XOTIRA

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

12

Hajmi:

58.9 KB
MAVZU:  XOTIRA
Reja:
1. Xotira haqida tushuncha
2. Xotiraning nerv-fiziologik asoslari
3. Xotira turlari
4. Xotira jarayonlari
5. Xotiradagi individual farqlar
6. Xotira tasavvurlari
7. Xotira borasidagi nazariyalar 1. Xotira haqida tushuncha
Xotira bizilgariidrokqilgan ,
boshdankechirganvabajarganishlarimizniyoddasaqlash ,
keyinchalikularnieslashyokixotirlashjarayonidir .   Biz   har   kuni   yangi   narsalarni
bilamiz ,   kun   sayin   bilimlarimiz   boyib   boradi .   Xotira   faoliyatida   shaxsning
g ’ oyaviy   yo ’ nalishi   katta   o ’ rin   egallaydi .   Bu   yo ’ nalish   uning   faoliyatini   hayot
sharoiti   ta ' sirida   shakllantiradi .   Kishi   o ’ zining   shu   faoliyati   uchun   muhim   bo ’ lgan
voqea ,  hodisalarni   yaxshi   eslab   qoladi .  Aksincha ,  kishi   uchun   kam   ahamiyatga   ega
bo ’ lgan   narsalar   yomon   esda   qoldiriladi   va   tezda   unutib   yuboriladi .   Shu   o ’ rinda
xotira   borasidagi   ta ' riflarga   qaytsak ,   ko ’ pgina   adabiyotlarda   xotira   tushunchasi
quyidagicha   ta ' riflanadi . " Indvidning   o ’ z   tajribasida   esda   olib   qolishi ,  esda   saqlashi
va   keyinchalik   uni   yana   esga   tushirishi   xotira   deb   ataladi ".  Lekin   mazkur   ta ' riflarni
tahlil   qilgan   professor   E . G ’. G ’ oziev   tomonidan   xotira   tushunchasiga   quyidagicha
ta ' rif   beriladi .   " Xotira   atrof - muhitdagi   voqelik   ( narsa ) ni   bevosita   va   bilvosita ,
ixtiyoriy   va   ixtiyorsiz   ravishda ,   passiv   va   faol   holda ,   reproduktiv   va   produktiv
tarzda ,   verbal   va   noverbal   shaklda ,   mantiqiy   va   mexanik   yo ’ l   bilan   aks   ettiruvchi
esda   olib   qolish ,  esda   saqlash ,  qayta   esga   tushirish ,  unutish   hamda   tanish   hissidan
iborat   psixik   jarayon .   Alohida   va   umumiylik   namoyon   qiluvchi   ijtimoiy   hodisa
barcha   taassurotlarni   ijobiy   qayta   ishlashga   yo ’ naltirilgan   mnemik   faoliyatdir ".
Shuni   ta ' kidlash   joizki ,   keltirilgan   mazkur   ta ' rif   xotiraning   murakkab ,   keng
qamrovli   jihatlarini   to ’ la   ta ' kidlash   imkoniyatiga   ega . 
Shaxsning   yo’nalishi   uning   qiziqishida   ifodalanadi.   Kishining   qiziqishi
xotiraga aniq va kuchli ta'sir ko’rsatadi, ya'ni yaxshi esda olib qolishni ta'minlaydi.
Biz ko’pincha u yoki bu narsa va hodisalarni yomon esda qoldiramiz. Bu xotirani
yomonligini emas, balki ularga qiziqish yo’qligini ko’rsatadi. Masalan, o’quvchilar
hamma   fanlarni   bir   xil   o’zlashtira   olmaydilar.   Bu   ularning   har   xil   xotiraga   ega
ekanliklar   bilan   emas,   balki   o’qitilayotgan   fanga   qiziqishning   har   xilligi   bilan
tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishining emosional munosabati ham katta ta'sir
ko’rsatadi.   Kishi   uchun   yaqqol   hayajonli   reaksiya   vujudga   keltiruvchi   narsalar
ongda   chuqur   iz   qoldirib,   puxta   va   uzoq   yodda   saqlanadi.   Biz   bir   narsadan ta'sirlansak,   o’sha   uzoq   vaqt   esda   saqlanadi.   Samarali   xotira   kishining   iroda
sifatlariga ham bog’liqdir. Kuchsiz, irodasiz, ishyoqmas kishilar har doim yuzaki,
yomon   xotirlaydilar.   Aksincha,   irodali,   materialni   o’zlashtirishga   astoydil
kirishadigan   kishilar   puxta   va   chuqur   eslab   qoladilar.   Samarali   xotira   kishining
umumiy   madaniyatiga,   uning   aqliy   saviyasiga,   bilimiga,   uquviga   fikrlash
qobiliyatiga,   ko’nikmaa   va   odatlariga   ham   bog’liqdir.   Shunday   qilib,   xotiraning
tabiati   va   uning   samaraliligi   shaxsning     xususiyatlari   bilan   bog’liqdir.   Shaxs   o’z
oldiga   qo’yilgan   maqsad   va   vazifalari   asosida   o’zining   xotirlash   jarayonini   ongli
ravishda tartibga soladi va boshqaradi. 
Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar:  esda olib qolish, esda saqlash,
esga  tushirish  va  unutish  bir-biridan  farq qilinadi.  Bu  jarayonlar   faoliyatda  tarkib
topadi va belgilanadi. Ma'lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida
individual, ya'ni  shaxsiy  tajribani  to’plash bilan bog’liqdir. To’plangan tajribadan
keyingi   faoliyatda   foydalanish   qayta   esga   tushirishni   talab   qiladi.   Ma'lum
materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoddan chiqarishga olib keladi. 
2. Xotiraning nerv-fiziologik asoslari
Esda   olib   qolish   nerv   tizimining   egiluvchan,   ya'ni   o’zgaruvchanlik,
qo’zqatuvchilar   ta'sirida   o’zida   go’yo   bir   iz   qoldirish,   saqlash   imkoniyati   tufayli
yuzaga keladi. Har qanday insonning miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega bo’lib,
uning   darajasi   har   xil   bo’ladi.   Shaxs   xotirasining   sifati   miyaning   faolligi   va   turli
faoliyatga   to’g’ridan-to’g’ri   bog’liq   ravishda   rivojlanadi.   Atrofni   o’rab   olgan
borliqni faol biluvchi kishi o’z miyasi faoliyatini to’xtovsiz kuchaytiradi. Shu bilan
birga   uning   egiluvchanlik   darajasini   oshiradi.   Miya   egiluvchanligi   vaqtincha
pasayishi,   xotira   samarasining   susayishi,   ba'zi   paytda   odamning  toliqishiga   sabab
bo’ladi.   Dam   olgandan   keyin   yana   tiklanadi.   Odatda   miya   egiluvchanligi   yosh
o’tishi   bilan   susayadi.   Masalan,   keksa   kishilar   gaplaridan   adashib   ketadi,   ilgari
gapirganlari esdan chiqib, o’sha gapni takrorlayveradilar. Miya egiluvchanligining
ko’rsatkichi   bosh   miya   po’stlog’ida   muvaqqat   nerv   aloqalarini   tezlikda   vujudga
kelishi,   davomli   saqlanishi   va   ularning   tez,   oson   jonlantirilishi   hisoblanadi. Muvaqqat   nerv   aloqalari   assosiasiyalarni   hosil   qiluvchi   fiziologik   mexanizmdir.
Assosiasiya   bizning   xotiramizda   mustahkamlangan   va   ongimizda   qayd   qilingan
ayrim  voqea hodisalarning o’zaro bog’lanishidir. Biror buyumni  esda olib qolish,
boshqa buyumlar bilan bog’lash orqali amalga oshiriladi. 
Bu   o’rinda   akademik   I.P.Pavlovning   quyidagi   so’zlari   juda   xarakterlidir.
"Muvaqqat   nerv   bog’lanishlari   -   deb   yozadi   I.P.   Pavlov   hayvonot   olamida   va
bizning   o’zimizda   ham   bo’ladigan   eng   umumiy   fiziologik   hodisadir.   Shu   bilan
birga   u   psixik   hodisa   hamdir,   turli-tuman   harakat,   taassurot   bo’lmasa   harflar,
so’zlar va fikrlar o’rtasida paydo bo’ladigan bog’lanishlar-ki, bu bog’lanishlarni
psixologlar assosiasiyalar deb ataydilar".
Xotira,   ya'ni   esda   olib   qolish,   idrok   qilinayotgan   narsalardan   hosil   bo’lgan
obrazlar   o’rtasida   assosiasiyalarning   yuzaga   kelishidan   iboratdir.   Shu   bois   inson
xotirasidagi   assosiasiyalar   3   turga   ajratiladi.   Bular   yondoshlik   assosiasiyasi,
o’xshashlik   assosiasiyasi   va   qarama-qarshilik   assosiasiyalaridan   iboratdir.
Yondoshlik   assosiasiyasining   asosida   vaqt   va   fazoviy   munosabatlar   yotadi.
Boshqacha   qilib   aytganda,   yondoshlik   assosiasiyasi   bir   necha   narsa   yoki
hodisalarni ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil bo’ladi. Masalan,
bog’chada bolasi har kuni o’zining tarbiyachi opasi va tarbiyalanayotgan guruhini
idrok   qiladi.   Keyinchalik,   ya'ni   katta   bo’lgandan   so’ng   bog’chasini   eslasa
tarbiyachi   opasi   va   aksincha,   tarbiyachi   opasini   eslasa,   bog’cha   guruhi   ko’z
o’ngida gavdalanadi.
Hozirgi   paytda   idrok   qilinayotgan   narsa   bilan   ilgari   idrok   qilingan   narsa
o’rtasida ma'lum o’xshashlik bo’lsa, bu narsalar o’rtasida o’xshashlik assosiasiyasi
hosil   bo’ladi.   Masalan,   bola   dastavval   bog’chaga   kelgan   paytida   bog’cha
mudirasining   tashqi   ko’rinishi,   ovozi   va   munosabatlarini   o’z   onasiga   o’xshatishi
mumkin. Keyinchalik bola onasini ko’rganda, mudira opasini va aksincha mudira 
opasini   ko’rganda   onasini   eslaydigan   bo’lib   qoladi.   Bu   ikkala   odamning   bola
tasavvuridagi obrazlari o’rtasida assosiasiya hosil bo’ladi. 
Hozirgi   idrok   qilinayotgan   narsalar   bilan   ilgari   idrok   qilinayotgan   narsalar
o’rtasida   qarama-qarshi   belgilar   va   xususiyatlar   bo’lsa,   bunday   narsalar   o’rtasida qarama-qarshilik   assosiasiyasi   yuz   beradi.   Masalan   yoz-qish,   issiq-sovuq   kabi
narsalar o’rtasida qarama-qarshilik assosiasiyalari hosil bo’ladi.
