logo

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi va unga oid muhim ma’lumotlar

Yuklangan vaqt:

20.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

7959.3583984375 KB
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston 
Respublikasi davlat milliy kutubxonasi  va unga oid 
muhim ma’lumotlar              O zbekistondagi eng yirik kutubxona; kutubxonashunoslik va ʻ
bibliografiya bo yicha O zbekiston Respublikasining ilmiy-uslubiy 	
ʻ ʻ
markazi. Respublikaning ma naviy-madaniy markazi sifatida 	
ʼ
jamiyatning ma naviy va axborot ehtiyojlarini qondirish, fan, maorif, 	
ʼ
milliy madaniyatni boyitishga xizmat qiladi, mamlakatdagi barcha 
kutubxonalar uchun kutubxonachilik, bibliografiya, ilmiy tekshirish 
metodika va axborot ishlarini amalga oshiradi. O zbekiston milliy 	
ʻ
kutubxonasi Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyasiga a zo.	
ʼ              Toshkent shahrida 1870-yilda Toshkent ommaviy kutubxonasi nomi bilan asos 
solingan. 1886-yildan Turkiston ommaviy kutubxonasi, 1919-yildan Turkiston xalq 
kutubxonasi deb atalgan. 1925-yildan O zbekiston davlat kutubxonasi, 1929-yildan ʻ
O rta Osiyo davlat ommaviy kutubxonasi, 1934-yildan O zbek davlat ommaviy 	
ʻ ʻ
kutubxonasi. 2002-yilda kutubxona fondi kitob palatasi tugatilganligi sababli, uning 
fondiga qo shildi va Milliy maqomini oldi. O zbekiston Respublikasi Vazirlar 	
ʻ ʻ
Mahkamasi tasarrufida. 1948-yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi 
munosabati bilan kutubxonaga shoir nomi berilgan. O zbekiston milliy kutubxonasi 	
ʻ
Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi va O zbekiston milliy kitob palatasini o zida 	
ʻ ʻ
birlashtirgan yirik bilim maskanidir. Fondida 6,5 mlnga yaqin kitob bor (2005); 
shundan 5,2 mln. kitob va davriy nashrlar, 541,7 ming mikrofilmlar, 2,073 mln. Ilmiy-
texnika adabiyoti, 364,8 ming chet tillardagi adabiyot, 33,9 ming texnik normativ 
hujjatlar tashkil qiladi. Ular orasida o zbek va Sharq mumtoz adabiyoti namunalari 	
ʻ
(to plami), jahonning 75 dan ortiq tillaridagi kitoblar mavjud. 300 o rinli 9 ta 	
ʻ ʻ
qiroatxona, 20 o rinli internet markaz, media markaz, 10 o rinli internetga ulangan 	
ʻ ʻ
o quv kompyuter markazi bor. Kitobxonlarning o rtacha qatnovi yiliga 500 mingni, 	
ʻ ʻ
kitob berilishi 1,7 mln. nashrni tashkil etadi; 13 mingdan ziyod turli xususiyatga ega 
bo lgan ma lumotlar berish amalga oshiriladi.
ʻ ʼ              Oʻzbekiston milliy kutubxonasida quyidagi boʻlimlar 
mavjud: kitobxonlarga xizmat koʻrsatish; fondni 
butlash; adabiyotlarga ishlov berish va kataloglar 
boʻlimi, kitob saqlash; ilmiy-uslubiy; milliy bibliografiya; 
axborot; oʻsmirlar boʻlimi; madaniyat va sanʼat boʻyicha 
ilmiy axborot; chet el adabiyotlari; kutubxonalararo 
abonement (KAA); avtomatlashtirish va axborot 
texnologiyasi; ilmiy tadqiqot markazi; nashriyot-
tahririyat; nodir va qadimiy nashrlar; depozitar saqlash 
fondi; nazorat-dispetcher, maʼmuriy xoʻjalik boʻlimi.              1998-yildan kutubxonachilik jarayonlarini avtomatlashtirish, 1999-yildan 
vatan va chet el nashrlariga yangi elektron katalog tuzishga kirishilgan. 
2000-yilda Oʻzbekiston milliy kutubxonasining 130 yilligi keng 
nishonlandi. Kutubxona adabiyotlar targʻibotining turli anʼanaviy va 
noanʼanaviy shakl va usullaridan unumli foydalanar edi. 2012-yildagi 
qarorga muvofiq an'anaviy katalog faoliyati toʻxtatilib, elektron dasturlar: 
"UzNEEL, IRBIS, KADATA" lar faoliyati mavjud. Kitob-rasmli koʻrgazmalar, 
adabiy-badiiy kompozitsiyalar, tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmalari va 
boshqalar tashkil qiladi. Yiliga 30 nomda metodik bibliografiya 
qoʻllanmalari, koʻrsatkichlar, yangi adabiyotlar katalogi, yoʻriqnoma 
qoʻllanmalari („Mustaqil Oʻzbekistonning muhim va unutilmas sanalari 
taqvimi“, „Oʻzbekiston Respublikasi madaniy hayoti koʻrinishi“, 
„Kutubxonachilik dunyosi“, „Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati“ga oid 
yangi adabiyotlar va boshqalar) va boshqalar nashr etadi.              O zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga jahon ʻ
andozalari darajasida xizmat ko rsatish uchun keng 	
ʻ
imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, 800 o rinli 13 ta o quv 	
ʻ ʻ
zaliga axborot-kutubxona faoliyatini yuqori darajada olib 
borishga mo ljallangan zamonaviy asbob-uskunalar va texnik 	
ʻ
vositalar o rnatilgan, Wi-Fi tizimi yo lga qo yilgan. Bunday 	
ʻ ʻ ʻ
sharoitlar kitobxonlar tashrifi yildan-yilga oshib borishiga 
imkon bermoqda.              “ Oʻzbekiston”, “Adolat”, “Istiqbol”, “Jahon”, “Tafakkur” oʻquv 
zallarida tashkil qilingan ochiq fondlar foydalanuvchilarni kitob 
javonlari oralab oʻziga zarur boʻlgan kitoblarni bemalol izlashi 
va buyurtma berishi, shuningdek, kutubxona fondiga yangi 
olingan manbalar bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.              Kutubxona tomonidan 2013-2014-yillar 
davomida kutubxona fondlaridagi ilmiy 
jihatdan boy adabiyotlarni targʻib qilish va 
foydalanuvchiga masofadan tezkor xizmat 
koʻrsatish maqsadida 7 ta texnik loyiha, 
jumladan, “ISBN, ISSN va UOʻK, KBK” 
raqamlarini berish” interaktiv onlayn 
xizmati, “Nodir nashr va qoʻlyozmalar 
maʼlumot bazasini yaratish, saqlash va aniq 
taqdim qilish jarayonini avtomatlashtirish”, 
“Milliy kutubxonaning yagona bazasi 
asosida kitob va jurnallarning statistik 
hisobotini avtomatlashtirish”, “Dissertatsiya 
va ilmiy ishlarning yagona bazasi”, “Shaxsiy 
kabinet”, “Imidj katalog” dasturlari amalga 
oshirilmoqda.              Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Matbuot va 
axborot agentligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash, 
shuningdek, uning faoliyatini takomillashtirish 
toʻgʻrisida” 2017-yil 30-dekabrdagi qarori asosida 
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy 
kutubxonasi Agentlik tuzilmasi tarkibiga kiritildi.              Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 
4-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 
Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy 
kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil 
etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan Agentlikka axborot-
kutubxona faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-
quvvatlash boʻyicha vakolatli organ maqomi 
berildi. Natijada Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi 
oldiga yangi vazifalar qoʻyildi. Ushbu kutubxona 
hozirda mamlakatimizdagi barcha axborot-
kutubxona muassasalari uchun 
muvofiqlashtiruvchi va uslubiy markaz vazifasini 
oʻtamoqda. Kutubxona huzurida tashkil etilgan 
Respublika uslubiy kengashi kutubxonalar 
faoliyatini axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari bilan taʼminlash, alohida 
kutubxonalar uchun namunali nizomlar, uslubiy-
bibliografik qoʻllanmalarni joriy etishga doir 
tavsiyalarni ishlab chiqish bilan shugʻullanmoqda.              Kutubxona o’z nashriyot va bosmaxonasiga ega bo’lib, 
noshirlik hamda matbaa faoliyati bilan 
shug’ullanadi.Kutubxona 1923 yildan boshlab bosma 
asarlardan majburiy nusxa ola boshlagan. 1948 yilda 
kutubxonaga Alisher Navoiy nomi berilgan. Kutubxona 
1956 yildan buyon xalqaro kitob almashuvini amalga 
oshirib, uning sheriklari jahonning 24 mamlakatidan 
30 dan ortiq tashkilotlardir. Kutubxona yirik xalqaro 
kutubxonachilik tashkilotlari: IFLA, Yevroosiyo 
kutubxonalar Assotsiatsiyasi, elektron kutubxonalar va 
yangi axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchilar 
hamda foydalanuvchilar xalqaro Assotsiatsiyasining 
a’zosi. 
