logo

Tasavvufning paydo bo’lish tarixi.

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

120 KB
REFERAT
Mavzu: Tasavvufning paydo bo’lish 
tarixi.  
Rеja:
1. Tasavvufning ta’rifi, mavzusi, g’oyasi.
2. Tasavvuf so’zining kеlib chi q ishi.
3. Tasavvufning paydo bo’lishi masalasi.  
4. Tasavvufning tarixiy rivojiga bir nazar. K е yingi   yillar   ichida   adabiy-ma’naviy   hayotimizda   «tasavvuf»,   «mutasavvif»,
«ilohiyot»   kabi   tushunchalar   tobora   k е ng   kirib   k е lmoqda.   Aslida   adabiy-falsafiy
olamning hodisasi XX asrning hodisasi emas. XV asrning ikkinchi yarmida yashab
faoliyat  k o’ rsatgan adib va qomusiy olim  Husayn Voiz Koshifiyning shahodatiga
qaraganda,   tasavvufning   o’ q   ildizlari   Odam   Ato   va   uning   dastlabki   farzandalari
taqdiridan   boshlanadi.   Bunday   ilmiy   taxminlar   boshqa   irfoniy   manbalarda   ham
k o’ zga tashlanadi. Uzoq  o’ tmishda shakllana boshlagan tasavvuf n е cha ming yillar
davomida   g’oyat   olis   va   t o’ lqinli   taraqqiyot   y o’ lini   bosib   o’ tdi.   Uning   bag’rida
n е cha-n е cha   tariqatu   oqimlar   tug’ilib,   yashab   hayot   bilan   vidolashuvga   ulgurdi.
Eng   muhimi,   tasavvuf   hamisha   ezgulik   tarafida   turdi,   insonning   jismoniy,
ma’naviy-   ruhiy   kamolatining   hammabop   y o’ llari,   uning   poklanishi   va   balog’ati
ustida fikr yuritdi.
Mustaqillik   davri   boshlanishi   bilan   tasavvuf   ta’imoti   va   tasavvuf   adabiyoti
vakillariga   munosabat   ijobiy   tomonga   o’ zgardi.   Bu   qonuniy   va   tabiiy   o’ zgarish,
albatta.   Chunki   tasavvuf   va   tariqatlar,   tasavvuf   maslagi   zaminida   shakllangan
ma’naviy  hayot  bizning madaniyat  tariximizda  muhim  mavq е ga ega b o’ lgan. Biz
nafaqat   ilm-fan,   adabiyot,   san’at   va   musiqamizni,   tilimiz   taraqqiyotini   ham
tasavvufdan butunlay ajratib tasavvur eta olmaymiz.
Diniy-tasavvufiy   adabiyot   o’ zb е k   mumtoz   adabiyotining   o’ ziga   xos   bir
tarmog’iga aylanganligi, avvalo, mazkur haqiqat bilan izohlanadi.
Tasavvuf   tarixini   o’ rganmay   turib   o’ zb е k   mumtoz   adabiyotining   tub
mohiyatiga  y е tib b o’ lmaydi. Atoqli olim  Е .E. B е rt е l ь s  o’ tgan asr boshidayoq qayd
etgan edi: «Tasavvuf adabiyotini  o’ rganmasdan turib,  o’ rta asrlar musulmon sharqi
madaniy   hayoti   haqida   tasavvurga   ega   b o’ lish   mumkin   emas...   bu   adabiyotdan
xabardor   b o’ lmasdan   Sharqning   o’ zini   ham   anglash   qiyin».   Tasavvuf   adabiyotini
bilish va  o’ rganish uchun esa avvalo tasavvufning  o’ zini bilish k е rak.
Tasavvuf   tadrijiy   taraqqiyotga   ega   ta’limot   bo’lib,   islom   olamida   VIII
asrning o’rtalarida paydo bo’lgan. Dastlab u zohidlik harakati ko’rinishida kurtak
yoyadi.   Gap   shundaki,   hazrat   Muhammad   Mustafo   sallallohu   alayhi   vasallam vafotlaridan   keyin   musulmonlar   jamoasi   ichida   bo’linish   yuz   beradi,   ayniqsa,
xalifa   Usmon   raziyallohu   anhu   zamonida   boylikka   ruju   qo’yish,   qimmatbaho
tuhfalar   bilan   qarindosh-urug’lar,   yaqin   do’st-birodarlarni   siylash   rasm   bo’ladi.
Umaviya xalifaligi davriga kelib esa, saroy hashamlari, dabdabali  bezaklar, oltin-
kumushga   berilish,   xazina   to’plash   avj   oldi.   Ya’ni   diniy   mashg’ulotlar,   Xudo
yo’lidagi   toat-ibodat   o’rnini   dunyoviy   ishlar,   dunyo   moliga   muhabbat   egallay
boshladi.   Bu   hol   diniy   amrlarni   ado   etishni   har   qanday   dunyoviy   ishlar,
boyliklardan   ustun   qo’ygan   e’tiqodli   kishilarning   noroziligiga   sabab   bo’ldi.   Ular
orasida   hadis   to’plovchi   muhaddislar,   ilgaridan   qashshoq   bo’lib,   uy-joy,   mol-
mulkka e’tibor qilmagan sahobalar ham bor edi. Bularning bir qismi dinni himoya
qilib, ochiq kurashga otlangan bo’lsalar, ikkinchi qismi qanoat va zuhdni («zuhd»
so’zidan   «zohid»   so’zi   kelib   chiqqan)   asosiy   maqsad   qilib   olib,   saroy   ahli   va
sarvatdorlar,   boylar   axloqiga   qarshi   norozilik   belgisi   sifatida   tarkidunyochilik
g’oyasini targ’ib etib, ijtimoiy faoliyatdan butunlay chetlashganlar, surunkali toat-
ibodat bilan shug’ullanganlar.
Kufa,   Bag’dod,   Basra   shaharlarida   tarkidunyo   qilgan   zohidlar   ko’p   edi,
aytish kerakki, ularning obro’-e’tibori ham xalq orasida katta bo’lgan. CHunonchi,
Uvays   Qaraniy,   Hasan   Basriy   kabi   yirik   so’fiylar   aslida   zohid   kishilar   edilar,
shuning uchun bu zotlarning nomi shayxlar va so’fiylar haqidagi tazkiralarda zohid
sifatida   tilga   olinadi,   ba’zi   mualliflar   esa   ularni   so’fiylar   qatoriga   qo’shmaganlar
ham.
