logo

Arxeologiyada texnologik kashfiyotlar

Yuklangan vaqt:

16.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1811.0009765625 KB
MAVZU : ARX EOLOGIYADA  
TEX N OLOGIK KASHFIYOTLA R
1.   Arxeologik davrlashtirish
2. Paleolit davri texnologik kashfiyotlari
3.   Mezolit, neolit va eneolit davri texnologik kashfiyotlari
4.   Jez va temir davri texnologik kashfiyotlari RE JA: Kishilik jamiyatining rivoji va ravnaqi albatta insonlar  tomonidan qilingan 
texnologik kashfiyotlarga bog’liq bo’lgan. Har bir qadimgi davrlarga 
bosqichma-bosqich o’tilishining o’zi ham texnologik kashfiyotlar xosilasidir. 
Masalan tosh asrining mezolit va neolit davriga o’tilishi, bunda kulolchilik 
charxining paydo bo’lishiga asoslanilsa, keyingi davrda tabiatdan metal (mis, 
bronza, temir) olish  texnologiyasining kashf qilinishi bilan eneolit, bronza va 
temir davrilariga tadrijiy o’tiladi. Bu tadrijiy davrlarni xronologiya fanida 
arxeologik davrlashtirish teb ataladi.
Xronologiya – yordamchi tarix fani bo’lib, (“xrono” – vaqt va “logiya” – fan) — 1) 
tarixiy voqealarning davriy tadrijiyligi; 2) vakt o’lchovi haqida-gi fan demakdir. 
Xronologiya turli xalqlar va davlatlar yil hisobi tizimi va taqvimlarini o’rganadi, 
tarixiy voqealar sodir bo’lgan sanalarni va tarixiy manbalar yaratilgan vaqtni 
aniqlashda yordam beradi. Xronologiya taraqqiyot bosqichlarining vaqtini 
aniqlash demakdir. Bu esa alohida tarixiy voqealar, mehnat qurollari, 
hunarmandchilik va xo’jalikning rivoji, uy-joylar, qishloqlar va shaharlarning 
qurilishi, davlatlarning tashkil topishi va madaniyat taraqqiyoti yutuqlari 
vaqtini aniqlashni anglatadi. Kishilik jamiyatining moddiy 
madaniyati evolyutsiyasida 
paleolit, mezolit, neolit, eneolit, 
bronza davri, ilk temir davri, antik 
davr, o’rta asrlar davrlarida 
qilingan texnologik kashfiyotlar 
va ularning mohiyatini 
xarakterlash. Qurol yasashni 
bilishi (tosh, suyak, daraxt 
navdasi). Tiplari. Evolyutsiyasi. 
Ho’jalik ishlaridagi texnologik 
kashfiyotlar. Tiplari. Evolyutsiyasi. 
Qurilish ishlaridagi texnologik 
kashfiyotlar va boshqalar. Tiplari. 
Evolyutsiyasi. Ilk paleolitning keyingi bosqichi ashel davri bo’lib, mil. avv. 
800G’700 - 120G’100 ming yilliklar bilan davrlashtiriladi. 
Ushbu bosqich arxeologiya fanida ashel madaniyati nomini 
olgan. Shu davrga oid tosh cho’qmor, bir yoki ikki tomoni 
uchirilib, o’tkir qilingan turli shakddagi chaqmoq toshlardan 
iborat qurollar dastlab Frantsiyaning Amen shahri 
yaqinidagi Sent-Ashelda topilgan va bu madaniyat shu joy 
nomi bilan atalgan. Ashel madaniyati davri odamlari ibtidoiy 
jamiyat tuzumining quyi bosqichida g’orlarda, daryo 
bo’ylaridagi pana erlarda to’dalashib yashab, ovchilik bilan 
hayot kechirgan. Olovdan foydalangan. Ashel madaniyati 
G’arbiy va Sharqiy Evropada, Kavkaz, Old Osiyo, Afrikada 
tarqalgan. O’rta Osiyoda Ashel madaniyatiga oid 
qarorgohlar Janubiy Qozog’istonda (Qoratov), Toshkent 
viloyati (Ko’lbuloq), Farg’ona vodiysida (Selungur) va boshqa 
joylarda uchraydi.shel davrining ilk bosqichlari qo’lbolta tosh qurollarining paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. 
Qo’lbolta – ashel davriga xos bo’lgan ibtidoiy davrning makrolit tosh quroli. Qo’l bolta 
