Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash
![•
Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash
Reja:
Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklashning umumiy
qoidalari
Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi
arizani ko‘rib chiqish
Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi
ariza bo‘yicha ish yuritishni tugatish](/data/documents/9a29630d-a67d-418d-b2f4-1183f97cc2c8/page_1.png)
![•
Sud yo‘qolgan sud ishini yuritishni ishda ishtirok
etuvchi shaxslarning, prokurorning arizasiga,
shuningdek o‘z tashabbusiga ko‘ra tiklashi mumkin.
•
Yo‘qolgan sud ishini yuritish to‘liq yoki uning sud
fikriga ko‘ra tiklanishi zarur bo‘lgan qismi tiklanadi.
Sudning hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish
to‘g‘risidagi ajrimi, agar ular ish yuzasidan chiqarilgan
bo‘lsa, tiklanishi shart.
•
Arizachi yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash
to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish chog‘ida sud
tomonidan qilingan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod
qilinadi. Bila turib yolg‘on ariza berilganda sud
xarajatlari arizachidan undirib olinadi.](/data/documents/9a29630d-a67d-418d-b2f4-1183f97cc2c8/page_2.png)
![•
Yo‘qolgan sud ishini
yuritishni tiklash to‘g‘risidagi
ariza ishni ko‘rib chiqqan
sudga beriladi.
•
Arizada ish to‘g‘risidagi
batafsil ma’lumotlar bo‘lishi
kerak.
•
Arizachida saqlanib qolgan
va ishga dahldor bo‘lgan
hujjatlar yoki ularning
ko‘chirma nusxalari, garchi
ular belgilangan tartibda
tasdiqlanmagan bo‘lsa ham
arizaga ilova qilinadi.](/data/documents/9a29630d-a67d-418d-b2f4-1183f97cc2c8/page_3.png)
![•
Sud yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi
arizani ko‘rib chiqish chog‘ida ish yuritishning
saqlanib qolgan qismidan, sud ishini yuritish
yo‘qolguniga qadar ushbu ishdan fuqarolar va
tashkilotlarga olib berilgan hujjatlardan, bu
hujjatlarning ko‘chirma nusxalaridan, shuningdek
ishga daxldor bo‘lgan boshqa hujjatlardan
foydalanadi.
•
Sud protsessual harakatlarni amalga oshirish
chog‘ida hozir bo‘lgan shaxslarni, sudning hal qiluv
qarorini ijro qilgan shaxslarni, zarur hollarda esa
yo‘qolgan sud ishini ko‘rib chiqqan sud tarkibiga
kirgan shaxslarni ham guvoh sifatida so‘roq qilishi
mumkin.](/data/documents/9a29630d-a67d-418d-b2f4-1183f97cc2c8/page_4.png)
![•
Yo‘qolgan sud hal qiluv qarorini yoki
ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi
ajrimni tiklash to‘g‘risidagi sud hal qiluv
qarorida sud tiklanayotgan sud
hujjatining mazmuni sudga taqdim
etilgan va yo‘qolgan ish bo‘yicha sud
protsessining barcha ishtirokchilari
ishtirokidagi sud majlisida tekshirilgan
qaysi aniq ma’lumotlar asosida
aniqlangan deb hisoblashi ko‘rsatiladi.](/data/documents/9a29630d-a67d-418d-b2f4-1183f97cc2c8/page_5.png)
![•
To‘plangan materiallar
yo‘qolgan sud ishini yuritishni
aniq tiklash uchun yetarli
bo‘lmasa, sud ajrim chiqarib,
ish yuritishni tugatadi. Bu
holda arizachi umumiy
tartibda ariza (shikoyat)
taqdim etishga haqli.](/data/documents/9a29630d-a67d-418d-b2f4-1183f97cc2c8/page_6.png)
![•
Yo‘qolgan sud ishini yuritishni
tiklash to‘g‘risidagi ishlar
bo‘yicha sud hujjatlari
ustidan shikoyat qilish
(protest keltirish) mumkin.](/data/documents/9a29630d-a67d-418d-b2f4-1183f97cc2c8/page_7.png)
• Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash Reja: Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklashning umumiy qoidalari Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha ish yuritishni tugatish
• Sud yo‘qolgan sud ishini yuritishni ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, prokurorning arizasiga, shuningdek o‘z tashabbusiga ko‘ra tiklashi mumkin. • Yo‘qolgan sud ishini yuritish to‘liq yoki uning sud fikriga ko‘ra tiklanishi zarur bo‘lgan qismi tiklanadi. Sudning hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi, agar ular ish yuzasidan chiqarilgan bo‘lsa, tiklanishi shart. • Arizachi yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish chog‘ida sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod qilinadi. Bila turib yolg‘on ariza berilganda sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
• Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza ishni ko‘rib chiqqan sudga beriladi. • Arizada ish to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar bo‘lishi kerak. • Arizachida saqlanib qolgan va ishga dahldor bo‘lgan hujjatlar yoki ularning ko‘chirma nusxalari, garchi ular belgilangan tartibda tasdiqlanmagan bo‘lsa ham arizaga ilova qilinadi.
• Sud yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish chog‘ida ish yuritishning saqlanib qolgan qismidan, sud ishini yuritish yo‘qolguniga qadar ushbu ishdan fuqarolar va tashkilotlarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning ko‘chirma nusxalaridan, shuningdek ishga daxldor bo‘lgan boshqa hujjatlardan foydalanadi. • Sud protsessual harakatlarni amalga oshirish chog‘ida hozir bo‘lgan shaxslarni, sudning hal qiluv qarorini ijro qilgan shaxslarni, zarur hollarda esa yo‘qolgan sud ishini ko‘rib chiqqan sud tarkibiga kirgan shaxslarni ham guvoh sifatida so‘roq qilishi mumkin.
• Yo‘qolgan sud hal qiluv qarorini yoki ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimni tiklash to‘g‘risidagi sud hal qiluv qarorida sud tiklanayotgan sud hujjatining mazmuni sudga taqdim etilgan va yo‘qolgan ish bo‘yicha sud protsessining barcha ishtirokchilari ishtirokidagi sud majlisida tekshirilgan qaysi aniq ma’lumotlar asosida aniqlangan deb hisoblashi ko‘rsatiladi.