Buning   boisi   shuki,   zohidlar   uzlat   va   taqvoni   pesha   etgan   bo’lishlariga
qaramay,   ishq   va   irfon   (ilohiy   ma’rifat)dan   bexabar   kishilar   edilar.   Ular   falsafiy
mushohadakorlik, ajzu irodat bilan ma’naviy-axloqiy kamolot sari intilish, valiylik,
karomatlar   ko’rsatish   kabi   xislatlarga   ega   emasdilar.   Zohidlarning   niyati   ibodat
bilan   oxirat   mag’firatini   qozonish,   Qur’onda   va’da   qilingan   jannatning   huzur-
halovatiga   yetishish   edi.   So’fiylar   nazarida   esa   jannat   umidida   toat-ibodat   qilish
ham   tama’ning   bir   ko’rinishidir.   Holbuki,   so’fiy   uchun   na   dunyodan   va   na
oxiratdan   tama’   bo’lmasligi   kerak.   Yagona   istak   bu  —   Haq   taoloning  diydoridir,
xolos.  Mashhur   so’fiy   ayol   Robia   Adaviyya   (714—801)   Tangriga   munojotlarida
nola qilib aytar ekan: «Ey Parvardigorim, ey Yori aziz, agar jannating tamaida toat
qiladigan   bo’lsam,   jannatingdan   benasib   et,   agar   do’zaxingdan   qo’rqib   ibodat
qiladigan bo’lsam, meni do’zax o’tida kuydir — ming-ming roziman! Ammo agar
Sening   jamolingni   deb   tunlarni   bedor   o’tkazar   ekanman,   yolvoraman,   meni
jamolingdan mahrum etma!»  
Alloh   taologa   quruq,   ko’r-ko’rona   mutelikniig   hojati   yo’q.   SHuning   uchun
so’fiylar   Allohni   jon-dildan   sevish,   Uning   zoti   va   sifatlarini   tanish   va   bilish,
ko’ngilni   nafsu   hirs   g’uboridan   poklab,   botiniy   musaffo   bir   holatda   Iloh   vasliga
yetishish   va   bundan   lazzatlanish   g’oyasini   keng   targ’ib   qildilar.   Inson   ruhi
ilohiydir va, demak, asosiy maqsad — ilohiy olamga borib qo’shilmoqdir, dedilar.
SHu tariqa, dunyodan ko’ngil uzgan, ammo zohidlarga o’xshamaydigan, «bir nazar
bilan   tuproqni   kimyo   etadigan»   (Hofiz   SHeroziy),   zehnu   zakovat,   aqlu   farosatda
tengsiz, ammo o’zga mutafakkirlar, faylasuflardan ajralib turadigan, shariat ilmini
suv   qilib   ichgan,   toatu   ibodatda   mustahkam,   lekin   oddiy   dindorlardan
farqlanadigan   ajoyib   xislatli   odamlar   toifasi   paydo   bo’lgan   ediki,   ularni   ruh
kishilari deb atardilar. Bunday odamlarning fe’l-atvori, yurish-turishi, xoriqulodda
(odatdan   tashqari)   so’zlari   va   ishlari   atrofdagilarni   hayratga   solar,   ba’zilarining
g’aybdan   bashorat   beruvchi   karomatlari,   sirli   mo’’jizalari   aqllarni   lol   qoldirardi.
Ularni ahlulloh, avliyo, ahli hol, ahli botin, arbobi tariqat, darvesh, qalandar, faqir
degan   nomlar   bilan   tilga   olardilar.   Ammo   bu   toifaga   nisbatan   ko’proq   «so’fiy»
nomi   qo’llanilgan,   chunki   ushbu   so’zning   ma’nosi   ancha   keng   bo’lib,   boshqa
tushuncha va atamalarni o’z ichiga sig’dirardi.
Avvalo,   shuni   ta’kidlash   kerakki,   chin   so’fiy   o’zlikdan   hamda   foniy
dunyodan voz kechgan va Haq baqosida o’zligini qayta topgan zot bo’lib, suratda
bandayu, ma’nida ozod kishidir. Surat — tashqi ko’rinishda banda bo’lish — jism-
tanani   Iloh   toatiga   bag’ishlash   bo’lsa,   ma’nida   ozodlik   –   botinni   barcha
aloqalardan  tozalab,  ruhni   hur  va  pok  saqlash   demak.  So’fiyga  hech  bir   narsa  va
hech   bir   kishi   qaram   bo’lmasligi;   uning   o’zi   ham   hech   bir   narsaning,   hech   bir
odamning qarami bo’lmasligi kerak.  So’fiynnng   ozodligi   deganda,   tasavvuf   ahli   solikning   bashariy   sifatlardan
mutlaq qutulishi va ilohiy faqr sifati bo’lmish pok ruh ko’rinishida istig’no olami
—   Tangri   taolo   olamining   zaruratlari   bepoyonligini   kullan   idrok   etishini
anglaganlar.   So’fiy   yana   «sirri   sof,   aqli   yetuk,   muhabbat   ahliga   dil   bog’lagan»
( Koshifiy )   bo’lishi,   nafasidan   bedardlar   qalbi   bedor   bo’lmog’i   kerak.   So’fiylar
ruhoniyat   bilan   suhbat   quradigan,   kayhonu   falak   asroridan   mujda   keltiradigan,
faqrni ixtiyoriy ravishda bo’yinga olib, tabiiy axloqni tark eta borib, ilohiy axloqni
kasb   etuvchi,   ezgulik   yo’lida   jonini   fido   qiluvchidirlar,   ular   borliq   va   yo’qlik,
zamon va makondan xorij, azalu abadni birlashtirgan mukarram zotdirlar. 
Ana   shunday,   davrlarning   almashinishi,   shohlarning   o’zgarishi,   siyosatu
rayosat darvesh so’fiyning e’tiqodiga, xulqiga ta’sir qilmasligi kerak, so’fiy mayda
manfaatlar,   odamlarning   kundalik   tashvishlarigina   emas,   umuman   foniy
dunyoning   g’amu   muammolaridan   ustun   turadigan,   tafakkurining   sathi   falaklar
qadar qamrovli, qalbida ma’nolar bulog’i qaynab turgan komil inson hisoblangan.
