logo

XORAZMIY MUHABBATNOMA SI VA NOMANAVISLIK AN`ANASINING XV ASRDAGI TARAQQIYOTI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

21.296875 KB
XORAZMIY "MUHABBATNOMA"SI VA NOMANAVISLIK
AN`ANASINING XV ASRDAGI TARAQQIYOTI
REJA:
1.   "Noma" atamasining lug’aviy va istilohdagi ma`nolari.
2.   Xorazmiy shaxsiyatiga oid manba va ma`lumotlar.
3.   "Muhabbatnoma"ning yaratilishi, kompozitsiyasi.
4.   Asarning g’oyaviy-badiiy xususiyatlari.
5.   Nomanavislikning XIV-XV asrlardagi taraqqiyotiga bir nazar. 
  "Noma"   so`zi   fors-tojik   tilidan   olingan   bo`lib,   xat   maktub   degan   lu g’ aviy
ma`noni   ifodalaydi.   Adabiyotshunoslik   atamasi   sifatida   bu   so`z   ikki   xil   istilohiy
ma`noga ega:
1.   Yirik   hajmli   epik   asarlar   tarkibidagi   timsollarning   bir-birlariga   yozgan
maktublari.   "Xamsa"   (Nizomiy,   Amir   Xusrav,   Jomiy,   Navoiy)   tarkibidagi
dostonlarning   ko`pchiligida   bunday   kompozitsion   unsurni   uchratish   mumkin.
Xususan   Xusravning   (Farhodning)   Shiringa   maktubi,   Shirinning   javob   maktubi,
Majnun va Laylining o`zaro yozishmalari va hokazo. 
2.   Oshiqning   o`z   ma`shuhasiga   turli   ruhiy   holatlarda   yozgan   ishqiy
maktublari   mazmunidagi   asarlarga   nisbatan   "noma"   janr   atamasi   sifatida
qo`llanadi. Mazkur janrning ilk nishonalari arab va fors-tojik adabiyotida ko`rinsa-
da   bu   uning   tom   ma’nodagi   dastlabki   namunasi   Xorazmiyning   "Muhabbatnoma"
asaridir.
Xorazmiy   XIV   asr   o’zb е k   adabiyotining   vakillaridan   biridir.   Uning   hayoti
va   ijodi     haqida     е tarli     tasavvur     b е radigan   manbalar   hozircha   ma'lum   emas.
Xorazmiy   haqidagi   ma'lumotlar   uning   o’z   asari   «Muhabbatnoma»   tarkibida
uchraydi.   Navoiy   ham   u   haqida   ijobiy   fikrlar   aytadi.   Bizga   ma'lum   manbalardan
ko’rinadiki, u shoir sifatida ham o’z davrida k е ng shuhrat qozonadi. Ko’pgina lirik
asarlar   yozgani   shubhasiz.   Chunki   «Muhabbatnoma»dagi   bir   n е cha   janrlarda
yozilgan asarlar  uning shoirlik  ist е 'dodidan   dalolat   b е radi.  Xorazmiyning m е rosi
haqida,   uni   o’rganish   borasida   bir   muncha   ishlar   olib   borildi.   Bu   jihatdan
Samoylovich,   Ko’prilizoda,   Shch е rbak,   N.Malla е v,   Solih   Qosimov   va
boshqalarning   ishlarini   ko’rsatish   mumkin.   Shoirning   to’liq   nomi,   tarjimai   holi
aniq   emas.   «Muhabbatnoma»ning   ko’p   joyida   «Xorazmiy»   taxallus   sifatida
k е ltirilgan.   Bu   uning   Xorazmdan   ekanini   ko’rsatadi.   «Muhabbatnoma»     asari
tarkibida k е ltirilgan fors-tojik tilidagi hikoyat, uning sayohati, hayoti bilan bog’liq
ma'lumot olishda manba bo’lib xizmat qiladi.
