logo

Tasavvufning paydo bo‘lishi, ta’limot sifatida shakllanishi

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

45.7685546875 KB
Tasavvuf ning paydo bo‘lishi, ta’limot sifatida shakllanishi 
va tarixiy taraqqiyoti
Reja:
1. Tasavvuf   ilmi   mumtoz   adabiyotshunoslikning   tarkibiy
qismi sifatida.
2. Tasavvufshunoslik fan sifatida.
3. O‘zbyek tasavvufshunosligi va uning taraqqiyot omillari.
4. Sharq mumtoz poetikasining shakllanishi.
  Tasavvuf   ijtimoiy   hodisalardan   biri   bo‘lib,   u   O‘rta   va   Yaqin   Sharq
mamlakatlaridagi boshqa diniy-mazhabiy jarayonlar qatorida muayyan moddiy va
ma’naviy zamin hamda unga muvofiq tarixiy sharoit natijasi sifatida vujudga keldi.
U islom diniga zuhdu taqvo tarzidagi oppozitsion bir ko‘rinishda paydo bo‘ldi, bir
guruh insonlarning mavjud davlat boshqaruviga nisbatan e’tirozlarini ifoda etti va
Sharq   ma’naviy   tafakkuri   zanjirida   shu   tariqa   amaliy   va   nazariy   munosabatlar
majmuidan iborat bo‘lgan tasavvuf ta’limoti yuzaga keldi.
Islom   dini   e’tiqod   sifatida   yoyilguniga   qadar   ham   sharqda,   ham   g‘arbda
irfoniy   ta’limotlar   va   maktablar   mavjud   edi.   Ayrim   g‘arb   olimlari   tasavvufning
yunon va hind irfoniy-falsafiy ta’limotlaridan ta’sirlanib yuzaga kelganligini qayd
etadilar. Sharq musulmon ulamolari esa ularning bu fikrlarini rad etib, o‘zlarining
bu mavzudagi nuqtai nazarlarini  aniq ilmiy dalillar bilan himoya qiladilar.
Olimlar   munozarasini   o‘rganish   jarayonida   “Sharq   va   G‘arb   ilmiy-falsafiy
tafakkuri   tarixida   mavjud   bo‘lgan   “irfon”   va   “tasavvuf”   atamalari   o‘zaro
muqobilmi, ya’ni bir mazmun-ma’noni anglatadimi, degan   savol tug‘ilishi tabiiy.
Bu tushunchalar esa aynan bir-biriga mazmunan nomuqobil (teng emas), mohiyat
jihatidan   ham   farqli   ekan.   C h unonchi,   “ irfon ”   so‘zi   arab   tilida   bilish,   tanish,
tushunish, chuqur va har tomonlama kuchli bilimni anglatar ekan. Bu so‘z yunon
tilida   yunon   mifologiyasidan   kelib   chiqqan   “mistika”,   ya’ni   “sirli”,   “g‘oyibona”
ma’nolarini bildirar ekan. Bu so‘zning yana bir ma’nosi baland salohiyat (intellekt)
bo‘lib, irfon sohibi (ya’ni orif)ning ilm-fanning ko‘p sohalarini, fanlarga oid ko‘p
ma’lumotlarni qamrab olganligini, aqliy-mantiqiy tafakkuri va intuitsiyasi (hissiy-
sezish) qobiliyati rivojlanganligini anglatar ekan. Sezgi orqali erishilgan irfon Haq
taolo va uning sifatlari haqida bevosita ma’lumot beradi. Aql va diniy hujjatlar esa
bilvosita   ma’lumot   beradi.   Insonning   o‘zi   his   qilib   topgan   ma’naviy
mushohadasiga   asoslangan   bevosita   ma’lumot   –   irfon,   albatta   diniy   rivoyatlar,
dalillangan aqliy bilimlardan muhimroq va qadrliroq sanaladi. 
“ Tasavvuf ”   so‘zi   esa   inson   badanining   huzur-halovatga   bo‘lgan   talablarini
cheklash maqsadida tanga qishin-yozin noqulaylik tug‘diruvchi jun matodan kiyim
kiyib, qol (dunyoviy) va hol (ma’rifiy) ilmlarni egallab,  ichki dunyosini poklashi, go‘zal   qilishi   natijasida   Yaratguchi   -   Haq   taolo   roziligini   topish   yo‘lidan   yurish
ma’nolarini   bildirar   ekan.   Tushunchalar   ma’nolarini   muqoyasa   qiladigan   bo‘lsak,
irfon   egasi   ham,   tasavvuf   vakili   –   sufiy   ham   ruhiy-ma’naviy   kamolotga   erishgan
zotlar   bo‘lib,   dunyo   hayotlarida   Haqni   tanish,   Unga   intilish   yo‘lidan
yuruvchilardir.   Shu   jihatdan   bu   ikki   tushunchani   ba’zi   olimlar   bir   ma’noda
ishlatadilar.   Abdulhakim   Juzjoniy   bu   masalaga   shunday   aniqlik   kiritadi:
“Ba’zilarning   fikricha,   tasavvuf   irfonning   bir   bo‘limi   va   uning   ko‘rinishlaridan
biridir,   ya’ni   tasavvuf   bir   yo‘l-yo‘riq   va   tariqat   sifatida   irfondan   ajralib   chiqqan.
Irfon   esa   umumiyroq   tushuncha   bo‘lib,   tasavvufdan   boshqa   yo‘l-yo‘riq   va
mazhablarni   ham   o‘z   ichiga   oladi.   Unga   binoan   bir   kishi   sufiy   bo‘lib,   orif
bo‘lmasligi mumkin. Y o ki bir kishi zohiran tasavvuf tariqasida turib, irfondan hech
qanday   bahra   olmasligi   ham   mumkin.   Ba’zan   esa   orif   so‘zi   sufiy   va   darveshga
nisbatan   yuksakroq   ma’noda   ham   qo‘llangan.   Ba’zilar   esa   irfon   –   tasavvufning
ilmiy va zehniy tomoni va tasavvuf – irfonning amaliy tomoni deb bilganlar.” 1
Tasavvuf   nazariya   bilan   cheklanib   qolmagan,   tajriba   bilan   hosil   bo‘lgan
amaliy   ilmdir.   Bu   erda   amal   deyishdan   maqsad   faqat   ibodat   emas,   balki   inson
hayotining har bir daqiqasida muayyan maqsad bilan (pok va ezgu maqsad bilan)
harakat  qilishi,  haq  roziligini  istashidir.  Imon ham   faqat  shu  orqali  kamol   topadi.
“Tasavvufiy imon – amaliy imondir”, - deb yozadilar turk olimlari. 2
  Demak, irfon
alohida   olingan   bir   shaxs   ruhoniyati   yoki   falsafiy   maktab   ilmiy-ruhoniy   takomili
darajalari haqida tasavvur tug‘dirsa, tasavvuf imonni axloqiy turmush tarzi, o‘zaro
hamjihatlik,   mehr-muhabbat;   inson,   jamiyat   va   jamiki   maxluqot   uyg‘unligida
namoyon bo‘ladigan fayzi ilohiy bir hol sifatida tushuntiradi. 
Ko‘rinadiki, irfon va tasavvuf bir maqsadni ko‘zlagan insonlarning irodasini
ifoda   etuvchi   ta’limot,   ammo   bu   maqsadga   etish   yo‘llari   va   natijalari   turli
mazmunda bo‘lishi  mumkin. Ya’ni, irfoniy ta’limot  va maktablar  islomgacha bor
edi   va   ularda   ifoda   etilgan   irfoniy   g‘oyalar   tasavvuf   ta’limoti   g‘oyalariga
hamohang bo‘lgan. Bu g‘oyalar qadimgi  Y u non va Hind falsafalarida ham ishlab
chiqilgan. Ammo bu g‘oyalarning asosiy manbalari islomgacha bo‘lgan dinlar edi.
1
 Абдулҳаким Шаръий Жузжоний. Тасаввуф таълимотининг илдизлари. // “Мулоқот”, 1995, № 1-2. 32-б.
2
 Қаранг: Усмон Турар. Тасаввуф тарихи. – Тошкент: “Истиқлол”, 1999. 27-б.  Shu boisdan islom dini asosida shakllangan tasavvuf ta’limoti islom dini o‘zigacha
bo‘lgan dinlardan qanchalik farq qilsa, tasavvuf ham boshqa irfoniy maktablardan
katta farq qilgan. Tasavvufning asosiy g‘oyalarini islomning muqaddas manbalari
– Qur’oni karim va Hadisi shariflar mazmun-mohiyati tashkil etgan.
Abdulhakim   Juzjoniy   yuqorida   tilga   olingan   maqolasida   “Hindiston   va
Yunonda ilmi irfon” haqida so‘zlar ekan, Hindistonda irfon g‘oyalarini ifoda etgan
o‘nlab   falsafiy   maktablar   borligini,   shular   orasidan   “Vandotion”   mazhabini
Hindistonda   irfon   mazhabi   deyish   mumkin   ekanligini   qayd   etadi.   Bu   ta’limot
vakillari  falsafiy fikr  yuritib: ”orif dunyoviy aloqalar va moddiy bog‘lanishlardan
uzilgandan   keyin   yuksaklik   darajasiga   ko‘tariladi,   o‘shanda   orifning   ruhi,   kulliy
(umumiy) ruhning o‘zi bo‘lib qoladi”, degan xulosaga keladilar. 3
Yunonistonda   miloddan   avvalgi   V   asr   (427-347   yillar)da   yashagan,
“faylasuflar otasi” deb nom olgan Aflotun - Platon - bu dunyo, butun borliq yagona
bir haqiqiy borliqning, ya’ni Haq taoloning aksi, tajalliysi (nurining jilolanishi) deb
aytadi.   U   Haq   taolo   barcha   sifatlari   bilan   butun   olamga,   tabiatga   yoyilib,   singib
ketgan,   deydi   va   keyinchalik   Sharqda   ham   keng   tarqalib   ketgan   panteizm
ta’limotiga asos soladi. 4
Xullas,   hind,   yunon   falsafasi,   xristian   ruhoniylari   ta’limotlari   irfoniy
mazmun   kasb   etsa-da,   bu   ta’limotlar   mukammal   bir   ilohiy   dasturga   ehtiyoj
sezganlar,   shuning   uchun   ularda   inson   va   dunyo   hayoti   ehtiyojlariga   nisbatan
ba’zan   keskin   munosabat,   masalan,   asketizm   (tarkidunyochilik)   kabi     nokomil
e’tiqod ham paydo bo‘lgan. Tarkidunyochilik islom dini tarixida ham bor hodisa,
ammo bu hodisa islomiy tafakkur tarzidan kelib chiqib, o‘ziga xos jihatlariga ega
bo‘lgan.   Payg‘ambar   Muhammad   alayhissalom   o‘z   hadislaridan   birida   “Lo
rahiboniyata   fil-islom”,   ya’ni   islomda   rohiblik   –   xristian   dinidagilarning
tarkidunyochiligiga o‘xshagan tarkidunyochilik yo‘qdir, deganlar.               
3
 Шу мақола, 33-б.
4
 Тасаввуфга ташқи таъсир масалалари хусусида билдирилган фикрлар, уларнинг таҳлили ва муаллифнинг 
илмий муносабати Усмон Турарнинг “Тасаввуф тарихи” китобида анча муфассал келтирилган. (Қаранг: 
Адабиётлар рўйхати, Усмон Турар.)  Tasavvuf   muayyan   ijtimoiy   sabablar   bilan   islom   diniga   ixlos   va   sadoqat
natijasida   shakllandi   va   o‘zining   g‘oyaviy   asosi   sifatida   islomning   muqaddas
manbalari Qur’oni karim va Hadisi shariflarga tayandi.
