logo

Buxoro amirligida sovet hokimiyatining mustahkamlanish jarayonlari

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1402.2763671875 KB
Buxoro amirligida  sovet 
hokimiyatining 
mustahkamlanish 
jarayonlari  Reja:
1. Buxoro amirligidagi ahvol va Yosh buxoroliklar 
faoliyati. 
2. Kolesovning Buxoroga bosqini va uning oqibatlari. 
3. Qizil armiyaning Buxoroga hujumi
4. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tuzilishi.  Buxoro amirligidagi ahvol va Yosh buxoroliklar faoliyati.
Rossiyada podsho hokimiyatining 
ag‘darilishi Buxoro amirligida ham ba’zi 
o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Buxoro 
hukmdori  Amir Sayid Olimxon  (1881 – 
1944) e’tirof etishicha, Muvaqqat hukumat 
Buxoro davlatining mustaqilligini tan olgan. 
Amir hukumati Afg‘oniston va boshqa davlatlar bilan aloqalar 
o‘rnatgan. Rossiya-Buxoro munosabatlarida ham o‘zgarishlar yuz 
bergan. Rossiya-Buxoro munosabatlarida ham o‘zgarishlar yuz bergan. 
Buxoroda ish olib borgan Rossiya imperiyasining siyosiy agentligi 
Rossiya hukumatining rezidenti  deb ataladigan bo‘ldi. Buxoro amiri
Sayid Olimxon Sovetlari paydo bo‘lib, siyosiy beqarorlik va tartibsizliklar 
kelib chiqqan. Bu holat Buxoro amirligidagi siyosiy ahvolga ham 
o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Yosh buxoroliklar  partiyasi dastlab 
mavjud amirlik tuzumi doirasida 
demokratik islohotlar o‘tkazish, 
konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatish 
orqali amirning mutlaq hokimiyatini 
cheklab qo‘yish tarafdori bo‘lishgan.  Petrogradda 1917-yili 
bo‘lgan Fevral inqilobi Yosh 
buxoroliklar ichida kuchlar 
nisbatining qayta 
guruhlanishini tezlashtirdi.
Asta-sekin isloh qilish tarafdorlari bo‘lgan eski jadidlarga  Abdulvohid 
Burhonov-Munzim  (1875 – 1934) va  Sadriddin Ayniy  (1878 – 1954) 
hamda islohot sohasida faol harakatlarni qo‘llovchi yosh jadidlarga 
Abdurauf Fitrat  (1886 – 1938) va  Fayzulla Xo‘jayev  (1896 – 1938) 
yetakchilik qildi.Fayzulla Xo‘jayev Buxoro amiri Sayid Olimxon 1917-yil 7-aprelda Buxoroda turli islohotlar o‘tkazish 
to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Biroq, farmonni quvvatlash maqsadida Yosh buxoroliklar 
tomonidan poytaxt Buxoro shahrida 8-aprelda bo‘lgan namoyish amir tomonidan bostirildi.
 14-aprelda farmon bekor qilindi. Yosh buxoroliklar amirlikda ta’qib ostiga olindi.
Biroq, farmonni quvvatlash 
maqsadida Yosh buxoroliklar 
tomonidan poytaxt Buxoro shahrida 
8-aprelda bo‘lgan namoyish amir 
tomonidan bostirildi. 14-aprelda 
farmon bekor qilindi. Yosh 
buxoroliklar amirlikda ta’qib ostiga 
olindi. Kolesovning Buxoroga bosqini va uning oqibatlari.
1917-yil  noyabrda  Turkiston  o‘lkasida  bolsheviklarning  hokimiyat 
tepasiga  kelishi  natijasida  sovet  Rossiyasi  bilan  Buxoro  amirligi 
o‘rtasidagi  siyosiy  vaziyat  keskinlashdi.  1917-yil  2-dekabrda  Yangi 
Buxoro  (hozirgi  Kogon)da  bo‘lib  o‘tgan  amirlik  hududidagi  rus 
manzilgohlari  ishchi  va  soldat  deputatlari  Sovetlarining  II  syezdida 
Buxoroda  amirlik  tuzumini  ag‘darib  tashlab,  hokimiyatni  Fayzulla 
Xo‘jayev boshchiligidagi Yosh buxoroliklarga berishga qaror qilindi. Turkiston o‘lkasi XKS raisi  Fyodor Kolesov  boshchiligidagi 3500 kishidan 
iborat harbiy kuchlar 1918-yil 1-martda Yangi Buxoroga yetib keldi.
Fayzulla Xo‘jayev raisligida yosh 
buxoroliklarning 7 kishidan iborat 
inqilobiy qo‘mitasi (revkom) tuzildi. 2-
mart kuni Eski Buxoro shahriga hujum 
boshlandi. Buxoro shahri yaqinidagi 
Fathobodda bo‘lgan dastlabki 
