logo

ZAMONAVIY DEHQONCHILIK TIZIMI

Yuklangan vaqt:

08.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

36.201171875 KB
ZAMONAVIY DEHQONCHILIK TIZIMI
1. Zamonaviy dehqonchilik tizimining mohiyati. 
2. Hozirgi zamon dehqonchilik tizimlarining tarkibiy qismlari.
3. Zamonaviy dehqonchilik ekologiyasi.
  1. Zamonaviy dehqonchilik tizimining mohiyati
Bu   tizim   O‘zbekiston   dehqonchiligining   asosiy   tizimlaridan   hisoblanadi.
So‘nggi   yillarda   respublikaning   ijtimoiy-siyosiy   yashash   tarzidagi   ro‘y
byerayotgan tubdan o‘zgarishlar, bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yuritishning
turli   shakllariga   o‘tishni   va   dehqonchilik   tizimini   rivojlantirish   hamda   kelgusida
yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.  
Zamonaviy   dehqonchilik   fan   va   texnikaning   yangi   yutuqlaridan   keng
foydalanishga,   ya’ni   kimyolashtirish,   mexanizatsiyalashtirish,   melioratsiyalash,
seleksiya,   qishloq   xo‘jalik   ekinlaridan   yuqori   hosil   etishtirishda   zamonaviy
texnologiyalarni  tadbiq  etish   kabilarga  asoslangan.  O‘zbekiston   turli   tuproq-iqlim
sharoitlari bilan bir qatorda namlik bilan etarli darajada ta’minlanmagan mintaqada
joylashganligi   bu   mintaqada   dehqonchilikni   yuritishda   turlicha   yondashuvni
taqozo   etadi.   Dehqonchilik   tizimi   fyermyer,   dehqon   va   boshqa   xo‘jaliklar
o‘rtasidagi   o‘zaro   raqobat   va   bozor   sharoitida   samarali   va   yashovchanlikka   ega
bo‘lishi zarur. 
Ma’lum   hududda   va   ma’lum   vaqt   davomida   tuproq,   o‘simlik,   iqlim,
insonlarning   agroishlab   chiqarish   faoliyatining   o‘zaro   munosabati   zamonaviy
dehqonchilik   tizimining   mohiyati   hisoblanadi.   Dehqonchilik   tizimining   asosiy
maqsadi   yu qori   sifatli   mahsulot   bilan   bir   qatorda   maksimal   va   barqaror   hosil
etishtirishdan   iboratdir.   Hosilning   shakllanishi   umumbiologik   va   dehqonchilik
qonunlariga   bo‘ysunadi.   Ularning   ta’siri,   asosan,   bevosita   tuproq,   ya’ni   uning
unumdorligi   bilan   bog‘liq   bo‘ladi.   SHuning   uchun   dehqonchilik   tizimini   yaratish
va   qo‘llashda   tuproq   unumdorligidan   foydalanish   va   takror   ishlab   chiqarishning
maksimal   samarali   shakllanish   qonuniyatlarini   hisobga   olish   va   bilish   zarur.
Zamonaviy dehqonchilik tizimida tuproq va o‘simlikni bir butunligini ta’kidlagan
holda,   ya’ni   barcha   tizimning   samaradorligini   ko‘rsatuvchi   asosiy   omil   sifatida
nazariy   va   amaliy   jihatdan   to‘g‘ri   yondashish   zarur.   Dehqonchilik   tizimlarining
barcha   tarkibiy   qismlari   asosini   bog‘lab   turuvchi   madaniy   ekinlar   hisoblanadi,
ularning   maksimal   hosildorligi   esa   dehqonchilik   tizimining   to‘liq   qo‘llanilishiga bog‘liqdir.   Ma’lum   tuproq-iqlim   sharoitlarida   etishtirish   uchun   ekinlarni   tanlash
dehqonchilikning ixtisoslashuviga sabab bo‘ladi.
Zamonaviy   dehqonchilik   tizimining   dastlabki   uslubiy   asoslari   –   u   tabiiy-
hududiy   tuzilishi   va   landshaftga   mutlaqo   mos   kelishi   hisoblanadi.   Zamonaviy
agrolandshaft – bu oddiy shakllangan tabiiy-hududiy kompleks bo‘libgina qolmay,
balki   u   o‘zining   tabiiy-qishloq   xo‘jalik   kelib   chiqishi,   fitotsenotik   belgilari,
ekologik   holati   kabi   ko‘p   tarkibli   tuzilishga   egaligi   bilan   ajralib   turadi.
Agrolandshaftlar tabiiy tuzilishlardan o‘zining aniq chegaralari bilan ajralib turadi.
