XIRURGIK INFEKSIYA TO’G’RISIDA TA’LIMOT
X IRURGIK INFEKSIYA TO’G’RISIDA TA’LIMOT. Reja : 1. Qo’llar terisini ng tuzilishi va biologik xususiyatlari to’g’risida qisqacha ma’lumot. 2. Qo’lni opersiyaga tayyorlash asoslari mexanik tozalash, kimyoviy dezinfeksiya va qotirish. Xirurgik qo’lqoplarni qo’llash. 3. Operasiya maydoncha si ni tayyorlash asoslari va shilliq pardalarni dezinfeksiyasi. 4. Hayvonlarni operasiyaga tayyorlash va ishlab chikarish sharoitida xirurgik ishni tashkil qilish.
Ko’p tekshirishlarga asoslanib shu narsa aniklandiki, odam terisi doim mikroorganizmlar manbai bo’lib keladi. Ular asosan terida joylashgan notekisliklar, ajinlar, teri va yo g’ bezlari, tuklar piyozchalarida joylashadi. Terini yuzasi epidermis qavati bilan qoplangan , u mu h im va murakkab b o’ lib, tana va asosiy terini tash q i mu h itdan h imoya qiladi. Epidermis qatlami doimo n o bud b o’ lib yana yangilanib t u radi. Keyingi qatlam teri asosi yoki chin teri derma, u biriktiruvchi to’qimadan xosil bo’lgan, unda teri bezlari (yog’ va ter) qon, limfa tomirlar, nerv tolalar i , reseptolar va tuklarni ildizi joylashadi. Undan ke y in osti qavati joylashgan , u s i yrak biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan, terini tashqi kavati yog’ bilan qoplangan , u triglesirin va yog’ kislotalar i aralashshmasidan tashkil topgan. U epidermisni quruq xavoda qur i shdan, namlikda esa maserasiyadan saqlaydi, shuning uchun normal h olatda qo’lning terisi elastik va infeksiyaga qarshi mustaxkam bo’ladi, Terining yog’i, yog’ bezlaridan ishlab chiqariladi, ular ayniqsa qo’lni ng kaftini orqa tarafidan k o’ proq joylashshgan. Ter bezlari - terni ishlab chiqaradi u bilan organizmdan keraksiz moddalar chiqariladi, uni xar doim ishlab chiqarilishi terini namligini va yumshoqligini saqlab turadi. Ular ayniqsa kaftda ko’p joylashgan 1 sm – 1000 gacha va bir sutkada 65 to 800 gr ter ishlab chiqaradi. Mikroblar faqat teri yuzasida emas, balki yog’ va ter bezlari y o’ llarida h am joylashadi, ular ichida 10 % patogen bo’lishi mumkin. Tekshirishlarga ko’ra odam qo’l i ning terisida xar doim juda ko’p miqdorda mikroorganizmlar mavjud, asosan ular terini notekisliklarida, tirnoq osti bo’shlig’ida joylashadi. Mikroblar ayniksa veterinariya vrachlarni qo’lida q o’ p miqdorda bo’ladi, chunki ular hayvonlar bilan ishlaydi. Mikroblarni miqdori elastikliginii, silli q ligini y o’ qotgan, shikastlangan terida ko’pay a di. Shuning uchun xirurglar va vrachlar qo’lning terisiga e ’ tibor berib yurishi kerak,
agarda elastikligi, yumshoqligi yo’qolsa Tushnov suyuqligini surtish lozim, tarkibi : kastor yog’i – 5,0 , gliserin – 20,0 , etil spirti - 75,0 yoki qo’lga surtiladigan biror bir mal h am surtiladi. 1885 yilda Kamlel xirurglar orasida birinchi marta qo’llarni operasiyadan oldin yuvish shart ekanligini taklif qildi. Shundan s o’ ng fanlar taraqqiyotiga asoslanib yangi usullar ishlab chiqildi va xirurgik amaliyotga tadbiq etildi. Qo’llarni tayyorlash usullarining asosida uch bosqich yotadi: 1) mexanik tozalash 2) kimiyoviy dezinfeksiya 3) terini qotirish Mexanik tozalash – teri yuzasida ajralgan epidermisni, mikroblarni va tirnoq osti b o’ shlig’idan iflosliklarni yo’qotishga qaratilgan. Uni o’tkazish uchun щ yetka, iliq suv va sochiq kerak. S.I.Spasokukoskiy va I.T.Kochergin (1928) sovunni щ rniga 0,5 % li nashatir spirtini suvdagi eritmasidan faydalanishni tavsiya etadilar. Bu eritma terini juda yaxshi va chukur yog’sizlantiradi. Qo’ lni yuvilishi tirsakdan boshlanib barmoq uchlarida tug al lanadi, steril sochiq bilan quritilishi barmoq uchlaridan to tirsakgacha olib boriladi. Kimyoviy dez i nfeksiya – bunda bakterisid xususiyatlarga ega b o’ lgan kimyoviy eritmalar qo’llaniladi , bularga 70 spirt, 1:2000 kaliy ish q ori, 3% rux sulfati, 0,1% sulema va boshkalar. Eritmalar yuvilgan qo’l terisidagi qolgan mikrob va bakteriyalarni yo’qotishga yordam beradi, bu bilan teri steril xolatiga yaqinlashadi. Lekin bu eritmalar ter va yog’ bezlari yullarida mavjud bo’lgan mikroblarga ta’sir qilmaydi. Ularni terini yuzasiga vaqtincha chiqmasligini oldini olish ma q sadida terini qotirish tavsiya etiladi. Qotirish natijasida ko’l terisining yuza kismi zichlanadi, bu esa bezlar sekretini chiqishini oldini oladi. Buning uchun kuyidagi eritmalar qo’llaniladi: 96 spirt, 5% tanin,