Kutubxona ko’plab xalqaro tashkilotlar va jamg’armalar 
bilan, shuningdek, O‘zbekistonda akkreditatsiya 
qilingan chet mamlakatlarning elchixonalari bilan 
mustahkam ijodiy aloqalar o‘rnatgan bo‘lib, 
madaniyati, diniy qarashlari va tarixiy ildizlari turlicha 
bo’lgan xalqlarning yaqinlashishiga o’zining hissasini 
qo‘shmoqda. Hozirgi kunda kutubxona fondi 
jahonning 75 tillarida deyarli 10 mln. nusxaga etgan.               Kutubxonaning kitoblar fondidan har yili 20 mingdan 
ortiq kitobxonlar foydalanadilar. Kutubxona roppa-rosa 
soat 10da ochiladi. Dastlabki kitobxonlar o‘z o‘quv 
chiptalarini ko‘rsatgan holda navbatchidan nazorat 
qog‘ozlarini olib umumiy zalga yo‘l oladilar. Bir vaqtning 
o‘zida ilmiy, o‘smirlar, periodik, xorijiy adabiyotlar zallari, 
qo‘lyozmalar, nodir kitoblar bo‘limlari hamda 
mikrofilmlar zali ish boshlaydi.
Kutubxonaga har kuni yuzlab kitoblar, jurnallar, 
broshura, gazeta va jadvallar keltiriladi. Kataloglar 
bo‘limida 70 tilda yozilgan kitoblarning nomi yozilgan 
kartochkalar yig‘ilgandir. Ularda kitoblarning muallifi, 
nomi, nashriyot nomi, nashr qilingan yili hamda betlar 
miqdori ko‘rsatilgan. Ba’zi o‘rinlarda kartochkada 
kitobning qisqacha mazmuni, ya’ni annotatiya ham 
berilgan. Katalogda kartochkalar turli sohalar: falsafa, 
iqtisod, matematika, fizika, kimyo, texnika, badiiy 
adabiyot bo‘yicha ajratilgan holdadir. Biror kitob bo‘yicha 
buyurtma berish uchun katalogdan shu kitobning 
shifrini topish kifoya qiladi.               Bugungi kun foydalanuvchilari (ayniqsa, 25 yoshgacha 
bo‘lganlar) kompyuter texnikasini yaxshi o‘zlashtirgan. 
O‘quv va mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan bu yoshlar 
uchun vaqt juda qimmatlidir. “Istalgan axborot, istalgan 
joyda va istalgan vaqtda” shioriga amal qilayotgan 
bugungi zamon foydalanuvchilari uchun kutubxonalar 
veb-saytlari orqali virtual kirishni yo‘lga qo‘ygan. 
http://www.natlib.uz rasmiy saytimiz shunday 
maqsadlarga xizmat qilmoqda. Unda muassasa haqida 
to‘liq ma’lumot, xizmatlar va faoliyat yo‘nalishlari, 
yangiliklar, tashkil qilinadigan tadbirlar anonsi kabi 
axborotlar bilan tanishish imkoni mavjud.              Shu bilan birga, kutubxonamizda an’anaviy 
kutubxonalararo abonement xizmatini 
takomillashtirish, resurslarni masofaga yetkazib berish 
xizmatini tatbiq etish, elektron-pochta orqali xizmatni 
rivojlantirish kabi jarayonlar ham yo‘lga qo‘yilgan. 
Ayniqsa, kutubxonada kitob berish jarayonining 
avtomatlashtirilishi kitobxon uchun “Buyurtma-onlayn” 
xizmatidan foydalanish imkonini berdi. Kitobxon 
elektron katalogda zarur bo‘lgan resursni izlab topib, 
unga buyurtma berishi va kutubxona o‘quv zallarida 
o‘ziga qulay vaqtda kelishi va undan foydalanishi, 
buyurtma bergan kitoblarini bajarish uchun ketadigan 
vaqtini tejashi mumkin. Eng muhimi, bunday 
foydalanuvchilar uchun ularning so‘rovlari tezlikda 
bajarilishi, to‘liqligi va haqqoniyligi katta ahamiyatga 
egadir.Hozirgi zamon kutubxonalar foydalanuvchilarida jonli 
muloqotga kirishish ko‘nikmalarining kamligi e’tiborga 
olinib, bu yerda kutubxona va undagi resurslar haqida 
ma’lumot beruvchi infokiosklar o‘rnatilgan. 
Shuningdek, 2013 yildan e’tiboran turli yo‘nalishlarda 
aynan jonli muloqot qilish, fikr almashish, u yoki bu 
masala bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini bemalol bildirish, 
omma oldida o‘zini tutishga qaratilgan iqtidorli 
ijodkorlar, ingliz tili va koreys tili so‘zlashuv klublari 
faoliyat ko‘rsatmoqda.              Yana e’tiborli jihati shundaki, kutubxonamiz eng ko‘p xorijiy ilmiy-
ta’limiy elektron bazalarga obunani amalga oshirib kelmoqda. 
Ushbu bazalardagi axborotlarning hajmi millionlab nusxani tashkil 
etishi, dunyo miqyosida fanning barcha sohalari bo‘yicha olib 
borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ixtirolarni aks ettiruvchi eng 
yangi nashrlar bilan tezkor ravishda tanishish imkonini beruvchi 
asosiy manba ham ushbu maskan hisoblanadi.
Mamlakatimizda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy 
kutubxonasi, 14 ta hududiy axborot-kutubxona markazi hamda 12 
mingdan ziyod axborot-kutubxona muassasasi tomonidan aholiga 
axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Yaqinda 
kutubxonamiz tomonidan “Infolib O’zbekiston” VI milliy axborot-
kutubxona haftaligi o‘tkazildi. Haftalik doirasida 50 dan ziyod turli 
tadbir bo‘lib o‘tdi.              Prezidentimizning  2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va 
tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini 
oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 
to‘g‘risida”gi qarori   ijrosi axborot-kutubxona muassasalari fondlarini 
to‘ldirishdagi qiyinchiliklar, axborot-kutubxona muassasalarining rivojlanish 
sur’ati, hududlarda kitob merosini saqlashda axborot-kutubxona markazlarining 
roli, zamonaviy ijtimoiy hamkorlikning tarkibiy qismi sifatida kutubxona 
sherikchiligi, kutubxonalarni qayta qurish va resurslarni raqamli formatlarda 
saqlash kabi dolzarb masalalarni hal etish hamda sohani chuqur tanqidiy tahlil 
qilish, bu boradagi muammolar yechimini topishga keng yo‘l ochmoqda.
