logo

Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi hamda o’zbek xalqining mustaqillik uchun kurashi(1917-1924)

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2579.228515625 KB
10-sinf O’zbekiston tarixi darsligi 
“ Turkistonda sovet hokimiyatining 
o‘rnatilishi hamda  o’zbek xalqining 
mustaqillik uchun kurashi(1917-
1924)” mavzularining tuzilishi va 
o’qitishning samarali usullari Reja:
1. Rossiyadagi Oktyabr to‘ntarishi hamda uning 
Turkiston o‘lkasiga ta’siri.
2. Toshkentda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi 
3. Turkiston Muxtoriyati hukumatining tashkil 
topishi va faoliyati.  
4. Buxoro amirligidagi ahvol va Yosh buxoroliklar 
faoliyati
5. Kolesovning Buxoroga bosqini va uning oqibatlari
6. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tuzilishi.
7. Savol va topshiriqlar Rossiyadagi Oktyabr to‘ntarishi hamda uning Turkiston 
o‘lkasiga ta’siri. 
1917-yil avgust oxiri – sentyabr 
boshlarida bolsheviklar Petrograd va 
Moskva Sovetlarida ko‘pchilikni 
egalladi hamda hokimiyatni bosib 
olish uchun qurolli to‘ntarishga 
tayyorgarlik ko‘rdi.
24-oktyabrdan 25-oktyabrga o‘tar kechasi qurollangan ishchilar, 
Petrograd garnizonining soldatlari va Boltiq flotining matroslari Qishki 
saroyga bostirib kirdi va majlis o‘tkazayotgan Muvaqqat hukumat 
a’zolarini qamoqqa oldi.  Petrogradda ochilgan Butunrossiya Sovetlarining II syezdida bolsheviklar 
dastlab so‘l eserlar bilan hamkorlikda Muvaqqat hukumat 
ag‘darilganligini qo‘llab-quvvatlab, Tinchlik va yer to‘g‘risida dekretlar 
e’lon qildilar.
Vladimir Ilich Ulyanov (Lenin) 
boshchiligidagi hukumat – Xalq 
Komissarlari Soveti (XKS)ni tuzdilar. 
Bolsheviklar Petrograd va 
Moskvada Muvaqqat hukumatga 
sodiq kuchlarning qarshiligini 
shafqatsiz bostirib, Rossiyaning 
muhim markaziy sanoat 
shaharlarida tezlik bilan o‘z 
hokimiyatlarini o‘rnatishdi. 1917-yil kuzida Turkistonda hokimiyatning bolsheviklar ta’siridagi 
Sovetlar qo‘liga o‘tishi uchun obyektiv shart-sharoit yo‘q edi, 
bolsheviklarning omma o‘rtasida ta’siri ham oz bo‘lgan.
Bu yerda asosiy siyosiy kuchlar 
eserlar va milliy partiyalar edi. Biroq 
mana shunday murakkab siyosiy 
sharoitda Turkistondagi milliy 
siyosiy kuchlar va ularning 
yetakchilari bolsheviklarning kuchini 
yetarlicha baholamadi hamda unga 
qarshi kurashga birlasha olmadi. Toshkentda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi hamda Turkiston 
o‘lka Xalq Komissarlari Sovetining tashkil qilinishi
Oktyabr to‘ntarishi haqidagi xabar 27-oktyabrda Toshkentga yetib 
kelgach, bolsheviklar va so‘l eserlar hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li bilan 
egallash uchun kurash boshladilar.
Bolsheviklar rahbarlik qilgan 
Toshkent Soveti ishchi va 
soldatlarni qo‘zg‘olon ko‘tarishga 
da’vat qildi. Lekin Muvaqqat 
hukumat tomonidan Turkiston 
o‘lkasining bosh komissari qilib 
tayinlangan general 
P.Korovichenkoga sodiq qolgan 
qismlar bunga qarshilik 
ko‘rsatdilar.  28 oktyabrdan boshlab Toshkentning yangi shaharida qurolli 
to‘qnashuvlar avj oldi. To‘rt kunlik janglardan so‘ng Toshkentning 
yangi shahar qismida zo‘ravonlik bilan sovet hokimiyati o‘rnatildi. 
