logo

AHOLINI RO'YXATGA OLISH

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

383.9287109375 KB
Reja

Aholini ro‘yxatga olish haqida

Aholini ro‘yxatga olish qachondan boshlangan

O‘zbekistonda aholi ro‘yxati AHOLINI RO' Y X ATGA OLISH                 A HOLI N I  RO' Y X ATGA  OLISH HAQIDA
Har  qanday  davlatning  tarixi  –  bu,  birinchi 
navbatda,  unda  yashaydigan  xalqning 
tarixi,  aholisining  soni  va  tarkibi,  uning 
iqtisodiy  va  ijtimoiy  tavsiflarida  o‘z  ifodasini 
topadi.  Aholi  soni  bo‘yicha  aniq  va  yaxlit 
ma’lumotlar  aholini  ro‘yxatga  olish  asosida 
olinadi. 
Aholini  ro‘yxatga  olish  yakunlariga  qarab 
o‘tmish  va  hozirgi  davr  haqida  fikr  va 
mulohazalar  yuritish  hamda  kelajakni 
prognoz qilish mumkin bo‘ladi.                                    Qator  holatlarda  aholini  ro‘yxatga  olish  –  aholining 
yoshi,  jinsi,  milliy  tarkibi,  ma’lumot  darajasi,  nikoh 
holati,  bandligi  va  boshqa  tavsiflari  haqida 
ma’lumotlar  olishning  yagona  manbai  bo‘lib  xizmat 
qiladi. 
Aholini  ro‘yxatga  olish  –  bu  mamlakat  aholisining 
muayyan  vaqtdagi  “fotosurati”ni  olish  imkonini 
beruvchi  umumdavlat  miqyosidagi  keng  ko‘lamli 
tadbir  bo‘lib,  aholi  to‘g‘risidagi  ishonchli  axborot 
manbai hisoblanadi.                  Aholini ro‘y xat ga olish qachondan o‘t k azila 
boshlangan?
Aholini  dastlabki  ro‘yxatga  olish  qadimgi  Gretsiya, 
Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda 
o‘tkazilgan.  Lekin,  bu  aholi  ro‘yxatlarining  maqsadi 
aholidan  soliq  yig‘ish,  ya’ni  boj  olish  hamda  harbiy 
maqsad  uchun  aholi  sonini  aniqlash  bo‘lgan.  Shuning 
uchun  ham,  bu  aholi  ro‘yxatlarida  asosan  erkaklar 
ro‘yxatga  olingan.  Chunki,  u  paytlarda  erkaklarning 
iqtisodiy  o‘rni  yuqori  bo‘lgan,  soliq  to‘lashda  faqat 
erkaklar, ya’ni oila boshliqlari qatnashgan.
Aholini  eng  birinchi  rasmiy  ro‘yxatga  olish  1790  yilda 
AQShda,  keyinchalik  1800  yilda  Shvetsiya  va 
Finlyandiyada,  1801  yilda  –  Angliya,  Daniya,  Norvegiya 
va  Fransiyada  o‘tkazilgan.  Ammo,  bu  aholi  ro‘yxatlari 
juda  oddiy  shaklda  hamda  uzoq  muddatga  cho‘zilgan. 
Masalan, birinchi AQShda aholini ro‘yxatga olish ishlari 
18 oy davomida olib borilgan.                                  Ikkinchi  jahon  urushidan  keyin,  aholini  ro‘yxatga  olish 
tizimi  yanada  takomillashtirildi.  1945-1954  yillarda  – 
151  ta  davlatda,  1965-1974  yillarda  –  179  ta  davlatda 
aholi  ro‘yxati  o‘tkazilgan.  Hozirgi  paytda,  dunyodagi 
deyarli  barcha  davlatlarda  aholini  ro‘yxatga  olish 
ishlari olib borilmoqda.
Respublikamizda  demografik  jarayonlarning  holatini 
o‘rganishda  mamlakat  hududida  o‘tkazilgan  aholi 
ro‘yxati  ma’lumotlari  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 
Manbalarda  keltirilishicha,  O‘zbekiston  hududida 
dastlabki  aholi  ro‘yxati  1897  yilda  o‘tkazilgan  bo‘lib, 
ushbu  ro‘yxat  ma’lumotlari  XIX  asr  oxirida 
O‘zbekistonda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi  va 
jinsi,  etnik  tarkibi,  tug‘ilish,  o‘lim  kabi  demografik 
jarayonlar  haqida  tassavvur  hosil  qilishga  yordam 
bergan.  O‘zbekiston  hududida  keyinchalik  1926,  1939, 
1959,  1970,   1979  va  1989  yillarda  aholini  ro‘yxatga 
olish ishlari tashkil etilgan.                                  Xalqaro tavsiyalarga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olish quyidagi muhim  t amoy illar ga asoslanadi:
1.  Aholini  ro‘yxatga  olishni  boshqarishning  qat’iy  markazlashtirilishi  ushbu  tadbirni 
muvaffaqiyatli o‘tkazishning asosiy shartlaridan biridir.
2.  Aholini  ro‘yxatga  olishning  muntazamligi.  BMT  tavsiyalariga  ko‘ra,  aholini  ro‘yxatga  olish  10 
yilda kamida bir marotaba o‘tkazilishi belgilangan.
3.  Aholini  ro‘yxatga  olish  maxsus  tayyorlangan  mutaxassislar  –  hisobchilar  tomonidan 
o‘tkazilishi.  Mazkur  tadbirni  amalga  oshirish  uchun  ko‘p  miqdorda  maxsus  xodimlar  yollanadi, 
ularning tarkibiga ziyolilar, talabalar ham kiritilishi mumkin.
4.  Aholini  ro‘yxatga  olishni  aniq  bir  muddatda  o‘tkazish. 
Bu tadbirni amalga oshirishga odatda 10–12 kun talab etiladi. Aholini ro‘yxatga olish bir necha 
kun  davomida  o‘tkazilsa  ham,  ma’lumotlar  aniq  bir  vaqtda  –  ko‘pincha  aholini  ro‘yxatga 
olishning  birinchi  kunining  0  soatdagi  holati  bo‘yicha  qayd  etiladi.  Bu  aholini  ro‘yxatga 
olishning  nozik  vaqti,  deb  ham  ataladi. Masalan,  chaqaloq  aholini  ro‘yxatga  olish  davrida, 
