logo

Buyuk Britaniya geosiyosati

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1008.015625 KB
Buyuk 
Britaniya 
geosiyosati
405-guruh talabasi Ziyadullayeva Kamola. Reja:
 
2
 
3  
Organik maktabi1
Sharqqa intilish
«Dengiz hukmronligi» Siyosiy  tashkilotlar  (davlatlar)  borasida  bildirilgan  fikrlar  tarixi  qadimgi  davrlarga  borib 
taqaladi  (Gerodot,  Fukidid,  Strabon,  Polibiy).  Yangi  davr  geografik  (kontinental,  orol  yoki 
qirg’oq  bo’yida  davlatlarning  joylashishi,  ularning  hududi,  qirg’oqbo’yi  chegaralarining 
uzunligi,  davlatda  kommunikasiya  imkoniyatlari,  landshaft  va  iqlimi)  va  demografik 
omillarning  xalqlar  ijtimoiy  —  siyosiy  hayotiga  nechog'li  ta'sir  ko'rsatishining  daliliy 
misollarini  ko'rsatdi  (G.Gerder,  E.Reklyu,  va  b).  Shunday  tadkikotlar  samarasi  ularok,  XIX 
asr  II  -  yarmi  -  XX  asr  boshlariga  kelib  keng  qamrovli  ijtimoiy-siyosiy  fanlar  qa'ridan 
geosiyosat alohida fan sifatida ajralib chiqdi. Aytish joyizki, klassik geosiyosat deganimizda 
ana  shu  davrdan  boshlab  ijod  qilgan  va  geosiyosatning  tarixiy  rivojlanishi  u  yoki  bu 
darajada  ta'sir  etgan  tadkikotchilar  karashlari  nazarda  tutilmoqda.  Jumladan,  nemis  olimi 
F.Ratsel  (1844-1904),  shved  davlatshunosi  R.Chellen  (1864-1922),  amerikalik  admiral 
A.Mexen (1840-1914), ingliz geograf nazariyotchisi X.Makkinder (1861-1947), nemis olimi 
K.Xausxofer  (1869-1946),  amerikalik  (asli  golondiyalik)  N.Spikmen  (1893-1943)  va  rus 
iktisodchi  olimi  P.N.Saviskiy  (1895  -  1968)lar  eng  mashhur  klassik  geosiyosatshunoslar 
hisoblanishadi.  Ular  bugungi  geosiyosatda  ham  nazariy,  ham  amaliy  jihatdan  o'ziga  xos  munozaralarga  sabab 
bo'layotgan  kuyidagi  konsepsiyalar  va  nazariy  kategoriyalarni  o'z  vaqtida  o'rtaga  tashlaganlar:
-  quruqlik  va  dengiz  «hukmdor»lari  o'rtasida  doimiy  qarama-qarshilik  bulishi  g'oyasi;
- «Buyuk quruqlik» nazariyasi (Yevropa, Osiyo va Afrika mintaqalarining birgalikdagi maydoni nazarda 
tutilmokda);
-  insoniyat  tarixiga  daxldor  makonlarga  ega  bo'lgan  markaz  -  Hartland  muammosi;
-  jahon  siyosatida  strategik  ahamiyatga  ega  bo'lgan  yo'nalish;
-  yetakchi  xorijiy  davlatlarning  geosiesii  ittifoqchiligini  nazariy  asoslash;
-  davlatlarning  strategik  xom  ashyo  resurslariga  egaligi,  uning  davlat,  mintaqa  va  global  geosiyosiy 
munosabatlardagi o'rni. 1882  yil  esa  Shtutggart    shaxrida  o'zining  asosiy  g'oyalari  —  xalqlar  va  demografik 
evolyusiyaning  geografik  omillar  bilan  bog'liqligi,  mahalliy  relefning  xalqlar  madaniy  va 
siyosiy  yuksalishiga  ta'sir  etishi  va  shu  kabi  boshqa  muloxazalarini  o'z  ichiga  olgan 
(dastlabki  fundamental  tadkikotlari  majmuasi  bulmish)  «Antropogeografiya»  asarini 
nashrdan  chiqaradi.
Mashxur  asarlari:  «Davlatlarning  makoniy  usish  qonunlari»  (1896);  «Siyosiy  geografiya» 
(1896);  «Dengiz  xalqlar  qudratining  omili  sifatida»  (1900).
