logo

Ilmiy mavzudagi asarlar sharhi (Miriyning «RUSTAM VA SUHROB» dostoni badiiyati)

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1808.83203125 KB
Ilmiy mavzudagi asarlar sharhi 
(Miriyning «RUSTAM VA SUHROB» 
dostoni badiiyati)  Reja:
•
Miriyshunoslik tarixi
•
Miriy lirikasi va dostonlari
•
«Rustam va Suhrob» dostonining yaratilish 
sabablari
•
Obraz yaratishdagi mahorat
•
«Rustam va Suhrob» dostonining kompozitsion 
xususiyatlari  Muhammad 
Ochildimurod 
Ne‘matulla 
o‘g‘li Miriy 
(1841-1899)  Ochildimurod Miriy hayoti va adabiy  merosini 
o‘rganish bundan 87 yil muqaddam adabiyotshunos 
Abdulhamid Majidiy (1904-1934) ning «Shoir Miriy» 
va «Miriyning boshqa asarlar to‘g‘risida» nomli ikki 
maqolsa bilan boshlanga edi.Birinchi maqolada 
Miriyning tarjimayi holi,o‘zbek va tojik tillaridagi 
lirikasi, A. Navoiyning Miriy ijodiga ta‘siri haqida 
ma‘lumotlar berilgan.Bunda adabiyotshunos 
shoirning «chig‘toycha-o‘zbekcha» va «forsiycha-
tojikcha» ikki devoniga asaslanadi (Bugungi kunda 
bu ikki devonning taqdiri no‘malum).  Shundan so‘ng 1945 yil Ozod Sharafiddinov nashrga tayyorlagan 
«O‘zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi» kitobiga Miriy  lirikasidan 
namunalar kiritildi. Bu esa adabiyot muxlislari uchun muhim 
ahamiyat kasb etdi. 1959 yilda nashr etilgan «O‘zbek adabiyoti» 
kitobining III tomida Miriy hayoti va ijodi haqida qisqacha ma‘lumot 
va shoirning 9 ta g‘azali e‘lon qilindi. 1961 yilda Miriy hayoti va 
ijodi haqida ketma-ket ikkita maqola e‘lon qilindi. Bulardan biri 
M. Salohiddinov va S. Sirojiddinovlarning «Shoir Miriy haqida» 
maqolasidir. Ikkinchi, miriyshunos olim M. Mahmudovning « Shoir 
Miriy» maqolasi hisoblanadi.
   Adabiyotshunos M. Mahmudovning ma‘lumotiga ko‘ra shoir Miriyning 
to‘luq ismi « Muhammad Ochildimurod Ne‘matulla o‘g‘li bo‘lib, 
Kattaqo‘rg‘on va uning atrofida mulla Ochildi, Ochildi mahdum va 
keyinyoq Qozi Ochildi nomlari bilan mashhur bo‘lgan».
  1965 yilda Miriy «Tanlangan asarlar» ining nashr etilishi muhim 
hodisa bo‘ldi. To‘plamga M. Mahmudovning « Ochildi Miriy» nomli 
so‘zboshi, Miriy g‘azali, muxammaslari kiritildi.  Miriyning asarlari
•
“ Gulnoma”, “Choynoma”, “Salomnoma” 
( “Kuyovsalom”), “Chorsharbat” ( “Sharbatnoma”) 
kabi kichik hajmli.
•
“ Kaki ko‘hzad”, “ Anvori Suhayliy”, “ Ra‘no va 
Zebo”, “Qissai Salim Javhariy” , “Majididdin va 
Faxrunniso”, “Rustam va Sahrob” nomli katta hajmli 
asarlar yaratgaligi ma‘lum.
•
Bulardan “ Chorsharbat”, “Anvori Suhayliy” asarlari 
hamda “Kaki ko‘hzod” ning katta qismli topilmagan  Tutib o‘zni sohibi fitrat,
Choy ichar erdi har kun uch navbat.
Ichib uch choynakni subh dami,
Peshinu shom ham bu erdi g‘ami.
                        ( Tanlangan asarlar, 268 bet)
•
Ma‘lumki, choy obrazi o‘zbek mumtoz adabiyotida Ogahiy ijodi bilan bog‘liq. 
Uning choy radifli g‘azali choyning ta‘rifu tavsifiga bag‘ishlangan birinchi 
asar hisoblanadi. Unda choyning foydali xususiyatlari poetik jihatdan go‘zal, 
ta‘sirchan baholangan. Miriy ham masnaviyda choyning foydali 
xususiyatlarini inkor etmaydi. O‘z fikrlari  kitobat  san‘ati orqali shunday 
ifodalaydi:
Choy uch harfdurki, jimu alif,                           Alifi  xaymai tarabga sutun,
Oxir ismini yo tutib munsif.                              Sarv qad qomati kibi mavzun.
Jimidur jome‘i havosi xams,                             Yami rohatni yo erur arig‘i,
Uch adaddin topib asosi xams.                          Yo erur bahri ravqning balig‘i.
