logo

Бош, гавда ва қўл-оёқлар скелети

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3204.095703125 KB
Бош , гавда ва қ ўл-оёқ лар 
ск елети      1. Бош скелети
   1.1. Мия суяклари
   1.2. Юз суяклари
2. Гавда скелети
    2.1. Умуртқа поғонаси суяклари
    2.2. Кўкрак қафаси суяклари
3. Қўл суяклари
4. Оёқ суяклари РЕЖ А     Bosh s keleti ( cranium )  23 ta suyaklarning birikishidan tashkil 
topgan  bo‘lib,  ikki  qismga  bo‘linadi:  miya  qutisi  suyaklari  va 
yuz  suyaklari.  Bosh  skeleti  bosh  miya    va  og‘iz  bo‘shlig‘idagi 
a’zolarni himoya qilib turadi. 
Miya  qutisi  ( cranium  cerebrale )   suyaklariga:   bir  juftdan 
tepa  va  chakka  suyaklari    hamda  bittadan  -  peshona,  ensa, 
asosiy, g‘alvirsimon suyaklar kiradi. Ularning umumiy soni 8 ta
Yuz  qismi  ( cranium  viscerlis )  suyaklariga:  bir  juftdan 
yuqorigi  jag‘,  yonoq,  burun,  ko‘z  yosh,  burunning  pastki 
chig‘anog‘i, tanglay suyaklari va bittadan dimog‘, til osti, pastki 
jag‘ suyaklari kiradi. Ularning umumiy soni 15 ta.
Pastki jag‘ va chakka suyaklari bir - biri bilan bo‘gim hosil qilib 
birikadi.  Bu  bo‘g‘im  tufayli  pastki  jag‘  xilma  -  xil  harakatlarni 
bajaradi  va  natijada  odam  ovqatni  chaynash,  so‘zlash, 
kuylash imkoniga ega bo‘ladi. Бош  ск елети     Энса суяги  ( os. occipitale )     www.arxiv.uzТепа суяги ( os. parietale )
Пешона суяги ( os. frontale )               Ғалвирсимон суяк  ( os ethmoidale )
1- горизонтал қисм; 2-кўндаланг қисм; 3-тожга ўхшаш 
ўсимта; 4-ўсимта қанотлари; 5- ғовакли катакчалар; 6-ғовак 
лабиринт     Bosh suy agining y uz qismi.   
Yuqori  jag‘   ( maxilla )  bir  muncha  murakkab  tuzilgan.  U  ko‘z 
kosasi,  burun  va  og‘iz  bo‘shliqlarini  hosil  qilishda  ishtirok 
etadi  va  chaynov  apparatlari  ishida  faol  qatnashadi.  Yuqori 
jag‘ning  tanasi  va  to‘rtta  o‘sig‘i  bor:  Tanasining  ichida  havo 
saqlanadigan  turli  xi  shakldagi  kavak  bo‘lib,  burun 
bo‘shlig‘iga teshik orqali ochilib turadi.
Tanglay   suy agi   ( os.  palat inum )  bir  juft  bo‘lib,  ko‘z  kosasi, 
burun bo‘shlig‘i, og‘iz bo‘shlig‘i va qanot-tanglay chuqurining 
hosil  bo‘lishida  ishtirok  etadi.  Suyakning  gorizontal 
plastinkasi  orqa  tomondan  yuqori  jag‘  suyagining  tanglay 
o‘sig‘iga  birlashib,  qattiq  tanglayni  hosil  qiladi.  Gorizontal 
plastinka  qarama  qarshi  tomondagi  ana  shu  plastinka  bilan 
birlashadi,  burun  qirrasining  davomini  vujudga  keltiradi. 
Suyakning  vertikal  plastinkasi  yuqori  jag‘  suyagining  burun 
yuzasiga  tegib  turadi  va  burun  bo‘shlig‘ining  yon  devorini 
hosil  qilishda  qatnashadi.  Tanglay  suyagining  uchta: 
piramidasimon, ko‘z va ponasimon o‘siqlari bor.     Burunning  past k i  chg‘anog‘i   ( concha  nasalis  int erior )  bir  juft 
suyak  hamda  yupqa  bukilgan  plastinkadan  iborat.  Uning  yuqori 
chegarasi  burun  bo‘shlig‘ining  yonbosh  devoriga  yopishib  turadi. 
Suyakning  medial  bo‘rtib  turgan  yuzasi  burun  bo‘shlig‘iga  kirib, 
burinning o‘rta yo‘lini pastki yo‘lidan ajratib turadi.
Burun  suy agi   ( os  nasali )  bir  juft  bo‘lib,  burun  qirrasini  hosil  qilib 
joylashadi.  Burun  suyaklarining  yuqori  qirralari  tepa  tomondan 
peshona suyagiga yopishib tursa, pastki qirralari burun tog‘ayi bilan 
tutashadi.
Ko‘z  y osh  suy agi   ( os  lacrimale )   bir  juft  bo‘lib,  kalla  suyaklarining 
orasida  eng  mo‘rti  va  yupqasidir.  Bu  suyak  yuqori  jag‘  suyagi 
peshona o‘sig‘ining orqa tomonida joylashib, ko‘z kosasining medial 
devorini hosil qilishda qatnashadi.
Dimog‘  suy agi   ( v omer )  noto‘g‘ri  to‘rtburchak  shaklidagi  yupqa 
plastinkadan  iborat  toq  suyak  bo‘lib,  burun  to‘sig‘ini  hosil  qilishda 
qatnashadi .
Yonoq suy agi    ( os. zy gomat icum )  yuz suyaklari orasida eng qattig‘i 
bo‘lib,  kallaning  yuz qismini  miya  bo‘lagiga  nisbatan mustahkamlab 