Fridrix  Ratselni  garchi  "geosiyosat"  atamasini  asarlarida  ishlatmasa  ham,  birinchilardan 
bulib  geosiyosiy  uslubda  fikr  yuritganligi  uchun  geosiyosat  fanining  otasi  desa  buladi.  U  uz 
asarlarida  siyosiy  geografiyadan  baxs  etadi  va  bu  boradagi  asosiy  ilmiy  ishi  ham  siyosiy 
geografiya  (1897)  deb  nomlanadi.  Uning  ta'kidlashicha,  har  qanday  xalqning  manfaatlari 
zamin  ustida  kechadi.  Shu  bois  zaminda  joylashgan  ma'lum  bir  hududlar  tarix  harakatini 
kursatuvchi  bosh  vosita  sanaladi.  Davlatlar  muayyan  hududlar  ko’rinishida  zaminda  aks 
etadi.  Zamin  abadiy  bulishi  mumkin,  hududlar  (davlatlarning)  o'zgarib  turadi.  "Davlatlar 
misoli  tirik  organizm"  bo'lib  ularning  o'zagi  "zamini  asosda  bir-biri  bilan  tutashadi.  Davlatlarning zaminda paydo bo'lishi uchta asosiy omil bilan bog'liq. Bular - hududiy 
relef, hududiy masshtab va muayyan turmush tarzga ega xalqlar. Shu asosda, ya'ni ob'ektiv 
geografik  makon  va  sub'ektiv  umuminsoniy  kadriyatlarni  uzida  aks  ettirgan  davlat  siyosati 
shakllanadi.  "Me'yoriy  asosdagi"  davlat  bo'lish  uchun,  -  deydi  F.Ratsel,    avvalo  davlatda 
geografik,  demografik  va  etnomadaniy  parametrlar  o'zaro  uygunlashmog'i  kerak".
"Davlatni  kaysi  jihatdan  tadkiq  etmaylik,  baribir  sub'ektiv  yondashuvimiz  yo'nalishi 
ob'ektimizning  asosi  -  zaminga  borib  takaladi.  Bundan  oydinlashadiki,  davlatni 
o'rganishdagi  muxim  parametr  -  geografik  nuktai  nazardan  tadkiq  etish  ekan,  Tarixdan 
ma'lumki,  davlatlar  uchun  uning  makoniy  muxiti  muxim  hisoblanadi.  Davlatlarni 
o'rganishda, ularni bir-biri bilan kiyosiy takkoslashda, ular o'rtasidagi munosabatlarni taxlil 
etishda va shu kabi muammolarda geografiyaga extiyoj seziladi. Biroq unutmaslik kerakki, 
borlikda  (ma'lum  bir  davrda  mavjud  bulgan  -  B.X.)  davlatlar  yuk  bulib  ketib,  ularning 
hududlarida yangi bir  davlatchilik  tizimi  paydo  bulishi  mumkin.  Bu  tabiiy  geografiyaning  yukori  nuqtasi 
bo'lgan  ekspansion  (bosib  olish)  muhitiniig  shakllanganligidan  dalolat  beradi",  -  deb  yozadi 
F.Ratsel.
Bunday  "organisistik"  mulohazalardan  oydinlashadiki,  davlatlarning  bosib  olish  siyosatini 
yurgizishlari  (vaqti  bilan)  "davlat  -  tirik  organizm"  uchun  tabiiy  jarayondir.
