logo

Amerika Qo‘shma Shtatlari xo‘jaligi va iqtisodiy rayonlari

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

7478.0703125 KB
Amerika Qo‘shma Shtatlari 
xo‘jaligi va iqtisodiy rayonlari •
AQSH YIM hajmi bo'yicha jahonda Xitoydan keyingi ikkinchi o'rinda 
turadi va jahonning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlaridan biri 
hisoblanadi. AQSHning yuzlab transmilliy korporatsiyalarining ko'plab 
xorijiy davlatlarda keng tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi 
mamlakatning iqtisodiy qudratini va jahon xo'jaligidagi o'rnini yanada 
yuksaltiradi. Shuningdek, AQSH moliyaviy tizimining ulkan salohiyati 
hamda AQSH dollarining asosiy xalqaro valyuta funksiyasini 
bajarayotgani mamlakatning jahon iqtisodiyotiga kuchli ta'sir qilishini 
ta'minlaydi. Sanoati
•
Yalpi sanoat mahsulotining hajmi bo'yicha AQSH jahonda Xitoydan 
so'nggi 2-o'rinda turadi. AQSHda sanoatning barcha tarmoqlari 
yaxshi rivojlangan. Ayniqsa, aerokosmik sanoat, avtomobilsozlik, 
elektrotexnika, elektronika, tibbiyot asbob-uskunalarini ishlab 
chiqarish, atom mashinasozligi, harbiy-sanoat majmuasi, neft-kimyo 
sanoati kabi zamonaviy texnologiyalarga tayanib rivojlanayotgan 
sanoat tarmoqlarida AQSHning jahon miqyosida yetakchiligi yaqqol 
ko'zga tashlanadi.  •
Oxirgi yillarda AQSH jahonda tabiiy gazni qazib olishda 1- (yiliga 800 
mlrd m3dan ziyod), ko'mirni qazib olish bo'yicha 2- (yiliga 800 mln. 
tonnadan ortiq), neftni qazib olish bo'yicha 2-3- (yiliga 500 mln. 
tonnadan ko'p) o'rinlarni egallamoqda. Neft-gaz sanoatining eng yirik 
rayonlari Texas, Kaliforniya va Alyaska shtatlarida shakllangan. Ko'mir 
eng ko'p miqdorda mamlakat janubi-sharqida joylashgan Appalachi 
ko'mir havzasidan qazib olinadi.    •
Mashinasozlik sanoati 
ko'ptarmoqli bo'lib, har xil 
shtatlarda turlicha ixtisoslashgan. 
Tinch okeanbo'yi shtatlari 
(Kaliforniya, Vashington) 
aerokosmik sanoat va 
elektronika, Buyuk ko'llarga 
tutash shtatlar (Michigan, 
Illinoys) avtomobilsozlik, 
shimoli-sharqiy Atlantikabo'yi 
shtatlari esa kemasozlikning 
rivojlanganligi bilan alohida 
ajralib turadi.  •
AQSHda bir nechta yirik sanoat mintaqasi shakllangan. Bunday hududlardan 
eng qudratlisi Atlantika okeani va Buyuk ko'llarga tutash shtatlarni qamrab 
olgan Shimoliy sanoat mintaqasi hisoblanadi. Unga mamlakat sanoat ishlab 
chiqarishining deyarli yarmi to'g'ri keladi. Boshqa yirik sanoat mintaqalari 
qatoriga Appalachi tog'lari bo'ylab joylashgan Janubi-sharqiy, asosan, neft va 
neft-kimyo sanoatiga ixtisoslashgan Meksika qo'ltig'i hamda mamlakat 
janubi-g'arbidagi Kaliforniya sanoat mintaqalari kiradi. Qishloq xo'jaligi
•
Asosiy qishloq xo'jalik ekinlari - bug'doy, makkajo'xori, soya, paxta, 
shakarqamish, qandlavlagi, turli sabzavot va mevalar. Makkajo'xori, soya, tamaki 
va paxta eksporti bo'yicha AQSH jahonda 1-o'rinda turadi. Chorvachilikning 
asosiy tarmoqlari - qoramolchilik, parrandachilik va cho'chqachilik. Go'sht va sut 
mahsulotlarini eksport qilish bo'yicha AQSH jahondagi yetakchi davlatlardan biri. 
AQSHda turli tarmoqlarga ixtisoslashgan qishloq xo'jalik mintaqalari vujudga 
kelgan. Kordilyera tog'lari etaklarini egallagan Buyuk tekisliklardagi bug'doy 
mintaqasi, Markaziy tekisliklarning shimolidagi makkajo'xori mintaqasi, Missisipi 
havzasining janubidagi paxta mintaqasi, Buyuk ko'llarga tutash shtatlaridagi sut 
mintaqasi shular jumlasidandir.    Turizm
•
AQSH tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlarning soni bo'yicha 
jahonda yetakchilik qilmasa ham, turizm hisobiga eng katta daromad 
oluvchi davlat hisoblanadi. AQSHga ko'proq Kanada va Yevropadan 
sayyohlar keladi. Florida, Kaliforniya va Gavayi shtatlarida 
dengizbo'yi turizmi keng rivojlangan. Nyu-York, Chikago, Los-
Anjeles va boshqa shaharlarga har yili o'nlab million sayyohlar tashrif 
buyuradilar. Mamlakatda turizm rivojlanishi uchun juda boy tabiiy 
resurslar ham mavjud.  Iqtisodiy rayonlari
•
Iqtisodiy rayonlari.  AQSHda tabiiy va ijtimoiy-tarixiy sabablarga 
ko'ra turli iqtisodiy qudrat va ixtisoslashuvga ega bo'lgan quyidagi 4 ta 
yirik iqtisodiy rayon (makrorayon) ajratiladi: Atlantika okeani bo'yida 
joylashgan maydoni kichik, ammo aholi soni va zichligi katta bo'lgan, 
yuqori darajada sanoatlashgan, eng yirik moliyaviy markazlarga ega 
bo'lgan shtatlarni qamrab olgan  Shimoli-sharq ; Buyuk ko'llardan 
janub va g'arbda joylashgan, ko'ptarmoqli sanoat, donchilik va sut 
chorvachiligiga ixtisoslashgan .  Iqtisodiy rayonlari.
•
O'rta G'arb ; paxtachilik, tamakichilik, bog'dorchilik, neft-kimyo va 
to'qimachilik sanoati, dengizbo'yi turizmi rivojlanishi bilan ajralib 
turadigan, qora tanli aholining salmog'i nisbatan yuqori bo'lgan 
Janub ; ko'proq tog'li relyef va qurg'oqchil iqlimga ega, rangli 
metallurgiya, aerokosmik, elektronika sanoati, bog'dorchilik va yaylov 
chorvachiligiga ixtisoslashgan, ispanzabon aholining nisbatan yuqori 
salmog'i bilan ajralib turuvchi  G'arb.