Dehqonchilik vazifasiga hududning tabiiy holatiga ko‘ra ekologik xavfsiz tizim va
texnologik   echimlar   ishlab   chiqish,   har   tomonlama   o‘ylab   ko‘rilgan   an’anaviy
agrotexnik,   meliorativ,   kimyolashtirish   va   mexanizatsiyalashtirish   usullarini
qo‘llash, tabiiy zahiralarni ortiqcha sarf bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi.
Landshaftli   dehqonchilikni   rivojlanishining   muhim   elementlaridan   biri   –   yer
tuzish   va   yerdan   foydalanishning   maqbul   (optimal)   loyihalarini   asoslash
hisoblanadi.   Agrolandshaftli   yondashishda   landshaft-texnologik   konturlar   (LTK)
asosiy   ahamiyatga   egadir.   Ularning   chegaralariga   ko‘proq   ishlab   chiqa-rish
(yo‘llar,   uzatish   liniyalari   va   b.)   va   tabiiy   muhofazalanuvchi   (o‘rmonzorlar,   suv
kanallari   va   b.)   infrastrukturalar   chiziqli   ko‘rinishlari   mos   keladi.   Bularning
barchasi   fyermyer   va   dehqon   xo‘jaliklarida   yerlarni   ishlatilishida   katta   ahamiyat
kasb etadi.
Agrolandshaftlar tarkibiga yerdan foydalanishning yeroziyaga va deflyasiyaga
qarshi   tashkillashtirish,   tuproqqa   mexanik   ishlov   byerishning   maxsus   usullari,
injenyerlik   inshootlari,   har   bir   tabiiy   yer   uchastkalaridan   ularning   ekologik   va
iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda foydalanish kabilar kiruvchi tuproq
himoyalovchi-meliorativ inshootlar alohida ahamiyatga egadir.
2. Hozirgi zamon dehqonchilik tizimlarining tarkibiy qismlari
Hozirgi zamon dehqonchilik tizimi ma’lum tarkibiy qismga, ya’ni tashkiliy va
agrotexnika   tadbirlari   majmuasiga   asoslangan   bo‘lishi   taqozo   etiladi.   Zamonaviy
dehqonchilik tizimlari quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: Xo‘jalik yerlarini hududiy tashkillashtirish va almashlab ekish.
Tuproqqa ishlov byerish tizimi.
O‘g‘itlash tizimi.
Meliorativ chora-tadbirlar.
Suv va shamol yeroziyasidan tuproqni himoyalash bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlar.
Begona   o‘tlar   va   kasallik   qo‘zg‘atuvchilar,   zararkunandalarga   qarshi   kurash
bo‘yicha chora-tadbirlar tizimi.
Etishtiriladigan ekinlarning urug‘chiligi.
Etishtiriladigan qishloq xo‘jalik ekinlarining intensiv texnologiyalari.
Qishloq xo‘jaligi mashinalari tizimi.
Atrof-muhit muhofazasiga oid chora-tadbirlar tizimi.
Xo‘jalik yerlarini hududiy tashkillashtirish va almashlab ekish. Bunda dalalar
maydoni,   chegarasi,   bog‘lar,   ihota   polasalari,   suv   havzalari,   o‘zlashtiriladigan
yangi   yerlar,   yaxshilanadigan   ekinzorlar   hamda   almashlab   ekish   va   ekinlarni
joylashtirish va hokazolar  aniqlanadi. Ma’lumki, maydonlarning bir xil kattalikda
chegaralanishi har yili maydonlarda zarur ekinlar strukturasi bulishini ta’minlaydi,
ekinlarni ilmiy asosda navbatlab ekish esa tuproq unumdorligini uzluksiz oshiradi.
SHuning uchun har bir fyermyer xo‘jalik sharoitiga moslab, mustaxkam oziq-ovqat
bazasini   barpo   etishga   hamda   tuproq   unumdorligini   muttasil   oshirib   borishga
imkon   byeradigan   almashlab   ekish   sxemasini   joriy   etish   yo‘li   bilan   dehqonchilik
madaniyatini oshirish zarur. 
