logo

Qozog’iston respublikasi iqtisodiy rayonlari aholisi va xo’jaligi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2505.9599609375 KB
Mavzu:Qozog’iston respublikasi 
iqtisodiy rayonlari aholisi va xo’jaligi
Reja:
1. Markaziy Qozog’iston iqtisodiy rayoni
2. Sharqiy Qozog’iston iqtisodiy rayoni
3. Shimoliy Qozog’iston iqtisodiy rayoni
4. G’arbiy Qozog’iston iqtisodiy rayoni
5. Janubiy Qozog’iston iqtisodiy rayoni  Markaziy Qozog’iston iqtisodiy rayoni
     Qarag’anda va Jezqazg’an viloyatlarini o’z ichiga 
oladi.Maydoni 398,8 ming kv km.aholisi 1mln.750 ming 
kishidan ortiq.  Markaziy Qozog’iston og’ir sanoati 
taraqqiy etgan hududiy ishlab chiqarish 
majmuasidan iborat.Iqtisodiy rayonda ishlab 
chiqarishning ko’mir,metallurgiya-kimyo, 
mashinasozlik majmualari davlatlararo 
ahamihatga ega.Iqtisodiy rayondagi barcha og’ir 
sanoat tarmoqlari ko’mir,rangli,qora,kam 
uchraydigan metallarni qazib olish bilan uzviy 
ravishda bog’liqdir. Markaziy Qozog’iston Qozog‘istonning markaziy va sharqiy hududlari temir, 
marganes, xrom, uran, mis, volfram, rux, qo‘rg‘oshin va 
boshqa metallarning katta zaxiralariga ega. Noruda 
mineral boyliklardan fosforit va oltingugurt alohida 
e’tiborga loyiq. 
temir
oltingugurt volfram rux qo‘rg‘oshinmarganes
xrom uran mis
fosforit             Neft va tabiiy gazning yirik konlari Kaspiy 
dengiziga yaqin hududlarda, toshko‘mirning 
asosiy zaxiralari (Qarag‘anda, Ekibastuz havzalari) 
esa markaziy qismida joylashgan. 
Neft 
Qarag‘anda Tabiiy gaz
Ekibastuz       
Qarag’anda-Temirtov sanoat tuguni eng 
rivojlangan  hisoblanadi. Ushbu tugun tarkibiga Abay, 
Saran, Shaxtinsi kabi shaharlar va shahar tipidagi 
manzilgohlari kiradi.Sanoat tugunlarida quyidagi 
texnalogik jarayon amalga oshiriladi. Qarag’andadan 
ko’mirni qazib olish, ko’mirni boyitish fabrikasi, 
ko’mirni kokslash batariyasi, domna pechi, po’lat 
eritish va briketlash sexlari. Bularning barchasi 
Temirtovdagi metallurgiya kombinatida amalga 
oshiriladi.Sanoat tugunida metalni ko’p talab 
qiladigan mashinasozlik va azot o’g’itlari ishlab 
chiqaradigan zavod ishlab turibdi.Suv ta’minotida 
Irtish-Qarag’anda kanali va Nura suv ombori asosiy 
o’rinni egallaydi. Sharqiy Qozog’iston iqtisodiy rayoni Sharqiy Qozog’iston va Semipalatinsk 
viloyatlarini o’z ichiga oladi.Maydoni 
277 ming km kv.Aholisi 1772 ming kishi. Sharqiy Qozog’iston

Sharqiy Qozog'iston iqtisodiy 
rayonida,Respublikaning boshqa rayonlariga 
nisbatan o'rmon va yog'ochni qayta ishlahs 
sanoatining salmog'i katta.Iqtisodiy rayon o'rmon 
maydonining kattaligi jihatidan Respublikada 
yetakchi o'rinni  egallaydi.Respublikda yog'och 
tayyorlash Ulba, Buxtarma,Narim,Kurchukma 
vodiylarida hamda Tilog'och qarag'ayzorlarida 
amalga oshiriladi 
Sharqiy Qozog'iston iqtisodiy rayonida,Respublikaning 
boshqa rayonlariga nisbatan o'rmon va yog'ochni qayta 
ishlahs sanoatining salmog'i katta.Iqtisodiy rayon o'rmon 
maydonining kattaligi jihatidan Respublikada yetakchi 
o'rinni  egallaydi.Respublikda yog'och tayyorlash Ulba, 
Buxtarma,Narim,Kurchukma vodiylarida amalga oshiriladi   Shimoliy Qozog’iston iqtisodiy rayoni

