logo

AVTOMATLASHTIRILGAN ISH JOYLARI

Yuklangan vaqt:

12.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

987.91015625 KB
AV T OMAT LA SHT IRILG
A N ISH J OY LA RI
Bajardi: G’abborov Madamin
Tekshirdi: Sharipov Sh.  •
Birinchi  mexanik  hisoblash  mashinaslni  yaratgan  Blez 
Paskal  bu  ajoyib  qurilmani  otasining  hisoblash  ishlarini 
yengillashtirish  maqsadida  yaratgan  edi.  Bu  bilan  Paskal 
otasining  ishini  ma’lum  darajada  mexanizatsiyalashtirgan 
edi.  Demak,  Paskal  yaratgan  mexanik  hisoblash  mashinasi 
dastlabki  mexanizatsiyalashtirilgan  (bugungi  tushunchada 
“avtomatlashtirilgan”) ish joyiga misol bo‘la oladi.  •
Bu  —  inson  yaratgan  birinchi  avtomatlashtirilgan  ish  joyi  emas,  albatta. 
Avtomatlashtirilgan ish joylarining tarixi ancha qadimga borib taqaladi.
•
Umuman,  avtomatlashtirilgan  ish  joylari  deganda,  biror  mehnat  faoliyati 
samarasini  oshirish  va  shu  mehnat  faoliyati  bilan  shug’ullanuvchiga 
qulayliklar  yaratish  maqsadida  qo‘llaniladigan  qurilmalar,  asbob-uskunalar 
majmuyi tushuniladi.
•
Masalan,  kotibaning  ish  joyi  deganda,  uning  o‘z  vazifasini  bajarishi  uchun 
zarur bolgan vositalar, masalan, kompyuter, chop etish qurilmasi, chop etish 
uchun  qog‘oz,  stol,  stul  kabi  bir  qancha  narsalarni  tushunamiz.  Chop  etish 
qurilmasi hujjatlarni bir vaqtda bir necha nusxada chop etish imkonini beradi 
va,  shuning  bilan,  kotiba  ishini  ma’lum  darajada  avtomatlashtiradi.  Bu  kabi 
misollarni  (turli  mehnat  faoliyati  bilan  mashg‘ul  bo‘lgan  mutaxassislarning 
avtomatlashtirilgan ish joylarini) ko‘plab keltirishimiz mumkin.  •
Turli  stanoklarning 
yaratilishi  ishchilarning 
mehnatini 
avtomatlashtirgan 
bo‘lsa,  kompyuter  bilan 
boshqariladigan  stanok 
larning  yaratilishi  uni 
yanada  yuqori  darajaga 
ko‘tardi.  •
Zamonaviy  avtomatlashtirilgan  ish  joylari  turli  kasb  egalaridan 
bevosita  jismoniy  mehnat  qilishini  emas ,  balki  ko‘proq  bu 
jarayonni  boshqarishini  talab qiladi.
•
Umuman,  shaxsiy  kompyuterlarning  yaratilishi  va  hayotga  tatbiq  etilishi 
ishlab chiqarishning o‘zinigina emas, balki uni “boshqarish” bilan bog‘liq 
bo‘lgan jarayonlarni avtomatlashtirishga ham keng yo‘l ochib berdi.
•
Boshqarishning  o‘ ziga  xos  x ususiy atlaridan  biri  shundak i,  uning 
xomashy osi ham, ishlab chiqarish mahsuloti ham ax borotdan iborat.
•
Odatda  boshqaruv  jarayonida  ishtirok  etuvchilar  moddiy  boyliklar, 
sanoat  yoki  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishda  bevosita 
qatnashmaydilar.  •
Umumiy  holda  aytganda,  boshqarishning  asosiy  vazifasi  kerakli  axborotni 
kerakli  joyga,  kerakli  hajmda,  kerakli  ko‘rinishda  yetkazib  berishdan 
iboratdir.  Sizga  ma’lumki,  axborot  hajmining  ko‘pligi  ularni  qayta  ishlashda 
insondan ko‘p vaqtni va mehnatni talab qiladi.
•
Lekin,  aksariyat  hollarda,  bu  ishlarni  qisqa  vaqt  ichida  bajarish  zarur 
bo’ladi.  Hozirgi  kunda  mazkur  ishlarni  kompyuterlarsiz  bajarishni  tasavvur 
qilish qiyin.
•
Zamonaviy  kompyuterlar  asosida  yangi  informatsion  texnologiyalar 
yaratilmoqdaki,  u  zamonaviy  ish  yuritishning  qog‘ozsiz  usuli,  elektron 
pochta,  mashina  grafikasi, optik  disklar orqali  ilgari  mavjud bo‘lgan alohida 
informatsion  texnologiya  vositalarini  birlashtirish  va  ularni  yuqori 
moslashuvchanlik xususiyati bilan ta’minlash imkonini beradi.    •
Zamonaviy  kompyuterlar  hozirda  faqatgina  hisoblash  vositasi 
bo’libgina  qolmay,  boshqarish,  nazorat  qilish,  qaror  qabul  qilish  kabi 
turli ishlarni bajarishdagi vosita hamdir.
•
Kompyuterlar  yordamida  ish  yuritishning  samarali  va  yangi 
omillaridan biri bo‘lib  avtomatlashtirilgan ish joylari  hisoblanadi.
•
Avtomatlashtirilgan  ish  joyi  deganda,  faqatgina  kompyuter  emas, 
balki  uning  uchun  yaratilgan  maxsus  uskunaviy  dasturlar  va  turli 
texnik vositalar yoki qurilmalar majmuyini tushunish kerak. Masalan, 
kotiba  avtomatlashtirilgan  ish  joyida  kompyuter  bilan  birgalikda 
printerning  bo‘lishi  ham  zarru.  Bundan  tashqari  matn 
muharrirlaridan hech bo‘lmaganda bittasi bo‘lishi shart.

