo’lga   qo’yish,   iqtisodiyotimizni   bosqichma
bosqich   erkinlashtira   borish,   hisob-kitob,   soliq   to’lash   mexanizmini
takomillashtirish bilan bog’liq muammolarni hal qilishga qaratilgandir.
                       O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan
qarorlar   ham   aynan   ana   shu   vazifalarni   hal   qilishga   qaratilgan   bo’lib,   ular
jumlasiga quyidagi qarorlarni ko’rsatib o’tish mumkin: "O’zbekiston Respublikasi
Monopoliyadan   chiqarish   va   raqobatni   rivojlantirish   davlat   qo’mitasi   faoliyatini
tashkil etish to’g’risida", "Iste’mol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdo qilishni
tartibga   solishga   doir   qo’shimcha   chora-tadbirlar   to’g’risida",   "Birja   va   yarmarka
savdosi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarorlar.
            Demak, baholarni belgilash va qo’llash to’g’risidagi yuqorida qayd etilgan
normativ   hujjatlar   respublikamizda   iste’mol   bozorlarida   muvozanatning
saqlanishiga   va   barqarorlikning   ta’minlanishiga,   aholining   ijtimoiy   muhofazasiga
qaratilgan.
  3.   Baho   intizomiga   rioya   qilish   yuzasidan   tekshirish   olib   boruvchi   davlat
boshqaruv idoralari
                        Rejali   iqtisodiyot   davrida   yagona   narx   siyosati   belgilangan   bo’lib,
sosialistik   mulk   munosabatlari   va   iqtisodiyotning   rejaliligi   hukmronligi   narx-
navoni   boshqarishda,   narxlarni   shakllantirishda   davlat   narx   siyosatining   asosini
tashkil etishni talab qilardi.
                        Shu   tamoyildan   kelib   chiqqan   holda   narx-navo   sohasida   boshqaruvni
amalga   oshirish   tartibi   ham   belgilangan   edi.   SSSRning   asosiy   qonuniga   muvofiq
holda narx siyosatini belgilash SSR Ittifoqining mutlaq vakolati doirasiga kiritilgan
bo’lib, ittifoqdosh respublikalar bunday vakolatga ega emas edi. Bu vakolat SSSR
Ministrlar   Soveti   zimmasiga   yuklatilgan   bo’lib,   u   baho   belgilash,   uni   qo’llash
bo’yicha boshqaruvni amalga oshirar, sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarining,
baliqchilik,   mo’ynali   hayvonlarning   mo’ynalarini,   ovchilik   mahsulotlarining,   yuk
tashish   bo’yicha   tariflarni,   aloqa   korxonalarining   xizmatlari   haqini   va   boshqa
baholarning   umumiy   miqdorini   aniqlar   edi.   Ayrim   mahsulotlar   bo’yicha   esa
hattoki   ittifoqdosh   respublikalarning   hukumatlariga   aniq   narx   belgilagan   holda
topshiriqlar berar edi.
                       Maxsus narx-navoni boshqarish bo’yicha davlat organi sifatida SSSR va
ittifoqdosh respublikalarda Davlat narx-navo komiteti faoliyat ko’rsatar edi.
                       Bu organ zimmasiga xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida belgilangan
narx-navo   va   tarifning   asosliligini   va   to’g’ri   qo’llanilishi   ustidan   nazorat   olib
borish yuklatilgan edi.
                       Baholarni markazlashgan tartibda bunday belgilanishi xo’jalik yurituvchi
subyektlarning   erkin   harakat   qilishiga   halaqit   qilar,   ishlab   chiqarilayotgan
mahsulotlarning   sifatiga   e’tiborsizlik,   xo’jasizlik   muhitini,   kelib   chiqishiga
sababchi bo’lib qoldi.
             O’zbekiston mustaqil davlat sifatida bozor munosabatlarini qaror toptirish
maqsadida,   xo’jalik   yurituvchi   subyektlarning   faoliyatini   erkinlashtirish,   ularning
o’rtasida shartnomaviy munosabatlar ustunligini belgilab qo’ydi.                         Shuning   uchun   ham   sobiq   ittifoq   davridagi   markazlashgan   rejali
boshqaruvdan   voz   kechildi   hamda   respublikamizda   davlat   boshqaruvining   yangi
tizimi shakllantirildi.
