logo

Milliy mafkuraning – Xalq farovonligi g’oyasini xalq qalbi va ongiga singdirishda mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usul va vositalari.

Yuklangan vaqt:

29.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

28.732421875 KB
Milliy mafkuraning – Xalq farovonligi g’oyasini xalq qalbi va ongiga
singdirishda mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usul va vositalari.
Reja.
1. Xalq   tushunchasi.   Farovonlik   tushunchasi   va   uning   ijtimoiy-falsafiy
talqini. 
2. Xalq farovonligi g’oyasi tushunchasi, uning mazmuni va mohiyati. 
3. Xalq   farovonligi   g’oyasini   amalga   oshirishdagi   asosiy   vazifalar.
Ommaviy madaniyat” tushunchasining ma’no-mazmuni .  O’zbek   xalqi   azaldan   tinchliksevar   xalq.   «...Unga   birovning   yeri   kerak   emas.
Mabodo   qo’liga     qurol   olguday     bo’lsa,   faqat   o’zini   himoya   qilish   uchungina
oladi» 1
. Yurtda  tinch  va  osoyishta  yashash     o’zbekning  mentalitetiga xos  bo’lgan
xususiyatdir. Odatda, yurt deganda   birinchidan , ma’lum xalq, aholi yashab turgan
joy,     o’lka,   mamlakat,   vatan;   ikkinchidan   esa   biror   mamlakat   yoki   o’lkada
yashovchi xalq, el, aholi  tushuniladi 2
. Huddi shu ma’noda o’zbeklar yurti deganda
o’zbek   xalqi   yashayotgan     mustaqil   O’zbekiston     mamlakatini   tushunmoq   kerak.
Yurt   so’zidan   yurtboshi,   yurtgarchilik,   yurtdosh,   yurtfurush   degan   iboralar   kelib
chiqqan. Bunda    yurtboshi   deganda el-yurt  boshlig’i, sardori, hukmdori, oqsoqali
tushuniladi.   Bu   so’z   bugungi   kunda   O’zbekiston   Respublikasining   Prezidentiga
nisbatan   hurmat   ma’nosida   qo’llanilmoqda.   Shuningdek   yurtgarchilik   deganda
yurtda   bo’ladigan   turli   taomil,  munosabat,   urf-odatlar;   yurtdosh   deganda   esa     bir
yurtda   yashovchi   yoki   yashagan   kishilarning   har   biri,bir   –biriga   nisbatan   bo’lgan
munosabati   tushunilsa;   yurtfurush   deb   o’z   yurti   yoki   vataniga   xiyonat   qiluvchi,
vatanfurush,   xoinlarga     aytiladi.   Demak,   yurt   tushunchasi   keng   qamrovli     bo’lib,
kishilarda o’zining kindik qoni to’kilgan joyni teran anglatish uchun ishlatiladi.
Tinchlik     tushunchasi,   uning   mohiyati   va   tabiati.   Insoniyat   paydo   bo’libdiki,
uning aqli zukko vakllari doimo tinchlik uchun kurashib kelmoqdalar. Tinchlikda
hosiyat   katta.Chunki   u   har   qanday   shaxs,elat,millat   va   jamiyatning   mavjudlik
sharti,   kelgusidagi   taraqqiyotining   asosiy   omili   hisoblanadi.   «Tinchlik»   so’zi
odamlarning kundalik hayotida 1) g’ala-g’ovur, shovqin-suron   kabilardan xolilik;
2)   kishini   bezovta   qilmaydigan   osoyishtalik;   3)   urish-janjalsiz   hamma   narsa
me’yorida,   joyida   bo’lishlilik;   4)   urush,   o’zaro   ziddiyatli   to’qnashuvlardan   xoli
bo’lgan     sharoit   degan   ma’nolarni   anglatish   uchun   ishlatiladi   3
.     Shunday   qilib
tinchlik   bu   har   bir   inson,   elat,   millat,   xalq   va   davlatlarning   hayoti   faoliyatiga
salbiy   ta’sir   ko’rsatmaydigan,   ularni   har   xil   yomonliklar   bilan   bezovta
qilmaydigan   betashvish,   urish-janjallarsiz   osoyishta   yashashlari   uchun     to’s-
1
  Каримов И.А. Тарихий  хотирасиз  келажак  йўқ // Унинг ўзи:   Б.143.
2
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати.Ж.5. – Т.,200.– Б.93.
3
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати.Ж.4. – Т.,2008.– Б.104 – 105. to’polonlardan, o’zaro ziddiyatli to’qnashuvlardan, katta-kichik urushlardan   xoli
bo’lgan sharoitdir.