Biroq qurolli to‘qnashuvda 
mahalliy aholi deyarli ishtirok 
etmadi. 1917-yil noyabrda 
Samarqand, Skobelev va boshqa 
shaharlarda ham sovet 
hokimiyati o‘rnatildi. Toshkentda 1917-yil 15 – 22-
noyabrda bo‘lgan Turkiston ishchi va 
soldat deputatlari Sovetlarining III 
o‘lka syezdida so‘l eserlar, 
bolsheviklar va maksimalistlardan 
iborat sovet hukumati – Turkiston 
o‘lka Xalq Komissarlari Soveti tuzildi. 
Hukumatda 8 o‘rin so‘l eserlarga, 7 o‘rin bolsheviklar bilan 
maksimalistlarga berildi hamda u faqat yevropaliklardan iborat qilib 
tuzildi. Turkiston o‘lkasi XKS raisi lavozimini kasbi chizmachi bo‘lgan 
bolshevik Fyodor Kolesov egalladi, harbiy komissar qilib izvoshchi 
Ye.Perfilev, boshqa komissarlik lavozimlariga ham o‘rtamiyona ma’lumot 
olgan kishilar tayinlandi.  Turkistonda ham bolsheviklar tomonidan zo‘ravonlik bilan 
sovet hokimiyati o‘rnatildi. Bolsheviklar hukumati yevropalik 
ishchilar, qizil gvardiyachilar va boshqa harbiy qismlarga 
tayanib, mintaqada o‘z diktaturasini o‘rnatdi. 10Turkiston Muxtoriyati hukumatining tashkil 
topishi va faoliyati.  
1917yil 26 – 28-noyabrda  Qo‘qon shahrida 
Butunturkiston o‘lka musulmonlarining 
favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
10.08.2023
http://aida.ucoz.ruBu masala muhokamasida so‘zga chiqqanlarning ko‘pchiligi 
Turkistonning muxtor respublika deb e’lon qilinishi o‘lka aholisining 
ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqqani va unga mos tushishini uqtirdi. 
Muxtoriyat va mustaqillik e’lon qilish fikrini hamma qo‘llab-
quvvatladi.Turkistonni boshqarish shakli 
to‘g‘risidagi masala qurultoyning 
diqqat markazida turdi.  11Qurultoy Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik huquqlarining 
muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda e’lon qildi. Qurultoyda 27-noyabr kuni kechqurun qabul 
qilingan qarorda shunday deyiladi:  “Turkistonda 
yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya 
inqilobi da’vat etgan xalqlarning o‘z huquqlarini 
o‘zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, 
Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi 
tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi, 
shu bilan birga muxtoriyatning qaror topish 
shakllarini Ta’sis Majlisiga havola etadi”.
10.08.2023
http://aida.ucoz.ru 1228-noyabrda tarkib topayotgan mazkur hukumatning nomi 
aniqlanib, Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan bo‘ldi.
Qurultoy o‘sha kungi 
yig‘ilishda Butunrossiya 
Ta’sis Majlisi chaqirilgunga 
qadar hokimiyat Turkiston 
Muvaqqat Kengashi va 
Turkiston Xalq (Millat) 
Majlisi qo‘lida bo‘lishi 
kerak, deb qaror qabul qildi.
10.08.2023
http://aida.ucoz.ru 13Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi a’zolaridan  8 nafar 
kishidan iborat tarkibda Turkiston Muxtoriyati hukumati tuzildi. 
Hukumatning Bosh vaziri hamda ichki ishlar vaziri etib 
Muhammadjon Tinishboyev saylandi.
Islom Sulton Shoahmedov – Bosh vazir 
o‘rinbosari, Mustafo Cho‘qay – tashqi 
ishlar vaziri, Ubaydulla Xo‘jayev – harbiy 
vazir, Hidoyatbek Yurg‘uli Agayev – yer va 
suv boyliklari vaziri, Obidjon Mahmudov – 
oziq-ovqat vaziri, Abdurahmon O‘rozayev 
– ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, 
Solomon Gers- feld – moliya vaziri 
lavozimlarini egallashdi.
10.08.2023
http://aida.ucoz.ru Mustafo Cho‘qay  14Bilimsiz va o‘z kasbiga layoqatsiz sovet hokimiyatining bolshevik 
komissarlaridan farqli ravishda muxtoriyat hukumati vazirlarining 
aksariyati  oliy ma’lumotli huquqshunos  ekanligi ularning bilim 
darajasining naqadar yuqori ekanidan dalolat beradi.
