logo

Xalq qo’shiqlari – lirik janr sifatida. Xalq qo’shiqlariningtasnifi va badiiy xususiyatlari.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.1044921875 KB
Xalq qo’shiqlari – lirik janr sifatida. Xalq qo’shiqlariningtasnifi va badiiy
xususiyatlari.
REJA:
1. Xalq og’zaki ijodi janrlari tasnifi.
2. Xalq qo’shiqlari va ularning turlari haqida ma`lumot.
3. Mehnat   qo’shiqlari   (Qo’shchi   qo’shig’i,   O’rim   qo’shig’i,   Ho’p-xayda
qo’shig’i,   yorg’ichoq   qo’shig’i,   Sog’im   qo’shig’i,   Hunarmandchilik
qo’shig’i).
4. Mavsum-marosim   va   urf-odat   qo’shiqlari   (Alla,   Sus   xotin,   Lapar,   O’lan,
Yig’i-yo’qlovlar, Termalar). 
    Badiiy adabiyotda bo’lganidek, fol’klor asarlari ham tuzilishi  va g’oyaviy-badiiy
xususiyatlarga   ko’ra,   o’zaro   o’xshash   hamda   farqli   tomonlarga   ega   bo’lib,
muayyan   gruppalarni   tashkil   etadilar.   Bunday   farqli   va   o’xshash   tomonlarni
ko’rsatish  uchun  fanda  adabiy turlar   va  janrlar  terminlari  qo’llaniladi.  Adabiy  tur
va   janrlar   hayotni   badiiy   tasvirlash   shakli   sifatida   tarixan   shakllangan   bo’lib,
ularning   paydo   bo’lishi,   taraqqiyoti,   o’rin   almashishi   va   inqirozi   adabiyot   va
fol’klor tarixida etakchi jarayon hisoblanadi.
Adabiyotda   tur   (rod)   nihoyatda   keng   tushuncha   bo’lib,   o’z   ichiga   turli
janrlarni   qamrab   oladi.   Qadimgi   grek   filosofi   Aristotel’   (384-322),   nemis   olimi
Gegel’   (1770-1831)   va   ulug’   rus   revolyutsion   demokrati   V.G.Belinskiy   (1811-
1848)   lar   adabiyotni   uch   turga   bo’lib   ko’rsatadilar.   Bular:   epos,   lirika   va   drama.
epos voqelikni syujetli, hikoyaviy formada aks ettirsa, lirika insonning voqelikdan
olgan   taassurotlarini,   ichki   his-hayajonlarini   tasvirlaydi.   Drama   esa   personajlar
nutqi va harakati orqali hayot kartinalarini chizadi.
Bunday   bo’linishni   muayyan   istisnolar   bilan   fol’klorda   ham   qo’llash
mumkin. Gap shundaki, fol’klor janrlarining ayrimlari turli urf-odat va marosimlar
bilan   bog’liq   bo’lsa,   ba`zilari   kuylash   uchun   mo’ljallangan   bo’ladi.   Binobarin,
uning   ayrim   namunalarini   yuqoridagi   uch   turning   bittasiga   ham   kiritish   mumkin
emas.   Mana   shu   holatlarni   hisobga   olib,   o’zbek   fol’klori   janrlarini   quyidagicha
tahlil   qilish   mumkin.   O’zbek   fol’klori   asarlari,   avvalo   ikki   katta   gruppaga
bo’linadi:
1. Urf-odat va mavsum-marosimlar bilan bog’liq asarlar.
2.   Turli   urf-odat   va   marosimlar   bilan   bog’liq   bo’lmagan   fol’klor   janrlari.
Birinchi gruppaga:
a) mehnat qo’shiqlari (ho’p-mayda, turey-turey, churey-churey, ho’sh-ho’sh
va boshqalar);
b) mavsum qo’shiqlari;
v) marosim qo’shiqlari (tug’ilish, to’y, aza va boshqalar);
g) olqish, afsun va qarg’ishlar;
d) aytimlar kiradi. Ikkinchi   gruppa   epik   (doston,   ertak,   afsona,   rivoyat,   lof,   latifa),   lirik
(qo’shiq,   ashula,   terma),   dramatik   (aksiya,   og’zaki   drama)   va   kichik   (maqol,
topishmoq) janrlarni o’z ichiga oladi. Har bir janr o’z navbatida yana ichki turlarga
bo’linadi.   Masalan,   ertaklarni   hayvonlar   haqidagi,   sehrli,   fantastik,   hayotiy-
maishiy va hajviy turlarga bo’lish mumkin.   
Asosan mustaqil to’rtliklardan tashkil topgan, tugal fikrni badiiy ifodalovchi,
el orasida keng tarqalgan va kuylangan xalq she`ri namunalariga qo’shiq deyiladi.
Qo’shiq termini keng ma`noda bo’lib, xalq she`riyati, lirik qo’shiqlar, xalq lirikasi,
ashulalar   degan   umumiy   nomlar   ostida   yuritilib   kelinadi.   SHu   bilan   birga,   uning
konkret namunalarining o’z nomlari bor. Masalan, «YOr-yor», «O’lan», «Lapar»,
«Lirik terma», «Alla», «Bayt-g’azal», «Kelin salom», «Xush kelibsiz», «Yig’i» va
boshqalar.   Qo’shiqlarni   ijro   etuvchilar   qo’shiqchi,   go’yanda,   ashulakash
(ashulachi),   laparchi,   o’lanchi   deb   nomlanadi.   Qo’shiqlarda   ham   kollektivlik,
og’zakilik,   variantlilik,   anonimlik   kabi   xususiyatlarni   ko’ramiz.   Ular,   asosan,
barmoq vaznida yaratilgan bo’lib, ba`zan aruzda to’qilganlari ham uchraydi. Xalq
qo’shiqlari   uchun   musiqiylik,   ravonlik,   kuylashga   (ijrochilikda   ko’pchilik   yoki
yakka) moslik xosdir.
Qo’shiq   termini   birinchi   marta   XI   asrda   yozilgan,   ilmiy   adabiyotlarning
bizgacha   etib   kelgan   eng   qadimiysi   hisoblangan   Mahmud   Koshg’ariyning
«Devonu lug’otit turk» asarida  qoshug’  shaklida berilgan bo’lib, bu so’zning izohi
she`r,   qasida   deb   ko’rsatilgan.   SHuningdek,   «qo’shiq»   so’zini   YUsuf   Xos
Hojibning «Qutadg’u bilig» asarida, XII asrda yozilgan Mahmud Zamaxshariyning
«Muqaddimatul-adab»   lug’atida   ham   xudi   shu   ma`nolarda   uchratamiz.   Xususan,
Alisher   Navoiyning   «Mezonul-avzon»   va   Zahiriddin   Bobirning   «Risolai   aruz»
asarlarida   qo’shiq   so’zi   surud,   ayolg’u,   lahn,   turki   tarona,   ashula,   o’lan,   chipga
(chinka)   nomi   bilan   ham   tarqalgan,   ular   qo’shiqning   turli   janrlarini   atash   uchun
qo’llanilgani bayon qilinadi.
1.   Mehnat   qo’shiqlari .   Mehnat   qo’shiqlari   mazmunan   dehqonchilik,   bog’
va bog’chachilik, chorvachilik, ovchilik, hunarmandchilik va boshqa kasblarga xos
xususiyatlarni   aks   ettiradi.   Mehnat   turlari   xilma-xil   bo’lganidek,   mehnat qo’shiqlari   ham  turli-tumandir. Dehqonchilik  bilan  bog’liq qo’shiqlarga  qo’shchi,
o’rim, xirmon yanchish, yorg’ichoq qo’shiqlari kiradi.
a) Qo’shchi qo’shig’i . Qahraton qishdan bola-chaqasi  bilan toliqib chiqqan
dehqon   bahor   kelishi   bilan   er   haydashga   kirishadi.   Tabiat   jonlangan,   xushhavo,
biroq uning ho’kizi ishga yaramaydi – o’lguday och, madori qurigan. Dehqon ilk
bahordagi nochor ahvolini ho’kiz tilidan shunday tasvirlaydi:
SHoxlarim quloch-quloch,
Yo’q madorim, qornim och,
Tepamda qo’ngan qaldirg’och,
Men qaytib qo’shga yarayman.