(Amir Temur, Bobur, Xorazmshohlar, Mashrab) 
Bunday   karomatli   insonlarni   xalq   aziz-avliyo,   qudsiy   nafasli   kishilar
sifatida   alohida   e’zozlagan.   Bu   zotlar   atrofdagilar   ongi   va   shuuriga   qattiq   ta’sir
o’tkazganlar va ma’naviyat sultonlari bo’lib maydonga chiqqanlar. Ularning so’zi
va   harakati,   xislati   va   axloqi   hammaga   ibrat   qilib   ko’rsatilgan.   Jahonning
butunligi, obodonlik va osoyishtalik Parvardigor fayzini yetkazuvchi shu tabarruk
zotlarning   duosi,   xayrli   ishlariga   vobasta   deb   qaralgan.   SHu   asnoda   avliyo   —
anbiyoning   merosxo’ri   —   davomchisi   degan   aqida   shakllangan.   Ya’ni,   garchi
Payg’ambari   oxirzamon   Muhammad   sallallohu   alayhi   vasallamdan   keyin
payg’ambar   kelmasa-da,   ammo   qutbi   kirom   valiylar   har   zamonda   paydo   bo’lib,
xalqni   islom   haqiqatlariga   hidoyat   etadilar,   to’g’ri   yo’lga   boshlaydilar.   (Ubaydiy
va Bobur) 
Zohidlik   davri   so’fiylari   (chunonchi,   Ibrohim   Adham,   Hasan   Basriy,   Abu
Hoshim   Ko’fiy   va   boshqalar)   taqvo   va   parhezkorlikni   bosh   maqsad   deb   bilgan
bo’lsalar,   keyingi   davr   so’fiylari   tafakkuriy-shuuriy   rivojlanish   —   ya’ni   dunyoni
va   Ilohni   bilish,   tanishni   asosiy   maqsad   -   deb   hisoblaganlar.   Birinchi   davrni tasavvufning   ibtidoiy   davri   («avvalgi   davr»)   sifatida   tilga   oladilar.   Oriflik   davri
deb   ataganimiz   ikkinchi   davr   ham   (bu   IX   asr   o’rtalaridan   boshlanadi)   bir   necha
bosqichlarga   ega.   CHunonchi,   IX—X   asrlar   —   xonaqohlarning   paydo   bo’lishi,
tariqat   rusumlarining   shakllanishi   davri.   XI—XII   asrlar   —   tasavvuf   maktablari,
silsilalarning tarkib topishi davri. Bunda Misr, Bag’dod, Basra, Buxoro, Nishopur,
Termiz,   Balx   shaharlari   tasavvuf   va   tariqat   markazlari   sifatida   muhim   rol
o’ynagan.   Natijada   Misr,   Xuroson,   Movarounnahr,   Iroq   va   Turkiston   maktablari
shuhrat topgan.
XIII asr — XIV asr boshlari tasavvuf tarixida alohida bir mahsuldor davrdir.
Bu   davrga   kelib,   tasavvuf   ham   nazariy-ilmiy   nuqtai   nazardan,   ham   amaliy
harakatchilik   nuqtai   nazaridan   o’zining   yuksak   cho’qqisiga   ko’tarilgan   edi.
Tasavvuf   adabiyotining   gullashi   ham   shu   davrga   to’g’ri   keladi.   Ayniqsa,
Muhyiddin   ibn   al-Arabiy,   Yahyo   Suhravardiy,   Najmiddin   Kubro   singari
mutafakkir   shayxlar,   Farididdin   Attor,   Ahmad   Yassaviy,   Jaloliddin   Rumiy   kabi
ulug’   so’fiy   shoirlar   tasavvuf   ilmining   doirasini   kengaytirdilar,   uni   falsafa   va
hikmat bilan boyitdilar. Agar IX—XI asrlarda tavhid asoslarini chuqurlashtirishga
katta   e’tibor   berilib,   tasavvufning   fano   va   baqo   kabi   tushunchalari,   Haqqa   vosil
bo’lish   mayli   shiddat   bilan   targ’ib   qilingan   bo’lsa,   XIII   asr   o’rtalaridan   boshlab
tafakkuriy-aqliy   yo’nalish   yetakchilik   qila   boshladi.   Bu   falsafiy   oqim   tasavvuf
tarixida «vahdat ul-vujud» nomi bilan shuhrat topdi. So’fiylar endi koinot tuzilishi,
odamlarning   xususiyatlari,   olam   va   odam   munosabatlari,   komil   inson   anglamlari
bilan bosh qotiradigan bo’ldilar. Natijada, Ibn al-Arabiy va Jaloliddin Rumiy kabi
zotlarning asarlarida butun bir falsafiy tizim o’z ifodasini topdi, ular ilohiy kashfu
karomat, ruhiy-psixologik holatlar, botiniy latifliklar bilan birga real insoniy hayot
haqida   ham   juda   ko’p   ajoyib   fikrlarni   bayon   etdilar.   SHunday   qilib,   tasavvuf
SHarq fikriy taraqqiyotidagi ko’p asrlik tajribalarni qamrab olib, uni rivojlantirdi,
din va falsafa, hikmat va vahdat, kalom va hadis ilmlarini birlashtirdi, ilohiy ilmlar
bilan dunyoviy ilmlarni  o’zaro bog’lashga harakat qildi. Natijada tasavvuf  SHarq
kishisining tafakkur tarzi va axloq normasini belgilaydigan hodisaga aylanib qoldi. Adabiyotga   tasavvuf   ta’sir   o’ tkazgan   bosh   maydon-   tariqat.   O’ zb е k
adabiyoti rivojiga ma’lum ulush q o’ shgan dastlabki tariqat esa Abdulqodir Giloniy
asos   solgan   Qodiriya   tariqati   edi.   U   Turkistonga   ikki   y o’ l   bilan   kirib   k е lgan:   ilk
da’fa   arab   tujjorlari   vositasi   bilan,   XII   asrlarning   oxirlaridan   e’tiboran
«B a g’doddan Volgadagi Bulg’or qirolligi ila Farg’ona vodiysi shaharlariga, k е yin
Turkistonga   tarqalgan»   .   O’ rta   Osiyoda   avval   Yassaviya,   s o’ ng   Naqshbandiya
tariqatlari k е ng nufuz topgach, Qodiriya faqat Farg’ona vodiysida oldingi mavq е ini
saqlab   qolgan.   X 1 X   asrning   oxirlarigacha   ijodkorlar   orasida   o’ z   vakillariga   ega
b o’ lgan. Shoir Haziniyning:
Sulukim- Qodiriya, rahbarimdur piru pironim,
Saharlar zikri Ollohni odat qilmasam b o’ lmas,
d е gan e’tirofi mazkur fikrlarni tasdiqlovchi qimmatli bir dalildir.
             Javonmardlik tariqatining asoschisi Najmiddin Kubroning k o’ plab izdoshlari
b o’ lgan.   Ulardan   Xoja   Abdulvafoyi   Xorazmiy,   Husayn   Xorazmiy   nomlarini
eslatish   mumkin.   Najmiddin   Kubroning   irfoniy   sh е ’rlari   qatori,   unga   bag’ishlab
yozilgan sh е ’riy va nasriy asarlari ham adabiyotimizning qimmatbaho mulki di r.
Turkistonda   diniy-tasavvufiy   adabiyot   Ahmad   Yassaviy   ijodi   bilan
boshlandi.   Yassaviydan   s o’ ng   «D е voni   hikmat»   ruhida   hikmat   yozish   an’anaga
aylandi. K o’ plab vatandoshimiz hamda  x orijlik shoirlarga ilhom manbai b o’ ldi.
Alish е r Navoiy, Bobur, Mashrab, S o’ fi Olloyor ijodi tasavvufiy hissiyot  va
g’oya lar bilan t o’ lib toshgandir. 
Tarixdan   ma’lumki,   islom   zaminida   dunyoga   k е lgan   s o’ fiylik   dastlab
Basrada maydonga chiqqan va Abdulvohid bin Zayd, Hasan Basriyning atrofidagi
kishilar   s o’ fiylikning   ilk   xalqasini   tashkil   etishgan.   Chunki   aynan   o’ sha   Basrada
boshqa   joyda   k o’ rilmagan   zuhd   va   ibodat   hayoti   hamda   Olloh   q o’ rquvi   t o’ la
hokimlikka erishgan edi. 