Amerika Qo‘shma Shtatlari xo‘jaligi va iqtisodiy rayonlari

• AQSH YIM hajmi bo'yicha jahonda Xitoydan keyingi ikkinchi o'rinda turadi va jahonning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlaridan biri hisoblanadi. AQSHning yuzlab transmilliy korporatsiyalarining ko'plab xorijiy davlatlarda keng tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi mamlakatning iqtisodiy qudratini va jahon xo'jaligidagi o'rnini yanada yuksaltiradi. Shuningdek, AQSH moliyaviy tizimining ulkan salohiyati hamda AQSH dollarining asosiy xalqaro valyuta funksiyasini bajarayotgani mamlakatning jahon iqtisodiyotiga kuchli ta'sir qilishini ta'minlaydi.

Sanoati • Yalpi sanoat mahsulotining hajmi bo'yicha AQSH jahonda Xitoydan so'nggi 2-o'rinda turadi. AQSHda sanoatning barcha tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Ayniqsa, aerokosmik sanoat, avtomobilsozlik, elektrotexnika, elektronika, tibbiyot asbob-uskunalarini ishlab chiqarish, atom mashinasozligi, harbiy-sanoat majmuasi, neft-kimyo sanoati kabi zamonaviy texnologiyalarga tayanib rivojlanayotgan sanoat tarmoqlarida AQSHning jahon miqyosida yetakchiligi yaqqol ko'zga tashlanadi.

• Oxirgi yillarda AQSH jahonda tabiiy gazni qazib olishda 1- (yiliga 800 mlrd m3dan ziyod), ko'mirni qazib olish bo'yicha 2- (yiliga 800 mln. tonnadan ortiq), neftni qazib olish bo'yicha 2-3- (yiliga 500 mln. tonnadan ko'p) o'rinlarni egallamoqda. Neft-gaz sanoatining eng yirik rayonlari Texas, Kaliforniya va Alyaska shtatlarida shakllangan. Ko'mir eng ko'p miqdorda mamlakat janubi-sharqida joylashgan Appalachi ko'mir havzasidan qazib olinadi.