F.Ratsel  mulohazalari  bo'yicha  "davlat  -  tirik  organizm"ning  shakllanishi  kichiq  siyosiy 
tuzilmalarni  o'ziga  singdirishi  hisobiga  bo'ladi.  Uning  chegaralari  esa  "davlat  -  tirik 
organizm"ning  periferiya  (atrofiga  tutash  yerlar)si  funksiyasi  vazifasini  bajaradi.  Davlatlar 
o'sish  tendensiyasining  tabiiy  borliq  ichiga  yashiringanligini  ta'kidlab,  davlatlararo 
munosabatlarni  F.Ratsel  fakat  karama-karshilik,  konflikt  yoki  harbiy  to'qnashuvlar  asosida 
karaydi.  Bunday  munosabatlar  amaliyotida  "davlatning  kuchsizlanishi  yoki  tobora 
zaiflashuvi uning makoniy xis kilishi natijasidir".  F.Ratsel davlatlarning makoniy jihatdan usishining yettita prinsipini ishlab chiqqan:
- har qanday makon usha joyda istikomat kilayotgan millatlar madaniyatining usishi bilan birgalikda 
kengayib boradi;
- davlatdagi goyaviy birlik, savdo tarmoklari va faol harakatlar hamda nechog'li «tortish kuchi»ga 
egaligi davlat kudratining o'sishiga ulushini qo'shadi;
- davlatning o'sishi boshqa davlatlarni o'ziga qo'shib olish va buysindirish evaziga bo'lishi mumkin;
- chegara - davlat o'sish darajasining kuchga kodir yoki kodir emasligini ko'rsatuvchi chekka sarhad 
hisoblanadi. Shunday ekan har bir davlatda markaz bilan chegara o'rtasida muntazzam aloqa bog'lanib 
turishi lozim. Ular o'rtasida muvozanat davlat maydonining mustaxkamlik darajasini ko'rsatadi;
- davlat usish asosida muhim ahamiyatga ega bo'lgan omillar: fizik - geografik muxitga, kirgoriy 
chiziklarga, daryolar o'zaniga, tabiiy resurslarga boy rayonlarga katta e'tibor beradi;  nisbatan ibtidoiy turmush tarzga ega bo’lgan davlatlarga usish tashkaridan, sivilizatsiya darajasi 
yukori davlatlardan keladi;
ijtimoiy jihatdan hududlarning doimiy o’sib borishi davlatlardan davlatlarga o’tadi va bu qonuniyat.
Agar xalqaro munosabatlar tarixiga nazar tashlasak, F.Ratsel «konun»larining amaliyotda aks 
etganligiga amin bulamiz. Bunga XIX asr oxirlarida jahon siyosiy haritasida xokimiyat va boyliklarni 
kulga kiritish uchun etakchi davlatlarning harbiy - siyosiy harakatlarini misol qilib keltirishimiz 
mumkin.
F.Ratselning etnos va borlik o'rtasidagi munosabatlarga nisbatan bildirgan fikrni "Siyosiy 
geografiya"ning kuyidagi fragmentida ko'rish mumkin: "Davlat Yer yuzining ma'lum bir nuktasida 
harakatlanayotgan organizmdir. Uning rivojlanish tavsifini u erda yashayotgan xalqlar va o'sha 
zaminning qanday tavsiflanishidan qidirmoq kerak. Xalqning qanday turmush tarzda kun kechirishi 
borlikning (davlatning) geografik joylashuvi va chegaralarining kay xolatdaligiga kuprok borlik... 
Agar xalq, uz hududida uzini yaxshi xis kilsa, usha borlik (davlat) tavsifi ijobiydir".  Umuman F.Ratselning geosiyosiy karashlarida yetakchi o’rinda turadi. Shuning uchun 
borlik uning tadkikotlarida yangi, muxim moddiy kategoriyalar bilan bog'lanadi, ya'ni 
"Hayotiy doyra" hayotiy borlik" va "geobiomuxit". Mana shu atamalarni nazariy — amaliy 
asoslash asosida F.Ratselning boshqa ikki muxim — "makoniy xissiyot" va "Hayotiy 
energiya"  degan ilmiy tushunchalari yuzaga kelgan. kayd kilingan atamalar ma'no jihatidan 
bir-biriga yakin va uzviy borlangan bulib, xalqlar va davlatlar tarixining geografik kenglikda 
siyosiy tusda namoyon bulishidan baxs etadi.
Ushbu kategoriyalar geosiyosatning dastlabki asosiy prinsiplari bo'lib, keyinchalik o'ziga xos 
tarzda F.Ratselning izdoshlari tomonidan yangi ko'rinishlarda ijodiy yondashuvlar orqali 
davom ettirilgan. Qolaversa, F.Ratselning davlatga nisbatan uni borlikdagi "tirik organizm" 
sifatida bergan bahosi xozir ham geosiyosat uslubiyati ob'ektining asosiy mazmuni ekanligini 
va o'zining dolzarb ahamiyatga ega ekanligini yo'qotgani yuk. Rudolf  Chellen  va  Fridrix  Naumann  konsepsiyalari
R.Chellenning F.Ratsel bilan tanishishi: uning ijodida keskin burilishlarni yasadi. R.Chellen professional 
geograf  bulmasada  F.Ratsel  ta'sirida  geosiyosatda  yangicha  mulohazalarni  o'rtaga  tashlay  oldi.  Shuning 
uchun  u  F.Ratselni  uzining  ustozi  deb  bilgan.  R.Chellen  geosiyosatga  siyosatshunoslikning  muhim  bir 
qismi  sifatida  qaragan.  «Buyuk  kuchlar:  zamonaviy  katta  siyosatdan  ocherklar»  (1914),  «Davlat 
hayotning  muhim  shakli  sifatida»  (1916),  «Siyosiy  tartiblar  asoslari»  (1920)  nomli    asarlari  olim 
ijodining  asosini  tashkil  etadi.