Xorazmiy   1353   yilda   Oltin   O’rda   xoni   Jonib е kning   Sirdaryo   muzofotidagi
amaldorlardan   biri   Muhammadxo’jab е k   bilan   tanishadi.   U   fors-tojik   tilidagi
sh е 'rlari   bilan   tanilgan   Xorazmiyga   o’zb е k   tilida   asar   yozishni   topshiradi. «Muhabbatnoma»da   yozilishicha,   Muhammadxo’jab е k   (Muhammad   Xo’jab е k)
saroyida bazm bo’lib, majlis o’tkaziladi va shoirga asar yozish buyuriladi:
Tabassum qildi, aydi: «Ey faloni,
K е turgil bizga loyiq armug’oni.
Ko’ngil bahrinda ko’p gavharlaring bor,
Ochunda porsiy daftarlaring bor.
Muhabbat nardini ko’plardin o’ttung,
Shakard е k til bila olamni tutting.
Tilarmankim, bizing til birla paydo,
Kitob е  aylasang bu qish qotimdo. 
Kim, ush  е lt е k k е char ayyomi foniy,
Jahonda qolsa bizdin armug’on е ».
Xorazmiy   kuchi   е tguncha   harakat   qilishini,   asarni   yozishni   bajonidil   qabul
qiladi. 
1353-1354   yillar   atrofida   ushbu   «Muhabbatnoma»   asari   yaratildi.   Ma'lumki,
Xorazmiyga qadar Avhadiy Marog’aviyning forsiy «Dahnoma»si, kirmonlik Xoja
Imodidin Faq е hning «Muhabbatnoma»si bo’lgan. Xorazmiy turkiy tilda asar yozdi.
«Muhabbatnoma»ning   ikki   -   arab   va   uyg’ur   qo’lyozmasi   mavjud.   Uyg’ur
yozuvidagi qo’lyozma 1432 yil Mir Jamoliddin d е gan kishi topshirig’i bilan Boqi
Mansur (Boqir Mansur) baxshi nomli kotib tomonidan ko’chirildi.
Arab   yozuvidagi   nusxasi   1508-1509   yillarda   ko’chirilgan.   Bu   nusxaga   hikoyat   ham
ilova   qilingan.   «Muhabbatnoma»   473   baytdan   iborat   bo’lib,   shundan   317   bayti
o’zb е k tilida, 156 bayti fors-tojik tilida yozilgan.
«Muhabbatnoma»ning   asosiy   qismini   o’zb е k  tilidagi   asarlar   tashkil  etadi.  Asar
hamd,   shoirning   Muhammadxo’ja   bilan   ko’rishgani   bayoni,   g’azal,   masnaviy,
Muhammadxo’ja madhi, vasful holdan tashkil topgan.
Asarning asosiy qismini 11 noma tashkil   е tadi. 4-8-11-nomalar fors-tojik tilida,
qolgan sakkiztasi o’zb е k tilidadir.
Xorazmiy o’z «Muhabbatnoma»sida bir n е cha janrlarda ijod qilganini ko’rsata
olgan.  «Muhabbatnoma»dagi  janrlar Xorazmiyning fors va turkiy tilda ham  ijod qila
olganini,   noma,   g’azal,   masnaviy,   qasida,   fard   kabi   xilma-xil   janrlarda   asar
yaratganligining dalolatidir.
«Muhabbatnoma»ning   asosiy   mavzusi   ishq,   muhabbat,   go’zallik   tasviridir.
Bulardan   tashqari,   asarning   quyidagi   tuzilishi   uning   boshqa   mavzuda
yozganligining isbotidir.
Asardagi kirish qismi. Bu qism o’z ichiga hamd, voq е a bayoni, ya'ni asarning
yozilishi   sababi   va   o’rni.   Muhammadxo’jab е kning   madhi   hamda   so’z   boshi   va
voq е alar bayoni tarzida k е ltirilgan 3ta o’zb е kcha, 1ta forsiy g’azallarni o’z ichiga
oladi.
Asarning   asosini   tashkil   etadigan   nomalar   va   ular   bilan   bog’liq   holda
k е ltirilgan soqiynoma tarzidagi kichik masnaviylar.
Asarning xulosa qismi. Bu qism munojot, qit'a, xotimatul kitob va forsiy hikoyatni o’z
ichiga oladi.
«Muhabbatnoma»   uning   nomidan     ham   ko’rinib   turganid е k,     muhabbat
nomalaridan,   oshiqning   o’z   ma'shuqasiga   yo’llagan   sh е 'riy   maktublaridan   iborat.
