Bo’lajak pedagoglarda noaniq vaziyatlarda qaror qabul qilishning ijtimoiy-psixologik jabhalari
Ilmiy tadqiqot ishining nazariy ahamiyati. Nazariy jihatdan olib qaralganda, ishning natijalari psixologiya fanini yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitadi. Shuningdek, noaniq vaziyatlarda shaxs psixologik himoyasi bilan bog‘liq muayyan tushunchalarni ilmiy jihatdan asoslaydi. Ayni paytda mazkur tadqiqot ishi noaniq vaziyatlar haqidagi ilmiy qarashlarni psixologik xizmat doirasidagi yangi ilmiy mushohadalar bilan boyitishga xizmat qiladi.
Ilmiy tadqiqot ishining amaliy ahamiyati. Noaniq vaziyatlarning ijtimoiy-psixologik jihatlarini yanada kengroq o‘rganish imkonini beradi. Ta dqiqot ishidagi ma’lumotlar dan harbiylar, favqulotda vaziyat xodimlari,yong‘in xavfsizligi,sportchilar foydalanishlari mumkin. Shuningdek, ish dasturi va natijalariga tayanib noaniq vaziyatlarning ish olib borilayotganda psixologik xizmat samaradorligiga amaliy baho berish mumkin bo‘ladi.
Ilmiy tadqiqot ishining ilmiy farazi: Shaxslarda noaniq vaziyatlarada o’zini o’zi psixologik himoya qilish jarayoni va imkoniyatlari . 1. Har qanday shaxsning o’ziga xos ijtimoiy taraqqiyoti va bu taraqqiyotga xizmat qiluvchi psixologik zahiralaridan unumli foydalana olish eng avvalo o’zini o’zi psixologik himoya qilish haqidagi adekvat tasavvurlar ko’lamining shakllanishi bilan tavsiflanadi. 2. Shaxsdagi o’zini o’zi psixologik himoya qilish jarayoni ma’lum ierarxik tizimga ega bo’lib, bu jarayon me’yoriy ijtimoiy holat bezovtaligi, adekvat hissiy holat, o’zini o’zi me’yoriy hissiy baholash, qiyinchiliklarni yengishga bo’lgan shaxs xulq-atvor motivastiyasi va faoliyatga nisbatan individual uslubning to’g`ri tanlanishi kabi tushunchalar bilan belgilanadi va baholanadi.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi . Noaniq vaziyatlarda psixologik himoyani talqin qilishning nazariy- fundamental asoslarni yaratganlar. I.V.Dobryakov. I.V.Nikolskay,R.V.Kadirov, L.A.Mixaylova, M.E.Muxtorov,E.Z.Simirnov,Sh.R.Barotov,N.A.Yaxyarovlarnin g rahbarligida olib borilgan ilmiy izlanishlarda noaniq vaziyatning kategoriya sifatidagi talqiniga ma’lum darajada e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari V.G.Kamenskayaning “Psixologik himoya va nizolar tizimidagi motivastiyalar ” asari psixologik himoya mexanizmlari ma’lum darajadagi nizoli vaziyatlar talqiniga bag`ishlangan.