"Geosiyosat"  atamasi  ilmiy  doirada  birinchi  bulib  shved  olimi  Rudolf  Chellen  tomonidan  ishlatilgan. 
R.Chellen  geosiyosatga  siyosatshunoslikning  muhim  bir  yunalishi  sifatida  karagan.  U  geosiyosatga 
"borlikda  geografik  organizm  sifatida  mujassamlashgan  davlatlar  xaqidagi  fan"  tarzida  ta'rif  bergan. 
R.Chellen  davlatning  kudratini  unda  mavjud  bulgan  beshta  jihat  bilan  boglaydi,  bular:  hudud,  xujalik, 
xalq,  jamiyat  va  hokimiyat.  Shundan  kelib  chiqib  davlat  haqidagi  fanlar  ham  beshta  bo'lishi  kerak. 
Uningcha, bu atamalar bir vaqtning o'zida siyosatshunoslikning ham muhim bo'limlaridan sanaladi, ya'ni:
-  geosiyosat  ("davlatni  kuch  va  borlikdagi  geografik  organizm  sifatida  o'rganish");  ekosiyosat 
("davlatlarni  iqtisodiy  kuch  markazi  sifatida  o'rganish"); 
-  demosiyosat  '  ("davlatlarda  istikomat  qiluvchi  xalqlarii,  ularning  turmush  tarzini  tadqiq  kilish;  -  sotsiosiyosat  ("davlatning  ijtimoiy  jihatlarini  o'rganish");
-  kratosiyosat  ("davlatlarning  xokimiyat  va    boshqaruv  shakllarini  va  ularning  davlatdagi,
-  huquqiy,  ijtimoiy  -  iqtisodiy  omillar  bilan  munosabati  muammolarini  o'rganish").  Olim  ushbu 
yunalishlarni ham o'z tadkikotlarida geosiyosatga parallel ravishda davom ettirsada, keng ilmiy doirada 
bu yunalishlar geosiyosat singari unchalik tan olinmaydi. Shu bilan uning mazkur yunalishlar buyicha 
qarashlari keyinchalik "borlikda geografik organizm sifatida mujassamlashgan davlatlar xaqidagi fan" - 
geosiyosatga  kushilib  ketdi,  desak  ham  buladi.
Shuningdek,  R.Chellen  geosiyosat  fanining  kuyidagi  ,  bo'limlardan  iboratligini  aytadi:
-  Toposiyosat  -  davlatning  siyosiy  jihatdan  qanday  muhit  bilan  joylashganligini  o'rganadi. 
Topopolitikada davlat uchun tashqi dunyodan bo'ladigan kuchlarning ta'sir etish yoki etmaslik masalasi 
mumkimdir.  Bunday  omillar  davlatga  atrofdan  ittifoqdoshlar  qidirish  va  davlatlararo  kelishuvlarning 
boshqa  variantlarini  yuzaga  keltirish  uchun  muqobil  siyosatlarni  ishlab  chiqish  masalasini  yuzaga 
chiqaradi.  Bu  jihatdan  R.Chellen  davlatning  geografik  joylashuvini  «davlat  siyosatining  kalitidir», 
deydi. R.Chellen shved bo'lganligi uchun Shvesiya siyosatnni nemislar siyosati bilan yakinligini 
aytadi.  Va  bu  ikki  xalq  yashayotgan  kengliklar  Yevropada  markaziy  makonni  tashkil  etadi, 
deydi. Bu jihatdan uning qarashlari Fridrix Naumanning "Markaziy Yevropa" nazariyasiga mos 
keladi.  F.Nauman  asarida  G'arb  dunyosidagi Angliya  (mustamlakalari  bilai  birgalikda), AQSh 
va  Rossiya  (u  Rossiyani  boshqaruv  xokimiyatini  nazarda  tutib,  butun  davlatni  G'arb 
mintakasiga  kiritgan)  singari  geosiyosiy  kuch  markazlariga  qarama  -  qarshi  Markaziy 
Yevropada  istiqomat  qiluvchi  xalqlar  yangi  siyosiy  —  iqtisodiy  integrasioi  munosabatlarni 
shakllantirmoqligini  aytadi.  Markazda  yuzaga  kelajak  makonda  esa  nemislar  mintakaviy 