Nomalarning 10 tasi b е vosita ma'shuqaga bag’ishlangan bo’lib, shu ruhda yozilgan
bo’lsa,bitta   noma  -   ikkinchi  maktub  tong  nasimiga   murojaat   tarzida   yozilgan.  Bu
noma   o’z   uslubiga   ko’ra   boshqa   qismlardan   ajralib   turadi.   B е vosita   ma'shuqaga
qaratilgan   maktublarda   mahbubaning   tavsifi,   va   madhi   е takchi   o’rin   egallab,
oshiqning   shikoyati,   k е chinmalari   tasviri   kam   bo’lsa,   ikkinchi   nomada   bu   jihat
ancha k е ng b е rilgan. Shoir oltinchi nomada shunday yozadi:
Ayo, bo’yi sanubar ch е hrasi oy,
Quyosh yanlig’ jamoling olamoroy.
O’tursang, o’lturur fitna, k е tar g’am,
Agar qo’psang, qiyomatlar qo’par ham.
Sumant е k orazing guldur tikansiz
Manga do’zax erur uchmoq s е nsiz.
Bilursizkim erur ayyomi foniy,
N е chuk haddin oshirursiz jafoni.         Qachonkim shod esang, g’amgina rahm et,
Agar sulton  esang, miskina rahm et.
Suyurman ko’zni sizni ko’rmoq uchun,
Yururm е n  е rda izni ko’rmoq uchun.
Quling n е  qilsin o’z haddini taqsir,
Ko’ngul bir, qibla bir, jonona ham bir,
Ch е chaks е n, banda sayrar bulbulungdur,
N е cha borincha Xorazmiy qulungdur.
Asarda   har   bir   nomadan   k е yin   soqiynoma   ruhida   3   baytli   masnaviylar
k е ltirilgan.   «Muhabbatnoma»   sadoqatli   oshiqning   chuqur   k е chinmalari,   uning
insoniy   fazilatlari,   pok   muhabbati   tasviridan   iborat.   Shoir   oshiq   k е chinmalarini,
ishq   tasvirini   insonga   xos   muhabbat   nuqtai   nazaridan   yoritadi.   Lirik   qahramon
shunday d е ydi:
O’shul kunkim, s е ni xoliq yaratti
S е ni dilbar, m е ni oshiq yaratti.
Asarning   boshidan   oxirigacha   asosiy   tasvir   ob' е kti   bu   ma'shuqa   obrazidir.
Shoirning barcha ta'rifu tavsifi uni madh etishga yo’naltirilgan. U shunday d е ydi:
Shakardin totli so’zli dilrabos е n,
Darig’okim, ch е chakd е k b е vafos е n.
S е ning yoding qilurm е n ko’p g’azalda,
Kim, erdim husnunga oshiq azalda.
Manga haddin oshirma bu jafoni,
Ko’zungdin solma bu miskin gadoni.
«Muhabbatnoma»da   oshiq   obrazi   asosan   ma'shuqasiga   yo’llagan   maktublari
asosida   namoyon   bo’ladi.   U   ishq,   vafo,   sadoqat,   oshiqlik   mas'uliyatini   chuqur
anglaydi. Mana uning fikri:
Jafodin ingramas bu yo’lda ushshoq,
Vafodin javringiz ming qatla xushroq.
Evurman yuz, n е chakim k е lsa m е hnat,
Jafo sizdin, tag’i bizdin muhabbat. Ma'lumki,   mavjud   tadqiqotlarning   aksariyatida     «Muhabbatnoma»   dunyoviy
ruhdagi,   undagi   ishq   esa   hayotiy,   insoniy   ishq   sifatida   talqin   etiladi.   Bizningcha
ham,   asarda   ushbu   xususiyat   е takchilik   qiladi.   Ammo   adabiyotshunos   olim
Yo.Ishoqov   asardagi   ba'zi   baytlarga   asoslanib,   undagi   ishqni   ilohiy   ishq   tarzida
talqin   etadi.   U   shunday   yozadi:   «Asar   tarkibidagi   ayrim   ishoralar   bu   asar
mohiyatan   tasavvuf   ruhida   ekanligini   isbotlaydi.   Quyidagi   bayt   esa   uning
tasavvufdagi e'tiqodini yanada aniqroq namoyon etadi:
Qadam dar n е hki dar ishqi majoziy,
Ba maqsud е  rasi, gar pokboziy.