Shunday   qilib,   xotiraning   nerv-fiziologik   asosida   bosh   miya   po’stida   hosil
bo’ladigan shartli reflekslar, turli assosiativ bog’lanishlar yotadi. Lekin, odam esda
olib   qolish   paytida   assosiasiyalar   hosil   bo’lganligini   mutlaqo   sezmaydi.   Har   xil
assosiasiyalarning   hosil   bo’lganini   odam   keyinchalik   biror   narsani   esga   tushirish
paytida bo’ladi.
Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to’xtalar ekanmiz, so’nggi
yillarda   texnikaning   g’oyat   tez   rivojlanishi   natijasida   turli   esda   olib   qoluvchi
apparatlarga bo’lgan ehtiyoj benihoya ko’payib ketganligini ta'kidlash joiz. Bu o’z
navbatida   xotiraning   nerv-fiziologik   mexanizmlarini   psixolog   va   fiziologlardan
tashqari   injenerlar,   bioximiklar,   genetiklar   hamda   kibernetiklar   tomonidan
o’rganilishiga   olib   keldi.   Natijada   xotiraning   nerv   fiziologik   mexanizmlarini
tushuntiruvchi   bir   qancha   yangi   nazariyalar   maydonga   keldi.   Ana   shunday
nazariyalardan   eng   muhimi   molekulalarning   o’zgarishi   bilan   bog’liq   bo’lgan
bioximik   nazariyadir.   Bu   nazariyaga   ko’ra   biror   narsani   esda   olib   qolish   va   esda
saqlab   turish   maxsus   tuzilishni   o’zgarishi   bilan   bog’liqdir.   O’tkazilgan
tekshirishlarga ko’ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining 
(neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o’zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir
boshqacharoq   tuzilishga   kirib   oladilar.   Dendritlar   tuzilishidagi   hosil   bo’lgan
o’zgarish   darrov   o’tib   ketadigan   bo’lmay,   ancha   mustahkam   bo’ladi.   Shu   sababli
esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi.
3. Xotira turlari
Xotira insonning holati va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli
uning namoyon bo’lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil
ko’rinishga egadirlar. Odatda xotirani muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos
qilib   uning   tavsifnomasi   sifatida   esda   olib   qolish,   esda   saqlash,   esga   tushirish,
unutish   singari   jarayonlarni   amalga   oshiruvchi   faoliyatining   xususiyatlariga
bog’liqligi   olinadi.   Shu   o’rinda   ta'kidlash   joizki,   ayrim   darsliklarda   xotira   turlari turlicha   klassifikasiya   qilinadi.   Jumladan,   A.V.Petrovskiy   tahriri   ostida   chiqqan
"Umumiy psixologiya" darsligida quyidagi klassifikasiya uchraydi:
 Faoliyatda   ko’proq   sezilib   turadigan   psixik   faollikning   xususiyatiga
qarab:  harakat, emosional, obrazli va so’z mantiq xotira.
 Faoliyatning maqsadlariga ko’ra:  ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira.
 Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko’ra:
qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira.
M.G.Davletshin   tahriri   ostida   chiqqan   "Umumiy   psixologiya"   o’quv
qo’llanmasida quyidagi xotira klassifikasiyasi qayd qilinadi:
 Psixik faolligiga ko’ra:  ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira.
 Faoliyat maqsadiga ko’ra:   harakat, emosional, obraz va so’z-mantiq
xotirasi.
 Muddatiga ko’ra:  uzoq muddatli, qisqa muddatli va operativ xotira.
E.G’.G’oziev   tahriri   ostida   chiqqan   "Umumiy   psixologiya"   o’quv
qo’llanmasida xotira turlari quyidagicha klassifikasiya qilingan.
1. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra: 
a) harakat yoki motor harakat xotirasi;
b) obrazli xotira;
v) his-tuyg’u yoki hissiyot xotirasi;
g) so’z-mantiq xotira.
2. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan :
a) ixtiyorsiz;
b) ixtiyoriy;
v) mexanik.
3. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko’ra:
a) qisqa muddatli xotira;
b) uzoq muddatli xotira;
v) operativ (tezkor) xotira.
4. Ruhiy faoliyat qo’zqatuvchisining sifatiga ko’ra:
a) musiqiy;  b) eshitish xotirasi;
5. Ruhiy faoliyatning inson yo’nalishiga qarab:
a) fenomenal;
b) kasbiy.
Keltirilgan xotira turlarini umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin:
Harakat xotirasi  - inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki
bu   ko’rinishlarini   ustunlik   qilishida   kuzatiladi.   Masalan,   harakat,   hissiyot,   idrok,
aql-zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko’rinishlari mavjuddir. Ana shu ruhiy faollik
turlarining   har   biri   tegishli   harakatlarda   va   ularning   mahsulotlarida   o’z   ifodasini
topib  harakatlarda,hissiy   kechinmalarda,   tuyg’ularda,   obrazlarda,   timsollarda,   fikr
va mulohazalarda aks etadi. Psixik aktivlik faoliyatiga 
ko'ra Materialning 
davomiyligiga ko'ra
Faoliyat maqsadiga  ko'raHarakat
Obraz
Emotsional
So'z ma'no Qisqa muddatli
Uzoq muddatli
Operativ
Ixtiyorsiz   Ixtiyoriy Xotira turlari Turli   harakatlar   va   ularning   bajarilishi   tartibi,   tezligi,   sur'ati,   izchilligi   va
boshqalarni   esda   qoldirish,   mustahamlash,   esga   tushirishdan   iborat   xotira   turi
harakat xotirasi deb ataladi.
Xotiraning boshqa turlariga qaraganda, harakat xotirasi ba'zi odamlarda aniq
ravshan ustunlik qilishi  uchrab  turadi. Psixologiya fanida klassik  misolga  aylanib
qolgan   ushbu   holatni   keltirib   o’tish   maqsadga   muvofiqdir:   bir   musiqa   ishqibozi
musiqalarni   xotirasida   mutlaqo   qayta   tiklay   olmas   ekan,   lekin   u   yaqindagina
eshitgan   operani   faqat   pantomimika   tarzidagina   qayta   tiklash   imkoniyatiga   ega
bo’lgan.   Turmushda   shunday   odamlar   uchraydiki,   ular   o’zlarida   harakat
xotirasining   borligini   umuman   payqamaydilar.   Mazkur   xotira   turining   g’oyat
ahamiyati   shundan   iboratki,   u   yurish,   yozish,   ifodali   harakat   malakalari   bilan   bir
qatorda   har   xil   amaliy   mehnat   malakalarini   tarkib   toptirishning   asosini   tashkil
qiladi.   Agar   insonda   harakat   xotirasi   bo’lmaganda   edi,   o’zini   har   gal   "boshdan
boshlab"   o’rganar   edi.  Figurali   uchish,   langar   bilan   sakrash,   gimnastika,   chopish,
xatti-harakatlar,   badiiy   gimnastika   bilan   shug’ullanish   harakat   xotirasini   taqozo
etadi.   Jismoniy   chaqqonlik,   mehnat   mahorati,   "oltin   qo’llar",   ziyrak   ko’zlar,
egiluvchanlik   va   kuzatuvchanlikka   ega   bo’lish   yuksak,   barqaror   harakat   xotirasi
mavjudligining alomati bo’lib hisoblanadi.
His-tuyg’u   yoki   hissiyot   xotirasi.   Bu   xotira   his-tuyg’ular,   ruhiy
kechinmalar,   hissiyotlar,   ehtiyojlarimiz   va   qiziqishlarimiz   qanday
qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning xususiyatiga nisbatan
munosabatimiz   qay   tarzda   amalga   oshirilayotganligidan   doimo   xabar   berib   turish
imkoniyatiga   ega.   Shuning   uchun   har   bir   kishining   hayoti   va   faoliyatida   hissiy
xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi.
Voqelikdagi   narsa   va   hodisalardan,   o’z-o’zimizga   bo’lgan
munosabatlarimizdan   kelib   chiqadigan   yoqimli   hamda   yoqimsiz   kechinmalarni
esda qoldirish, esda saqlash, esga tushirishdan iborat xotira turi   hissiy xotira turi
deb   ataladi.   Boshimizdan   kechirgan   va   xotiramizda   saqlanib   qolgan   hissiyotlar
harakatga undovchi va o’tmishda salbiy kechinmalarga ega bo’lgan harakatlardan
saqlanib qoluvchi signal tarzida namoyon bo’ladi. Hissiy   xotira   o’zining   vujudga   kelish   xususiyati,   tezligi,   dinamikasi,
davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlaridan ma'lum ma'noda ajralib turadi. har
bir   odamga   o’z   turmush   tajribasidan   ma'lumki,   ko’pincha,   qachonlardir   o’qigan
kitoblar,   tomosha   qilgan   kinofilmlar   faqat   "taassurotlar",   bog’lanishlar   zanjirini
yechishning   dastlabki   tuguni   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Shuning   uchun   hissiy
xotira ijtimoiy ahamiyat kasb etib, umumiylik alohida olingan odamlar kayfiyatlari
bir-birlariga   o’xshashligi,   iliq   ruhiy   muhitni   vujudga   keltirish   yoki   noxush
kechinmalar   to’lqinini   barpo   etish   ehtimoli   to’g’risida   mulohaza   yuritilayotgan
alomati ostida ijtimoiy guruhiy, jamoaviy, barqaror va beqaror kayfiyatni vujudga
keltiradi.
Obrazli   xotira   -   tasavvurlar   va   turmush   manzaralari,   shuning   bilan   birga,
tovushlar,   ta'mlar,   ranglar   shakllar,   bilan   bog’liq   bo’lgan   xotira   turidir.   Obraz
xotirasi   deb   yaqqol   mazmunni,   binobarin,   narsa,   hodisalarning   aniq   obrazlarini,
ularning   xususiyatlari   va   bog’lanishlarini   esda   qoldirish,   ongda   mustahkamlash
hamda zaruriyat tug’ilganida esga tushirishdan iborat xotira  turiga aytiladi.
Psixologiya fanida obrazli xotiraning bir necha turlari ajratib ko’rsatiladi va
ular quyidagilardan iborat.
Izchil   obrazlar   sensor   xotiraning   eng   sodda   ko’rinishi   yoki   shakli   izchil
obrazlardan iboratdir. Izchil obrazlarning namoyon bo’lish hodisasi quyidagilardan
tuziladi: agar sub'ektga bir necha daqiqa oddiy qo’zg’atuvchi yuborilsa, jumladan
10-15   sekund   yorqin   qizil   kvadratga   qarab   turish   taklif   etilsa,   so’ng   tekshiruvchi
oldidan kvadrat olib quyilsa, u qizil kvadrat o’rnida xuddi shunday geometrik shakl
izini ko’rishda davom etadi. Asosan bu shakl ko’pligi rangda tovlanadi. Mazkur iz
o’sha zahoti, ba'zan bir necha sekunddan keyin paydo bo’lib, 15 sekunddan to 45-
60   sekundgacha   o’sha   ob'ektda   saqlanib   turadi,   shundan   so’ng   asta-sekin   oqara
boshlaydi.   Natijada   o’zining   aniq   qon   turini   yo’qotadi,   keyinchalik   mutlaqo
yo’qolib ketadi. Goho butunlay yo’qolishi uchun qaytadan paydo bo’lishi mumkin.