Har   gektar   yer   hisobiga   arzon   va   eng   ko‘p   miqdorda   qishloq   xo‘jalik
mahsulotlari   etishtirish   uchun   qishloq   xo‘jaligini   ilmiy   asosda   ixtisoslashtirish
kyerak. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni ixtisos-lashtirish va konsentratsiyalash
agrotexnika   nuqtai   nazaridan,   maydonlarni   tashkil   etishni   yanada   rivojlantirishni,
qisqa   rotatsiyali   almashlab   ekishni,   ya’ni   ekinlar   strukturasini   takomillashtirishni
taqozo   etadi.   Bunda   almashlab   ekish   o‘z   ahamiyatini   yo‘qotmaydi,   balki
ixtisoslashtirishga ko‘ra, u ekinlar bilan to‘ldiriladi. Tuproqqa   ishlov   byerish   tizimi.   Fyermyer   xo‘jaliklarida   qishloq   xo‘jalik
texnikasi   va   mexanizator   kadrlar   etarli   bo‘lishi   kyerak.   SHundagina   yerlarni   o‘z
vaqtida   va   sifatli   ishlash   hamda   boshqa   dala   ishlarini   keng   ko‘lamda
mexanizatsiyalashtirish   mumkin   bo‘ladi.   Ishlab   chiqarish   jarayonlarini
mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish qishloq xo‘jaligidagi yutuqlarida asosiy
yo‘nalishdir. Yerni ishlaganda ba’zi maxsus qurollar alohida-alohida bajariladigan
bir   nechta   opyeratsiyani   (haydash,   kul ь tivatsiyalash,   boranalash,   tekislash,
molalash   va   hokazolarni)   bir   yurishda   bir   yo‘la   bajaradi.   Olingan   ma’lumotlarga
ko‘ra,   tuproq   unumdorligini   oshirish   va   ekinlardan   yuqori   hosil   olishda   yerni
kombinirlangan usulda ishlash eng foydali agrotexnika tadbiri hisoblanadi.
O‘g‘itlash   tizimi.   Ekinlardan   yuqori   va   mo‘ljaldagi   hosilni   olishda   organik,
mahalliy   va   minyeral   o‘g‘itlarni   to‘plash,   saqlash,   ishlatish   bo‘yicha   aniq   ishlab
chiqilgan   reja,   ya’ni   o‘g‘itlash   tizimi   bo‘lishi   katta   ahamiyatga   ega.   Ma’lumki,
o‘g‘it ekinlar hosilini va tuproq unumdorligini oshirishda asosiy omil hisoblanadi.
Paxta   etishtirish   texnologiyasini   yaxshilash   va   o‘g‘itlardan   foydalanishni
takomillashtirish paxta hosilini 45-46 % ga oshirish imkonini byeradi.
Organik,   minyeral  va  boshqa  o‘g‘itlarni   birga  qo‘shib  to‘g‘ri   ishlatish   zarur,
chunki organik o‘g‘itlar tuproqni chirindi va oziq moddalar bilan boyitishda asosiy
manba   bo‘lishi   bilan   bir   qatorda   har   xil   patogen   mikrofloradan   xoli   etishda   va
uning   tabiiy   xossalari   hamda   boshqa   xususiyatlarni   yaxshilashda   muhim   omil
hisoblanadi.   Minyeral   o‘g‘itlar   esa   asosan   madaniy   o‘simliklar   uchun   oziq
moddalar manbai hisoblanadi.
Almashlab   ekish   dalalari   bo‘yicha   har   bir   ekin   va   boshqa   ekinzorlar   uchun
alohida-alohida o‘g‘itlash tizimi ishlab chiqilishi zarur. U har tomonlama samarali
va   ilmiy   asoslangan   bo‘lishi   kyerak.   Har   bir   dala   yerining   tipiga   ko‘ra   o‘g‘it
me’yori   va   ularning   nisbati   to‘g‘ri   belgilanishi   katta   ahamiyatga   ega.   O‘g‘itlarni
ishlatishda   agrokimyo   kartogrammasiga   va   agrokimyoviy   tavsiyanomalarga   katta
e’tibor byerish kyerak.  
Meliorativ   chora-tadbirlar   tizimi.   Bu   tadbirlar   yerni   tubdan   yaxshilashga
qaratilgan.   Bular   sug‘orish,   yerning   zaxini   qochirish,   yuvish,   kollektor-drenaj ishlarini   amalga   oshirish,   yer   maydonlarini   kengaytirish,   tosh-shag‘alli   yerlarni
toshdan tozalash va tuproq solish, kol ь mataj, ya’ni syershag‘al dalalarga irrigatsiya
yotqiziqlari   cho‘ktirish   va   boshqalardir.   Bu   tadbirlar   suvdan   tejab   foydalanilgan
holda ekinlardan mo‘l hosil etishtirishni ta’minlaydigan irrigatsiya va melioratsiya
tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Ma’lumki,   sug‘oriladigan   yerlar   yuqori   dehqonchilik   madaniyatini,   etarli
darajada   minyeral   o‘g‘itlar   ishlatishni   va   suvdan   ratsional   foydalanishni   taqozo
etadi.   Ishlab   chiqarishda   yangi   sug‘orish   usullaridan   –   tomchilatib,   yomg‘irlatib,
yer   ostidan   egiluvchan   quvurlar   o‘tkazib   sug‘orish   va   boshqalar   keng   ko‘lamda
sinab   ko‘rilmoqda   hamda   joriy   etilmoqda.   Bu   usullarda   suv   tejab   sarflanadi,
isrofgarchilik 2-3 baravar kamayadi va ishlab chiqarish unumdorligi 15 martagacha
ortadi. 
