Yangi adabiyotni ilmiy o’rganish bosqichlari
Yangi adabiyotni ilmiy o’rganish bosqichlari Reja: 1. Xislat tarjimai holi. 2. Xislat adabiy merosi. 3. “Armug’oni Xislat” haqida ma’lumot. 4. Jadidchilik va adabiy tanqid shakllanishi va rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari.
Xislatning asl ismi-sharifi Said Orif Xo’ja o’g’li Said Haybatullohxo’ja bo’lib, 1880 yil 10 mayda Toshkentning CHorsu mavzeida tug’ilgan. Otasi qalandartabiat kishi bo’lganligi bois u uch yoshidan boshlab farzandsiz ammasi Risolat ayaning qo’lida tarbiyalangan hamda ona tomonidan bobosi Mahmudxon va buvisi SHamsi oyimning moddiy ta’minotidan bahramand bo’lgan. Eski maktabda tahsil oldi. 16 yoshdan Ko’kaldosh madrasasida tahsil oldi. Dastlab fonuschi ustaga, so’ng eshik-rom qiluvchi ustaga shogird tushib shu kasblar bilan ham shug’ullandi. Ayrim manbalarda aytilishicha, she’riyatga bo’lgan mayl Xislatda juda barvaqt uyg’ongan. U to’qqiz yoshidan mumtoz shoirlar ta’sirida g’azal yozishni mashq qila boshlagan. Xislatda she’riyatga bo’lgan mayl-muhabbatning uyg’onishida Toshkent shoirlarining shu yo’llardagi peshqadami Karimbek Kamiyning xizmatlari, ayniqsa, salmoqli bo’ldi. Xullas, Xislat, Miskin, Sidqiy, Xondayliqiy singari yosh qalam ahllari Ko’kaldosh madrasasida tahsil ko’rganlariga qaramay, Kamiyning “Beklarbegi” madrasasidagi hujrasida oqshomdan tongga qadar davom etgan she’rxonliklarda o’zbek mumtoz she’riyatining bilimdonlari va aruznavis shoirlar sifatida shakllandilar. Xislat g’azallarning dilrabo ohanglari bilan tovlanishi va xalq o’rtasida keng tarqilishida uning Mulla To’ychi Toshmuhammedov bilan yaqinligi, u bilan bir adabiy-musiqiy davrada yashagani ham muhim ahamiyatga molik bo’ldi. Xislat 1908 yillardan boshlab tarjima (xususan, fors she’riyatidan) bilan shug’ullanadi. Ubayd Zaqoniyning “Gurba va Mush” (“Mushuk va sichqon”)ini (1903-1904), Firdavsiyning “SHohnoma”siga kiritilgan qadim fors dostonlaridan “Dostoni Barzui sher” (1911)ni o’zbekchaga o’girib, bostirib chiqardi. Qator bayozlarga kotiblik qildi. Ular Bohiyning “Farhodu SHirin” (1906), “Laylovu Majnun” nasriy asarlarini tayyorladi “Hadyai Xislat” (1910), “Armug’oni Xislat” (1912), “Tuhfai Xislat”, “Savg’oti
Xislat” (1914) kabi bayoz (antologiya)lar tuzib chop ettirdi. CHorsuda kitob do’koni ochib, kitob savdosi bilan shug’ullandi. Mo’minjon Toshqinning “toshkent shoirlari” kitobida SHoir Xislatning yozgan asarlari ro’yxatida 12 nomni keltiradi. Bular orasida “Quyon”, “Non va halvo”, “Ahmad polvon”, Nizomiyning “Layli va Majnun”i tarjimasi bor. Xislatning nashr etgan 4 bayozi o’z davrining qalam egalaridan 81 kishining 230 she’rini o’z ichiga qamrab oladi. Ular orasida eng mashhuri “Armug’oni Xislat” bo’lib, muallifning o’zi ta’kidlagandek, 6 shoirning 118 she’ri joy olgan, shundan 48 tasi Xislatning o’zinikidir. Mashhur hofiz Mulla to’ychi Toshmuhammedov taklifi bilan tuzilgan va uning sarf-harajati bilan maydonga kelgan “Armug’oni Xislat”, asosan ashuvla qilib aytiladigan lirik she’rlardan tashkil topgan bo’lib, har birining tepasiga “Sovti maqomi va ohangi” deb yozib qo’yilgan edi. Xislat ham ayrim zamondoshlari singari zavqi baland, badihago’y shoir bo’lgan. Yo’l-yo’lakay, turli munosabat bilan aytgan va xalq tiliga tushib ketgan baytu misralari bunga dalil. 1912 yilda ketma-ket ikki fanzandining vafot etishi ijodida mahzunlikni kuchaytirdi. SHoir 10-yillarda moddiy muhtojlikda yashadi. Qalam orqasidan kun ko’rish qalban edi. 20-yillarda eski ziyolilarga, ayniqsa, eshon va ruhoniylarga qarshi kurash avj olgan paytlari ham shoirga oson bo’lmadi. Xislat qalam-qog’ozni yig’ishtirib qo’yib, turli zavod-fabrikalarida ishchi bo’lib ishladi. SHoir urushi boshlanib, ommaviy qatog’onlar bir oz bosilgandan keyin qo’liga qalam oldi. Bunda ham ko’proq tarjima bilan shug’ullandi. Biroq ko’p o’tmay, 1945 yil 8 iyunida nafas qisma kasali bilan vafot etdi. Uning so’nggi manzili Toshkentning SHayx Zayniddin bobo qabristonida. Xislat ham ko’proq ishqiy she’rlari bilan shuhrat topgan shoir edi. Uning “Naylaram”, “Ey nigorim, bu na savdo aylading?”, “Hajringda ey yor, karim