Odamlarning   individual   psixologik   xususiyatlariga   qarab,   izchil   obrazlarning
aniqligi va davomiyligi turlicha bo’lishi ko’zga tashlanadi. O’zining kelib chiqishi, kuchliligi jihatidan   izchil obrazlarsalbiy va ijobiy
turlarga   bo’linadi.   Agar   kuchli   ravishda   odam   qizil   rangga   qarab   turib,   so’ngra
nigohini   oq   qog’ozga   ko’chirsa,   u   holda   ob'ektda   ko’k-yashil   rang   paydo
bo’lganday   ko’rinadi.   Izchil   obrazlarning   ushbu   turi   salbiy,   izchil   obrazlar   deb
ataladi.   Bu   holatni   yana   bir   misol   orqali   tushuntirilsa,   quyidagi   ketma-ketlik
hodisasi namoyon bo’ladi. Qorong’u xonada ko’z oldida bir narsaga, masalan, qo’l
yaqinlashtirilsa   so’ngra   qisqa   muddatli   (0,5   sek)   elektr   chiroqi   yoqilsa,   bu   holda
chiroq   o’chgandan   keyin   odam   bir   necha   daqiqa   davomida   narsalarning   aniq
obrazini   ko’rishda   davom   etadi.   Mazkur   obraz   o’z   rangida   bir   qancha   muddat
saqlanib, so’ng ko’zdan yo’qoladi.
Izchil   obrazlar   xotira   jarayonining   sodda   izlariga   misol   bo’la   oladi.
Chunonchi,   hodisalarga   qarab   uzaytirish   ixtiyoriy   ravishda   qayta   tiklash   mumkin
emas. Binobarin, izchil obrazlar ushbu xotiraning murakkabroq turlaridan ana shu
jihatlari bilan farqlanadi.
Izchil   obrazlarning   eshitish   turi   orqali   sezishda   kuzatish   mumkin,   lekin   bu
vaziyatda   izchil   obrazlar   kuchliroq   namoyon   bo’lishini   va   qisqa   muddat   davom
etishi kuzatiladi. Eydetik   obrazlar   psixologiyada   izchil   obrazlardan   eydetik
obrazlarni farqlash an'ana tusiga kirgan bo’lib,  "eydos" yunoncha "obraz" degan
ma'noni   anglatadi.   Xotiraning   bu   turi,   ya'ni   eydetik   obrazlar   o’z   vaqtida   nemis
psixolgiya   maktabining   namoyondalari   aka-uka   Yenishlar   nomidan   ta'riflab
berildi . Ba'zi  odamlar  shu davrlarda kuzatilgan narsa yoki suratlar ko’z o’ngidan
olib qo’yilsa ham surat siymosi uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ega.
Mazkur narsa va jismlarning aniq obrazlari, tasvirlarni kuzatish mumkin. Bu
hodisa   jahon   psixologiya   fanida   tajribada   tekshirib   ko’rilgan.   Tajribada
tekshiriluvchiga 3-4 minut davomida rasm ko’rsatilgan va tasvir olib qo’yilgandan
so’ng   uning   tarkibiy   qismlari,   tuzilishi   haqida   qatnashchilarga   savollar   berilgan.
Bu jarayonlarda tekshiruvchilar birorta savolga javob bera olmagan bo’lsalar, aniq
texnik   obrazga   ega   bo’lgan   ishtirokchilar   esa   rasmni   davom   etishgandek   har   bir
savolga aniq javob berishga erishganlar.  Tajribalarning   ko’rsatishicha,   eydetik   obrazlar   uzoq   vaqt   inson   ongida
saqlanishi   mumkin.   Mabodo   ularning   yo’llari   yopilib   qolgan   bo’lsa   ham,   lekin
hech qanday qiyinchiliklarsiz ularning siymosi qayta tiklanishi mumkin. 
Rus   psixologiyasida   eydetik   obrazlarning   namoyon   bo’lish   hodisasi
A.R.Luriya   tomonidan ko’p yillar davomida o’rganilgan va shunga ko’ra eydetik
xotiraning   individual   tipologik   xususiyatlari   chuqur   ta'riflab   berilgan.   Eydetik
obrazlar   harakatlanish   xususiyatiga   ega   bo’lib,   sub'ektlarning   oldiga   qo’yilgan
vazifa va uning tasavvurlari ta'siri ostida o’zgartirish mumkin. 
Aka-uka Yenishlar   tomonidan o’tkazilgan oddiy tajribada eydetik xotiraga
ega   bo’lgan   tekshiruvchiga   olma   va   undan   sal   uzoqroqda   joylashgan   ilmoq
tasvirlangan   rasm   ko’rsatilgan.   Rasm   o’rtasidan   bo’lib,   qo’yilgandan   keyin
tekshiruvchida   olmani   olib   qo’yish   istagi   kuchayib   borayotgani   so’ralgan.
Muayyan yo’l-yo’riq berilgandan keyin tekshiruvchi mana bunday holatni tasvirlab
beradi:   ilmoq   olmaga   yaqinlashib,   uni   iladi   va   ixtiyorsiz   ravishda   qatnashchi
tomon   tortadi.   Xullas,   eydetik   obrazlar   harakatchan   bo’lib,   sub'ektning   ruhiy
ko’rsatmasi  ostida sifat va miqdor o’zgarishiga yuz tutadi. Ilmiy tekshirishlarning
ko’rsatishicha, eydetik obrazlar bolalik va o’spirinlik davrlarida muayyan muddat
xukm suradi va vaqtning o’tishi bilan asta-sekin so’na boradi.
Psixofarmokologik   tadqiqotlarining   ko’rsatishicha,   eydetik   obrazlarni
kuchaytiruvchi kaliy ionlari va shuningdek uning kuchsizlantiruvchi kalsiy ionlari
moddalari   mavjuddir.   Ilmiy   izlanishlardan   olingan   miqdoriy   materiallar   eydetik
obraz paydo bo’lishining psixologik ildizlarini chuqurroq ochishga xizmat qiladi.
Tasavvur obrazlari   xotiraning yanada murakkabroq turi bo’lib hisoblanadi
va   ularning   xususiyatlari   haqida   tasavvurga   egamiz.   Inson   daraxt,   meva,   gul
to’g’risida   tasavvurga   ega   ekanligi   shuni   ko’rsatadiki,   uning   ilgarigi   tajribalari
sub'ektning   ongida   shu   obrazlarning   izlarini   qoldirgan.   Ilmiy   tushunchalar   talqin
qilinganda   tasavvur   obrazlari   eydetik   obrazlarga   juda   yaqindek   tuyuladi.   Lekin
eydetik   obrazlar   haqidagi   psixologik   tahlil   shuni   ko’rsatadiki,   tasavvur   obrazlari
unga   qaraganda   ancha   boy   bo’lib,   o’ziga   xos   xususiyatlari   bilan   ajralib   turadi.
Tasavvur   obrazlarining   eydetik   obrazlaridan   ajratuvchi   farq   tasavvur obrazlarining   polimodallik   xususiyatidir.   Buning   asosiy   mohiyati   tasavvur
obrazlari   ko’rish,   eshitish,   teri   orqali   sezish   izlarining   tarkibiy   qismlarini
birlashtiradi.   Masalan,   meva   to’g’risidagi   tasavvur   obrazi   uning   tashqi   ko’rinishi,
mazasi, oqirligi, vaznini o’zaro birlashtirib aks etadi.
Tasavvur   obrazlarining   eydetik   obrazlaridan   asosiy   farqi   shundan
iboratki,   u   narsa   va   hodisa   haqidagi   tasavvurlarni   aqliy   jihatdan   qayta
ishlashni   o’z   tarkibiga   kiritadi   va   jismlarning   asosiy   xususiyatlari   ajratilib,
ma'lum   kategoriyaga   birlashtiriladi.   Inson   gul   obrazini   faqatgina   esga
tushirmaydi,   balki   uni   muayyan   bir   so’z   yoki   tushuncha   bilan   aytadi,   nomlaydi,
xususiyatlarni ajratib ko’rsatadi, aniq bir kategoriya mohiyatiga kiritadi. 
Demak,   tasavvur   obrazlarida   odamning  xotirasi   idrok   qilingan   narsalarning
izini sust ravishda saqlab balki, bir qator tasavvur bilan boyitadi, narsa mazmuni va
mohiyatini tahlil qilib, u haqida o’z bilimlari, tushunchalari kabilarni tajriba bilan
bog’lovchi   ijodiy   sermahsul   faoliyatni   amalga   oshiradi.   Bularning   barchasi
irodaviy   sifatlar,   aqliy   zo’riqish,   asabiy   taranglashuv   natijasida   ruyobga
chiqishidan   dalolat   beradi. Tasavvur   obrazlari   xotiraning   murakkab   faoliyati
mahsuli   bo’lib,   ular   izchil   yoki   eydetik   obrazlarga   nisbatan   murakkab
psixologik hodisadir. 
Tasavvur obrazlari xotira izlarining murakkab turi bo’lib uning aqliy jarayon
bilan yaqinligi inson bilish faoliyatini muhim tarkibiy qismidan iborat ekanligidan
dalolat beradi. 
So’z-mantiq   xotirasi   mazmunini   fikr   va   mulohazalar,   aniq   hukm   hamda
xulosa   chiqarishlar   tashkil   etadi.   Insonda   fikr   va   mulohaza   turli   xil   shakllar
yordamida   ifodalanganligi   tufayli   ularni   ifodalash   faqat   o’zlashtirilayotgan
materiallarning   asosiy   ma'nosini   izohlash,   talqin   qilib   berish   yoki   ularni   so’zma-
so’z   ifodalanishini   aynan   aytib   berishga   qaratilgan   bo’lishi   mumkin.   Agar
ma'lumot,   axborot,   xabar,   material   ma'no   jihatidan   qayta   ishlanmasa,   u   holda
materialni   so’zma-so’z   o’zlashtirish,   mantiqiy   o’rganish   bo’lmasdan,   balki
aksincha mexanik esda olib qolishga aylanib qoladi. So’z-mantiq xotirasining vujudga kelishida birinchi signal  bilan bir qatorda
ikkinchi   signallar   tizimi   asosiy   hisoblanadi.   Chunki   so’z   mantiq   xotirasi   faqat
insongagina xos bo’lgan xotiraning maxsus turi hisoblanib, bu xotira turi o’zining
sodda   shakllari   bilan   hayvonlarga   ham   taalluqli   bo’lgan   harakat,   his-tuyg’u   va
obrazli xotiralardan sifat, ham miqdor jihatdan keskin farq qiladi. Ana shu boisdan
so’z-mantiq   xotirasi   bir   tomondan   xotiraning   boshqa   turlari   taraqqiyotiga
asoslanadi, ikkinchidan ularga nisbatan yetakchilik qiladi. Shu bilan birga, boshqa 
turlarning rivojlanishi so’z mantiq xotirasining takomillashuviga uzviy bog’liqdir.