Rumiy hazratlari ta’kidlaganidek, kitob chindan mo‘jizadir. Negaki, dunyoda 
hamma narsa eskirishi, uning o‘rnini yangisi egallashi mumkin. Lekin 
kitoblarning asl mazmuni, mohiyati hech qachon o‘zgarmaydi. Aksincha, 
ulardan olgan taassurotlar ma’naviyatimizning, qalbimizning go‘zal obidasiga 
aylanib boraveradi. Ko‘nglimiz nuri, hamrohi, dardu tashvishimiz malhami, 
hayot yo‘limiz ustozi bo‘lgan kitoblar biz bilan hamisha birgadir.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi va unga oid muhim ma’lumotlar

O zbekistondagi eng yirik kutubxona; kutubxonashunoslik va ʻ bibliografiya bo yicha O zbekiston Respublikasining ilmiy-uslubiy ʻ ʻ markazi. Respublikaning ma naviy-madaniy markazi sifatida ʼ jamiyatning ma naviy va axborot ehtiyojlarini qondirish, fan, maorif, ʼ milliy madaniyatni boyitishga xizmat qiladi, mamlakatdagi barcha kutubxonalar uchun kutubxonachilik, bibliografiya, ilmiy tekshirish metodika va axborot ishlarini amalga oshiradi. O zbekiston milliy ʻ kutubxonasi Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyasiga a zo. ʼ

Toshkent shahrida 1870-yilda Toshkent ommaviy kutubxonasi nomi bilan asos solingan. 1886-yildan Turkiston ommaviy kutubxonasi, 1919-yildan Turkiston xalq kutubxonasi deb atalgan. 1925-yildan O zbekiston davlat kutubxonasi, 1929-yildan ʻ O rta Osiyo davlat ommaviy kutubxonasi, 1934-yildan O zbek davlat ommaviy ʻ ʻ kutubxonasi. 2002-yilda kutubxona fondi kitob palatasi tugatilganligi sababli, uning fondiga qo shildi va Milliy maqomini oldi. O zbekiston Respublikasi Vazirlar ʻ ʻ Mahkamasi tasarrufida. 1948-yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan kutubxonaga shoir nomi berilgan. O zbekiston milliy kutubxonasi ʻ Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi va O zbekiston milliy kitob palatasini o zida ʻ ʻ birlashtirgan yirik bilim maskanidir. Fondida 6,5 mlnga yaqin kitob bor (2005); shundan 5,2 mln. kitob va davriy nashrlar, 541,7 ming mikrofilmlar, 2,073 mln. Ilmiy- texnika adabiyoti, 364,8 ming chet tillardagi adabiyot, 33,9 ming texnik normativ hujjatlar tashkil qiladi. Ular orasida o zbek va Sharq mumtoz adabiyoti namunalari ʻ (to plami), jahonning 75 dan ortiq tillaridagi kitoblar mavjud. 300 o rinli 9 ta ʻ ʻ qiroatxona, 20 o rinli internet markaz, media markaz, 10 o rinli internetga ulangan ʻ ʻ o quv kompyuter markazi bor. Kitobxonlarning o rtacha qatnovi yiliga 500 mingni, ʻ ʻ kitob berilishi 1,7 mln. nashrni tashkil etadi; 13 mingdan ziyod turli xususiyatga ega bo lgan ma lumotlar berish amalga oshiriladi. ʻ ʼ

Oʻzbekiston milliy kutubxonasida quyidagi boʻlimlar mavjud: kitobxonlarga xizmat koʻrsatish; fondni butlash; adabiyotlarga ishlov berish va kataloglar boʻlimi, kitob saqlash; ilmiy-uslubiy; milliy bibliografiya; axborot; oʻsmirlar boʻlimi; madaniyat va sanʼat boʻyicha ilmiy axborot; chet el adabiyotlari; kutubxonalararo abonement (KAA); avtomatlashtirish va axborot texnologiyasi; ilmiy tadqiqot markazi; nashriyot- tahririyat; nodir va qadimiy nashrlar; depozitar saqlash fondi; nazorat-dispetcher, maʼmuriy xoʻjalik boʻlimi.

1998-yildan kutubxonachilik jarayonlarini avtomatlashtirish, 1999-yildan vatan va chet el nashrlariga yangi elektron katalog tuzishga kirishilgan. 2000-yilda Oʻzbekiston milliy kutubxonasining 130 yilligi keng nishonlandi. Kutubxona adabiyotlar targʻibotining turli anʼanaviy va noanʼanaviy shakl va usullaridan unumli foydalanar edi. 2012-yildagi qarorga muvofiq an'anaviy katalog faoliyati toʻxtatilib, elektron dasturlar: "UzNEEL, IRBIS, KADATA" lar faoliyati mavjud. Kitob-rasmli koʻrgazmalar, adabiy-badiiy kompozitsiyalar, tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmalari va boshqalar tashkil qiladi. Yiliga 30 nomda metodik bibliografiya qoʻllanmalari, koʻrsatkichlar, yangi adabiyotlar katalogi, yoʻriqnoma qoʻllanmalari („Mustaqil Oʻzbekistonning muhim va unutilmas sanalari taqvimi“, „Oʻzbekiston Respublikasi madaniy hayoti koʻrinishi“, „Kutubxonachilik dunyosi“, „Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati“ga oid yangi adabiyotlar va boshqalar) va boshqalar nashr etadi.