Tasavvufning   qanday   asosda   shu   nom   bilan   atalishi   haqida   mingdan   ortiq
ta’rif ko‘rsatilgan. Ammo, katta diniy–ma’rifiy ta’limot nomiga aylangan bu so‘z
ilmiy   dunyoqarash   sifatida   shakllanib,   nazariy   jihatdan   o‘z   yo‘li,   g‘oyaviy
asoslariga   ega   bo‘lgachgina,   ijtimoiy   mohiyat   kasb   etdi.   Bu   jarayon   esa   bevosita
islom   rasmiy   din   sifatida   keng   yoyilib,   siyosiy   kuchga   aylana   borishi   jarayonida
Muhammad   alayhissalom   hayotlik   davrlaridan   keyin   kechdi.   Islom   dini   tarixidan
ma’lumki,   “xulafoyi   roshidiyn”   -   Abu   Bakr   Siddiq   va   Umar   ibn   Xattob   (r.a.)
xalifalik davrlarida islomga e’tiqod xuddi payg‘ambar (a.) hayotlik paytlaridagidek
oshkora,   ommaviy   bo‘lgan.   Chahoryorlardan   Usmon   ibn   Affon   (r.a.)   xalifa
bo‘lgach   esa,   davlatning   diniy   siyosatiga   nisbatan   ijtimoiy   jihatlarga   ko‘proq
ahamiyat   berilib,   davlatlararo   savdo-sotiq   munosabatlarini   va   harbiy   sohani
rivojlantirishga harakat qilindi. Islom davlati tez sur’atli ijtimoiy taraqqiyotga yuz
tutib,   kishilar   va   davlatlar   o‘rtasidagi   ijtimoiy-iqtisodiy   munosabatlar   diniy
e’tiqodga nisbatan faollashgan   xuddi ana shu davrda o‘zining darvishlik, zohidlik
kabi   ko‘rinishlariga   ega   bo‘lgan   so‘fiylik   harakati   davlat   siyosatiga   aralashmay,
diniy   ta’limot   sifatida   ilmiy   asoslarda   rivojlana   bordi.   Bu   ta’limotning   asosiy
manbalari   Qur’oni   karim   va   Hadisi   shariflar   bo‘lib,   bu   manbalarga   tasavvuf
namoyandalari   ilmiy-nazariy   va   amaliy,   xususan,   intuitiv   yondashuvni   maksad
qildilar.
Tasavvufning   ijtimoiy   oqim   sifatida   yuzaga   kelishi   sabablari   haqida   fikr
yuritar ekan, taniqli olim M.Hazratqulov mulohazalarini ba’zi tarixiy faktlar bilan
quvvatlaydi. Uning keltirishicha, Hazrati Usmon xalifaliklari davrida (644-655 m.)
mazhablar   paydo   bo‘lishi   uchun   qulay   muhit   yuzaga   keldi.   Xususan,   xalifalik
markazidan norozilik kayfiyati baralla va oshkora namoyon bo‘la bordi va bu hol
turli-tuman   shakllarda   o‘z   ifodasini   topdi.   Shu   davrdan   boshlab   nihoyatda
ko‘pqirrali   oppozitsion   jarayon   paydo   bo‘ldi   va   xorijiya,   ismoiliya,   mo‘‘taziliya,
shuubiya,   ash’ariya   va   boshqa   nomlardagi   firqalar   o‘z   ta’limotlarining   ilmiy asoslarini   yaratishga   intilib,   muayyan   amaliy   faoliyat   olib   bordilar.   Tasavvuf
olimlarining fikrlariga ko‘ra, bunday oppozitsion jarayonlarning vujudga kelishida,
bir   tarafdan,   chahoryorlar   xalifaliklari   davrlaridan   ko‘p   o‘tmay,   saltanat   umaviy
hukmdorlar   qo‘liga   o‘tishi,   dabdaba   va   ishratparastlikning   avj   olishi   bo‘lsa,
ikkinchi   tarafdan,   islom   rasmiy   ta’limotining   aholining   hamma   talablariga   javob
bera   olmagani   sabab   bo‘ldi.   Birgina   misol   sifatida   olim   umaviy   xalifalardan
Muoviya  ibn  Yazid   (683-   m.y.)  siyosiy    notinch  bir   davrda   o‘zi  uchun  dabdabali
qasr   qurdirgani   va   sosoniy   shohlarga   taassub   qilib   tojkiyish   marosimini
o‘tkazganligini keltiradi. U tiriklikning mohiyati uch narsadan iborat, ya’ni xotin,
ishq va sharob, degan xulosasini e’lon qiladi. Uning ahli xonadoni, amirlari va qo‘l
ostidagilari ham undan o‘rnak olib,  asosiy maqsadlarini ayshu ishratdan iborat deb
biladilar.   Bunday   sharoitda   fuqaro   yo   xalifa   xonadoni   hayot   tarzini   qo‘llab-
quvvatlardilar,   yo   zo‘ravonlarga   xos   zo‘ravonliklar   qilardilar,   yo   o‘zlarini
telbalarga   o‘xshatib,   haqiqatni   hazil-mutoiba   bilan   yoshu   qariga   etkazardilar   va
yoki   bu   jamiyatdan   yuz   o‘girib,   uzlatga   chekinib,   o‘zlarini   gunoh   va   fasoddan
uzoqroq   tutar   edilar.   Shu   tariqa,   ma’naviy   tafakkur   tarixida   hurfikrlikning
rangorang   ko‘rinishlaridan   biri   sifatida   tasavvuf   yuzaga   keldi. 5
  Tasavvuf   tarixini
ancha   mufassal   yoritib   bergan   olim   N.Komilov   ham   xuddi   shu   mazmunda   o‘z
mulohazalarini bayon etadi: “Tasavvuf garchi islom bag‘rida kurtak yozib, Qur’on
va   hadislar   hikmatidan   oziqlangan,   ko‘p   hollarda   shariat   ahkomiga   suyangan
bo‘lsa-da,   ammo   u   rasmiy   diniy   sxolastika   –   mutaassib   ruhoniylarning   zohiriy
aqidaparastligi   hamda   hokim   tabaqalarning   ayshu   ishratga   g‘arq   turmush   tarzi,
talonchilik   va   manfaatparastligiga   zid   o‘laroq   mehnatkash   xalq   noroziligini
ifodalab keldi. Shu sabab  bu ta’limot tezda el  orasiga yoyilib, fikriy izlanishdagi,
haq va haqiqatga tashna ziyolilar, ilmu adab ahlining yuragini band etdi.” 6
Islomdagi   tasavvuf   oqimi,   shu   tariqa,   asketizm   (tarkidunyochilik)
ko‘rinishida paydo bo‘ldi va Sharq mamlakatlari bo‘ylab tarqala boshladi. Sufiylik
VII - VIII   asrlarda   Kufa   va   Basra   shaharlarida   paydo   bo‘ladi.   I X   asrning   ikkinchi
yarimlarida esa Bag‘dod tarkidunyochilarning yirik markaziga aylanadi. 
5
 М.Ҳазратқулов. Тасаввуф. – Душанбе: “Маориф”, 1988. С. 6.
6
Н.Комилов. Тасаввуф ва бадиий ижод. // “Ёшлик”, 1997, № 8. 73-б. Demak,   tasavvuf   diniy-ma’rifiy   dunyoqarashi   ilmiy   ta’limot,   oqim   sifatida
bevosita  ijtimoiy  sabablar   natijasida  yuzaga  keldi.  Bunga  keyinroq,  o‘rta  asrlarda
avj   olgan   diniy   mutaassiblik,   bid’at,   xurofotga   berilish,   siyosiy   ta’qib   kabi
masalalarni   ilova   qilsak,   so‘fiylikning   nima   sababdan   ijtimoiy   hayotdan   imkoni
boricha uzoqlashishga harakat qilganligi ma’lum bo‘ladi.
Jamiyatdan chetga, uzoq-uzoq cho‘l-sahrolar qo‘yniga, g‘orlarga borib, halol
mehnat   va   qanoat   bilan   taomlanish   orqali   o‘zlarini   parvarishlab,   ibodat   bilan
mashg‘ul   bo‘lgan   so‘fiylar   “obidlar“   va   “zohidlar”   deb   atalganlar.   “ Obid ”   –
tinimsiz   ibodat   qiluvchi,   “ zohid ”   so‘zi   parhezkorlik,         haromdan   hazar   qilmoq
ma’nolarini   anglatadi.   Tasavvuf   nazariyotchilaridan   biri   bo‘lmish   Junayd
Bag‘dodiy   tomonidan   “asl   so‘fiy”   deb   ta’riflangan,   haq   rizosini   topish   uchun
podshohlik   taxtini   tashlab,   Makkaga   kelgan   va   hayotini   shu   erda   nihoyasiga
etkazgan   balxlik   shahzoda   Ibrohim   Adham   (vaf.   777   m.)   qalbida   tangri   taolo
muhabbatidan tashqari  hech narsa  qoldirmaslik uchun, hatto o‘z farzandidan ham
kechadi.   Balxdan   uni   qidirib   kelgan   farzandini   bag‘riga   bosar   ekan,   yuragida
paydo bo‘lgan  otalik mehrini  do‘stga  xiyonat  deb  biladi  va  xudodan  yo o‘zining,
yo farzandining jonini olishni o‘tinib so‘raydi. 
Asta-sekin   shunday   zohidlar   qaror   topgan   erlarga   ularning   hamfikrlari,
yaratganga chin ixlos bilan ibodat qiluvchilar, dunyo hayotidan asosiy maqsadlari
yaratgan   egalari   –   Haq   taolo   roziligini   topishdan   iborat   bo‘lgan   kishilar   kela
boshlaydilar.   Hayotlarini   faqat   ibodat   bilan   o‘tkazishga   chog‘langan   bunday
kishilar VII asrlarda tasavvufning zohidlik davrini boshlab beradilar. Asta-sekinlik
bilan   intellekti   baland   bo‘lgan   shaxslar   -   zohidlar   davralarida     ma’rifiy   suhbatlar
boshlanadi.   Shundan   so‘ng   ibodat   bilangina   chegaralanib   qolmay,   zohidlar
davralarida   tahammul,   tavakkul,   riyozat   kabi   haqiqat   yo‘lini   topishga   sabab
bo‘ladigan   tushuncha   va   faoliyat   paydo   bo‘ladi.   Bu   o‘z   navbatida   tasavvufda
oriflik bosqichiga o‘tishga turtki beradi. “ Orif ”, “ ma’ruf ”, “ maorif ”, “ ma’rifat ”,
“ irfon ”   so‘zlarining   o‘zagi   bitta   –   “ arafa ”,   ya’ni   ilm ,   demakdir.   Islom   asri
avvalidagi birinchi zohidlarning quruq ibodatlari endi muqaddas kalimalar zohiriy
va   botiniy   ma’nolarini   mushohada   qilish,   muqaddas   Qur’on   oyati   karimalarining mag‘zini   “chaqish”ga   intilish   kabi   harakatlar   bilan   yangi   ruh   va   mazmunga   ega
bo‘ladi. 
Haqli savol tug‘ilishi mumkin: qay tariqa shunday bir kichik ijtimoiy hodisa
mukammal   bir   irfoniy   jarayon   darajasiga   ko‘tarilib,   O‘rta   va   Yaqin   Sharq
ma’naviy tafakkuri rivojida qariyb ming yil davomida ildiz otdi, qator mutafakkir
donishmandlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi?
Umaviylar (661-750 m.y.), xususan abbosiylar (750-1259 m.y.) xalifaliklari
davrida   islom   futuhoti   (yangi   erlarga   kirib   borishi)   kuchayib,   bu   davlatlardagi
ilmiy   tafakkur   yutuqlarining   zararsizlari   (ya’ni,   islom   mafkurasiga   zid
bo‘lmaganlari)   yunon   va   misr   tillaridan   arab   tiliga   tarjima   qilindi.   Ibn   Ma’mun
“Baytul   hikma”ga  Y u non va  Rumdan  keltirgan  Aristotel   va Platon,  Gippokrat   va
Galen   asarlari   arab   tiliga   o‘girildi.   Bu   erda   tarixchi   Muhammad   Rashshodning
ma’lumot   berishicha,   Platonning   8,   Gippokratning   19,   Galenning   38   kitobi   va
qator   ilmiy,   falsafiy   va   adabiy   asarlar   arabchaga   tarjima   qilindi. 7
  Shundan   so‘ng,
bu   asarlarga   shu   ilmlar   akademiyasida   faoliyat   yuritgan   mutafakkirlar   qatorida,
asosan   bizning   ajdodlarimiz   bo‘lgan   Abu   Nasr   Forobiy,   Abu   Ali   ibn   Sino,   Abu
Rayhon   Beruniy   kabi   mashhur   olimlar   sharhlar   yozdilar   va   shu   tariqa   ilmiy
tafakkur rivoji uchun zamin yaratildi. Bu hodisa o‘z davrining eng ilmga chanqoq
va talabgor zotlari bo‘lmish so‘fiylarni  mutafakkir allomalar sifatida shakllantirdi.