So’z-mantiq   xotirasining   o’sishi   qolgan   xotira   turlarining   barqarorlashuvini
belgilaydi.
Xotira turlariga nisbatan boshqacha tarzda yondashish hollari ham uchraydi.
Shu   bois   xotira   faoliyatini   amalga   oshirayotgan   faollik   xususiyatlari   bilan   uzviy
bog’liq   ravishda   turlarga   ajratiladi.   Masalan,   faoliyat   maqsadiga   ko’ra   xotira
ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’linadi. 
Ixtiyoriy   xotira   deganda   ma'lum   maqsadni   ro’yobga   chiqarish   uchun
muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirilishidan iborat
xotira   jarayoni   tushuniladi.   Bu   faoliyatni   odam   ongi   bevosita   boshqaradi.
Ko’pincha   psixologiya   fanida   ixtiyoriy   xotiraga   ixtiyorsiz   esda   olib   qolish   qarshi
qo’yiladi.   Bu   jarayon   ma'lum   kerakli   topshiriq   yoki   vazifa   qo’yilsa,   esda   olib
qolishga etaklovchi faoliyat biron-bir maqsadni ro’yobga chiqarishga yo’naltirilgan
taqdirda   yuzaga   keladi.   Biz   matematik   topshiriqlarini   yechayotganimizda
masaladagi   sonlarni   esda   olib   qolishni   o’z   oldimizga   maqsad   qilib   qo’ymaymiz.
Mazkur   so’z   mantiq   xotirada   asosiy   maqsad   faqat   masala   yechishga   qaratiladi.
Buning   natijasida   sonlarni   esda   saqlashga,   hech   qanday   o’rin   ham   qolmaydi.
Shunga qaramay, biz ularni  qisqa  muddat  bo’lsa-da, esda saqlashga  intilamiz. Bu
holat faoliyat yakunlangunga qadar davom etadi.
Esda   olib   qolishni   maqsad   qilib   qo’yish   esda   olib   qolishning   asosiy   sharti
hisoblanadi.   Serb   psixologi   Radosavlevich   o’z   tadqiqotida   quyidagi   hodisani
bayon   etadi.   Tajribada   tekshiriluvchidan   biri   sinovda   qo’llanilayotgan   tilni
tushunmaganligi   tufayli   uning   oldiga   qo’yilgan   vazifalarni   bajarmagan.   Buning oqibatida   uncha   katta   bo’lmagan   tadqiqot   materiali   46   marta   o’qib   berilganiga
qaramay,   esda   olib   qolinmagan.   Tajribaning   keyingi   bosqichida   vazifa
tekshiriluvchiga   tushuntirib   berilgandan   so’ng   u   material   bilan   olti   marta   o’ib,
tanishib, uni takrorlab, qismga ajratib esga qayta tushirishga erishgan.
Xotiraning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari xotira taraqqiyotining ikkita ketma-
ket bosqichlarini tashkil etadi.  Ixtiyorsiz xotiraning  turmushda va faoliyatda katta
o’rin   egallashini   har   kim   o’z   shaxsiy   tajribasidan   biladi.   Ixtiyorsiz   xotiraning
muhim   xususiyatlaridan   biri   ma'lum   maqsadsiz   aqliy,   asabiy,   irodaviy   zo’r
berishsiz   hayotiy   ahamiyatga   ega   bo’lgan   keng   ko’lamdagi   ma'lumot,   xabar,
axborot,   ta'surotlarning   ko’pchilik   qismini   aks   ettirishdir.   Shunga   qaramasdan
inson   faoliyatining   turli   jabhalarida   o’z   xotirasini   boshqarish   zarurati   tug’ilib
qolishi   mumkin.   Xuddi   mana   shunday   sharoitlar,   holatlar,   vaziyatlarda   esda
saqlash, esga tushirish yoki eslash imkoniyatini yaratadigan xotiraning mazkur turi
katta ahamiyatga egaligi shubhasiz.
So’nggi   paytlarda   rus   va   xorij   psixologiyasida   xotira   borasidagi
tadqiqotchilarning   e'tiborini   esda   olib   qolishning   dastlabki,   boshlang’ich
daqiqalarida   vujudga   keladigan   holatlar,   jumladan   tashqi   taassurot   izlarining
mustahkamlanishigacha   bo’lgan   jarayonlar,   holatlar,   mexanizmlar,   shuningdek,
ularning mustahkamlanish muddatlarini ham o’ziga jalb qilib kelmoqda.
Masalan,   biror   material   xotirada   mustahkam   joy   olish   uchun   uni   sub'ekt
tomonidan tegishli ravishda qayta ishlab chiqish zarur va materialni bunday ishlab
chiqish   uchun   ma'lum   darajada   muddat   talab   etish   tabiiydir.   Ana   shu   muddat
xotirada   qayta   tiklanilayotgan  izlarni   mustahkamlash   deb   qabul   qilingan.   Mazkur
jarayon   inson   tomonidan   yaqindagina   bo’lib   o’tgan   hodisalarning   aks   sadosi
sifatida kechiriladi va takomillashadi. Inson muayyan daqiqalarda, lahzalarda, ayni
paytda   bevosita   idrok   qilinayotgan   narsalarni   go’yo   ko’rishda,   eshitishda   davom
etayotgandek   tuyuladi.   Ushbu   jarayon   kelib   chiqishi   jihatidan   beqaror,   hatto
o’zgaruvchan,   lekin   ular   shu   qadar   maxsus   tajriba   orttirish   mexanizmlarining
faoliyatida   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Shu   boisdan   ularning   roli   shu   qadar
ahamiyatli-ki,   bu   jarayonlarda   esda   olib   qolish,   esda   saqlash,   axborotlar, malumotlar,   xabarlarni   qayta   esga   tushirishning   alohida   turi   sifatida   qaraladi.
Ushbu jarayon odatda psixologiya fanida  qisqa muddatli xotira  deb ataladi.
Juda ko’p qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida materialni uzoq muddat
davomida   esda   saqlanib   qolishi   xarakterli   bo’lgan   uzoq   muddatli   xotiradan   farq
qilgan holda, qisqa muddatli xotira bir marta hamda juda qisqa vaqt oraliqida idrok
qilish va shu ondayoq qayta tiklashdan so’ng qisqa muddatli esda olib qolish bilan
xarakterlanadi.
Hozir   ilmiy   adabiyotlarda   qisqa   muddatli   xotirani   quyidagi   atamalar   bilan
nomlash uchraydi: "bir lahzalik", "dastlabki", "qisqa muddatli" va boshqalar.
Operativ xotira  inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol tezkor
harakatlar,   usullar   uchun   xizmat   qiluvchi   jarayonni   anglatuvchi   mnemik   holat
operativ xotira deb ataladi. Hozirgi zamon psixologiyasida ushbu holatni namoyon
qilish   uchun   quyidagi   misol   keltiriladi.   Matematik   amalni   bajarishga   kirishar
ekanmiz, biz uni muayyan bo’laklarga ajratib hal qilishni  maqsad qilib qo’yamiz.
Shu boisdan oraliq natijalarni yodda saqlashga intilamiz, nihoyasiga yaqinlashgan
sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi.
Mazkur holat matnni talaba yoki o’quvchi tomonidan o’qishda, uni ko’chirib
yozishda,   ijodiy   fikr   yuritishda,   aqliy   faoliyatni   amalga   oshirishda   yaqqol   ko’zga
tashlanadi.
4. Xotira jarayonlari
Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi.  Esda qoldirish  idrok qilingan
narsa   va   hodisalarni   miya   po’stida   iz   hosil   qilishdir.   Uning   fiziologik   asosi   miya
po’stida muvaqqat nerv bog’lanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish o’zining
faolligi jihatidan ikkiga bo’linadi:
a) ixtiyoriy esda qoldirish;
b) ixtiyorsiz esda qoldirish.
Ixtiyorsiz esda qoldirishda oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi
va   iroda   kuchi   sarflanmaydi.   O’zining   go’zalligi,   hissiy   ta'sirchanligi,   hajmi,
harakatchanligi,   tezligi,   shakli   va   boshqa   xossalari   bilan   farq   qiladigan   narsa   va hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi. Masalan, tasodifiy hodisalar, karnay-surnay ovozi
ixtiyorsiz esda qoladi.
Ixtiyoriy   esda   qoldirishda   esa   oldindan   maqsad   qo’yib   mavzu   belgilanadi.
Masalan, dars materiallarini esda olib qolish, imtihonga tayyorlanish va boshqalar.
Ixtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi:
 maqsad qo’yish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad;
 o’quv materiallarini tushunib esda qoldirish; 
 esda  qoldirishning rasional  usullaridan foydalanish,  masalan,  esga  tushirish
yo’li bilan esda qoldirish.
Beixtiyor   esda   qoldirishda   qiziqish   katta   rol   o’ynaydi.   Bizning   oldingi
tajribamiz bilan bog’liq narsa va hodisalar beixtiyor oson esda qoladi. Biz ba'zi bir
faktlarni bilsak, ular haqida tushunchaga ega bo’lsa, shu faktlarga tegishli bo’lgan
hamma narsalar oson esda qoladi.
Ixtiyorsiz esda qoldirish  inson hayotida katta ahamiyatga ega bo’lib, undan
ortiqcha harakat talab qilmagan holda hayotiy tajribalarni kengaytiradi va boyitadi.
Biroq   ixtiyorsiz   esda   qoldirish   tez   bo’lsa   ham   ko’pincha   noaniq   bo’ladi,   bunday
esda olib qolingan narsa va hodisalar keyinchalik yanglish esga tushiriladi.
Ixtiyoriy   esda   qoldirish   ko’zda   tutilgan   maqsadga   muvofiq   tanlangan
materialni esda qoldirishdir. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning
maxsus   usullarini   saqlagan   holda   materialni   puxta   esda   qoldirish   uchun   o’zining
kerakli kuchini sarf  qiladi. Ammo mexanik esda  saqlanishni  ma'noli  esda  saqlash
bilan qo’llanilishi foydalidir.
Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud:
o Ma'lumot,   xabar,   taassurot,   axborot   va   materiallarni   eshitish   orqali   idrok
qilish hamda esda olib qolish. 
o Egallash   yoki   o’zlashtirish   zarur   bo’lgan   materiallarni   ko’rib   idrok   qilish
yordamida esda olib qolish. 
o Materiallarni   harakat   yordamida   va   eshitish   orqali   idrok   qilish   hamda   esda
olib qolish. o Aralash   holatda   esda   olib   qolish,   eshitish,   ko’rish,   harakat   kabilar   orqali
idrok   qilish   va   esda   olib   qolish   yoki   bir   nechta   ta'sir   etuvchilar   yordamida
aks ettirish.