Suv va shamol yeroziyasidan tuproqni himoyalash bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlar. Respublikamizning barcha tumanlaridagi fyermyer xo‘jaliklarda tuproqni
himoya   qilish   tadbirlarini   amalga   oshirish   zarur.   Tuproq   yeroziyasiga   qarshi   olib
boriladigan kurash tadbirlari bir vaqtning o‘zida ko‘pchilik mintaqalarda, ayniqsa
mavsumiy yoki doimo qurg‘oqchilik, shamol, garmsel bo‘lib turadigan tumanlarda
tuproqda nam to‘plash va saqlashda ham katta ahamiyatga ega. Respublikamizning
Bekobod,   Qo‘qon   tumanlari   mavsumiy   esadigan   shamoldan,   Janubiy   tumanlarda
esa garmseldan katta zarar ko‘radi, shu-ning uchun bu tadbirlar muayyan tumanlar
xo‘jaliklarida ekinlardan yuqori hosil olishda katta ahamiyatga ega.
Begona   o‘tlar,   kasallik   va   zararkunandalarga   qarshi   kurash   bo‘yicha   chora-
tadbirlar   tizimi.   Ma’lumki,   har   yili   qishloq   xo‘jaligi   kasallik,   zararkunanda   va
begona  o‘tlardan katta  zarar  ko‘radi.  Dehqonchilikning  intensivlashishi  tufayli  va
almashlab   ekish   dalalariga   bir   xil   kasallik,   zararkunanda   va   begona   o‘tlardan
zararlanadigan,   tuproq   rejimi   hamda   biologik   xususiyatlari   har   xil,   bir-birinikiga
o‘xshamaydigan   madaniy   ekinlar   ekilgan   bo‘lsa,   bu   tizimning   ahamiyati   yanada
yuqori bo‘ladi. 
Sug‘orib   dehqonchilik   qilinadigan   mintaqalarda   bu   tadbirlar   yana   ham
ta’sirchan kuchga ega, chunki bu mintaqalarda almashlab ekish dalalaining asosiy qismini     paxta,   bug‘doy   va   dukkakli   don   ekinlari   egallaydi.   Bunday   sharoitda
kurash   tadbirlarini   uyg‘unlashgan   holda   amalga   oshirish     samarali   bo‘ladi.   Bu
majmuaga   agrotexnika,   kimyoviy   va   biologik   tadbirlar   kiradi   va   ularni   ma’lum
tizimda joriy etish kyerak.
Yetishtiriladigan   ekinlarning   urug‘chiligi.   Fyermyer   xo‘jaliklarini   syerhosil
va   sifatli   har   xil   ekinlar   urug‘i   bilan   ta’minlash   tadbirlari   tizimi   yuqori   hosil
olishda katta ahamiyatga ega.
Respublikamizda   yirik   davlat   urug‘chilik   tizimi   mavjud   bo‘lib,   unda   yangi
navlar   yaratiladi   va   sinab   ko‘riladi,   elita   urug‘lari   etishtiriladi   va   ko‘paytiriladi,
qishloq xo‘jalik korxonalari tumanlashtirilgan navning urug‘lari bilan ta’minlanadi
va   urug‘chilik   bo‘yicha   nazorat   ishlari   amalga   oshiriladi.   Bulardan   tashqari,
ixtisoslashtirish   asosida   urug‘chilikni   tubdan   yaxshilash   vazifalari   bajariladi.
G‘o‘za   va   boshqa   ekinlar   bo‘yicha   seleksiya   markazlari   tashkil   etilgan,   u   yerda
ekinlarning yangi nav va duragaylarini etishtirish bilan shug‘ullanadi. 
Fyermyer   xo‘jaliklarda  boshqa   tumanlardan   keltirilgan   urug‘likka   qaraganda
sharoitga   moslashgan   va   tumanlashtirilgan   ekinlar   urug‘i   ekilsa,   sifatli   va
gektaridan eng yuqori hosil olinadi. Bunda elita va sifatli urug‘larning roli katta.