Mazmuni:   Majoziy   ishqqa   qadam   qo’y.   S е n   agar   pokravish   bo’lsang,   haqiqiy
maqsadga erishasan.
Bu   satrlardan   muallif   ko’zlagan   asosiy   maqsad,   shubhasiz,   ilohiy   ishq...
Xorazmiy bu masalada naqadar    е tukligi, majoziy ishq uning uchun haqiqatga olib
boradigan   yo’l   ustidagi   ko’prik   ekanligi   agar   xotimasi   («iltimosin   aytur»)dagi
quyidagi baytdan ayon bo’ladi:
Muni kim ishq birla bir o’qig’ay,
Haqiqat olamini munda bilg’ay».
Х orazmiyning asarida vasfi hol, Muhammadxo’jaga bag’ishlangan qasida, may
mavzusi ham yoritilgan.
May-shodlik timsoli, hijron azoblaridan qutilish vositasi sifatida talqin etiladi. 
«Muhabbatnoma» o’z tili, badiiy tasvir vositalari bilan ham e'tiborlidir. Xorazmiyning
«Muhabbatnoma»   asari   ta'sirida   Xo’jandiyning   «Latofatnoma»,   Amiriyning
«Dahnoma», Said Ahmad Mironshohning «Taashshuqnoma» asarlari yaratildi. Zaruriy adabiyotlar
1. Vohidov R., Eshonqulov H. O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. -Toshkent: 
Yangi asr, 2006.
2. Mallaev N. O`zbek adabiyoti tarixi. - T.: O`qituvchi, 1974.
3. O`zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. 1-tom. - T.: Fan, 1971.
    4. Muborak maktublar. - T.: Adabiyot va san`at, 1987.
5. Navoiyning nigohi tushgan. - T.: Adabiyot va san`at, 1986.

XORAZMIY "MUHABBATNOMA"SI VA NOMANAVISLIK AN`ANASINING XV ASRDAGI TARAQQIYOTI REJA: 1. "Noma" atamasining lug’aviy va istilohdagi ma`nolari. 2. Xorazmiy shaxsiyatiga oid manba va ma`lumotlar. 3. "Muhabbatnoma"ning yaratilishi, kompozitsiyasi. 4. Asarning g’oyaviy-badiiy xususiyatlari. 5. Nomanavislikning XIV-XV asrlardagi taraqqiyotiga bir nazar.

"Noma" so`zi fors-tojik tilidan olingan bo`lib, xat maktub degan lu g’ aviy ma`noni ifodalaydi. Adabiyotshunoslik atamasi sifatida bu so`z ikki xil istilohiy ma`noga ega: 1. Yirik hajmli epik asarlar tarkibidagi timsollarning bir-birlariga yozgan maktublari. "Xamsa" (Nizomiy, Amir Xusrav, Jomiy, Navoiy) tarkibidagi dostonlarning ko`pchiligida bunday kompozitsion unsurni uchratish mumkin. Xususan Xusravning (Farhodning) Shiringa maktubi, Shirinning javob maktubi, Majnun va Laylining o`zaro yozishmalari va hokazo. 2. Oshiqning o`z ma`shuhasiga turli ruhiy holatlarda yozgan ishqiy maktublari mazmunidagi asarlarga nisbatan "noma" janr atamasi sifatida qo`llanadi. Mazkur janrning ilk nishonalari arab va fors-tojik adabiyotida ko`rinsa- da bu uning tom ma’nodagi dastlabki namunasi Xorazmiyning "Muhabbatnoma" asaridir. Xorazmiy XIV asr o’zb е k adabiyotining vakillaridan biridir. Uning hayoti va ijodi haqida е tarli tasavvur b е radigan manbalar hozircha ma'lum emas. Xorazmiy haqidagi ma'lumotlar uning o’z asari «Muhabbatnoma» tarkibida uchraydi. Navoiy