Sharq islom o‘lkalarida ilmiy markazlarning paydo bo‘lishi bilan yaratilgan muhit
ta’sirida   boshqa   firqalar   qatori   tasavvuf   ham   o‘z   davrining   bahsli   masalalari
muhokamasiga   kirishdi,   yangi   aflotunchilik   ta’limoti   bilan   tanishdi,   buning
natijasida   undagi   faqirlik   va   zohidlik   hayot   tarzi   irfoniy   muhabbat   talabi   bilan
o‘ziga xos mazmun va mohiyat kasb etdi.
Ammo,   tasavvuf   asos   e’tibori   bilan   Qur’oni   karim   va   Hadisi   shariflarga
asoslangan   ilm   bo‘lib,   uning   manbai   ham   islom   dinidir.   Ta’limotning   yuzaga
kelishiga   ta’sir   ko‘rsatgan   asosiy   islomiy   manbalardan     bo‘lmish   oyat   va
hadislar da   laduniy   ilm ,   zikr ,   valiylik ,   olamningyaratilishi ,   tavba ,   zuhd ,
tavakkul ,  riyozat-mujohada  kabi mazularda aniq ilohiy ko‘rsatmalar berilgan.    
7
Qaralsin : ko’rsatilgan asar , 9-б. Tasavvufning   paydo   bo‘lishi   va   keyingi   rivoji   haqida   gap   ketar   ekan,   bu
ta’limotning   Sharq   xalqlari   mentaliteti,   ruhiyati   bilan   bog‘liq   jihatlariga   ham
e’tibor   qaratmoq   lozim:   “Sharqdagi   hurfikrlilik   va   uning   tasavvuf   bilan
munosabatlarini   nazardan   qochirmaslik   kerak.   Abusayid   Abulxayr,   Bobo   Ko‘hiy
Sheroziy,   Najmiddin   Kubro,   Kamol   Xo‘jandiy,   Ahmad   Yassaviy,     Sa’diy
Sheroziy,   Umar   Xayyom   kabi   Sharqning   mashhur   shoirlari   nafaqat   mutafakkir,
mutasavvuf donishmandlar, balki purqudrat hurfikr va ilg‘or gumanist shoirlar ham
bo‘lganlar.   Demak,   S h arqda   hurfikrlilik   ila   tasavvuf   bir-biri   bilan   chambarchas
bog‘liq tushunchalar hisoblanadi.” 8
Jahonda ilmiy tafakkur taraqqiyotining yuksak bosqichi sifatida IX-XI asrlar
e’tirof   etilar   ekan,   Sharq   ilm-fani   rivojining   bu   ilk   bosqichida   Movarounnahrda,
xususan Samarqand va Buxoroda dunyoviy fanlar bilan bir qatorda islomiy ilmlar
ham   ravnaq   topib   rivojlandi.   Islom   olamining     “oltin   davri”   bo‘lgan   bu   davrda
“ilmi kalom” deb nomlangan ta’limotni mukammal ishlab bergan kishi Imom Abu
Mansur al-Moturidiy edi. Bu ta’limotning asosiy mohiyati - omonat dunyoda tinch
va   osoyishta   yashamoq   uchun   aql   va   ixlos   bilan   yaratguchini   tanishga,   uning
sifatlarini   idrok   etishga,   insonning   bu   dunyodagi   vazifasini   anglashga   da’vat
etishdan   iborat   edi.   Shu   boisdan   yuksak   salohiyatli   kishilar   dunyoqarashini   ifoda
etgan moturidiya nazariyasiga oid “Kitob at-tavhid” asari butun islom olami uchun
dasturilamal   bo‘lib   xizmat   qildi.   Olim   bu   kitobda   asrlar   osha   inson   aqli   va
tafakkuri etmas masala bo‘lib kelgan Alloh taoloning birligi va sifatlarini Qur’oni
karim   va   hadisi   shariflar   asosida   chuqur   ilmiy   tahlil   qilib   bergan.   Uning   asarlari
shu   kunga   qadar   S h arq   va   G‘arb   olimlari   tomonidan   chuqur   o‘rganilmoqda.
Islomiy tafakkurda iymon va tavhid   masalalari muhim masalalardan hisoblanadi.
Imom al-Moturidiy o‘zining “at-Tavhid”, va “Ta’viylot ahl as-sunna” asarlarida bu
masalalarni   mufassal   tushuntirib   beradi.   Moturidiy   ta’limotiga   ko‘ra,   hanafiya
mazhabida  qabul  qilinganidek,  iymon yaratguchi   tomonidan  pokiza  qalbga  hadya
etilgan shunday noyob bir gavharki, uning ziyoda yoki kam bo‘lishi mumkin emas.
8
 Ориф Усмон. Баҳоваддин Нақшбанд.// “Мулоқот”, 1991, № 12. 19-б. Ammo,   iymonning   insonga   berilmog‘ining   asosiy   sharti   –   qalbning   mukammal
darajada poklanmog‘idir.
Moturidiy   “at-Tavhid”   asarini   Qur’oni   karim   asosida,   uning   har   bir   oyati,
kalimasi va harfining siri-ma’nolarini ilmiy sharhlab, kalom ilmi vositasida dalillar
bilan   izohlab   yozadi.   Shundan   so‘ng,   mutafakkir   allomalarning   Qur’oni   karimga
yozgan   tafsirlari   dunyoga   kela   boshlaydi.   Islom   ilmi   bilimdoni   zamondoshimiz
Hamidxon   Islomiy   ta’kidlaganidek:   “Moturidiy   “Tavhid”   asari   bilan   g‘alaba
qilgandan   so‘ngra   zamon   olimlari   va   avliyolarining   Qur’oni   karim   to‘g‘risidagi
tafsirlari   dunyoga   keladi.   Imom   G‘azzoliyning   40   jildlik   tafsiri,   Faxruddin
Roziyning   37   jildlik   tafsiri   va   boshqalar.   Bundan   boshqa   “Ruhnoma”,
“Arvohnoma”,   “Asrornoma”,   “Ilohiynoma”   kabi   yuzlarcha   asarlar   yaratiladi.
Abdulqodir   Jeloniy   “Sirrul   asror”   kitobini   yozadi.   Bu   bilan   islom   –   e’tiqod,
tasavvuf – ta’limot sifatida rivojlanadi .” 9
O‘rta  asrlarda dinu  mazhab  bahslari, shiyayu  sunniy,  ash’ariyayu  mu’tazila
firqalari   orasidagi   nizolar   oshkora   avj   oladi.   Ana   shu   jarayonda   so‘fiylar
o‘zlarining   mazhablarini   ishqu   muhabbat,   tariyqlari   (yo‘llari)ni   sulh
(kelishuvchanlik)   va   safo   (poklik)   deb   e’lon   qiladilar.   Aynan   shu   narsa
tasavvufning obro‘si va ehtiromiga sabab bo‘ldi.
“E’tiqod masalalarida turli g‘oyaviy ixtilof va kurashlar maydoniga aylanib
borayotgan Movarounnahr, - deb yozadi yosh olim K.Rahimov, - IX asr o‘rtalariga
kelib   o‘ziga   xos   kuchli   g‘oyaviy   immunitetga   ega   bo‘ldi.” 10
  Olimning
ta’kidlashicha,   tasavvuf   ta’limotini   hanafiya   mazhabi   qonunchiligi   va   moturidiya
maktabi aqidalari asosida isloh qilib, uni hanafiya mazhabining ikkinchi g‘oyaviy
maktabiga   aylantirish   zarurati   paydo   bo‘ldi   va   bu   zaruratni   ro‘yobga   chiqarish
Buxoroning ilm-ma’rifat ahli zimmasiga yuklatildi. Tasavvuf tarixi va ta’limotidan
yaxshi   xabardor   bo‘lgan   Abu   Bakr   Kalobodiy   ilmiy-nazariy   jihatdan   mustahkam
asoslangan Buxoro tasavvufshunoslik maktabi dasturi – nazariy asosini yaratdi va
o‘zining   tasavvuf   nazariyasiga   oid   fundamental   asari   bo‘lmish   “At-ta’arruf   li-
9
Алишер Навоий . “Насойим ул-муҳаббат мин шамойим ул-футувват”. Нашрга тайёрловчи, сўзбоши ва 
кўрсаткичлар муаллифи Ҳ.Исломий. – Тошкент: “MOVAROUNNAHR”, 2011. 10-б.
10
 Комилжон Раҳимов. Абу Бакр Калободий – йирик тасаввуф назариётчиси. //”Нақшбандия”, 2016, № 1 (15).
24-б. mazhab   ahl   at-tasavvuf”   (“Tasavvuf   ahli   yo‘lini   tanishtirish”)   kitobini   yozdi.
Etmish besh bobdan iborat bo‘lgan bu asarida muallif tasavvufning asl mohiyati va
asl   manzarasini   tasvirlab   berishga   erishdi,   tasavvuf   ta’limoti   islom   dinining
mohiyati hisoblangan ishq yo‘li ekanini aniq-ravshan ifodalab berdi.    
Birinchilardan bo‘lib ishqning baland martabasi bo‘lmish haqiqiy muhabbat
haqida suhbat qurgan shaxs – balxlik sufiya Robiya ad-Adaviya (713-851) edi. U
jannat   umidi   va   do‘zax   qurquvidan   xudoga   ibodat   qilmoqlikni   qoralab,   inson
qalbini mukammal  darajada har  qanday umid va qo‘rquvdan poklamog‘i va unda
yolg‘iz do‘st yodini qoldirmog‘i lozim, deydi. 
Abdurahmon   Jomiy   “Nafahot   ul-uns”   asarida   bu   toifaning,   ya’ni
so‘fiylarning   raisi   sifatida   Zunnun   Misriy   nomli   Shayxni   tilga   oladi.   U   birinchi
bo‘lib tasavvuf haqida so‘z yuritgan, ta’limotda ma’rifat tushunchasini joriy etgan
bo‘lsa, Junayd Bag‘dodiy nomli Shayx birinchi bo‘lib tasavvuf haqida kitob tasnif
qilgan va minbarga chiqib ma’ruza o‘qigan.
Zunnun   Misriy   fikrlariga   ko‘ra,   ma’rifatga   erishmoqchi   bo‘lgan   solik
qarshisida   ikki   yo‘l   turadi:   birinchisi,   gunoh   amallardan   saqlanmoq,   dunyo   orzu-
havasini tark etmoq va o‘z nafsiga hokim bo‘lmoq. Ikkinchisi esa hamma narsadan
tamoman   yuz   o‘girib,   dunyo   o‘y-xayolidan   o‘zini   butunlay   ozod   qilmoq.   Shayx
ilm va ma’rifat darajasi, farqini tushuntirib beradi. Uning uqdirishicha, ilm – tashqi
olamning inson beshta hissiy organlariga ko‘rsatgan ta’siri natijasida hosil bo‘ladi.
Ma’rifat esa, ichki tuyg‘u (intuitsiya) vositasida hosil bo‘ladi, uning natijasi xoliqni
bevosita mushohada etishdan iboratdir.