ammo  ana  shu  aniq  muddatdan  keyin  tug‘ilgan  bo‘lsa,  u  aholi  ro‘yxatiga  kiritilmaydi.  Lekin, 
kimdir bu aniq nozik muddatda hayot bo‘lib, shundan keyin, ya’ni aholini ro‘yxatga olish davrida 
vafot etsa, u aholi ro‘yxatiga kiritiladi.
5.  Aholini  ro‘yxatga  olishning  belgilab  qo‘yilgan  aniq  dasturining  mavjudligi  va  tadbirni  unga 
qat’iy  rioya  qilgan  holda  o‘tkazish.  Aholini  ro‘yxatga  olish  dasturi  –  ro‘yxatga  olishda  muayyan 
talablarni  hisobga  olgan  holda,  aholiga  murojaat  qilinadigan  savollar  ro‘yxatini,  ma’lumotlarni 
qayd etish, to‘plash, qayta ishlash, yakuniy ma’lumotlarni e’lon qilish tartiblarini o‘z ichiga oladi.
6.  Aholining  to‘liq  qamrab  olinishi.  Aholini  ro‘yxatga  olishda  kimdir  unutib  qoldirilishi  yoki  ikki 
marta  ro‘yxatga  olinishi  hollari  uchrasa  ham,  mavjud  aholining  ro‘yxatdan  joy  olinishini 
ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi.                 Ko‘pgina  mamlakatlarda  aholini  ro‘yxatga  olish  qonun 
bilan tartibga solinishi mustahkamlab qo‘yilgan. 
Masalan,  Buyuk  Britaniyada  1920  yilda  Qo‘shma 
Qirollikda  aholini  ro‘yxatga  olish  qonuni  qabul  qilingan. 
Mazkur  qonunda  aholini  ro‘yxatga  olishning  barcha 
qoidalari,  fuqarolar,  uy  xo‘jaliklari,  korxonalar  va 
muassasalarning  qaysi  toifalari  ro‘yxatga  olinishi,  aholini 
ro‘yxatga  olishni  kim  o‘tkazishi,  so‘rov  varaqalari  qanday 
bo‘lishi  kerakligi  belgilab  qo‘yilgan.  Bundan  tashqari, 
aholini  ro‘yxatga  oladigan  hisobchilarni  yollash  qoidalari, 
ularning  xizmat  vazifalari  hamda  aholini  ro‘yxatga  olish 
qoidalari ko‘rsatilgan.                                  AQShda  1790  yildan  buyon,  har  10  yilda  aholini  ro‘yxatga  olish 
o‘tkazib  kelinadi.  Aholini  ro‘yxatga  olish  mamlakatning  ko‘p 
asrlik qonunchilik asosiga tayanadi. 
XVIII  asrda  qabul  qilingan  AQSh  Konstitutsiyasining  1-
moddasida  “Vakillar  palatasidagi  joylar  va  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
soliqlar  Ittifoqqa  kiruvchi  shtatlar  bo‘yicha  ularning  aholisi  soni 
asosida  taqsimlanadi.  Aholining  amaldagi  soni  Qo‘shma 
Shtatlar  Kongressi  birinchi  majlisidan  keyin  uch  yil  mobaynida, 
keyin  har  o‘n  yilda  muntazam  hisoblab  chiqiladi”,  deb  qayd 
etilgan.
An’anaga  ko‘ra,  AQShda  aholini  ro‘yxatga  olishga  muhim 
umumdavlat  ahamiyatiga  ega  tadbir  sifatida  qaraladi,  unda 
barcha  aholining  ishtirok  etishi  Amerika  demokratiyasi  amal 
etishining zarur sharti, deb baholanadi.
Polshada  aholini  ro‘yxatga  olish  uzoq  tarixga  ega.  Bu  erda 
mazkur tadbir Evropada ilk bor – 1764 yilda o‘tkazilgan.                                   SHu davrda soliq yig'ish, ya'ni boj olish hamda harbiy 
maqsad uchun asosan erkaklar sonini aniqlash 
muhim bo'lgan va asosan erkaklar ro'yxatga olingan. 
Aholini ilk bor rasmiy ro'yxatga olish 1790 yil AQSHda, 
keyinchalik 1800 yil SHvetsiya va Finlandiyada, 1801 
yil Angliya, Daniya, Norvegiya va Frantsiyada 
o'tkazilgan. Ammo ro'yxatga olish juda oddiy shaklda 
bo'lib, uzoq muddatga cho'zilgan.                 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi 
“O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni 
o'tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi Farmoniga 
muvofiq Respublikamizda 2022 yilda aholini ro'yxatga olish 
tadbirini o'tkazish belgilangan. Aholini ro'yxatga olish – bu 
mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish 
imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko'lamli 
tadbir bo'lib, aholi to'g'risidagi ishonchli axborot manbai 
hisoblanadi.
Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini 
o'rganishda mamlakat hududida o'tkazilgan aholini ro'yxatga 
olish ma'lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda 
keltirilishicha, O'zbekiston hududida dastlabki aholi ro'yxatga 
olish 1897 yilda o'tkazilgan bo'lib, ushbu ro'yxatga olish tadbiri 
ma'lumotlari XIX asr oxirida O'zbekistonda mavjud oilalar, aholi 
soni, aholining yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug'ilish, o'lim kabi 
demografik jarayonlar haqida tasavvur hosil qilishga yordam 
bergan.                 Keyinchalik O'zbekiston hududida 1926, 1939, 1959, 1970, 
1979 va 1989 yillarda aholini ro'yxatga olish ishlari tashkil 
etilgan. Aholining rivojlanishi uning tarkibiy tuzilishi, 
xususiyatlari va demografik jarayonlarning uzluksiz 
ravishda o'zgarib borishi ta'sirida sodir bo'lib boradi. SHu 
sababli aholini tadqiq etish doimiy ravishda xususiyatlarini 
kuzatib borish talab etiladi.

