Jahon xo‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimoti
J ahon xo‘jaligi v a xalqaro mehnat t aqsimot iБисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм
Milliy xo‘jaliklar umumlashgan holda jahon xo‘jaligi sifatida shakllanishi XVI-XVII asrlar, ya’ni Buyuk geografik kashfiyotlar davriga borib taqaladi. Ushbu tarixiy davrda qimmatbaho toshlar, metallar, ziravorlar va qullar bilan xalqaro savdo tez rivojlangan edi.
Jahon xo‘jaligi shakllanishi va rivojlanishi ishlab chiqarish tarmoqlari rivoji bilan bog‘liq (22-rasm).
Ma’lumki, jahon iqtisodiyoti uchun XVIII asrgacha bo‘lgan davrda qishloq xo‘jaligi yetakchi tarmoq hisoblangan.