to‘qnashuvda amir Olimxon qo‘shinlari 
yengilsa ham keyinchalik buxoroliklar 
Kolesov otryadini qurshab olishdi. 
Karmanadan Qorako‘lgacha bo‘lgan 170 km masofadagi temiryo‘l 
izlari amir sarbozlari tomonidan buzib tashlandi.  Bir necha kun davom etgan muzokaralardan keyin 1918-yil 25-martda 
sovet Turkistoni bilan Buxoro amirligi o‘rtasida  Qiziltepa bitimi  
imzolandi. Amir nomidan bitimni bosh zakotchi  Mirza Salimbek  
imzoladi.
Kolesovning tajovuzkorona hujumi 
sharmandalarcha barbod bo‘lsa 
ham, o‘z mustaqilligini himoya qilgan 
Buxoro amirligi bosqinchi qizil 
askarlarning o‘z hududidagi harbiy 
harakatlari uchun javobgar deb 
hisoblandi hamda katta miqdorda 
tovon to‘lashi belgilandi. Shuningdek, Kolesov otryadi Buxoro, Karmana va Xatirchida 
talon-toroj qilingan katta boylik bilan Toshkentga qaytdi. Bu 
hodisalar amir hay’atiga boshchilik qilgan taniqli davlat arbobi 
va mashhur tarixchi Mirza Salimbekning “Tarixi Salimiy” 
asarida o‘z aksini topgan. Qizil armiyaning Buxoroga 
hujumi hamda amir 
hokimiyatining ag‘darilishi. 
1920-yil 12-avgustda Turkiston fronti qo‘mondoni  M.V.Frunze  
amirlikni tugatish maqsadida  Samarqand-Buxoro guruhi  (fronti)ni 
tuzish haqida buyruq bergan. Shu tariqa Buxoro amirligi chegaralariga 
7000 piyoda,  2500 otliq askar hamda zamonaviy harbiy texnika shay 
holatga keltirib qo‘yilgan. Sovet hukumati xalqaro huquq normalarini qo‘pol ravishda buzib, 
1920-yil 29-avgustda Buxoro amirligini tugatishga kirishdi. Shu 
sanadan boshlab Eski Buxoro ham havodan, ham yerdan qattiq 
bombardimon qilingan.
Buxoroning Qarshi darvozasigacha 
kelgan temiryo‘lda turgan 
bronepoyezd (zirhlipoyezd) va 
Samarqand, Shayx Jalol, Namozgoh 
darvozalari yaqinida joylashtirilgan 
to‘plardan 1-2-sentyabr kunlari 
shaharga 12 000 snaryad 
tashlangan. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tuzilishi.
Shaharni bosib olgan qizil askarlar 
Arkdagi amir xazinasini, Buxoro 
qozikaloni, qo‘shbegi va boshqa 
amaldorlarning boyliklarini 
musodara qilganlar. Bolsheviklar, 
qizil armiya qo‘mondonlari, oddiy 
askarlar katta boylik orttirganlar.
Hatto katta boylikni o‘margan “qizil qo‘mondon” M.Frunze 1920-yil 
sentyabrda Moskvaga qaytgach, qo‘lga olingan va bir necha oy uy 
qamog‘ida saqlangan. Sentyabr oyi boshlarida amirlik xazinasi va boshqa 
boyliklar ortilgan 2 ta eshelon Samarqand va Toshkent orqali Moskvaga 
yo‘l olgan.  BXSRdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar. 
1921-yil 18 – 23 sentyabrda bo‘lgan 
Butunbuxoro xalq vakillarining II 
qurultoyida demokratik ruhdagi BXSR 
Konstitutsiyasi qabul qilindi. Markaziy 
Revkom o‘rniga qonun chiqaruvchi va 
nazorat qiluvchi oliy organ – Butunbuxoro 
Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tashkil qilindi. 
Taniqli davlat arbobi  Usmon Xo‘ja  unga rais 
bo‘ldi. U keyinchalik, xorijga chiqib ketgach, 
1922–1924-yillarda bu lavozimni  Porso 
Xo‘jayev  egalladi. Porso Xo‘jayev  Buxorodagi demokratik o‘zgarishlarga mamlakat 
tashqarisidan tazyiq tobora kuchayib bordi. 1923-
yil yozi va kuzida tashqi kuchlar tazyiqi bilan 
Fayzulla Xo‘jayevning yaqin safdoshlari bo‘lgan 
Fitrat, Otaulla Xo‘jayev, Sattor Xo‘jayev, 
Muinjon Aminov, Qori Yo‘ldosh Po‘latov va 
boshqa nozirlar hukumat tarkibidan chiqarildi 
hamda Buxorodan surgun qilindi.
Buxoro hukumati Moskva va Toshkentning “kommunistcha sabog‘”ni 
olgan “tajribali sovet xodimlari” bilan to‘ldirildi. Hukumatda 
Turkiston ASSRdan yuborilgan komissarlarning ta’siri tobora 
kuchayib bordi. Usmon 
Xo‘ja E‘t iboringiz uchun 
raxmat !!!