Reja  Aholini ro‘yxatga olish haqida  Aholini ro‘yxatga olish qachondan boshlangan  O‘zbekistonda aholi ro‘yxati AHOLINI RO' Y X ATGA OLISH

A HOLI N I RO' Y X ATGA OLISH HAQIDA Har qanday davlatning tarixi – bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida o‘z ifodasini topadi. Aholi soni bo‘yicha aniq va yaxlit ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish asosida olinadi.  Aholini ro‘yxatga olish yakunlariga qarab o‘tmish va hozirgi davr haqida fikr va mulohazalar yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo‘ladi. 

Qator holatlarda aholini ro‘yxatga olish – aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma’lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma’lumotlar olishning yagona manbai bo‘lib xizmat qiladi.  Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi. 

Aholini ro‘y xat ga olish qachondan o‘t k azila boshlangan? Aholini dastlabki ro‘yxatga olish qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda o‘tkazilgan. Lekin, bu aholi ro‘yxatlarining maqsadi aholidan soliq yig‘ish, ya’ni boj olish hamda harbiy maqsad uchun aholi sonini aniqlash bo‘lgan. Shuning uchun ham, bu aholi ro‘yxatlarida asosan erkaklar ro‘yxatga olingan. Chunki, u paytlarda erkaklarning iqtisodiy o‘rni yuqori bo‘lgan, soliq to‘lashda faqat erkaklar, ya’ni oila boshliqlari qatnashgan. Aholini eng birinchi rasmiy ro‘yxatga olish 1790 yilda AQShda, keyinchalik 1800 yilda Shvetsiya va Finlyandiyada, 1801 yilda – Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada o‘tkazilgan. Ammo, bu aholi ro‘yxatlari juda oddiy shaklda hamda uzoq muddatga cho‘zilgan. Masalan, birinchi AQShda aholini ro‘yxatga olish ishlari 18 oy davomida olib borilgan.