b)   O’rim   qo’shig’i .   O’roq   va   o’roqchilar   guruhi   tomonidan   o’rim   paytida
aytiladigan   o’rim   qo’shiqlarida   dehqonning   umidi   ro’yobga   chiqayotgani,
ko’tarinki ruh bilan ishga kirishayotgani bayon etiladi. Dehqonning yuragida kuch-
g’ayrat jo’sh uradi. U g’allani tezroq o’rib, g’aram qilish niyatida:
O’rog’im olmos,
O’rishdan qolmas,
Sira ham tolmas,
O’rmasa bo’lmas.
v) Ho’p-mayda . Xirmon yanchish vaqtida dehqonlar tomonidan aytiladigan
qo’shiqlar   ho’p-mayda   yoki   maydagul   deb   yuritiladi.   Ho’p-mayda   baland   ovoz
bilan   cho’zib   aytiladi.   Ularda   dehqonning   hosilni   yig’ishtirish,   ro’zg’or-
tirikchilikni   ta`minlashga   intilishi,   ho’kizning   –   ishchi   hayvonning   dehqon
hayotida   g’oyat   katta   o’rin   tutishi   unga   bo’lgan   muhabbatini   tasvirlash   bilan
ko’rsatiladi.   SHuning   uchun   ho’p-mayda   qo’shiqlarida   ho’kizning   tavsifi,   uning
tuyog’idan shoxigacha bo’lgan tasviri beriladi:
Ayri-ayri tuyoqqa, mayda-yo, mayda,
Ayri nahal yarashar, mayda-yo, mayda,
Jilviragan quloqqa, mayda-yo, mayda,
Tilla sirg’a yarashar, mayda-yo, mayda. g)   YOrg’ichoq   qo’shiqlari .   YOrg’ichoq   deb   atalgan   qo’l   tegirmonini   kuni
bo’yi aylantirish mashaqqatli  mehnat. Bug’doy, arpa, jo’xori, tariqni un qila turib
aytiladigan qo’shiq mehnat kishisiga hamroh. Og’ir toshning g’o’ldirab, bir joyda
aylanib turishi ohangida to’qilgan qo’shiqlar ham vazmin, ham cho’zib aytiladigan
bo’ladi:
YOrg’ichoq torta-torta toldi qo’lim,
Ikki tosh orasida qoldi qo’lim.
d)   Sog’im   qo’shig’i .   Sigir,   qo’y,   echki,   biya,   tuyalarni   sog’ishda   erkalash
ohangida   aytiladigan   qo’shiqlarni   sog’im   qo’shiqlari   deyiladi.   Sigir   sog’ish   bilan
bog’liq   qo’shiqlar   –   «ho’sh-ho’sh»   yoki   «ho’shim»   deyiladi.   Ular   ham   boshdan-
oyoq   govmish   sigirga   murojaat   shaklida   to’qilgan   bo’lib,   sutli   sigir   mehnat   ahli
ro’zg’orini   to’kin   qiladigan   xazina   deb   ardoqlanadi,   sog’ish   paytida   silab-siypab
aytilgan qo’shiq govmishni iydiradi:
Saralab eding o’tingni, ho’sh-ho’sh,
Iyib bergin sutingni, ho’sh-ho’sh,
Olmazor buloq o’ting bor, ho’sh-ho’sh,
Oqar buloq suting bor, ho’sh-ho’sh.
e)   Hunarmandchilik   qo’shiqlari .   O’zbek   xalq   qo’shiqlari   orasida
hunarmandchilik   qo’shiqlari   anchagina   salmoqli   o’rin   egallaydi.   Bunday
qo’shiqlarda   hunarmand   yoki   kosibning   uzoq   tarixiy   sharoitlardagi   moddiy   va
ma`naviy   hayoti,   ichki   ruhiy   kayfiyati   ibtidoiy   ish   qurollari   tufayli   tug’ilgan
mehnat mashaqqati bilan qo’shilib tasvirlanadi:
Bo’z to’qiymiz qirog’ini o’xshatib,
Moki otaman dastginamni qaqshatib,
Bozordagi shoyilardan yaxshi etib,
Nafisdan o’xshagan bo’zim yaxshidir.
2. Mavsum-marosim va urf-odat qo’shiqlari . Insonning yashash va hayot
kechirish   tarzi,   yilning   to’rt   fasli,   mehnat   oylari,   bayramlar,   urf-odatlar,
marosimlar,   mavsumiy   ish-harakatlar   bilan   bog’liq   ravishda   juda   ko’p   qo’shiqlar
yaratilgan.   Marosimlar,   odatlar,   turli-tuman   bo’lganidek,   bularga   bag’ishlangan qo’shiqlar   ham   xilma-xildir:   boychechakning   ochilishi,   yangi   yil   –   navro’zning
kelishi,   bahor   yomg’iri,   laylak   kelishi,   ekinlarning   pishishi,   xirmon   quvonchi,
donlarni  qushlardan   saqlash   singari  voqealarga  qo’shiq  bag’ishlangan.   Qo’shiqlar
xalqning   oila   bayramlarini,   marosimlarini   bezab   kelgan.   Mavsum   va   marosim
bayramlarida   kishilar   o’yin-kulgi   qilgan,   dam   olishgan,   yangi   mehnat   faoliyatiga
ilhomlanganlar. 
a)   Alla .   Bolalarni   uxlatish   vaqtida   onalar   tomonidan   kuylangan   qo’shiqlar
alla deb ataladi. O’tmish alla qo’shiqlarida zahmatkash, mushtipar, ezilgan mazlum
sharq   onasi   obrazi   gavdalanadi.   Uning   betinim   xatti-harakati,   beminnat   mehnati
tufayligina murg’ak go’dak ulg’ayadi, voyaga etadi. 
b) YO, ramazon . eski  yil kalendaridagi ramazon oyida bolalarning (ilgarigi
zamonda kattalarning ham) hovlima-hovli yurib aytadigan qo’shiqlari edi.
v) Sus xotin . Qurg’oqchilik munosabati bilan yomg’ir chaqirish marosimida
aytiladigan «Sus xotin», «Talabi boron» («YOmg’ir talab») qo’shiqlari turli irimlar
qadimdan qolgan animistik tushunchalar bilan bog’langan. 
3.   To’y   qo’shiqlari .   To’y   juda   qadim   zamonlardan   beri   kishilar   hayotida
muhim   voqea   bo’lib   kelgan.   Xalqning   ma`naviy   boyligi   to’y-tomoshalarda
namoyon bo’ladi. To’y marosimlari – uylanish to’yi, xatna to’yi, yosh to’yi, beshik
to’yi singari xilma-xil bo’lganidek, uning qo’shiqlari ham turli-tumandir. Quyida,
asosan   nikoh   to’ylarida   aytiladigan   qo’shiqlar   haqidagina   fikr   yuritamiz.   Bunday
qo’shiqlarda   yigit-qizning   baxtini   tilash,   ularning   yaxshi   kelajagini   orzu   qilish,
muhabbat taronalari kuylanadi.
a)   «YOr-yor»lar .   Qiz   uzatar   kechasida   aytiladigan   qo’shiqlardan   biri   «yor-
yor»lardir. «YOr-yor» qo’shiqlari musiqiyligi, ma`lum cho’ziq ohangda ko’pchilik
bo’lib kuylanishi, naqoratlari bilan ajralib turadi.
b)   Lapar.   Nikoh   to’ylarida   qizning   uyida   kechqurun   o’tkaziladigan   «Qiz
oqshomi», «Qizlar majlisi», «Qiz oshi», «Lapar kechasi» deb ataladigan bazmlarda
lapar   aytiladi.   Qizlar   bilan   yigitlar   tarafma-taraf   turib,   oshiqona   g’azal-baytlar
aytishganda, xuddi so’z bilan tortishmachoq o’ynaganday bo’ladi.  v)   O’lan .   Nikoh   to’ylari,   ba`zan   bayram   kunlari,   ayrim   yig’inlarda,   asosan
cholg’usiz, aytiladigan o’lanlar ko’proq chorvadorlar, dehqonlar orasida tarqalgan.