                                                        (Tanlangan asarlar, 273-274-betlar)  “ Rustam va Suhrob”ning yaratilish 
sabablari
Ochildimurod Miriy qalamiga mansub 
“Rustam va Suhrob” dostoni Firdavsiyning 
“Shohnoma”si tarkibidagi “Rustam va 
Suhrob” tasvirida o‘zbek tilida nazm yo‘li 
bilan yaratilgandir. Ushbu asar matni 
yaqin kunlargacha adabiyotshunoslikka 
ma‘lum emas edi. U haqda gapirilar, 
ammo dostonning o‘zi yo‘qolgan, deb 
kelinar edi. 1962 yil SamDu ilmiy 
kutubxonasi qo‘lyozmalarining boshlig‘I 
Ma‘rufiy va adabiyotshunos B.Valixo‘jayev 
tomonidan Miriyning o‘z dastxati bilan 
ko‘chirilgan qo‘lyozmasi topildi.  Firdavsiy asarlari Miriy uchun ijod maktabi hisoblanadi. U yoshligidanoq 
ma‘naviy ustozining asarlari bilan tanish bo‘lgan, ulardan ilhomlanib g‘azallar, 
tazmin muxammaslar yaratgan. Ijodining kamolot davriga yetgach, “Shohnoma” 
ta‘sirida bir emas, ikki doston — “Kaki ko‘hzod”(1896) va “ Rustam va Suhrob” 
(1898)ni yaratadi. 
    Miriy dostonni yaratgan yilini hijriy 1316, melodiy 1898 yilda deydi. Miriy 
o‘zining barcha dostonlari yaratilish sababini alohida aytib o‘tadi. Jumladan, 
“Rustam va Suhrob” ning yaratilishi haqida ham asarning “ Bu doston ta‘lifidan 
va bois tasrifidan zohir qilmoqda” sarlavhali kirish hamda “ Bu dostonkim, 
Suhrobi zamona va Rustam aning otasidur bir-biri ilan qilg‘on mojarolaridin erdi, 
xotimat husni ilan anjom bermak va tarixi nazmidin demak erdi va o‘qir 
kishilardin tashehda iltijo qilmak va duo istamak” nomli xotima qismida batafsil 
to‘xtaladi.
    Ma‘lum bo‘lishicha, muallif “qarilig‘da” ikki farzandidan, ya‘ni Murodulla 
(1865-1898) va Hikmatulla (1870-1898) dan bavaqt ajraladi. Adabiyotshunos 
H.Homidov “ Shoirning uch o‘g‘li g‘animlari tomonidan o‘ldirilgach, butun dardini 
“Shohnoma” dostonlarini o‘qish bilan yengillashtirgan. Farzandlari xotirasiga 
bag‘ishlab , “ Rustam va Subrob” ni o‘z vaznida erkin tarjima qilgan “,— deb 
yozadi. Bizningcha, adabiyotshunos M.Mahmudov Miriyning 1878 yilda vafot 
etgan qudratillani ham nazarda tutgan ko‘rinadi. Lekin shoir unda, ikki farzandi 
(Murodulla va Hikmatullo)ni tilga oladi. Buni dostonnig “ikki farzandim”, “ ikki 
jigarbandim” kabi so‘zlardan bilish mumkin.  SamDu qo‘lyozmalar bo‘limida saqlanayotgan  391031 
raqamli qo‘lyozmaning muqovadi va 1-sahifasi  Dostondagi  Rustam  — dostonning maqsadiy obrazi. U pahlavonlar avlodidan bo‘lib, 
asardagi barcha voqealarda bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi, tqngsiz qahramon 
sifatida pahlavonlik ko‘rsatadi,vatanparva rsifatida namoyon bo‘ladi. Dostonda 
tasvirlanishicha, Rustamning qilichi, gurzisi, nayzasi,kiyimi, oti, shakl-shamoyili 
uning baqquvat, pahlavonligodan darak beradi. Bu sifatlar orqali Miriy ko‘pgina 
sharq eposlariga xos boplgan ayrim an‘analarini chetlab o‘tmaganini ko‘rish 
mumkin.
  Suhrob  — yosh , sofdil yigit. Asarda Suhrobning tug‘ilishidan to o‘limigacha bo‘lgan 
voqealar o‘rin olgan. Suhrob ham xuddi Rustamdqk pahlavon chunki, u Rustamning 
o‘g‘li, ya‘ni pahlavonlar avlodidan.
   Afrasiyob Rustamni sherga, Suhrobni sherbachchaga o‘xahatadi. Yana bir boshqa 
o‘rinda “Sher o‘lsa biri, birisi ajdar”, daya Rustamni sherga, Suhrobni esa ajdarga 
qiyoslaydi. Miriy Suhrobning Guldofaridga oshiqligini tashbeh san‘atining ajoyib 
na‘munasi asosida ifodalaydi.Chunonchi, Suhrob o‘zini samandar va qaqnusga nisbat 
beradi:
                     
