TUZLAR VA ULARNING O‘SIMLIKLARGA TA’SIRI.
TUZLAR VA ULARNING O‘SIMLIKLARGA TA’SIRI. O‘SIMLIKLARNING TUZ TA’SIRIGA CHIDAMLILIGI. Reja: 1. Tuzlarning o‘simliklarga ta’siri. 2. Ekinlarning tuz ta’siriga chidamliligi va chidamliligini oshirish yo‘llari. 3. Tuproq tarkibidagi tuzlarning yo‘l qo‘yiladigan miqdori.
1. Tuzlarning o‘simliklarga ta’siri. Tuproqdagi tuzlarning me’yoridan ortiqcha bo‘lishi qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqdagi tuzlar o‘simliklarga ta’siri bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi. Zaharli tuzlar; Kam zaharli tuzlar. Birinchi guruhga Na 2 CO 3 , NaHCO 3 , Na 2 SO4, NaCl, MgCl 2 , MgSO 4 , Mg (HCO 3 ) tuzlari; ikkinchi guruhga esa SaCl 2 , CaSO 4 , CaCo 3 va Ca (HCO 3 ) 2 tuzlari kiradi. Zaharli tuzlardan o‘simliklar uchun o‘ta zararlisi Na 2 CO 3 NaCl nisbatan kamroq MgSO 4 , NaHCO 3 , va Na 2 SO 4 tuzlaridir. Bu tuzlar suvda juda tez yeruvchan bo‘ladi. Kam zaharli tuzlar esa suvda sekin yeruvchandir. SHuning uchun ham ular ekinlarga ko‘p zarar keltirmaydi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida zaharli va kam zaharli tuzlar bilan sho‘rlangan yerlar keng tarqalgan. Mirzacho‘l, Jizzax, qarshi, SHyerobod cho‘llari va Buxoro, Navoiy viloyatlarining tuproqlarida zaharli tuzlar, Farg‘ona vodiysi tuproqlarida esa kam zaharli tuzlar keng tarqalgan. Xorazm va qaroqalpog‘iston hududlarida esa aralash ya’ni zaharli va kam zaharli tuzlar birgalikda uchraydi. Tuzlarning o‘simliklarga ta’siri turlicha bo‘ladi. Tuzlar o‘simliklarning bioximik, fiziologik, funksiyalarini va suv, oziqa rejimlarini, nafas olish, fotosintiz jarayonlarini buzadi. Tuz ta’sirida o‘simliklarda fotosintiz kamaydi va bu natijasida quruq modda to‘planishi susayadi. SHuning uchun xam sho‘r tuproqlarda etishtiriladigan ekinlarning bo‘yi kalta, bargi va shoxlar kichik bo‘lib qoladi. O‘simliklarda fotosintez jarayonining kamayishi tuproqdagi tuzlarning tarkibiga bog‘liq. Sulьfat-xlorid tuzlari bilan sho‘rlangan tuproqlarda xlorid-sulьfat bilan sho‘rlangan tuproqlarga nisbatan quruq modda kam to‘planadi va bunda o‘simliklarning rivojlanishi ancha orqada qoladi. Tuzlar o‘simliklarning xujayralariga xam ta’sir qiladi.
B.P.Stroganovning sho‘rlangan tuproqdagi o‘simliklarning suv rejimiga oid tekshirishlariga ko‘ra, tuproq xlorid tuzlar bilan sho‘rlangan bo‘lsa, o‘simliklarda galosukkulentlik alomatlari rivojlanadi. Bunda o‘simliklarning xujayralari kattalashadi, barg tomirlari kamayadi, ammo ancha yo‘g‘onlashadi.O‘simliklarning suvni so‘rish qobiliyati susayadi va transpiratsiya intensivligi keskin pasayib ketadi. Masalan xlorli tuzlar bilan sho‘rlangan yerlarda o‘simliklarda galossukkulentlik alomati rivojlanadi, ya’ni o‘simlik xujayrasi kattalashadi, barg tomirlari kamayadi, ular ancha yo‘g‘onlashadi o‘simliklarni suv so‘rishi va ajratish susayadi. Sulьfatli tuzlar bilan sho‘rlangan tuproqlarda o‘simliklarda ksyeromorfizm - ya’ni o‘simlik xo‘jayralari kichiklashadi barg tomirlari ko‘payadi natijada transpiratsiya intensivligi ortadi. SHuning uchun tuproqning sho‘rlanish ta’siri ostida o‘simliklarda fotosintez va nafas olish jadalligi sezilarli darajada kamaydi, modda almashinuvi susayadi. Tuproqning sho‘rlanish darajasi ortishi bilan quruq modda kamroq to‘planadi. Sulьfat-xlorid tuzlar bilan sho‘rlangan tuproqlarda xlorid-sulьfat tuzlar bilan sho‘rlangan tuproqlardagiga nisbatan quruq modda kamroq yig‘iladi. 1.74-jadval Tuproqdagi tuzlar miqdori va sho‘rlanish tipiga qarab g‘o‘zaning o‘zgarishi SH o‘rlanish tipi Tuproqdagi tuzlar miqdori, % O‘simliklarning quruq og‘irligi, g Bargi Poyasi, bargi Hosil ele- mentlari Yer usti organ- larining umumiy og‘irligi Ildizning og‘irligi Butun usimlikning umumiy og‘irligi Nazorat (sho‘rlanma- - 5,88 5,74 1,96 13,58 1,54 15,12
