XARAKTER TUZILISHI VA XUSUSIYATLARI
XARAKTER TUZILISHI VA XUSUSIYATLARI Reja: 1. Xarakter haqida tushuncha. 2. Xarakterning fiziologik asoslari. 3. Xarakterning tuzilishi. 4. Xarakterning tarkib topishi. 5. Xarakter tipologiyasi. 6. Xarakter aktsentuatsiyasi. 7. Xarakter tarkibi. 8. Xarakterning shakllanishi
Xarakter haqida tushuncha. Ma`lumki har bir odam har qanday boshqa odamdan o`zining individual xususiyatlari bialan ajralib turadi. Hayotda bunday farqlar kishining xarakteri bilan bog`liq deb tushuntiriladi. «Xarakter» - grekcha so`zdan olingan bo`lib, aynan tarjima qilganda "bosilgan tamg`a", "muhr" ma`nosini anglatadi. Psixologiyada xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan faoliyat usullarida nomoyon bo`ladigan, tipik sharoitlarda yuzaga chiqadigan va shaxsning bu sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan individual psixik xususiyatlar yig`indisi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, xarakterning har bir xislati tegishli tipik sharoitlardagina nomoyon bo`ladi. Buni shuning bilan tushuntirish mumkinki, xarakterning har bir xislatida odamning ma`lum sharoitlarga, voqealarning ma`lum tomonlariga bo`lgan munosabati ifodalanadi. Shu sababli bir o`quvchining o`zi o`zini turli sharoitlarda turlicha tutishi mumkin. Maktabda qurqoq, ikkilanuvchi, uyda chaqqon, dilkash, g`ayratli, mehmonda vazmin, o`ychan va h.k. Xarakter tug`ma bo`lmaydi. Faqat layoqat nishonalari tug`ma bo`lishi mumkin, ular nerv tizimining xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Xarakter esa muayyan jamiyat a`zosi bo`lgan kishining hayoti va faoliyati jarayonida tarkib topadi. Xarakter shaxsning individual xususiyatidir. Xarakterlari mutlaqo bir xil bo`lgan ikki kishini topib bo`lmaydi, lekin ayrim kishining xarakteridagi ko`p narsalar bir guruh kishilar uchun yoki hatto butun jamiyat uchun tipik bo`lishi mumkin. Jamiyat a`zosi bo`lgan kishining voqelikka bo`lgan munosabatida vujudga keladigan va uning xulq-atvori hamda hatti-harakatida ta`sir qoldiradigan muhim, barqaror psixik xususiyatlarning majmui xarakter deyiladi. Odam harakatlarining sifati va usullari faqat shaxsning munosabatlarigagina bog`liq bo`lmay, balki iroda, hissiyot, diqqat, aqliy xususiyatlarga, ya`ni psixik xususiyatlarning individual xususiyatlariga ham bog`liq. Shuning uchun ham kishi faoliyatida qanday psixik jarayonlar ustun
turishiga qarab xarakter xususiyatlarini intellektual, emosional va iroda xususiyatlariga ajratish mumkin. Xarakterning ko`p xislatlari odamning hatti-harakatini belgilab beruvchi chuqur va faol mayllar hisoblanadi. Ma`lumki turli kishilarning xarakteri turlicha. Shu sababli ham bir xil sharoitlarda, aynan bir xil maqsadga intiluvchi kishilar shu maqsadga erishish uchun zarur bo`lgan harakatning turli usullariga moyil bo`ladilar. Bu erda xarakter xislatlari undovchi kuch sifatida nomoyon bulayapti. Odam xarakter xislatlarining undovchilik kuchi sifatida yuzaga chiqishi ta`siri ostida ko`pincha ob`ektiv sharoitga zid va maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qo`llaydi. Odam ba`zida o`z xarakteridan o`zi xafa bo`lib ketadi, ammo boshqacha harakat qila olmaydi. Maqsadga nomuvofiq, lekin odam uchun xarakterli bo`lgan harakat usullarini tanlashga moyillik katta irodaviy zo`r berishlar sharoitida, jiddiylik (stress) vaziyatlarida xususan aniq nomoyon bo`ladi. Shuning bilan birga, agar odam uchun xarakterli bo`lgan harakatlar usuli mazkur sharoitda maqsadga muvofiq bo`lsa, unda u o`z xarakteriga mos kelmaydigan, bir qolipdagi, stereotip harakat usullaridan majburiy foydalanish hollariga qaraganda ancha ko`p kuch- quvvat, qait`iylik va mehnatga qobiliyatlilik talab qiladi. Shunday qilib, agar xarakter xislatlari ob`ektiv sharoitlar talabiga qarshi harakat qilishga undaydigan bo`lsa, odamning xarakter xislatlari o`ziga xalaqit berishi mumkin. Aksincha bo`lsa kishi ijodiy ish qila oladi, o`z kuchlaridan samarli foydalana oladi. Xarakterning fiziologik asoslari Xarakterning nomoyon bo`lishi va uning tarkib topishiga juda ko`plab omillar ta`sir qiladi. Shu sababli xarkterning fiziologik asoslari haqida taxminan xulosa chiqarish mumkin. Pavlov maktabi fiziologlarining o`tkazgan tajribalari shuni ko`rsatdiki, turli qo`zg`atuvchilar ta`siri ostida turlicha shartli bog`lanishlar hosil bo`ladi. Shunday nisbatan turg`un shartli bog`lanishlar majmuasi DINAMIK
