logo

Yevropaning Sanoati va qishloq xo’jaligi

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4636.5 KB
Yevropaning sanoati va 
qishloq xo‘jaligi   Mashinasozlik
•
Mashinasozlik Yevropaning 
yetakchi sanoat tarmog’i 
hisoblanadi. Mazkur tarmoq 
butun sanoat mahsulotining 
1/2 qismini, eksportning 2/3 
qismini tashkil qiladi. Ayniqsa, 
avtomobilsozlik yuksak 
darajada rivojlangan. 
Dunyoda «Renault» 
(Mercedes-Benz Fransiya), 
«Wolkswagen», «Mercedes-
Benz» (GFR), «Fiat»   (Italiya), 
«Volvo» (Shvetsiya), «Ta tra» 
(Chexiya) kabi avtomobil 
markalari mashhurdir. Renault Wolkswagen                   Mercedes-Benz                                   Fiat                                    Volvo                 Tatra Harbiy sanoat markazlari bo‘lib Myunxen, 
Tuluza, Turin, Manchester, Brussel shaharlari 
hisoblanadi. •
Mashinasozlik,  avvalo,  mehnat  resurslari,  ilmiy 
baza  va  rivojlangan  infratuzilmaga  asoslanadi. 
Lekin,  bulardan  ham  ko‘proq  yirik  shaharlar  va 
aglomeratsiyalarga,  poytaxtlarga  intiladi. 
Jumladan,  Buyuk  Britaniyada  elektrotexnika, 
elektronika,  kosmik  va  aviaraketa  sanoati 
tarmoqlarining  rivojlanganligi  bo‘yicha  London, 
avtomobilsozlik  bo‘yicha  Birmengem, 
to‘qimachilik  mashinasozligi  bo‘yicha 
Manchester,  kemasozlik  bo‘yicha  Glazgo 
shaharlari  va  rayonlari  alohida  ahamiyat  kasb 
etadi. Yevropada sanoat tarmoqlari ichida mashinasozlikdan keyin 
ikkinchi  o‘ rinda kimyo sanoati turadi.  Qit’ada nafaqat regionning, 
balki butun dunyoning eng «kimyolashgan» davlati – GFR 
joylashgan   •
Qit’ada neft va tabiiy gaz konlarining 
ochilishi neft-kimyo tarmog’ining 
rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Yevropaning 
g’arbiy hududlarida joylashgan Te mza, 
Sena, Reyn, Elba, Rona kabi daryolar 
nomlari bilan bog’liq holda neftni qayta 
ishlovchi markazlar barpo etildi. Eng yirik 
neft-kimyo tarmog’i Niderlandiyaning 
Rotterdam shahri rayonida joylashgan.  •
Chexiya, Slovakiya, 
Polsha va 
Vengriyadagi neftni 
qayta ishlovchi 
korxonalar ham 
quvurlarga yaqin 
hududlarda barpo 
qilingan. 
Bolgariyadagi neft-
kimyo majmuasi 
Qora dengiz sohilida 
joylashgan. Yevropaning ko‘pchilik davlatlarining yoqilg’i-energetika 
xo‘jaligida neft va tabiiy gaz muhim o‘rin egallaydi. Mazkur 
xomashyo turlari regionning ehtiyojini to‘la-to‘kis 
qondirmaydi. Yetishmagan xomashyo boshqa 
mamlakatlardan, avvalo Rossiyadan hamda Shimoliy Afrika 
va Fors ko‘rfazidan import qilinadi   •
Jahon miqyosida 
yoqilg’i-energetika 
balansida muhim rol 
egallagan qo‘ng’ir ko‘mir 
havzalari qatoriga 
Balxatuv (Polsha), 
Shimoliy Nesh 
(Chexiya), Post Lauziya 
va Galle-
Leypsig (Germaniya) 
havzalari kiradi   •
Lekin IES larining asosiy qismi dengiz portlari va 
katta shaharlarda barpo etilgan. Elektr 
energetika tizimida AES lar muhim o‘rin 
egallaydi. Bu o‘rinda, ayniqsa, Fransiya, Belgiya, 
Germaniya, Buyuk Britaniya, Chexiya, 
Slovakiya, Vengriya, Bolgariya davlatlari ajralib 
