BOGIMOYOQLILAR TIPI. O’RGIMCHAKSIMONLAR SINFI
HAYVONLAR EKOLOGIYASI BOGIMOYOQLILAR TIPI. O’RGIMCHAKSIMONLAR SINFI
REJA: • BO’GIMOYOQLILARNING MORMOFOLOGIK TUZILISHI • BO’GIMOYOQLILARNING ANATOMIK TUZILISHI • BO’GIMOYOQLILARNING VAKILLARI • O’RGIMCHAKSIMONLARNING TUZILISHI • O’RGIMCHAKSIMONLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
’ BOG’IMOYOQLILAR (Arthropoda) umurtqasiz hayvonlar tipi. Bo’g’imoyoqlilarning ajdodi tuban tuzilgan dengiz halqali chuvalchanglari hisoblansada, ularning bitta yoki bir necha umumiy ajdodlardan kelib chiqqanligi to’g’risidagi muammo hozirgacha uzilkesil hal etilmagan. Eng qad шьпш bo’g’imoyo й lilardan trilobitasimonlar quyi kembriy qatlamlaridan boshlab uchraydi.
Ordovik va silur davrida Bo’g’imoyoqlilar quruqlikka chiqishgan. Bo’g’imoyoqlilarning tanasi va oyoqlari bo’g’imlarga bo’lingan (Bo’g’imoyoqlilar nomi ham ana shundan olingan), ikki tomonlama simmetriyali. Tanasi qattiq xitin kutikula bilan qoplangan. Xitin qoplog’ich tashqi skelet funktsiyasini ham bajaradi, unga ichki tomondan muskullar birikadi. Tana bo’g’imlari geteronom, ya’ni ularning shakli va kattaligi har xil bo’ladi.