Yetishtiriladigan   qishloq   xo‘jalik   ekinlarining   intensiv   texnologiyalari.   Bu
tizimda   har   bir   mintaqaning   tuproq-iqlim   sharoitini,   o‘simliklarning   biologik
xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   samarali   dehqonchilik   tizimlarini
loyihalashtirish, joriy etish hamda dehqonchilik tizimlarining har bir bo‘g‘inida fan
va texnikaning eng samarali yutuqlaridan foydalanishni taqozo etadi. SHuningdek,
turli tuproq-iqlim sharoitida samarali dehqonchilik tizimlarini tashkil etish va olib
borish,   ularning   samaradorligini   aniqlash,   tahlil   etish   natijasiga   ko‘ra   ularning
tarkibiy qismlarini takomillashtirib borish zarur.
Bugungi   kunda   ishlab   chiqarilayotgan   qishloq   xo‘jaligi   mahsulotlari
tannarxini   arzonlashtirishning   asosiy   yo‘llaridan   biri   resurs   tejovchi   yangi
texnologiyalarni   qo‘llashdir.   Ushbu   texnologiyalardan   foydalanish   hamda   ularni
takomil-lashtirish   aholining   oziq   ovqat   mahsulotlariga,   sanoatning   xom   ashyo   va mamlakatning   qishloq   xo‘jalik   mahsulotlariga   bo‘lgan   talablarini   ta’minlashga
imkon yaratadi. 
SHuni   ta’kidlash   lozimki,   mahsulot   tannarxini   kamaytirish   bilan   bir-ga
qishloq   xo‘jaligi   ekinlarning   hosildorligi   hamda   ularning   rivojlanishi-da   asosiy
manba hisoblanuvchi tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha dehqonchilik tizimini
to‘g‘ri   tashkil   etish   bugungi   kunning   dolzarb   muammolaridan   biri   bo‘lib
hisoblanmoqda.  
Atrof-muhit   muhofazasiga   oid   chora-tadbirlar   tizimi.   Bu   chor-tadbirlar
tizimiga   qishloq   xo‘jaligi   va   u   bog‘liq   bo‘lgan   tabiiy   muhitda   bar-qaror,   sifatli
biologik   toza   mahsulot   ishlab   chiqarishda   agroekotizimlar-ning   tabiiy
bioenyergetik potensialidan foydalanish, agrar sektorning tabiiy boyliklar bazasini
muhofaza qilish, uni tiklash, ko‘paytirish, ekologik toza mahsulot olish choralarini
yoritish va atrof-muhit sofligini saqlash, uning ifloslanishini oldini olishdan iborat.
Tuproqning   biologik   faoliyatiga   kimyoviy   o‘g‘itlar   va   pestitsidlarning
intensiv ishlatilishi g‘oyat katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ularning tuproq faunasi va
florasiga   qisman,   xatto   butunlay   degradatsiyalanib   tuproqdagi   chirindi   kamayib
ketdi. Bundan  tashqari,  ko‘pgina pestidsidlar  tabiiy  muvo-zanatni  buzadi.  Buning
oqibatida   tuproqning   unumdorligi   pasayib   ketdi.   Fan   texnika   yutuqlarini   xalq
xo‘jaligida qo‘llash jarayonida tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish va
muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko‘rish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Dehqonchilik   tizimining   barcha   tarkibiy   qismlari   yangi   ilmiy   va   amaliy
bilimlar to‘plangani sari doimo takomillashtirib borilishi va rivojlantirilishi zarur.
3. Zamonaviy dehqonchilik ekologiyasi
Dehqonchilikning   tabiiiy   sharoitlarga   moslashuvi   (adaptatsiyasi)   asrlar
davomida   rivojlangan.   Respublikada   ijtimoiy-iqtisodiy   vaziyatlarning   keskin
o‘zgarishi   va   ekologik   ziddiyatlarning   keskinlashuvi   kelgusida   faqatgina   tabiiy
sharoitlarga   moslashgan dehqonchilik tizimini emas, balki yangi ishlab chiqarish
munosabatlariga ham mos tizimni qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda
vujudga   kelayotgan   ekologik   xavfni   to‘g‘ri   anglagan   holda   insoniyat   va   tabiat
o‘rtasidagi   munosabatlarni   chuqurroq   tushunib   etishi   hamda   ularni uyg‘unlashtirish   yo‘llarini   qidirib   topish   insonlar   oldidagi   muhim   vazifalardan
hisoblanadi.   Dehqonchilikni   ekologiyalashtirish   yoki   ekologiyaga   oid   qonunlarga
rioya qilgan holda dehqonchilik qilish barqaror rivojlanish modeliga o‘tish yo‘lida
dastlabki qadam hisoblanadi.
Hozirgi   zamon   fan   yutuqlarini   yaxshi   bilmagan   va   inobatga   olmagan   kishi,
qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishda mahsuldorlikni oshirish faqat kimyoviy o‘g‘itlar
va   turli   zaharli   pestitsidlarni   qo‘llash   orqaligina   amalga   oshadi,   deb   hisoblaydi.