O’lanlarda   cho’pon   yigit   bilan   cho’pon   qiz   sevgi   dardlaridan   bahs   etib,
so’zamollikda,   chechanlikda,   odamiylikda   bir-birlarini   sinaganday   bo’ladi,
musobaqadosh tomonlar bir-birlariga sovg’alar beradi.
g)   Kelin   salom .   Kelinchakni   kuyovning   yaqin   qarindosh-urug’lari   bilan
tanishtirish marosimida kelin salom yoki betochar qo’shiqlari aytiladi. Uy egalari,
to’yga kelganlar esa «alik salom» deb javob qaytaradilar.
d)   Yig’i-yo’qlovlar .   Qadrdon   kishining   vafoti   munosabati   bilan   ayollar
tomonidan   yig’lab   aytiladigan   aza,   yig’i,   yo’qlov,   aytim,   bo’zlov   qo’shiqlarida
marhumning   eng   yaxshi   sifatlari   yo’qlanadi,   shafqatsiz   o’lim   tufayli   boshga
tushgan musibat, judolik ifodalanadi.
4.   Termalar .   Terma   o’zbek   fol’klorining   mustaqil   janri   bo’lib,   uning
yaratilishida   baxshilarning   roli   nihoyatda   kattadir,   ko’pchilik   hollarda   ular
dostonchilarning   individual   ijodi   hisoblanadi.   Pand-nasihat,   odob-axloq,   soz   va
so’z   haqida  yaratilgan,   ijtimoiy   hayotdagi   turli   hodisalar,   shaxs   va  jonivorlarning
ta`rifi   yoki   tanqidiga   bag’ishlangan,   baxshilar   tomonidan   kuylanadigan   10-12
satrdan   150-200,   ba`zan   undan   ortiq   misralargacha   bo’lgan   lirik,   lirik-epik
she`rlarga   terma   deyiladi.   Terma   so’zining   ma`nosi   terib,   tanlab   tizish   demakdir,
ya`ni nisbiy mustaqillikka ega bo’lgan forma va mazmun jihatidan bir-biriga yaqin
bandlarni   (har   bir   band   3,   4,   5,   6   va   undan   ortiq   misralardan   iborat   bo’lishi
mumkin) tuzilish jihatdan yaxlitlashtirishdir.
Xalq   qo`shiqlarida   insonning   ruhiy   olami,   ichki   kechinmalari,   turmushida
sodir   bo`luvchi   ko`ngilli   va   ko`ngilsiz   voqealar,   g`am-anduh   yoki   shodligu
xurramliklari,   mehnat   mashaqqatlari,   sevgi   iztiroblari   his-tuyg`ular   orqali   aniq
badiiy obrazlarda gavdalantiriladi.
                Xalq   qo`shiqlari   tarixan   raqslar   bilan   ham   yaxlitlashgan   va   albatta,
kuylanishga   muvofiqlashgani   bilan   ajralib   turadi.   Xalq   orasida   qo`shiq   ijrochilari
qo`shiqchi,   xalfa,   satang,   go`yanda   (nahvagar),   ashulakash   (ashulachi),   laparchi,
o`lanchi   tarzida   farqlanadi.   Qo`shiqchi   ko`pincha   to`rtliklarni   ijro   etsa-da,   aslida nisbatan kengroq ma`noda umuman qo`shiq ijrochisi va ijodkori bo`lsa, go`yanda
(nahvagar)   asosan   yig`i-yo`qlovlarni   kuylashga   ixtisoslashgan   qo`shiqchidir.
Ashulakash   yoki   ashulachi   ko`pincha   maqom   tarkibidagi   qo`shiqlarni   yoki   katta
ashula deyilguvchi jo`rsiz ijro etiladigan qo`shiqni kuylay oladiganlardir. Laparchi
raqsga tushgan holda qo`shiq aytuvchi bo`lsa, o`lanchi to`y marosimi qo`shiqlarini
ijro   etuvchidir.   Xalfa   Xorazmda   keng   tarqalgan   ayol   qo`shiqchiligi   bo`lib,   ular
ham to`y, ham aza qo`shiqlarini barovar ijro etaveradilar. Satang Namanganda xalq
qo`shiqlarini doira jo`rligida ijro etuvchi ayollardir. Xalq qo`shiqlari  turli joylarda
turlicha ijro etiladi.
                 Qo`shiqlar yaratuvchilar va ijro etuvchilarning mehnat faoliyati – ovchilik,
chorvachilik,   dehqonchilik,   hunarmandchilik     ishlari,   kulolchilik,   o`ymakorlik   va
boshqa   san`atlarga   bevosita   aloqadorligi   hamda   qadimiy   urf-odatlari,   xilma-xil
marosimlari va e`tiqodlari negizida yashab kelmoqda. 
              Xalqimiz   o`z   mehnatining   barcha   jarayonlarini   qo`shiq   bilan   ziynatlagan,
qo`shiq   bilan   izhori   dil   qiladi,   yovuzlikka   nafratini   qo`shiqda   ifoda   etadi,
mavsumlar   almashinishini   qo`shiq   bilan   kutib   oladi,   qo`shiqqa     sig`inadi,
shundandirki,   qo`shiq   bilan   chaqaloqni   uxlatadi,   farzandini   uylantiradi,   hatto   eng
yaqin kishisidan ajralganida ham uni yig`i va yo`qlovlarni bo`zlab kuylagan holda
so`nggi manzilga kuzatadi. 
                      Qo`shiqlar   mazmunan   ijtimoiy   turmushning   barcha   sohalarini   qamrab
olgan.   Turmushda   ro`y   bergan   har   bir   ijtimoiy   hodisaga   ular   hozirjavobdir.   SHu
xususiyatiga   ko`ra,   ularni   an`anaviy   va   zamonaviy   qo`shiqlarga   bo`lib   o`rganish
mumkin. Xalq qo`shiqlarining   asosiy salmoqli hissasini badiiy jihatdan pishiq va
hksak   ohangdorlikka   ega   an`anaviy   qo`shiqlar   tashkil   etadi.   Biroq   hayot   muttasil
harakatda   bo`lgani   bois   unga   hozirjavoblik   bilan   yaratilayotgan,   yangi   zamon   va
uning   kishilari   ruhiyatini   ifodalayotgan   zamonaviy   qo`shiqlar   ham   ijod
qilinmoqda.   Xususan,   mustaqillik   tufayli   xalq   ijodiyotiga,   ayniqsa,
qo`shiqchiligiga   nisbatan   qiziqish   tobora   kuchayib   bormoqda.   Respublikada
o`tkazilayotgan   turli   darajadagi     xalq   qo`shiqchiligi   ijrochiligiga   oid   tanlovlar,
aytaylik,   allalar,   to`y   marosimi   qo`shiqlari   ko`rik   –tanlovlari,   xususan,   HNESKO tashabbusi   bilan   o`tkazilayotgan   «Boysun   bahori»   xalqaro   qo`shiq   ko`rik-
tanlovlari   bu   sohadagi   jonlanishni   yanada   kuchaytirmoqda.   Natijada   qisqa
muddatda ko`plab fol`klor –etnografik dastalari paydo bo`ldi. Ulardan Boysunning
«SHalola»,   Urgutning   «Besh   qarsak»,   Buxoroning   «Mohisitora»,   «Nozanin»   va
boshqa   qator   fol`klor   –etnografik   dastalar   nafaqat   mamlakatimizda,   balki   uning
sarhadlaridan   tashqarida   ham   e`tirofga   sazovor   bo`lishdi.   Ularning     repertuarini,
asosan,   an`anaviy     xalq   qo`shiq   va   termalari   tashkil   etsa-da,   zamonga
hamqadamliklarini   ifodalovchi   zamonaviy   qo`shiqlarni   ham   yaratib   ijro
etayotganlari ko`zga tashlanib turibdi.
O`zbek   xalq   qo`shiqlari   janr   mansubiyati,   ijro   maqsadi,   o`rni   va   vazifasi
jihatidan uch katta guruhga bo`linadi: 
I.   Marosimga   aloqador   xalq   qo`shiqlari   yoki   marosim   fol`klori.   Bu
mavsumiy,   oilaviy   –   maishiy   va   so`z   magiyasiga   mansub   marosimlarga   daxldor
qo`shiqlarni o`z ichiga oladi.  
II.   Marosimga   aloqasi   bo`lmagan   xalq   qo`shiqlari   yoki   nomarosimiy
fol`klor.   O`z   navbatida,   bu   guruhga   mansub   qo`shiqlar   ham   janriy   shakli,   ijro
xususiyati   va   motivlari   hamda   ijtimoiy-estetik   vazifasiga   qarab   to`rt   ko`rinishda
namoyon   bo`luvchi   mehnat   qo`shiqlari,   lirik   qo`shiqlar,     tarixiy   qo`shiqlar   va
termalarni qamrab oladi.