            1992 yil 11 fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston
Respublikasida   moliya   organlarini   boshqarish   tashkiliy   tuzilmasini   va   narx
belgilash   tizimini   takomillashtirish   to’g’risida"gi   Farmoni   qabul   qilinib,   ushbu
Farmonga   muvofiq   kelishilgan   yagona   moliya,   soliq   va   narx   siyosatini   amalga
oshirish, respublika iqtisodiyotining moliyaviy sog’lomlashuvini ta’minlash, bozor
munosabatlari   shakllanishi   sharoitida   narx-navoni   tartibga   solishning   iqtisodiy
usullari ahamiyatini kuchaytirish maqsadida:
                        avvalo   respublika   xududida   narxlarga   doir   davlat   siyosatini   o’tkazish
vazifalari   O’zbekiston   Respublikasi   Moliya   vazirligiga   topshirilib,   sobiq   ittifoq
davrida   amalda   bo’lgan   Davlat   narxlar   komiteti   apparati   bilan   Moliya   Vazirligi
apparati birlashtirildi.
            Moliya vazirligining zimmasiga:
            Respublika hududida yagona moliya, soliq va narx siyosatini shakllantirish
hamda   o’tkazish,   bozor   iqtisodiyotiga   o’tish   sharoitida   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish   va   aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilishning   barqaror   moliyaviy   negizini
vujudga keltirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish, moliya va narx belgilashni
boshqarish   tizimini   takomillashtirishga,   qimmatbaho   qozog’lar   bozorini   vujudga
keltirishga,   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   hususiylashtirish   dasturlarini   amalga
oshirishning   moliyaviy   jihatlariga   oid   takliflarni   ishlab   chiqish,   shuningdek,
narxlar va tariflarning iqtisodiy jihatdan tartibga solish choralarini amalga oshirish,
ularni erkinlashtirish yo’lini izchillik bilan o’tkazish vazifasi yuklatildi. 
                       Respublikamizda  xo’jalik yurituvchi  subyektlar  o’rtasida  monopoliyaga
qarshi   davlat   siyosatini   faollashtirish,   raqobatni   va   tadbirkorlikni   rivojlantirish
maqsadida   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   1996   yil   15   maydagi   1464-
sonli   Farmoniga   muvofiq   dastlab,   O’zbekiston   Respublikasi   Moliya   vazirligi
huzurida   Monopoliyadan   chiqarish   va   raqobatni   rivojlantirish   qo’mitasi   tashkil
etildi.   Bu   organ   zimmasiga   boshqa   vazifalar   bilan   bir   qatorda   iste’molchilarga realizasiya   qilinadigan   tovarlar   hajmi   bo’yicha   shartnomalarga   rioya   etilishi
ustidan,   tovarlar   narxini   chiqarish   hamda   narxlarni   qo’llash   tartibiga   rioya   etish
ustidan nazoratni olib borish vazifasi yuklatildi[9]. 
                        Ushbu   vazifalarni   Qoraqalpog’iston   Respublikasi   Moliya   Vazirligi
huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi, viloyatlar
va Toshkent shaxar hokimliklari moliya boshqarmalari huzuridagi monopoliyadan
chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari, tuman va shaharlarda-
tumanlar (shaharlar) hokimliklari moliya bo’limlari huzurida monopoliyaga qarshi
qonunchilikka va iste’molchilar huquqlarini muhofaza qilish qonunchiligiga rioya
etilishini nazorat qilish bo’yicha inspektorlar lavozimi joriy etildi[10].