gan) Xloridli- sulьfatli 0,3 0,5 0,8 6,14 5,21 5,15 5,69 5,65 4,46 2,65 2,70 2,90 14,48 13,56 12,51 1,74 1,76 1,51 16,22 15,32 14,02 Sulьfat xloridli 0,3 0,5 0,8 5,20 4,58 3,62 4,48 4,04 3,62 2,34 3,57 1,34 2,02 12,19 8,06 1,42 1,48 0,97 13,44 13,67 9,03 Umumiy qonuniyat shuki, transpiransiya intensivligidan qat’iy nazar, tuproqning sho‘rlanganlik darajasi ortishi bilan o‘simliklarning o‘sish davridagi umumiy suv sarfi kamaya boradi. Bunga sabab shuki, tuprog‘i kamroq sho‘rlangan joydagi o‘simliklarda umumiy bug‘lanish yuzasi, ayniqsa barg sirtining yuzasi juda kichrayib ketadi. Tuproqning sho‘rlanganlik darajasi ortishi bilan maydon birligiga to‘g‘ri keladigan o‘simlik soni ham kamayadi. Tuzlar o‘simlikning suv rejimini ham buzadi, tuproqning sho‘rlanganlik darajasi ortishi bilan uning suv sarflash qobilyati kamayib boradi. Masalan vegetatsiya davomida kuchsiz sho‘rlangan yerlarda bir tub g‘o‘za 156,1 kg suv sarflangan bo‘lsa, kuchli sho‘rlangan yerdagi g‘o‘za 92,35 kg suv sarflagan. Tuproqqa sho‘rlanish darajasi ortishi bilan urug‘larning nam tortishi kuchi juda sekinlashadi shuning uchun xam sho‘r yerlarda urug‘larni unib chiqishi qiyinlashadi. 1.75-jadval Turli sho‘rlanish darajalarida g‘o‘zaning o‘sish davridagi suv sarfi Tuproqning sho‘rlanganli k darajasi Bir tup g‘o‘zaning suv sarfi, kg O‘suv davridagi suv sarfi iyun ь iyul ь avgus t sentyabr ь oktyabr ь Bir tup g‘o‘zanin g suv sarfi, kg Maydonda gi g‘o‘zaning suv sarfi, m/ga
Kuchsiz 1,2 11,8 57,46 62,94 22,62 156,10 6517 kuchli 9,66 7,52 7,52 36,57 17,08 92,35 2695 Ma’lumki suv oziq moddalari bilan birgalikda ildiz tukchalari orqali so‘riladi. Lekin o‘simliklarning so‘rish kuchi tuproq yeritmasining osmatik bosimidan katta bo‘lganda so‘riladi. O‘simliklarning so‘rish kuchi tuproq namligiga, o‘simlikning turiga, yoshiga va sho‘rlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan: sho‘rlanmagan tuproqlarda sabzavot ekinlarining so‘rish kuchi 2-5 atm: g‘o‘zaniki 10-15 atm: sho‘r yerda- g‘o‘zaniki 18-30 atm. bo‘ladi. CHo‘l kseforitlarining surish kuchi 40-50 atmosfyeragacha, sho‘rxok tuproqli yerlardagi o‘simliklarda esa 50-100 atmosfyeragacha va undan ham yuqori bo‘ladi. Tuproqning sho‘rlanish darajasi ortishi bilan tuproq yeritmasining osmotik bosimi o‘simlikning surish kuchidan ortib ketadi. SHu sababli o‘simliklarning suvni tortib olishi qiyinlashadi va tuproqning fiziologik quruqligi deb ataladigan sharoit vujudga keladi, bunda tuproqda namlik bo‘lishiga qaramay, o‘simlik etarlicha suvni ololmaydi. Natijada o‘simliklarning rivojlanishi sekinlashadi. SHo‘rlangan tuproqlarda tuzlar o‘simliklarning to‘qima va organlariga kirib boradi. A.A.Rixtyer fikricha, tuz konsentratsiyasiga muayyan miqyosga etguncha ildiz to‘qimalarining tuz o‘tkazmasligi saqlanib turadi, shundan keyin tuzlar teshib o‘tadi va o‘simlikni zaxarlaydi. Agar tuproq yeritmasining osmatik bosimi o‘simlikning so‘rish kuchidan katta bo‘lsa fiziologik quruqlik xodisasi yuz byeradi. Tuproq yeritmasining osmatik bosimi tuproqda tuzlarning ko‘payishi bilan u xam oshib boradi va shu natijasida tuproqda etarli miqdorda nam bo‘lsa xam o‘simlik undan foydalana olmaydi. 1.76 -jadval Tuproq tarkibida tuzlar va namlik miqdoriga qarab suv tutib turish kuchi (V.S.SHardakov ma’lumotlari) SHo‘rlanmagan tuproq Kam sho‘rlangan tuproq (0,55% tuzlar) Kuchli sho‘rlangan tuproq (2-13% tuzlar) Tuproqning Suv tutib Tuproqning Suv tutib Tuproqning Suv tutib