logo

Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asaridan “Rustam va Suhrob” dostonini o’rganish.

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2692.392578125 KB
Mavzu:Abulqosim Firdavsiyning  “Shohnoma” asaridan “Rustam va 
Suhrob” dostonini o’rganish.
 
  Abulqosim Firdavsiy ona - Vatan uchun 
fidoiy yuzlab bahodirlar obrazini yaratgan 
fors-tojik adabiyotining ulkan shoiridir. U 
941-yilda Eronning Tus shahri yaqinidagi 
Boj qishlog‘ida o‘rtahol dehqon oilasida 
tug‘ilgan. Bo‘lajak shoirning otasi Tus 
hokiminint «Firdavs», ya’ni «Jannat» nomli 
bog‘da bog‘bon bo‘lgan. Firdavsiy dastlab 
qishlog‘idagi diniy maktabda, so‘ng Tus 
shahri madrasalarida tahsil oladi. •
Otasi vafotidan so‘ng bog‘bonlik qiladi. Sharq xalqlari 
tarixini zo‘r zavq bilan o‘rganadi, ko‘hna rivoyatlarni 
yozib oladi. Aytishlaricha, Xuroson hukmdori Mahmud 
G’aznaviy shoirga «Shohnoma» (Shohlar haqidagi 
kitob) yozishni topshiradi va asardagi har bir misra 
uchun bir dinor oltin tanga berishni va’da qiladi. 
Hukmdor va’dasidan tonib, shoirga 120 dona kumush 
tanga beradi. Firdavsiy bundan g‘azablanib, bu 
tangalarniga bir bo‘lagini hammom xodimiga, bir 
qismini sharbat sotuvchiga va yana bir bo‘lagini pulni 
olib kelgan mulozimlarga taqsimlab beradi, Mahmud 
G’aznaviyni xasislik va pastkashlikda ayblovchi 
hajviya yozadi. Shoir quvg‘inda yuradi. •
Iroqqa ko‘chib borib, Bag‘dodda «Yusuf va 
Zulayho» dostonini yozadi. U 1025-yilda o‘z 
ona qishlog‘ida vafot etadi. Ruhoniylar uning 
jasadini musulmonlar mozoriga 
qo‘ydirmaganlaridan so‘ng, uni o‘zining 
bog‘iga dafn etadilar. «Shohnoma» asari haqida
•
Bu asar 30-35-yil mehnat samarasi bo‘lib, 60 ming 
baytdan iborat. Asar dastlab Abu Mansur Daqiqiy 
tomonidan «Xudoynoma» («Gushtasb») degan nom 
bilan yozila boshlagan. Biroq u asarning ming 
baytchasini yozgan paytda quli tomonidan 
o‘ldiriladi. Bu ishni Firdavsiy davom ettiradi. 
Asarda qariyb 4000 yil ichida Eron zaminida 
hukmronlik kilgan 4 ta sulolaga mansub 50 podshoh 
hayotiga tegishli voqea-hodisalar o‘z aksini topgan. •
«Shohnoma» dan zolim va qonxo‘r Zahhok 
(«ilonshoh», yelkasidan ilon o‘sib chiqqan) 
haqida, «Rustam va Suxrob» haqida va shu kabi 
ko‘pgina dostonlar o‘rin olgan. Asar qahramoni 
Rustam Shag‘odning makr-hiylasidan o‘ladi. 
Asardagi Zoli Zar, Rudoba, Suhrob, Gudarz, Gev, 
Tus, Hojir, Gurdofarid, Humoy, Manija singari 
qahramonlar ham yer yuzida adolat tantanasi 
uchun kurashadilar. «Zol va Rudoba» hamda 
«Bijon va Manija» dostonlarida chinakam 
baynalmilallik g‘oyalari ilgari suriladi.    •
Firdavsiy «Isfandiyor», «O’n shohi muhoraba» 
dostonlarida, ayniqsa, mamlakatning 
butunligiga tahdid soluvchi, o‘zaro urush 
chiqarish uchun bahona izlovchi shohlar, 
shahzoda va lashkarboshilarni qattiq qoralaydi. 
Sharq adabiyotida birinchi bo‘lib, Iskandar 
mavzusini ham Firdavsiy qalamiga olgan. •
Shohnoma» da peshdodiylar, kayoniylar, 
ashkoniylar va somoniylar kabi sulolalar tarixi 
haqida so‘z yuritilgan. Undagi pahlavonlar, shohlar, 
amaldorlar, lashkarboshilar, olimlar, san’atkorlar, 
hunarmandlar, dehqonlardan iborat bir necha yuz 
personajlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
   a)    mifologik obrazlar: Qayumars, Hushang 
Tahmuras, Jamshid va boshq.
   b)
    afsonaviy qahramonlar: Som, Narimon, Zol, 
Rustam, Gev, Bijon va boshq.
   v)	
    tarixiy personajlar: Iskandar, Bahrom Go‘r, 
Mazdak, Anushirvon, Xusrav Parviz va boshq alar. •
Firdavsiyning «Shohnoma» dostonlari syujeti 
asosida  «Zahhoki moron» (G’ozi Yunus), 
«Siyovush» singari sahna asarlari yaratildi. 
Shoirning bu asari ilk bor 1682 yilda Mulla 
Xomush oxun - Xomushiy tomonidan o‘zbek 
tiliga tarjima qilingan. Oradan bir qancha vaqt 
o‘ggach, Mulla Nodir Muhammad Buxoriy 
«Shohnoma» ning o‘zbekcha nasriy variantini 
yaratgan. XX asrning 70-yillarida III. 
Shomuhamedov, J. Jabborov, Nazarmat kabi 
o‘zbek shoirlari tomonidan she’riy yo‘l bilan 
tarjima qilingan.    ETIBORINGIZ UCHUN 
RAHMAT!