Tasavvuf o‘z davri uchun yangi olamni – tangri, inson va koinot uyg‘unligi
ramzi   bo‘lgan   haqiqat   va   go‘zallik   dunyosini   kashf   qildi.   Hazrat   Abdurahmon
Jomiy   Shayx   Kamoliddin   Abdurazzoq   al-Koshiy   o‘z   tasnifotlarining   birini
boshlagan   “Bismi-l-lahi   ayyi   bil-insonil-l-komil”,   degan   fotiha   kalimotini   “Alloh
barkamol insonning qalbida namoyon bo‘ladi, barkamol inson – Alloh ismidur”, –
deb   tushuntiradi.     Jomiy   tasavvuf   tarixiga   bag‘ishlangan   “Nafahot   ul-uns   min
hazarot   al-quds”   asarida   keltirishicha,     yuqorida   biz   tilga   olgan   arab   shoira   va
mug‘anniyasi   Robi’a   ad-Adaviya   birinchi   bo‘lib   ijodiy   intilishlarning   ibtidosi   va intihosi   –   tangri   taolodir,   deb   aytgan.     Jomiyning   “Bahoriston”ida   tasavvufga
quyidagi ta’rif keltiriladi: “Shayx Abusaid Abulxayrdan: “Tasavvuf nedur?”, -  deb
so‘radilar,   u:   “Boshingdagi   hamma   narsalarni   chiqarib   tashlash,   kaftingdagi   bor
narsani   berish,   o‘zgalardan   ne   ranju   kulfat   etsa,   bariga   chidash   –   tasavvufdir”,   –
deb javob bergan.
Tasavvuf   haqida   yana   aniq   bir   tushunchani   bu   ta’limotning   yirik
namoyandasi,   qodiriya   tariqati   asoschisi   Shayx   Muhyiddin   Abdulqodir   Giyloniy
o‘zining   “Sirrul-asror”   kitobida   keltiradi:   Tasavvuf   kalimasi   to‘rt   o‘zak   harfdan
iborat: T, S, V, F.
T – tavbani ifoda etadi. Bu ikkiga bo‘linadi – zohiriy tavba va botiniy tavba.
S – safo holini (yorug‘lik, ravshanlik, porloqlik) ifoda etadi.
V   –   valoyat   holi   (valiylik   xususiyati).   Bu   hol   inson   ichki   olamining
pokligidir.
F – fano, ya’ni bordan yo‘q bo‘lish maqomidir. Ilohiy sifatlar orasiga singib
ketishdir. 11
Husayn   Voiz   Koshifiy   “Futuvvatnomai   sultoniy”     asarida   tasavvuf
istilohining   “chadid   ast   yo   qadim”   –   yangi   yoki   qadimiyligi   xususida   ixtilof   bor,
deb yozadi. Bu istiloh eng avvalo Odam alayhissalomning kasbi bo‘zchilik bo‘lgan
farzandi   Shis   alayhissalomga   nisbatan   aytilganligini   ma’lum   qilib,   bu   ism
keyinchalik   barcha   “pashminapo‘sh”     (yungli   matodan   kiyim   kiyuvchi)larga
nisbatan qo‘llanilgan, deydi. 12
“Sufiy” so‘zi ma’nosini sharhlab,uning lug‘aviy va ramziy ma’nolari haqida
olimlar   turli   fikr-mulohazalarni   bayon   etadilar.   Shayx   Muhammad   Sodiq
Muhammad Yusuf bu mavzudagi munozaralarga shunday yakun yasaydilar:
“1. Ayrimlar “sufiy”so‘zi ahli suffaga nisbatdir, deydilar. Rasululloh (s.a.v.)
vaqtlarida   u   zot   (a.)ning   masjidlarida   suffa   bo‘lgan.   O‘sha   suffada   uy-joyi   yo‘q
11
 Шайх Саййид Абдулқодир Гийлоний. Сиррул-асрор. Мактубот. Таржимон, нашрга тайёрловчи, сўзбоши 
ва луғат-изоҳлар муаллифи Отабек Жўрабоев. – Тошкент: “MOVAROUNNAHR”, 2005.Қаранг: 76-80, 145-
149-б.
12
 Ҳусайн Воиз Кошифй. Футувватномаи Султонй. – Душанбе: “Адиб”, 1991. С. 37-40.Яна бу ҳақда қаранг: 
Ҳусайн Воиз Кошифий. Футувватномаи султоний.Ахлоқи Муҳсиний. Нашрга тайёрловчилар: Муроджон 
Аминов, Фахриддин Ҳасанов. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 
2011.  kambag‘al sahobalardan bir guruhi yashagan. Ular asosan talabi ilm va taqvodorlik
bilan  umr  guzaron  qilganlar.  Sufiylik  o‘shalardan  kelib  chiqqan,  deyiladi.  Ammo
bu fikrga qarshilar “sufiy” so‘zining asli suffa bo‘lganda, arab tili qoidasiga binoan
“suffiy” deb yozilishi kerak bo‘ladi, deydilar.
2.   “Sufiy”   so‘zi   “saf”   so‘zidan   olingan,   deydiganlar   ham   bor.   Ularning
fikricha,   sufiylar   ibodatning   oldingi   safida   turuvchilar   bo‘lganlar,   shuning   uchun
bu   nomni   olganlar.   Ammo   lug‘at   ulamolari   bu   nomni   ham   rad   etadilar.   Chunki,
safga nisbat berilsa, “saffiy” deyilishi kerak edi.
3.   “Sufiy”   so‘zi   Sufa   ibn   Udd   ibn   Tolbixaga   nisbatdir,   deydi   bir   toifa.
Qadimda o‘ta ko‘p ibodat qiladiganlar aynan o‘sha odamga nisbat berilgan. Ammo
bu talqin ham qabul qilinmagan. Chunki islomda boshqa dindagilarni o‘ziga o‘rnak
qilib olish mumkin emas. Sufa ibn Udd johiliyat davrida faoliyat ko‘rsatgan.
4.   Ba’zi   kishilar   “sufiy”   safodan   olingan,   qalbi   sof   kishilarga   ishorat,
deganlar.   Ammo   ko‘pchilik   bu   fikrni   ham   rad   etadi.   Safo   so‘zining   sufiy   bo‘lib
qolishi   lug‘at   ilmi   jihatidan   ham,   mantiq   jihatidan   ham   to‘g‘ri   kelmaydi,   deydi
qarshi taraflar.
5.   “Sufiy”   so‘zi   arabcha   suvf-jun   so‘zidan   olingan,   deydi   ko‘pchilik
bohislar. Avvalo, lug‘at jihatidan bu ism juda to‘g‘ri keladi. Qolaversa, ko‘p ibodat
qilishga   berilgan   kishilar   kiyimni   ham   juda   sodda   kiyganlar.   Odatda   ularning
kiyimlari   faqat   jundan   iborat   bo‘lgan...   Ko‘pchilik   mutaxassislar   ushbu   oxirgi
qavlni qabul qilganlar.” 13
Sufiylarning   aynan   nima   sababdan   jun   chakmon   (jun   matodan   kiyim)
kiyganliklarini   islom  ulamolari   nafs  tarbiyasi   masalasi   bilan bog‘laydilar.  Chunki
jun mayin bo‘lmay, dag‘al bo‘lganligi bois, yilning hamma faslida inson tanasiga
noqulaylik tug‘diradi, uni ko‘tarib yurish tanaga ortiqcha mashaqqat yuklaydi. Bu
holat esa doim rohat-farog‘at istagan tanani tarbiyalab, nafsni chegaralab turadi. 
“Sufiy” so‘zi harflarining har biri nimaga ishora etishi haqida ham tasavvuf
allomalari kitoblarida ma’lumot bor. Ularning ta’kidlashlaricha, har harf sufiyning
erishishi lozim bo‘lgan bir sifat-fazilatga ishora etadi. Ya’ni:
13
 Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Тасаввуф ҳақида тасаввур. – Тошкент: “Мовароуннаҳр”, 2004. 
30-31-б. S – dil xilvatxonasini qo‘riqlab turmoq lozimki, undagi sirlardan Do‘st (Haq
taolo)dan tashqari biror zot ogoh bo‘lmasin;
U (vov) – bu yana xudo va banda orasidagi sir voqealariga ishora. Haq taolo
tomonidan   marhamat   qilinib,   o‘zi   bilan   sodir   bo‘lgan   sirlarni   shu   qadar   pinhon
tutmoq lozimki, ular oshkor bo‘lib, el og‘zida doston bo‘lib, talafot bo‘lib ketmasin
va  sufiy ilohiy fayzdan bebahra qolmasin;
F – bu harf fayz olmoqlik va fayz etkazmoqlikka ishora. Ya’ni, sufiy o‘zidan
fazilatda   balandroq,   ma’rifatda   afzalroq   zotlardan   foyda   olmog‘i   va   o‘zidan
pastroqlarga, noqislarga foyda etkazmog‘i lozim;
Y   -     yaqin,   ya’ni   shaksiz   ishonch-e’tiqodga   erishish.   Bu   shunday   ixlos   va
e’tiqod   bo‘lmog‘i   lozimki,   hech   qanday   ta’sir   yoki   zulm   sufiyni   Haq   toalo
muhabbatini   istab   tanlagan   yo‘lidan   og‘dira   olmasin.   Shu   ma’noda   Husayn   Voiz
Koshifiydan bir ruboiy kelgan:
Poy ba raftori yaqin sar shavad,
Sang ba pindori yaqin zar shavad,
Rohi yaqin cho‘y ba har manzile,
Nest muboraktar az in hosile.
(Mazmuni: Ixlos yo‘liga qadam qo‘yilishi bilan, Ixlos sharafidan bu yo‘ldagi
toshlar oltinga aylanadi. Har manzilga ixlos bilan qadam qo‘y, Umringda bundan
muborakroq hosil bo‘lmaydi.) 14
Ko‘rinib   turgandek,   “tasavvuf”   va   “sufiy”   istilohi   islom   zuhuridan   ancha
oldin paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, tasavvuf diniy-ma’rifiy ta’limoti va tariqatlari islom
davrida dunyoga keldi. 
Tasavvuf   ilmining   mohiyatini   istilohdan   qidirishda   ham   ma’no   yo‘q   emas.
Mohiyat   otda   ham   ma’lum   darajada   aks   etadi.   Biroq   ilmning   maqsadi,   vazifalari
boyib,   o‘zgarib   borishi   ham   tabiiy.   Shuning   uchun   tasavvuf   ilmi   pog‘onalaridagi
mohiyatni   biror   bir   istiloh   bilan   bog‘lashdan   ko‘ra,   qaysi   mutafakkir   uni   qanday
14
 Қаранг: Ҳусайн Воиз Кошифй. Футувватномаи Султонй. – Душанбе: “Адиб”, 1991. С. 39-40; Ҳусайн Воиз 
Кошифий. Футувватномаи султоний.Ахлоқи Муҳсиний. Нашрга тайёрловчилар: Муроджон Аминов, 
Фахриддин Ҳасанов. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2011. 
30-б. tushunganligi va qanday tashviq etganligi haqida fikr yuritish samaraliroq bo‘lishi
mumkin.
Hazrat Alisher Navoiy uni shunday sharhlaganlar:
Tasavvuf – rizo ahlidan yaxshi axloq,
Erur istilohoti zebu takalluf.
Tasavvuf emas zuhdu taqvoyu toat –
Ki anda riyo yo‘l topar betavaqquf.
Erur mahz taqvoyu ,  lekin riyosiz, 
Ubudiyat sarfu ayni talattuf.
Ne el qavlu fe’lig‘a andin t a addi, 
Ne haq amru na h yig‘a andin tasarruf.
O‘zin o‘yla beixtiyor aylabonkim,
Ne qolib taraddud anga, ne taassuf –
Qilib Haq vujudida mahv o‘z vujudin,
Navoiy, muni bil tariqi tasavvuf.
Demak,   Navoiyning   anglatishicha,   insonning   o‘zdan   kechishi   –   g‘olib
keluvchi nafs ustidan g‘alaba qilish, nafsini idora qilish ma’nolariga yaqin. Bu esa
ko‘pchilik tasavvur etadigan asketizm - “tarki dunyo” ma’nosini bildirmaydi.
Xullas,   muxtasar   fikr   shundan   iboratki,   “ Tasavvuf   inson   va   insoniylik
ustida   bahs   yuritadi.   Islomning   bosh   g‘oyasi   va   asosini   tushuntirib   beradi.