Qurultoy tugagach, 1-dekabrda 
Turkiston Muxtoriyatining 
Muvaqqat hukumati a’zolari (8 
kishi) imzolagan maxsus 
Murojaatnoma  e’lon qilindi.
10.08.2023
http://aida.ucoz.ruMurojaatnomada Turkistondagi barcha aholi: irqi, millati, dini, jinsi, 
yoshi va siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar, yakdillik va hamjihatlikka 
da’vat etilgan edi. Buxoro amirligidagi ahvol va Yosh buxoroliklar faoliyati.
Rossiyada podsho hokimiyatining 
ag‘darilishi Buxoro amirligida ham ba’zi 
o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Buxoro 
hukmdori  Amir Sayid Olimxon  (1881 – 
1944) e’tirof etishicha, Muvaqqat hukumat 
Buxoro davlatining mustaqilligini tan olgan. 
Amir hukumati Afg‘oniston va boshqa davlatlar bilan aloqalar 
o‘rnatgan. Rossiya-Buxoro munosabatlarida ham o‘zgarishlar yuz 
bergan. Rossiya-Buxoro munosabatlarida ham o‘zgarishlar yuz bergan. 
Buxoroda ish olib borgan Rossiya imperiyasining siyosiy agentligi 
Rossiya hukumatining rezidenti  deb ataladigan bo‘ldi. Buxoro amiri
Sayid Olimxon Sovetlari paydo bo‘lib, siyosiy beqarorlik va tartibsizliklar 
kelib chiqqan. Bu holat Buxoro amirligidagi siyosiy ahvolga ham 
o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Yosh buxoroliklar  partiyasi dastlab 
mavjud amirlik tuzumi doirasida 
demokratik islohotlar o‘tkazish, 
konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatish 
orqali amirning mutlaq hokimiyatini 
cheklab qo‘yish tarafdori bo‘lishgan.  Petrogradda 1917-yili 
bo‘lgan Fevral inqilobi Yosh 
buxoroliklar ichida kuchlar 
nisbatining qayta 
guruhlanishini tezlashtirdi.
Asta-sekin isloh qilish tarafdorlari bo‘lgan eski jadidlarga  Abdulvohid 
Burhonov-Munzim  (1875 – 1934) va  Sadriddin Ayniy  (1878 – 1954) 
hamda islohot sohasida faol harakatlarni qo‘llovchi yosh jadidlarga 
Abdurauf Fitrat  (1886 – 1938) va  Fayzulla Xo‘jayev  (1896 – 1938) 
yetakchilik qildi.Fayzulla Xo‘jayev Buxoro amiri Sayid Olimxon 1917-yil 7-aprelda Buxoroda turli islohotlar o‘tkazish 
to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Biroq, farmonni quvvatlash maqsadida Yosh buxoroliklar 
tomonidan poytaxt Buxoro shahrida 8-aprelda bo‘lgan namoyish amir tomonidan bostirildi.
 14-aprelda farmon bekor qilindi. Yosh buxoroliklar amirlikda ta’qib ostiga olindi.
Biroq, farmonni quvvatlash 
maqsadida Yosh buxoroliklar 
tomonidan poytaxt Buxoro shahrida 
8-aprelda bo‘lgan namoyish amir 
tomonidan bostirildi. 14-aprelda 
farmon bekor qilindi. Yosh 
buxoroliklar amirlikda ta’qib ostiga 
olindi. Kolesovning Buxoroga bosqini va uning oqibatlari.
1917-yil  noyabrda  Turkiston  o‘lkasida  bolsheviklarning  hokimiyat 
tepasiga  kelishi  natijasida  sovet  Rossiyasi  bilan  Buxoro  amirligi 
o‘rtasidagi  siyosiy  vaziyat  keskinlashdi.  1917-yil  2-dekabrda  Yangi 
Buxoro  (hozirgi  Kogon)da  bo‘lib  o‘tgan  amirlik  hududidagi  rus 
manzilgohlari  ishchi  va  soldat  deputatlari  Sovetlarining  II  syezdida 
Buxoroda  amirlik  tuzumini  ag‘darib  tashlab,  hokimiyatni  Fayzulla 
Xo‘jayev boshchiligidagi Yosh buxoroliklarga berishga qaror qilindi. Turkiston o‘lkasi XKS raisi  Fyodor Kolesov  boshchiligidagi 3500 kishidan 
iborat harbiy kuchlar 1918-yil 1-martda Yangi Buxoroga yetib keldi.