III.   Bolalar   poetik   fol`klori   yoki   bolalar   qo`shiqlari.   Bu   xususda   bolalar
fol`klori bahsida batafsil to`xtaniladi. 
Qo`shiq kishining ongi va hissiyotlariga ta`sir etish qudratiga ega. Aksariyat
qo`shiqlarda   xalqning   urf-odati,   milliy   an`analari,   axloq   normalari   o`z   aksini
topgan. SHu vazifasiga binoan ular etnopedagogik qimmat kasb etadi. 1
Mazmunan   mehnat   jarayoni   bilan   bog`liq   bo`lgan   qo`shiqlar   mehnat
qo`shiqlari   deb   hritiladi.   Mehnat   qo`shiqlari   xalqimizning   qo`shiqchilik
repertuarida   alohida   va   mustaqil   o`rin   tutadi.   Mehnat   qo`shiqlarining   mazmun-
1
 B u hаqdа qаrаng: Sаfаrоv О., O`rаеvа D. O`zbеk хаlq qo`shiqlаridа еtnоpеdаgоgik qаrаshlаrning ifоdаlаnishi. – 
Buхоrо dаvlаt univеrsitеti ilmiy ахbоrоtlаri, 2003, 1-sоn, 14-21 –b. mundarijasini,   janr   xususiyatlarini   mehnat   turlari   va   uni   amalga   oshirish   jarayoni
belgilaydi. Mehnat qo`shiqlari o`ziga xos ohangda sozsiz ijro etiladi.
Mehnat  qo`shiqlari xalq she`riyatining eng qadimiy shakllaridan biridir. Ilk
namunalari   M.Koshg`ariyning   «Devonu   lug`otit   turk»   kitobi   orqali   bizgacha   etib
kelgan.   Mehnat   qo`shiqlari   ibtidoiy   insonning   mehnat   faoliyati   bilan   bevosita
aloqadorlikda   vujudga   kelgan   va   taraqqiy   topa   borgan.   Dastlabki   mehnat
qo`shiqlari   mehnat   jarayonidagi   muayyan   harakat   ritmiga   mos   keluvchi   undov,
xitob   va   nidolar   xarakteridagi   poetik   parchalardan   iborat   bo`lgan.   Bora-bora   ular
she`riy shaklga tushgan va kuylana boshlangan.
Mehnat  qo`shiqlari  ish  jarayonida ijro etiladi.  SHu sababli  mehnat  turining
o`zgarishi   yoki   yo`qolishi   tufayli   o`sha   jarayonda   ijro   etiladigan   qo`shiqlar   ham
yo`qoladi.   Masalan,   charx   va   yorg`ichoq   ishlatilmay   qolgandan   buyon   charx   va
yorg`ichoq qo`shiqlari ham kuylanmay  qoldi.                           
        Mehnat   qo`shiqlari   mehnat   turlariga   qarab   har   xil   bo`ladi.   Ular   tubandagi
uch katta guruhga bo`lib o`rganiladi:
           Dehqonchilik bilan bog`liq qo`shiqlar.
           CHorvachilik bilan bog`liq qo`shiqlar.
            Kasb-hunar bilan bog`liq qo`shiqlar. 1
  
  Xalqimiz qadimdanoq   chorvachilik bilan ham shug`ullanib kelgan. Bu kasb
xalqimiz hayotida muhim o`rin egallagan. CHorva hayvonlarini boquvchi kishilar
chorvador   yoki   cho`pon   deb   hritiladi.   Ot,   tuya,   sigir,   ho`kiz,   qo`y,   echki   kabilar
chorva   jonivorlari   hisoblanadi.   Xalq   orasida   ot   boquvchini   yilqiboqar,   tuya
boquvchini  tuyaboqar, sigir va ho`kiz boquvchini podachi, qo`y-echki boquvchini
qo`ychivon   yoki   cho`pon,   tovuq   boquvchini-parrandaboqar   deyish   an`anaga
aylangan. Turli–tuman qushlarni parvarish qiluvchilar nomiga «qushchi» nisbatini
qo`shib aytishgan.
CHorvachilik faoliyatining vujudga kelishiga ibtidoiy insonlarning u yoki bu
jonivorga   e`tiqod   qo`yishi,   uni   o`ziga   homiy   va   madadkor   hisoblab,   totem
1 1
 Qаrаng: Kаmоl Оchil. Qаldirg`оchni qo`ndirgаn qo`shiq. Sаmаrqаnd: «Zаrаfshоn» nаshriyoti, 1992, 5-b. darajasida e`zozlashi, shu asosda   hzaga kelgan   turli totemistik qarashlari muhim
omil bo`lgan. 
                      Xalqimixz   orasida   sigir,   qo`y,   echki,   biya,   tuya   singari   uy   hayvonlarini
iydirishga   xizmat   qiluvchi   sog`im   qo`shiqlari   shakllangan.   Sog`im   qo`shiqlari
sog`iladigan hayvon turiga qarab turlanadi. Sigir sog`ish jarayonida kuylanadigan
qo`shiqlar   -   «Ho`sh-ho`sh»   qo`shiqlari   yoki   «govmishim»,   qo`yni   sog`ishda
aytiladigan qo`shiqlar - «turey-turey»lar, echkini sog`ish qo`shiqlari esa   «churey-
churey»   yoki   «churiya»lar   deb   nomlanadi.   Ular   sog`ilayotgan   hayvonni
tinchlantirish,   uni   iydirish   uchun   kuylanadi.   CHunki   tinch   va   iyigan   jonivordan
ko`proq  sut sog`ib olish mumkin.
«Ho`sh-ho`sh»larni   kuylashdan   oldin   sog`uvchi   sigirning   bolasi-buzoqni
emizishga   qo`yadi.   Buzog`ini   ko`rib   sigir   iyiydi.   SHunda   sog`uvchi     darhol
buzoqni   tortib,   sigirni   qo`shiq   yordamida   iyitishda   davom   etadi   va   sutini   sog`ib
oladi.   «Ho`sh-ho`sh»lar   sigirni   iyitishiga   ishonilgan.   Bu   ishonch   sog`im
qo`shiqlarida alohida ta`kidlanadi:
                            «Ho`sh-ho`sh»lasam iyasan, ho`shey-ho`shey,
                             Kovshabgina turasan, ho`shey-ho`shey,
                             Angraymagin jonivor, ho`shey-ho`shey,
                             Sen bolangga to`yasan, ho`shey-ho`shey.   
Ko`z magiyasi, kinna  kirishiga ishongan qadimgi chorvadorlar zotdor, ko`p
sut   beradigan   sigirlarni   yomon   ruhlardan   asrash   uchun   turli   tadbirlarni
qo`llaganlar.   Ularning   shoxlariga   maxsus   duolar   yozilgan   tumorlar,
qalampirmunchoq yoki ko`zmunchoqlar shodasini ilib qo`yishgan. Aks holda ko`z
tekkan   sigir   yo   o`ladi,   yo   kasallanib   kam   sut   bera   boshlaydi,   deb   irim   qilingan.
Tabiiyki, bunday e`tiqod va qarashlar «ho`sh-ho`sh»larda ham «ko`z tumor» detali
orqali badiiy ifoda etiladi: 
Seni haydab boqayin, 
Ko`z tumorlar taqayin, ho`sh-ho`sh Qo`ylarni   sog`ish   va   qo`zilarni   emizish   jarayonida   kuylanadigan   «turey-
turey»   qo`shiqlarida   ona   sovliqni   madh   etish,   uni   iydirishga   qaratilgan   erkalash
motivlari etakchilik qiladi. 
«Turey-turey»lar   ko`pincha   qorako`lchilikda   terisini   olish   uchun   3-4
kunligidayoq (barraligidayoq) so`yib hborilgan qo`zichoqlarning onalarini sog`ish
uchun kuylanadi. SHu sababli ularda ona qo`yning o`z bolasini qidirishi, uni izlab
ma`rashiga hamdardlik bildirish, achinish motivlari katta o`rin tutadi.
Qo`ylar   juda   hid   sezuvchi   bo`lishadi.   Agar   ular   yangi   tug`ilgan   qo`zilariga
boshqa   hayvonning   hidi   urib   qolsa,   uni   emizmay   qo`yishgan.   SHunda   ham   ona
qo`ylarni iydirish va qo`rqitish maqsadida «turey-turey» qo`shiqlari ijro etilgan.