Mana   shu   yo’llar   orqali   eshitish,   ko’rish,   eshitish   harakat,
kombinotorlashtirilgan   (aralash)   turlari   yordamida   xotiraning   qaysi   turi   ustunroq
yoki qaysi biri bo’sh ekanligini aniqlash mumkin.
Esda   olib   qolishda   assosiasiyalarning   ahamiyati   muhimdir.   Buning   uchun
esda   olib   qolish   jarayonining   bog’lanishlari   paydo   bo’lish   sur'atini   aniqlash
maqsadida ular xususiyatlariga binoan quyidagi: 
 Sabab oqibat bog’lanish.
 Bo’lak va yaxlit munosabati.
 Qarama-qarshilik munosabati.
 Inkor etish holati.
 Adekvat yoki aniqlik turlarga ajratiladi.
Esda   olib   qolish   inson   faoliyatining   xususiyatiga   bevosita   bog’liqdir.
A.A.Smirnov, P.I.Zinchenko  tajribalari shuni ko’rsatadiki, esda olib qolish u yoki
bu   faoliyatdagina   samarali   bo’lishi   mumkin.   A.A.Smirnovning   tajribalarida
tekshirishlarga qaraganda ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi holda ular ma'noli
matnni   esda   olib   qolish   nazarda   tutiladi.   Sinaluvchilar   matnni   yodlar   ekanlar,
materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda
olib   qolish   vazifasi   qo’yilmaydi-yu,   lekin   matn   ustida   muayyan   ish   olib   borish
unda   uchraydigan   ma'noviy   xatolarni   aniqlash   taklif   etiladi.   Ikkinchi   holda   esda
olib qolish ancha samarali bo’lganligi aniqlangan.
Maxsus   vositalar   va   oqilona   usullarni   qo’llash   orqali   esda   olib   qolish
sohasidagi   yondashishdan   iborat   tashkiliy   faoliyat   alohida   ahamiyatga   ega.
A.A.Smirnov   o’tkazgan   tajribasida   shuni   ko’rsatadiki,   matnni   maxsus   tuzib
chiqilgan rejaga asoslangan  holda yodlash  rejasi, pala-partish esda  olib qolishdan
ikki   barobar   samaraliroq   ekan,   psixolog   olimlarning   tavsiyasiga   binoan   yodlash
jarayonida   materialni   takrorlash   bilan  uni   faol   esga   tushirishni   o’zaro   almashtirib
turish   yuqori   natijalar   beradi.   Kuzatishlar   va   tajribalar   shuni   ko’rsatadiki, o’quvchilar va talabalar bu usullarni mustaqil ravishda egallay olmaydilar, odatda
ularni   muallimning   rahbarligida   egallashadi.   Aks   holda   o’quv   faoliyati
ishtirokchilari   materialni   bevosita   ixtiyorsiz   esda   olib   qolish   bos?ichida   qotib
qolishi mumkin, bu hol aqliy o’sishga qarama-qarshidir.
Shu   narsani   alohida   ta'kidlab   o’tish   kerakki,   o’quv   materiallarining
ma'nosiga   tushunib   esda   olib   qolish   yo’li   oqilona   yo’l   bo’lib   qolmasdan,   balki   u
mexanik esda olib qolish jarayonidan o’zining samaradorligi bilan keskin darajada
ajralib turadi.
Esda olib qolish jarayoni deganda sezgi, idrok, tafakkur, ichki kechinmalarni
xotirada   saqlanish   xususiyati   tushuniladi.   Kundalik   hayotimizda   kitob,   jurnal,
gazeta   o’qiyotganimizda   materialni   esda   olib   qolish   uchun   shu   materialning
ma'nosiga tushunib olishga harakat  qilamiz. Jamiki narsa insonga yetarli darajada
tushunarli bo’lmasa, u taqdirda ularni esda olib qolish jarayoni juda qiyin kechadi.
O’rganilayotgan   materialning   mazmuni   va   ma'nosiga   tushunib   olish   uchun   odam
uni tahlil qilishga, umumlashtirishga harakat qiladi. A.A.Smirnov ta'kidlaganidek,
materialni   o’zlashtirib   olish   xuddi   shu   jarayonga   yaqqol   misoldir.   Mualliflarning
shaxsiy   fikriga   ko’ra   o’zlashtirayotgan   materiallarni   esda   olib   qolish   qiyinligi
sababli   ularni   tushuna   olmaslikdir.   Tushunib   olishning   esda   olib   holishdagi
ahamiyati xuddi shu bilan tavsiflanadi.
Jahon   psixologiya   fani   to’plagan   ma'lumotlarga   qaraganda
o’zlashtirilayotgan materialni mexanik tarzda egallashga nisbatan uning ma'nosini
tushunib o’zlashtirish bir necha marta mahsuldordir.
Esda   olib   qolish   jarayonida   o’zlashtirilayotgan   materialning   ma'noga   ega
bo’lishi   yoki   bo’lmasligi   muhimdir.   Assosiativ   psixologiya   maktabining   vakili,
taniqli   psixolog   G.Ebbingauz   jahon   psixologiyasida   birinchi   bo’lib   1885   yilda
oliy   ruhiy   jarayon   bo’lgan   xotirani,   1888   yilda   intellektni   ilmiy   tajriba   metodi
negizida   tekshirdi   va   keng   ko’lamda   turmushga   tatbiq   etdi.   U   xotira   jarayonini
tajriba   orqali   tekshirishning   asosiy   yo’nalishini   ishlab   chiqdi.   Xotirani   "sof"
ko’rinishda   o’rganishga   harakat   qilib   ma'no   kasb   etmaydigan   bo’g’inlardan foydalandi.   Uning   bu   tadqiqoti   kishining   mantiqiy   xotirasi   emas,   balki   mexanik
xotirasiga nisbatan qo’llanishiga xos to’g’ri yo’nalishdir.
G.Ebbingauzning   bu   tadqiqoti   psixologiyada   introspektiv   (o’z-o’zini
kuzatish   yoki   ichki   kuzatish)   metodiga   qarama-qarshi   qo’yilgan   ilmiy   tajribaviy
metod   yutuqi   sifatida   ilmiy-amaliy   ahamiyatga   egadir.   U   xotira   jarayonini
tekshirishda   o’z   oldiga   38   ta   ma'no   anglatmaydigan   bo’g’inlardan   tuzilgan
materialni   esda   olib   qolishni   maqsad   qilib   qo’ygan.   Bu   materialni   o’zlashtirish
o’rtacha 55 marta takrorlashni talab qiladi. Esda olib qolish uchun 38-40 so’zdan,
11   ta   so’z   o’zaro   bog’liq   bo’lmagan   so’zlardan   foydalangan.   Bu   materialni
o’zlashtirish 6-7 marotaba takrorlashni talab etgan, umumiy hisob esa 9 1 nisbatga
to’g’ri keladi.
Rus   psixologlari   tadqiqotlarining   natijalari   ma'noga   ega   bo’lgan   materialni
o’zlashtirishda esda olib qolish uchun turli xil yo’nalish, ko’rsatma berish muhim
ahamiyat   kasb   etadi,   degan   fikrni   tasdiqlaydi.   A.N.Leontev,   S.L.Rubinshteyn ,
P.A.Ribnikov   va   boshqalar   bolalarning   xotira   faoliyatini   o’rganganlar.
Shuningdek,   ular   o’qish   faoliyatiga   asoslangan   holda   maktab   o’quvchilarida
tekshirish ishlarini olib borganlar.
I.P.Zinchenko,   M.N.Shardakov,   A.I.Lipkinalar   tadqiqot   ishlarining
aksariyati   shunga   bag’ishlangan   bo’lib,   turli   materialni   esda   olib   qolishda
tushinishning ahamiyati muhimligini tasdiqlashga intilgan. Bu materialni esda olib
qolishga   to’g’ri   yo’nalish   berilishining   natijasida   material   mazmunini   tushunib
olgan   hamda   esda   olib   qolish   tezligi,   aniqligi,   mustahkamligi   va   to’liqligi
ta'minlanadi.
A.A.Smirnovning   ta'kidlashicha,   shu   davrgacha   hech   kim   hech   bir   ilmiy
adabiyotlarda  bolalarga  va  quyi   sinf   o’quvchilariga  ahamiyatli  bo’lgan  materialni
mexanik tarzda esda  olib qolishlari ko’rsatilmagan.
Nemis psixologi   Vilyam  Shtern   (1871-1938)  fikricha, bolalarda ham  katta
yoshdagi   odamlarda   ham   ma'nosiga   tushunib   o’zlashtirishga   nisbatan   mexanik
egallash   kam   miqdordir.   Bu   mulohaza   haqiqatdan   ham   to’g’ri,   Meymon   fikriga
ko’ra,  inson  ulg’ayishi  bilan  ma'nosiz  materialni  esda  olib  qolish  kamayib boradi va kam  samara beradi, lekin ma'noga ega bo’lgan bilimlarni esda olib qolishi  esa
sezilarli   darajada   rivojlanib   boradi.   Shunga   o’xshash   omillar   boshqa   psixologlar
tomonidan   ham   to’plangan   bo’lib,   bu   haqda   boy   materiallar   umumiy   psixologiya
xrestomatiyalarida o’z aksini topgan.
A.A.Smirnov   ma'no   anglatmaydigan   bo’g’inlarda   va   ma'no   kasb   etuvchi
so’zlardan tuzilgan material asosida tekshirish o’tkazgan. Katta va kichik yoshdagi
ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishni alohida tekshirish har ikkala yosh davrida
mazmunli   va   mazmunsiz   materiallarni   esda   olib   qolishning   munosabatini
tekshirish maqsad qilib qo’yilgan.
Ma'no   kasb   etgan   materialni   esda   olib   qolish   yosh   bolalarga   nisbatan
kattalarda   ustunligi   lekin,   ma'nosiz   materialni   esda   olib   qolish   kichik   yoshdagi
bolalarga   qaraganda   kam   samara   bermasligi   aniqlangan.   Ma'nosiz   bo’g’inlar
nafaqat   kichik   yoshdagi   bolalarda,   balki   katta   yoshdagilarda   ham   yaxshi
o’zlashtiriladi.
A.N.Leontev   tadqiqot   ishlarida   katta   yoshdagilarning   ma'nosiz
bo’g’inlardan   tuzilgan   materialni   yaxshi,   puxta   esda   saqlab   qolishi   ta'kidlangan.
Katta   yoshdagilar   ma'nosiz   bo’g’inlarni   qandaydir   mazmun   bilan   tez   va   oson
bog’lay   oladilar.   Shuning   uchun   ularda   bolalarga   nisbatan   kuchliroq   ma'no   kasb
etadi.   Shuningdek,   ma'no   anglatmaydigan   materialni   o’zlashtirish   jarayoni   tez
ko’chadi, mahsuldorroq bo’ladi. Ma'nosiz materiallarni egallash uchun iroda kuchi,
irodaviy sifatlar muhim ahamiyatga egadir.