            2000 yil 2 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2676-
sonli   "O’zbekiston   Respublikasi   Monopoliyadan   chiqarish   va   raqobatni
rivojlantirish  davlat  qo’mitasini  tashkil   etish  to’g’risida"gi  Farmoni   qabul   qilinib,
unga   asosan   O’zbekiston   Respublikasi   monopoliyadan   chiqarish   va   raqobatni
rivojlantirish   davlat   qo’mitasi-raqobatni   rivojlantirish,   monopolistik   faoliyatni
cheklash, tabiiy monopoliyalar faoliyatini tartibga solish iste’molchilar huquqlarini
muhofaza qilish va reklama faoliyati sohasidagi siyosatni o’tkazish bo’yicha davlat
boshqaruvi organi, deb belgilandi.
            Ushbu Farmonga muvofiq "O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
O’zbekiston   Respublikasi   Monopoliyadan   chiqarish   va   raqobatni   rivojlantirish
davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida"gi 2000 yil 2 avgust 300-sonli
qarori va unga ilova sifatida "O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadagi chiqarish
va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi to’g’risida"gi Nizom qabul qilindi.
                       Nizom O’zbekiston Respublikasi  Monopoliyadan chiqarish va raqobatni
rivojlantirish   davlat   qo’mitasi   o’z   faoliyati   davomida   O’zbekiston   Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga bo’ysunadi va hisob beradi, deb qonunlashtirdi.
                       Nizom O’zbekiston Respublikasi  Monopoliyadan chiqarish va raqobatni
rivojlantirish   davlat   qo’mitasining   vazifalari,   funksiyalarini,   huquqlarini,   uning
faoliyatini   tashkil   etish   tartibini   belgilab   berdi.   O’zbekiston   Respublikasi
Monopoliyadan   chiqarish   va   raqobatni   rivojlantirish   davlat   qo’mitasi   vazifalari ichida   iste’mol   tovarlari   narxlari   va   xizmatlarga   tariflar   monitoringini   o’tkazish,
iste’molchilar   huquqlarini   himoya   qilish   jamiyatlari   bilan   birgalikda   narxlarning
asossiz   ravishda   o’sib   ketishiga,   bozorda   sifatsiz   iste’mol   tovarlari   sotilishi   va
xizmatlar   ko’rsatilishiga   olib   keluvchi   insofsiz   raqobatning   oldini   olish   chora-
tadbirlarini ko’rish alohida ahamiyatga ega.
             Shu bilan birga qo’mita tovar bozorida ustunlik mavqyeini egallab turgan
xo’jalik   yurituvchi   subyektlar   va   tabiiy   monopoliyalar   subyektlarining   Davlat
reyestrlarini shakllantiradi va yuritadi;
                        O’zbekiston   Respublikasi   Makroiqtisodiyot   va   statistika   vazirligi   bilan
birgalikla  mintaqalarda kelishilgan  dasturlar   bo’yicha  narxlarning  sun’iy ravishda
oshirilishi,   bozordagi   monopol   mavqyeini   suiste’mol   qilish   va   insofsiz   raqobat
hollarini aniqlash maqsadida iste’mol bozori konyukturasini tekshiradi; 
                        narx   belgilash   tartibiga   rioya   etilishi   va   tovarlar   (ishlar,   xizmatlar)ga
narxlar (tariflar) qo’llanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
                       tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan iste’molchilarga sotiladigan
tovarlar   hajmlari   bo’yicha   shartnomalarga   rioya   etilishi   ustidan   nazoratni   amalga
oshiradi,...   joylardagi   davlat   hokimiyati   organlariga   va   davlat   boshqaruvi
organlariga:
                        erkin   boshqariladigan   va   qayd   qilingan   narxlarni   qo’llash   sohasining
o’zgarishi to’g’risida tavsiyalar yuboradi.
                         Shu o’rinda 1999 yil 19 avgustda "Tabiiy monopoliyalar to’g’risida"gi
Qonunning yangi tahrirda qabul qilinganligini eslab o’tish lozim.
                        Mazkur   Qonunga   binoan   O’zbekiston   Respublikasi   tovar   bozorlarida
muayyan   tovarlar   (ishlar,   xizmatlar)   turlariga   bo’lgan   talabni   qondirishning
raqobatli sharoitlarini yaratish mumkin emasligi yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga
muvofiq   emasligidan   kelib   chiqib,   tabiiy   monopoliya   sharoitida   tovarlar   ishlab
chiqarish   bilan   bog’liq   bo’lgan   xo’jalik   yurituvchi   subyektlar   doirasini   aniqlaydi
va ularning faoliyati davlat tomonidan tartibga solinishini belgilaydi.