«CHuriyalar»   yoki   «churey-churey»lar   echkilarni   sog`ish   yoki   uloqlarni
emizish paytida ijro etilgan. Ularda echkini iydirish, bolasini  emdirishga qarshilik
qilmaslik   motivi   ustunlik   qiladi.   CHuriyalarda     ko`pincha   echkining,   sersut   elini,
soqoli, shoxi yoki qashqasi maqtaladi:
Og`ziginangda o`ting bor , chur ey -chur ey ,
Elinginangda suting bor , chur ey-churey,
                               Sersoqolim jonivor, churey-churey,
                               Kerilib turgan buting bor, churey-churey.   
Xalqimiz   azal–azaldan   dehqonchilik   bilan   ham   shug`ullanib,   shuning
orqasidan tirikchilik o`tkazib kelgan. Dehqon mehnati erta bahorda er haydashdan
boshlanadi. Biroq erta bahorda, ilik uzildi vaqtida kamquvvat bo`lib qolgan inson
uchun   er   haydashdek   og`ir   jismoniy   mehnatni   bajarish   oson   kechmaydi.   SHu
paytda   dehqonlar   qo`shiq   kuylab,   o`zlarini   ovutganlar   va   shu   orqali   biroz   bo`lsa-
da,   og`ir   mehnatning   qiyinchiligini   unutganlar.   Qo`sh   haydash   paytida   ijro
etiladigan     qo`shiqlar   qo`sh   qo`shiqlari   deyiladi.   Ularda   qo`shchi   yoki   qo`shga
qo`shilgan   ho`kiz   tilidan   og`ir   mehnatdan   qilingan   shikoyat   yoxud  ish   hayvoniga
murojaat motivlari etakchilik qiladi.
         Qo`shchi qo`shiqlari qadimiy mehnat qo`shiqlari sirasiga kiradi. Uning
asosiy vazifasi og`ir mehnat paytida dehqonning o`z ko`ngil dardlarini aytib, o`z-
o`ziga taskin berish, o`zini ovutish, ruhini ko`tarishdan iborat. Qo`shchi   qo`shiqlari   orqali   zamonamiz   yoshlari   o`tmishda   dehqonchilikda
erni hozirgiday texnika vositalari yordamida emas, balki bo`yniga bo`yinturiq bilan
omoch osilgan ho`kizlarning kuchi bilan haydalganligini bilib oladilar. Qo`shiqda
shu tarixiy manzara badiiy o`z ifodasini topgan.  
Hozirgi   paytda   erlarning   traktorlar   yordamida   haydalishi   qo`sh
qo`shiqlaridan   foydalanishni   bekor   qildi.   SHu   sababli   qo`sh   qo`shiqlari
yaratilishdan va jonli ijroda yashashdan mahrum bo`ldi.
O`rim qo`shiqlari –dehqon mehnatining samarasi hzaga chiqayotgan   o`rim
lahzalarida kuylanadi. O`roqchi   hasharchilarning   o`rim-yig`im   paytida   o`zlarini
ovutish   uchun   maxsus   to`qigan   qo`shiqlari   o`rim   qo`shiqlari   deb   hritiladi.   Bu   xil
qo`shiqlarda dehqonning bilak kuchi, uning asosiy mehnat quroli-o`roq maqtaladi.
Arpa, bug`doyning xalq tirikchiligi uchun naqadar qimmatliligi, ro`zg`orning qut-
barakasini ta`minlovchi vosita ekanligi tarannum etiladi. 
Hozirgi   paytda   donni,   asosan,   kombaynlar   yordamida   o`rib-yig`ib   olish
tufayli o`rim qo`shiqlarini ijro etish deyarli so`nib, ular unutilib bormoqda.
YAnchiq     qo`shiqlari   yoki     ho`p   –maydalar .   Bu   turkumga   kiruvchi
mehnat   qo`shiqlari   xalq   o`rtasida   «Ho`p   qo`shiqlari»,   «Maydalar»,   «Ho`p
maydalar»   yoki   «Maydagul»   deb   hritiladi.   Ularni   o`rilgan   donni   xirmon   qilib
yanchayotganda,   mungli   baland   ovoz   bilan   cho`zib   ijro   qiladilar.   Bu   xil
qo`shiqlarda   dehqonning   yoz   bo`yi   qilgan   og`ir   mehnati   natijasida   etishtirilgan
hosilni tezroq yanchib olish istagi bayon etiladi. YAnchiq   qo`shiqlari   galagov
tashkil   qilingan   maxsus   maydonda   kuylanadi.   SHuning   uchun     yanchiq
qo`shiqlarida “galagov” so`zi ko`p uchraydi:
                             Mayda dedim, xo`p deding, mayda-yo, mayda,
                             Ho`pga maylim yo`q deding, mayda-yo, mayda,
                             Galagovga qo`shganda, ho mayda-yo, mayda,
                             Ko`rgiligim ko`p deding, mayda-yo, mayda.                              
                            Galagov   maydonida   doni   ajratilmagan   bug`doy   doira   shaklida   yoyib
qo`yiladi   va   doira   markaziga   yo`g`on   yog`och   ustun   o`rnatilib,   unga   bir   necha
ishchi hayvonlar: ot, ho`kiz, eshak kabilar bir-biriga yonma-yon matab  bog`lanadi. Mana shu matalib bog`langan hayvonlar to`dasi galagov deyiladi. Galagovga donni
bir   tekis  yanchishi   uchun  tut,  qayrag`och  kabi   qattiq daraxt  shoxlaridan  to`qilgan
chokar bog`lab qo`yilgan. 
G`allani   o`rish   va   yanchish   ishlari   texnika   yordamida   amalga   oshirila
boshlangach, mayda qo`shiqlari ham asta-sekin unutilib bormoqda.
YOrg`ichoq   qo`shiqlari .   YOrg`ichoq   qo`l   tegirmoni   bo`lib,   u   suv   va
shamol   tegirmonlari   kashf   etilmasdan   oldin   paydo   bo`lgan.   Uni   ko`l   yordamida
aylantirganlar.   YOrg`ichoq   aylantirish-og`ir   va   unumsiz   ish.   Bu   ishni,   asosan,
ayollar   bajarishgan.   SHu   sababli   yorg`ichoq   qo`shiqlarining     ijodkorlari   ham
ayollar hisoblanadilar.
YOrg`ichoq   qo`shiqlarida   kun   bo`yi   yorg`ichoq   tortishning   jismoniy   va
ma`naviy   mashaqqati,   og`ir   toshni   aylantirish   ayol   kishi   uchun   naqadar   qiyin
ekanligi, binobarin, tegirmonning undan afzalligi, ayollarning turmush tashvishlari
mungli nidolar bilan kuylanadi.
                    YOrg`ichoqni taq-taqijon deydilar-o,
Tegirmonni rohatijon deydilar-o.
YOrg`ichoq tortmas edim,
          Och qolganimdan tortaman…
                    YOrg`ichoq   qo`shiqlaridan   olingan   bu   parchadan   yorg`ichoq   tortish
mashaqqatining butun dahshatini to`la his etish mumkin.
Hozirgi   paytda   yorg`ichoqdan   foydalanilmayotgani   bois   unga   aloqador
qo`shiqlar ham kuylanmay qoldi. 
Hunarmandchilik   kasbi   ibtidoiy   jamoa   tuzumining   emirilish   davrida,   ov
hamda boshqa mehnat qurollarini yasashga nisbatan   ehtiyojning tug`ilishi  tufayli
paydo   bo`lgan.   Hunarmandchilikning   paydo   bo`lishi     shahar   hayotining   taraqqiy
etishi   bilan   ham   bog`liq.   Hunarmandchilik   mahsulotlarini   sotish   esa   yana   bir
mehnat   turi-savdo-sotiqni   ham   keltirib   chiqargan.   Hunarmandchilik   ishlarini
bajarish   jarayonida   kuylanilgan   qo`shiqlar   hunarmandchilik   qo`shiqlari   deb
hritiladi. O`zbek xalq   hunarmandchilik qo`shiqlari orasida charx yigirish, urchuq
yigirish,   o`rmak   o`rish,   kashta,   to`n   tikish,   gilam,   bo`z   to`qish   bilan   bog`liq qo`shiqlar     asosiy   o`rin   tutadi.   SHular   orasida   ip   yigirish,   kashta,   do`ppi,   to`n
tikish,  gilam   to`qish  kabi   mehnat   turlarini, asosan,   ayollar  bajargan.  SHu bois  bu
jarayonda aytiluvchi  qo`shiqlarni ham xotin-qizlar yaratib, ijro etishgan.