ham u haqida ijobiy fikrlar aytadi. Bizga ma'lum manbalardan ko’rinadiki, u shoir sifatida ham o’z davrida k е ng shuhrat qozonadi. Ko’pgina lirik asarlar yozgani shubhasiz. Chunki «Muhabbatnoma»dagi bir n е cha janrlarda yozilgan asarlar uning shoirlik ist е 'dodidan dalolat b е radi. Xorazmiyning m е rosi haqida, uni o’rganish borasida bir muncha ishlar olib borildi. Bu jihatdan Samoylovich, Ko’prilizoda, Shch е rbak, N.Malla е v, Solih Qosimov va boshqalarning ishlarini ko’rsatish mumkin. Shoirning to’liq nomi, tarjimai holi aniq emas. «Muhabbatnoma»ning ko’p joyida «Xorazmiy» taxallus sifatida k е ltirilgan. Bu uning Xorazmdan ekanini ko’rsatadi. «Muhabbatnoma» asari tarkibida k е ltirilgan fors-tojik tilidagi hikoyat, uning sayohati, hayoti bilan bog’liq ma'lumot olishda manba bo’lib xizmat qiladi. Xorazmiy 1353 yilda Oltin O’rda xoni Jonib е kning Sirdaryo muzofotidagi amaldorlardan biri Muhammadxo’jab е k bilan tanishadi. U fors-tojik tilidagi sh е 'rlari bilan tanilgan Xorazmiyga o’zb е k tilida asar yozishni topshiradi.

«Muhabbatnoma»da yozilishicha, Muhammadxo’jab е k (Muhammad Xo’jab е k) saroyida bazm bo’lib, majlis o’tkaziladi va shoirga asar yozish buyuriladi: Tabassum qildi, aydi: «Ey faloni, K е turgil bizga loyiq armug’oni. Ko’ngil bahrinda ko’p gavharlaring bor, Ochunda porsiy daftarlaring bor. Muhabbat nardini ko’plardin o’ttung, Shakard е k til bila olamni tutting. Tilarmankim, bizing til birla paydo, Kitob е aylasang bu qish qotimdo. Kim, ush е lt е k k е char ayyomi foniy, Jahonda qolsa bizdin armug’on е ». Xorazmiy kuchi е tguncha harakat qilishini, asarni yozishni bajonidil qabul qiladi. 1353-1354 yillar atrofida ushbu «Muhabbatnoma» asari yaratildi. Ma'lumki, Xorazmiyga qadar Avhadiy Marog’aviyning forsiy «Dahnoma»si, kirmonlik Xoja Imodidin Faq е hning «Muhabbatnoma»si bo’lgan. Xorazmiy turkiy tilda asar yozdi. «Muhabbatnoma»ning ikki - arab va uyg’ur qo’lyozmasi mavjud. Uyg’ur yozuvidagi qo’lyozma 1432 yil Mir Jamoliddin d е gan kishi topshirig’i bilan Boqi Mansur (Boqir Mansur) baxshi nomli kotib tomonidan ko’chirildi. Arab yozuvidagi nusxasi 1508-1509 yillarda ko’chirilgan. Bu nusxaga hikoyat ham ilova qilingan. «Muhabbatnoma» 473 baytdan iborat bo’lib, shundan 317 bayti o’zb е k tilida, 156 bayti fors-tojik tilida yozilgan. «Muhabbatnoma»ning asosiy qismini o’zb е k tilidagi asarlar tashkil etadi. Asar hamd, shoirning Muhammadxo’ja bilan ko’rishgani bayoni, g’azal, masnaviy, Muhammadxo’ja madhi, vasful holdan tashkil topgan. Asarning asosiy qismini 11 noma tashkil е tadi. 4-8-11-nomalar fors-tojik tilida, qolgan sakkiztasi o’zb е k tilidadir. Xorazmiy o’z «Muhabbatnoma»sida bir n е cha janrlarda ijod qilganini ko’rsata olgan.