       O’zbek xalqi   tinchlikni yuksak qadrlaydi, uni o’z orzu-intilishlari, maqsad-
muddaolari     ro’yobga   chiqishining   sharti   deb   biladi.   Shuning   uchun   ham   doimo
Yaratgandan tinchlik va omonlik tilaydi.    Islom Karimov tinchlikning hozirgi  va
kelajak   hayotimiz   uchun   ahamiyatini   quyidagicha   ta’riflaydi:   «Biz   -   Sharq
farzandlarimiz.   Sharq   mamlakatlarining   qayeriga   bormang,   odamlar   bir-biri
bilan uchrashganda, avvalambor, «Assalomu alaykum!» deyishadi. Ushbu kalom
arabchadan olingan bo’lib,   «Sizga tinchlik yor bo’lsin» degan ma’noni anglatadi.
«Salom»,   ya’ni   «tinchlik»   so’zi   Qur’oni   Karimda   40   marta   uchraydi.   Bu
muqaddas kitobning oyatlaridan bi rida shunday deyiladi: «Mehribon Parvardigor
tomonidan  odamlarga olqish ma’nosida «tinchlik» so’zi aytilur» 4
.
        Ko’rinib   turibdiki,   har   bir   inson   uchun   yurt   tinchligi     bebaho   ne’mat,   ulug’
saodatdir.   Bashariyat   o’z   taraqqiyotining   barcha   bosqichlarida,   avvalo,   tinchlik-
totuvlikka   intilib   kelgan.   Yurt   tinchligi   -   barqaror   taraqqiyot   garovi.   Tinchlikni
saklash   va   mustahkamlash   masalasi   umumbashariy   muammodir.   Insoniyat
taraqqiyo tining   barcha   bosqichlarida   jamiyatning   asosiy   masalalari,   birinchi
navbatda, tinchlik-totuvlik holatidagina samarali   hal etilgan. Shu boisdan ham yurt
tinchligi - barqaror ta raqqiyot garovidir. Tinchlikni saklash muammosini o’z-o’zidan
kishilarning xohish-istagi, orzu-umidlari bilan hal qilib   bo’lmaydi. Insoniyat uchun
muqaddas bu qadriyatga doimo izchil  va qat’iy harakatlar tufayligina erishilgan.
Urush   tushunchasi   va   uning   mazmun-mohiyati.   Tinchlikning     dushmani
urushdir. Urush   oddiy ma’noda inson,elat,millat,xalq va davlatlarni  o’z girdobiga
tortish oqibatida ularni halokatga olib keluvchi vahshiyona hatti-harakatdir. Ijtimoiy
falsafiy   ma’noda     urush   deb   davlatlar   yoki   ijtimoiy   guruhlar   o’rtasida   ularning
iqtisodiy va siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun olib boradigan uyushgan
tarzdagi   qurolli   kurash,jang,to’qnashuvlariga,   yurgizayotgan   siyosatlarini   zo’rlik
vositalari bilan davom ettirishlariga aytiladi. 
4
      Kishilik tarixidan shu narsa ma’lumki, bosqinchilik harakatlari, milliy, diniy va
boshqa   nizo lar   oqibatida   urushlar   olib   borilishi   ming   yillar   mobay nida   jamiyat
taraqqiyotiga   to’sqinlik   qilib   keldi.   O’tgan   besh   ming   yilda   insoniyat   15   mingdan
ortiq urushni boshidan ke chirdi. XX asrdagi ikkita jahon urushida 60 mln. kishi halok
bo’ldi.   Afsuski,   bu   illatdan   insoniyat   hanuzgacha   to’la   qutu lish   imkoniga   ega
bo’lmayapti.   Urush   va   nizo,   beqarorlik   va   buzg’unchilik   g’oyalari,   har   qanday
g’oya   singari   avvalo,   ba’zi   insonlar   miyasida   paydo   bo’lib,   so’ngra   ma’lum   bir
guruhlar   ongiga   singgach,   amaliyotga  o’tadi.  Xudsi   shunday   fashizm   ham,   avvalo,
Mussolini   va   Gitler   kabilar   ongida   paydo   bo’lgan,   so’ngra   o’z   ortidan   odamlarni
ergashtirib ne-ne balolarga sabab  bo’lgan edi.
O’zbek   xalqi   tinchlikni   yuksak   qadrlaydi   hamda   uni   o’z   orzu-umidlari,   oliy
maqsadlari   ro’yobga   chiqishining   kafola ti,   deb   biladi.   Shu   boisdan   ham   bobo-
momolar duoga qo’l och ganlarida dastavval yaratgandan tinchlik-omonlik tilaydilar.
Xalqimiz   orasida   ham   «tinchlik   bo’lsa,   har   qanday   maqsadga   erishish   mumkin»,
degan tushuncha keng tarqalgan.