Hunarmandchilik   qo`shiqlarida   hunarmandlarning   og`ir   turmush   tarzi,
mashaqqatli   mehnat   sharoiti,     ruhiy   olami,   o`z   aksini   topgan.   Ularni   to`quvchilik
va tikuvchilik qo`shiqlari tarzida ikki katta guruhga bo`lish mumkin.
To`quvchilik qo`shiqlarida, asosan, xomashyoni tayyorlash va shu jarayonni
amalga oshiruvchi mehnat qurollari ta`rifi etakchi motivga aylangan. Ip yigirish va
bunda charxning, jundan ip tayyorlash va bunda urchuqning vazifasi, shuningdek,
bevosita   bo`z,   to`r,   gilam   va   sholcha   singarilarni   to`qish   jarayonlariga   aloqador
mehnat mashaqqatlari ifodalangan. 
CHarx qo`shiqlari  to`quvchilik qo`shiqlari silsilasida keng tarqalgan bo`lib,
ularda ip yigirish quroli  bo`lgan charxning tavsifi, charx yigirishning mashaqqati,
charx   yigirmasa,   tirikchilikning   o`tmay   qolishi,   charx   yigiruvchi   ayolning     o`z
mehnati samarasidan bahramand bo`lish orzusi  kuylanadi.
O`tmishda turli   matolarga   bo`lgan ehtiyoj faqat qo`l mehnati orqali, oddiy
to`qish   dastgohlari   vositasida     qondirilgan.   Hozirgidek   to`qimachilik   sanoati
mavjud bo`lmagan.  Mehnatkash,   hunarmand   kishilar   oddiy   dastgohlarda
atlas, kimxob kabi  matolar bilan bir qatorda  bo`z ham  to`qiganlar. Bo`z arzon va
pishiq, qishda  issiq, yozda esa  salqin bo`lishi tufayli atlas  va kimxobga nisbatan
ancha xaridorgir bo`lgan. Uni    ko`pincha mehnatkash xalq   olib kiygan. Atlas va
kimxobni  to`yda kiyish  o`rinli bo`lsa, bo`zni kundalik  mehnat  jarayonida  kiyish
ancha qulay bo`lgan.
Bo`z   to`qish   dastgohlari   zax   va   qorong`i   hujralarda     joylashgan.   Bo`z
to`quvchini   bo`zchi   deb   aytganlar.   Bo`z     to`qish   nihoyatda   qiyin   hmush   bo`lgan.
Bo`z   to`qish   uchun   kecha-kunduz   dastgohlar   oldidan   jilmay   ishlashga   to`g`ri
kelgan. SHunday qiyinchilikni engish, charchoqni   unutish maqsadida   bo`zchilar
ko`plab   qo`shiqlar   yaratganlar.   Ular   tomonidan   yaratilgan   qo`shiqlar   bo`zchi
qo`shiqlari deb hritiladi. Bo`zchi   qo`shiqlarida   unumsiz   va     mashaqqatli   bo`lgan   bo`z   to`qish
mehnatining   qiyinchiligi,   bo`zchi   bozorining     kasodligi,   to`quvchilarning
oilalaridagi  muhtojlik va  qashshoqlik xususida kuylanadi: 
Go`sht ololmay gurda olgan bo`zchi,
Qiz ololmay beva olgan bo`zchi.
Munchalar shildirab o`tar nochasi,
Qip – qizil shalg`omga o`xshar pochasi.
          Hozirgi   paytda   mato   to`qish   ishlarining   texnik   jihatdan   avtomatlashtirilishi
oddiy to`qish  dastgohlarini  siqib  chiqarmoqda. Faqat  Farg`ona  vodiysining  ayrim
joylarida   (ayniqsa,   atlas   o`lkasi   hisoblanmish   -   Marg`ilonda)   atlas   to`qish
dastgohlari   kam   miqdorda   saqlanib   qolgan,   xolos.   SHundamikin,   bo`zchilar
qo`shiqlari ham asta-sekin unutilib bormoqda.
O`tmishda   gilam,   shol   va   boshqa   jun   matohlarni   tayyorlashda   jun   ipdan
foydalanilgan.   Jundan   ip   yigirishda   urchuq   asbobi   ishlatilgan.     Urchuqda   ip
yigirish,   asosan,   xotin-qizlar   mashg`uloti   sanalgan.   Xotin-qizlar   urchuqda   ip
yigirishday   og`ir   va   mashaqqatli   mehnatni   bajara   turib,   o`zlarining   ayanchli
turmushlaridan,     erksiz   hayotlaridan   qalblarida   tug`ilgan   iztirobu   alamlarni
qo`shiqqa   solganlar   va   shu   qo`shiqlarni   kuylash   asnosida   bir   lahza   bo`lsa-da,
turmush mashaqqatlarini unutganlar. Bu qo`shiqlar urchuq qo`shiqlari deb hritiladi.
                Xalqimiz   orasida   keng   tarqalgan   hunarlardan   biri   gilam,   sholcha
to`qish,   ya`ni   o`rmak   o`rishdir.   SHu   jarayonda   ijro   etilgan   qo`shiqlar   o`rmak
qo`shiqlari   deb   hritiladi.   Gilam   va   sholcha   to`qish   bo`z   to`qishdan   ham   og`ir   va
mashaqqatli bo`lgan. U kishidan katta sabr-toqatni va matonatni talab qilgan. 
Tikuvchilik   qo`shiqlari   xalqimizning   uzoq   asrlar   davomida   shakllangan
tikish-bichishga  aloqador  an`analarini   ifodalaydi.  Ular,  aksar   hollarda,  tikiladigan
kiyimlarning   turlari   va   ularga   daxldor   e`tiqodlarga   qarab   ichki   xilma-xillik   hosil
qilgan.   SHu   sababli   bir   kiyimga   atalgan   namunasi   boshqa   kiyimni   tikayotganda
aytilmaydi.   SHu   zaylda   bir-biridan   farq   qiluvchi   kashtachilik,   do`ppido`zlik,
to`ndo`zlik, zardo`zlik va boshqa turkumlarga mansub qo`shiqlar paydo bo`lgan. O`zbek   kashtachiligi   dunyoga     mashhur.   Xalqimiz   bu   hunar   bilan     juda
qadim   zamonlardan  beri   shug`ullanib   keladi   va  uni   san`at  darajasiga     ko`tarishga
erishgan.   Kashtachilikning   bir   necha   turlari   mavjud.     Bular   bosma,   jimalay,
sanama,   ilma   deb   hritiladi.   Ularning   xar   biri   kashtachidan   alohida     mehnat   va
mahoratni, bilim va qobiliyatni talab etadi. 
Kashta   tikish   bilan   ayollar     shug`ullanishadi.   O`tmishda     har   bir   qizdan
kashta   tikishni     bilish     talab   etilgan.   CHunki   u   o`z   sepini   o`zi   tikkan   kashtalari
bilan     to`ldirishi   lozim   sanalgan.   Kashtaning   turiga   qarab,   uni   tikkan   qizning
qandayligiga,   fe`l-atvoriga,   qobiliyatiga     baho   berishgan   va   bu   hol     kashtachilik
qo`shiqlarida o`z ifodasini topgan:
Bosma  tikkan botir qiz, 
Jimaloy  tikkan chevar qiz.
Sanama  tikkan sardor qiz,
Ilma  tikkan ilgir qiz.
O`tmishda mahalliy boylar uy bekalarini, qiz-juvonlarni, cho`rilarni   kashta
tikishga   yollab   ishlatganlar   va   ularga   og`ir   mehnati   evaziga   arzimas   haq
to`laganlar. SHu sababli   ba`zi   kashtachilik qo`shiqlarida   kashtado`z ayollarning
rahmsiz boylardan shikoyati yangraydi:
Kashta tiktiradi boy,
Kashta guliga gadoy.
Kecha-kunduz tik deydi,
Nega hribdi o`lmay?
Tikuvchilik   ishlari   orasida     kashta   tikish     to`n,   ko`rpa,   ko`ylak   kabi
narsalarni   tikishga   qaraganda   bir   muncha   qiyin   va     mas`uliyatlidir.   Bu
kashtachilik qo`shiqlarida  alohida tilga olib o`tilgan:
Jomovdi jonli tikadi,
To`rmagin egri tikadi.