Fayzulla Xo‘jayev raisligida yosh 
buxoroliklarning 7 kishidan iborat 
inqilobiy qo‘mitasi (revkom) tuzildi. 2-
mart kuni Eski Buxoro shahriga hujum 
boshlandi. Buxoro shahri yaqinidagi 
Fathobodda bo‘lgan dastlabki 
to‘qnashuvda amir Olimxon qo‘shinlari 
yengilsa ham keyinchalik buxoroliklar 
Kolesov otryadini qurshab olishdi. 
Karmanadan Qorako‘lgacha bo‘lgan 170 km masofadagi temiryo‘l 
izlari amir sarbozlari tomonidan buzib tashlandi.  Bir necha kun davom etgan muzokaralardan keyin 1918-yil 25-martda 
sovet Turkistoni bilan Buxoro amirligi o‘rtasida  Qiziltepa bitimi  
imzolandi. Amir nomidan bitimni bosh zakotchi  Mirza Salimbek  
imzoladi.
Kolesovning tajovuzkorona hujumi 
sharmandalarcha barbod bo‘lsa 
ham, o‘z mustaqilligini himoya qilgan 
Buxoro amirligi bosqinchi qizil 
askarlarning o‘z hududidagi harbiy 
harakatlari uchun javobgar deb 
hisoblandi hamda katta miqdorda 
tovon to‘lashi belgilandi. Shuningdek, Kolesov otryadi Buxoro, Karmana va Xatirchida 
talon-toroj qilingan katta boylik bilan Toshkentga qaytdi. Bu 
hodisalar amir hay’atiga boshchilik qilgan taniqli davlat arbobi 
va mashhur tarixchi Mirza Salimbekning “Tarixi Salimiy” 
asarida o‘z aksini topgan. Qizil armiyaning Buxoroga 
hujumi hamda amir 
hokimiyatining ag‘darilishi. 
1920-yil 12-avgustda Turkiston fronti qo‘mondoni  M.V.Frunze  
amirlikni tugatish maqsadida  Samarqand-Buxoro guruhi  (fronti)ni 
tuzish haqida buyruq bergan. Shu tariqa Buxoro amirligi chegaralariga 
7000 piyoda,  2500 otliq askar hamda zamonaviy harbiy texnika shay 
holatga keltirib qo‘yilgan. Sovet hukumati xalqaro huquq normalarini qo‘pol ravishda buzib, 
1920-yil 29-avgustda Buxoro amirligini tugatishga kirishdi. Shu 
sanadan boshlab Eski Buxoro ham havodan, ham yerdan qattiq 
bombardimon qilingan.
Buxoroning Qarshi darvozasigacha 
kelgan temiryo‘lda turgan 
bronepoyezd (zirhlipoyezd) va 
Samarqand, Shayx Jalol, Namozgoh 
darvozalari yaqinida joylashtirilgan 
to‘plardan 1-2-sentyabr kunlari 
shaharga 12 000 snaryad 
tashlangan. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tuzilishi.
Shaharni bosib olgan qizil askarlar 
Arkdagi amir xazinasini, Buxoro 
qozikaloni, qo‘shbegi va boshqa 
amaldorlarning boyliklarini 
musodara qilganlar. Bolsheviklar, 
qizil armiya qo‘mondonlari, oddiy 
askarlar katta boylik orttirganlar.
Hatto katta boylikni o‘margan “qizil qo‘mondon” M.Frunze 1920-yil 
sentyabrda Moskvaga qaytgach, qo‘lga olingan va bir necha oy uy 
qamog‘ida saqlangan. Sentyabr oyi boshlarida amirlik xazinasi va boshqa 
boyliklar ortilgan 2 ta eshelon Samarqand va Toshkent orqali Moskvaga 
yo‘l olgan.  BXSRdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar. 