Yurt tinchligi g’oyasini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari.  Yurt tinchligi
g’oyasini amalga oshirish uchun quyidagi bir qator: 
1)   mamlakatimizning   hududiy   bo’linmasligi   va   sarhadlarining   daxlsizligini
qonuniy yo’l bilan uzluksiz ravishda ta’minlab borish ishlarini kuchaytirish;
2)   mamlakatimizning   mustaqilligi   va   davlat   hokimiyatining   suverenitetini
himoya   etuvchi   huquqni   muhofaza   qiluvchi   organlar   va   qurolli   kuchlarimizning
jangovar shayligini oshirish va takomillashtirish;
3)   yoshlarni   vatanparvarlik   va   fidokorlik     ruhida   tarbiyalash   ishlarini   zamon
talablari darajasida olib borish;
4)   mamlakatimiz   aholisining   fuqarolik   burchi   va   Vatanga   sadoqat   tuyg’usini
yanada oshirish;
5) jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishni izchil yo’lga qo’yish;
6)   mustaqillikni   mustahkamlash   va   rivojlantirish   yo’lida   birlashish   ishlarini
takomiliga yetkazish kabi ishlarni amalga oshirish zurur bo’ladi. Yurt tinchligi - Vatan ozodligi va istikloli bilan cham barchas bog’liq. Birovga
qaram xalq hyech qachon erkin va faro von yashay olmaydi. Shuning uchun ham
mamlakatimiz Konstitu siyasida Vatan himoyasi, yurt tinchligi uchun kurashish har
bir   fuqaroning muqaddas burchi ekani qayd etib qo’yilgan. Xalqimizning tinch va
osoyishta   yashashi,   oydin   kelajagi   Vatan,   yurt   takdiri   bilan   bog’liq.   Shuning
uchun bugungi kunda har bir  fuqaro yurtim tinch - men tinch, elim to’q bo’lsa,
men ham  to’qman. Elimning boshiga kulfat kelsa, mening boshimga ham  tegirmon
toshi   tushadi,   demak,   yurtim   men   uchun,   men   esa   yurtim   uchun   javobgarman,
o’zimni, o’z uyimni o’zim asramog’im darkor,   degan  haqiqatni  shior  qilib  olishi
lozim.
Yuksak   ma’naviyat,   siyosiy   madaniyat,   millatning   g’oyaviy   va   mafkuraviy
yetukligi   -   yurt   tinchligini   sakdashning   muhim   omilidir.   Xalqimiz   uchun
muqaddas   bu   g’oya   jamiyatdagi   turli cha   fikr   va   qarashga   ega   bo’lgan   barcha
kuch   va   harakatlarni   birlashtirishga   va   shu   orqali   milliy   hamjihatlikni   mus-
tahkamlashga xizmat qiladi.
Xalq     farovonligi     g’oyasi ni     g’oyasini     xalq   qalbi   va   ongiga   singdirishda
mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usul va vositalari.
Xalq   tushunchasi.   Har   bir   mustaqil   mamlakatda   yashayotgan   xalq   farovon
turmush  kechirishni istaydi va bu istakni amalga oshirishga harakat  qiladi. «Xalq»
so’zi   arabchadan   o’zbek   tiliga   kirib  kelgan   bo’lib   lug’aviy   jihatdan  «yaratish,   ijod
qilish,   yaratilgan   jonzot     va   odamlar»   degan   ma’nolarni   bildiradi.   Kishilarning
kundalik   hayotida   esa   bu   so’z:   1)   odamlar;   2)   qabila,   elat,   millat;   3)   muayan     joy
aholisi;   4)   biror   joyga   to’plangan   odamlar   xaloyiq,   olomon;   5)   kasb,   mashg’ulot,
toifa,   yoki   jinsga   mansub   kishilar   guruhini   bildiruvchi   so’z;   6)   umum   tomonidan
e’tirof etilgan muassasalar, lavozim va unvonlarni ifodalash uchun ishlatiladi 5
.       
Demak,   xalq     deganda   muayyan   joyda   yashayotgan     odamlar,   elat,   millatlar
tushuniladi.   Shunga   ko’ra   «O’zbekiston   xalqini,   millatidan   qat’iy
nazar,O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi» 6
.
5
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати.Ж.4. – Т.,2008.– Б.381 – 382. 
6
  Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон,2012. – Б.5. Farovonlik   tushunchasi.   Har   bir   inson   yashashi   uchun   moddiy   va   ma’naviy
ne’matlarning   mo’l-ko’l     bo’lishini     orzu   qiladi.   Shu   asnoda   farovon     turmush
kechirish uchun  tinmay mehnat qiladi,zaxmat chekadi.    
       «Farovon» so’zi forschadan o’zbek tiliga kirib kelgan bo’lib lug’aviy jihatdan
«mo’l,   juda   ko’p,   ortiq,   ziyoda»   degan   ma’nolarni   anglatgan     holda   odamlarning
kundalik   hayotda:   1)   har   jihatdan   to’la-to’kis   ta’minlangan,   hamma   narsasi   mo’l-
ko’l;     2)   ko’p   miqdorda   mavjud   bo’ladigan   -   serob;   3)   obod,   yashnagan,   baxtiyor
degan ma’nolarni ifodalash uchun ishlatiladi 7
. 