To`n tikish, ko`rpa tikish-
Uni ko`r ham tikadi. Hozirgi   paytda   kashtachilik   san`ati   milliy   qadriyatlarimizdan   biri   sifatida
nihoyatda   qadrlanadi.   Uni   yanada   rivojlantirish,   kashtado`zlikni   rag`batlantirish
uchun   qator   chora-tadbirlar   ko`rilmoqda.   Har   yili     kashtachilarning     an`anaviy
ko`rik-tanlovlari   o`tkazilib   turilibdi.   Eng   yaxshi     kashtado`zlar   uchun     maxsus
sovrinlar  tashkil etilmokda.
Do`ppido`zlik   qo`shiqlarida   bosh   kiyimni   e`zozlash,     Vatan   va   yorga
sadoqat motivlari kuylanadi.
Do`ppi tikdim childirma, 
CHo`pu-xasga ildirma.
Hrtingni chindan sevsang, 
Dushmaningga bildirma;
To`ndo`zlik   qo`shiqlari da   lirik   qahramonning   o`z   kasb i ga   muhabbati,
yorga muhabbat tuyg`usiga singishib, o`zgacha joziba kasb et ib keladi :
Banorasdan to`n tikay,
Oldiga po`pak tutay.
YOqasiga gul solay,
Arabiyning xatiday.
Sarboz   qo`shiqlari da   o`tmishdagi   amirlik   navkarlarining     nojo`ya   x atti-
harakatlaridan norozilik kayfiyati etakchidir:
Karmana hrtidan chiqdim dalaga,
Bir to`da sarbozdan qoldim baloga.
Bir to`da sarbozga gel berib qochdim,
Buxor darvozasin nayzalab ochdim.
O`zbek xalq mehnat  qo`shiqlari juda boy va janr e`tibori bilan rang-barang
bo`lib, ular orasida  qandolatchilik va pazandachilikni  ifoda etuvchi namunalar ham
bor. CHunonchi, taomlarimiz sultoni sanaluvchi palov ta`rifidagi mana bu qo`shiq
hamon el og`zidan tushmay kelayotir:
Nimcha guruchdan osh bo`lur,
Qozonga solsam-chosh bo`lur.
Mehmonni ko`ngli xush bo`lur, Vaqosiz ko`rsa- tush bo`lur.
SHuningdek,   moshova,   chuchvara,   atala,   sumalak,   ugro,   sho`rva,   piyoba,
chalpak va boshqa qator milliy taomlarimiz bilan bog`liq kechinmalarni ifodalagan
qo`shiqlar hali – hanuz uchrab turadi. Lekin ular juda kam miqdorda bizgacha etib
kelgan.   Keyingi   vaqtlarda   mehnat     jarayonining   mexanizatsiya   va
avtomatizatsiyalashtirilishi   natijasida     mehnat   turlarining     tabiatida     turli
o`zgarishlar hz bermoqda yoki muayyan mehnat turi batamom yo`qolib bormoqda.
Natijada o`tmishda    ular  bilan bog`liq tarzda yaratilgan ayrim  mehnat  qo`shiqlari
ham unutilib, yo`qolib bormoqda.
Oilaviy   munosabatlar,   ishq-muhabbat   mavzusi,   oshiqning   ma`shuqaga   dil   izhori
yoki   sevib   sevilmagan   oshiq   yoki   ma`shuqaning   dil   o`rtanishlari,   muhabbatni
baxtsizlik   tomon   olib   boradigan   feodal   munosabatlaridan   norozilik,   turmushdan
nolish,  xotinlarning qiyin ahvoli, adolatsizlikdan shikoyat, vafodorlikni talab etish,
visol   onlariga   intiqlik,   hijron   kulfatlari,   yorni   sog`inish,   uning   yo`liga   intizorlik
kayfiyatlari,   bevafolikni   qoralash,   saodatli   sevgi   va     turmushga   intilish   g`oyalari
lirik qo`shiqlarda tarannum etiladi.
Lirik   qo`shiqlar   professional   ijroga   moslanmagan.   Ularni   istagan   shaxs
istalgan   joyda   ijro   qilib   ketaverishi   mumkin.   Lirik   qo`shiqlarni,   odatda,   matnni
yaxshi biluvchi, hofizasi kuchli, yoqimli ovozga ega bo`lgan kishilar xalq o`rtasida
kuylashi   odat   tusiga   kirgan.   Bunday   shaxslar   xalq   orasida   qo`shiqchi,   ashulachi,
hofiz   yoki   g`azalxon   deb   hritiladi.   Biroq   bundan   lirik   qo`shiqlarning   ijrosi
professional ijrochilar bilan bog`liq degan qat`iy fikrga kelib bo`lmaydi.
ZARURIY ADABIYOTLAR:
1. O’zbek   xalq   og’zaki   poetik   ijodi   (X.Razzoqov,   T.Mirzaev,   O.Sobirov,
K.Imomov). Toshkent: «O’qituvchi» nashriyoti, 1980 yil.
2. G’.Jalolov. O’zbek fol’klorida janrlar aro munosabati.  Toshkent, 1979 yil.
3. M.Qo’shmoqov. CHechanlikda suvga suvdayin oqib. Toshkent, 1978 yil. 4. M.Alaviya. O’zbek xalq qo’shiqlari. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1959 yil.
5. M.Alaviya.   O’zbek   xalq   marosim   qo’shiqlari.   Toshkent:   «Fan»   nashriyoti,
1974 yil.
6. O.Madaev, T.Sobitova. O’zbek xalq og’zaki ijodi. ToshDU, Toshkent, 1999
yil.

Xalq qo’shiqlari – lirik janr sifatida. Xalq qo’shiqlariningtasnifi va badiiy xususiyatlari. REJA: 1. Xalq og’zaki ijodi janrlari tasnifi. 2. Xalq qo’shiqlari va ularning turlari haqida ma`lumot. 3. Mehnat qo’shiqlari (Qo’shchi qo’shig’i, O’rim qo’shig’i, Ho’p-xayda qo’shig’i, yorg’ichoq qo’shig’i, Sog’im qo’shig’i, Hunarmandchilik qo’shig’i). 4. Mavsum-marosim va urf-odat qo’shiqlari (Alla, Sus xotin, Lapar, O’lan, Yig’i-yo’qlovlar, Termalar).

Badiiy adabiyotda bo’lganidek, fol’klor asarlari ham tuzilishi va g’oyaviy-badiiy xususiyatlarga ko’ra, o’zaro o’xshash hamda farqli tomonlarga ega bo’lib, muayyan gruppalarni tashkil etadilar. Bunday farqli va o’xshash tomonlarni ko’rsatish uchun fanda adabiy turlar va janrlar terminlari qo’llaniladi. Adabiy tur va janrlar hayotni badiiy tasvirlash shakli sifatida tarixan shakllangan bo’lib, ularning paydo bo’lishi, taraqqiyoti, o’rin almashishi va inqirozi adabiyot va fol’klor tarixida etakchi jarayon hisoblanadi. Adabiyotda tur (rod) nihoyatda keng tushuncha bo’lib, o’z ichiga turli janrlarni qamrab oladi. Qadimgi grek filosofi Aristotel’ (384-322), nemis olimi Gegel’ (1770-1831) va ulug’ rus revolyutsion demokrati V.G.Belinskiy (1811- 1848) lar adabiyotni uch turga bo’lib ko’rsatadilar. Bular: epos, lirika va drama. epos voqelikni syujetli, hikoyaviy formada aks ettirsa, lirika insonning voqelikdan olgan taassurotlarini, ichki his-hayajonlarini tasvirlaydi. Drama esa personajlar nutqi va harakati orqali hayot kartinalarini chizadi. Bunday bo’linishni muayyan istisnolar bilan fol’klorda ham qo’llash mumkin. Gap shundaki, fol’klor janrlarining ayrimlari turli urf-odat va marosimlar bilan bog’liq bo’lsa, ba`zilari kuylash uchun mo’ljallangan bo’ladi. Binobarin, uning ayrim namunalarini yuqoridagi uch turning bittasiga ham kiritish mumkin emas. Mana shu holatlarni hisobga olib, o’zbek fol’klori janrlarini quyidagicha tahlil qilish mumkin. O’zbek fol’klori asarlari, avvalo ikki katta gruppaga bo’linadi: 1. Urf-odat va mavsum-marosimlar bilan bog’liq asarlar. 2. Turli urf-odat va marosimlar bilan bog’liq bo’lmagan fol’klor janrlari. Birinchi gruppaga: a) mehnat qo’shiqlari (ho’p-mayda, turey-turey, churey-churey, ho’sh-ho’sh va boshqalar); b) mavsum qo’shiqlari; v) marosim qo’shiqlari (tug’ilish, to’y, aza va boshqalar); g) olqish, afsun va qarg’ishlar; d) aytimlar kiradi.