Keyingi   paytlarda   bunday   tushuncha   noto‘g‘ri   ekanligi,   qo‘llanilgan   pestitsidlar
vaqtincha   hosil   olishga   sabab   bo‘lishi,   tiriklikni   zaharlashi   to‘g‘risida   ko‘proq
yoritilmoqda.   Undan   tashqari   pestitsidlar   tabiatda   uzoq   vaqt   saqlanadi,
parchalanib,   yo‘qolib   ketmaydi.   Butun   tiriklikka   va   shu   jumladan,   insonga   juda
kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tirik organizmlar  tanasida ko‘plab to‘planadi, turli
kasalliklarni   keltirib   chiqaradi   va   oqibatda   ularning   nasliy   ko‘rinishlarini
o‘zgartiradi, nobud qiladi.
SHuning   uchun   qishloq   xo‘jaligida   mahsuldorlikni   oshirish   uchun   kimyoviy
uslub o‘rniga, tuproq biologik xususiyatlari, fizikaviy tuzilishi, kimyoviy tarkibini
buzmaydigan,   tuproqdagi   tirik   organizmlarning   son   va   sifatini   ko‘paytiradigan,
olingan   mahsulot   esa   ekologik   toza   bo‘ladigan   biologik   uslubni   qo‘llash   tabiat
qonunlariga   to‘g‘ri   keladi   va   zamon   talablariga   javob   byeradi.   Bu   uslub   qishloq
xo‘jaligida   pestitsidlar   va   ularning   xillarini   qo‘llashni   mutloqo   yo‘qqa   chiqaradi
yoki ayrim hollardagina (masalan, chigirtkalar ko‘payib ketgan vaqtda) qo‘llashga
olib keladi.  Foydalanilgan adabiyotlar
1.   Chandrasekaran   B.,   Annadurai   K.,   Somasundaram   E.   A   textbook   of
Agronomy. New Delhi. 2010. New a ge Intyernational (p) Limited, Publi-shyers.
                        2 .   Crop   Rotation   on   Organic   Farms:   A   Planning   Manual,   NRAES   177
Charles L. Mohlyer and Sue Ellen Johnson, editors Published by NRAES, July 2009.
3.   Azimboev   S.A.   Dehqonchilik,   tuproqshunoslik   va   agrokimyo   asoslari.
(Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. – 180 b.
4. Mo‘minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Byerdiboev E., Kenjaev YU
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O‘quv qo‘llanma) – T.: “Turon-iqbol”,
2014. – 240 b.
5.   Artukmetov   Z.A.,   SHyeraliev   X.SH.   Ekinlarni   sug‘orish   asoslari.
(Darslik). T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2007.-312 b. 
6. Norkulov U., SHyeraliev X. Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.:
ToshDAU tahr.-nashr. bo‘limi, 2003. – 214 b.
7. To‘xtashev B., Azimboev S., Qarabaeva T., Byerdiboev E., Nurmatov B.
Qishloq   xo‘jalik   melioratsiyasi   va   yer   tuzish   fanidan   amaliy   va   tajribaviy
mashg‘ulotlar.   (O‘quv   qo‘llanma).   -   T.:   “ToshDAU   nashr-tahririyat   bo‘limi”,
2012. – 187 bet.

ZAMONAVIY DEHQONCHILIK TIZIMI 1. Zamonaviy dehqonchilik tizimining mohiyati. 2. Hozirgi zamon dehqonchilik tizimlarining tarkibiy qismlari. 3. Zamonaviy dehqonchilik ekologiyasi.