  Demak,   farovonlik    deb biron   bir kishi   turmushining, elat, millat va xalqning
erkinlikka     asoslangan     fidokorona     ijodiy     mehnati     tufayli   erishgan   to’kin-
sochinlik, mo’l-ko’lchilik, serfayz holatiga aytiladi.  
Xalq farovonligi g’oyasi tushunchasi,uning mazmun-mohiyati.
     Xalq farovonligi  g’oyasi  deb muayyan  mamlakatda  istiqomat qilayotgan har
bir   inson,   oila,   elat,   millat,   xalqning   erkinlik,   tadbirkorlik,   tashabbuskorlik     bilan
mehnat   qilishlari   asosida     to’kin-sochinlik,   mo’l-ko’lchilik,   serfayz   turmush
kechirish holatiga erishishini ta’minlashga  qaratilgan  fikrlar  majmuiga  aytiladi.  
Mustaqillik   sharofati   tufayli   mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan
islohotlarning   oliy   maqsadi   -   xalqimizga   munosib   turmush   sharoiti   yaratishdan
iborat.   O’zbekistonda   barpo   etilayotgan   jamiyatning   iqtisodiy   asosi   -   ijtimoiy
yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyotidir.   Bu gungi   dunyodagi   ko’p   mamlakatlar   aynan
shu   yo’l   bilan   taraqqiy   etib,   o’z   xalqining   farovonligani     ta’minlashda   o’rnak
bo’lmoqda.   O’zbekiston   ham   xuddi   shunday   oqilona   yo’lni   tanladi.   Bugui
yurtimizda   amalga   oshirilayotgan   islohotlar   shunchaki   islohot   uchun emas,  aynan
inson   uchun,   uning   farovon   hayoti   uchun   xizmat   qiladi.   Jamiyatimizda   amalga
oshirilayotgan   har   qanday   yangilanish,   o’zgarishning   mohiyatida   ana   shunday   ezgu
maqsad yotgani  barchamizga g’ayrat-shijoat baxsh etadi.
Bunda shuni  unutmaslik kerakki, sobiq sho’ro tuzumi odamlar  ongiga barcha
falokatlarning   sababi   -   xususiy   mulkdadir,   degan   g’oyani   singdirib,   soxta
tenglikni   qaror   toptirmoqchi   edi.   Oqibatda   ishlama gan  odam   ishlagan   odamdan
7
 Ўзбек тилининг изоҳли луғати.Ж.4. – Т.,2008.– Б.330 – 331.  yaxshiroq   yashay   boshlagan   edi.   Hatto   sovet   kishisining   o’zi   ham   davlat
mashinasining   murvatiga   aylantirilgan   edi.   Mehnatga   haq   to’lashdagi   adolatsizlik
boqimandalik   kayfiyatini,   ishlab   chiqarishdagi   isrofgar chilikni,   tashmachilikni
kuchaytirdi.   Afsuski,   o’sha   davrdan   meros   bo’lib   kelayotgan   «Davlat   bor,
hammani   boqadi»   degan   kayfiyat   ayrim   kishilar   ongida   hanuzgacha   yashab
kelmokda.  Bugun ham ma’lum kishilar ish axtarish, o’z aravasini o’zi  tortish, yangi
kasb   egallash   o’rniga   turli   idoralardan   moddiy   yordam   so’rash   bilan   ovora,
holbuki,   davlat   hammaga   te kin   mol   ulashadigan   korxona   emas.   Buni   anglab
yetmaganlar     «Bersang   -   yeyman,   ursang   -   o’laman»   qabilida   loqaydlik   bilan
hanuz   harakat   qilish   o’rniga   bir   chetda   tomoshabin   bo’lib   turibdi.   Odatda
mustabid   tuzumlar   xalq   farovonligidan,   uning   boyib   ketishidan   manfaatdor
bo’lmaydi.   Sovet   tuzumi   ham   ommani   sun’iy   ravishda   turmush   tashvishlariga
botirgan   edi.   Haqiqatan   ham,   kun   ko’rish   mashaqqatidan   boshi   chiqmagan   xalq
obyektiv narsalar xususida o’ylashga, fikr lashga imkon topolmay qoladi. Sho’rolar
ham   shu   tariqa   o’zla ri   yuritgan   siyosatni   tanqid   qilishga   qodir   ijtimoiy-siyo siy
oqimlar   paydo   bo’lishining   oldini   olishga   uringan.   Lekin   eski   tuzumning   barcha
urinishlari bekor ketdi, u oxir- oqibatda o’z o’zini yeb tugatdi.
            O’zbekiston   istiklolga  erishgan   dastlabki   kunlardanoq   yakka   davlat   mulki
hukmronligini rad etib, mulk shakllari xil ma-xilligiga, jumladan, xususiy mulkka
keng yo’l ochdi. Bu gungi kunda mamlakatimizda mulkdorlar sinfi shakllanmoq da.
Mulksiz   odam   o’ziga   ham,   o’zgaga   ham,   jamiyatga   ham   ko’p   foyda   keltira
olmaydi. Endi qashshoqlik bilan maqtanish, uni pesh qilib, imtiyoz so’rash zamoni
o’tib   ketdi.   Aksincha,   tadbirkorlar,   mulkdorlar   zamoni   boshlanmoqda.   Biz   endi
raqo batsiz   o’sish,   yuksalish,   taraqqiyot   bo’lmasligini   anglab   yet dik.   Lekin,   to’rt
muchasi   but,   rangli,   aqlli   va   faol   odamning   kambag’al   yashashi   uyat   sanaladigan
davr kelganini hali hamma  ham anglab olgani yo’q.
Bugungi kunda farovon turmush asosi - erkinlik, tadbir korlik, tashabbuskorlikdir.
Bu   haqiqatni   odamlar   ongiga   singdirish,   keng   aholi   qatlamlarining   islohotlar
mohiyatini anglab yetishiga va uning faol ishtirokchisiga aylanishiga erishmog’imiz
darkor.   Buning   uchun   esa   ularning   dunyoqarashi ni,   hayotga,   mehnatga,   yerga munosabatini   tubdan   o’zgartirish   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Iqtisodiyot   o’tgan
tuzumda   ayrim   mutaxassislarning   ishi   bo’lsa,   bugun   umumxalq,   umumjamiyat ning
manfaatiga daxldor masala bo’lib qoldi. Butun xalq   yangi iqtisodiy tafakkur bilan
qurollanmokda. Bizning mul kka, mehnatga munosabatimiz tubdan o’zgara boshladi.
Miya mizga   singib   qolgan   «davlat   mulki»   degan   tushuncha   yoniga   bu gun   xususiy
mulk, paychilik jamiyatlari, shirkat, fermer,   oila pudrati degan yangi tushunchalar
qo’shildi. Mamlakati mizda istiklol yillarida o’ta markazlashgan va yakkahokim lik
asosiga   qurilgan,   o’zini   oqlamagan   tizimga   barham   be rildi.   Tadbirkorlik
faoliyatining erkinligi uchun konsti tusiyaviy,  huquqiy va iqtisodiy shart-sharoit  va
kafolatlar   yaratildi.   Mulkdorlar   sinfini   shakllantirish,   ularning   huquqini
mustahkamlash,   nufuzini   oshirish   va   kafolatlash   borasida   sezilarli   ishlar   amalga
oshirildi.
Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag’batlantirish, odam larda mulkka egalik hissini
tarbiyalash,   kichik   va   o’rta   korxonalarni   izchil   rivojlantirish,   aholi   farovonligi   va
da romadlarining   ortishida,   ishsizlik   muammosini   yechishda   muhim   ahamiyat   kasb
etmokda.   Bugungi   kunda   xalqimizda   mulkka   egalik   hissini   shakllantirish,   uning
xo’jalik yuritishning  zamonaviy usullarini o’zlashtirishiga erishish, unda o’z kuchi ga
ishonch tuyg’ularini kamol toptirish milliy islohotlar ning eng ustuvor vazifalaridan
biridir.
Xalq   farovonligi   g’oyasini   amalga   oshirishdagi   asosiy   vazifalar.   Mazkur
bunyodkor g’oyani amalga oshirishdagi  asosiy vazifalar quyidagilardan iborat. 
  1.   Mamlakatimizda   o’tkazilayotgan   barcha   turdagi   isldog’otlarni   bosqichma-
bosqich   amalga   oshirish.   Bunda   “islohot   –   islohot   uchun   emas,islohot   xalq
farovonligini ta’minlash uchun” degan tamoyilga og’ishmay amal qilish.
  2. Bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish,uni adolatli tarzda xalq
farovonligini ta’minlashning amaliy mexanizmiga aylantirish.
3.   Har   bir   fuqaroda   mulkka   egalik   hissini   tarbiyalash.Egalik   hissining   xalq
farovonligini   ta’minlashdagi   asosiy   tejamkor   omil   ekanligini   yoshlarning   ongiga
singdirish. 4.   Zamonaviy   usullar   bilan   xo’jalik   yuritish.Bunda   asosiy   e’tiborni   kam
chiqimli,ekologik   toza   mahsulotlarni   ishlab   chiqarishda   yangi   zamonaviy
texnologiyalardan  unumli foydalanishga qaratish ishlarini yo’lga qo’yish.
5. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash.
6.   Kuchli   ijtimoiy   himoya   siyosatini   farovon   hayotning   asosiy   shartiga
aylantirish.
7. Turmushga yangicha munosabatni shakllantirish. Oilada tejamkorlikni yo’lga
qo’yish,farzandlarni tejamkorlikka o’rgatish. 