Ikkinchi gruppa epik (doston, ertak, afsona, rivoyat, lof, latifa), lirik (qo’shiq, ashula, terma), dramatik (aksiya, og’zaki drama) va kichik (maqol, topishmoq) janrlarni o’z ichiga oladi. Har bir janr o’z navbatida yana ichki turlarga bo’linadi. Masalan, ertaklarni hayvonlar haqidagi, sehrli, fantastik, hayotiy- maishiy va hajviy turlarga bo’lish mumkin. Asosan mustaqil to’rtliklardan tashkil topgan, tugal fikrni badiiy ifodalovchi, el orasida keng tarqalgan va kuylangan xalq she`ri namunalariga qo’shiq deyiladi. Qo’shiq termini keng ma`noda bo’lib, xalq she`riyati, lirik qo’shiqlar, xalq lirikasi, ashulalar degan umumiy nomlar ostida yuritilib kelinadi. SHu bilan birga, uning konkret namunalarining o’z nomlari bor. Masalan, «YOr-yor», «O’lan», «Lapar», «Lirik terma», «Alla», «Bayt-g’azal», «Kelin salom», «Xush kelibsiz», «Yig’i» va boshqalar. Qo’shiqlarni ijro etuvchilar qo’shiqchi, go’yanda, ashulakash (ashulachi), laparchi, o’lanchi deb nomlanadi. Qo’shiqlarda ham kollektivlik, og’zakilik, variantlilik, anonimlik kabi xususiyatlarni ko’ramiz. Ular, asosan, barmoq vaznida yaratilgan bo’lib, ba`zan aruzda to’qilganlari ham uchraydi. Xalq qo’shiqlari uchun musiqiylik, ravonlik, kuylashga (ijrochilikda ko’pchilik yoki yakka) moslik xosdir. Qo’shiq termini birinchi marta XI asrda yozilgan, ilmiy adabiyotlarning bizgacha etib kelgan eng qadimiysi hisoblangan Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asarida qoshug’ shaklida berilgan bo’lib, bu so’zning izohi she`r, qasida deb ko’rsatilgan. SHuningdek, «qo’shiq» so’zini YUsuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarida, XII asrda yozilgan Mahmud Zamaxshariyning «Muqaddimatul-adab» lug’atida ham xudi shu ma`nolarda uchratamiz. Xususan, Alisher Navoiyning «Mezonul-avzon» va Zahiriddin Bobirning «Risolai aruz» asarlarida qo’shiq so’zi surud, ayolg’u, lahn, turki tarona, ashula, o’lan, chipga (chinka) nomi bilan ham tarqalgan, ular qo’shiqning turli janrlarini atash uchun qo’llanilgani bayon qilinadi. 1. Mehnat qo’shiqlari . Mehnat qo’shiqlari mazmunan dehqonchilik, bog’ va bog’chachilik, chorvachilik, ovchilik, hunarmandchilik va boshqa kasblarga xos xususiyatlarni aks ettiradi. Mehnat turlari xilma-xil bo’lganidek, mehnat

qo’shiqlari ham turli-tumandir. Dehqonchilik bilan bog’liq qo’shiqlarga qo’shchi, o’rim, xirmon yanchish, yorg’ichoq qo’shiqlari kiradi. a) Qo’shchi qo’shig’i . Qahraton qishdan bola-chaqasi bilan toliqib chiqqan dehqon bahor kelishi bilan er haydashga kirishadi. Tabiat jonlangan, xushhavo, biroq uning ho’kizi ishga yaramaydi – o’lguday och, madori qurigan. Dehqon ilk bahordagi nochor ahvolini ho’kiz tilidan shunday tasvirlaydi: SHoxlarim quloch-quloch, Yo’q madorim, qornim och, Tepamda qo’ngan qaldirg’och, Men qaytib qo’shga yarayman. b) O’rim qo’shig’i . O’roq va o’roqchilar guruhi tomonidan o’rim paytida aytiladigan o’rim qo’shiqlarida dehqonning umidi ro’yobga chiqayotgani, ko’tarinki ruh bilan ishga kirishayotgani bayon etiladi. Dehqonning yuragida kuch- g’ayrat jo’sh uradi. U g’allani tezroq o’rib, g’aram qilish niyatida: O’rog’im olmos, O’rishdan qolmas, Sira ham tolmas, O’rmasa bo’lmas. v) Ho’p-mayda . Xirmon yanchish vaqtida dehqonlar tomonidan aytiladigan qo’shiqlar ho’p-mayda yoki maydagul deb yuritiladi. Ho’p-mayda baland ovoz bilan cho’zib aytiladi. Ularda dehqonning hosilni yig’ishtirish, ro’zg’or- tirikchilikni ta`minlashga intilishi, ho’kizning – ishchi hayvonning dehqon hayotida g’oyat katta o’rin tutishi unga bo’lgan muhabbatini tasvirlash bilan ko’rsatiladi. SHuning uchun ho’p-mayda qo’shiqlarida ho’kizning tavsifi, uning tuyog’idan shoxigacha bo’lgan tasviri beriladi: Ayri-ayri tuyoqqa, mayda-yo, mayda, Ayri nahal yarashar, mayda-yo, mayda, Jilviragan quloqqa, mayda-yo, mayda, Tilla sirg’a yarashar, mayda-yo, mayda.

g) YOrg’ichoq qo’shiqlari . YOrg’ichoq deb atalgan qo’l tegirmonini kuni bo’yi aylantirish mashaqqatli mehnat. Bug’doy, arpa, jo’xori, tariqni un qila turib aytiladigan qo’shiq mehnat kishisiga hamroh. Og’ir toshning g’o’ldirab, bir joyda aylanib turishi ohangida to’qilgan qo’shiqlar ham vazmin, ham cho’zib aytiladigan bo’ladi: YOrg’ichoq torta-torta toldi qo’lim, Ikki tosh orasida qoldi qo’lim. d) Sog’im qo’shig’i . Sigir, qo’y, echki, biya, tuyalarni sog’ishda erkalash ohangida aytiladigan qo’shiqlarni sog’im qo’shiqlari deyiladi. Sigir sog’ish bilan bog’liq qo’shiqlar – «ho’sh-ho’sh» yoki «ho’shim» deyiladi. Ular ham boshdan- oyoq govmish sigirga murojaat shaklida to’qilgan bo’lib, sutli sigir mehnat ahli ro’zg’orini to’kin qiladigan xazina deb ardoqlanadi, sog’ish paytida silab-siypab aytilgan qo’shiq govmishni iydiradi: Saralab eding o’tingni, ho’sh-ho’sh, Iyib bergin sutingni, ho’sh-ho’sh, Olmazor buloq o’ting bor, ho’sh-ho’sh, Oqar buloq suting bor, ho’sh-ho’sh. e) Hunarmandchilik qo’shiqlari . O’zbek xalq qo’shiqlari orasida hunarmandchilik qo’shiqlari anchagina salmoqli o’rin egallaydi. Bunday qo’shiqlarda hunarmand yoki kosibning uzoq tarixiy sharoitlardagi moddiy va ma`naviy hayoti, ichki ruhiy kayfiyati ibtidoiy ish qurollari tufayli tug’ilgan mehnat mashaqqati bilan qo’shilib tasvirlanadi: Bo’z to’qiymiz qirog’ini o’xshatib, Moki otaman dastginamni qaqshatib, Bozordagi shoyilardan yaxshi etib, Nafisdan o’xshagan bo’zim yaxshidir. 2. Mavsum-marosim va urf-odat qo’shiqlari . Insonning yashash va hayot kechirish tarzi, yilning to’rt fasli, mehnat oylari, bayramlar, urf-odatlar, marosimlar, mavsumiy ish-harakatlar bilan bog’liq ravishda juda ko’p qo’shiqlar yaratilgan. Marosimlar, odatlar, turli-tuman bo’lganidek, bularga bag’ishlangan