Arxivlashtirish vositalar. Arxivlashtirish dasturlari fayllarni arxivlashtirish haqida umumiy ma'lumot
MAVZU: A rxivlasht irish vosit alar. A rxivlasht irish dast urlari: f ayllarni arxivlasht irish haqida umumiy ma'lumot , RA R va ZI P arxivat or dast urlar.A nt ivirus dast uriy vosit alar. Komput e r viruslari haqida umumiy ma'lumot . A nt ivirus dast urlari va ularning umumiy xarak t e rist ik alari.
Reja Arx iv lasht irish dast urlari Viruslarni aniqlash va ulardan himoya qilish dasturlari. Arxivlashtirish dasturlari. Antivirus dasturiy vositalar: kompyuter viruslar
Kompyuter qanchalik zamonaviy bo'lmasin, undagi bo'sh joy bir kun kelib to'lib qoladi. Bunday holatda, albatta yangi hajmi ko'proq qattiq disk (vinchester) o'rnatish kerak. Lekin bunga moliyaviy imkoniyat bo'lmasa, bir xil fayllarni vaqtincha ishlatmaslik yoki virusdan himoyalash uchun ularni maxsus arxiv fayllariga joylashtirish bu muammoni yechimi hisoblanadi. Arxivator-dasturlar har xil: Zip, RAR, Arj va hokazo. Ularning har bir operatsion tizimga mo'ljallangan versiyalari ham mavjud. Windows operatsion sistemasida keng foydalaniladigan arxivatorlar bu: WinZIP, WinRAR, ZipMagic va boshqalar. Biz ko'rib chiqadigan arxivator bu WinRAR arxivatori. U juda ko'p imkoniyatlarni beradi : fayllar va kataloglarni arxivga joylashtirish, arxivdan chiqarish, arxivni tekshirish, arxivni yangilash, o'zi ochiladigan (SFX) arxivlarni yaratish, bir nechta qismga parchalangan ko'p jildli (qismli) arxivlarni yaratish, ularni shikastlanishdan himoyalash va xokazo.
WinRAR for Window s dast urini ng oy nasi: Bu dasturga kirgandan keyin maxsus oynasi hosil bo'ladi. Bu oynada kataloglar va fayllar ro'yxati chiqadi. Biz bu ro'yxatdan kerakli katalog yoki fayllarni belgilab, sichqonning o'ng tugmasini bosish yoki Commands menyusi orqali ular ustida amallar bajarishimiz mumkin. Faylni arxivga joylashtirish: 1) Kerakli faylni topamiz va Farmoishlar (Commands) menyusidan fayllarni arxivga qo'shish (Add files to Archive) farmoishini tanlaymiz. 2) Maxsus oyna hosil bo'lganidan keyin, u yerda yaratiladigan arxiv nomi, uning arxivlanish darajasi, qaysi katalog ichiga joylashishi va boshqalar ko'rsatiladi.