Buxoro amirligida sovet hokimiyatining mustahkamlanish jarayonlari

Reja: 1. Buxoro amirligidagi ahvol va Yosh buxoroliklar faoliyati. 2. Kolesovning Buxoroga bosqini va uning oqibatlari. 3. Qizil armiyaning Buxoroga hujumi 4. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tuzilishi.

Buxoro amirligidagi ahvol va Yosh buxoroliklar faoliyati. Rossiyada podsho hokimiyatining ag‘darilishi Buxoro amirligida ham ba’zi o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Buxoro hukmdori Amir Sayid Olimxon (1881 – 1944) e’tirof etishicha, Muvaqqat hukumat Buxoro davlatining mustaqilligini tan olgan. Amir hukumati Afg‘oniston va boshqa davlatlar bilan aloqalar o‘rnatgan. Rossiya-Buxoro munosabatlarida ham o‘zgarishlar yuz bergan. Rossiya-Buxoro munosabatlarida ham o‘zgarishlar yuz bergan. Buxoroda ish olib borgan Rossiya imperiyasining siyosiy agentligi Rossiya hukumatining rezidenti deb ataladigan bo‘ldi. Buxoro amiri Sayid Olimxon

Sovetlari paydo bo‘lib, siyosiy beqarorlik va tartibsizliklar kelib chiqqan. Bu holat Buxoro amirligidagi siyosiy ahvolga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Yosh buxoroliklar partiyasi dastlab mavjud amirlik tuzumi doirasida demokratik islohotlar o‘tkazish, konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatish orqali amirning mutlaq hokimiyatini cheklab qo‘yish tarafdori bo‘lishgan.

Petrogradda 1917-yili bo‘lgan Fevral inqilobi Yosh buxoroliklar ichida kuchlar nisbatining qayta guruhlanishini tezlashtirdi. Asta-sekin isloh qilish tarafdorlari bo‘lgan eski jadidlarga Abdulvohid Burhonov-Munzim (1875 – 1934) va Sadriddin Ayniy (1878 – 1954) hamda islohot sohasida faol harakatlarni qo‘llovchi yosh jadidlarga Abdurauf Fitrat (1886 – 1938) va Fayzulla Xo‘jayev (1896 – 1938) yetakchilik qildi.Fayzulla Xo‘jayev