  Bunda   mamlakatimizning   tabiiy   boyliklar,   yer   resurslari,     iqtisodiy   salohiyati
har  bir  fuqaroning ehtiyojlarini  qondirish,  o’zli gini   namoyon   etish   va   bunyodkorlik
qobiliyatini   ro’yobga   chiqarishning   asosiy   omillaridir.   Faqat   odamlar   mazkur
omillarga   nisbatan ongli munosabatda bo’lgandagina xalq farovonligini ta’minlash
orzudan   real   voqyelikka   aylanadi.   Bunga   qozoq   oqini   Abay   e’tirof   etib   aytgan
quyidagi   so’zlar   misol   bo’ladi.   «O’zbeklar   yetishtirmaydigan   va   mo’l   hosil
olmaydigan  ekinning  o’zi   yo’q,  yer   yuzida  o’zbek  sav dogarining oyog’i  yetmagan
joy   yo’q,   o’zbeklar   uddalay   olmaydi gan   ishning   o’zi   yo’q.   O’tkir   zehn,   mahorat,
abjirlik va tad birkorlik - bularning hammasi o’zbeklarga xos xususiyatdir». Demak,
mehnatkash, mirishkor, ishning ko’zini biladigan O’zbekis ton xalqi o’z turmushini
o’z   qo’li   bilan   farovon   qilishga   qodir.   Har   qaysi   inson   va   oila   badavlat   bo’lsa,
jamiyat   va   davlat   ham   kuchli   va   qudratli   bo’ladi,   degan   haqiqatga   asos langan
bugungi   iqtisodiy   islohotlarimiz   yaqin   kelajakda,   albatta,   o’z   mevasini   beradi.
O’zbek xalqi farovon turmush kechiradi. Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati
1.     Mirziyoyev   SH.M.   Milliy   taraqqiyot     yo’limizni   qat’iyat   bilan   davom   ettirib,
yangi bosqichga ko’taramiz. 1-jild, Toshkent,”O’zbekiston”, 2017 yil.
2.   Mirziyoyev   SH.M.   Erkin   va   farovon   demokratik   O’zbekiston   davlatini
birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O’zbekiston”, 2017 yil.
3.   Mirziyoyev   SH.M.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   SHavkat
Mirziyoyevning   Oliy   Majlisga   murojaatnomasi.   “Xalq   so’zi”   gazetasi,   2017   yil,
23-dekabr, 2-bet.
4.  Mirziyoyev SH.M. Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni
yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. “Xalq so’zi” gazetasi, 2017
yil, 8-dekabr, 1-3 betlar. 
5.   Mirziyoyev   SH.M.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   “O’zbekiston
Respublikasini  yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi
farmoni. Toshkent, “Adolat”, 2018 yil.
6.     Mirziyoyev   SH.M.     Buyuk   kelajagimizni   mard   va   oliyjanob   xalqimiz   bilan
birga quramiz. T., O’zbekiston, 2017 yil.
7.     Mirziyoyev SH.M.   Qonun ustuvorligi   va inson manfaatlarini ta’minlash yurt
taraqqiyoti va xalq  farovonligining garovi. T., O’zbekiston, 2017 yil.
8.   Karimov I.A. Asarlar to’plami. 1-23 jildlar. -T.:“O’zbekiston”, 1996-2015 y.y.
9.   Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.:“Ma’naviyat”, 2008.
10. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. –T.:“O’zbekiston”, 2010. 
11.Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.:“O’zbekiston”,
2011.

Milliy mafkuraning – Xalq farovonligi g’oyasini xalq qalbi va ongiga singdirishda mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usul va vositalari. Reja. 1. Xalq tushunchasi. Farovonlik tushunchasi va uning ijtimoiy-falsafiy talqini. 2. Xalq farovonligi g’oyasi tushunchasi, uning mazmuni va mohiyati. 3. Xalq farovonligi g’oyasini amalga oshirishdagi asosiy vazifalar. Ommaviy madaniyat” tushunchasining ma’no-mazmuni .