1921-yil 18 – 23 sentyabrda bo‘lgan 
Butunbuxoro xalq vakillarining II 
qurultoyida demokratik ruhdagi BXSR 
Konstitutsiyasi qabul qilindi. Markaziy 
Revkom o‘rniga qonun chiqaruvchi va 
nazorat qiluvchi oliy organ – Butunbuxoro 
Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tashkil qilindi. 
Taniqli davlat arbobi  Usmon Xo‘ja  unga rais 
bo‘ldi. U keyinchalik, xorijga chiqib ketgach, 
1922–1924-yillarda bu lavozimni  Porso 
Xo‘jayev  egalladi. Porso Xo‘jayev  Buxorodagi demokratik o‘zgarishlarga mamlakat 
tashqarisidan tazyiq tobora kuchayib bordi. 1923-
yil yozi va kuzida tashqi kuchlar tazyiqi bilan 
Fayzulla Xo‘jayevning yaqin safdoshlari bo‘lgan 
Fitrat, Otaulla Xo‘jayev, Sattor Xo‘jayev, 
Muinjon Aminov, Qori Yo‘ldosh Po‘latov va 
boshqa nozirlar hukumat tarkibidan chiqarildi 
hamda Buxorodan surgun qilindi.
Buxoro hukumati Moskva va Toshkentning “kommunistcha sabog‘”ni 
olgan “tajribali sovet xodimlari” bilan to‘ldirildi. Hukumatda 
Turkiston ASSRdan yuborilgan komissarlarning ta’siri tobora 
kuchayib bordi. Usmon 
Xo‘ja

10-sinf O’zbekiston tarixi darsligi “ Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi hamda o’zbek xalqining mustaqillik uchun kurashi(1917- 1924)” mavzularining tuzilishi va o’qitishning samarali usullari

Reja: 1. Rossiyadagi Oktyabr to‘ntarishi hamda uning Turkiston o‘lkasiga ta’siri. 2. Toshkentda sovet hokimiyatining o‘rnatilishi 3. Turkiston Muxtoriyati hukumatining tashkil topishi va faoliyati. 4. Buxoro amirligidagi ahvol va Yosh buxoroliklar faoliyati 5. Kolesovning Buxoroga bosqini va uning oqibatlari 6. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tuzilishi. 7. Savol va topshiriqlar

Rossiyadagi Oktyabr to‘ntarishi hamda uning Turkiston o‘lkasiga ta’siri. 1917-yil avgust oxiri – sentyabr boshlarida bolsheviklar Petrograd va Moskva Sovetlarida ko‘pchilikni egalladi hamda hokimiyatni bosib olish uchun qurolli to‘ntarishga tayyorgarlik ko‘rdi. 24-oktyabrdan 25-oktyabrga o‘tar kechasi qurollangan ishchilar, Petrograd garnizonining soldatlari va Boltiq flotining matroslari Qishki saroyga bostirib kirdi va majlis o‘tkazayotgan Muvaqqat hukumat a’zolarini qamoqqa oldi.

Petrogradda ochilgan Butunrossiya Sovetlarining II syezdida bolsheviklar dastlab so‘l eserlar bilan hamkorlikda Muvaqqat hukumat ag‘darilganligini qo‘llab-quvvatlab, Tinchlik va yer to‘g‘risida dekretlar e’lon qildilar. Vladimir Ilich Ulyanov (Lenin) boshchiligidagi hukumat – Xalq Komissarlari Soveti (XKS)ni tuzdilar. Bolsheviklar Petrograd va Moskvada Muvaqqat hukumatga sodiq kuchlarning qarshiligini shafqatsiz bostirib, Rossiyaning muhim markaziy sanoat shaharlarida tezlik bilan o‘z hokimiyatlarini o‘rnatishdi.

1917-yil kuzida Turkistonda hokimiyatning bolsheviklar ta’siridagi Sovetlar qo‘liga o‘tishi uchun obyektiv shart-sharoit yo‘q edi, bolsheviklarning omma o‘rtasida ta’siri ham oz bo‘lgan. Bu yerda asosiy siyosiy kuchlar eserlar va milliy partiyalar edi. Biroq mana shunday murakkab siyosiy sharoitda Turkistondagi milliy siyosiy kuchlar va ularning yetakchilari bolsheviklarning kuchini yetarlicha baholamadi hamda unga qarshi kurashga birlasha olmadi.