Mavzu:Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asaridan “Rustam va Suhrob” dostonini o’rganish.    

Abulqosim Firdavsiy ona - Vatan uchun fidoiy yuzlab bahodirlar obrazini yaratgan fors-tojik adabiyotining ulkan shoiridir. U 941-yilda Eronning Tus shahri yaqinidagi Boj qishlog‘ida o‘rtahol dehqon oilasida tug‘ilgan. Bo‘lajak shoirning otasi Tus hokiminint «Firdavs», ya’ni «Jannat» nomli bog‘da bog‘bon bo‘lgan. Firdavsiy dastlab qishlog‘idagi diniy maktabda, so‘ng Tus shahri madrasalarida tahsil oladi.

• Otasi vafotidan so‘ng bog‘bonlik qiladi. Sharq xalqlari tarixini zo‘r zavq bilan o‘rganadi, ko‘hna rivoyatlarni yozib oladi. Aytishlaricha, Xuroson hukmdori Mahmud G’aznaviy shoirga «Shohnoma» (Shohlar haqidagi kitob) yozishni topshiradi va asardagi har bir misra uchun bir dinor oltin tanga berishni va’da qiladi. Hukmdor va’dasidan tonib, shoirga 120 dona kumush tanga beradi. Firdavsiy bundan g‘azablanib, bu tangalarniga bir bo‘lagini hammom xodimiga, bir qismini sharbat sotuvchiga va yana bir bo‘lagini pulni olib kelgan mulozimlarga taqsimlab beradi, Mahmud G’aznaviyni xasislik va pastkashlikda ayblovchi hajviya yozadi. Shoir quvg‘inda yuradi.

• Iroqqa ko‘chib borib, Bag‘dodda «Yusuf va Zulayho» dostonini yozadi. U 1025-yilda o‘z ona qishlog‘ida vafot etadi. Ruhoniylar uning jasadini musulmonlar mozoriga qo‘ydirmaganlaridan so‘ng, uni o‘zining bog‘iga dafn etadilar.

«Shohnoma» asari haqida • Bu asar 30-35-yil mehnat samarasi bo‘lib, 60 ming baytdan iborat. Asar dastlab Abu Mansur Daqiqiy tomonidan «Xudoynoma» («Gushtasb») degan nom bilan yozila boshlagan. Biroq u asarning ming baytchasini yozgan paytda quli tomonidan o‘ldiriladi. Bu ishni Firdavsiy davom ettiradi. Asarda qariyb 4000 yil ichida Eron zaminida hukmronlik kilgan 4 ta sulolaga mansub 50 podshoh hayotiga tegishli voqea-hodisalar o‘z aksini topgan.