Hal qiluv qarorini qabul qilishning umumiy qoidalari
Mav zu: Hal qiluv qarorini qabul qilishning umumiy qoidalari
Fuqarolik ishlarini ko`rish va hal qilishda sudning mulohaza va xulosalari muayyan protsessual shaklda belgilangan tartibda chiqariladigan sud qarorlari shaklida ifoda etiladi. Fuqarolik ishlari bo`yicha hal etiladigan masalalarga ko`ra sud qarorlari ikki turga: hal qiluv qarorlari va ajrimlarga bo`linadi. Birinchi instansiya sudining ishni mazmunan hal qiladigan qaroriga hal qiluv qarori deb aytiladi (FPKning 203-moddasi). Bunday hal qiluv qarori (resheniye) sud tomonidan ko’rilayotgan asosiy masalalarga javob tariqasida-taraflardan da’vo talablari bo`yicha davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va protestlar, alohida tartibda ko`riladigan ishlar, chunonchi: yuridik ahamiyatga ega bo`lgan holatlarni belgilash bo`yicha qabul qilinadi. 17