AV T OMAT LA SHT IRILG A N ISH J OY LA RI Bajardi: G’abborov Madamin Tekshirdi: Sharipov Sh.

• Birinchi mexanik hisoblash mashinaslni yaratgan Blez Paskal bu ajoyib qurilmani otasining hisoblash ishlarini yengillashtirish maqsadida yaratgan edi. Bu bilan Paskal otasining ishini ma’lum darajada mexanizatsiyalashtirgan edi. Demak, Paskal yaratgan mexanik hisoblash mashinasi dastlabki mexanizatsiyalashtirilgan (bugungi tushunchada “avtomatlashtirilgan”) ish joyiga misol bo‘la oladi.

• Bu — inson yaratgan birinchi avtomatlashtirilgan ish joyi emas, albatta. Avtomatlashtirilgan ish joylarining tarixi ancha qadimga borib taqaladi. • Umuman,  avtomatlashtirilgan ish joylari  deganda, biror mehnat faoliyati samarasini oshirish va shu mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchiga qulayliklar yaratish maqsadida qo‘llaniladigan qurilmalar, asbob-uskunalar majmuyi tushuniladi. • Masalan, kotibaning ish joyi deganda, uning o‘z vazifasini bajarishi uchun zarur bolgan vositalar, masalan, kompyuter, chop etish qurilmasi, chop etish uchun qog‘oz, stol, stul kabi bir qancha narsalarni tushunamiz. Chop etish qurilmasi hujjatlarni bir vaqtda bir necha nusxada chop etish imkonini beradi va, shuning bilan, kotiba ishini ma’lum darajada avtomatlashtiradi. Bu kabi misollarni (turli mehnat faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan mutaxassislarning avtomatlashtirilgan ish joylarini) ko‘plab keltirishimiz mumkin.

• Turli stanoklarning yaratilishi ishchilarning mehnatini avtomatlashtirgan bo‘lsa, kompyuter bilan boshqariladigan stanok larning yaratilishi uni yanada yuqori darajaga ko‘tardi.

• Zamonaviy avtomatlashtirilgan ish joylari turli kasb egalaridan bevosita  jismoniy mehnat qilishini emas , balki ko‘proq bu jarayonni  boshqarishini  talab qiladi. • Umuman, shaxsiy kompyuterlarning yaratilishi va hayotga tatbiq etilishi ishlab chiqarishning o‘zinigina emas, balki uni “boshqarish” bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni avtomatlashtirishga ham keng yo‘l ochib berdi. • Boshqarishning o‘ ziga xos x ususiy atlaridan biri shundak i, uning xomashy osi ham, ishlab chiqarish mahsuloti ham ax borotdan iborat. • Odatda boshqaruv jarayonida ishtirok etuvchilar moddiy boyliklar, sanoat yoki qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydilar.