BORLIQ FALSAFASI ONTOLOGIYA
Mavzu: BORLIQ FALSAFASI (ONTOLOGIYA)
R е j а: 1. B о rliq tushunch а sining m о hiyati v а m а' n о si . B о rliq h а qid а gi t а ri х iy k о nts еп tsiyal а r . 2. B о rliqning sh а kll а ri v а n а m о yon bo'lish х ususiyatl а ri . 3. M а t е riya tushunch а si , uning х ususiyatl а ri v а n а m о yon bo'lish sh а kll а ri h а qid а z а m о n а viy q а r а shl а r . 4. H а r а k а t – m а t е riyaning n а m о yon bo'lish sh а klidir .
Borliq tushunchasining mohiyati va ma'nosi. Borliq haqidagi tarixiy konsepsiyalar Borliq tushunchasi. Ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan bog’lab tushuntirishadi. Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq - ob'ektiv realliknigina qamrab oluvchi tushunchadir.
Yo'qlik tushunchasi. Hamma narsani hech narsaga aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi ham, intihosi ham yo'qlikdir. Bu ma'noda yo'qlik cheksizlik, nihoyasizlik va mangulik bilan birdir. Yo'qlik chekingan joyda borliq paydo bo'ladi. Yo'qlikni hech narsa bilan qiyoslab bo'lmaydi. Fanda yo'qlik nima, degan savolga javob yo'q.
Markaziy Osiyo tupro g’ ida vujudga kelgan zardo'shtiylik ta'limotida borliq quyosh va olovning hosilasidir, alangalanib turgan olov borliqning asosiy mohiyatini tashkil etadi, deb hisoblangan. Qadimgi yunon faylasufi Suqrot borliqni bilim bilan qiyoslaydi va uningcha, biror narsa, biz uni bilsakkina bor bo'ladi, insonning bilimi qancha keng bo'lsa, u shuncha keng borliqni qamrab oladi, deb hisoblaydi. Qadimgi dunyoning atomist olimi Demokrit borliq atomlar majmuasidan iborat deb tushuntirgan. Uning fikricha, borliqning mohiyati uning mavjudligidadir. Mavjud bo'lmagan narsa yo'qlikdir. Islom ta'limotida esa borliq bu ilohiy voqelikdir. Ya'ni u Olloh yaratgan mavjudlikdir. Bu borada vahdati vujud va vahdati mavjud ta'limotlari bo'lgan. Borliq haqidagi konsepsiyalar