"o'zak"  xalqni  tashkil  qilishini  ta'kidlaydi.  Birok,  nazariyasining  "pangermanistik"  loyihasidan 
farqi  shuki,  nazariyasining  asosini  milliy  birlik  emas,  geosiyosiy  birlashuv  tashkil  etadi. Ya'ni 
mazkur  geosiyosiy  makonda  Germaniya,  Avstriya,  Dunaybuyi  davlatlari  (uzoq,  kelajakda)  va 
Fransiyaning  shimoliy  -  g'arbiy  rayonlarida  yashovchi  xalqlarning  integrasiya  munosabatlari 
nazarda tutilgan. F.Ratsel  Germaniyaning  «Yevropa  yuragi»da  joylashganligini  e'tiborga  olib,  1901  yil  nemis 
davlatlari  o'rtasida  buyuk  nemis  iktisodiy  itgifokini  tuzish  o'rtaga  tashlagan  edi.  Xullas,  F.Ratselning 
markaziy  mintaka  borasidagi  nazariy  g'oyalari  R.Chellen  va  F.Naumanlarning  fikrlari  bilan 
jamoatchilikda  asta  -  sekinlik  bilan  qizikish  uyg'ota  boshladi.
Karl  Xausxofer  -  nemis  geosiyosiy  maktabining  -  yorkin  namoyandalaridan  biridir.  U  1924  yildan 
boshlab  20  yil  maboynida  xalqaro  ahamiyatga  molik  bulgan  "Geopolitika"  jurnalini  chop  etgan.
K.Xausxofer  ijodiga  nisbatan  geosiyosatshunoslar  o'rtasida  turli  qarama  -  qarshi  fikrlar  mavjud, 
jumladan,  uning  nemis  millatchilik  mafkurasiga  bo'lgan  munosabati  to'g'risida.  Bizningcha,  uning 
nasizmga  bo'lgan  munosabati  murakkab  harakterga  ega  bulib,  qarashlarining  bir  ko'lami  nasional  - 
sosialistlar  fikrlarini  aks  ettirsa,  ba'zida  radikal  munosabatlarni  namoyon  qilgan.  K.Xausxofer  nasizm 
mafkurasi  namoyandasi  bo'lmagan.  Balki  o'sha  davr  nemis  siyosiy  elitasi  geostrategik  dasturlarining 
shakllanishida  aynan  K.Xausxofer  qarashlarining  ta'siri  bo'lgan,  desak  xaqiqatga  yaqin  bo'lar.  Masalan, 
nemis  xukmron  doiralarining  XX  asr  I  -  yarmida  jahonda  yangicha  tartibotni  o'rnatish  bo'yicha  olib 
borgan amaliy siyosiy harakatlari bilan K.Xausxoferning qarashlarini taqqoslab ko'raylik.  Adabiyotlar:
1. Жалилов А., Хэлфорд Маккиндернинг геосиёсий қарашлари // Жамият ва бошқарув, 2006, 2-сон.
2. Ўзбекистонда политология.-Т.:Шарқ, 2002.
3. Дугин А. Основы геополитики. Часть первая. -М.:Арктогея,1997.
4. Нартов Н.А. Геополитика. Учебник для вузов. -М. : ЮНИТИ , 1999.
5. Независимый Узбекистан. Научно-популярный словарь.-Т.:Шарқ, 2003. 
6. Поздняков Э.А. Геополитика. - М., Культура, 1995.
7. Хантингтон С. Столкновение цивилизаций и переустройство мирового порядка // «Полис», 1994, № 1.
8 . Хантингтон С. Столкновение цивилизаций и переустройство нового мирового порядка. - М.:  ACT , 2003.
9.  Бжезинский Великая шахматная доска. Господство Америки и его геостратегические императивы. - М., 
2000 . 
10.  Боден Ж. Метод легкого познания истории. - М. : Наука, 2000 . 
11.  Василенко И.А. Геополитика. - М. Логос, 2003.
12.  Гаджиев К.С. Введение в геополитику. Изд 2, доп. и перераб. М., 2001. 
13.  Гаджиев К.С. Геополитика.  – М .: Международные отношения , 1997.
14.  Геополитика: теория и практика // Сб.статей под ред. Позднякова Э.А. -М., 1993.