            Mazkur sohalarga quyidagilar kiritilgan:
            -neft, gaz kondensati, tabiiy gaz va ko’mir qazib chiqarish;             -neft, neft mahsulotlari va gazni quvurlar orqali transportirovka qilish;
            -elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va uzatish;
            - temir yo’llarda tashish;
            - umumiy erkin foydalaniladigan elektr va pochta aloqasi xizmatlari;
            - suv quvurlari va kanalizasiya xizmatlari;
            shuningdek, portlar va aeroportlarning xizmatlari.
            Bu subyektlarning faoliyati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
va   u   vakolat   bergan   organ   tomonidan,   ya’ni   O’zbekiston   Respublikasi
monopoliyadan   chiqarish   va   raqobatni   rivojlantirish   davlat   qo’mitasi   tomonidan
tartibga solinadi.
                       Tabiiy monopoliya subyektlari faoliyati bu orgarlar tomonidan quyidagi
usullarda tartibga solinadi;
            - narxlarning (tariflarni) darajasini belgilash (o’rnatish) vositasida narxlarni
tartibga solish;
                       - xizmatlar ko’rsatilishi  shart bo’lgan iste’molchilarni aniqlash va ularni
tabiiy   monopoliya   subyektlari   realizasiya   qiladigan   tovar   bilan   to’liq   hajmda
qondirishning   imkoni   bo’lmagan   taqdirda,   ta’minlashning   eng   kam   darajasini
belgilash  orqali   Nizomga  muvofiq  qo’mita  o’ziga  yuklatilgan  vazifalarni   bajarish
maqsadida ko’pgina huquqlarga ega.
            Ular jumlasiga qo’yidagilar kiradi:
            -bozorda ustunlik mavqyeini egallab turgan va monopol faoliyatni amalga
oshirilayotgan   xo’jalik   yurituvchi   subyektlarni   majburan   bo’lish   to’g’risida   qaror
qabul qilish;
                       tovar  va  moliya  bozorlarida xo’jalik yurituvchi  subyektlarning ustunlik
mavqyeini belgilash;
                        o’z   vakolatiga   muvofiq   xo’jalik   yurituvchi   subyektlarni   va   ularning
rahbarlarini, shuningdek, mansabdor shaxslarni monopoliyaga qarshi qonunchilik,
tabiiy   monopoliyalar,   iste’molchilar   huquqlarini   muhofaza   qilish   va   reklama
to’g’risidagi qonunchilik buzilganligi, shuningdek, monopoliyaga qarshi organning yozma ko’rsatmalari bajarilmaganligi uchun javobgarlikka tortish to’g’risida qaror
qabul qilish;
            berilgan vakolatlar doirasida ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni
belgilangan tartibda ko’rib chiqish;
                        shartnomaviy   (erkin)   narxlar   (tariflar)   iqtisodiy   jihatdan   asossiz
shakllantirish   va   ularning   oshirilishi,   davlat   mablag’lari   va   hukumat   kafolatlari
ostidagi   kreditlar   hisobiga   mablag’   bilan   ta’minlanayotgan   qurilish   sohasidagi
bajarilgan   ishlar   hajmlariga   qo’shib   yozilishi   natijasida   olingan   mablag’lar
(daromad, foyda)ni olib qo’yish to’g’risida qaror qabul qilish kiritilgan. 
            Xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan g’ayriqonuniy olingan mablag’lar
(daromad, foyda), shunindek jarimalar O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
tomonidan   akseptsiz   tartibda   Moliya   vazirligining   "Narxlarni   boshqarish
jamg’armasi"   maxsus   byudjetdan   tashqari   hisob   raqamiga   undiriladi   yoki
qonunchilikda   belgilangan   hollarda   qaror   (yozma   ko’rsatma)   qabul   qilingan
paytdan boshlab bir oy davomida tegishli byudjetga o’tkaziladi. Ko’rsatib o’tilgan
mablag’larni "Narxlarni boshqarish jamg’armasi"ga hisobga o’tkazish navbatliligi
mablag’larni   boshqa   maqsadli   byudjetdan   tashqari   jamg’armalarga   o’tkazishga
tenglashtiriladi.