fig’ondur”, “Qandoq qilay?”, “Kechqurun” kabi o’nlab she’rlari hali-hanuz hofizlar tomonidan sevib kuylab kelinmoqda. SHoirning “Erdi ayog’larimg’a ko’b tangu tor kovshim, Siqti-yu qildi oxir yurmoqg’a zor kafshim”, - matla’li hazil-mutoyiba she’ri zamondoshlarining ko’plab muxammaslariga asos bo’lgan. 1912 yilda chop etilgan “Paxtadan” muxammasi mustamlaka davri iqtisodiy munosabatlarining jamiyatga ta’sirini kuzatish nuqtai nazaridan muhim. “Najmiddin” nomli tekinxo’r, boshqalar hisobiga kun ko’ruvchi, ayni paytda ig’vodan bo’shamaydigan nopok zamondoshi haqidagi hajviyasi shoirning hajviy mahoratiga dalil bo’la oladi. Xislat kundalik voqealarga aralashib borishiga, hayotdagi o’zgarishlarni anglashga uringan shoirlardan edi. Masalan, u o’lkada yuz ochayotgan vaqtli matbuotga katta umid bilan qaraydi. Uning keng xalqni dunyo yangiliklari bilan tanishtirib borishda, millatning kundalik ehtiyojlarini muhokama etishda, ta’lim-tarbiya, ilm-maorif ishlarida buyuk vosita bo’la olishini yaxshi anglaydi. Uning “Sadoyi Turkiston” nashri munosabati bilan yozgan “Tarixi Xislat” she’ri va unga “Turkiston sadosi” so’zlarini tarix moddasi qilib olishi buni ko’rsatib turibdi. Xislat she’rlariga nazar tashlagan kitobxon shoirning badiiy mahorati bobida mumtoz shoirlardan qolishmasligiga, an’anaviy mavzularni badiiy talqin etishda SHarq she’riyatidagi poetik san’atlardan ustalik bilan foydalanganini, ayniqsa, she’rning musiqiy qurilishi katta ahamiyat berishiga ishonch hosil qiladi. Masalan, “Taronai bayot” kuyi asosida yozilgan “bo’lmasa” radifli muxammasining quyidagi dastlabki satrlaridayoq o’zbek mumtoz she’riyatiga xos go’zal tashbehlar va musiqiy mavjlar yal-yal tovlanib turadi: Naylaram bog’u chaman sayrini jonon bo’lmasa, Misli tovus silkinib, har yon xiromon bo’lmasa,
Sarvqomat, orozi gul, xatti rayhon bo’lmasa, CHashmi shahlo, o’zi barno, shohi xubon bo’lmasa, O’lmayinmu hajridin jismim aro jon bo’lmasa. O’tgan asrning boshlarida “Ko’kaldosh” madrasasining bir guruh talabalari tahsilni davom ettirish uchun Buxorodagi Ulug’bek madrasasiga yuborilgan. SHu munosabat bilan “Ko’kaldosh” madrasasida o’tkazilgan kuzatish marosimida Kamiy, Asiriy va Xislat o’z she’rlarini o’qishgan. Xislat fors va arab tillarini mukammal bilgan, shu tillarda yaratilgan qator mumtoz asarlarni o’qigan, hatto tarjima qilgan bo’lsa-da, favqulodda kamtarligi bois nashr etishga oshiqmagan. Xislat hassos lirik shoir bo’lish bilan birga hajviy she’rlar ham yozgan. Uning bunday she’rlari 1922 yildan boshlab “Mushtum” jurnalida “Quyon” va “Pashmak” yashirin imzolar bilan bosilgan. SHunday boy bilimga ega bo’lgan g’azallari o’zbek xalqining og’zidan tushmagan, o’z asarlari va tarjimalari bilan yosh avlodni sharqona odob va axloq ruhida tarbiyalashga intilgan shoir yoshlarni ilm olishga chaqiradi: O’qing, farzandi zebosiz, zamon sizlarga xo’b boqdi, Bo’ling alloma odamsiz, zamon sizlarga xo’b boqdi, O’tibdur kishilar umri boev kulfat, nadomatda Oling ibrat bu ishdan siz, zamon sizlarga xo’b boqdi. Har qanday xalq va mamlakatning kelajagi yoshlar qo’lida ekanini yaxshi bilgan shoir ularning ma’naviy barkamol zamonaviy ilm-fan va texnikani mukammal egallagan kishilar bo’lib ulg’ayishlarini orzu qilgan edi. Jadidchilik davrida adabiy tanqidchilik o’ziga xos bosqichni bosib o’tdi. SHu davrda jadidlar tashkil etgan vaqtli matbuot sahifalarida e’lon qilingan maqolalarda adabiy hayot bilan birga jamiyat uchun zarur bo’lgan muhim masalalarda bahsu munozaralar bo’lib o’tdi. SHu asosda tom ma’nodagi adabiy tanqidchilik shakllanib rivojlanib bordi. “Al Isloh”, “Oyna”,