Buyuk Britaniya geosiyosati 405-guruh talabasi Ziyadullayeva Kamola.

Reja: 2 3 Organik maktabi1 Sharqqa intilish «Dengiz hukmronligi»

Siyosiy tashkilotlar (davlatlar) borasida bildirilgan fikrlar tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi (Gerodot, Fukidid, Strabon, Polibiy). Yangi davr geografik (kontinental, orol yoki qirg’oq bo’yida davlatlarning joylashishi, ularning hududi, qirg’oqbo’yi chegaralarining uzunligi, davlatda kommunikasiya imkoniyatlari, landshaft va iqlimi) va demografik omillarning xalqlar ijtimoiy — siyosiy hayotiga nechog'li ta'sir ko'rsatishining daliliy misollarini ko'rsatdi (G.Gerder, E.Reklyu, va b). Shunday tadkikotlar samarasi ularok, XIX asr II - yarmi - XX asr boshlariga kelib keng qamrovli ijtimoiy-siyosiy fanlar qa'ridan geosiyosat alohida fan sifatida ajralib chiqdi. Aytish joyizki, klassik geosiyosat deganimizda ana shu davrdan boshlab ijod qilgan va geosiyosatning tarixiy rivojlanishi u yoki bu darajada ta'sir etgan tadkikotchilar karashlari nazarda tutilmoqda. Jumladan, nemis olimi F.Ratsel (1844-1904), shved davlatshunosi R.Chellen (1864-1922), amerikalik admiral A.Mexen (1840-1914), ingliz geograf nazariyotchisi X.Makkinder (1861-1947), nemis olimi K.Xausxofer (1869-1946), amerikalik (asli golondiyalik) N.Spikmen (1893-1943) va rus iktisodchi olimi P.N.Saviskiy (1895 - 1968)lar eng mashhur klassik geosiyosatshunoslar hisoblanishadi.

Ular bugungi geosiyosatda ham nazariy, ham amaliy jihatdan o'ziga xos munozaralarga sabab bo'layotgan kuyidagi konsepsiyalar va nazariy kategoriyalarni o'z vaqtida o'rtaga tashlaganlar: - quruqlik va dengiz «hukmdor»lari o'rtasida doimiy qarama-qarshilik bulishi g'oyasi; - «Buyuk quruqlik» nazariyasi (Yevropa, Osiyo va Afrika mintaqalarining birgalikdagi maydoni nazarda tutilmokda); - insoniyat tarixiga daxldor makonlarga ega bo'lgan markaz - Hartland muammosi; - jahon siyosatida strategik ahamiyatga ega bo'lgan yo'nalish; - yetakchi xorijiy davlatlarning geosiesii ittifoqchiligini nazariy asoslash; - davlatlarning strategik xom ashyo resurslariga egaligi, uning davlat, mintaqa va global geosiyosiy munosabatlardagi o'rni.

1882 yil esa Shtutggart shaxrida o'zining asosiy g'oyalari — xalqlar va demografik evolyusiyaning geografik omillar bilan bog'liqligi, mahalliy relefning xalqlar madaniy va siyosiy yuksalishiga ta'sir etishi va shu kabi boshqa muloxazalarini o'z ichiga olgan (dastlabki fundamental tadkikotlari majmuasi bulmish) «Antropogeografiya» asarini nashrdan chiqaradi. Mashxur asarlari: «Davlatlarning makoniy usish qonunlari» (1896); «Siyosiy geografiya» (1896); «Dengiz xalqlar qudratining omili sifatida» (1900). Fridrix Ratselni garchi "geosiyosat" atamasini asarlarida ishlatmasa ham, birinchilardan bulib geosiyosiy uslubda fikr yuritganligi uchun geosiyosat fanining otasi desa buladi. U uz asarlarida siyosiy geografiyadan baxs etadi va bu boradagi asosiy ilmiy ishi ham siyosiy geografiya (1897) deb nomlanadi. Uning ta'kidlashicha, har qanday xalqning manfaatlari zamin ustida kechadi. Shu bois zaminda joylashgan ma'lum bir hududlar tarix harakatini kursatuvchi bosh vosita sanaladi. Davlatlar muayyan hududlar ko’rinishida zaminda aks etadi. Zamin abadiy bulishi mumkin, hududlar (davlatlarning) o'zgarib turadi. "Davlatlar misoli tirik organizm" bo'lib ularning o'zagi "zamini asosda bir-biri bilan tutashadi.