1:1000 yodni spirtdagi eritmasi va boshkalar. Ular tamponlar yordamida teriga surtiladi, ayniqsa barmok uchlariga e’tibor beriladi. Hozirgi vaqtgacha ma’lum bo’lgan qo’llarni tozalash usullari mutloq sterillikni ta’minlamaydi. Shu sababli 1891 yilda amerikalik xirurg Xolsted operasiya o’tkazish vaqtida rezina qo’lkoplarni kiyishni taklif qildi. Rezinadan yasalgan qo’lkoplarni ishlatilishi operasiya qiluvchining qo’lini to’la sterilligini ta’minlashga imkon beradi. Operasiya vaqtida qo’lkoplarning yirtilishi mumkinligini nazarda tutib, ularni kiyishdan oldin yukorida bayon qilingan usullaridan biri bo’yicha qo’llarni puxta tozalash lozim. Qo’lkoplarni sterillash va faydalanishida kuyidagilarga e’tibor qilish kerak: 1. Ichiga va sirtiga talk sepib avtoklavda sterillanadi. 2. Qo’lqoplar 15 minut davomida suvda dokaga o’ rab kaynatiladi. 3. Qo’lkoplarni k i ygandan keyin ularni spirt bilan artish lozim. 4. Operasiya vaqtida k o’ lkoplarni butunligini di qq at bilan kuzatish va yirtilganda tez almashtirish lozim. Xirurgik operasiya o’tkazishdan oldin operasiya maydoncha si ni tayyorlash katta a h amiyatga ega, chunki hayvon terisida va terining ustki qavatida xamma vaqt iflosliklar, ko’p miqdorda mikroblar mavjud, tayyorlanmagan operasiya maydonchasi orqali operasiya o’tkazish vaqtida jarohatga iflostiklar, mikroblar tushib yallig’lanish jarayon ni rivojlantiradi. Operasiya maydoncha si ni tayyorlash to’rt bosqichdan iborat: terini ust k i qavatini (jun n i, tuk n i) ni olish, mexanik tozalash va yog’sizlantirish, kimyoviy dezinfeksiya va qotirish, maydonchani chegaralash. Operasiya qilinadigan joydagi junlar, tuklar qaychi yordamida qirkiladi yoki usti a r ra yordamida qirib olinadi, oxirgisi yaxshi tozalanishni ta’minlaydi. Ju n ni tushirish uchun depilyatorlardan foydalanishi mumkin. Bu juda kerakli tadbir, chunki jun bilan birga chang, iflosliklar, ko’p miqdordagi
mikroorganizmlar olib tashlanadi. Operasiyadan bir sutka yoki 12 soat oldin hayvonni operasiya qilinadigan joyi issiq suv, sovun va щ yetkalar yordamida yuviladi. Ayniqsa chot, dum, son, jinsiy organlar, urug’don xaltachasi atrofi sinchiklab yuviladi, chunki ular juda h am ifloslangan bo’ladi. Tuyoqlarda o’ tkaziladigan operasiyalarda yuvishdan tashqari 2% kreolin eritmasida vanna qilinadi. Zudlik bilan bajarilayotgan operasiyalarda ifloslangan maydoncha 0,5-1% li nashatir spirt eritmasi yordamida t o zalanib efir bilan yog’sizlantiriladi. Operasiya maydonchasini dezinfeksiya va qotirish ma q sadida, bakterisid va qotirish xususiyatlariga ega b o’ lgan kimyoviy eritmalardan foydalanish tavsiya qilinadi. Bularga kuyidagilar kiradi: 5-10 % li yodni ng spirtdagi eritmasi, 5% tanin, 5% pikrin kislotasi, 10% kaliy permanganat, 1% yashil brilliant, Ayatin, Asepur, Septoneks, 96 0 spirt, Boxers suyukligi (Formalin 5,0 eozin 0,05 spirt – 95,0). Eritmalar operasiya maydonchasi ch o tga karab aylana shaklida xarakat kilib surtiladi. Fakat yirigli uchoqlarni yorishda; chetdan markazga qarab surtiladi. Terini tayyorlanmagan joylardan operasiya maydonchasiga iflosliklarni tushunini oldini olish ma q sadida u choyshablar, salfetkalar yordamida chegaralanadi (jadvaldan misollar). Shillik pardalar bilan koplangan organlarda operasiya o’tkazish vaqtida ularni tayyorlashga katta a h amiyat borish lozim. Ko’zning shilliq pardasi uchun – 0,1% etakrid i n laktat, 3% borat kislotasi 2% protolgal. Og’iz va burun b o’ shlig’ini yuvish uchun yuqoridagi eritmalardan tash q ari 0,1 % li kaliy permanganat, qin bo’ shlig’i 1% li sut kislotasi, 1:1000 etakridin laktat, 2% lizol, jinsiy lab l arga 3% yod eritmasi surtiladi. T o’ g’ri ichak axlatdan b o’ sh a tilgandan keyin 1% kaliy permanganat, 2% lizol eritmalari bilan yuviladi , teshik atrofiga yod surtiladi.