Esda   olib   qolishga   hech   qanday   yo’nalish   berilmay,   materialni   yaxshi   olib
qolinishi   kishining   jadal   faoliyati   bilan   bog’liq.   Ixtiyorsiz   esda   olib   qolish   faol
irodaviy   kuch   sarflash   hisobiga   amalga   oshadi.   A.A.Smirnov   ma'noli   materialni
esda olib qolishning bolalar uchun yengil  ko’chishi  ularning yosh xususiyatlariga
bog’liq   narsa   emasligini   ta'kidlab   o’tadi.   Chunki   bolalar   hali   tushunib   olmagan
materialni   go’yo   ma'nosi   yashirinib   yotgandek   qabul   qiladilar.   Matn   ma'nosining
noma'lumligi   unga   nisbatan   qiziqish,   bilishga   intilish   mazmunini   izlashga
talabchanlikni   uyg’otadi.   Odatda   ma'nosiz   so’zlarni   laboratoriya   sharoitiga
qaraganda kundalik turmushda puxtaroq eslab qolinadi. Qator   psixolog   olimlarning   mulohazalariga   binoan:   1)   materialni   esda   olib
qolish darajasi yosh davrlari xususiyatiga ega emas, balki uning yakkahol shaxsiy
xususiyatlariga bog’liqdir; 2) mexanik esda olib qolishning odat tusiga kirib qolishi
ham   yosh   davrlarining  xususiyati   emasdir;   3)   so’zlarni   esda   olib  qolish,   mexanik
esda olib qolishning biron-bir xususiyatidir. 
Esga tushirish va uning turlari.
O’tmishda   idrok   qilingan   narsalar,   his-tuyg’u,   fikr   va   ish-harakatlarning
ongimizda   qaytadan   tiklanishi   esga   tushirish   deyiladi.   Esga   tushirishning   nerv-
fiziologik   asoslari   bosh   miya   po’stida   ilgari   hosil   bo’lgan   nerv   bog’lanishlarning
qo’zg’alishidir. Esga tushirishning   tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma'lum
vaqt o’tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari  mavjud.
Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish natijasida
u   yoki   bu   hodisani   esga   tushirishdir.   Tanish   aniq   va   noaniq   bo’lishi   mumkin.
Noaniq tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz, xolos. Masalan, bir
odam ko’zimizga issiq ko’rinadi, lekin uni qaerda ko’rganimizni eslay olmaymiz.
To’liq,   aniq   tanishda   esa   idrok   qilinayotgan   narsaning   nomi   katta   rol   o’ynaydi.
Masalan, biz bir kishini ko’rib, uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini 
eshitsak, darrov kim ekanligini bilamiz.
Eslash narsa va hodisalarni, uni ayni paytda idrok qilmay esga tushirishdir.
Masalan, bo’lib o’tgan voqea va hodisalarni, bilib olgan ishlarimizni bemalol esga
tushirishimiz   mumkin.   Eslash   ham   aniq   va   noaniq   bo’ladi.   Masalan,   biz   she'rni
yoddan   aytib   bersak   ham   uni   qaerda   va   qachon   o’qiganimizni   eslay   olmaymiz.
Esga   tushirish   avval   tanishdan   boshlanadi.   Masalan,   imtihonga   kirganda   biletni
ko’rib, uning savolini o’qib taniymiz. Demak, bunda predmetning nomi muhim rol
o’ynar   ekan.   Bevosita   esga   tushirish   materialni   idrok   qilish   ketidanoq   esga
tushirishdan   iborat.   Masalan,   she'rni   yod   olganimizda   bir   necha   satrni   o’qigan
kitobga   qaramasdan   takrorlaymiz,   ya'ni   bevosita   esga   tushiramiz.   Bir   karra
ko’zdan   kechirilgan   materialni   bevosita   esga   tushirilgan   miqdoriga   qarab,
xotiraning ko’lami aniqlanadi. Materialning   ko’p   qismini   bevosita   esga   tushira   oladigan   kishining   xotira
ko’lami keng hisoblanadi. Masalan, artistlarda so’z va iboralarni esda tutib qolish
xotirasining   ko’lami   keng   bo’ladi.   Hisob-kitob   ishlarini   yuritadigan   xodimlarda
sonlarni esda tushirish xotirasining ko’lami keng bo’ladi.
Vaqt   o’tkazib   esga   tushirish   esda   olib   qolingan   narsani   oradan   bir   qancha
vaqt   o’tkazib   esga   tushirishdirki,   bunda   shu   orada   ongimizda   boshqa   jarayonlar
o’tgandek   bo’ladi.   Masalan,   yoshligimizdagi   voqea   va   hodisalarni   shu   tariqa
eslaymiz.
Idrok qilingan narsalar miyamizda o’rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli
turli usulda esimizga tushishi mumkin.
Esda   saqlash   deganda   ilgari   tug’ilgan   taassurot,   fikr,   his-tuyg’u   va   ish-
harakatlarning   takrorlanishiga   moyillik   paydo   qilishi   va   mustahkamlanishi
tushuniladi.   Bunga   sabab   asab   tizimining   egiluvchanligidir.   Shuning   uchun   asab
tizimi   ilgari   bo’lib   o’tgan   taassurotlarni   takrorlashga   tayyor   turadi.   Faqat   esga
tushirish uchun qulay sharoit bo’lsagina esga tushadi. Bunday sharoit bo’lmaganda
zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi.
Shunday qilib, esga tushirishda ana shu tariqa qiynalib qolib, zarur bo’lgan
narsani shu onda esga tushira olmaymiz.
Unutilgan   narsalarni   yana   xotirada   qaytadan   tiklanishi   reminissensiya
hodisasi   (xira   esga   keltirish)   deyiladi.   Bu   hodisaning   sababi   shuki,   uzoq   vaqt   bir
ish   bilan   mashg’ul   bo’lganda   miya   charchashi   yuz   beradi.   Charchash   haddan
tashqari   oshishi   natijasida   nerv   xujayralarida   tormozlanish   yuz   beradi.   Materialni
esda   qoldirilgandan   keyin   12   soat   ichida   esga   tushirilsa,   materialning   ko’p   qismi
unutiladi. Materialni o’qib o’rganib olingandan keyinoq uni yaxshi xotirlay olmay,
ammo oradan bir necha vaqt o’tgandan keyin uni to’la xotirlay olishlikning sababi
materialni o’qib, o’rganib olishda ro’y beradigan charchashdir.
Materialni   eslash   uchun   bo’lgan   kuchli   xohish   natijasida   tormozlanish
yuzaga keladi, bu esa materialni qayta esga tushirishdagi qiyinchilikni kuchaytirib
yuborishi mumkin. Vaqt o’tishi bilan ishga chalqib ketgan insonlarda tormozlanish
tarqab ketadi. Shunda esga tushirish lozim bo’lgan narsa xotiraga kiradi. Materialni mustahkamlashga bo’lgan qiziqishning bo’lishi materialni uzoqroq esda saqlashga
olib keladi. Unutish vaqtga bog’liq bo’ladi. Bu G.Ebbingauz tomonidan aniqlangan
bo’lib,   unutish   materialni   yod   olingandan   keyin   darhol   ayniqsa   tez   ro’y   beradi,
undan keyin esa unutish ancha sekinlashadi.
G.Ebbingauz   unutishning   vaqtga   bog’liqligini   tajriba   orqali   aniqlagan.
To’plangan   natijalarning   ko’rsatishicha,   materialni   yod   olgandan   so’ng   unutish
sur'ati tez keyinchalik esa u birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma'nosiz ayrim
bo’g’inlarni   unutish   ustida   olib   borilgan   ishlarida   tasdiqlangan.   Tajribalarning
ko’rsatishiga   qaraganda,   o’rganilgan   narsalar   bir   soatdan   keyin   unutiladi.
Materialni o’zlashtirish jarayoni maboynida xotirlash natijasida unutish sekinlashib
boradi.   Muvaqqat   asab   bog’lanishlari   susayishi   natijasida   qachonlardir   sodir
bo’lgan narsa va hodisalarning o’zaro aloqalari xotirada asta-sekin yo’qolib boradi.
Vaqtning o’tishi bilan birmuncha unutilib ketilayotgan vaqtli  bog’lanishlarni, ya'ni
assosiasiyalarni   qaytadan   tiklash   jarayoni   kuch-quvvat,   xatti-harakatlarni   talab
qiladi. G.Ebbingauzning izdoshlari va shogirdlari tomonidan o’tkazilgan juda
ko’p   tadqiqotlarning   ko’rsatishicha,   unutish   sur'ati   materialning   ma'noli   yoki
ma'nosizligiga,   uning   qanchalik   anglanilganligiga   bog’liqdir.   Material   qanchalik
mazmundor anglanilgan tushunib olingan bo’lsa, u holda unutish ham shunchalik
sekin   kechadi.   Lekin   ma'noli   materialga   nisbatan   ham   unutish   avval   tez   sur'atda
bo’lib, keyinchalik esa u sekinlashadi. Biron-bir materialni o’zlashtirish yoki esda
olib   qolish   insonning   ehtiyojlari,   qiziqishi,   faoliyatning   maqsadi   bilan   bog’liq
bo’lsa, bu material sekin unutiladi.
Unutishning tezligi esda olib qolingan materialning mustahkamligiga teskari
proporsional   xususiyat   kasb   etadi.   Demak,   esda   olib   qolishning   mustahkamligiga
o’zlashtirilayotgan   materialning   ma'noga   ega   yoki   ega   emasligiga   bog’liqlikdan
tashqari   yana   bir   nechta   omillar   o’z   ta'sirini   ko’rsatadi   va   uning   faoliyat
mazmuniga   aylanishiga   ham   bog’liq.   Shuningdek,   ular   shaxsning   shaxsiy,
individual xususiyatlariga ham bevosita bog’liqdir.
5. Xotiradagi individual farqlar Xotira   jarayonlaridagi   individual   farqlar   esda   qoldirishning   tezligida,
aniqligida, mustahkamligida va qayta esga tushirishga tayyorligida ifodalanadi. Bu
farqlar malum darajada nerv faoliyati tiplarining xususiyatlari bilan, qo’zg’alish va
tormozlanish jarayonlarining kuchi va harakatchanligi  bilan bog’liqdir. Individual
farqlar   yana   shunday   hollarda   namoyon   bo’ladiki,   ba'zi   odamlar   obrazli
materiallarni,   rang,   tasvir,   narsa,   tovushlarni   samarali   va   mustahkam   esda   olib
qoladilar.
Boshqa   bir   odamlar   so’zlarni   yaxshi   eslab   qoladilar.   Uchinchi   bir   toifa
odamlarda esa malum bir materialni esda olib qolishda yaqqol ustunlik sezilmaydi.
Shunga muvofiq psixologiyada xotiraning quyidagi tiplari farqlanadi: ko’rgazmali
obrazli  xotira, so’z mantiqiy xotira va oraliq tipdagi xotira. Masalan, ko’rgazmali
obrazli   xotira   tipi   ko’proq   rassomlarda,   so’z   mantiqiy   tipi   nazariyotchi   olimlarda
uchraydi.   Bundan   tashqari   xotirlash   va   esda   qoldirish   jarayonlarida
analizatorlarning qatnashishiga qarab, xotira quyidagi tiplarga ajraladi:
a) ko’rish; b) eshitish; v) harakat; g) aralash xotira.