«Muhabbatnoma»dagi janrlar Xorazmiyning fors va turkiy tilda ham ijod qila olganini, noma, g’azal, masnaviy, qasida, fard kabi xilma-xil janrlarda asar yaratganligining dalolatidir. «Muhabbatnoma»ning asosiy mavzusi ishq, muhabbat, go’zallik tasviridir. Bulardan tashqari, asarning quyidagi tuzilishi uning boshqa mavzuda yozganligining isbotidir. Asardagi kirish qismi. Bu qism o’z ichiga hamd, voq е a bayoni, ya'ni asarning yozilishi sababi va o’rni. Muhammadxo’jab е kning madhi hamda so’z boshi va voq е alar bayoni tarzida k е ltirilgan 3ta o’zb е kcha, 1ta forsiy g’azallarni o’z ichiga oladi. Asarning asosini tashkil etadigan nomalar va ular bilan bog’liq holda k е ltirilgan soqiynoma tarzidagi kichik masnaviylar. Asarning xulosa qismi. Bu qism munojot, qit'a, xotimatul kitob va forsiy hikoyatni o’z ichiga oladi. «Muhabbatnoma» uning nomidan ham ko’rinib turganid е k, muhabbat nomalaridan, oshiqning o’z ma'shuqasiga yo’llagan sh е 'riy maktublaridan iborat. Nomalarning 10 tasi b е vosita ma'shuqaga bag’ishlangan bo’lib, shu ruhda yozilgan bo’lsa,bitta noma - ikkinchi maktub tong nasimiga murojaat tarzida yozilgan. Bu noma o’z uslubiga ko’ra boshqa qismlardan ajralib turadi. B е vosita ma'shuqaga qaratilgan maktublarda mahbubaning tavsifi, va madhi е takchi o’rin egallab, oshiqning shikoyati, k е chinmalari tasviri kam bo’lsa, ikkinchi nomada bu jihat ancha k е ng b е rilgan. Shoir oltinchi nomada shunday yozadi: Ayo, bo’yi sanubar ch е hrasi oy, Quyosh yanlig’ jamoling olamoroy. O’tursang, o’lturur fitna, k е tar g’am, Agar qo’psang, qiyomatlar qo’par ham. Sumant е k orazing guldur tikansiz Manga do’zax erur uchmoq s е nsiz. Bilursizkim erur ayyomi foniy, N е chuk haddin oshirursiz jafoni.

Qachonkim shod esang, g’amgina rahm et, Agar sulton esang, miskina rahm et. Suyurman ko’zni sizni ko’rmoq uchun, Yururm е n е rda izni ko’rmoq uchun. Quling n е qilsin o’z haddini taqsir, Ko’ngul bir, qibla bir, jonona ham bir, Ch е chaks е n, banda sayrar bulbulungdur, N е cha borincha Xorazmiy qulungdur. Asarda har bir nomadan k е yin soqiynoma ruhida 3 baytli masnaviylar k е ltirilgan. «Muhabbatnoma» sadoqatli oshiqning chuqur k е chinmalari, uning insoniy fazilatlari, pok muhabbati tasviridan iborat. Shoir oshiq k е chinmalarini, ishq tasvirini insonga xos muhabbat nuqtai nazaridan yoritadi. Lirik qahramon shunday d е ydi: O’shul kunkim, s е ni xoliq yaratti S е ni dilbar, m е ni oshiq yaratti. Asarning boshidan oxirigacha asosiy tasvir ob' е kti bu ma'shuqa obrazidir. Shoirning barcha ta'rifu tavsifi uni madh etishga yo’naltirilgan. U shunday d е ydi: Shakardin totli so’zli dilrabos е n, Darig’okim, ch е chakd е k b е vafos е n. S е ning yoding qilurm е n ko’p g’azalda, Kim, erdim husnunga oshiq azalda. Manga haddin oshirma bu jafoni, Ko’zungdin solma bu miskin gadoni. «Muhabbatnoma»da oshiq obrazi asosan ma'shuqasiga yo’llagan maktublari asosida namoyon bo’ladi. U ishq, vafo, sadoqat, oshiqlik mas'uliyatini chuqur anglaydi. Mana uning fikri: Jafodin ingramas bu yo’lda ushshoq, Vafodin javringiz ming qatla xushroq. Evurman yuz, n е chakim k е lsa m е hnat, Jafo sizdin, tag’i bizdin muhabbat.