Kishiga uning o‘z nafsi borasidagi eng zarur ma’lumotlarni, boshqa insonlar
bilan   munosabatlaridagi   eng   muhim   ijtimoiy   odobni,   banda   bilan   Rabbi
orasidagi   bog‘lanishda   unga   foyda   va   zarar   beradigan   narsalarni   o‘rgatish orqali Islomning mohiyatini anglatadi.  Shunga asosan bir tomondan fiqh ilmiga,
boshqa   jihatdan   tibbiyot   ilmiga   o‘xshaydi.   Zero,   ilohiy   hukmlarni   qalbga   bayon
etishda fiqh ilmini esga soladi. Shu bilan birga ruhiy burhonlarni bayon etib, lozim
bo‘lgan dorilar va eng muhim chora-tadbirlarni tavsiya qilib, ma’siyat pardalari ila
qoplangan   xasta   nafslarni   davolaydi   va   haqli   ravishda   qalbiy   yoxud   nafsoniy
tibbiyot  nomini oladi. Bu ilm  shuning uchun ham  TASAVVUF deya nomlangan.
Zero, bu kalima tazkiya (aybdan oqlash, oqlash) va tasfiya (soflashtirish, poklash)
ma’nosidadir. Shu haqiqat sababli har bir kishi tasavvufiy hayotdan ko‘p miqdorda
nasibasini olishi kerak, deb o‘ylayman.” 15
            Shunday qilib, o‘zining g‘oyaviy yo‘nalishi jihatidan yaxlit oqim bo‘lmay,
bir   necha   tariqatlar   (qodiriya,   mavlaviya,   kubraviya,   chishtiya,   Yassaviya,
naqshbandiya   va   b.)   ko‘rinishda   rivojlangan   tasavvuf   ta’limoti   boshlang‘ich
davrida   yirik   ekstazchi   so‘fiylar   Mansur   Halloj,   Fariduddin   Attor,   Jaloliddin
Rumiylar  faoliyati  vositasida  birgina borliq, vohid, boshlang‘ich,  yagona haqiqat,
birgina   mohiyat   borki,   u   ham   bo‘lsa   Haq,   ya’ni   Xudodir,   degan   mazmunda
yoyilgan   bo‘lsa,   keyinroq,   Imom   G‘azzoliy,   Xoja   Ahmad   Yassaviylar   davriga
kelib   tasavvufda   Xudo   bilan   birlashib   ketish   g‘oyasi   ilgari   suriladi.   Musulmon
renessansining   faol   rivoji   davrida   Markaziy   Osiyo,   Yaqin   va   O‘rta   Sharq
mamlakatlarida   keng   tarqalgan,   o‘z   davriga   nisbatan   ilg‘or   oqim   bo‘lgan
naqshbandiya   tariqati   asl   mohiyatiga   ko‘ra,   tasavvufdagi   asketizm,   ya’ni
tarkidunyochilikni keskin rad etdi.
Islom tasavvufining vujudga kyelishi  hijriy II asrga (milodiy XI asr) to‘g‘ri
kyelgan   bo‘lsa   ham,   bu   vaqtga   qadar   islomning   tarqalishi   munosabati   bilan
tasavvufga munosabat ham shakllana bordi. Ayniqsa, Saodat va Ulamoyi Roshidin
davridan   kyeyin   ummaviylar   davrida   nafaqat   jismoniy   kurashlar,   balki   qarashlar
o‘rtasidagi   ziddiyatlar   ham   kyeskinlashdi.   Bu   davrdan   xalifalik   diniy   va   ta'limiy
xaraktyerda emas, balki nasliy sulola tarzida taraqqiy eta bordi.
Xalifa   Usmon   davridayoq   Qur'oni   karimning   yozuvga   ko‘chirilishi,
sahobalar  tomonidan hadislarning jamlana borishi  tasavvuf taraqqiyotiga ham o‘z
15
Муҳаммад Нуруллоҳ Сайдо ал-Жазарий. Тасаввуф сирлари. – Тошкент: “Мовароуннаҳр”, 2000. 4-5-б.  ta'sirini   ko‘rsatdi.   Hadislar   asosan   2   usul   bilan-isnod   va   qiyos   usullari   bilan
sahihligi   (ishonchliligi)   aniqlanadigan   bo‘ldi.   Sahih   hadislarni   to‘plash   bo‘yicha
Abu   Xanifa,   Molik,   Ahmad   ibn   Xanbal,   Abu   Abdulloh   Buxoriy   va
Tyermiziylarning   faoliyati   e'tiborlidir.   Hali   so‘fiy   so‘zi   urf   bo‘lmay   turib,
tasavvufning   ayrim   zohiriy   byelgilari   obidlar,   zohidlar   va   taqvodorlar   faoliyatida
ko‘rinadi.   Obidlik   maqomida   ibodat   qilishga   ko‘proq   e'tibor   byerilgan   bo‘lsa,
zohid   dunyo   lazzatlaridan   o‘zini   parhyez   qilish   orqali   tasavvuf   ahliga
yaqinlashgan. Zohidlar umuman dunyoni emas, balki dunyo lazzatlarini tark etish
orqali   qalblarni   tozalamoqchi   bo‘lganlar.   Taqvodorlarning   (muttaqiyn   o‘zagi
taqvo)   yolg‘iz   Ollohning   zikri   va   Qur'onda   ko‘rsatilgan   amallarni   bajarish   orqali
o‘zlarini sof tutishni niyat qilganlar.
Halol   va  haromga  munosabatda   ularning  qarashlari  o‘rtasida  farq  syeziladi.
Ahmad ibn Xanbalning tasnifiga ko‘ra zohidlikning 3 martabasi byelgilanadi:
1. Avom zufti-haromni tark qilish.
2. Xoslar zufti-haromdan ham boshqasini tark qilish.
3. Siddiqlar zufti-barchasini tark qilish va Allohga bag‘ishlash.
Obidlar   Qur'oni   karimda   halol   dyeyilganlarni   halol   dyeydilar.   Zohidlar
Qur'oni karim va hadisi sharifda halol dyeyilganlarni halol dyeydilar. Taqvodorlar
esa Qur'oni karim va hadisi sharifda harom dyeyilmaganlarni halol dyeydilar.
Ayrim manbalarda tasavvuf adabiyotining ilk namoyandalari sifatida Robiya
al-Adaviya   (713/718-801)   kyeltiriladi.   Basrada   tug‘iladi.   Uning   qator   hikoyatlari,
rivoyatlari, asarlari bor.
Hijriy II asrdan boshlab so‘fiylikka asos bo‘lgan zohidlik harakati kuchaydi.
Zohidlar   mazhab   ayirmalaridan   o‘zlarini   yiroq   tutdilar.   Chunki   mazhabchilikda
siyosiy   da'vo   (xalifalik)   manfaati   bor   edi.   So‘fiylar   esa   moddiy   manfaatlardan
o‘zlarini   yiroq   tutdilar.  Ilk  mutasavviflar   sifatida  ko‘zga   ko‘ringan   Hasan   Basriy,
Ibrohim   Adham,   Shahid   Balxiy   kabi   allomalar   yo‘llari   zohir   bo‘ladi.   Ayni   mana
shu   davrda   bir   qancha   ilk   tariqiy   bo‘linishlar:   azrakitlar,   sifriylar,   ibodiylar,
murjiylar   kabi   yo‘llar   ko‘zga   tashlanadi.   Ilk   yo‘nalishlar   sifatida   ja'bariylik,
mo‘taziylik   kabi   qarashlar   paydo   bo‘ldi.   Nisbatan   kyengroq   ildiz   otgan mo‘taziylilik   uning   asoschisi   bo‘lgan   Vosil   ibn   'ata   ta'limotidan   ildiz   olgan.
Mo‘taziylar   (uzoqlashish,   kyetish)   tarafdorlari   hokimiyat   da'vosida   yurgan
ummaviylardan uzoqlashganlar. Vosilning "Fi-t-tavhid val-'adl" ("Ollohning birligi
va   adolat")   asarida   aks   etgan.   Dyemak,   tavhid   ta'limoti   mo‘taziylilik   bilan
bog‘lanadi.   Shuningdyek,   bu   yo‘nalish   yoki   oqim   boshqa   diniy   qarashlarga   ham
munosabatda   o‘zini   erkin   tutadi.   Shundan   kyelib   chiqqan   holda   ayrim   ovrupolik
nazariyotchilar   tasavvuf   nyeoplatinizmdan   oziq   olgan   dyegan   fikrni   ilgari   suradi.
Nyeoplatinizm   mashhur   olim   Platinning   "To‘qqizliklar"   kitobida   (asl   nomi
"Enyeida") aks etgan bo‘lib, dunyoni 5 birlik asosida tushuntiradi: birlik, ru, qalb,
matyeriya, moddiy dunyo ko‘rinishi. Uning ta'limotiga ko‘ra, insonning borliqdagi
maqsadi ruhni jismoniy jasaddan ozod qilib, ilohiy hayotga yo‘llashdir. Ayni mana
shu   ta'limotning   tasavvuf   bilan   umumiy   nuqtalari   borligi   uchun   so‘fiylik
nyeoplatinizmdan olingan dyegan noto‘g‘ri qarash shakllangan.
Tasavvuf   taraqqiyotida   bir   qancha   yo‘nalishlarni   kuzatish   mumkinki,
ularning ayrimlari tariqatlanish nazariyasiga asos bo‘lgan. 
  Insonning   o‘zi   ustidan   nazoratini   kuchaytirishga   qaratilgan   bu   ta'limotga
Abu   Abdulloh   Xaris   Muhosibiy   asos   solgan   (vafoti   857).   Uning   "Ar-rioyatiy
huquqi Olloh" ("Ollohning huquqlariga amal qilish") asarida bu ta'limotning asosi
62-bob orqali ko‘rsatib byerilgan. Muhosib-o‘zini ko‘rsatish.
Mana   shu   ta'limotni   yoyganlardan   yana   biri   Zunnun   Misriy   (860)
hisoblanadi.   Uning   asarlarida   niyo   va   riyo   (sadoqat   va   munofiqi)   haqida   bahs
yuritiladi.
IX   asrda   Nishopurda   malomatiylik   kuchaygan   bo‘lib,   uning   vakillari   Abu
Hafz   Haddod,   Abu   Usmon   Xiriy   asarlarida   malomatiylik   ta'limotining   nazariy
asoslari ko‘rsatib byerilgan. Ayni mana shu davr tasavvufning mantiqiy asoslanish
davri   hisoblanadi.   Bu   oqimning   ko‘zga   ko‘ringan   vakillaridan   biri   Abulqosim
Junaid   Hazzoz   bo‘lib,   uning   "Sayyiddud   toifa"   ("Hamma   toifalar   hojasi")   va
"Tobus   ul-fuqaro"   ("Turfa   fuqarolar")   kitoblarida   tasavvufning   mantiqiy
asoslanishi ko‘rsatib byerilgan. Islom   tasavvufini   mantiqan   asoslash   zohidlik   kuchaygan   IX   asrda   kamlik
qilar   edi.   Shuning   uchun   ham   uning   qur'oniy   asoslarini   byelgilash   mutasavviflar
oldida   turgan   jiddiy   muammolardan   biri   edi.   Abu   Yazid   (Boyazid)   Tayxur
Bistoniy   asarlarida   fano   va   tariqat   tushunchalari   Qur'oni   karim   asosida   ko‘rsatib
byerildi.
Junaid Bog‘dodiyning asarlari nafaqat xalifalik hududida, balki xorijda ham
mashhur   bo‘ldi.   Forsda   uning   ta'limotini   egallab,   bu   yo‘lni   davom   ettirganlardan
biri   Mansur   Halloj   hisoblanadi   (charxchi,   ip   yigiruvchi   bo‘lgan).   Mansur   Halloj
uzoq   safarlardan   so‘ng   Bog‘dodga   kyelganda   uni   8   yil   davomida   zindonda
saqlashadi   va   nihoyat   922   yilda   o‘limga   hukm   etiladi.   "Anal-Haq"ning   vujudga
kyelishi  Mansur  Halloj  ta'limoti  bilan bog‘liq. Bu  ta'limotda azal  va surat,  tajalli,
hulul, huva-huva, vali hamda lohut haqidagi qarashlar jamlangan. Mansur Hallojga
nisbat byerilgan "Kitobu-t-tavosil" yuqorida tilga olingan nazariy tushunchalar 27
rivoyat   va   400   dan   ortiq   naqllar   orqali   tushuntirib   byeriladi.   Mansur   Hallojga
nisbat byeriladigan badiiy asarlar, ruboiy ham talaygina.