                      O‘t soldi ko‘ngulga tushdi axgar,
                      Kuldur vatanim men ul samandar.
                      Qaqnus kabi o‘t chekar surudim,
                      Kuydursa ne tong bu o‘t vujudim.
                                                 (Qo‘lyozma, 98-sahifa)  Ochildimurod Miriyning “ Rustam va Suhrob” dostni 3476 baytni o‘z 
ichiga oluvchi 16 bobdan tashkil topgan. Hajm jihatidan Firdavsiyning 
“Rustam va Suhrob”idan 1460 bayt, 25 bob faeq qiladi. Miriy dostonini 
kompozitsion jihatdan uch qismga ajratish  mumkin: umumiy muqaddima 
(1-5-boblar), asosiy qism (6-15-boblar) va xotima(16-bob).
  Umumiy muqaddima ham o‘z navbatida hamd (63 bayt), na‘t (34 bayt), 
me‘roj tasviri (59 bayt), choryolarga bag‘ishlangan madhiya ( 29 bayt) 
kabi an‘anaviy va dostonning asosiy voqealariga muqaddima vazifasini 
o‘tovchi qismlardan iborat. 
Asarni hamd bilan boshlash Sharq adabiyotida bo‘lgani kabi Miriy epik 
she‘riyatining an‘anaviy qonuniyatlaridan biri sanaladi. Shoir “ Ra‘no va 
Zebo”, “Qissai Salim Javhariy”, “Majididdin va Faxrunniso” 
dostonlarining kirish qismlarida ham bunga amal qilib, masalaga alohida 
falsafiy mushohadalar bilan yondoshadi. “Rustam va Suhrob” ning ushbu 
bobida ham olamning yaratilishi, Allohning biru borligi, avvalu oxirligi, 
oshkoru nihonligi, tabiat va ilohiyot o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik kabi 
falsafiy-tasavvufiy fikrlar ifodalangan.                                        XULOSA
Ochildimurod Miriy Kattag‘oniy (1841-1899) 
o‘zbek adabiyoti tarixida asarlari chuqur 
ijtimoiy-falsafiy mazmunga ega bo‘lgan 
ijodkor sanaladi. Shoir o‘zbek adabiyotining 
g‘azal, muxammas, tarje‘band asarlar bilan 
ham shuhrat qozondi.  E‘TIBORINGIZ UCHUN  
            RAHMAT!!!

Ilmiy mavzudagi asarlar sharhi (Miriyning «RUSTAM VA SUHROB» dostoni badiiyati)

Reja: • Miriyshunoslik tarixi • Miriy lirikasi va dostonlari • «Rustam va Suhrob» dostonining yaratilish sabablari • Obraz yaratishdagi mahorat • «Rustam va Suhrob» dostonining kompozitsion xususiyatlari

Muhammad Ochildimurod Ne‘matulla o‘g‘li Miriy (1841-1899)

Ochildimurod Miriy hayoti va adabiy merosini o‘rganish bundan 87 yil muqaddam adabiyotshunos Abdulhamid Majidiy (1904-1934) ning «Shoir Miriy» va «Miriyning boshqa asarlar to‘g‘risida» nomli ikki maqolsa bilan boshlanga edi.Birinchi maqolada Miriyning tarjimayi holi,o‘zbek va tojik tillaridagi lirikasi, A. Navoiyning Miriy ijodiga ta‘siri haqida ma‘lumotlar berilgan.Bunda adabiyotshunos shoirning «chig‘toycha-o‘zbekcha» va «forsiycha- tojikcha» ikki devoniga asaslanadi (Bugungi kunda bu ikki devonning taqdiri no‘malum).

Shundan so‘ng 1945 yil Ozod Sharafiddinov nashrga tayyorlagan «O‘zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi» kitobiga Miriy lirikasidan namunalar kiritildi. Bu esa adabiyot muxlislari uchun muhim ahamiyat kasb etdi. 1959 yilda nashr etilgan «O‘zbek adabiyoti» kitobining III tomida Miriy hayoti va ijodi haqida qisqacha ma‘lumot va shoirning 9 ta g‘azali e‘lon qilindi. 1961 yilda Miriy hayoti va ijodi haqida ketma-ket ikkita maqola e‘lon qilindi. Bulardan biri M. Salohiddinov va S. Sirojiddinovlarning «Shoir Miriy haqida» maqolasidir. Ikkinchi, miriyshunos olim M. Mahmudovning « Shoir Miriy» maqolasi hisoblanadi. Adabiyotshunos M. Mahmudovning ma‘lumotiga ko‘ra shoir Miriyning to‘luq ismi « Muhammad Ochildimurod Ne‘matulla o‘g‘li bo‘lib, Kattaqo‘rg‘on va uning atrofida mulla Ochildi, Ochildi mahdum va keyinyoq Qozi Ochildi nomlari bilan mashhur bo‘lgan». 1965 yilda Miriy «Tanlangan asarlar» ining nashr etilishi muhim hodisa bo‘ldi. To‘plamga M. Mahmudovning « Ochildi Miriy» nomli so‘zboshi, Miriy g‘azali, muxammaslari kiritildi.