             Nizomning 8-bandiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan
chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining o’z vakolatlari doirasida
qabul   qilgan   qarorlari   va   yozma   ko’rsatmalari   vazirliklari,   idoralar,   davlat
qo’mitalari,   joylardagi   davlat   hokimiyati   organlari   va   davlat   boshqaruvchi
organlari,   mulkchilik   shakllaridan   qat’i   nazar,   xo’jalik   yurituvchi   subyektlar   va
ularning   birlashmalari,   mansabdor   shaxslar   va   fuqarolarning   bajarishlari   uchun
majburiy hisoblanadi.
  Adabiyotlar:
[1] I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va 
taraqqiyot kafolatlari. O’zbekiston, 1997 y., 214-bet
[2] I.A.Karimov. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.: O’zbekiston, 
1995 y., 94-bet.
[3] H.Rahmonqulov. Oldi-sotdi shartnomasi. T.: Adolat, 2000, 13-bet.
[4] Birja va yarmarka savdolarida tuzilgan kotraktlar bo’yicha tovarlar (ishlar, xizmatl ar)ni 
sotish, sotib olish va ularni olib chiqib ketish tartibi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarori. 1999 , 15 aprel, №174.
[5] O’zbekistonning yangi qonunlari, T.: Adolat, 15-son
[6] O’zbekistonning yangi qonunlari, T.: Adolat, 20-son
[7] «Xalq so’zi» gazetasi, 2000 yil, 15 iyun
[8] O’zbekistonning yangi qonunlari, T.: Adolat, 2000 yil, 22-son
[9] O’zbekiston Respublikasi «Tabiiy monopoliyalar to’g’risida»gi Qonuni, 9-modda.
[10] «O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi monopoliyadan chiqarish va 
raqobatni rivojlantirish qo’mitasini tashkil etish to’g’risida»gi O’zbekiston Respubliksi 
Prezidentining 1996 yil 15 maydagi №1464-sonli Farmoni
[11] O’zbekiston Respubliksi Fuqarolik kodeksining ikkinchi qismiga sharhlar. «Iqtisodiyot va 
huquq dunyosi» nashriyot uyi, 1998, 72-bet.
[12] I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari 
va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997 y., 80-bet. 
[13] I.A.Karimov. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.: 
www    .   ziyonet    .   uz

Tovarlar oqimi modeli Reja: 1. Tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun baholarning ahamiyati va vazifasi. 2. Baholarni belgilash va qo’llash to’g’risidagi qonun hujjatlari 3. Baho intizomiga rioya qilish yuzasidan tekshirish olib boruvchi davlat boshqaruv idoralari

1. Tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun baholarning ahamiyati va vazifasi. Bozor munosabatlari shakllanib borishida xo’jalik yurituvchi subyektlarning mustaqilligini ta’minlash eng dolzarb masalalardan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi yillarda qabul qilgan qonunlarining aksariyati aynan shu muammoni hal qilishga qaratildi va natijada turli mulk shakllariga asoslangan korxonalar tovar ishlab chiqarishda, ishlarni bajarishda, xizmatlar ko’rsatishda xo’jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonining ko’pgina yo’nalishlarini mustaqil amalga oshirish imkoniyatga ega bo’la boshladi. Xo’jalik yurituvchi subyektlar turli mulk shakllari asosida huquqiy munosabatga kirishib, alohida bir qoidalarga emas, balki, ya’ni o’zga shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzmaslik va "O’z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo’lmagan har qanday xatti-harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun bilan taqiqlanmagan har qanday xo’jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin", degan umumiy qoidaga amal qilishining o’zi kifoyadek ko’rinadi. Ammo xo’jalik yurituvchi subyektlarning bu faoliyatini amalga oshirishining davlat