logo

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi

Yuklangan vaqt:

15.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

6909.466796875 KB
Buyuk  Britaniya  va  Shimoliy Irlandiya   
Birlashgan  Qirolligi •
Buyuk  Britaniya  va  Shimoliy  Irlandiya  Birlashgan 
Qirolligi Yevropaning shimoli-g‘arbidagi Britaniya  
orollarida  joylashgan.  Birlashgan  Qirollik  hududining  
asosiy  qismini  Buyuk  Britaniya  oroli  va  Irlandiya  
orolining  shimoli-sharqi tashkil  qiladi.  Shuningdek,  
mamlakat  tarkibiga bir  nechta  maydaroq  orollar  ham  
kiradi.  Birlashgan  Qirollik  qirg‘oqlari  Shimoliy  
dengiz,  Irlandiya  dengizi  hamda Atlantika  okeani  
suvlari  bilan  yuviladi.  La-Mansh  bo‘g‘izi  Buyuk  
Britaniyani Fransiyaning shimoli-g‘arbiy qirg‘og‘idan 
ajratib turadi. Quruqlikda mamlakat  faqat  Irlandiya  
Respublikasi  bilan  chegaradosh.  •
Hozirgi vaqtda Buyuk Britaniyaning 15 
taga yaqin dengizorti hududlari, ya’ni 
mustamlakalari bor. Ularning katta 
qismi Karib dengizidagi orollarda 
joylashgan. Yevropa qit’asidagi yagona 
mustamlaka hudud – Gibraltar  ham 
Birlashgan Qirollikning   dengizorti 
hududi hisoblanadi. Ammo rasman 
hech  qaysi  dengizorti  hududi  
Birlashgan  Qirollik  tarkibiga  
kirmaydi.   •
Boshqaruv  shakli  –  konstitutsion  
monarxiya. Buyuk  Britaniya  hukmdori  
ayni  paytda  rasmiy ravishda  Britaniya  
Hamdo‘stligi  Qirolliklari  hisoblangan  
15  ta  mustaqil  davlat,  shu  jumladan, 
Kanada, Avstraliya,  Yangi  
Zelandiyaning  rahbari ham  hisoblanadi.  •
Siyosiy-hududiy  jihatdan  
Birlashgan  Qirollik   unitar davlat 
hisoblanib, 4 ta qism (mamlakat) – 
Angliya,  Shotlandiya,  Uels  va  
Shimoliy  Irlandiyadan  iborat.  
Angliyadan  boshqa  3  ta  mamlakat 
 qisman  muxtoriyatga  ega.  •
Tabiiy  sharoiti  va  resurslari.  Buyuk  
Britaniya  janubi-sharqiy  qismini  ko‘proq  
tekisliklar, shimoli-g‘arbiy  hududlarini  esa, 
 asosan,  o‘rta tog‘lar egallaydi. Ayniqsa, 
Shotlandiya va Uelsda qadimgi 
parchalangan tog‘lar keng tarqalgan.  
Mamlakatning  eng  baland  nuqtasi  –  Ben-
Nevis  tog‘i  (1343  m)  
     Shotlandiyada  joylashgan.   •
Birlashgan  Qirollikda  foydali  qazilmalardan, asosan,  neft,  
tabiiy  gaz  va  ko‘mir  qazib  olinadi.  Neft  va  gazning  yirik 
konlari Shimoliy dengiz sayozligida joylashgan. Ammo oxirgi 
yillarda Buyuk  Britaniya  mineral  yoqilg‘ining  barcha  turlari  
importyoriga  aylangan, chunki  qazib  olinadigan  resurslar  
milliy  iqtisodiyotning  energiya  manbalariga  bo‘lgan  talabni  
qondira  olmayapti.
•
Atlantika okeanidan yil bo‘yi esadigan nam shamollar hamda 
Golfstrim oqimi  ta’sirida  Buyuk  Britaniyada  mo‘tadil  dengiz  
iqlimi  shakllangan. Yil  davomida  tez-tez  yomg‘irlar  yog‘adi, 
ayniqsa,  mamlakatning  g‘arbida.  Qish  ancha iliq, yanvarning 
o‘rtacha havo harorati 0  oC  atrofida.  •
Aholisi .  Birlashgan  Qirollik  Yevropa mamlakatlari  ichida  
aholi  soni  bo‘yicha 3-o‘rinda  turadi  (2018-yil  holatiga  ko‘ra, 
66  mln.  kishidan  ziyod).  Aholining    tabiiy  ko‘payishi  yillik  
hisobda  0,3  %  gateng.  Aholi  soni  ko‘proq  tashqi  migratsiya  
hisobiga  o‘smoqda.  Ayniqsa,  Janubiy  Osiyo,  Afrika,  Karib  
dengizidagi  orollar-dan  ko‘chib  kelganlar  ko‘p. 
•
Buyuk  Britaniyada  urbanizatsiya  darajasi  80  %  dan  yuqori.  
Mamlakatning  eng yirik shaharlari qatoriga, Londondan 