Musulmonlar   orasida   eng   fazilatli   shaxslar   Rasulullohning   ashoblari
hisoblangan.   Ular   hazrati   payg’ambarimizning   suhbatlariga   musharraf
b o’ lganliklari uchun Sahoba d е yilgan. Sahobadan k е yin yashab, ularga suhbatdosh
b o’ lganlar   Tabiun   nomini   olishgan.   Bular   ham   xosiyatli   insonlar   sifatida o’ zlarining   sharaflariga   loyiq   tarzda   hayot   k е chirib   o’ tishgan.   Tabiun   izdoshlari
Atbou’t-tobiun   d е yilgan.   Ana   shulardan   so’ng   xalq   o’ rtasida   har   turli   ixtiloflar
q o’ zg’alib,   bir-biridan   farqli   fikr-qarashlari   ziddiyatli   guruhlar   o’ rtaga   chiqa
boshlagan. Bu t o’ g’rida mulohaza yuritgan Abdulkarim Qushayriy shuning oqibati
o’laroq   «dinning   hukmlariga   z o’ r   diqqat   va   ixlos   bilan   rioyat   etgan   insonlarga
zuhhod   va   ubbod»   (zohid   va   obidlar)   nomi   b е rilganligini   aytib,   yana   yozadi:
«Ancha   s o’ ngra   bid’at   mazhablari   o’ rtaga   chiqdi.   Har   mazhab   boshqasi   bilan
tortish a  va xalqni  o’ z tomoniga da’vat qila boshladi... Natijada «har nafasda Olloh
bilan   b o’ lish»   holini   muhofaza   etgan   va   o’ zlarida   zohir   b o’ lgan   g’aflat
musibatlaridan   qutilmoqqa   jahd   aylagan   Ahli   sunnatning   p е shqadamlari
Mutasavvif   otini   olib,   boshqalardan   ajraldilar.   Bu   zumraning   ulug’lari   hijriy   ikki
yuzinchi   yildan   avval   ushbu   nom   bilan   mashhur   b o’ lgandirlar».   Ibn   Xald u n   esa
s o’ fiylik   yoshini   islomning   tug’ilishi   bilan   d е yarli   t е ng   q o’ yadi:   «S o’ fiylarning
y o’ li-   islomning   ilk   kunlaridan   buyon   mavjud   b o’ lgan   bir   harakat   edi...   Ammo
hijriy   ikkinchi   asrdan   so’ngra   dunyo   s е vgisi   ustun   k е la   boshlagach,   xalqning
dunyoviy narsalarga mayli kuchaygan. Zuhd va taqvoga y o’ nalganlar esa «s o’ fiy»
nomi ila ulardan ajraldilar».
D е mak,   tasavvuf   bid’at,   g’aflat,   dunyoparastlik   va   xalqdagi
parokandaliklarga   qarshi   b o’ lgan   xolis   niyatli   kishilarning   maslagi   o’ laroq
tug’ilgandir.
Sulamiy   «Tabaqoti   s o’ fiya»   asarida   ilk   s o’ fiylarni   b е sh   tabaqaga   mansub
yigirma s o’ fiy t o’ g’risida ma’lumot b е rgan. «Risolai Qushayriy» muallifiga k o’ ra,
ilk   s o’ fiylar   Ibrohim   Adham,   Zunnun   Misriy,   Karxiy,   Sirri   Saqatiy,   Boyazid
Bistomiy   va   Junayd   Bag’dodiylarga   daxldorlik   nisbati   ila   sakson   uchtadir.   Ilk
s o’ fiylar   orasida   Hasan   Basriy,   Shaqiqi   Balxiy,   Abu   Xoshim   S o’ fiy,   S o’ fiyon
Savriy   singari   bir   qancha   shaxslar   eng   avvalo   zuhddagi   kamolotlari   bilan   o’ rnak
k o’ rsatganlar.
«Turk-islom   qomusi»dagi   ma’lumot   b o’ yicha,   ilk   s o’ fiylar   orasida   birinchi
b o’ lib   tasavvufiy   ma’nolardan   bahs   yuritgan   Hasan   Basriy.   Ishorat   va   ramzlarni
s o’ z bilan bayon qilib, ilk bora hol va maqomotdan s o’ zlagan Zunnun Misriy erur. «Tasavvuf tili» nomini olgan Said Xarroz esa birinchi daf’a fano va baqo xususida
s o’ zlagan.   Bag’dodda   tavhid   masalasini   ilgari   surish   Saqatiyning   zimmasiga
tushgan. Maqomot jihatidan oriflarning mazhablari haqida dastlab SHaqiqi Balxiy
s o’ zlagan.   Tasavvuf   jarayoniga   Fuzayl   bin   Ayoz   uyg’oqlik   baxsh   etgan.   Marv
shahrida ilk bora tasavvufiy hollardan nutq irod etgan kishi Abulabbos Qosim bin
Sayyor   Marvoziy   b o’ lgan   ekan.   Sh е rozda   s o’ fiylik   martabalari   Abulabbos   bin
Imron tomonidan b е lgilab b е rilmish. Jamoalarda jamoa holida tasavvufdan ta’lim
b е rishni   boshlagan   Yahyo   bin   Muoz   Roziy   edi.   S o’ fiylik   tarixi   va   taraqqiyotini
chuqur bilish uchun bunday ma’lumotlarni e’tiborda saqlash juda muhimdir.
Tasavvuf s    o’    zining qa    е   rdan k    е   lganligi     va tasavvuf ahliga nima uchun s o’ fiy
ismi   b е rilganligi   haqida   turli   qarashlar   ilgari   surilgan.   Manbalarda   zikr   etilgan
asosiy qarashlar quyidagilardir:
a)   Tasavvuf   s o’ zi   «Ashobi   suffa»dan   paydo   b o’ lgan.   Bu   nuqtai   nazarga
k o’ ra,   s o’ fiylar   holu   harakatlari   bilan   Ashobi   suffaga   o’ xshaydilar.   Z е ro,   ashobi
suffa   k o’ p   vaqtlarini   Masjidi   Nabaviyning   suffa(supa)sida   ibodatu   zikr   bilan
o’ tkazganlar.   Biroq   ashobi   suffa   bilan   s o’ fiylarning   yashash   tarzi   bir-birlariga
o’ xshash b o’ lsa-da, asos jihatdan bu qarash t o’ g’ri emas.
b)   Tasavvuf   kalimasi   «saff»dan   paydo   b o’ lgan.   S o’ fiylar   Allohning
roziligiga   muvofiq   yashaganliklari   tufayli   oxiratda   Alloh   huzurida   oldingi   safda
turadilar, d е gan tushunchadan paydo b o’ lgan. Bu nuqtai nazar ham k е lib chiqishi
nuqtai nazaridan t o’ g’ri emas.