olduvayning so’ngi davrida kashf qilingan. Uning eng qadimgi namunalari Sharqiy Afrika  
hududidan topilgan. (1,5—1,0 mln. y). Ashell davri kelib, qo’l bolta homo erectus 
odamlarining asosiy quroliga aylangan. Olduvay davrining yana bir 
kashfiyotlarida biri bu 
odamlarning chopping tosh 
qurollarni yasashni 
o’zlashtirishidir. Odamlar 
endilikda daryo chaqmoq 
toshlaridan yasalgan 
chopperlarni bir oz 
takomillashtiradi.Bu tosh qurol chaqmoq 
toshlarning bir tomondan ikki 
tarafi urib-uchirilgan tosh 
bo’lib, arxeologiya fanida 
“chopping”lar deb ataladi.
  Paleolit davri arxeologlari qo’l 
boltalarni bifas (ing. biface – ikki yuzli 
yoki ikki qirrali)lar deb ham atashadi, 
ularning ishlanish va ishlatilish 
texnikasiga qarab bir nechta turlarga 
ham bo’lingan. Masalan: monofas va 
unifas – bir qirrali va ser qirrali. 
Qo’lboltalar ya’ni bifaslar kremniy, 
qattiq jinsli ohak toshlardan, slanets, 
kvartsit, obsidian kabi toshlarni 
maqsadli uchirilgan bodomsimon, 
yuraksimon, uchburchak, oval, 
tuxumsimon, elipsimon kabi shakllari 
uchraydi. Olduvay davrining so’ngi 
bosqichlari kelib nukleus tosh 
qurollar kash etiladi. Nukleus 
(lot. nucleus — yadro) 
(arxeologiyada) — tosh qurollar 
yasash uchun chaqmoqtosh yoki 
boshka tosh parchalaridan 
uchirib olinadigan tosh bo’lagi 
bo’lib, bu tosh qurollar tosh 
davrining keyingi bosqichlarida 
ancha takomillashtirilib undan 
qirg’ich va nayzasimon qurollar 
yasaladi. Ashel davriga so’ngi bosqichlariga kelib, tosh qurollardan yana piri 
qirg’ichlar paydo bo’ladi. Ayrim arxeologlar tosh pichoqlar ham  deb  
atashadi. Qirg’ich (sreblo) kremen, obsidian, kvartsit va boshqa turdagi 
toshlardan ishlangan retushlangan ibtidoiy tosh quroli. O’tkir tig’li, asosan 
pichoq vazifasini o’tagan. Ba’zi qirg’ichlar teri oshlashda ham qo’llanilgan.
  Mikrolitlar odat biror vosita yog’och yoki suyakga 
qotirilib, kamon o’qi uchi, boshoqli o’simliklarni 
o’rish uchun o’roq sifatida foydalanilgan. 
Shuningdek, teriga ishlov berish kabi nozik ishlarini 
bajarishda qurol sifatida ham ishlatish mumkin 
bo’lgan. Mikrolit texnikasiga asoslangan tosh 
qurollar dastlab janubiy o’lkalarda aholisi orasida 
tarqala boshlagan bo’lsa, shimoliy mintaqalarda 
so’nggi paleolit davri an’anasiga ega bo’lgan 
plastikasimon (yapaloq shakldagi) tosh qurollardan 
foydalanish davom etgan. Shimoliy o’lkalarda 
mikrolit shaklli to qurollar nisbatan keyinroq 
vujudga keladi. 
O’rta tosh davrda mikrolitlar bilan birgalikda makrolit (yun. makros-katta, 
litos-tosh)) qurollari, xususan tosh boltalar ham paydo bo’ladi. Makrolit 
qurollarning o’rmon mintaqalari va tog’li hududlarda ahamiyati yuqori 
bo’lgan. Tosh boltalar yirik toshlarni tekis yorish va sirtini silliqlash asosida 
amalga oshirilgan. Neolit odamining xo’jalik hayotidagi 
taraqqiyot taqozosi bilan sopoldan 
idish-tovoqlar yasalib ilk kulollik, 
suyak va hayvon shoxlaridan duk, 
igna, bigiz va urchuq toshlar hamda 
oddiygina yog’och dastgohlari 
yasalib, ip yigirish, baliq ovi to’rlarini 
to’qish va xonaki to’qimachilik yuzaga 
keladi. Chakmoktoshlardan turli xil 
mayda va yirik maxsus (o’q-yoy va 
nayza paykonlari, parma, pona, arra, 
bolta, o’roq, o’roqranda) qurol va 
asboblar yasalib, tosh qurollar yasash 