turadi.  Yonoq  suyagi  chaynov  muskuli  boshlanadigan  keng  sathni 
hosil  qiladi.  Bu  suyak  lunj  va  ko‘zga  qaragan  ikkita  plastinkadan 
iborat bo‘lib, o‘zaro ko‘z osti chakkasi orqali qo‘shiladi.     Past k i jag‘ suy agi   ( mandibula )  kalla suyaklari ichida faol 
harakatchanligi,  ya’ni  chakka  suyaklari  bir  juft  bo‘g‘im 
hosil  qilib  qo‘shilishi  bilan  farq  qiladi.  Pastki  jag‘ 
suyagining  tishlar  o‘rnashgan  gorizontal  qismi,  tanasi  va 
ikkita  vertikal  joylashgan  shoxi  bor,  u  ana  shu  shoxlar 
vositasida  bo‘g‘im  hosil  qiladi  va  chaynov  muskullari 
yordamida  harakatlanadi.  Chaynov  muskullarining   
vazifalariga va yoshga qarab, pastki jag‘ burchagi o‘zgarib 
turadi.  Yoshi  ulg‘aygan  qari  odamlarda  esa  tishlari  tushib 
ketishi  munosabati  bilan  chaynov  muskullari  bir  muncha 
bo‘shashadi.  Natijada  pastki  jag‘  burchagi  asta  –  sekin 
yassilashib, chaqaloqning pastki jag‘iga o‘xshab qoladi.
Til  ost i  suy agi   ( os  hy oideum )   pastki  jag‘  bilan  hiqildoq 
o‘rtasida  (til  ostida)  joylashgan.  U  taqa  kabi  bukilgan 
bo‘lib  o‘rta  qismi,  tanasi  va  katta-kichik  ikki  juft  shoxi 
tafovut  qilinadi.  Bular  tanasi  bilan  tog‘ay  orqali  birikadi. 
Faqat 50 yoshdan keyingina suyaklanib birlashadi.     Past k i jag‘ suy agi   ( mandibula )     Odamning  gavda  skeleti  ikki  qismdan  iborat:  umurtqa  pog‘onasi  va 
ko‘krak qafasi.
Umurt qa  pog‘onasi   33  -  34  ta  umurtqalarning  birikishidan  hosil 
bo‘lib,  uzunligi  odamning  bo‘yiga  qarab  70  -  90  sm  gacha  yetadi. 
Umurtqa  pog‘onasi  odam  skeletining  markaziy  qismi  hisoblanib, 
unga  barcha  suyaklar  birikib  turadi  va  u  tananing  asosiy  tayanchi 
bo‘lib  xizmat  qiladi.  Umurtqa  pog‘onasi  5  qismdan  iborat:  bo‘yin  -  7, 
ko‘krak - 12, bel - 5, dumg‘aza - 5 va dum - 4 -5 ta umurtqadan tashkil 
topgan.
Umurt qa   halqasimon  suyakdan  iborat  bo‘lib,  oldingi  -  tana  qismi 
yo‘g‘onlashgan,  orqa  qismi  ingicha  yoysimon  bo‘ladi.  Umurtqaning 
tanasi  bilan  yoyi  qo‘shilib,  umurtqa  teshigini  hosil  qiladi. 
Umurtqalarning  orasida  tog‘aydan  iborat  umurtqa  oraliq  disklar 
bo‘ladi.  Umurtqalarning  bir  -  biri  bilan  tutashishi  natijasida  umurtqa 
pog‘onasi kanali hosil bo‘ladi. Bu kanal ichida orqa miya joylashadi.
Ko‘k rak   qafasi  suy ak lari.     Ko‘krak  qafasi  suyaklariga  12  ta  ko‘krak 
umurtqasi,  12  juft  qovurg‘alar  va  to‘sh  suyagi  kiradi.  Bularning  bir  - 
biri  bilan  birikishi  natijasida  ko‘krak  qafasi  hosil  bo‘lib,  unda  odam 
hayoti uchun muhim bo‘lgan ichki a’zolar joylashadi. Гавда ск елети     Умуртқа поғонаси ( с ollumna v ert ebrali )     Биринчи бўйин 
умуртқаси ( at las )
ккинчи бўйин 
умуртқаси ( axis )     Бел умуртқаси
( v ert ebrae lumbales )   Кўкрак умуртқаси 
( v ert ebrae 
t horacicae )               Кўкрак қафаси  ( compages t horacis )     www.arxiv.uzQo’1 suy ak lari  1- O‘mrov suyagi; 2- kurak suyagi; 3-yelka suyagi; 4-tirsak 
suyagi; 5-bilakuzuk (kaft usti) suyaklari; 
6-kaft suyagi; 7-barmoq suyaklari; 8- bilak suyagi.
Oy oq suy ak lari  1-Chanoq suyagi; 2- son suyagi; 3-chanoq-son bo‘g‘imi; 4-
tizza qopqoq suyagi; 5-katta boldir suyagi; 6-kichik boldir suyagi; 7-tovon 
suyagi; 8- oyoq kafti; 9- panja suyagi     Қўл панжаси суяклари  ( ossa manus )               Асосий адабиётлар: 
1. Баходиров Ф.Н. Odam anat omiy asi: 
Tibbiy ot  oily  o’quv  y urt lari t alabalari 
uchun darslik . 
Toshk ent ., O’zbek ist on milliy  
ensik lopediy asi” , 2005, 424 bet .
2. Баходиров Ф.Н. “ Одам  анатом и яси” . 
Тош к ент., 2006, “ Plat inum Publishers”  
MCHJ ,. 179-
185 бетлар
3. Х удайберды ев Р. И. , Зах и дов Х . З. , 
Ах м едов Н. К . , Аляви  Р. А. “ Одам  
анатом и яси”
Тош к ент, 1993 й . 316-329 бетлар      E't iboringiz uchun 
rahmat