v) «Banu sufa»ga nisbat b е rilgan b o’ lib, s o’ fiy d е yilgan. Banu Sufa Mudor
qabilasidan b o’ lib, Ka’batullohga xizmat qilib, Alloh roziligi uchun xalqqa xizmat
qilgan va astoydil ibodatga b е rilgan bir sulolaning nomidir. Agar bu qarash t o’ g’ri
b o’ lganda, s o’ fiy s o’ zi sahobalar davridayoq ishlatilgan b o’ lishi k е rak edi.
g)   S o’ fiy   kalimasining   asli   «safoviy»  b o’ lib,  talaffuzi   qiyin  b o’ lgani   uchun
«vov» bilan «fa»  o’ rin almashgan. Bu qarash e’tiborga loyiq emas.
d)   S o’ fiy   s o’ zi   «safo»   yoki   «savf»dan   k е lib   chiqqan   d е b   aytiladi.   Bu
qarashga   k o’ ra,   s o’ fiy   dunyoviy   kirlardan   qalbi   tozalanib,   poklangani   uchun   bu nomga  sazovor  b o’ lgan.  Imom  Qushayriy   ushbu  qarash  tarafdori.  Bu   da’vo  k е lib
chiqish qoidasiga muvofiq emas.
е ) Tasavvuf, bir yoqlama b o’ lish, yuz  o’ girish ma’nolarini bildiruvchi «savf»
s o’ zidan   olingan   d е yiladi.  Allohga   erishganlar   mosivodan   yuz   o’ girganlari   uchun
ularga s o’ fiy, yurgan y o’ llariga esa tasavvuf d е yilgan.
yo)   S o’ fiy   kalimasi   yunoncha   «hikmat»   (falsafa)   ma’nosini   bildiradigan
«sofos- sofia»dan olingan. Umar Farid Kam (1861-1944) «Vahdati vujud» asarida
(76-b е t),     Shamsiddin   Somiy   (1850-1905)   esa   «Qomusi   turkiy»   asarining
«tasavvuf» yoki «s o’ fiy» moddalarida ushbu fikrni yoqlaydilar. Shayx Saffat  Е tkin
ham shu nuqtai nazarni himoya qiladi. Ismoil Haqqiy Izmirli esa bu nuqtai nazarni
rad etib, quyidagi dalillarni ilgari suradi: zohidlik y o’ liga suluk qilgan kishilarning
«s o’ fiya» ismi bilan mashhur b o’ lishlari , yunoncha asarlarning tarjima qilinishi va
falsafaning   musulmonlar   orasida   tarqalishidan   avval   sodir   b o’ lgan.   Malik   ibn
Dinor (h. 131-m. 748-749), Robiyatul Adaviya (h. 135-m. 752-53), Shaqiq Balxiy
(h.   153-m.770)   va   Fuzayl   ibn   Ayoz   (h.   161-   m.   778)   shunday   kishilardandir.   Ilk
s o’ fiy ismi bilan atalgan zot 150 h.-767m.  y ilda vafot etgan Abu Hoshimdir.
j)   s o ’ fiy   kalimasi   jun,   yung   ma’nosidagi   «suf»   s o’ zidan   olingan.   Rangsiz,
dag’al   jundan   tikilgan   libos   kiymoq   u   davrlarda   gunohlardan   pushaymon
b o’ lishning alomati edi. Muhosibiyning fikricha, junli libos kibrni   o’ ldirib,odamni
kamtarin   qiladi.   Malik   ibn   Dinor,   Utba   va   Sufyoni   Savriylarning   junli   libos
kiyganliklari   rivoyat   qilinadi.   Anas   ibn   Molikdan   rivoyat   qilishlaricha,
«Payg’ambar  alayhissalom  bir  kishining da’vatiga ijobat  qilib, eshagiga  minar  va
junli kiyim kiyib borar edilar. S o’ fiylar ham junli kiyim- payg’ambarlarning kiyimi
va   tavoz е   b е lgisi   b o’ lganidan   junli   libos   kiyardilar.   Oq   rangli   junli   kiyim   kiyish
hijriy   III-   asrdan   e’tiboran   s o’ fiylar   tomonidan   rasmiy   libos   sifatida   maqbul
k o’ rilgan.»
Turli talqinlarga qaramay, bu mavzuda uzil-k е sil xulosa quyidagicha: qaysi
s o’ zdan k е lib chiqqan b o’ lishiga qaramay, «s o’ fiy» kalimasi s o’ fiylik sifatiga ega
kishilar guruhining nomi b o’ lib, s o’ fiylik y o’ ilini tanlagan kishi «s o’ fiy», u yurgan
y o’ lga   esa   «tasavvuf»   d е yiladi.   Bundan   tashqari,   s o’ fiylar   dunyo   bilan   qalban aloqani   uzib,   yurtlarni   tark   etib,   shaharma   shahar   k е zganlari   uchun   ularni
«sayyohun»   (sayyohatchilar)   va   «g’urabo»   (g’ariblar),   taomni   oz   е ganlari   uchun
«juiyya»   (qorni   ochlar),   molu   davlatga   rag’bat   qilmaganlari   uchun   «fuqaro»
(faqirlar), ch o’ llarni k е zib, g’orlarda yashaganlari uchun Xuroson ahli tomonidan -
«shikaftiya» d е b ham atalganlar.  
Tasavvufning   ma’no-mohiyatini   t o’ g’ri   bilish   uchun,   s o’ fiy   va
mutasavviflarning   tasavvufga   b е rgan   ta’riflariga   alohida   e’tibor   b е rish   ham
maqsadga   muvofiqdir.   Bunda   ayniqsa   ilk   davrlardagi   s o ’ fiylarning   ta’riflari
ahamiyatga   ega.   Abu   Nasr   Sarrojning   «al-Lumoa»,   Hujviriyning   «Kashful-
mahjub»,   Abdulkarim     Qushayriyning   «Risolai   Qushayriy»,   Suhravardiyning
«Avoriful-   ma’orif»i   singari   bir   n е cha   m o ’ tabar   manbalarida   bunday   ta’riflarga
maxsus  o ’ rin ajratilgan. Biz ulardan ayrimlarini k o ’ rsatib  o ’ tmoqchimiz:
1.   Ma’rufi   Karxi:   «Tasavvuf,   haqiqatlarga   quchoq   ochib,   mahluqotning
q o’ lidagilardan yuz burmoq erur».
2. Abu Sulaymon Doroniy:   «Tasavvuf, s o’ fiyning Ollohdan boshqasi bilmaydigan
amallarni   ado   aylash   va   yolg’iz   Ollohga   ayon   bir   hol   ila   U   bilan   doimiy   birga
b o’ lishdir».   
3.   Abu   Hafs   al-Haddod:   «Tasavvuf   adabdan   iborat   erur.   Har   vaqtning   o’ z   adabi
bordir.   Har   bir   holning   adabi   bor.   Vaqtning   odobiga   diqqat   qilgan   solik   komil
inson martabasini egallar..».