Shimoliy Qozog'iston Akmala,To'rg'ay,Ko'kshg'altov va 
Pavlodar viloyatlarini o'z ichiga oladi.Maydoni 600,9 
ming km kv.Aholisi 4431 ming kishi.Shimoliy 
Qozog'iston respublikasining asosiy don va sut -
go'sht,sut xarakteridagi chorvachiligi 
rivojlangan.Iqtisodiy rayonda agrosanoat majmuasi 
ancha to'liq tarkib topgan.Urushdan keyingi yillarda 
iqtisodiy rayonda tog'-kon,metallurgiya va 
mashinasozlik sanoati rivojlangan. Xo’jaligi

Shimoliy Qozog'iston xo'jaligiga xos xususiyalardan 
biri.Ushbu zona uzoq yillar davomida qozoqlar 
tomonidan yaylov sifatida foydalani kelindi.Iqtisodiy 
rayonda dehqonchilik XVIII asr oxirlarida bularga 
sibir qozoqlari,XIXasr oxiri XX asr boshlarida rus-
ukrain dehqonlarining ko'chirib kelish natijasida 
rivojlangana boshladi.1997-yilga kelib Shimoliy 
Qozog'iston qishloq xo'jaligi rivojlangan rayonlardan 
biriga aylangan edi.Irtish bo'yi ko'larida osh 
tuzi,Jetig'ora,Stepniyakda oz miqdorda oltinqazib 
olinar edi.Petropavlovsk va Pavlodarda remont 
mexanika korzonasi mavjud. Shimoliy Qozog’iston G’arbiy Qozog’iston iqtisodiy rayoni

G’arbiy  Qozog’iston. Aktuba, Atirau, Mangistov va G’arbiy 
Qozog’iston viloyatlarini o’z ichiga oladi.Maydono 729 
ming km kv.Aholisi 2124 ming kishi.

G;arbiy Qozog’iston Respublika xalq xo’jaligida neft, gaz, 
xrom va nikel rudalarini qazib olish rivojlantirganligi bilan 
ajralib turadi.Bundan tashqari rayonda neft va gazni qayta 
ishlash, neft sanoati uchun kerakli asbob-uskunalar ishlab 
chiqarish,mineral o’g’itlar va agrosanoat majmuasi ham 
rivojlanganligi bilan ham ajralib turadi. 
Keyingi yillarda G’arbiy Qozog’iston sanoatining jadal sur’atlarda 
rivojlanishi va dehqonchilikni uncha yaxshi rivojlanmaganligi tufayli aholi 
salmog’ida shahar aholisining salmog’i kattadir.Iqtisodiy rayonda 
respublika umumiy aholisining 12,5% i joylashgan.Aholining o’rtacha 
zichligi 1kv kmga 2,7 kishini tashkil qiladi va u respublika aholisining 
o’rtacha zichligidn ancha past.Aholi Shimoliy Qozog’istonning dasht 
zonasi va Ural vodiysida ancha zich.Iqtisodiy rayoning janubiy qismi ya’ni 
Aktuba va Atirau viloyatlarida aholi siyrak. 
Hozirgi kunda iqtisodiy rayon xo’haligida neft-gaz kimyosi va 
baliqni qayta ishlab chiqarish majmualari xususiy o’rinni 
egallaydi:Tog’-kimyo va elektro-metallurgiya ishlab chiqarish 
majmualari uncha kuchli rivojlanmagan,agrosanoat 
majmuasi yanada sust rivojlangan. Janubiy Qozog’iston iqtisodiy rayoni