Bir xil kishilar ko’rish orqali, ikkinchi xillari eshitish orqali, uchinchi xillari
harakat   yordamida,   to’rtinchi   xillari   esda   qoldirishning   birga   qo’shilgan   usulida
yaxshi esda qoldiradilar. 
Xotiraning aralash tiplari eng ko’p tarqalgan. 
Xotiraning   individual   farqlari   kishi   faoliyatining   xususiyatiga   bog’liqdir.
Esda olib qolish va unutish tezligiga ko’ra xotiraning quyidagi tiplari mavjud:
1) tez esda qoldirib, sekin unutish;
2) tez esda qoldirib, tez unutish;
3) sekin esda qoldirib, sekin unutish;
4) sekin esda qoldirib, tez unutish.
6. Xotira tasavvurlari
Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalar obrazlarining ongimizda qaytadan 
gavdalanishiga  xotira tasavvurlari  deyiladi.
Esda   olib   qolish   va   qayta   esga   tushirish   tasavvur   obrazlari   orqali   amalga
oshiriladi.  Xotira  va   xayol   tasavvurlari   bir-biridan  farq  qiladi.  Xotira   tasavvurlari ilgari   idrok   qilingan,   ammo   hozir   ko’z   o’ngimizda   bo’lmagan   narsalarning
obrazlarini   ongimizda   gavdalanishdan   iborat.   Masalan,   yoshlik   vaqtimizdagi
hodisalarni   eslashimiz,   ongimizda   qayta   tiklashimiz   xotira   tasavvurlari   bo’ladi.
Xayoliy   tasavvur   xotira   tasavvuriga   qaraganda   murakkab   bo’lib,   ongimizdagi
bilimlar tajribalarimiz asosida ilgari idrok qilinmagan, shu paytgacha uchramagan
narsalarning   obrazlarini   yaratishdan   iboratdir.   Xayoliy   tasavvur   ijod   qilish   bilan
bog’liq.
Masalan :   ertaklar,   romanlar   umuman   biror   asarni   o’qiyotganimizda   undagi
qahramonlarning ko’z o’ngimizda gavdalanishi xayoliy tasavvurdir. 
Tasavvurlar   paydo   qilishda   so’zning   ahamiyati   katta.   So’z   bilan   nomlash
tegishli   obrazning   yaratilishiga   yordam   beradi.   Masalan,   "ildiz",   "o’t"   so’zlarini
to’rt kishiga berib, qanday tasavvur qilishlarini so’rasak, ularning tasavvurlari bir-
biridan farq qilishini ko’ramiz, chunki, har bir kishi tajribasiga ko’ra, kasbiga ko’ra
tushunadi. Masalan, matematik ildizni sonning ildizi deb, botanik o’simlik qismini,
uning   ildizini,   tish   doktori   esa   tish   ildizini   tushunadi.   Tasavvur   qilishning
fiziologik   asosi   shartli   reflekslarning   hosil   bo’lishi,   bosh   miya   po’stida   paydo
bo’lgan izlarning jonlanishidir.
Tasavvur   birorta   turtki   tasirida   jonlanadi,   masalan,   biror   odam   haqida
tasavvurlarning   tug’ilishi   uchun   birorta   so’z   yoki   hodisa   turtki   bo’ladi.   Asosan,
maxsus qo’zg’ovchi so’zdir, shuning uchun so’z bilan tasvirlash orqali tasavvurlar
tug’iladi. 
7. Xotira borasidagi nazariyalar
Inson   xotirasining   qonuniyatlarini   o’rganish   psixologiya   fanining   markaziy
masalalaridan  biri   bo’lib  hisoblanadi.   Ma'lumki,  insonning   har   qanday  kechinma,
xatti-harakatlari uzoq muddat ongda saqlanib, ma'lum bir sharoitda qayta namoyon
bo’luvchi   izlar   qoldiradi.   Shuning   uchun,   xotira   deganda,   inson   tabiat,   jamiyat,
koinot   to’g’risida   ma'lumot,   xabar   va   taassurot   to’plash   imkoniyatini   beradigan
hamda ilgarigi tajriba izlarini  esda olib qolish, esda  saqlash, qayta esga tushirish,
unutishni tushuniladi.  Bunga bog’liq ravishda psixologiya fani oldida xotira jarayonlarini o’rganish
bilan   aloqador   bo’lgan   qator   murakkab   muammolar   masalalarini   tadqiq   qilish
masalasi   turibdi.   Bular   quyidagilardan   iborat:   izlarni   esda   olib   qolishning
fiziologik   mexanizmlari   qanday,   esda   olib   qolishga   qanday   ob'ektiv   (tashqi),
sub'ektiv   (ichki),   tabiiy,   biologik   va   ijtimoiy,   psixologik   sharoitlar   ta'sir   qiladi,
ularning chegaralari qanday kabi masalalarga qaratilgan. 
Hozirgi   zamon   xotirani   tadqiq   qilish   bilan   bog’liq   tadqiqotlarda   markaziy
o’rin   xotira   jarayonining   asoslariga   ajratilgan.   Xotira   jarayonining   asoslari   3
yo’nalishda o’rganilgan: psixologik, neyro-fiziologik, bioximik. 
Xotiraning psixologik nazariyalari inson faolligi bilan bog’liq bo’lgan xotira 
jarayonlarini shakllantirishni tadqiq etadi. Ulardan birinchisi assosiativ nazariyadir.
Ma'lum   bir   bilimlar   inson   ongida   birin   ketin   o’rin   olishi   tufayli   ularda   assosiativ
bog’liqlikni yuzaga keltiradi va ushbu bog’liqlikda biror bir narsa esga tushiriladi.
Ushbu   assosiasiyalarni   3   turga   bo’lish   mumkin,   ya'ni   ob'ektlarning   fazoviy
bog’liqligi,   bir-biriga   mosligi   va   qarama-qarshiligidir.   Bundan   3   ta   assosiasiya
kelib   chiqadi:   bir-biriga   bog’liqlik,   o’xshashlik   va   qarama-qarshilik.   Assosiasiya
nazariyasi   bo’yicha   xotira   assosiativ   bog’lanishlar   asosida   mavjud   ma'lumotni
saqlash va qayta tiklash imkoniyatiga ega.
Ikkinchi   psixologik   nazariya   xotiraning   geshtalt   nazariyasidir.   Ushbu
nazariyaning   asosiy   ta'limoti   narsaning   negizi,   yaxlitligi,   yig’indisidir.   Ushbu
nazariyaga asosan xotira yaxlit hodisa sifatida tahlil etiladi. 
Bixeviorizm   -   inson   xotirasida,   esda   olib   qolishda   takrorlashning
ahamiyatiga diqqatni qaratadi. 
Freydizm xotirani emosiyalar, motivlar va ehtiyojlar bilan bog’laydi. 
Xotiraning   mantiqiy   nazariyasi   A.Bine   va   Byullerlar   tomonidan   ilgari
surilib,   ular   xotiradagi   materialni   xotiraning   mantiqiy   esda   olib   qolinishi   bilan
bog’laydi.
A.N.Leontev, N.I.Zinchenko, A.A.Smirnovlar tomonidan faoliyat nazariyasi
ilgari surilib, turli tasavvurlar orasidagi bog’liqlik esda olib qolingan materialning
qandayligiga emas, balki odamning u bilan nima qilishiga bog’liqdir. Bioximik   nazariya   tashqi   ta'sir   ostida   nerv   hujayralarida   yuz   beradigan
o’zgarishlarni   qayd   qilish   va   xotira   jarayonida   DNK   va   RNK   ahamiyatini
aniqlashga qaratilgandir. DNK xotirani genetik tug’ma tashuvchi sifatida, RNK esa
individual xotiraning ontogenetik asosi sifatida qabul qilinadi. Kibernetik nazariya
bo’yicha xotira ma'lumotni qabul qilib olish, qayta esga tushirish va unutishdir. 
Adabiyotlarda keltirilishicha, navbatdagi nazariya xotira jarayonlari asoslari
haqidagi   fiziologik   nazariyadir.   Vaqt   oraliqida   esda   olib   qolish,   saqlash   va   esga
tushirish   xotiraning   asoslari   fiziologik   nazariyasini   tashkil   qiladi.   Har   qanday
tashqi ta'sir nerv tizimida izsiz o’tmaydi va qandaydir "iz" qoldiradi. "Iz"ning fizik
ta'siri qayta impuls harakatini engillashtiradi. Vaqtinchalik nerv munosabatlarining
yuzaga   kelishi,   ularning   izini   va   keyinchalik   faollashtirilishini   xotira   jarayonlari
asoslari nazariyasi sifatida ko’rib chiqiladi. 
80-yillarda nemis psixologi German Ebbingauz o’z "sof" xotira qonunlarini
o’rganish   imkonini   beruvchi,   boshqacha   so’z   bilan   aytganda,   tafakkurga   bog’liq
bo’lmagan   holda   izlarning   esda   qolish   jarayoni   tadqiq   etishning   yangi   uslubini
taklif   qilgan,   ya'ni   ma'nosiz   bo’g’inlarni   yod   olishdan   iborat   bo’lgan   bu   uslub
Ebbingauzga   materialni   esda   olib   qolishning   egri   chiziqiga   oid   qonunni   kashf
qilishga,  uning asosiy   qoidalarini   bayon etishga   va ana  shularning  asosida  izlarni
xotirada   saqlanish   muddatini   hamda   asta-sekin   so’nish   holatini   tekshirishga
imkoniyat yaratgan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Amerikalik psixolog Eduard
Torndaykning   tekshirishlari   paydo   bo’ldi.   U   birinchi   bo’lib   tekshirish   predmeti
sifatida hayvonlarda ko’nikmalarni paydo bo’lish jarayonini tanlagan edi.
XX   asrning   birinchi   10   yilida   xotirani   tekshirish   yangi   ilmiy   talqinga   ega
bo’ldi, uning moddiy asosi to’g’risidagi muammolarga mohiyati jihatidan mutlaqo
boshqacha yondashish ro’yobga chiqdi.
Xuddi   shu   davr   xotira   psixologiyasida   keskin   burilish   nuqtasini   vujudga
keltiradi.   Akademik   I.P.Pavlov   shartli   reflekslarni   o’rganishning   ilmiy   metodini
taklif etadi, bu narsa o’z navbatida bosh miya yarim sharlarida yangi bog’lanishlar
paydo   bo’lishiga   va   mustahkamlanishning   asosiy   fiziologik   mexanizmlarini
tekshirish imkoniyatlarini tug’dirdi. Ana shunday qilib, ushbu bog’lanishlar paydo bo’lishiga   va   saqlab   qolishga   yordam   beradigan   shart-sharoitlar,   shuningdek,
bog’lanishlarning   saqlani-shiga   ta'sir   qiluvchi   holatlar,   omillar   va   mexanizmlar
tasvirlab berildi. I.P.Pavlov oliy asab faoliyati  ta'limoti va uning asosiy  qonunlari
xotiraning   fiziologik   mexanizmlariga   oid   bilimlarning   asosiy   manbasiga   aylanib
qoladi. 
