BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIGA UMUMDIDAKTIK TAVSIFNOMA
MAVZU: BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIGA UMUMDIDAKTIK TAVSIFNOMA
Reja 1. Boshlang’ich sinflarda ona tilini o‘rgatishning mazmuni va vazifalari 2. Boshlang’ich sinf o‘quvchilariga ona tilini o‘rgatishning umumdidaktik asoslari 3. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish metodikasi.
Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fanining predmeti o'quvchilarga o'zbek tilini o'rgatish yo'llari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o'qish va yozishni, grammatika va imloni o'zlashtirib olish to'g'risidagi ilmdir.
Metodik fan sifatida ona tili o’qitish metodikasi boshlang’ish ta’lim standarti belgilab bergan vazifalarni amalga oshiradi, ya’ni tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o’z fikrini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo’la olish ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga oid metod va usullarni ishlab chiqadi.
Ona tili ta’limi oldida quyidagi bosh maqsad turadi:ona tili mashg`ulotlari bolalarda ijodiylik,mustaqil fikrlash,ijodiy fikr mahsulini nutq vaziyatiga mos ravishda og`zaki va yozma shakllarda to`g`ri,ravon ifodalash ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishiga qaratilishi lozim. Boshlang`ich sinfona tili darslarida o`quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo`naltirish lozim.Shuning uchun darsliklardagi Grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechish,ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish,dars va mashg`ulotlarni o`quvchilarning nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish maqsadga muvofiq bo`ladi.