4.   Amar   Usmon   al-   Makkiy:   «Tasavvuf,   har   vaqt   va   har   soat   qulning   q o’ lidan
k е ladigan eng xayrli ish ila mashg’ul b o’ lishidir.»
5.   Abu   Husayn   Nuriy:   «Tasavvuf,   rusm   ham   emas,   bilim   ham   emas,   balki   axloq
erur. Agar tasavvuf marosim b o ’ lsaydi, mashaqqat ila q o ’ lga kiritilardi. Ilm b o ’ lsa,
ta’im bilan  o ’ rganilardi. Tasavvuf ilohiy axloq sifatlari ila axloqlanmoqdir».
6. Abulqosim Junayd: «Tasavvuf, qulga ato etilgan holdir».
7. Abu Muhammad Ruvaym: «Tasavvuf nafsni Olloh irodasiga vaqf etmoqdir».
8.   Abu   Amr   Damashqiy:   «Tasavvuf,   koinotni   noqis   k o’ rmak,   kamchilikdan   xoli
kishining mushohadasi ila noqis borliqqa boqmoqdan yuz burishdir». 9.   Abu   Ali   R o’ zboriy:   «Tasavvuf,   quvsa   ham   s е vgilisining   eshigi   yonida
yotmoqdir».
10.   Ali   Bundor   Nisoburiy:   «Tasavvuf,   zohiran   ham,   botinan   ham   mahluqotni
k o’ rmaslikdir».
Bu   ta’riflarga   diqqat   qilinsa,   ularning   mazmuni   bir-biridan   ancha   uzoqligi
kishini  o’ ylantirib q o’ yadi.
Muammoli savol: Nima sababdan tasavvvufga xilma xil ta ’ rif b е rilgan?
  Ba’zan   bir   s o’ fiyning   tasavvufga   bеrgan   bir   nеcha   ta’riflarida   ham   xuddi
shunday holni k o’ rish mumkin. Ibrohim bin Muvallad Raqqiy «Tasavvuf nеdur?»-
dеgan savolga yuzdan ortiq javob qaytargan ekan. 
Bir ilm yo’nalishi sifatida umumiy ta’riflaganda, «Tasavvuf inson qalbidagi
yomon   sifatlardan   xalos   bo’lish   choralarini   o’rgatuvchi,   qalbdagi   ezgu   sifatlar   va
ularni   qo’lga   kiritish   yo’llarini   ko’rsatuvchi,   ma’naviy   martabalarni   bosib   o’tib,
еng   yuksak   martaba   bo’lmish   «komil   inson»   maqomiga   erishmoq   qoidalarini
o’rgatuvchi   va   nihoyat,   tavhid   sirlarini   bayon   etuvchi   bir   ilmdir»   dеyishimiz
mumkin.
Fiqx, tafsir, hadis va kalom kabi ilmlardan tashqari, mustaqil bir ilm sohasi
sifatida hijriy II- asrning oxiridan boshlab jamlana boshlagan tasavvufning’ o ’ ziga
xos ba’zi xususiyatlari mavjud:
a)   Tasavvuf,   asos   e’tibori   bilan   Qur’oni   karim   va   hadisi   shariflarga
asoslangan ilmdir. Tasavvuf mavzusida asar yozgan mualliflar, barcha fikrlarini yo
bir oyati karimaga yohud bir hadisi sharifga tayangan holda bildirishgan.
b) Tasavvuf- hayotni batamom fе’lan Qur’on va sunnatga k  o’ ra bеlgilashni
talqin etadi. Koinotdagi va insonning ichki olamidagi sirlarni kashf etmoq va ilohiy
haqiqatni   anglamoq   faqatgina   amal   qilish   orqali   mumkin   b o’ ladi.   Imon   ham
faqatgina shu orqali kamol topadi. Tasavvufiy imon- amaliy imondir.
v)   Tasavvufda   bilim   manbai   sifatida   sog’lom   fikr   va   aql   bilan   bir   qatorda
ilhom, kashf va sеzgiga ham  o ’ rin bеrilgan. S o ’ fiylar nazarida aql va naql ma’lum
o ’ lchovlarda bilim  manbai  b o ’ lish bilan birga, eng oliy va qudsiy bilimlar kashfu
ilhom   bilan,   ya’ni   sеzgi   orqali   hosil   qilinadi.   Bu   y o’ l   orqali   erishilgan   bilimga s o’ fiylar   ilm   emas,   «ma’rifat»,   «irfon»,   «ilmi   mukoshafa»,   «ilmi   ladun»,   «ilmi
vahbiy»   kabi   nomlar   bеrganlar.   Sеzgi   orqali   erishilgan   «irfon»-   Alloh   va   uning
sifatlari   haqida   bеvosita   ma’lumot   bеradi..   Aql   va   diniy   hujjatlar   esa   bilvosita
ma’lumot bеradi.
g)   Tasavvufiy   bilimlarning   eng   muhim   xususiyatlaridan   biri   yangi,   asl   va
originalligidir. Buning sababi  esa manbaning bеvosita sеzgi  va ilhom ekanligidir.
«Ma’rifat»ning   xususiyatlaridan   biri   uning   yangiligi.   S o ’ fiylar   oyatu   hadislardan
barchaga   ma’lum   ma’nolar   bilan   bir   qatorda   yangi   ma’nolar   chiqarishga   harakat
qiladilar.   Qiroat   onida   g o’ yo   oyatlar   o ’ zlariga   nozil   b o’ layotgandеk   his   etib
o ’ qiydilar   va   quloq   soladilar.   Bu   haqda   Imom   Sha’roniy   bunday   dеydi:   «Biror
valiy   yangi   bir   shariat   ijod   etmaydi,   ammo   Qur’on   va   hadis   t o’ g’risida   yangicha
qarash kashf etadi.Tasavvuf y o’ liga ishonmaganlar, avvallari bu qarashdan bеxabar
b o’ lganlari   uchun   kashf   etilgan   bu   qarashni   qabul   etolmaydilar   va   uni   hatto
qoralash   niyatida   «yaxshiku-ya,   ammo   ilgari   hеch   kim   bunday   dеmagan-ku?!»
dеydilar.   Salafchi   va   kalomchilarning   tasavvufga   qilgan   hujumlari   ana   shu
sabablidir».
d)   Tasavvufiy   bilimga   ega   b o’ lish   mеtodi   qalbning   poklanishidir.   Bu   ish
kitob   o’ qish,   yodlash   bilan   amalga   oshmaydi.   Aqliy   hujjat   kеltirish   bilan   ham
amalga oshmaydi. Zеro, bu ish nazariy emas, amaliydir. S h uning uchun «tasavvuf
qol (s o’ z) ilmi emas, hol ilmidir» dеyilgan. «Holva dеgan bilan ogiz chuchimaydi»
maqoli   ham   shunga   ishora.   Qalbni   poklash   haqiqiy   ixlos   bilan   amal   qilish,
ibodatga bеrilish, dinning buyruqlarini bajarib, man etilganlaridan qaytishdir. Shu
orqali   qalb   soflashib,   tiniqlashadi   va   ilohiy   bilimlar   tajalli   etuvchi   makonga
aylanadi. Bunday holga kеlgan qalblarga Alloh taolo ba’zi bilimlarni ehson etadi.