Bolalarda   xotiraning   yuksak   (yuqori)   shakllarini   birinchi   marta   tadrijiy
ravishda tadqiq qilish taniqli psixolog L.S.Vigotskiyga nasib etgan. U 20-yillarning
oxirlarida maxsus tekshirishlarning predmeti qilib, xotiraning yuksak shakllarining
rivojlanishi   muammosini   tanlagan   va   u   o’z   shogirdlari   A.N.Leontev   (1905-1979)
va   A.V.Zankov   bilan   birgalikda   xotiraning   yuksak   shakllari   ruhiy   faoliyatning
murakkab   shakli   ekanligini,   kelib   chiqish   jihatidan   ijtimoiyligini   ko’rsatadi.
Shuning   bilan   birga   u   murakkab,   mohiyatiga   ko’ra   esda   olib   qolishning   asosiy
bosqichlari rivojlanishini isbotlab berdi. 
Psixologlardan   A.A.Smirnov,   P.I.Zinchenkolar   ham   xotira   bo’yicha   ilmiy
tekshirish   ishlarini   olib   bordilar,   uning   yangi   qonunlari   va   mexanizmlarini
ochdilar.   Esda   olib   qolishning   faoliyat   maqsadiga   bog’liqligini   yoritdilar,
murakkab   materialni   esda   olib   qolishning   oqilona   usullarini   ko’rsatib   berishga
muvofiq bo’ladilar.
Yuqoridagi   fikrlardan   ko’rinadiki,   psixolog   olimlar   tomonidan   xotira
borasida qator ilmiy izlanishlar olib borilgan va borilmoqda.  A dabiyotlar :
1. Ivanov I., Zufarova M. “ Umumiy psixologiya ” .  O‘z.FMJ., 2008.
2. Xaydarov   F.I.,   Xalilova   N.   “Umumiy   psixologiya”.   T.:   “ Fan   va
texnologiyalar ”  markazining bosmаxonasi  : 2009.
3. Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. – СПб :  Питер , 2007.
4. Ғозиев Э.Ғ.  “ Онтогенез психологияси ” . – T.: Ношир. 2010.
5. Ғозиев Э.Ғ.  “ Умумий психология ” . – T.: Ўқитувчи. 2012.
6. Дусмухамедова Ш.А.,  Нишонова З.Т., Жалилова  С.Х., Каримова  Ш.
К.,  Алимбаева Ш.Т. “Ёш ва педагогик психология”. – T.: TДПУ, 2013 .
7. Nishonova Z.T., Alimbaеva Sh.T., Sulaymonov M. “Psixologik xizmat”.
– T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti 2014 y.

MAVZU: XOTIRA Reja: 1. Xotira haqida tushuncha 2. Xotiraning nerv-fiziologik asoslari 3. Xotira turlari 4. Xotira jarayonlari 5. Xotiradagi individual farqlar 6. Xotira tasavvurlari 7. Xotira borasidagi nazariyalar

1. Xotira haqida tushuncha Xotira bizilgariidrokqilgan , boshdankechirganvabajarganishlarimizniyoddasaqlash , keyinchalikularnieslashyokixotirlashjarayonidir . Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz , kun sayin bilimlarimiz boyib boradi . Xotira faoliyatida shaxsning g ’ oyaviy yo ’ nalishi katta o ’ rin egallaydi . Bu yo ’ nalish uning faoliyatini hayot sharoiti ta ' sirida shakllantiradi . Kishi o ’ zining shu faoliyati uchun muhim bo ’ lgan voqea , hodisalarni yaxshi eslab qoladi . Aksincha , kishi uchun kam ahamiyatga ega bo ’ lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi . Shu o ’ rinda xotira borasidagi ta ' riflarga qaytsak , ko ’ pgina adabiyotlarda xotira tushunchasi quyidagicha ta ' riflanadi . " Indvidning o ’ z tajribasida esda olib qolishi , esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi ". Lekin mazkur ta ' riflarni tahlil qilgan professor E . G ’. G ’ oziev tomonidan xotira tushunchasiga quyidagicha ta ' rif beriladi . " Xotira atrof - muhitdagi voqelik ( narsa ) ni bevosita va bilvosita , ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda , passiv va faol holda , reproduktiv va produktiv tarzda , verbal va noverbal shaklda , mantiqiy va mexanik yo ’ l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish , esda saqlash , qayta esga tushirish , unutish hamda tanish hissidan iborat psixik jarayon . Alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa barcha taassurotlarni ijobiy qayta ishlashga yo ’ naltirilgan mnemik faoliyatdir ". Shuni ta ' kidlash joizki , keltirilgan mazkur ta ' rif xotiraning murakkab , keng qamrovli jihatlarini to ’ la ta ' kidlash imkoniyatiga ega . Shaxsning yo’nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta'sir ko’rsatadi, ya'ni yaxshi esda olib qolishni ta'minlaydi. Biz ko’pincha u yoki bu narsa va hodisalarni yomon esda qoldiramiz. Bu xotirani yomonligini emas, balki ularga qiziqish yo’qligini ko’rsatadi. Masalan, o’quvchilar hamma fanlarni bir xil o’zlashtira olmaydilar. Bu ularning har xil xotiraga ega ekanliklar bilan emas, balki o’qitilayotgan fanga qiziqishning har xilligi bilan tushuntiriladi. Esda olib qolishga kishining emosional munosabati ham katta ta'sir ko’rsatadi. Kishi uchun yaqqol hayajonli reaksiya vujudga keltiruvchi narsalar ongda chuqur iz qoldirib, puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan

ta'sirlansak, o’sha uzoq vaqt esda saqlanadi. Samarali xotira kishining iroda sifatlariga ham bog’liqdir. Kuchsiz, irodasiz, ishyoqmas kishilar har doim yuzaki, yomon xotirlaydilar. Aksincha, irodali, materialni o’zlashtirishga astoydil kirishadigan kishilar puxta va chuqur eslab qoladilar. Samarali xotira kishining umumiy madaniyatiga, uning aqliy saviyasiga, bilimiga, uquviga fikrlash qobiliyatiga, ko’nikmaa va odatlariga ham bog’liqdir. Shunday qilib, xotiraning tabiati va uning samaraliligi shaxsning xususiyatlari bilan bog’liqdir. Shaxs o’z oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalari asosida o’zining xotirlash jarayonini ongli ravishda tartibga soladi va boshqaradi. Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar: esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bir-biridan farq qilinadi. Bu jarayonlar faoliyatda tarkib topadi va belgilanadi. Ma'lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual, ya'ni shaxsiy tajribani to’plash bilan bog’liqdir. To’plangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma'lum materialning faoliyatda qatnashmay qolishi yoddan chiqarishga olib keladi. 2. Xotiraning nerv-fiziologik asoslari Esda olib qolish nerv tizimining egiluvchan, ya'ni o’zgaruvchanlik, qo’zqatuvchilar ta'sirida o’zida go’yo bir iz qoldirish, saqlash imkoniyati tufayli yuzaga keladi. Har qanday insonning miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega bo’lib, uning darajasi har xil bo’ladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning faolligi va turli faoliyatga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq ravishda rivojlanadi. Atrofni o’rab olgan borliqni faol biluvchi kishi o’z miyasi faoliyatini to’xtovsiz kuchaytiradi. Shu bilan birga uning egiluvchanlik darajasini oshiradi. Miya egiluvchanligi vaqtincha pasayishi, xotira samarasining susayishi, ba'zi paytda odamning toliqishiga sabab bo’ladi. Dam olgandan keyin yana tiklanadi. Odatda miya egiluvchanligi yosh o’tishi bilan susayadi. Masalan, keksa kishilar gaplaridan adashib ketadi, ilgari gapirganlari esdan chiqib, o’sha gapni takrorlayveradilar. Miya egiluvchanligining ko’rsatkichi bosh miya po’stlog’ida muvaqqat nerv aloqalarini tezlikda vujudga kelishi, davomli saqlanishi va ularning tez, oson jonlantirilishi hisoblanadi.

Muvaqqat nerv aloqalari assosiasiyalarni hosil qiluvchi fiziologik mexanizmdir. Assosiasiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan ayrim voqea hodisalarning o’zaro bog’lanishidir. Biror buyumni esda olib qolish, boshqa buyumlar bilan bog’lash orqali amalga oshiriladi. Bu o’rinda akademik I.P.Pavlovning quyidagi so’zlari juda xarakterlidir. "Muvaqqat nerv bog’lanishlari - deb yozadi I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o’zimizda ham bo’ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir, turli-tuman harakat, taassurot bo’lmasa harflar, so’zlar va fikrlar o’rtasida paydo bo’ladigan bog’lanishlar-ki, bu bog’lanishlarni psixologlar assosiasiyalar deb ataydilar". Xotira, ya'ni esda olib qolish, idrok qilinayotgan narsalardan hosil bo’lgan obrazlar o’rtasida assosiasiyalarning yuzaga kelishidan iboratdir. Shu bois inson xotirasidagi assosiasiyalar 3 turga ajratiladi. Bular yondoshlik assosiasiyasi, o’xshashlik assosiasiyasi va qarama-qarshilik assosiasiyalaridan iboratdir. Yondoshlik assosiasiyasining asosida vaqt va fazoviy munosabatlar yotadi. Boshqacha qilib aytganda, yondoshlik assosiasiyasi bir necha narsa yoki hodisalarni ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil bo’ladi. Masalan, bog’chada bolasi har kuni o’zining tarbiyachi opasi va tarbiyalanayotgan guruhini idrok qiladi. Keyinchalik, ya'ni katta bo’lgandan so’ng bog’chasini eslasa tarbiyachi opasi va aksincha, tarbiyachi opasini eslasa, bog’cha guruhi ko’z o’ngida gavdalanadi. Hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o’rtasida ma'lum o’xshashlik bo’lsa, bu narsalar o’rtasida o’xshashlik assosiasiyasi hosil bo’ladi. Masalan, bola dastavval bog’chaga kelgan paytida bog’cha mudirasining tashqi ko’rinishi, ovozi va munosabatlarini o’z onasiga o’xshatishi mumkin. Keyinchalik bola onasini ko’rganda, mudira opasini va aksincha mudira opasini ko’rganda onasini eslaydigan bo’lib qoladi. Bu ikkala odamning bola tasavvuridagi obrazlari o’rtasida assosiasiya hosil bo’ladi. Hozirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar o’rtasida qarama-qarshi belgilar va xususiyatlar bo’lsa, bunday narsalar o’rtasida

Ko'chirib oling, shunda to'liq holda ko'ra olasiz