O’zbek xalqi azaldan tinchliksevar xalq. «...Unga birovning yeri kerak emas. Mabodo qo’liga qurol olguday bo’lsa, faqat o’zini himoya qilish uchungina oladi» 1 . Yurtda tinch va osoyishta yashash o’zbekning mentalitetiga xos bo’lgan xususiyatdir. Odatda, yurt deganda birinchidan , ma’lum xalq, aholi yashab turgan joy, o’lka, mamlakat, vatan; ikkinchidan esa biror mamlakat yoki o’lkada yashovchi xalq, el, aholi tushuniladi 2 . Huddi shu ma’noda o’zbeklar yurti deganda o’zbek xalqi yashayotgan mustaqil O’zbekiston mamlakatini tushunmoq kerak. Yurt so’zidan yurtboshi, yurtgarchilik, yurtdosh, yurtfurush degan iboralar kelib chiqqan. Bunda yurtboshi deganda el-yurt boshlig’i, sardori, hukmdori, oqsoqali tushuniladi. Bu so’z bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining Prezidentiga nisbatan hurmat ma’nosida qo’llanilmoqda. Shuningdek yurtgarchilik deganda yurtda bo’ladigan turli taomil, munosabat, urf-odatlar; yurtdosh deganda esa bir yurtda yashovchi yoki yashagan kishilarning har biri,bir –biriga nisbatan bo’lgan munosabati tushunilsa; yurtfurush deb o’z yurti yoki vataniga xiyonat qiluvchi, vatanfurush, xoinlarga aytiladi. Demak, yurt tushunchasi keng qamrovli bo’lib, kishilarda o’zining kindik qoni to’kilgan joyni teran anglatish uchun ishlatiladi. Tinchlik tushunchasi, uning mohiyati va tabiati. Insoniyat paydo bo’libdiki, uning aqli zukko vakllari doimo tinchlik uchun kurashib kelmoqdalar. Tinchlikda hosiyat katta.Chunki u har qanday shaxs,elat,millat va jamiyatning mavjudlik sharti, kelgusidagi taraqqiyotining asosiy omili hisoblanadi. «Tinchlik» so’zi odamlarning kundalik hayotida 1) g’ala-g’ovur, shovqin-suron kabilardan xolilik; 2) kishini bezovta qilmaydigan osoyishtalik; 3) urish-janjalsiz hamma narsa me’yorida, joyida bo’lishlilik; 4) urush, o’zaro ziddiyatli to’qnashuvlardan xoli bo’lgan sharoit degan ma’nolarni anglatish uchun ishlatiladi 3 . Shunday qilib tinchlik bu har bir inson, elat, millat, xalq va davlatlarning hayoti faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydigan, ularni har xil yomonliklar bilan bezovta qilmaydigan betashvish, urish-janjallarsiz osoyishta yashashlari uchun to’s- 1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ // Унинг ўзи: Б.143. 2 Ўзбек тилининг изоҳли луғати.Ж.5. – Т.,200.– Б.93. 3 Ўзбек тилининг изоҳли луғати.Ж.4. – Т.,2008.– Б.104 – 105.

to’polonlardan, o’zaro ziddiyatli to’qnashuvlardan, katta-kichik urushlardan xoli bo’lgan sharoitdir. O’zbek xalqi tinchlikni yuksak qadrlaydi, uni o’z orzu-intilishlari, maqsad- muddaolari ro’yobga chiqishining sharti deb biladi. Shuning uchun ham doimo Yaratgandan tinchlik va omonlik tilaydi. Islom Karimov tinchlikning hozirgi va kelajak hayotimiz uchun ahamiyatini quyidagicha ta’riflaydi: «Biz - Sharq farzandlarimiz. Sharq mamlakatlarining qayeriga bormang, odamlar bir-biri bilan uchrashganda, avvalambor, «Assalomu alaykum!» deyishadi. Ushbu kalom arabchadan olingan bo’lib, «Sizga tinchlik yor bo’lsin» degan ma’noni anglatadi. «Salom», ya’ni «tinchlik» so’zi Qur’oni Karimda 40 marta uchraydi. Bu muqaddas kitobning oyatlaridan bi rida shunday deyiladi: «Mehribon Parvardigor tomonidan odamlarga olqish ma’nosida «tinchlik» so’zi aytilur» 4 . Ko’rinib turibdiki, har bir inson uchun yurt tinchligi bebaho ne’mat, ulug’ saodatdir. Bashariyat o’z taraqqiyotining barcha bosqichlarida, avvalo, tinchlik- totuvlikka intilib kelgan. Yurt tinchligi - barqaror taraqqiyot garovi. Tinchlikni saklash va mustahkamlash masalasi umumbashariy muammodir. Insoniyat taraqqiyo tining barcha bosqichlarida jamiyatning asosiy masalalari, birinchi navbatda, tinchlik-totuvlik holatidagina samarali hal etilgan. Shu boisdan ham yurt tinchligi - barqaror ta raqqiyot garovidir. Tinchlikni saklash muammosini o’z-o’zidan kishilarning xohish-istagi, orzu-umidlari bilan hal qilib bo’lmaydi. Insoniyat uchun muqaddas bu qadriyatga doimo izchil va qat’iy harakatlar tufayligina erishilgan. Urush tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. Tinchlikning dushmani urushdir. Urush oddiy ma’noda inson,elat,millat,xalq va davlatlarni o’z girdobiga tortish oqibatida ularni halokatga olib keluvchi vahshiyona hatti-harakatdir. Ijtimoiy falsafiy ma’noda urush deb davlatlar yoki ijtimoiy guruhlar o’rtasida ularning iqtisodiy va siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun olib boradigan uyushgan tarzdagi qurolli kurash,jang,to’qnashuvlariga, yurgizayotgan siyosatlarini zo’rlik vositalari bilan davom ettirishlariga aytiladi. 4