tamonidan tartibga solinishi davr taqozosidir. Bozor munosabatlarini shakllantirishda iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining asosiy tamoyillaridan biri bu "davlatning bosh islohotchiligi"dir. Xo’jalik yurituvchi subyektlarining xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda ishlab chiqaruvchilarninggina manfaatlari yotmasdan, balki davlat va jamiyat, iste’molchilar manfaatlari ham yotadi. Shuning uchun ham ana shu turli manfatlarni muvofiqlashtirish talab etiladi, ya’ni bir tomondan, tadbirkorning faoliyatini erkinlashtirish bilan birga ikkinchi tomondan, tabiiy atrof-muhitni himoya qilish, sanitariya, standartlashtirish qoidalarining amal qilishiga, narx- navo, intizomga rioya qilinishiga, soliqlarning o’z vaqtida to’lanishiga, sof raqobatlashuvni tashkil etishga qaratilgan huquqiy normalar ishlashini ta’minlash vazifasi turadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solinishi ko’p jihatdan turli subyektlar manfaatlarining mushtarakligidan kelib chiqadi. Shu naqtai nazardan olib qaraganimizda tovarlar, ishlar, xizmatlarga baholarning o’rnatilishi va qo’llanilishi ham davlat tomonidan tartibga solib borilmog’i lozim. «Baho» iqtisodiy kategoriya sifatida sotuvchi va xaridorning kelishuviga muvofiq xaridorga berilgan tovar (ish yoki xizmat) uchun to’lashga rozi bo’lingan pul yoki boshqa mulkiy ekvivalentdir. Baho talab va taklifning ta’siri asosida shakllanadi. Kelib chiqishi bo’yicha baho tovarni ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zarur sarflangan xarajatni anglatib, tovarning qiymatiga to’g’riroq keladi. Talab va taklifning mavjudligi yoki uning bo’lmasligidan kelib chiqib, ishlab chiqaruvchi, talab ko’proq bo’lgan tarmoqqa kapitalni o’tkazishga ishlab chiqarishni rivojlantirishga yoki aksincha, talab bo’lmagan tarmoqlarda ishlab chiqarishni qisqartirishga, bozorda talab umuman bo’lmagan tovar (ishlar, xizmat)larning bahosini o’zgartirishga majbur bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baholarning shakllanishi bozor qonunlari asosida amalga oshadi. Ma’muriy buyruqbozlik davrida iqtisodiyotimizda talab va taklif qonuni bahoga bilvosita ta’sir qilar edi. Talab va taklif qonuni faqat iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishning hisob mexanizmi orqaligina o’ziga yo’l ochar edi. Bu mexanizm bozor talablarini aks ettira olmas, baholarni bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda emas, balki davlat tomonidan belgilangan reja topshiriqlariga muvofiq tarzda ijtimoiy vazifalardan, mudofaa, alohida faoliyat va tarmoqlarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda davlat tomonidan qat’iy belgilar edi. Albatta, baholarning davlat tomonidan qat’iy belgilanishi davlat byudjetining shakllantirilishi, ijtimoiy va jamiyat ahamiyatiga molik sohalarga markazlashtirilgan tartibda mablag’larning ajratilishi masalalarini samarali hal qilishga imkoniyat berar edi. Lekin baholarni shakllantirishning bozor uslubidan

voz kechilishi iqtisodiy qonunlarning samarali ishlashi uchun to’sqinlik qilar edi. Ishlab chiqarishda iqtisodiy manfaatdorlikning bo’g’ilishiga, talabgor bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishga bo’lgan qiziqishning so’nishiga, sifatsiz tovarlar ishlab chiqarishga, kapitalning samarali ishlashiga erishishga bo’lgan harakatlarni bo’g’ishga, xullas bozorni o’z-o’zidan harakatga keltiruvchi mexanizmlarning qotib qolishiga olib kelgan edi. Baholarning direktiv o’rnatilishi ijtimoiy zarur harakatlarni aniq belgilamasdan, ularni ishlab chiqarishga jalb