Mana shu davrda tasavvufning ruhoniy, ilmiy va amaliy asoslari shakllandi.
Ruhoniy asos bo‘yicha tasavvufda shariat, tariqat, ma'rifat va haqiqat bosqichlariga
erishish 7 maqom orqali kyechadi:
1. Tavba.
2. Vara'.
3. Zuh.
4. Faqr.
5. Sabr.
6. Tavakkul.
7. Rizo.
Tasavvufda   bu   ruhoniy   maqomlardan   tashqari   yana   bir   qancha   amaliy
holatlar   byelgilanadi   va   uning   umumiy   nomi   hol   dyeb   yuritiladi.   Bular:   qurb,
mahabba,   habib,   raja',   shavq,   uns,   itmoina   (xalq   ososiyshtaligi),   mushohada   va
yaqin. IMOM   G‘AZZOLIY   –   So‘z   mulkining   sultoni   Alisher   Navoiy   “Nasoyim
ul-muhabbat”   asarida   bu   mutafakkir   allomani   “Hujjatul   Islom   Muhammad   ibn
Muhammad G‘azzoliy Tusiy, kuniyati Abu Homid va laqabi  Zaynuddindur”, deb
qayd   etadi.   “Saddi   Iskandariy”   dostonida   esa   uni   “Ko‘k   gumbazi   uzra   bezakli
qandil”,   deya   ta’riflaydi.   Bunday   yuksak   e’tiroflarning   mazmuni   shu   bo‘lsa
kerakki,   Imom   Abu   Homid   G‘azzoliy   asarlarida   islom   dinining   barcha   nozik
jihatlarigacha   e’tibor   qaratiladi,   masalalar   teran   tahlil   etiladi,   e’tiqodiy
mavzulardagi   bahs   va   munozaralarda   olimning   komil   ixlosi   va   yuksak   islomiy
madaniyati namoyon bo‘lib turadi.
Abu   Homid   G‘azzoliy   1058   m.   yilda   Tus   shahrida   ip   yigiruvchilik   kasbi
bilan shug‘ullanuvchi ma’rifatli bir inson oilasida dunyoga keladi. U otasidan erta
etim qoladi va ikki aka-uka - Muhammad va Ahmadlarga otasining yaqin bir do‘sti
ilm   olishlari   uchun   imkoniyat   yaratadi.   Muhammad   G‘azzoliy   bolalikda   mashhur
olim   Shayx   Ahmad   Roziqoniydan   fiqh,   Abu   Nasr   Ismoiliydan   tavhid,   Imom
Haramayndan   mazhab,   rahbarlik,   bahs,   hadis   va   mantiq   ilmlarini   o‘rganadi.   U
1085-yilda   27   yoshida   Nishopurda   turk   sultoni   Alp   Arslonning   mashhur   vaziri
Nizomulmulk huzurida uyushtirilgan bahslarda to‘plangan olimlarni engib chiqadi
va   mamlakatning   eng   nomdor   Nizomiya   madrasasiga   bosh   mudarrislikka
tayinlanadi. Ammo ma’lum muddatdan so‘ng o‘zining ma’rifiy kamolotini o‘ylab
dunyoviy ishdan voz kechadi va Tusga qaytadi.   Bu erda u umrining oxiriga qadar
atrofiga   uch   yuzga   yaqin   talabalarni   to‘plab,   ularga   dars   berish   bilan   mashg‘ul
bo‘ladi. 
Olim tafsir, hadis, tarix, falsafa, fiqh va tasavvuf ilmlari sohalariga oid yuzga
yaqin asar yozib qoldirdi. Uning fiqhga oid “Bosit”, “Vosit”, “Vojiz” kabi asarlari,
tafsir va aqida ilmlariga oid “Qavoidul-aqoid”, “Ar-risolatul Qudsiya”, “Al-iqtisod
fil   e’tiqod”   kabi   asarlari   ma’lum.   G‘azzoliyning   “Ihya   al-ulum   ad-din”,
“Qavosimul   botiniya”,   “Mukoshafat   ul-qulub”   asarlarida   tasavvufiy   masalalar
tahlil etiladi.
Allomaning barcha asarlarida Haq taologa doimiy itoatda bo‘lish, qo‘rquv va
muhabbat   bilan   o‘zini   Haq   taolo   dargohida,   uning   doimiy   nazoratida   tasavvur etish, qalbini dunyoviy havaslar girdobidan xalos etib, Haq taolo zikrida bardavom
bo‘lish kabi yuksak fazilatlar targ‘ib etiladi.
Imom G‘azzoliyning “Kimiyoi saodat” asarida, xususan, dil haqiqati haqida
so‘z   yuritiladi   va   dilning   xosiyatlari   va   xislatlari   bayon   etiladi.   Dildan   murod   –
odamiylik   haqiqatidir,   deydi   olim,   uni   ba’zan   ruh   deb   ham   ataydilar.   “Dil   deb
siynaning   chap   tomonida   joylashgan   bir   parcha   go‘shtni   aytmasmizkim,   uning
hech   qanday   qiymati   yo‘qdir.   Bu   parcha   go‘sht   hayvonda   va   o‘liklarda   ham
bo‘ladi,   uni   ochiq   ko‘z   bilan   ko‘rsa   bo‘ladi.   Bu   olamda   ochiq   ko‘z   bilan
ko‘riladigan   narsalarni   olami   shahodat   deydilar.   Dil   bu   olamdan   emas,   u   bu
olamda   g‘arib   va   musofirdir”,   deydi   olim,   -   “Dilingni   tanisang   –   o‘zingni
tanigaysan”.
Imom   G‘azzoliyning   “Ihya   al-ulum   ad-din”   asarida   ilmlar   tasnifi   va
tafsilotlari  keltiriladi. Asarning “Ilmda sufiylar  va sufiy bo‘lmaganlarning farqiga
doir” degan faslida tasavvufiy ilm darajalari va uni hosil qilish haqida so‘z boradi.
Olim   “sufiylarning   yo‘llari   nazariy   ulamolarning   yo‘liga   ziddir”,   deydi.   Ya’ni,
sufiylar   haqiqatdan   ilm   tahsili   ishiga   kirishmaydilar.   Olimlarning   borliq
haqiqatlariga doir qilgan ishlarini o‘rganish yoki bu masalalarni tadqiq etishga ham
mutlaqo   aralashmaydilar.   Ularning   fikriga   ko‘ra,   tariq   (ya’ni,   yo‘l)   zid,   yomon,
o‘rtamiyona narsalardan qutulish,  dunyoga aloqador  barcha  rishtalarni  uzib, faqat
Haq   taologa   bog‘lanish   bilan   “ichki   kurash”ga   ahamiyat   berishdir.   “Dunyoviy
olimlar,   -   deydi   Imom   G‘azzoliy,   -   bu   yo‘lning   mavjudligini,   uning   g‘oyalarini,
avliyo   va   anbiyolarning   bu   yuksak   darajalarini   mutlaqo   inkor   qila   olishmaydi.
Ammo ular bu yo‘lni g‘oyat mushkul va maqsadga uzoq deb bilishadi”. 
Abu Homid Muhammad ibn Muhammad G‘azzoliy 1111 yilda vafot etadi.
IBN   ARABIY   –   Muhyiddin   Abu   Abdulloh   Muhammad   ibn   Ali   al-
Andalusiy 1165 m.yilning 28 iyulida Mursiya shahrida Ispaniyaning taniqli islom
ulamolaridan   biri   bo‘lmish   Ali   ibn   Muhammad   ibn   Arabiy   oilasida   dunyoga
keladi.   Bu   davrda   Andaluziyada   umaviylar   sulolasidan   bo‘lmish   Al-muvahhidun
sultonlari   hukmronlik   qilar   edilar.   Ibn   Arabiy   o‘z   davrinig   taniqli   shaxslari,
aslzodalari,   shuningdek,   tarkidunyochi   zohidlar,   tobein   va   tabaa-tobeinlar (Payg‘ambar   alayhissalomning   sahobalarini   ko‘rganlar   va   ularni   ko‘rganlarni
ko‘rganlar) muhitida katta bo‘ladi. U poytaxt va madaniy markaz bo‘lmish Sivilya
(Ishbiliya)   shahrida   ta’lim   olib,   davri   ilmlarini   ancha   mukammal   egallashga
erishadi. Ammo u davlat idoralarida xizmat qilishni istamay, 1172 yillardan keyin
ilohiyot ilmlarini chuqurroq o‘rganishga kirishadi va 1180 yilda Qurdoba shahrida
mashhur   islom   ulamosi   Ibn  Rushd   bilan   uchrashadi.   Shundan   so‘ng  ustozlari   Al-
Uraybiy va Muhammad at-Tamimiy tarbiyalari natijasida 1184 yilda sufiy sifatida
shakllanadi, sufiylikning amaliy faoliyati davomida juda ko‘p mashhur ilohiyotchi
olimlar, zohid va orif Shayxlar suhbatlarida bo‘ladi.
1193 yilda Mag‘rib, ya’ni SHimoliy Afrika bo‘ylab sayohatga chiqadi. Shu
davrdan   boshlab   uning   hayotida   yorqin   taassurotlar,   kashfiyotlar   yuz   beradi.
O‘zining ta’kidlashicha, shu safar davrida Xizr (a.) bilan uch marta uchrashadi. Bu
davr mahsuli sifatida Ibn Arabiyning “Fususil hikam” (“Hikmatlar majmuasi”) va
“Futuhoti   Makkiya”   (“Makka   kashfiyotlari”)   asarlari   yuzaga   keladi.   Olim   hayoti
davomida   800   dan   ziyod   asar   yozganligi   ma’lum.   Misrlik   tadqiqotchi   Usmon
Yahyo   olimning   856   asar   yozganligini,   shundan   bizgacha   550   tasi   2917
qo‘lyozmalar vositasida etib kelganligini ma’lum qiladi.
Ibn   Arabiy   e’tiqodi   –   islom,   mazhabi   –   ahli   sunna   val-jamoa,   maslagi   –
sufiylik   o‘laroq,   Haq   taoloning   butun   haqiqati   va   sifatlari   bilan   olamga   yoyilib
ketganligi   haqidagi   vahdat   ul-vujud   ta’limotiga   asos   soladi.   Uning   tanqidchilari
(Ibn Taymiya va b.) bu ta’limotni panteizm, ya’ni Haq taolo zuhurotdan (har erda
o‘zining   aksini   namoyon   qilishdan)   iborat,   deb   tushunadilar.   Ispan
musulmonlaridan   bo‘lmish   yirik   olim   Ibn   Xaldun   o‘zining   sufiylik   masalalariga
bag‘ishlangan   “Muqaddima”   asarining   bir   bobini   ushbu   ta’limot   tanqidiga
bag‘ishlaydi.   U   Ibn   Arabiy   haqida   gapirar   ekan,   ko‘pgina   sufiy   va   mutakallimlar
kashfiyot   va   ongdan   tashqari   tushunchalar   masalalarida   ancha   chuqur   ketib,   xato
qilganliklarini ta’kidlaydi, “ular hattoki, panteizm va borliqning yagonaligi haqida
gapirishgacha borib etdilar”, deydi.  
Ibn Arabiy tarafdorlari esa bu ta’limotni haqiqiy yakkaxudolikni, Haq taolo
yakka va yagona ekanligini, borliqda Undan boshqa hech narsa yo‘qligini, barcha maxluqot   uning   jilolanishidan   iborat   ekanligini   ifodalovchi   (tavhid)   ta’limot   deb
e’lon qiladilar.