Janubiy Qozog’iston-Olma-ota,Toldiqo’rg’on,Jambil,Janubiy 
Qozog’iston va Qizilo’rda viloyatlarini o’z ichiga oladi. 
Maydoni 712,62 ming km kv.Aholisi 636,3 ming kishi.Janubiy 
Qozog’iston respublikasida iqtisodiy jihatdan rivojlangan 
rayonlardan biridir.Ixtisoslashuviga ko’ra iqtisodiy rayon 
qo’shni Orta Osiyo respublikalarini eslatadi.Ushbu rayon 
respublikadagi sug’orma dehqonchilikka asoslashgan texnika 
ekinlari (paxta,qand lavlagi,tamaki) va don ekinlaridan 
sholi,makkajo’xori,bog’dorchilik va uzumchilik,qo’ychilik 
rivojlangan rayon hisoblanadi.  Janubiy Qozog’iston Aholisi 

Aholining soni jihatidan Janubiy Qozog’iston 
respublikasida birinchi o’rinni egallaydi.Bu 
yerda respublika aholisining 38% i 
yashaydi.Aholi zichligi 1 km kv ga 9 kishini 
tashkil qiladi.Aholining asosiy qismi 
Tyanshan,Jung’oriya Olatovi,Qoratovning tog’ 
oldi rayonlaridan Sirdaryo vodiylarida zich 
joylashgan. Balxashbo’yi, Muyunqum, 
Betbaqdala, Orolbo’yi Qoraqumi va Qizilqumi 
hamda rayonning baland qismida aholi juda 
siyrak. Ushbu rayonllarda aholi zichligi 1kv km 
ga 2-4 kishini tashkil qiladi.  Xo’jaligi

janubiy Qozog’iston xalq xo’jaligidaog’ir sanoat 
rivojlanishida juda katta o’zgarishlar yuz bergan 
bo’lishiga qaramasdan,baribir bu yerda 
agrosanoat majmui maxsulotlari asosiy o’rinni 
egallaydi.Iqtiodiy rayon agrosanoat majmuasi 2 
ya’ni dehqonchilik industrial va chorvachilik 
industrial yo’nalishiga ega.Shu bilan birgalikda 
iqtisodiy rayonda metallurgiya, tog’-kimyo va 
mashinasozlik sanoat tarmoqlari ham yaxshi 
rivojlangan.

Mavzu:Qozog’iston respublikasi iqtisodiy rayonlari aholisi va xo’jaligi Reja: 1. Markaziy Qozog’iston iqtisodiy rayoni 2. Sharqiy Qozog’iston iqtisodiy rayoni 3. Shimoliy Qozog’iston iqtisodiy rayoni 4. G’arbiy Qozog’iston iqtisodiy rayoni 5. Janubiy Qozog’iston iqtisodiy rayoni

Markaziy Qozog’iston iqtisodiy rayoni Qarag’anda va Jezqazg’an viloyatlarini o’z ichiga oladi.Maydoni 398,8 ming kv km.aholisi 1mln.750 ming kishidan ortiq. Markaziy Qozog’iston og’ir sanoati taraqqiy etgan hududiy ishlab chiqarish majmuasidan iborat.Iqtisodiy rayonda ishlab chiqarishning ko’mir,metallurgiya-kimyo, mashinasozlik majmualari davlatlararo ahamihatga ega.Iqtisodiy rayondagi barcha og’ir sanoat tarmoqlari ko’mir,rangli,qora,kam uchraydigan metallarni qazib olish bilan uzviy ravishda bog’liqdir.

Markaziy Qozog’iston

Qozog‘istonning markaziy va sharqiy hududlari temir, marganes, xrom, uran, mis, volfram, rux, qo‘rg‘oshin va boshqa metallarning katta zaxiralariga ega. Noruda mineral boyliklardan fosforit va oltingugurt alohida e’tiborga loyiq. temir oltingugurt volfram rux qo‘rg‘oshinmarganes xrom uran mis fosforit