Бош , гавда ва қ ўл-оёқ лар ск елети

1. Бош скелети 1.1. Мия суяклари 1.2. Юз суяклари 2. Гавда скелети 2.1. Умуртқа поғонаси суяклари 2.2. Кўкрак қафаси суяклари 3. Қўл суяклари 4. Оёқ суяклари РЕЖ А

Bosh s keleti ( cranium ) 23 ta suyaklarning birikishidan tashkil topgan bo‘lib, ikki qismga bo‘linadi: miya qutisi suyaklari va yuz suyaklari. Bosh skeleti bosh miya va og‘iz bo‘shlig‘idagi a’zolarni himoya qilib turadi. Miya qutisi ( cranium cerebrale ) suyaklariga: bir juftdan tepa va chakka suyaklari hamda bittadan - peshona, ensa, asosiy, g‘alvirsimon suyaklar kiradi. Ularning umumiy soni 8 ta Yuz qismi ( cranium viscerlis ) suyaklariga: bir juftdan yuqorigi jag‘, yonoq, burun, ko‘z yosh, burunning pastki chig‘anog‘i, tanglay suyaklari va bittadan dimog‘, til osti, pastki jag‘ suyaklari kiradi. Ularning umumiy soni 15 ta. Pastki jag‘ va chakka suyaklari bir - biri bilan bo‘gim hosil qilib birikadi. Bu bo‘g‘im tufayli pastki jag‘ xilma - xil harakatlarni bajaradi va natijada odam ovqatni chaynash, so‘zlash, kuylash imkoniga ega bo‘ladi. Бош ск елети

Энса суяги ( os. occipitale )

www.arxiv.uzТепа суяги ( os. parietale ) Пешона суяги ( os. frontale )