STEREOTIPNI tashkil qiladi. Xarakter xislatlarining shakllanishi mexanizmi ko`proq ana shu dinamik stereotipnining hosil bo`lishi bilan tushuntiriladi. Ikkinchi tomondan xarakter xususiyatlarining yuzaga chiqishi nerv tizimining umumiy tipiga, uning xususiyatlariga bog`liq. Chunonchi, sust nerv tizimiga ega o`quvchilarning yaxshi tanigan o`rtoqlari doirasi tor, kam sonli bo`ladi. Ular kam tashabbus ko`rsatadilar. Qiyinchilik bilan tanish orttiradilar. Aksincha, harakatchan nerv tizimiga ega bo`lgan o`quvchilar odamlar bilan munosabatda faol, kirishuvchan bo`ladilar. O`qish, sport, mehnat faoliyatlarida harakat usullarining individual farqlari ham shu xil ta`sir ostida paydo bo`lishi aniqlangan (B.M.Teplov, V.S.Merlin, E.A.Klimov). Sizga ma`lumki, nerv tizimining umumiy xususiyatlari temperamentning ham asosidir. Demak, TEMPERAMENT TIPI xarakterning individual o`ziga xos xususiyatlarining paydo bo`lishidagi muhim psixologik sharoitlardan biridir. Xarakterning tuzilishi Odam xarakteri turli xususiyatlarning tasodifiy yig`indisidan iborat emas. Xarakterning xususiyatlari bir-biri bilan bog`liq, bir-biriga tobe yaxlit tizimni tashkil qiladi. Mana shunday yaxlit tizim xarakter tuzilishi (strukturasi) deyiladi. Shu sababli kishining xarakterning bir qanchasini bilgan holda uning xarakterining hali bizga ma`lum bo`lmagan (nomoyon bo`lmagan) boshqa xususityalari haqida ham fikr yurita olamiz. Turli odamlarda turlicha xarakter xususiyatlarining tizimi (simptomokomplekslar). Psixologiya fanida kishining atrofdagi voqelikka munosabati nuqtai- nazaridan xarakter xususiyatlarining quyidagi tizimi guruhlari farqlanadi; 1.Shaxsning umumiy psixik tuzilishini (uning maslagini) ifodalaydigan xususiyatlar: g`oyaviylik, maqsadga intiluvchanlik, halollik, vatanparvarlik, mardlik, adolatga ishonish, faollik, intizomlilik. 2.Shaxsning boshqa odamlarga munosabatini ifodalovchi xususiyatlar- jamoalilik, insonparvarlik, sezgirlik, saxiylik, samimiylik, hurmat-ehtirom. Bularga
qarshi: pismiqlik, beparvolik, toshbag`irlik, ichidan pishganlik, dag`allik, kishilarga nafrat bilan qarash. 3.Kishining o`z-o`ziga qanday munosabatda bo`lishi haqida guvohlik beradigan xususiyatlar - kamtarlik, mag`rurlik, uyatchanlik, jizzakilik, xudbinlik, egotsentrizm (o`z shaxsi, o`zining kechinmalari bilan band bo`lish, o`zini hamisha o`z diqqat markazida tutish). 4.Shaxsning mehnatga, o`z ishiga munosabatini ko`rsatuvchi xususiyatlar - qat`iyatlik, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, ijodga ishtiyoq, ishdagi halollik. 5.Kishining narsalarga munosabatini xarakterlovchi xususiyatlar - puxtalik- beparvolik, qimmatli narsalarni behuda sarf qilish yoki tejash (kimniki bo`lishidan qat`iy nazar). Xarakterning ayrim xususiyatlari shaxsning ijobiy xususiyatlari, boshqalari esa salbiy xususiyatlari bo`ladi. Shu narsani esda tutish kerakki, kishilarga bo`lgan mehr-muhabbatni yaxshi, nafratni yomon deb bo`lmaydi. Hamma narsa kimni yaxshi ko`rish va kimdan nafratlanishga bog`liq. Xarakterning xususiyatlari orasidagi bog`liqdan kelib chiqqan holda muhim pedagogik xulosa chiqarish mumkin. Xarakterning ayrim xususiyatlarini alohida, ajralgan holda tarbiyalab bo`lmaydi. Xarakter xususiyatlarining butun tizimini tarbiyalash lozim. Ammo xarakterning bir butunligi mutlaq emas. Shaxsda xarakterning markaziy, asosiy munosabatlarni belgilab beruvchi xususiyatlar mavjud. Tarbiya jarayonida ana ana shu asosiy xususiyatlarini shakllantirishga e`tibor berish lozim. Xarakterning ijobiy xususiyatlari orasida axloqiy xususiyatlar, hamda irodaviy xususiyatlar muhim o`rin egallaydi. Kishi xarakterining barcha xususiyatlari bir-biri bilan bog`langandir, shuning uchun ham xarakter muayyan darajada barqarorligi bilan ajralib turadi. O`z xarakterini o`zgartirish, salbiy xususiyatlardan xalos bo`lish va o`zida ijobiy xususiyatlarni tarbiyalash - murakkab vazifa bo`lsa ham, lekin amalga oshirib bo`ladigan vazifadir. Buning uchun avvalo o`z ustida ishlashni, xarakterni tarbiyalash (agar lozim bo`lsa) qayta tarbiyalash ustida ishlashni qat`iy va keskin