turadi. Ularning hududlarida 80 dan ortiq AES 
joylashgan.
•
Dunay va uning irmoqlarida hamda Rona, Reyn, 
Dnepr, Dnestr va boshqa daryolarda ayrim GES 
lar va ularning kaskadlari barpo qilingan. Qora metallurgiya avvalambor yoqilg’isi va xomashyosi mavjud bo‘lgan 
Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Belgiya, 
Lyuksemburg, Polsha, Chexiyada rivojlandi. •
Rangli metallurgiyaning asosiy tarmoqlari 
aluminiy va mis sanoatidir. Aluminiy ishlab 
chiqarish xomashyo va elektr energiyaga boy 
Fransiya, Italiya, Vengriya, Ruminiya, Gretsiya, 
Germaniya mamlakatlarida rivojlangan. So‘nggi 
paytlarda aluminiy korxonalari, asosan, 
rivojlanayotgan mamlakatlardan (Surinam, 
Yamayka, Gvineya, Gviana, Hindiston) 
olinadigan xomashyoga tayanmoqda. Mis 
sanoati Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, 
Italiya, Belgiya, Polsha hamda Bosniya va 
Gersogovinada rivojlangan. Portugaliya Yevropaning asosiy tikuvchilik fabrikasi bo‘lib qoldi, Italiya 
esa poyabzal ishlab chiqarishda dunyoda AQSh dan keyin ikkinchi 
o‘ringa chiqib oldi. •
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yalpi 
hosili va turlari bo‘yicha Yevropa 
mamlakatlarining ko‘pchiligi o‘zlarining 
ichki ehtiyojlarini to‘la qondiradi va ularning 
qolgan qismini eksport qiladi   •
Ikkinchi jahon urushidan keyin 
mamlakatlarning agrar 
munosabatlarida, yer egaligi va unga 
ishlov berish tizimida universal mayda 
dehqon xo‘jaligidan katta 
ixtisoslashgan yuqori tovar ahamiyatga 
ega xo‘jalikka yetish bilan bog’liq 
bo‘lgan bir qator o‘zgarishlar bo‘lib 
o‘tdi. Qishloq xo‘jaligi korxonasining 
asosiy shakli sifatida yuqori darajada 
mexanizatsiyalashtirilgan fermer 
xo‘jaligi qabul qilindi.  •
Bu o‘rinda, ayniqsa, chorvachilik tarmog’ida 
katta ijobiy o‘zgarishlar yuz berganini ta’kidlab 
o‘tish zarurdir. Binobarin, chorvachilik 
Yevropaning juda ko‘p mamlakatlarida, shu 
jumladan, Daniyada yuqori darajada rivojlangan 
bo‘lib, u xalqaro ixtisoslashuv tarmog’iga 
aylandi. Daniya sariyog’, sut, pishloq, cho‘chqa 
go‘shti, tuxum yetishtirish va eksport qilish 
bo‘yicha dunyoning eng yirik davlatlaridan biriga 
aylandi. Uni Yevropaning «sut fermasi» deb 
atalishiga ham sabab shudir.   
•
Janubiy Yevropada 
dehqonchilik chorvachilikdan 
ustun ahamiyatga ega. 
Italiya, Ispaniya, Portugaliya, 
Gretsiya va boshqa 
mamlakatlar boshoqli 
(bug’doy, arpa, suli, sholi) va 
moyli (zaytun daraxti, 
kungaboqar) ekinlarini 
yetishtirish bo‘yicha dunyoda 
yuqori o‘rinlarni egallaydi.

Yevropaning sanoati va qishloq xo‘jaligi

Mashinasozlik • Mashinasozlik Yevropaning yetakchi sanoat tarmog’i hisoblanadi. Mazkur tarmoq butun sanoat mahsulotining 1/2 qismini, eksportning 2/3 qismini tashkil qiladi. Ayniqsa, avtomobilsozlik yuksak darajada rivojlangan. Dunyoda «Renault» (Mercedes-Benz Fransiya), «Wolkswagen», «Mercedes- Benz» (GFR), «Fiat» (Italiya), «Volvo» (Shvetsiya), «Ta tra» (Chexiya) kabi avtomobil markalari mashhurdir.

Renault

Wolkswagen

Mercedes-Benz