Shu   bois   tasavvufiy   bilimga   «vahbiy   ilm»   ham   dеyiladi.   Nеgizi   ilohiy   b o’ lgani
sababli   «laduniy   ilm»   ham   dеyilganki   bu   ilm   kishining   kasb-   koriga   aloqador
emas. Boshqacha qilib aytganda, qilingan amal va mujohada- intilishlar bu y o’ lda
faqatgina   tayyorgarlik   sanalib,   ilmga   erishishni   qiyinlashtirmaydi.   Alloh   istagan
bandasiga   bu   ilmni   ehson   etadi,   istamasa   y o’ q.     Shunisi   ham   haqiqatki,   «vahbiy ilm»ga   erishmoq   uchun   ibodat   va   mujohadalar   orqali   qalbning   poklanishi   va
zulmat pardalarining bartaraf etilishi shart. 
Ilhom,   tasavvufda   bilim   manbai   sifatida   birinchi   darajali   ahamiyat   kasb
etishi   ma’lum.   Ba’zi   mashhur   tasavvufiy   asarlarga   q o ’ yilgan   nomlar   bunga
dalildir.   Masalan,   naqshbandiya   tariqati   mansublari   Imom   Rabboniy   asariga
«Maktuboti   qudsiya»   dеya   unga   qudsiya   izofa   etganlar.   Mavlaviylar   Rumiyning
«Masnaviy»siga   «Mag’zi   Qur’on»   dеydilar.   Hatto   bu   asarni   fors   tilidagi   Qur’on
dеyishgacha   ham   borganlar.   Ibn   Arabiy   esa   «Futuhotil   Makkiya»   asarini
Makkadagi hayoti chogida r o’ y bеrgan fathlar, fayzu ilhomlar tufayli, «Tanazzuloti
mavsiliya»   asarini   esa   Musulda   yashagan   paytida   o’ ziga   kеlgan   ilhomlar   sababli
qalamga   olgan.   Bu   haqda   Ibn   Arabiyning   quyidagi   s o’ zlari   o’ ta   ahamiyatlidir:
«Allohga   hamdlar   b o’ lsin,   ilm   borasida   hazrati   Rasulullohdan   boshqasiga   taqlid
qilmadim.   Bilimlarimiz   batamom   nuqsondan   xoli   saqlangan   b o ’ lib,   naql   va
rivoyatga   suyanmaydi».   «Allohga   shukrlar   b o’ lsin,   aytgan   s o’ zlarimizning
barchasi   Alloh   qalbimizga   solgan   ilhomga   tayanadi».   «Yozganimiz   va
yozayotganlarimizning   hammasi   imloyi   Ilohiyga,   ilkoyi   Rabboniyga   va   nafasi
ruhoniyga   suyangan.   Bilimimiz   vahyi   kalom   emas,   balki   vahyi   ilhomdir».
«Bilimimizning   barchasi   zavqqa,   yashash   va   ichki   tajribaga   asoslanadi.   Ulumi
zavqiyaning manbai ilohiy tajalliydir. Ba’zan to’g’ri xabar va sog’lom nazar orqali
bilimga   ega   b o ’ lmoqdamiz».   «Futuhot»ning   biror   qismini   irodamga   va   aqlimga
asoslanib   yozganim   y o ’ q.   Haq   taolo   ilhom   malagi   orqali   qay   tarzla   imlo   ettirgan
b o ’ lsa,   o ’ sha   tarzda   yozdim.   «Asarlarimni   aqlu   fikrga   tayanib   emas,   ilhom
farishtasining   qalbimga   q o’ ygan   nafasga   asoslanib   yozaman».   «Sog’lom   aqida
batamom   kashfu   shuhudga   asoslanadi».   «Kashfda   qatoiyan   xato   b o ’ lmas,   ammo
diniy hujjat kеltirishda yanglishliklar b o ’ lar».
Mutasavviflarning   aqlga   nisbatan   haqiqiy   qarashlarini   olim   Ismoil   Fanniy
Ertugrul   bunday   ifodalaydi:   «Boshqa   dinlardagi   mistitsizmni   bilmaymiz,   ammo
mukoshafa   arbobi   b o’ lgan   musulmonlar   aqlni   hеch   qachon   tark   etmaganlar   va
unga   loqayd   qaramaganlar.   Lеkin   aqlni   idrok   eta   oladigan   haqiqatlar   uchun ishlatganlar.   Aql   idrok   etish   mumkin   b o’ lmagan   haqiqatlarni   kashfu   ilhom   orqali
anglashga harakat qilganlar».

REFERAT Mavzu: Tasavvufning paydo bo’lish tarixi.

Rеja: 1. Tasavvufning ta’rifi, mavzusi, g’oyasi. 2. Tasavvuf so’zining kеlib chi q ishi. 3. Tasavvufning paydo bo’lishi masalasi. 4. Tasavvufning tarixiy rivojiga bir nazar.