Ibn   Arabiy   bir   necha   bor   Makka   va   Madina   safarlarida,   haj   ziyoratida
bo‘ladi.   U   Iskandariya   va   Qohira,   Tunis   va   Marokash,   Bag‘dod   va   Misr,
saljuqiylar   poytaxti   Qo‘niya   shaharlarida   bo‘ladi.   Uning   safarlari   Eron   va
Hindistondagi sufiylik harakatlariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Ibn   Arabiy   1233   yildan   so‘ng   abbosiy   xalifalar   poytaxti   Damashqda
yashaydi   va   1240   yilda   shu   erda   vafot   etadi.   Olimga   islom   ulamolari   tomonidan
“Muhyiddin”,   ya’ni   “iymonni   o‘yg‘otuvchi”   va   “Ash-Shayx   al-akbar”   (ulug‘
ustoz) faxriy laqablari berilgan.
Ibn   Arabiyning   vahdat   ul-vujud   ta’limotini   mukammal   darajaga   etmagan,
deb tanqid qilgan olim – Imom Rabboniydir.
IMOM   RABBONIY   –   asl   ismi   Ahmad   al-Foruqi   Sarhindiy   bo‘lib,   1562
m.yilning 26 iyunida hozirgi Hindistonning Dehli va Laxor shaharlari oralig‘idagi
Sarhind   qishlog‘ida   tug‘ilgan.   Otasi   tariqat   Shayxi   bo‘lganligi   bois,   juda   kichik
yoshligidanoq arab tili va islomiy ilmlarni yaxshi o‘rganadi. Bolaligidayoq Qur’oni
karimni   to‘liq   yod   oladi.   Shundan   so‘ng   davrning   mashhur   olimlari   bo‘lmish
Kamoliddin   Kashmiriydan   aniq   va   tabiiy   fanlarni,   Ibn   al-Hojar   al-Makkiy   va
Abdurahmon   bin   Fixr   al-Makkiydan   hadis   ilmini   va   Bahlulloh   Badaxshoniydan
fiqh, tafsir va boshqa islomiy ilmlarni o‘rganadi.
1579   -yilda,   17   yoshida   otasidan   murshidlik   (pirlik)ka   ruxsat,   ya’ni   irshod
olib, qodiriya, suxravardiya, chishtiya tariqatlari Shayxi bo‘lib taniladi va muridlar
tarbiyasiga   kirishadi.   Shundan   so‘ng   Imom   Rabboniy   naqshbandiya   tariqatiga
chuqur e’tiqod qila boshlaydi. Otasi vafotidan so‘ng hajga borib kelgach, Dehlida
naqshbandiya   tariqatining   yirik   murshidi   Shayx   Muhammad   Boqibilloh
suhbatlarida   bo‘ladi   va   bu   tariqatning   ham   piri   sifatida   murid   tarbiyasi   uchun
ruxsat   oladi.   Manbalarda   keltirilishicha,   Shayx   Muhammad   Boqibilloh
naqshbandiya tariqatining yirik murshidlaridan biri Xojagi Muhammad Imganakiy
tomonidan maxsus Imom Rabboniyga tarbiya berish uchun yuborilgan ekan.  Imom Rabboniyning islom olamidagi katta xizmatlaridan biri shu bo‘ldiki, u
o‘z   davri   va   jamiyatida   yuz   bergan   islom   aqidalarining   yo‘qolib   ketishini   oldini
olish   uchun  kurashdi.   Boburiy  hukmdorlardan  imperator   Akbar   tomonidan   ishlab
chiqilib, e’lon qilingan yangi, ya’ni barcha dinlar sintezidan iborat bo‘lgan tolerant
bir   dinning   yoyilishiga   qarshi   chiqdi.   U   bu   din   mazmuni   islom   shariati   va
madaniyatiga mutlaqo mos kelmasligini va undan voz kechish lozimligini ta’kidlab
imperatorga murojaat yozdi. Akbar vafotidan keyin esa islom dini sofligi, Qur’on
va   sunnatga   mukammal   amal   qilish   lozimligini   ta’kidlab,   o‘zining   hamfikrlari   va
muridlari   bilan  faol  harakat  boshladi.   Shayx  Akbarning  o‘g‘li   imperator   Jahongir
e’tiborini qozonib, mamlakatda ancha keng yoyilib ketgan dinsizlik va bid’atlarga
qarshi   kurashdi.   Bu   xizmatlari   uchun   Imom   Rabboniy   islom   olamida   “Mujaddidi
alfi   soniy”,   ya’ni   “ikkinchi   ming   yillikda   dinning   yangilovchisi”,   degan   faxriy
nomga sazovor bo‘ldi.
Imom Ahmad Rabboniy sufiylikning asosiy masalasi – Haqqa etish borasida
o‘zining yo‘li va fikrlariga ega edi. U sufiy tariqatning qator talablarini bajargach,
“mushohada” darajasiga etadi, deydi. Ana shu mushohada holatida sufiy olamdagi
har   bir   zarrani   Haq   taolo   jamolini   ko‘radigan   bir   deraza   sifatida   tasavvur   etadi.
Shundan   so‘ng   u   Buyuk   Yaratguchini   o‘zining   tabiatidagi   har   bir   zarrada
mushohada   eta   boshlaydi.   Sufiy   Yaratguchini   butun   borliq   bilan   uyg‘unlikda   –
borliqdan alohida emas, borliqdan tashqarida ham, uning ichida ham bo‘lmagan bir
holatda tasavvur etadi. Bunday holatdan so‘ng sufiy Haq taoloni olam bilan bog‘liq
bo‘lmagan,   ammo   anglab   bo‘lmaydigan   bir   tarzda   olamga   ta’sir   etib,   uni   o‘z
tasarrufida tutib turgan zot sifatida qabul qiladi. Haq taoloning olamda jilvalanishi
uning “At-Takvin” sifatining namoyon bo‘lishidir.
Imom Rabbaniy sufizmni juda keng doirada yoygan Shayx edi. U shariat va
tariqat   orasida   hech   qanday   farq   yo‘qligini,   shariat   umumiy,   tariqat   xususiy
jihatlarga   ega   ekanligini   bayon   etadi.   Uning   tushuntirishicha,   shariat   –   islom
qonunlariga   bo‘ysunish,   tariqat   esa   –   ahli   sunna   yo‘li,   Sunnani   hurmat   qilish,
Sunnaga to‘liq bo‘ysunish yo‘lidir. 16
16
 Сунна, деганда пайғамбар Муҳаммад (а.) феъллари, сўзлари, табиатлари, ҳаёт йўллари тушунилади. Ushbu fikrlarini Shayx yana shunday asosolaydi: shariat uch qismdan tarkib
topgan, bu – ilm, amal va ixlos. Ruhiy poklanish yo‘li (Tariqat) va uning mahsuli
(Haqiqat)   –   SHariatning   ikki   xizmatchisidir,   ya’ni   bular   –   shariatning   uchinchi
qismi   bo‘lmish   ixlosni   kuchaytirish   vositasidar.   Tariqatning   turli   makomlariga
ko‘tarilish   va   Haqiqat   maqomiga   etishdan   maqsad   –   haqiqiy   ixlosga   erishish
bo‘lmog‘i lozim.
Imom   Rabboniy   islom   diniga   yangi   rasm-rusumlar   kiritish,   ya’ni   bid’atga
nisbatan   nihoyatda   murosasiz   edi.   U   Payg‘ambar   alayhissalom   sunnatlarini   pok
holatda saqlash va davom ettirish tarafdori edi.
Vahdat   ul-vujud   ta’limotini   Imom   Rabboniy   vahdat   ush-shuhud   tamoyili
vositasida tushuntiradi. Vahdat ul-vujuddagi “Barcha mohiyat Uning O‘zi”, degan
tasavvurni   Shayx   “Barcha   mohiyat   -   Undan”,   deya   tushuntiradi.   Buning   ma’nosi
shuki,   Haq   taolo   mohiyati   uning   yaratganlaridan   alohida   mavjud,   ammo
yaratganlari   Uning   soyasi   kabidir.   Shuning   uchun   vahdat   ush-shuhud   ta’limi
bo‘lmish   “Haqning   yaratganlarida   jilolanishi”   vahdat   ul-vujudning   yanada
yuksakroq,   yanada   chuqurroq   anglanilishidir.   Imom   Rabboniy   Shayx   Ibn   Arabiy
haqida gapirar ekan, “u vahdat ul-vujud maqomida to‘xtab qoldi”, deydi. Tasavvuf
ulamolarining fikrlariga ko‘ra, agar Ibn Arabiy Imom Rabboniy yonida bo‘lganida,
u Shayxni egallagan maqomidan tortib chiqarib, o‘zi  etgan maqom  – vahdat  ush-
shuhudga etkazar edi. Chunki, Imom Rabboniy vahdat ul-vujud maqomidan o‘tgan
edi.
Imom   Rabboniyning   eng   mashhur   asarlaridan   biri   –   “Maktuboti
Rabboniy”dir.   Bu   asar   fors   tilida   yozilgan,   keyin   arab   tiliga   tarjima   qilingan.
Asarda   tariqat   masalalari   xususida   bahs   yuritiladi.   Bundan   tashqari   Shayxning
“Isbatun   nubuvva”,   “Risolai   Mabda   val   Maad”,   “Raddi   ravofid”,   “Risolai
tahliliya”,   “   Sharhi   ruboiyoti   Abdulboqi’”,   “Maorifi   laduniy”,   “Mukoshafati
ayniy”, “Xatmi xojagon” kabi asarlari mavjud.
Shayx Imom Rabboniy 1624 yil o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Sarhind 17
 qishlog‘ida 63
yoshida vafot etadi.
17
 Бу сўз Ҳинд сарҳадлари, Ҳинд чегаралари деган маънони билдиради.  ADABIYOTLAR
1. Mirziyoev   Sh.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan
quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021. – 488 b.
2. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida //Xalq so‘zi, 2021 yil 8 fevral, №28 (6722).   
3. 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi 
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”
4 .   Islom   tasavvufi   manbalari   (Tasavvuf   nazariyasi   va   tarixi).   Ilmiy   majmua.
Nashrga   tayyorlovchi,   so‘zboshi   va   izohlar   muallifi   H.Boltaboev).   T.:
O‘qituvchi, 2005, 2015.
5. Sharq   mumtoz   poetikasi   Hamdulla   Boltaboev   talqinida.   –   T.:   O‘zbekiston
Milliy ensiklopediyasi ilmiy nashriyoti, 2006; 2008.  
Shayx Ahmad Taroziy. Fununu-l-balog‘a. T.: 1996.  
6. Alisher   Navoiy.   Nasoyimu-l-muhabbat.   MAT.   17-jild.   T.:   Fan,   2001;
Lisonu-t-tayr.   T.:   1991;   Munojot   (nashrga   tayyorl.   S.   G‘anieva).   T.:
Sharq, 1991. 
7. I s h o q o v   Yo. Naqshbandiya ta’limoti va o‘zbek adabiyoti. – Toshkent:
Xalq merosi, 2002. – 174 b. 
8.  K a r o m a t o v   H. Qur’on va o‘zbek adabiyoti .  –  Toshkent: Fan, 1993. –
96 b.
9. K o m i l o v  N. Tasavvuf. - Toshkent, “Movaraunnahr” – “O”zbekiston”,
2009. -- 137-138, 290 b.

Tasavvuf ning paydo bo‘lishi, ta’limot sifatida shakllanishi va tarixiy taraqqiyoti Reja: 1. Tasavvuf ilmi mumtoz adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi sifatida. 2. Tasavvufshunoslik fan sifatida. 3. O‘zbyek tasavvufshunosligi va uning taraqqiyot omillari. 4. Sharq mumtoz poetikasining shakllanishi.

