ASHTARXONIYLAR VA MANG’ITLAR TARIXIGA OID ASARLAR
MAVZU : ASHTARXONIYLAR VA MANG’ITLAR TARIXIGA OID ASARLAR REJA 1. ASHTARXONIYLAR VA MANG’ITLAR TARIXIGA OID ASARLAR. 2. AMIR SHOHMUROD TARIXIGAS DOIR ASAR. 3. OLIMXONNING SIYOSATLARI
Ashtarxoniylar sulolasining inqirozi va manqitlar xukmronligining dastlabki davrlari tarixi Muxammad Vafo (1689-1769)ning «Tuxfat ul-xoniy» asarida bayon qilinadi. Ubaydullaxon saroyida kitobdor, Muxammad Raximbiy zamonida qozilik vazifalarida xizmat qilgan Muxammad Vafo 1722-1768 yillar voqealarini yozgan, asarning qolgan qismini Olimbek ibn Niyozqulibek ismli nasaflik kishi qalamiga mansubdir. «Tuxfat ul-xoniy» murakkab saj shaklida yozilgan bo‘lib, voqealarni to‘la va keng yoritadi. Bu asarning qo‘lyozma nusxalari ko‘p, lekin xozirga qadar nashr va boshqa tillarga nashr qilinmagan.
Ashtarxoniylar davrida avj olgan ichki ziddiyatlar tinimsiz urushlar , siyosiy parokandalik ma’naviy- ma’rifiy madaniy hayotga salbiy ta’sir etdi. Biroq bunday murakkab siyosiy vaziyat maorif, ilm-fan, madaniyat rivojini to’xtatib qololmadi. XVII-XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda Maktab va ko’plab maktab (maktabxona)lar faoliyat ko’rsatgan. O’g’il va qiz bolalar alohida alohida maktablarda o’qitilgan. O’g’il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar , korxonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan bo’lib, masjid imomi yoki mqdrasani tugatgan ziyoli kishilar o’qituvchilik qilgan. Ularni domla deyishgan. Qiz bolalar maktablari badavlat klshilar yoki o’qituvchi ayollar uylarida tashkil etilgan, qizlarni otinoyi, otinbibi, bibixalifa , bibiotin deb atalgan ayol o’qituvchilar o’qitishgan. Maktablar xarajati va domlalarning maoshi vaqf mulkidan tushgan daromadlar hamda o’quvchilarning ota-onalari tomonidan o’qish uchun to’langan mablag’lar hisobidan qoplangan. Yetim yesirlar bepul o’qitilgan. Bolalar maktabga 6-7 yoshdan berilgan va 5-8 yil davomida ularga boshlang’ich ta’lim berilgan. O’quvchilarga avval harflar o’rgatilgan, keyin bo’g’inlar, ularni qo’shish orqali so’z tuzish, "Haftiyak" ("Qur’oni Karimning yettidan biri") kitobini o’qish o’rgatilgan
Hisob darsida sonlar, ularni qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish amallari o’rgatilgan. O’quvchilar Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Mashrab, Hofiz Sheroziy, So’fi Olloyor asarlarini, "Chor kitob"ni o’qib saboq olganlar. Qizlar maktablarida uy-ro’zg’or tutish, pazandachilik, odob-axloq, pokizalik sirlarini o’rganishga ko’proq o’rin berilgan. Bolalar o’qishni to’liq o’zlashtirib olganlaridan keyingina yozishga o’tganlar. Bolalarga kitoblardan ko’chirib yozish, mustaqil ravishda duoyi salom xati, ish yuzasidan turli ma’lumotlar yozish malakalari o’rgatilgan. Maktablarda imtihonlar bo’lmagan, o’quvchilarga maktabni bitirgani to’g’risida hujjat ham berilmagan. Bolaning ravon o’qishi, to’g’ri yoza olishi , hisob-kitobni bilishi maktabni bitirganligiga guvoh bo’lgan. Madrasa o’rta va oliy o’quv yurti hisoblangan. Madrasaga maktabxonalarni tugatganlar qabul qilingan. Madrasa ta’limi talabalar iqtidoriga qarab 7-12 yil davom etgan. Buxoro xonligi shaharlarida 150 dan ortiq madrasa bo’lgan. Madrasada arab, fors tilida yozilgan kitoblar o’qitilgan, ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharhlab berilgan. O’qish "Avvali ilm" deb nomlangan fors tilidagi o’quv qo’llanmasini o’zlashtirishdan boshlangan. Keyin arab tili grammatikasi o’qitilgan. Fiqh (huquq) kursi majburiy kurs hisoblangan. Madrasalarda umumta’lim kurslaridan falakiyot, handasa, tibbiyot, kimyo, tarix, jug’rofiya, adabiyot, aruz ilmi, me’mor chilik asoslari, xattotlik , musiqa, axloq, notiqlik kabi fanlar o’qitilgan. Talabalardan Imom al-Buxoriy, Abu Mansur Moturidiy, Burhoniddin Marg’inoniy asarlarini, jami 137 darslik va o’quv qo’llanmalarini o’zlashtirish talab etilgan .
Diniy mutaassiblik, xalq ommasidan diniy aqidalarga so’zsiz itoat etish talablarining kuchayishi ilm-fan ravnaqiga salbiy ta’sir etdi. Shunga qaramasdan ilm-ahllari ijodi batamom to’xtab qolmadi. XVII asrning taniqli olimi, Mir Arab madrasasi mudarrisi Muhammad Sharif Buxoriy (1609-1697) falsafa, tasavvuf, tarix, fiqh, tilshunoslik , astronomiya sohasida 20 dan ortiq asarlar yozgan. Uning "Davriylik haqida risola" asari makon va zamon masalalariga bag’ishlangan. Uning "Xoqonga foydali maslahatlar” kitobi 25 bob 32 fasldan iborat bo’lib, unda shariat qonun-qoidalan, ijtimoiy hayot va axloqiy muammolarga oid ma’lumotlar, hukmdorlar to’g’risida qiziqarli lavhalar o’z ifodasini topgan.