1. Zamonaviy dehqonchilik tizimining mohiyati Bu tizim O‘zbekiston dehqonchiligining asosiy tizimlaridan hisoblanadi. So‘nggi yillarda respublikaning ijtimoiy-siyosiy yashash tarzidagi ro‘y byerayotgan tubdan o‘zgarishlar, bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yuritishning turli shakllariga o‘tishni va dehqonchilik tizimini rivojlantirish hamda kelgusida yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. Zamonaviy dehqonchilik fan va texnikaning yangi yutuqlaridan keng foydalanishga, ya’ni kimyolashtirish, mexanizatsiyalashtirish, melioratsiyalash, seleksiya, qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil etishtirishda zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish kabilarga asoslangan. O‘zbekiston turli tuproq-iqlim sharoitlari bilan bir qatorda namlik bilan etarli darajada ta’minlanmagan mintaqada joylashganligi bu mintaqada dehqonchilikni yuritishda turlicha yondashuvni taqozo etadi. Dehqonchilik tizimi fyermyer, dehqon va boshqa xo‘jaliklar o‘rtasidagi o‘zaro raqobat va bozor sharoitida samarali va yashovchanlikka ega bo‘lishi zarur. Ma’lum hududda va ma’lum vaqt davomida tuproq, o‘simlik, iqlim, insonlarning agroishlab chiqarish faoliyatining o‘zaro munosabati zamonaviy dehqonchilik tizimining mohiyati hisoblanadi. Dehqonchilik tizimining asosiy maqsadi yu qori sifatli mahsulot bilan bir qatorda maksimal va barqaror hosil etishtirishdan iboratdir. Hosilning shakllanishi umumbiologik va dehqonchilik qonunlariga bo‘ysunadi. Ularning ta’siri, asosan, bevosita tuproq, ya’ni uning unumdorligi bilan bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun dehqonchilik tizimini yaratish va qo‘llashda tuproq unumdorligidan foydalanish va takror ishlab chiqarishning maksimal samarali shakllanish qonuniyatlarini hisobga olish va bilish zarur. Zamonaviy dehqonchilik tizimida tuproq va o‘simlikni bir butunligini ta’kidlagan holda, ya’ni barcha tizimning samaradorligini ko‘rsatuvchi asosiy omil sifatida nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri yondashish zarur. Dehqonchilik tizimlarining barcha tarkibiy qismlari asosini bog‘lab turuvchi madaniy ekinlar hisoblanadi, ularning maksimal hosildorligi esa dehqonchilik tizimining to‘liq qo‘llanilishiga

bog‘liqdir. Ma’lum tuproq-iqlim sharoitlarida etishtirish uchun ekinlarni tanlash dehqonchilikning ixtisoslashuviga sabab bo‘ladi. Zamonaviy dehqonchilik tizimining dastlabki uslubiy asoslari – u tabiiy- hududiy tuzilishi va landshaftga mutlaqo mos kelishi hisoblanadi. Zamonaviy agrolandshaft – bu oddiy shakllangan tabiiy-hududiy kompleks bo‘libgina qolmay, balki u o‘zining tabiiy-qishloq xo‘jalik kelib chiqishi, fitotsenotik belgilari, ekologik holati kabi ko‘p tarkibli tuzilishga egaligi bilan ajralib turadi. Agrolandshaftlar tabiiy tuzilishlardan o‘zining aniq chegaralari bilan ajralib turadi. Dehqonchilik vazifasiga hududning tabiiy holatiga ko‘ra ekologik xavfsiz tizim va texnologik echimlar ishlab chiqish, har tomonlama o‘ylab ko‘rilgan an’anaviy agrotexnik, meliorativ, kimyolashtirish va mexanizatsiyalashtirish usullarini qo‘llash, tabiiy zahiralarni ortiqcha sarf bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi. Landshaftli dehqonchilikni rivojlanishining muhim elementlaridan biri – yer tuzish va yerdan foydalanishning maqbul (optimal) loyihalarini asoslash hisoblanadi. Agrolandshaftli yondashishda landshaft-texnologik konturlar (LTK) asosiy ahamiyatga egadir. Ularning chegaralariga ko‘proq ishlab chiqa-rish (yo‘llar, uzatish liniyalari va b.) va tabiiy muhofazalanuvchi (o‘rmonzorlar, suv kanallari va b.) infrastrukturalar chiziqli ko‘rinishlari mos keladi. Bularning barchasi fyermyer va dehqon xo‘jaliklarida yerlarni ishlatilishida katta ahamiyat kasb etadi. Agrolandshaftlar tarkibiga yerdan foydalanishning yeroziyaga va deflyasiyaga qarshi tashkillashtirish, tuproqqa mexanik ishlov byerishning maxsus usullari, injenyerlik inshootlari, har bir tabiiy yer uchastkalaridan ularning ekologik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda foydalanish kabilar kiruvchi tuproq himoyalovchi-meliorativ inshootlar alohida ahamiyatga egadir. 2. Hozirgi zamon dehqonchilik tizimlarining tarkibiy qismlari Hozirgi zamon dehqonchilik tizimi ma’lum tarkibiy qismga, ya’ni tashkiliy va agrotexnika tadbirlari majmuasiga asoslangan bo‘lishi taqozo etiladi. Zamonaviy dehqonchilik tizimlari quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:

Xo‘jalik yerlarini hududiy tashkillashtirish va almashlab ekish. Tuproqqa ishlov byerish tizimi. O‘g‘itlash tizimi. Meliorativ chora-tadbirlar. Suv va shamol yeroziyasidan tuproqni himoyalash bo‘yicha kompleks chora- tadbirlar. Begona o‘tlar va kasallik qo‘zg‘atuvchilar, zararkunandalarga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlar tizimi. Etishtiriladigan ekinlarning urug‘chiligi. Etishtiriladigan qishloq xo‘jalik ekinlarining intensiv texnologiyalari. Qishloq xo‘jaligi mashinalari tizimi. Atrof-muhit muhofazasiga oid chora-tadbirlar tizimi. Xo‘jalik yerlarini hududiy tashkillashtirish va almashlab ekish. Bunda dalalar maydoni, chegarasi, bog‘lar, ihota polasalari, suv havzalari, o‘zlashtiriladigan yangi yerlar, yaxshilanadigan ekinzorlar hamda almashlab ekish va ekinlarni joylashtirish va hokazolar aniqlanadi. Ma’lumki, maydonlarning bir xil kattalikda chegaralanishi har yili maydonlarda zarur ekinlar strukturasi bulishini ta’minlaydi, ekinlarni ilmiy asosda navbatlab ekish esa tuproq unumdorligini uzluksiz oshiradi. SHuning uchun har bir fyermyer xo‘jalik sharoitiga moslab, mustaxkam oziq-ovqat bazasini barpo etishga hamda tuproq unumdorligini muttasil oshirib borishga imkon byeradigan almashlab ekish sxemasini joriy etish yo‘li bilan dehqonchilik madaniyatini oshirish zarur. Har gektar yer hisobiga arzon va eng ko‘p miqdorda qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish uchun qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda ixtisoslashtirish kyerak. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni ixtisos-lashtirish va konsentratsiyalash agrotexnika nuqtai nazaridan, maydonlarni tashkil etishni yanada rivojlantirishni, qisqa rotatsiyali almashlab ekishni, ya’ni ekinlar strukturasini takomillashtirishni taqozo etadi. Bunda almashlab ekish o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi, balki ixtisoslashtirishga ko‘ra, u ekinlar bilan to‘ldiriladi.

Tuproqqa ishlov byerish tizimi. Fyermyer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jalik texnikasi va mexanizator kadrlar etarli bo‘lishi kyerak. SHundagina yerlarni o‘z vaqtida va sifatli ishlash hamda boshqa dala ishlarini keng ko‘lamda mexanizatsiyalashtirish mumkin bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish qishloq xo‘jaligidagi yutuqlarida asosiy yo‘nalishdir. Yerni ishlaganda ba’zi maxsus qurollar alohida-alohida bajariladigan bir nechta opyeratsiyani (haydash, kul ь tivatsiyalash, boranalash, tekislash, molalash va hokazolarni) bir yurishda bir yo‘la bajaradi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, tuproq unumdorligini oshirish va ekinlardan yuqori hosil olishda yerni kombinirlangan usulda ishlash eng foydali agrotexnika tadbiri hisoblanadi. O‘g‘itlash tizimi. Ekinlardan yuqori va mo‘ljaldagi hosilni olishda organik, mahalliy va minyeral o‘g‘itlarni to‘plash, saqlash, ishlatish bo‘yicha aniq ishlab chiqilgan reja, ya’ni o‘g‘itlash tizimi bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, o‘g‘it ekinlar hosilini va tuproq unumdorligini oshirishda asosiy omil hisoblanadi. Paxta etishtirish texnologiyasini yaxshilash va o‘g‘itlardan foydalanishni takomillashtirish paxta hosilini 45-46 % ga oshirish imkonini byeradi. Organik, minyeral va boshqa o‘g‘itlarni birga qo‘shib to‘g‘ri ishlatish zarur, chunki organik o‘g‘itlar tuproqni chirindi va oziq moddalar bilan boyitishda asosiy manba bo‘lishi bilan bir qatorda har xil patogen mikrofloradan xoli etishda va uning tabiiy xossalari hamda boshqa xususiyatlarni yaxshilashda muhim omil hisoblanadi. Minyeral o‘g‘itlar esa asosan madaniy o‘simliklar uchun oziq moddalar manbai hisoblanadi. Almashlab ekish dalalari bo‘yicha har bir ekin va boshqa ekinzorlar uchun alohida-alohida o‘g‘itlash tizimi ishlab chiqilishi zarur. U har tomonlama samarali va ilmiy asoslangan bo‘lishi kyerak. Har bir dala yerining tipiga ko‘ra o‘g‘it me’yori va ularning nisbati to‘g‘ri belgilanishi katta ahamiyatga ega. O‘g‘itlarni ishlatishda agrokimyo kartogrammasiga va agrokimyoviy tavsiyanomalarga katta e’tibor byerish kyerak. Meliorativ chora-tadbirlar tizimi. Bu tadbirlar yerni tubdan yaxshilashga qaratilgan. Bular sug‘orish, yerning zaxini qochirish, yuvish, kollektor-drenaj