Tasavvuf ijtimoiy hodisalardan biri bo‘lib, u O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlaridagi boshqa diniy-mazhabiy jarayonlar qatorida muayyan moddiy va ma’naviy zamin hamda unga muvofiq tarixiy sharoit natijasi sifatida vujudga keldi. U islom diniga zuhdu taqvo tarzidagi oppozitsion bir ko‘rinishda paydo bo‘ldi, bir guruh insonlarning mavjud davlat boshqaruviga nisbatan e’tirozlarini ifoda etti va Sharq ma’naviy tafakkuri zanjirida shu tariqa amaliy va nazariy munosabatlar majmuidan iborat bo‘lgan tasavvuf ta’limoti yuzaga keldi. Islom dini e’tiqod sifatida yoyilguniga qadar ham sharqda, ham g‘arbda irfoniy ta’limotlar va maktablar mavjud edi. Ayrim g‘arb olimlari tasavvufning yunon va hind irfoniy-falsafiy ta’limotlaridan ta’sirlanib yuzaga kelganligini qayd etadilar. Sharq musulmon ulamolari esa ularning bu fikrlarini rad etib, o‘zlarining bu mavzudagi nuqtai nazarlarini aniq ilmiy dalillar bilan himoya qiladilar. Olimlar munozarasini o‘rganish jarayonida “Sharq va G‘arb ilmiy-falsafiy tafakkuri tarixida mavjud bo‘lgan “irfon” va “tasavvuf” atamalari o‘zaro muqobilmi, ya’ni bir mazmun-ma’noni anglatadimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu tushunchalar esa aynan bir-biriga mazmunan nomuqobil (teng emas), mohiyat jihatidan ham farqli ekan. C h unonchi, “ irfon ” so‘zi arab tilida bilish, tanish, tushunish, chuqur va har tomonlama kuchli bilimni anglatar ekan. Bu so‘z yunon tilida yunon mifologiyasidan kelib chiqqan “mistika”, ya’ni “sirli”, “g‘oyibona” ma’nolarini bildirar ekan. Bu so‘zning yana bir ma’nosi baland salohiyat (intellekt) bo‘lib, irfon sohibi (ya’ni orif)ning ilm-fanning ko‘p sohalarini, fanlarga oid ko‘p ma’lumotlarni qamrab olganligini, aqliy-mantiqiy tafakkuri va intuitsiyasi (hissiy- sezish) qobiliyati rivojlanganligini anglatar ekan. Sezgi orqali erishilgan irfon Haq taolo va uning sifatlari haqida bevosita ma’lumot beradi. Aql va diniy hujjatlar esa bilvosita ma’lumot beradi. Insonning o‘zi his qilib topgan ma’naviy mushohadasiga asoslangan bevosita ma’lumot – irfon, albatta diniy rivoyatlar, dalillangan aqliy bilimlardan muhimroq va qadrliroq sanaladi. “ Tasavvuf ” so‘zi esa inson badanining huzur-halovatga bo‘lgan talablarini cheklash maqsadida tanga qishin-yozin noqulaylik tug‘diruvchi jun matodan kiyim kiyib, qol (dunyoviy) va hol (ma’rifiy) ilmlarni egallab, ichki dunyosini poklashi,

go‘zal qilishi natijasida Yaratguchi - Haq taolo roziligini topish yo‘lidan yurish ma’nolarini bildirar ekan. Tushunchalar ma’nolarini muqoyasa qiladigan bo‘lsak, irfon egasi ham, tasavvuf vakili – sufiy ham ruhiy-ma’naviy kamolotga erishgan zotlar bo‘lib, dunyo hayotlarida Haqni tanish, Unga intilish yo‘lidan yuruvchilardir. Shu jihatdan bu ikki tushunchani ba’zi olimlar bir ma’noda ishlatadilar. Abdulhakim Juzjoniy bu masalaga shunday aniqlik kiritadi: “Ba’zilarning fikricha, tasavvuf irfonning bir bo‘limi va uning ko‘rinishlaridan biridir, ya’ni tasavvuf bir yo‘l-yo‘riq va tariqat sifatida irfondan ajralib chiqqan. Irfon esa umumiyroq tushuncha bo‘lib, tasavvufdan boshqa yo‘l-yo‘riq va mazhablarni ham o‘z ichiga oladi. Unga binoan bir kishi sufiy bo‘lib, orif bo‘lmasligi mumkin. Y o ki bir kishi zohiran tasavvuf tariqasida turib, irfondan hech qanday bahra olmasligi ham mumkin. Ba’zan esa orif so‘zi sufiy va darveshga nisbatan yuksakroq ma’noda ham qo‘llangan. Ba’zilar esa irfon – tasavvufning ilmiy va zehniy tomoni va tasavvuf – irfonning amaliy tomoni deb bilganlar.” 1 Tasavvuf nazariya bilan cheklanib qolmagan, tajriba bilan hosil bo‘lgan amaliy ilmdir. Bu erda amal deyishdan maqsad faqat ibodat emas, balki inson hayotining har bir daqiqasida muayyan maqsad bilan (pok va ezgu maqsad bilan) harakat qilishi, haq roziligini istashidir. Imon ham faqat shu orqali kamol topadi. “Tasavvufiy imon – amaliy imondir”, - deb yozadilar turk olimlari. 2 Demak, irfon alohida olingan bir shaxs ruhoniyati yoki falsafiy maktab ilmiy-ruhoniy takomili darajalari haqida tasavvur tug‘dirsa, tasavvuf imonni axloqiy turmush tarzi, o‘zaro hamjihatlik, mehr-muhabbat; inson, jamiyat va jamiki maxluqot uyg‘unligida namoyon bo‘ladigan fayzi ilohiy bir hol sifatida tushuntiradi. Ko‘rinadiki, irfon va tasavvuf bir maqsadni ko‘zlagan insonlarning irodasini ifoda etuvchi ta’limot, ammo bu maqsadga etish yo‘llari va natijalari turli mazmunda bo‘lishi mumkin. Ya’ni, irfoniy ta’limot va maktablar islomgacha bor edi va ularda ifoda etilgan irfoniy g‘oyalar tasavvuf ta’limoti g‘oyalariga hamohang bo‘lgan. Bu g‘oyalar qadimgi Y u non va Hind falsafalarida ham ishlab chiqilgan. Ammo bu g‘oyalarning asosiy manbalari islomgacha bo‘lgan dinlar edi. 1 Абдулҳаким Шаръий Жузжоний. Тасаввуф таълимотининг илдизлари. // “Мулоқот”, 1995, № 1-2. 32-б. 2 Қаранг: Усмон Турар. Тасаввуф тарихи. – Тошкент: “Истиқлол”, 1999. 27-б.

Shu boisdan islom dini asosida shakllangan tasavvuf ta’limoti islom dini o‘zigacha bo‘lgan dinlardan qanchalik farq qilsa, tasavvuf ham boshqa irfoniy maktablardan katta farq qilgan. Tasavvufning asosiy g‘oyalarini islomning muqaddas manbalari – Qur’oni karim va Hadisi shariflar mazmun-mohiyati tashkil etgan. Abdulhakim Juzjoniy yuqorida tilga olingan maqolasida “Hindiston va Yunonda ilmi irfon” haqida so‘zlar ekan, Hindistonda irfon g‘oyalarini ifoda etgan o‘nlab falsafiy maktablar borligini, shular orasidan “Vandotion” mazhabini Hindistonda irfon mazhabi deyish mumkin ekanligini qayd etadi. Bu ta’limot vakillari falsafiy fikr yuritib: ”orif dunyoviy aloqalar va moddiy bog‘lanishlardan uzilgandan keyin yuksaklik darajasiga ko‘tariladi, o‘shanda orifning ruhi, kulliy (umumiy) ruhning o‘zi bo‘lib qoladi”, degan xulosaga keladilar. 3 Yunonistonda miloddan avvalgi V asr (427-347 yillar)da yashagan, “faylasuflar otasi” deb nom olgan Aflotun - Platon - bu dunyo, butun borliq yagona bir haqiqiy borliqning, ya’ni Haq taoloning aksi, tajalliysi (nurining jilolanishi) deb aytadi. U Haq taolo barcha sifatlari bilan butun olamga, tabiatga yoyilib, singib ketgan, deydi va keyinchalik Sharqda ham keng tarqalib ketgan panteizm ta’limotiga asos soladi. 4 Xullas, hind, yunon falsafasi, xristian ruhoniylari ta’limotlari irfoniy mazmun kasb etsa-da, bu ta’limotlar mukammal bir ilohiy dasturga ehtiyoj sezganlar, shuning uchun ularda inson va dunyo hayoti ehtiyojlariga nisbatan ba’zan keskin munosabat, masalan, asketizm (tarkidunyochilik) kabi nokomil e’tiqod ham paydo bo‘lgan. Tarkidunyochilik islom dini tarixida ham bor hodisa, ammo bu hodisa islomiy tafakkur tarzidan kelib chiqib, o‘ziga xos jihatlariga ega bo‘lgan. Payg‘ambar Muhammad alayhissalom o‘z hadislaridan birida “Lo rahiboniyata fil-islom”, ya’ni islomda rohiblik – xristian dinidagilarning tarkidunyochiligiga o‘xshagan tarkidunyochilik yo‘qdir, deganlar. 3 Шу мақола, 33-б. 4 Тасаввуфга ташқи таъсир масалалари хусусида билдирилган фикрлар, уларнинг таҳлили ва муаллифнинг илмий муносабати Усмон Турарнинг “Тасаввуф тарихи” китобида анча муфассал келтирилган. (Қаранг: Адабиётлар рўйхати, Усмон Турар.)

Tasavvuf muayyan ijtimoiy sabablar bilan islom diniga ixlos va sadoqat natijasida shakllandi va o‘zining g‘oyaviy asosi sifatida islomning muqaddas manbalari Qur’oni karim va Hadisi shariflarga tayandi. Tasavvufning qanday asosda shu nom bilan atalishi haqida mingdan ortiq ta’rif ko‘rsatilgan. Ammo, katta diniy–ma’rifiy ta’limot nomiga aylangan bu so‘z ilmiy dunyoqarash sifatida shakllanib, nazariy jihatdan o‘z yo‘li, g‘oyaviy asoslariga ega bo‘lgachgina, ijtimoiy mohiyat kasb etdi. Bu jarayon esa bevosita islom rasmiy din sifatida keng yoyilib, siyosiy kuchga aylana borishi jarayonida Muhammad alayhissalom hayotlik davrlaridan keyin kechdi. Islom dini tarixidan ma’lumki, “xulafoyi roshidiyn” - Abu Bakr Siddiq va Umar ibn Xattob (r.a.) xalifalik davrlarida islomga e’tiqod xuddi payg‘ambar (a.) hayotlik paytlaridagidek oshkora, ommaviy bo‘lgan. Chahoryorlardan Usmon ibn Affon (r.a.) xalifa bo‘lgach esa, davlatning diniy siyosatiga nisbatan ijtimoiy jihatlarga ko‘proq ahamiyat berilib, davlatlararo savdo-sotiq munosabatlarini va harbiy sohani rivojlantirishga harakat qilindi. Islom davlati tez sur’atli ijtimoiy taraqqiyotga yuz tutib, kishilar va davlatlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar diniy e’tiqodga nisbatan faollashgan xuddi ana shu davrda o‘zining darvishlik, zohidlik kabi ko‘rinishlariga ega bo‘lgan so‘fiylik harakati davlat siyosatiga aralashmay, diniy ta’limot sifatida ilmiy asoslarda rivojlana bordi. Bu ta’limotning asosiy manbalari Qur’oni karim va Hadisi shariflar bo‘lib, bu manbalarga tasavvuf namoyandalari ilmiy-nazariy va amaliy, xususan, intuitiv yondashuvni maksad qildilar. Tasavvufning ijtimoiy oqim sifatida yuzaga kelishi sabablari haqida fikr yuritar ekan, taniqli olim M.Hazratqulov mulohazalarini ba’zi tarixiy faktlar bilan quvvatlaydi. Uning keltirishicha, Hazrati Usmon xalifaliklari davrida (644-655 m.) mazhablar paydo bo‘lishi uchun qulay muhit yuzaga keldi. Xususan, xalifalik markazidan norozilik kayfiyati baralla va oshkora namoyon bo‘la bordi va bu hol turli-tuman shakllarda o‘z ifodasini topdi. Shu davrdan boshlab nihoyatda ko‘pqirrali oppozitsion jarayon paydo bo‘ldi va xorijiya, ismoiliya, mo‘‘taziliya, shuubiya, ash’ariya va boshqa nomlardagi firqalar o‘z ta’limotlarining ilmiy