tashqari,  Birmingem,  Manchester,  
      Liverpul, Glazgo,  Edinburg  kiradi.   •
Mamlakat  aholisining  etnik  tarkibida eng  yirik  millat  
inglizlar  hisoblanadi. Shotlandiyaliklar,  uelsliklar  va  
irlandiyaliklar  ham  tub  millatlar  hisoblanadi.  Eng 
keng  tarqalgan  din  protestant  xristianligi hisoblanadi.
•
Aholi  zichligi  Markaziy  va  Janubiy  Angliya,  Janubiy 
 Uels  hamda O‘rta Shotlandiya pasttekisligida eng 
yuqori darajada bo‘lsa, Shotlandiyaning  shimoli-g‘arbiy 
 tog‘li  hududlarida  esa  bu  ko‘rsatkich  ancha  
pastdir  .  Birlashgan  Qirollik  aholisining  deyarli  85  
%  i Angliyada  yashaydi.                               Iqtisodiyoti. 
•
  Buyuk  Britaniya  Yevropa  va  jahon  miqyosida 
 iqtisodiy jihatdan  eng  qudratli  davlatlardan  
biri,  «Katta  yettilik»  guruhi  a’zosi. YIM hajmi 
bo‘yicha Birlashgan Qirollik Yevropada 
Germaniyadan keyingi 2-o‘rinda  turadi.  •
Buyuk Britaniya sanoat inqilobining beshigi bo‘lib, XIX–
XX asr boshida   dunyoning  yetakchi  sanoatlashgan  
mamlakati  hisoblangan  edi.  U  davrda Birlashgan 
Qirollik sanoati, ayniqsa to‘qimachilik, ko‘mir, qora 
metallurgiya, kemasozlik tarmoqlarining rivojlanganligi 
bilan alohida ajralib turgan. Hozirgi  vaqtda  esa  Buyuk  
Britaniya  sanoatining  yetakchi  tarmoqlari  qatoriga 
avtomobilsozlik, aviasozlik, qishloq xo‘jalik 
mashinasozligi, kimyo va farmasevtika sanoatlari kiradi. 
Elektr energiyasi, asosan, IESlarda ishlab  chiqariladi.  •
Qishloq  xo‘jaligining  yetakchi  tarmoqlari  
sut g‘osht  qoramolchiligi, qo‘ychilik  va  
cho‘chqachilik  hisoblanadi. Asosiy  qishloq  
xo‘jalik  ekinlari:  bug‘doy,  arpa,  kartoshka,  
qandlavlagi.     •
Buyuk  Britaniya  iqtisodiyotida  xizmat  ko‘rsatish  sohalari  
ham  katta ahamiyatga  ega.  Ulardan  bank-moliya  sohasi,  
turizm,  axborot  va  telekommunikatsiya  texnologiyalari,  
tibbiyot  va  oliy  ta’lim  o‘zining  xalqaro iqtisodiy 
ahamiyati bilan alohida ajralib turadi. London shahri Nyu-
York va Tokio bilan birgalikda jahonning eng yirik moliyaviy 
markazi hisoblanadi.  Buyuk  Britaniyaga  dunyoga  mashhur 
 ko‘plab  tarixiy-madaniy  yodgorliklarni  ko‘rish  uchun  har 
 yili  bir  necha  o‘n  million  sayyohlar  tashrif buyuradilar.  
Birlashgan  Qirollik  eng  ko‘p  sayyohlarni  qabul  qiladigan 
jahonning  yetakchi  10  ta  davlatlaridan  biri.

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi

• Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Yevropaning shimoli-g‘arbidagi Britaniya orollarida joylashgan. Birlashgan Qirollik hududining asosiy qismini Buyuk Britaniya oroli va Irlandiya orolining shimoli-sharqi tashkil qiladi. Shuningdek, mamlakat tarkibiga bir nechta maydaroq orollar ham kiradi. Birlashgan Qirollik qirg‘oqlari Shimoliy dengiz, Irlandiya dengizi hamda Atlantika okeani suvlari bilan yuviladi. La-Mansh bo‘g‘izi Buyuk Britaniyani Fransiyaning shimoli-g‘arbiy qirg‘og‘idan ajratib turadi. Quruqlikda mamlakat faqat Irlandiya Respublikasi bilan chegaradosh.

• Hozirgi vaqtda Buyuk Britaniyaning 15 taga yaqin dengizorti hududlari, ya’ni mustamlakalari bor. Ularning katta qismi Karib dengizidagi orollarda joylashgan. Yevropa qit’asidagi yagona mustamlaka hudud – Gibraltar ham Birlashgan Qirollikning dengizorti hududi hisoblanadi. Ammo rasman hech qaysi dengizorti hududi Birlashgan Qirollik tarkibiga kirmaydi.