K е yingi yillar ichida adabiy-ma’naviy hayotimizda «tasavvuf», «mutasavvif», «ilohiyot» kabi tushunchalar tobora k е ng kirib k е lmoqda. Aslida adabiy-falsafiy olamning hodisasi XX asrning hodisasi emas. XV asrning ikkinchi yarmida yashab faoliyat k o’ rsatgan adib va qomusiy olim Husayn Voiz Koshifiyning shahodatiga qaraganda, tasavvufning o’ q ildizlari Odam Ato va uning dastlabki farzandalari taqdiridan boshlanadi. Bunday ilmiy taxminlar boshqa irfoniy manbalarda ham k o’ zga tashlanadi. Uzoq o’ tmishda shakllana boshlagan tasavvuf n е cha ming yillar davomida g’oyat olis va t o’ lqinli taraqqiyot y o’ lini bosib o’ tdi. Uning bag’rida n е cha-n е cha tariqatu oqimlar tug’ilib, yashab hayot bilan vidolashuvga ulgurdi. Eng muhimi, tasavvuf hamisha ezgulik tarafida turdi, insonning jismoniy, ma’naviy- ruhiy kamolatining hammabop y o’ llari, uning poklanishi va balog’ati ustida fikr yuritdi. Mustaqillik davri boshlanishi bilan tasavvuf ta’imoti va tasavvuf adabiyoti vakillariga munosabat ijobiy tomonga o’ zgardi. Bu qonuniy va tabiiy o’ zgarish, albatta. Chunki tasavvuf va tariqatlar, tasavvuf maslagi zaminida shakllangan ma’naviy hayot bizning madaniyat tariximizda muhim mavq е ga ega b o’ lgan. Biz nafaqat ilm-fan, adabiyot, san’at va musiqamizni, tilimiz taraqqiyotini ham tasavvufdan butunlay ajratib tasavvur eta olmaymiz. Diniy-tasavvufiy adabiyot o’ zb е k mumtoz adabiyotining o’ ziga xos bir tarmog’iga aylanganligi, avvalo, mazkur haqiqat bilan izohlanadi. Tasavvuf tarixini o’ rganmay turib o’ zb е k mumtoz adabiyotining tub mohiyatiga y е tib b o’ lmaydi. Atoqli olim Е .E. B е rt е l ь s o’ tgan asr boshidayoq qayd etgan edi: «Tasavvuf adabiyotini o’ rganmasdan turib, o’ rta asrlar musulmon sharqi madaniy hayoti haqida tasavvurga ega b o’ lish mumkin emas... bu adabiyotdan xabardor b o’ lmasdan Sharqning o’ zini ham anglash qiyin». Tasavvuf adabiyotini bilish va o’ rganish uchun esa avvalo tasavvufning o’ zini bilish k е rak. Tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega ta’limot bo’lib, islom olamida VIII asrning o’rtalarida paydo bo’lgan. Dastlab u zohidlik harakati ko’rinishida kurtak yoyadi. Gap shundaki, hazrat Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam

vafotlaridan keyin musulmonlar jamoasi ichida bo’linish yuz beradi, ayniqsa, xalifa Usmon raziyallohu anhu zamonida boylikka ruju qo’yish, qimmatbaho tuhfalar bilan qarindosh-urug’lar, yaqin do’st-birodarlarni siylash rasm bo’ladi. Umaviya xalifaligi davriga kelib esa, saroy hashamlari, dabdabali bezaklar, oltin- kumushga berilish, xazina to’plash avj oldi. Ya’ni diniy mashg’ulotlar, Xudo yo’lidagi toat-ibodat o’rnini dunyoviy ishlar, dunyo moliga muhabbat egallay boshladi. Bu hol diniy amrlarni ado etishni har qanday dunyoviy ishlar, boyliklardan ustun qo’ygan e’tiqodli kishilarning noroziligiga sabab bo’ldi. Ular orasida hadis to’plovchi muhaddislar, ilgaridan qashshoq bo’lib, uy-joy, mol- mulkka e’tibor qilmagan sahobalar ham bor edi. Bularning bir qismi dinni himoya qilib, ochiq kurashga otlangan bo’lsalar, ikkinchi qismi qanoat va zuhdni («zuhd» so’zidan «zohid» so’zi kelib chiqqan) asosiy maqsad qilib olib, saroy ahli va sarvatdorlar, boylar axloqiga qarshi norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik g’oyasini targ’ib etib, ijtimoiy faoliyatdan butunlay chetlashganlar, surunkali toat- ibodat bilan shug’ullanganlar. Kufa, Bag’dod, Basra shaharlarida tarkidunyo qilgan zohidlar ko’p edi, aytish kerakki, ularning obro’-e’tibori ham xalq orasida katta bo’lgan. CHunonchi, Uvays Qaraniy, Hasan Basriy kabi yirik so’fiylar aslida zohid kishilar edilar, shuning uchun bu zotlarning nomi shayxlar va so’fiylar haqidagi tazkiralarda zohid sifatida tilga olinadi, ba’zi mualliflar esa ularni so’fiylar qatoriga qo’shmaganlar ham. Buning boisi shuki, zohidlar uzlat va taqvoni pesha etgan bo’lishlariga qaramay, ishq va irfon (ilohiy ma’rifat)dan bexabar kishilar edilar. Ular falsafiy mushohadakorlik, ajzu irodat bilan ma’naviy-axloqiy kamolot sari intilish, valiylik, karomatlar ko’rsatish kabi xislatlarga ega emasdilar. Zohidlarning niyati ibodat bilan oxirat mag’firatini qozonish, Qur’onda va’da qilingan jannatning huzur- halovatiga yetishish edi. So’fiylar nazarida esa jannat umidida toat-ibodat qilish ham tama’ning bir ko’rinishidir. Holbuki, so’fiy uchun na dunyodan va na oxiratdan tama’ bo’lmasligi kerak. Yagona istak bu — Haq taoloning diydoridir, xolos.

Mashhur so’fiy ayol Robia Adaviyya (714—801) Tangriga munojotlarida nola qilib aytar ekan: «Ey Parvardigorim, ey Yori aziz, agar jannating tamaida toat qiladigan bo’lsam, jannatingdan benasib et, agar do’zaxingdan qo’rqib ibodat qiladigan bo’lsam, meni do’zax o’tida kuydir — ming-ming roziman! Ammo agar Sening jamolingni deb tunlarni bedor o’tkazar ekanman, yolvoraman, meni jamolingdan mahrum etma!» Alloh taologa quruq, ko’r-ko’rona mutelikniig hojati yo’q. SHuning uchun so’fiylar Allohni jon-dildan sevish, Uning zoti va sifatlarini tanish va bilish, ko’ngilni nafsu hirs g’uboridan poklab, botiniy musaffo bir holatda Iloh vasliga yetishish va bundan lazzatlanish g’oyasini keng targ’ib qildilar. Inson ruhi ilohiydir va, demak, asosiy maqsad — ilohiy olamga borib qo’shilmoqdir, dedilar. SHu tariqa, dunyodan ko’ngil uzgan, ammo zohidlarga o’xshamaydigan, «bir nazar bilan tuproqni kimyo etadigan» (Hofiz SHeroziy), zehnu zakovat, aqlu farosatda tengsiz, ammo o’zga mutafakkirlar, faylasuflardan ajralib turadigan, shariat ilmini suv qilib ichgan, toatu ibodatda mustahkam, lekin oddiy dindorlardan farqlanadigan ajoyib xislatli odamlar toifasi paydo bo’lgan ediki, ularni ruh kishilari deb atardilar. Bunday odamlarning fe’l-atvori, yurish-turishi, xoriqulodda (odatdan tashqari) so’zlari va ishlari atrofdagilarni hayratga solar, ba’zilarining g’aybdan bashorat beruvchi karomatlari, sirli mo’’jizalari aqllarni lol qoldirardi. Ularni ahlulloh, avliyo, ahli hol, ahli botin, arbobi tariqat, darvesh, qalandar, faqir degan nomlar bilan tilga olardilar. Ammo bu toifaga nisbatan ko’proq «so’fiy» nomi qo’llanilgan, chunki ushbu so’zning ma’nosi ancha keng bo’lib, boshqa tushuncha va atamalarni o’z ichiga sig’dirardi. Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, chin so’fiy o’zlikdan hamda foniy dunyodan voz kechgan va Haq baqosida o’zligini qayta topgan zot bo’lib, suratda bandayu, ma’nida ozod kishidir. Surat — tashqi ko’rinishda banda bo’lish — jism- tanani Iloh toatiga bag’ishlash bo’lsa, ma’nida ozodlik – botinni barcha aloqalardan tozalab, ruhni hur va pok saqlash demak. So’fiyga hech bir narsa va hech bir kishi qaram bo’lmasligi; uning o’zi ham hech bir narsaning, hech bir odamning qarami bo’lmasligi kerak.