uslubiyati takomillashdi. Tosh 
qurollardan keng foydalanildi.  So’ngi paleolitda mehnat qurollardan tosh bolta va teshalar ham 
ixtiro qilindi.Tosh bolta va teshalar asosan daryo toshlaridan 
yasalib, ularga taxtadan dastalar yasashgan. Bu davrning ixtiro 
qilingan muhim ov qurollardan biri nayzadir. Nayzalar o’tkir tig’ga 
ega bo’lib, uzun novda cho’piga biriktirilgan. Bu nayzalar ov 
jarayonida o’ta qulay bo’lgan. Kulolchilik ancha ravnaq 
topgan: idishlarga geometrik 
nakshlar solingan, odam va 
hayvon tasvirini solish ham 
odat bo’lgan. Eneolit davri 
yodgorliklaridan qazish 
paytida pishirilgan loydan 
yasalgan ko’plab ayol 
haykalchalari (ma’budalar) 
topilgan. Bu eneolit davrida 
hali ona urug’i (matriarxat) 
bo’lganligidan dalolat beradi. Eneolit davri yodgorliklarida rangli sopol 
buyumlar koplab topilgan. Xitoydan 
Dunaygacha (Ruminiya) «sopol makonlari» 
sifatida keng tarqalgan makonlar xarakterli 
bolib, shu xususiyatga ega bolgan 
makonlarda ijtimoiy taraqqiyotning bir xil 
bosqichi kozga tashlanadi. Bir-biriga juda 
kam oxshaydigan ijtimoiy-iqtisodiy sharoit 
hamma erda amaliy sanatning bir-biriga 
oxshash shakllarini taqoza etgan. Ammo 
sopol buyumlar bir-biriga oxshasa ham aynan 
bir xil emas.Eneolit makonlari birinchi bolib 
Ikki daryo oraligi va Misrda vujudga 
kelgan.Yuqoridagi alomatlar Misr( "Qadimgi 
Misr" haqida referat ), Mesopatamiya 
makonlarida, keyinroq Evropa, Markaziy 
Osiyo yodgorliklarida kozga tashlanadi 
Eneolitda Mesopatamiyada rangdor sopol 
buyumlarga katakli bezaklar, Misrning rangli 
sopol buyumlariga esa syujetli suratlar 
chizilgan. Bu davrda misdan yasalgan mehnat qurollari mo’rt va yumshoq bo’lganligidan 
mustahkamroq qotishma olish uchun izlanish davom etgan va ma’lum 
davrdan so’ng qalayni misga qorishtirib jez (bronza) kashf etildi.  Jez davri (mil. av. 2— 1-ming yillik) — 
ibtidoiy jamoa davrida jezdan mehnat 
qurollari ishlangan tarixiy bosqich. 
Ibtidoiy odamlar bir necha yuz va 
ming yillar davomida mehnat 
qurollarini faqat toshdan yasab 
keldilar. Mil. av. 4-ming yillikning 
boshlariga kelib, ayrim joylarda 
(Uzbekistan erlarida mil. av. 3-ming 
yil-lik oxiri — 2-ming yillikda) turli zeb-
ziynat bezaklarini, ba’zi mehnat 
qurollarini misdan yasay boshlaydilar.   Natijada mehnat qurollarining turi ko’paydi, jezdan keskirroq tig’li qurol-
yarog’lar, ro’zg’or va kosmetika buyumlari, ma’budalar,  naqshdor muhrlar 
yasala boshladi. Ovchilik va terimchilik ijtimoiy va iktisodiy hayotda o’zining 
dastlabki ahamiyatini yo’qotdi. Ot, eshak, tuya va ho’kizdan transport 
vositasi sifatida foydalanildi. Hayvonlarga qo’shiladigan aravalar vujudga 
keldi. T emir davri, ilk temir davri — insoniyatning ibtidoiy jamoa va ilk ishlab chiqaruv 
xo’jaligi shakllanayotgan tarixidagi davr. Fanda tosh va jez deb yuritilgan 
davrlardan so’ng insoniyat hayotida sodir bo’lgan tarixiy bosqich. Bu davr 
xo’jalikda ohangarlik (temir metallurgiyasi) yuzaga kelishi, tarkalishi va temir 
qurollar ishlatilishi bilan belgilanadi. «Temir davri» atamasi, garchi antik 
dunyoda tosh, jez asri tushunchalari qatorida yuzaga kelgan bo’lsada, fanga 19-
asrning o’rtalarida daniyalik arxeolog K.Yu.Tomsen tomonidan kiritilgan E’ TIBORIN GIZ UCHUN  RA HMAT!!!