etishgina hisobga olinar edi. Bunday yondashuv bilan ishlab chiqarish samaradorligini oshirmas, ilmiy- texnika taraqqiyotiga bo’lgan qiziqishni oshirmas, tovarlar raqobatbardoshligini ta’minlamas edi. Bu esa jamiyatda xo’jasizlik, boshboshdoqlik, raqam ketidan quvish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish, oxir-oqibat o’zi yaratgan mahsulotdan o’zining bosh tortishiga olib keldi. Bu yo’l jahon bozoriga chiqariladigan tovarlarning raqobatbardoshliligini ham ta’minlamas edi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri baholarni shakllantrishda talab va taklif qonuniyatlariga asoslanish zaruriyatini keltirib chiqardi. Dastlabki yillar tajribasi "Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi, ayniqsa, iste’mol narxlari va tariflarining "esankiratadigan" tarzda qo’yib yuborilishi, ishlab chiqarishning pasayib ketishi, to’lovlarni amalga oshirmaslik bilan bog’liq tanglikning keskinlashuvi, pul muomalasining buzilishi ko’pchilik yangi mustaqil davlatlarda iste’mol narxlarining keskin o’sishiga, jamg’armalarning qadrsizlanishiga, aholining anchagina qismi turmush darajasining pasayishiga, butunlay yoki qisman ishsizlar sonining o’sishiga olib keldi"[1]. Shuning uchun ham davlat va xavfsizlik jamiyat oldida baholarni bozor qonuniyatlariga muvofiq tashkil etishdek qiyin vazifani bajarish bilan birga baholarning stixiyali shakllanishining oldini olishdek muhim vazifa turar edi. Biz "esankiratadigan"dan qat’iyan voz kechdik va tashqaridan bo’lgan tazyiqqa qaramay, narxlarni asta-sekin, oldindan ishlab chiqilgan tartib asosida erkinlashtirishga qaror qildik.

Bunday yondashuv korxonalar va aholining bozor munosabatlari hamda erkin narx belgilash sharoitlariga larzaga tushmasdan moslashib olish imkonini berdi[2]. Yuridik kategoriya sifatida baho qator ahamiyatlarga ega. Baho fuqarolik huquqiy shartnomaning muhim shartlaridan biri bo’lib hisoblangan. FKning 418-moddasining mazmunidan shu narsa anglashiladiki, shartnomadagi tovar bahoga oid shartlar, avvalgi qonun hujjatlarida bo’lgani kabi asosiy shartlar sirasiga kirmaydi. Shartnoma taraflar kelishuvi bilan belgilangan baho bo’yicha ijro etiladi. Ushbu umumiy qoidadan istisnolar shartnomalarning ayrim turlari haqidagi qonun-hujjatlarida belgilab beriladi[3]. Xususan, «Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida»gi Qonunga muvofiq, baho xo’jalik shartnomalarining muhim bandlaridan biri hisoblanadi. Qonunning 10-moddasida xo’jalik shartnomalariga nisbatan qo’yiladigan talablar ko’rsatilgan bo’lib, unda tovar (ish, xizmat) ning bahosi o’zaro kelishuvga erishish lozim bo’lgan muhim shartlar jumlasiga kiritilgandir. Xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda hisob-kitob qilish tartibi xo’jalik shartnomasida belgilanayotganda tovarlar, (ishlar, xizmatlar) haqini qonun xo’jjatlarida belgilangandan kam bo’lmagan miqdorda oldindan to’lab qo’yish albatta nazarda tutilgan bo’lishi lozim[4]. Mazkur qoidaga rioya qilmaslik baho intizomining buzilishi hisoblanib, bunday holatlar sanksiya va javobgarlik choralari qo’llash uchun asos bo’ladi. Tomonlarning kelishuviga muvofiq o’rnatilgan baho larda hamda belgilangan baholarda ham qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz soliqlarining shakllanishiga asos bo’ladi. Baho, shuningdek savdo ustamalari va boshqa ustamalarning belgilanishi va qo’llanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni qayd etib o’tmoq lozimki, hatto erkin baho ham o’z-o’zidan belgilanmaydi. Balki ular muayyan qoidalarga asoslangan holda vujudga keladi.