Kishilik tarixidan shu narsa ma’lumki, bosqinchilik harakatlari, milliy, diniy va boshqa nizo lar oqibatida urushlar olib borilishi ming yillar mobay nida jamiyat taraqqiyotiga to’sqinlik qilib keldi. O’tgan besh ming yilda insoniyat 15 mingdan ortiq urushni boshidan ke chirdi. XX asrdagi ikkita jahon urushida 60 mln. kishi halok bo’ldi. Afsuski, bu illatdan insoniyat hanuzgacha to’la qutu lish imkoniga ega bo’lmayapti. Urush va nizo, beqarorlik va buzg’unchilik g’oyalari, har qanday g’oya singari avvalo, ba’zi insonlar miyasida paydo bo’lib, so’ngra ma’lum bir guruhlar ongiga singgach, amaliyotga o’tadi. Xudsi shunday fashizm ham, avvalo, Mussolini va Gitler kabilar ongida paydo bo’lgan, so’ngra o’z ortidan odamlarni ergashtirib ne-ne balolarga sabab bo’lgan edi. O’zbek xalqi tinchlikni yuksak qadrlaydi hamda uni o’z orzu-umidlari, oliy maqsadlari ro’yobga chiqishining kafola ti, deb biladi. Shu boisdan ham bobo- momolar duoga qo’l och ganlarida dastavval yaratgandan tinchlik-omonlik tilaydilar. Xalqimiz orasida ham «tinchlik bo’lsa, har qanday maqsadga erishish mumkin», degan tushuncha keng tarqalgan. Yurt tinchligi g’oyasini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari. Yurt tinchligi g’oyasini amalga oshirish uchun quyidagi bir qator: 1) mamlakatimizning hududiy bo’linmasligi va sarhadlarining daxlsizligini qonuniy yo’l bilan uzluksiz ravishda ta’minlab borish ishlarini kuchaytirish; 2) mamlakatimizning mustaqilligi va davlat hokimiyatining suverenitetini himoya etuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va qurolli kuchlarimizning jangovar shayligini oshirish va takomillashtirish; 3) yoshlarni vatanparvarlik va fidokorlik ruhida tarbiyalash ishlarini zamon talablari darajasida olib borish; 4) mamlakatimiz aholisining fuqarolik burchi va Vatanga sadoqat tuyg’usini yanada oshirish; 5) jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishni izchil yo’lga qo’yish; 6) mustaqillikni mustahkamlash va rivojlantirish yo’lida birlashish ishlarini takomiliga yetkazish kabi ishlarni amalga oshirish zurur bo’ladi.

Yurt tinchligi - Vatan ozodligi va istikloli bilan cham barchas bog’liq. Birovga qaram xalq hyech qachon erkin va faro von yashay olmaydi. Shuning uchun ham mamlakatimiz Konstitu siyasida Vatan himoyasi, yurt tinchligi uchun kurashish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani qayd etib qo’yilgan. Xalqimizning tinch va osoyishta yashashi, oydin kelajagi Vatan, yurt takdiri bilan bog’liq. Shuning uchun bugungi kunda har bir fuqaro yurtim tinch - men tinch, elim to’q bo’lsa, men ham to’qman. Elimning boshiga kulfat kelsa, mening boshimga ham tegirmon toshi tushadi, demak, yurtim men uchun, men esa yurtim uchun javobgarman, o’zimni, o’z uyimni o’zim asramog’im darkor, degan haqiqatni shior qilib olishi lozim. Yuksak ma’naviyat, siyosiy madaniyat, millatning g’oyaviy va mafkuraviy yetukligi - yurt tinchligini sakdashning muhim omilidir. Xalqimiz uchun muqaddas bu g’oya jamiyatdagi turli cha fikr va qarashga ega bo’lgan barcha kuch va harakatlarni birlashtirishga va shu orqali milliy hamjihatlikni mus- tahkamlashga xizmat qiladi. Xalq farovonligi g’oyasi ni g’oyasini xalq qalbi va ongiga singdirishda mafkuraviy faoliyatni tashkil qilishning usul va vositalari. Xalq tushunchasi. Har bir mustaqil mamlakatda yashayotgan xalq farovon turmush kechirishni istaydi va bu istakni amalga oshirishga harakat qiladi. «Xalq» so’zi arabchadan o’zbek tiliga kirib kelgan bo’lib lug’aviy jihatdan «yaratish, ijod qilish, yaratilgan jonzot va odamlar» degan ma’nolarni bildiradi. Kishilarning kundalik hayotida esa bu so’z: 1) odamlar; 2) qabila, elat, millat; 3) muayan joy aholisi; 4) biror joyga to’plangan odamlar xaloyiq, olomon; 5) kasb, mashg’ulot, toifa, yoki jinsga mansub kishilar guruhini bildiruvchi so’z; 6) umum tomonidan e’tirof etilgan muassasalar, lavozim va unvonlarni ifodalash uchun ishlatiladi 5 . Demak, xalq deganda muayyan joyda yashayotgan odamlar, elat, millatlar tushuniladi. Shunga ko’ra «O’zbekiston xalqini, millatidan qat’iy nazar,O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi» 6 . 5 Ўзбек тилининг изоҳли луғати.Ж.4. – Т.,2008.– Б.381 – 382. 6 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон,2012. – Б.5.