Jahon xo‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimoti
Jahon xo‘jaligi va xalqaro mehnat taqsimoti
• Jahon xo‘jaligi (iqtisodiyoti)turli ko‘rinishdagi savdo-iqtisodiy aloqalar bilan o‘zaro bog‘langan barcha mamlakatlarning milliy iqtisodiyotlari majmuyi hisoblanadi. • Milliy xo‘jaliklar umumlashgan holda jahon xo‘jaligi sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagan davr XV–XVI asrlar, ya’ni Buyuk geografik kashfiyotlar davri bilan bog‘liq. Aynan ushbu davrda qimmatbaho metall va toshlar, ziravorlar, qullar bilan xalqaro savdo tez rivojlanib bordi.
• Jahon xo‘jaligining rivojlanishi ishlab chiqarish tarmoqlarining taraqqiyoti bilan bog‘liq. Ma’lumki, jahon iqtisodiyoti uchun XVIII asrgacha bo‘lgan davrda qishloq xo‘jaligi yetakchi tarmoq bo‘lgan. Shu bilan birga hunarmandchilik sohasi ham ma’lum darajada rivojlangan edi.