MAVZU : ARX EOLOGIYADA TEX N OLOGIK KASHFIYOTLA R 1. Arxeologik davrlashtirish 2. Paleolit davri texnologik kashfiyotlari 3. Mezolit, neolit va eneolit davri texnologik kashfiyotlari 4. Jez va temir davri texnologik kashfiyotlari RE JA:

Kishilik jamiyatining rivoji va ravnaqi albatta insonlar tomonidan qilingan texnologik kashfiyotlarga bog’liq bo’lgan. Har bir qadimgi davrlarga bosqichma-bosqich o’tilishining o’zi ham texnologik kashfiyotlar xosilasidir. Masalan tosh asrining mezolit va neolit davriga o’tilishi, bunda kulolchilik charxining paydo bo’lishiga asoslanilsa, keyingi davrda tabiatdan metal (mis, bronza, temir) olish texnologiyasining kashf qilinishi bilan eneolit, bronza va temir davrilariga tadrijiy o’tiladi. Bu tadrijiy davrlarni xronologiya fanida arxeologik davrlashtirish teb ataladi. Xronologiya – yordamchi tarix fani bo’lib, (“xrono” – vaqt va “logiya” – fan) — 1) tarixiy voqealarning davriy tadrijiyligi; 2) vakt o’lchovi haqida-gi fan demakdir. Xronologiya turli xalqlar va davlatlar yil hisobi tizimi va taqvimlarini o’rganadi, tarixiy voqealar sodir bo’lgan sanalarni va tarixiy manbalar yaratilgan vaqtni aniqlashda yordam beradi. Xronologiya taraqqiyot bosqichlarining vaqtini aniqlash demakdir. Bu esa alohida tarixiy voqealar, mehnat qurollari, hunarmandchilik va xo’jalikning rivoji, uy-joylar, qishloqlar va shaharlarning qurilishi, davlatlarning tashkil topishi va madaniyat taraqqiyoti yutuqlari vaqtini aniqlashni anglatadi.

Kishilik jamiyatining moddiy madaniyati evolyutsiyasida paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza davri, ilk temir davri, antik davr, o’rta asrlar davrlarida qilingan texnologik kashfiyotlar va ularning mohiyatini xarakterlash. Qurol yasashni bilishi (tosh, suyak, daraxt navdasi). Tiplari. Evolyutsiyasi. Ho’jalik ishlaridagi texnologik kashfiyotlar. Tiplari. Evolyutsiyasi. Qurilish ishlaridagi texnologik kashfiyotlar va boshqalar. Tiplari. Evolyutsiyasi.

Ilk paleolitning keyingi bosqichi ashel davri bo’lib, mil. avv. 800G’700 - 120G’100 ming yilliklar bilan davrlashtiriladi. Ushbu bosqich arxeologiya fanida ashel madaniyati nomini olgan. Shu davrga oid tosh cho’qmor, bir yoki ikki tomoni uchirilib, o’tkir qilingan turli shakddagi chaqmoq toshlardan iborat qurollar dastlab Frantsiyaning Amen shahri yaqinidagi Sent-Ashelda topilgan va bu madaniyat shu joy nomi bilan atalgan. Ashel madaniyati davri odamlari ibtidoiy jamiyat tuzumining quyi bosqichida g’orlarda, daryo bo’ylaridagi pana erlarda to’dalashib yashab, ovchilik bilan hayot kechirgan. Olovdan foydalangan. Ashel madaniyati G’arbiy va Sharqiy Evropada, Kavkaz, Old Osiyo, Afrikada tarqalgan. O’rta Osiyoda Ashel madaniyatiga oid qarorgohlar Janubiy Qozog’istonda (Qoratov), Toshkent viloyati (Ko’lbuloq), Farg’ona vodiysida (Selungur) va boshqa joylarda uchraydi.shel davrining ilk bosqichlari qo’lbolta tosh qurollarining paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Qo’lbolta – ashel davriga xos bo’lgan ibtidoiy davrning makrolit tosh quroli. Qo’l bolta olduvayning so’ngi davrida kashf qilingan. Uning eng qadimgi namunalari Sharqiy Afrika hududidan topilgan. (1,5—1,0 mln. y). Ashell davri kelib, qo’l bolta homo erectus odamlarining asosiy quroliga aylangan.

Olduvay davrining yana bir kashfiyotlarida biri bu odamlarning chopping tosh qurollarni yasashni o’zlashtirishidir. Odamlar endilikda daryo chaqmoq toshlaridan yasalgan chopperlarni bir oz takomillashtiradi.Bu tosh qurol chaqmoq toshlarning bir tomondan ikki tarafi urib-uchirilgan tosh bo’lib, arxeologiya fanida “chopping”lar deb ataladi.